“Milliy g’oya asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari.
“Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari. REJA: 1.Insoniyat tarixida g’oya va mafkuralar namoyon bo’lishining asosiy bosqichlari. 2. Sharq va Markaziy Osiyoda g’oyalarning namoyon bo’lishi, ularning gumanistik mohiyati. 3. G’arb mamlakatlarida g’oyaviy qarashlarning takomil bosqichlari. 4. Mustaqillik – milliy g’oya fanining bosh mavzusi. Ma’naviy jasorat- millat g’oyasi va ruhining ifodasi.
1. Milliy g‘oya va mafkura fanining tarixiy ildizlari. Milliy g‘oya va mafkura fani g‘oya va mafkura timsolida o‘zining genezisiga va evolyusiyasiga egadir. Tarixiylik va mantiqiylik nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, g‘oya va mafkuralarning dastlabki kurtaklari insoniyat rivoji tarixining «mehnat taqsimoti» davrida paydo bo‘lganligini ko‘ramiz. Bu esa har bir narsaning o‘z tarixi,ya’ni tarixiy ildizlari borligidan darak beradi. Falsafiy jihatdan qaraganda «tarixiy ildiz» tushunchasini tor va keng ma’noda talqin qilish mumkin. «Tarixiy ildiz» tushunchasi keng ma’noda bugungi kunda mavjud bo‘lgan barcha narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda joy olgan barcha tomonlari, tor ma’noda esa muayan sub’ektlar tomonidan bilish va o‘zgartirishga qaratilgan narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda egallagan o‘rnini tushuniladi. Masalan,milliy g‘oya va mafkura fanining tarixiy ildizlarini keng ma’noda tushunish O‘zbekiston hududida eng qadimgi odamlarning paydo bo‘lishi, urug‘ va qabilalarining kelib chiqishi, davlatchiligining shakllanishi, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishi, ilmiy va diniy bilimlardan foydalanish,falsafa,axloq,huquq va boshqa shu kabi narsa va hodisalarning bir butun tizim sifatida tarixiy makon va zamonda egallagan o‘rni, tor ma’noda esa muayan olim yoki ilmiy jamoatchilik tomonidan o‘rganilayotgan g‘oya va mafkuraning tarix makon va zamonda egallagan tomoni tushuniladi. Milliy g‘oya va mafkura fanining tarixiy ildizlari deb o‘zbekning o‘zligini anglashga, ozod va obod Vatani ravnaqi yo‘lida tinmay samarali erkin mehnat qilishga, olam sirlarini kashf etib, uni insoniyat taraqqiyotiga xizmat qilishga, insoniylikni ulug‘ fazilat deb bilishga,komil fanzandlarni voyaga etkazishga,alxusus, uning butun jismoniy va ma’naviy vujudini ma’naviy jasorat ko‘rsatishga chorlaydigan asrlar mobaynida turli sinovlariga bardosh berib, tarixiy makon va zamondan abadiy joy olib ota-bobolarimizdan qolib kelayotgan moddiy va ma’naviy ashyolar tizimiga aytiladi. O‘zbek xalqining tarixiy ildizi haqida I.A.Karimov :«Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu — tabiiy hol. Odamzod
borki, avlod-ajdodi kimligini,nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga etgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk alloma-lar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshoot-lari, shu kungacha ko‘rku fayzini, mahobatini yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dexdonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi» ,- degan edi. Milliy g‘oya va mafkura fanining tarixiy ildizlariga quyidagilar kiradi. 1. Eng qadimgi odamlarning paydo bo‘lganligi va yashaganligi. O‘zbek xalqi tavallud topganining bir yarim million yil bo‘lganligi, ya’ni O‘zbekiston hududidan, aniqrog‘i Farg‘ona vodiysining Selung‘ur g‘oridan bundan bir yarim yil oldin yashagan odam ( fanda «Farg‘ona odami», «Fengantrop» deb nomlanadi) qoldiqlarining topilganligi. Bu tarixiy dalil o‘zbeklarning juda ham qadimiy xalq bo‘lganligini isbotlaydi. 2.Madaniyat va ma’naviyat ildizining qadimiyligi. O‘zbekiston hududidan milloddan avvalgi XII – VII ming yilliklarda yasalgan mehnat qurollari, Zarautsoy qoyatoshlariga chizilgan rasmlarning topilganligi o‘zbeklarning qadimiy madaniyatga ega bo‘lganligidan darak beradi. SHuning uchun ham bu xususda I.A.Karimov: « Biz xalqni nomi bilan emas,balki madaniyati,ma’naviyati orqali bilamiz,tarixning tag-tomirigacha nazar tashlaymiz » ,-degan edi. 3.Milliy davlatchilik an’analari. Mamlakatimiz hududida miloddan avvalgi VII – VI asrlarda ilk davlatlar tashkil topadi. Demak,o‘zbeklar bundan 2700 - 3000 yil oldin ilk davlat qurgan xalqlardan biri sanaladi. YUrtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «... bino qanchalar baland bo‘lsa, uning poydevori ham shu qadar chuqur bo‘ladi. Biz buyuk davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, buning uchun zamonaviy siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy,
ma’naviy imkonlarimiz bilan bir qatorda tarixiy asosimiz ham bor. 2700 yillik buyuk davlatchilik o‘tmishimiz bor». 4. Haqqoniy yozilgan tarix. Tarix haqqoniy yozilmasa, u xalqni ma’naviy jihatdan qashshoq qilib,oxir-oqibatda o‘zligidan ayiradi. O‘zligidan ayrilgan xalq esa manqurtga aylanadi. SHu sabali I.A.Karimov :« Biz yurtimizni yangi bosqichga, yangi yuksak marraga olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga yorug‘ g‘oya kerak. Bu g‘oyaning zamirida xalqimizning o‘zligini anglashi yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin emas» ,- degan edi. 5. Xalqning tarixiy xotirasi. Har bir xalq o‘zining tarixiy makon va zamonda egallagan o‘rnini unitmasdan, tarix saboqlaridan xulosa chiqarib, o‘tgan kunlarini xotirlab yashasa, u albatta, o‘zining tanlagan yo‘lidan ko‘zlangan ezgu maqsadlari sari adashmay, dadil qadamlar tashlab boraveradi. Bunday vazifaning uddasidan chiqish uchun esa tarixni unutmasligi zarur. Bu xususda: « Ma’naviyatini tiklashi, tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak.Har qaysi inson men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar bo‘lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turishi, tiklanish, shakllanish jarayoni qanday kechgan, degan savollarni o‘ziga berishi tabiiy. Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta, bir kun mana shunday savollarga duch keladi va, aminmanki, to‘g‘ri xulosalar chiqaradi. Tarixiy xotirasi bor inson — irodali inson. Takror aytaman, irodali insondir. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bundai odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyordikka o‘rgatadi, iroda-sini mustaxkamlaydi », - degan edi I.A.Karimov . O‘zbek xalqi – tarixiy xotirasi bor xalq,tarix saboqlarini unitmaydigan xalq. O‘z erki uchun kurashib kelgan xalq. 6. YOzma manbalar. O‘zbekiston hududida yozuv bundan taxminan 4-3 ming yillar oldin paydo bo‘lgan. YOzma manbalarning o‘rni haqida I.A.Karimov : « Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq
qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dexqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. SHuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olaman» ,- degan edi. SHunday yozma manbalardan biri “Avesto”dir. Uning yaratilganligiga 3000 yil bo‘lgan. Bu kitob o‘lkamizda juda qadim zamonlarda buyuk davlat, ma’naviyat, madaniyat bo‘lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjat hisoblanadi. 7. Xalq og‘zaki ijodi. Xalq og‘zaki ijodi debafsonaviy qahramonlar timsolida xalqning ezgulikka intiluvchi qahramonona kurash g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirgan holda tarannum etuvchi og‘zaki tarzda asrlar osha tildan- tilga,dildan-dilga o‘tib xalq tomonidan kuylanib kelayotgan qo‘shiq,doston va eposlar turkumiga aytiladi . Xalq og‘zaki ijodiyotining milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish va rivojlantirishdagi tarixiy o‘rni haqida I.A.Karimov :«Ma’lumki,budunyoda har qaysi millatning o‘z afsonaviy qahramonlari, o‘zi sevib ardoqlaydigan pahlavonlari bo‘ladi. Xalqimiz azaldan o‘z vujudi, o‘z tomirida mavjud ilohiy qudratga munosib bo‘lmoqqa intilib, o‘z o‘g‘lonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab kelgan. SHu ma’noda, xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi bo‘lmish «Alpomish» dostoni millatimizning o‘zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo‘lsa, «Alpomish» ana shu dostonning shoh bayti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Bu mumtoz asarda tarix to‘fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o‘zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag‘rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan. SHu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘stu yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har