logo

O‘ZBEK TERMINOLOGIYASINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

39.33203125 KB
O‘ZBEK TERMINOLOGIYASINING SHAKLLANISH
BOSQICHLARI
Reja:
1. O‘zbek terminologiyasining shakllanish bosqichlari. 
2. Qadimgi turkiy til terminologiyasi
3. Qadimgi   qabilalar   adabiy   tili   (miloddan   avvalgi     VII   asrdan   milodiy
VI asrgacha bo’lgan davr). 
4. Qadimgi turkiy xalqlarning adabiy tili (VI-X asrlar).  Muayyan   adabiy   tilning   so’z   boyligi   o’z   tarkibida   maxsus
tushunchalarni ifodalovchi terminologik leksikani u yoki bu darajada qamrab
olishi   lingvistikada   e’tirof   etilgan   voqyelik   hisoblanadi.   O’zbek
terminologiyasi   tizimi   ham   bundan   mustasno   emas.   Umumiste’mol
so’zlardan   farqli   ravishda   doim   maxsus   tushunchalarni   anglatish,   ifodalash
uchun   xizmat   qilishga   yo’naltirilgan   terminlar   o’zbek   adabiy   tilining
shakllanish   va   taraqqiy   etish   bosqichlari   zaminida   tarkib   topdi   va
takomillashdi. O’zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan
terminologik leksika tarixini qadimgi turkiy til (VII-X) terminologiyasi, eski
turkiy   til   (XI-XIV)   terminologiyasi,   eski   o’zbek   adabiy   tili   (XV-XX   asr
boshi)   terminlogiyasi,   sho’rolar   davri   o’zbek   tili   terminologiyasi   va   istiqlol
davri o’zbek tili terminologiyasi tarzida davrlashtirish salkam o’n to’rt asrlik
vaqt   mobaynida   terminlogik   leksika   tizimida   ekstralingvistik   va
intralingvistik   omillar   negizida   sodir   bo’lgan   jarayonlarni   anglab   yetish
imkonini beradi 1
.
Hozirgi   qardosh   turkiy   tillar,   jumladan,   o’zbek   tili   leksik   xazinasida
muayyan   darajada   qo’llanishda   davom   etayotgan   yoki   bugun   iste’moldan
butunlay chiqib ketgan qadimgi turkiy tilga taalluqli leksik birliklar tarkibida
terminologik leksika ham sezilarli o’rinni egallaganligi bilan xarakterlidir.
  Qadimgi turkiy til terminologiyasi
Markaziy   Osiyo   va   Qozog’iston   hududida   topilgan   yozma   yodgorliklar
turkiy   qabilalarning   qadimdan   o’z   madaniyati   va   o’z   adabiy   tiliga   ega
bo’lganligidan guvohlik beradi. 
Turkiy   xalqlarning   moddiy-madaniy   hayoti   va   yozuv   tarixi   haqidagi
tarixiy,   arxeologik   ma’lumotlar   turkiy   tilda   so’zlovchi   urug’   hamda
qabilalarning   miloddan   ilgari   mavjud   bo’lganligini,   jamiyat   bo’lib   tashkil
topganligini   va   birgalikda   turmush   kechirganligini   ko’rsatadi.   Shunga
1
Дадабоев Ҳ. – Тошкент,  qaramasdan,   qadimgi   turkiy   til   deganda   ko’pchilik   adabiyotlarda   milodiy
VII-VIII asrlarni o’z ichiga oladi, degan fikrlar bildiriladi 2
. Boshqalarida V-X
asrlarni   o’z   ichiga   qamrab   olishi   ta’kidlanadi 3
.   Lekin   Mustaqillik   sharofati
bilan   qadimgi   turkiy   til   davri   tarixini   uzaytiruvchi   omillar   aniqlandi.  Yozuv
madaniyatiga   nazar   tashlansa   Markaziy   Osiyoda   yashagan   qabilalar   va
xalqlar   yagona   alifbo   bilan   cheklanib   qolgan   emaslar.   Chunonchi,   so’g’dlar
o’z   tarixi   mobaynida   oromiy,   milliy   so’g’d,   moniy,   suryoniy   yozuvlaridan
foydalanganlar. Qadimgi sak tili turk-run yozuvidan foydalangan. 
Qadimgi   Xorazmiy   adabiy   tili   uchun   xorazmiy,   arab   alifbolari     amalda
bo’lgan.   Bular   ba’zi   ishlarda   «Avesto»   tili,   qadimgi   Xorazm   tili   va   yozuvi,
Baqtriya tili va yozuvi, so’g’d tili va yozuvi, sak (shak) tili va yozuvi degan
nom bilan ataladi 4
. 
Sak   (shak)   qabilalari   turk-run   yozuvidan   foydalangan   bo’lib,   u   oromey
yozuvi   asosida   shakllangan   va   unda   26   harf   mavjud.   Uning   yodgorliklari
1970   yildan   so’ng   Qozog’istonning   Issiq   qo’rg’oni,  Afg’onistoninng   Dashti
Novur, Surxandaryoning Xolchayon, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Andijonning
Lo’mbitepa   degan   joylaridan   topildi.   Bu   narsa   Urxun-Enasoy   yozuvining
shakl va tovush birligi uning uzoq turkiy jarayonni   bosib o’tganidan dalolat
beradi 5
.   Chunki   Urxun-Enasoy   atamasi   turk-run   yozuv   yodgorliklarining
mahalliy guruhinigina anglatadi. 
Shunday   ekan,   qadimgi   turkiy   til   tarixi   Markaziy   Osiyo   (Issiq,   Dashti
Naur,   Xolchayon,   Dalvarzintepa,   Fayoztepa,   Lo’mbitepa)   yodgorliklaridan
boshlanadi.   Bu   yodgorliklar   miloddan   oldingi   davrlarga   tegishli   bo’lib,   u   I
Turk hoqonligi va undan G’arbiy turk hoqonligi ajralgan davrga oiddir. Buni
arxeologik   qatlamlar   tasdiqlamoqda 6
.   Xullas,   qadimgi   yodgorliklarning
2
 Мухторов А., Санақулов У, Ўзбек адабий тили тарихи. –Тошкент. 1995, 26-бет.
3
 Алиев А., Содиқов Қ. Ўзбек адабий тили тарихидан. –Тошкент, 1994, 48-бет.
4
 Сагдуллаев А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. –Тошкент. 1996, 10-12-бетлар.
5
 Ўринбоев Б. Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Самарқанд. 1999, 4-6-бетлар.
6
  Абдулғозиева   Б.,   Исоқов   М.,   Содиқов   К.   Янги   топилган   қадимги   туркий   битик   //   Ўзбекистон
адабиёти ва санъати. 1993, 18 июнь. mahalliy   guruhini   anglatgan   turk-run   yozuvi   Urxun-Enasoy   tomondan
G’arbga emas (bunda 38 harfiy belgi bor), balki Markaziy Osiyodan (bunda
26   harfiy   belgi   bor)   Sharq   tomonga   tarqalgandir 7
.   Markaziy   Osiyodan
topilgan   yodgorliklar   qadimgi   turkiy   til   davri   tarixini   uzaytirishga   imkon
beradi. Shunga ko’ra, qadimgi turkiy til miloddan avvalgi VII asrdan milodiy
X asrgacha bo’lgan  davrni o’z ichiga oladi. Bu  davrni  o’rganish  darajasi  va
yodgorliklarining   xususiyatlariga   ko’ra,   o’z   navbatida,   ikki   davrga   ajratish
mumkin: 
a)   Qadimgi   qabilalar   adabiy   tili   (miloddan   avvalgi    VII   asrdan   milodiy
VI asrgacha bo’lgan davr). 
b) Qadimgi turkiy xalqlarning adabiy tili (VI-X asrlar). 
a) Qadimgi qabilalar adabiy tili haqida
Qadimgi   qabilalar   adabiy   tili   miloddan   avvalgi   VII   asrdan   milodiy   VI
asrgacha   bo’lgan   davrni   o’z   ichiga   oladi.   Bu   davrda   so’g’dlar,   baqtriylar,
xorazmiylar   va   sak   (shak)lar   haqida   ayrim   ma’lumotlar   qadimgi   yozma
manbalarda   saqlangan.   Lekin   bu   manbalar   kam   bo’lsa-da,   ular   qadimgi
madaniy,   iqtisodiy,   siyosiy,   ijtimoiy   jarayonlarni   o’rganishda   katta
ahamiyatga egadir. 
Miloddan   avvalgi   I   ming   yillikning   birinchi   yarmida   yurtimizda
joylashgan turli qabilalar qadimgi sharq-eroniy tillar shevalarida gapirganlar.
Ularning etnik qiyofasi va tillari bir-biriga yaqin bo’lgan. Shuning uchun ham
so’g’dlar,   baqtriylar,   xorazmiylar   va   saklar   qarindosh   xalqlar   bo’lib,   bir-
birlarini yaxshi tushunganlar. 
Qadimgi   sharq-eroniy   tillarni   o’rganishga   oid   ilmiy   adabiyot   mavjud
bo’lib, ular asosida o’sha davr tilini o’rganish mumkin.
7
 Ўринбоев Б. Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Самарқанд. 1999, 5-бет. «Avesto»   tili   va   yozuvi.   «Avesto»   -   zardushtiylik   dinining   muqaddas
kitobi bo’lib, shu dindagi xalqlarning shariat qonunlari majmuasidir.
«Eng   mo’tabar,   qadimgi   qo’lyozmamiz   «Avesto»ning   yaratilganiga
3.000   yil   bo’layapti,   -   dedi   Birinchi   Prezidentimiz   Islom   Karimov   tarixchi
olimlar  bilan uchrashuvda. - Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki
daryo   oralig’ida,   mana   shu   zaminda   umrguzaronlik   qilgan   ajdodlarimizning
biz   avlodlariga   qoldirgan   ma’naviy,   tarixiy     merosidir.   «Avesto»   ayni
zamonda   bu   qadim   o’lkada   buyuk   davlat,   buyuk   ma’naviyat,   buyuk
madaniyat   bo’lganidan   guvohlik   beruvchi   tarixiy   hujjatdirki,   uni   hyech   kim
inkor   eta   olmaydi» 8
.     «Avesto»ga   qarshi   hujum   Aleksandr   Makedonskiy
davrida boshlangan bo’lib, u 12 ming qoramol terisiga yozilgan bu kitobning
bir   qismini   kuydirtiradi.   Lekin   uning   qolgan   qismlari   miloddan   avvalgi   III
asrda kitobat qilingan.
Zamonamizgacha   yetib   kelgan   «Avesto»     qismlari   milodning   III-VII
asrlarida   tahrirlangan.   «Avesto»   boblari   «Pahlaviy»   -   o’rta   asr   alifbosida
(unda   48  harfiy   belgi  bor)   ko’chirilgan.   U o’rta  fors  tilidan  «Apastak»  yoki
«Asos» nomi bilan tarjima qilinadi. 
«Avesto»   tili   eroniy   tillarning   eng   qadimgi   shevalaridan   biri   bo’lgan
qadimgi   fors   tiliga   nisbatan   ancha   oldingi   bosqichda   miloddan   avvalgi   II
ming yillikning oxiri I ming yillikning boshlarida paydo bo’lgan. 
‘‘Avesto’‘ning   qismlari   yozuvsiz   zamonga   oid   tasavvurlarni   o’zida
saqlagan,   bular   qadimgi   qabilalarning   og’zaki   ijodidir.   ‘‘Avesto’‘ning
qo’shiqlari   (gohlari)   tabiiy   kuchlarga,   quyosh,   yulduzlarga   va   afsonaviy
qahramonlarga bag’ishlangan. 
Hozirgi   Markaziy   Osiyo   tillarida   mavjud   bo’lmagan   qadimgi   terminlar
‘‘Avesto’‘ tilida uchraydi. Masalan,  goh  (qo’shiq),  ashah  (haq, haqiqat, qoida,
qonun),   zashra   vayrayah   (shahriyor),   daina   (fikrlamoq,   din   tanimoq),
8
 Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. –Тошкент: Шарқ, 2001, 358-бет. havraravot  (xurdod, komillik, to’g’rilik),  gavronmona  (qo’shiq va toat-ibodat
ijro   etiladigan   joy),   puruchista   (ilmli),   vyasya<vik   (qishloq),   xvari   xshayta
(xurshid,   yorug’   doira,   quyosh),   antarivayu   (havo),   surush   (tinglamoq,
itoatkorlik),   movinagha   (oy),   chista   (bilim,   ogohlik),   boj   (so’z,   kalom),
oturbon   (olovni   qo’riqlovchi),   podiyob   (g’usl,   yuvinmoq,   poklanmoq),
Doityo  (Amudaryo),  jam  (shohona) kabilar.
«Avesto»ni birinchi bo’lib, XVIII asrda fransuz olimi Anketil Dyuperron
tomonidan tarjima qilingan. Undan so’ng «Avesto» K.Geldner, X.Bartolome,
V.V.Struve, X.Xumbax,  Ye.E.Bertels,  V.I.Abayev,  S.N.Sokolov,  V.A.Livshis,
I.M.Oranskiy,   I.S.Braginskiy,   I.M.Steblin-Kamenskiy   va   boshqalar
tomonidan o’rganilgan. 
Mustaqillik   sharofati   bilan   «Avesto»  Asqar   Mahkam   tomonidan   o’zbek
tiliga tarjima qilindi va nashr etildi (Toshkent, 2001, 382 bet). 
Qadimgi   Xorazm   tili   va   yozuvi.   Qadimgi   Xorazm   yozuvi   Oromiy
yozuvi asosida shakllangan. Xorazm alifbosi miloddan avvalgi V-III asrlarda
qo’llanilgan bo’lib, u 22 harfdan iborat. U Katta Oybuyirqal’a, Qo’yqirilgan
qal’adan   topilgan   sopol   idishning   sirtida   saqlangan.   Bu   manba   yagona
aspabarak - otliq so’zidan iborat. 
Baqtriya tili va yozuvi.   Bizgacha yuzdan ortiq baqtriylar so’zlari yetib
kelgan.   Uning   topilmalari   milodning   I   asrlariga   tegishlidir.   Baqtriya   yozuvi
oromiy   va   qadimgi   yunon   alifbesiga   asoslanib   rivojlangan.   Baqtriya   tili   va
yozuvi   namunalari   Surxon   vohasi,   Tojikiston,   Shimoliy   Afg’onistondan
topilgan bo’lib, ular uncha yaxshi o’rganilmagan.
So’g’d   tili   va   yozuvi.   So’g’diyona   viloyati   Zarafshon,   Qashqadaryo
vohalarini o’z ichiga olgan. Milodning I-IV asrlaridan boshlab, so’g’d yozuvi
keng hududda tarqalgan.
So’g’d   tilidagi   yozma   yodgorliklar   Markaziy   Osiyo,   Qozog’iston,
Sharqiy Turkiston, Pokiston va Mo’g’ulistondan topilib o’rganilgan. So’g’d   yozuvi   17   harfiy   belgidan   iborat   bo’lib,   u   qadimgi   uyg’ur,
mo’g’ul va manjur yozuvlari uchun asos bo’lgan.
Sak   tili   va   yozuvi.   Sak(shak)lar   Markaziy   Osiyo   va   Qozog’istonda
istiqomat qilgan ko’chmanchi qabilalardir. Sak tilida yoritilgan eng qadimgi
manba -bu   Olmaota   yaqinidagi   Issiq   qo’rg’oni,   Andijonning   Lo’mbitepa,
Termizning Fayoztepa, Afg’onistonning Dashti Novur, Sharqiy Turkistonning
Xotan   vohasidan   topilgandir.   Bu   yodgorliklar   alifbesida   26   harfiy   belgi
mavjud.   Bu   yodgorliklarni   o’rganishga   G.V.Beyli,   M.J.Drezden,
L.G.Gersenberg, I.M.Oranskiylar katta hissa qo’shganlar.
«Avesto»,   xorazmiy,   baqtriy,   so’g’d,   sak   tillaridagi   ayrim   atamalar,
tushunchalar   va   nomlar   hozirgi   tillarda   saqlanib   ishlatilmoqda.   Jumladan,
«Avesto»   so’zlari   bratar -birodar,   aka(rus   tilida   brat),   xapta   -   hafta,   yetti;
band   -   bog’lab   qo’yish;   zar   -   oltin;   nau   (nav)   -   yangi;   ap   -   ob;   framana   -
farmon;   hovana   - o’g’ir, keli;   miysra   - mehr, qasam, keng, yilning yettinchi
oyi;   Afrosiyob   -   Turon   shohi;   bod   -   shamol;   bihisht   -   eng   yaxshi   jahon;
raoshana   - yorug’, ravshan, oydin (bu so’z Zarafshon nomida saqlangan) va
hokazo.
So’g’d tili so’zlaridan quyidagilar hozirgi tillarda saqlangan:  kand  (kent)
-   shahar,   qo’rg’on;   tak   -   qurilish,   gumbaz;   kat   -   uy-joy,   makon.   Masalan:
Katob   (Kitob) - daryo bo’yidagi makon, qo’rg’on;   Chortak   (Chortoq) - to’rt
qurilish, gumbaz;  Navkat  (Navqat) - yangi uy-joy, makon.
Yozma manbalarga ko’ra yurtimizda eng qadimgi mahalliy tillar: turkiy,
fors, arab va o’zbek tillari rivoj topgan. Ular ish yuritish va ma’muriy, adabiy
va xalqaro, mahalliy qishloq va shahar tillari vazifasini bajargan 9
. 
b) Qadimgi turkiy xalqlarning adabiy tili
Tarkiy   xalqlarning   moddiy-ma’naviy   hayoti   va   yozuv   tarixi   haqidagi
tarixiy,   arxeologik   ma’lumotlar   turkiy   tilda   so’zlovchi   urug’   hamda
9
 Сагдуллаев А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. –Тошкент. 1996, 15-бет. qabilalarning   eramizdan   ilgari   mavjud   bo’lganligini,   jamiyat   bo’lib   tashkil
topganligini   va   birgalikda   turmush   kechirganligini   yuqorida   ko’zdan
kechirilgan faktlar ko’rsatadi.
Qadimgi   turkiy   xalqlarning   adabiy   tili   milodning   VI-X   asrlarini   o’z
ichiga oladi. Bu davrda arab istilosi amalga oshirildi va Arab xalifaligiga asos
solindi.   Lekin   o’zaro   ichki   feodal   kurashlar   va   xalq   qo’zg’olonlari   ta’sirida
VIII   asrning   oxirlaridan   mayda-mayda   qismlarga   bo’linib   ketdi:   idrisiylar
(789-926),   ag’labiylar   (800-909)   davlatlari   vujudga   keldi.   Eron   va
Movarounnahrda   IX   asrning   20-yillaridan   boshlab   tohiriylar   (821-873),
safforiylar   (867-1495),   somoniylar   (819-1005)   va   qoraxoniylar   (982-1147)
o’zlarining   mustaqil   boshqaruviga   ega   bo’ldilar.   Bu   davlatlarni   xalifalik
tomonidan   yuborilgan   noiblar   boshqarar   va   xalifalikka   xiroj,   juzya   (jon
solig’i)   va   o’lpon   to’lab   turar   edi.   Shunday   bo’lishiga   qaramasdan,  VIII-IX
asrlardayoq   o’lkamizda     Fanlar   akademiyasi   «Baytul-hikma»,   keyinchalik
1010   yilda   Xorazmda   Ma’mun   akademiyasi   tashkil   topgan.   Jahon   ilmiy
hayotida   o’ziga   xos   o’rin   egallagan   ushbu   akademiyada   al-Beruniy,   al-
Xorazmiy, Ibn Sino,   al-Farg’oniy, Zayniddin Jurjoniy kabi yuzlab allomalar
faoliyat ko’rsatganlar.  Sohibqiron  Amir   Temur   davrida   Samarqand   ilm-fan
markaziga   aylandi.   Mirzo   Ulug’bek,   Husayn   Boyqaro   davrida   ham   fan   va
madaniyat taraqqiy etdi.
Bu   davrda   riyoziyat,   falakiyot,   tabobat,   musiqa,   mantiq,   falsafa   kabi
tilshunoslik   va   adabiyotshunoslik   sohalarida   Abu   Nasr   Forobiyning   alohida
o’rni   bor.   Mazkur   fanlarni   yoritish   orqali   terminologiya   sohasiga   ham   o’z
hissasini   qo’shgan.   Forobiy   tilshunoslikning   falsafiy   masalalari   bilan
shug’ullanib,   bilishning   ikki   bosqichi   hissiy   va   idrokiy,   umumiylik-
xususiylik,   mohiyat-hodisa   dialektikasi   haqida   o’zining   «Falsafatu
Aristutalis»   asarida   qimmatli   ma’lumotlar   beradi.   Forobiy   fikricha,   faqat
inson    bilimga intiladi. Bilish insonning mohiyati. Undan maqsad haqiqatga erishmoqdir.   U   Aflotun,   Arastu   ta’limotini   puxta   egallab,   uni   ma’lum
darajada   Sharqqa   tarqatdi.   Albatta,   uning   o’zining   qarashlari   ham   alohida
o’rin egallaydi.
Forobiy   fikricha,   o’zgarishlar   asosida   ziddiyatlar   yotadi.   U   o’zining
«Fanlar tasnifi haqidagi so’z» asarida tilshunoslikka e’tibor berganligini aniq
ko’rish mumkin. O’sha davrdayoq Forobiy til haqidagi fanning ikki qismdan
iborat ekanligini ta’kidlaydi: a)   tilda   mavjud   bo’lgan   so’zlarni   xotirada
saqlash;  b)   so’zlarni   boshqarib   turadigan   qonunlarni   bilish.   U     atoqli   va
turdosh   otlar,   ot   va   fe’llar   to’g’risida   ma’lumot   berib,   jins,   son   terminlarini
ko’rsatib, fe’lning uch zamon shaklini ko’rsatadi.
Forobiy tilshunoslikni quyidagicha tasnif etadi: a) sodda so’z haqidagi
fan; b) so’z birikmalari haqidagi fan; v) sodda so’z qonunlari haqidagi fan; g)
yozuv   qonunlari   va   to’g’ri   talaffuz   haqidagi   fan;   d)   she’r   tuzilishi   qoidalari
haqidagi fan.
U   yuklamalarni   o’zgarmaydigan   so’zlar   qatoriga   kiritib,   alohida
o’rganishni   ta’kidlaydi.   Forobiy   butun   tilshunoslik   bo’limlari:   fonetika,
leksika,   morfologiya,   sintaksis,   orfografiya,   orfoepiya,   stilistika   haqida,
ularning   o’rganish   obyektlari   to’g’risida   ilk   ma’lumot   beradi.   Forobiy
grammatika   bilan   mantiqning   o’zaro   uzviy   aloqador   ekanligini   ko’rsatadi.
Uning   fikricha,   qanday   qilib   ta’lim   berish   va   ta’lim   olish,   fikrni   qanday
ifodalash, bayon etish, qanday so’rash va qanday javob berishga kelganda, bu
haqdagi   ilmlarning   eng   birinchisi   jismlarga,   ya’ni   substansiya   va
aksidensiyalarga   ism   beruvchi   til   to’g’risidagi   ilmdir.   Ikkinchi   ilm   -
grammatika,   ya’ni   u   jismlarga   berilgan   nomlarni   tartibga   soladi.   Shu   bilan
birga   nutqqa   ham   alohida   e’tibor   qaratiladi.   Uchinchi   ilm   mantiqdir.   U
dialektika qonuni asosida umumiylik va xususiylikka alohida e’tibor beradi.
Tillararo umumiylik va xususiylik to’g’risida fikr yuritib, arab va yunon tili
asosida misollarni tahlil etadi. Dunyo   madaniyati   va   ma’naviyatiga   ulkan   iz   qoldirgan   allomalardan
biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniy hisoblanadi. U 150 dan
ortiq   asar   qoldirib,   ular   orasida   «Xronologiya»,   «Hindiston»,   «Geodeziya»,
«Mineralogiya», «Ma’sud qonuni» hamda «Saydana» alohida o’rin egallaydi.
Uning   asarlari   arab,   rus,   ingliz,   nemis   va   boshqa   tillarga   tarjima   qilingan.
Qomusiy   olim   boshqa   fanlar   qatori   terminologiya   sohasida   ham   ibratli
ishlarni amalga oshirdi.
Beruniy ilmiy xazinaning kaliti sanaluvchi til va tilshunoslikka alohida
e’tibor   berdi.   Bir   qancha   tillarni   mukammal   egallagan   Beruniy,   dastavval,
xorazmiy   tilini   puxta   egallaganini   ta’kidlaydi.   U   Hindistonga   borgandan
so’ng   mamlakat   tarixi,   madaniyati,   urf-odati,   hayvonot   va   nabotot   olamini
o’rganishga   qiziqib,   hind   tili   bo’lgan   sanskrit   tilini   mukammal   o’rganishga
bel   bog’ladi.   U     1048   yilda   o’simliklar,   hayvonlar   va   ma’danlar   to’g’risida
«Saydana»   asarini   yaratdi.   Ushbu   asarda   tilga   oid   qimmatli   ma’lumotlarni
berdi.   Asarda   dorivor   o’simliklarning   nomlari   bir   necha   tilda   va   shu
jumladan, dialektlardagi nomlari ham berilganligi alohida o’rin egallaydi.
Beruniy   arab   yozuvining   insoniyat   tomonidan   kashf   etilganligin
ko’rsatib,   yunon,   lotin,   hind   tillaridagi   ayrim   so’zlarni   transkripsiyada
berishni   lozim   topadi.   Uning   «Saydana»   asari   dorivor   o’simliklar   lug’ati
vazifasini ham bajaradi. Ushbu asar, o’z navbatida, ham izohli, ham tarjima,
ham   etimologik,   ham   dialektologik,   ham   terminologik   lug’atning   ilk
namunasi hisoblanadi.
Tabobat olamida dunyoni lol qoldirgan Ibn Sinoning tilshunoslikka oid
«Asbobi   xudut   al   xuruf»   asari   hozirga   qadar   tilshunoslar   diqqatini   jalb   etib
kelmoqda.   Ibn   Sinoning   dahosiga   mahliyo   bo’lgan   Mikelanjelo:   «Boshqa
olimlarni   ma’qullab   haq   bo’lgandan   ko’ra   Galen   va   Ibn   Sinolar   orqasidan
ergashib   xato   qilgan   yaxshiroqdir»,   -   deydi.   Allomaning   «Asbob»   asari
asosan,   arab   til   fonetikasiga   bag’ishlangan   bo’lsa   ham,   unda   fors,   turk   va boshqa   tillar   materiallaridan   foydalanilgan.   Asar   mundarijasi   asosan
quyidagilardan iborat: 1.Tovushning paydo bo’lish sabablari haqida.  2.Nutq
tovushlarining paydo bo’lishi. 3. Bo’g’iz va til anatomiyasi. 4.   Ayrim
arab tovushlarining paydo bo’lishidagi o’ziga xos xususiyatlari haqida. 5. Bu
tovushlarga   o’xshash   nutq   tovushlari   haqida.   6.   Bu   tovushlarning   nutqiy
bo’lmagan harakatda eshitilishi.
Ibn   Sino   tovushlarning   qanday   paydo   bo’lishini   birinchilardan   bo’lib
ilmiy asoslab bergan olimdir. Muallif   birinchilardan   bo’lib,   fizikaviy   va   nutq
tovushlarini   ajratib,   fizikaviy-akustik   tovushni   « savt »,   nutq   tovushlarini
« harf »   termini   bilan   izohlaydi.   Muallif   unli   va   undoshlarni   ajratib,   unlilar
uchun-musannito,   undoshlar   uchun   samita   terminlarini   qo’llaydi.   U   arab
tilida   yigirma   sakkizta   undosh   va   uchta   unli   fonema   mavjud   ekanligini
ko’rsatadi.   U   tovushlarni   akustik   belgisiga   ko’ra   jarangli-maghura   va
jarangsiz-magmusa kabilarga ajratadi.
Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha terminologiyasi
asosan  sof  turkiycha  tub  hamda  yasamalardan  hamda  buddizm  va  moniyzm
ta’sirida so’g’d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan o’zlashmalardan tashkil
topgan   edi.   Jumladan,   barg’u   ‘‘o’lja’‘,   qarg’u   ‘‘soqchi,   dozor’‘,   tamg’a
‘‘mug’r ’‘,   ko’rug   ‘‘ayg’oqchi’‘,   elchi   ‘‘elchi;   hukmdor,   yurtboshi’‘,   yo’lchi
‘‘sardor’‘,   chig’ay   ‘‘yo’qsil,   kambag’al’‘,   qishlag’(q)’‘   qo’shinning   qishki
qarorgohi’‘,   ayg’uchi   ‘‘davlat   maslahatchisi’‘   singari   asl   turkcha,
cherig/cherik   ‘‘qo’shin,   armiya’‘,   sart   ‘‘tojir,   savdogar’‘   kabi     sanskritcha ,
xatun/qatun   ‘‘malika’‘,   kent   ‘‘qishloq;   shahar’‘   singari   so’g’dcha,   qag’an
‘‘hukmdor’‘,  xan  ‘‘hokim’‘,  tegin  ‘‘xonzoda, shahzoda’‘,  yabg’u  ‘‘xoqondan
keyingi   oliy   lavozim   egasi’‘,   sengun   ‘‘xitoy   generali’‘,   tarqan   ‘‘tarxon ’‘,
tutug’   ‘‘tuman   hokimi’‘   kabi   xitoycha ,   shad   ‘‘Turk   xoqonligida   oliy
lavozim’‘ , shadapit   singari eroncha terminlar faol qo’llanishda bo’lganligini
manbalar   so’z   boyligi   yaqqol   ko’rsatadi.   Ayni   chog’da   e’tirof   etish   joizki, sanskrit,   eron,   xitoy   tillarida   bitilgan   asarlarning   turkiy   tilga   qilingan
tarjimalarida qayd etilgan ijtimoiy-siyosiy, harbiy, iqtisodiy, sosial, hayvonot
dunyosi-fauna,   o’simlik   dunyosi-flora,   ilmi   nujum-astoronomiya   va   h.k.
sohalarga   xos   terminlar   keyinchalik   deyarli   qo’llanmadi,   turkiy   tillar,
chunonchi, o’zbek tili ularni qabul qilmadi.  Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи // Танланган асарлар.
3 жилдлик. 2-жилд. – Тошкент: Академнашр, 2012, 226-441-б. 
2. Нурмонов А.Ўзбек тилшунослиги тарихи. - Тошкент, 2002, 3-26-
б.
3. Абу   Наср   Форобий.   Фозил   одамлар   шаҳри.   -Тошкент:   Абдулла
Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993.
4. Йўлдошев   Б.   “Ўзбек   тилшунослиги   тарихи”   фанидан   услубий
қўлланма. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2012. – 164 б.
5. Ўринбоев   Б.,   Йўлдошев   Б.   Ўзбек   тилшунослиги   тарихи.   Ўқув-
услубий қўлланма.  - Навоий, 2002.
6. Ўринбоев Б., Қурбонов Т. Ўзбек тилшунослиги тарихи. Услубий
қўлланма. - Самарқанд, 2006, 7-39-б.
7. Абу   Али   ибн   Сино.   Фонетика   ҳақида   рисола.   –   Тошкент:
Ўзбекистон, 1979.
8.   Фозилов   Э.   Шарқнинг   машҳур   филологлари.   –   Тошкент:   Фан,
1971. 
9. Хайруллаев М. Абу Наср Форобий. – Тошкент: Фан, 1961. 
10. Бердиёров Ҳ., Хўжаев Т., Йўлдошев Б. Умумий тилшунослик. –
Самарқанд, 1979.

O‘ZBEK TERMINOLOGIYASINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI Reja: 1. O‘zbek terminologiyasining shakllanish bosqichlari. 2. Qadimgi turkiy til terminologiyasi 3. Qadimgi qabilalar adabiy tili (miloddan avvalgi VII asrdan milodiy VI asrgacha bo’lgan davr). 4. Qadimgi turkiy xalqlarning adabiy tili (VI-X asrlar).

Muayyan adabiy tilning so’z boyligi o’z tarkibida maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminologik leksikani u yoki bu darajada qamrab olishi lingvistikada e’tirof etilgan voqyelik hisoblanadi. O’zbek terminologiyasi tizimi ham bundan mustasno emas. Umumiste’mol so’zlardan farqli ravishda doim maxsus tushunchalarni anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yo’naltirilgan terminlar o’zbek adabiy tilining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari zaminida tarkib topdi va takomillashdi. O’zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan terminologik leksika tarixini qadimgi turkiy til (VII-X) terminologiyasi, eski turkiy til (XI-XIV) terminologiyasi, eski o’zbek adabiy tili (XV-XX asr boshi) terminlogiyasi, sho’rolar davri o’zbek tili terminologiyasi va istiqlol davri o’zbek tili terminologiyasi tarzida davrlashtirish salkam o’n to’rt asrlik vaqt mobaynida terminlogik leksika tizimida ekstralingvistik va intralingvistik omillar negizida sodir bo’lgan jarayonlarni anglab yetish imkonini beradi 1 . Hozirgi qardosh turkiy tillar, jumladan, o’zbek tili leksik xazinasida muayyan darajada qo’llanishda davom etayotgan yoki bugun iste’moldan butunlay chiqib ketgan qadimgi turkiy tilga taalluqli leksik birliklar tarkibida terminologik leksika ham sezilarli o’rinni egallaganligi bilan xarakterlidir. Qadimgi turkiy til terminologiyasi Markaziy Osiyo va Qozog’iston hududida topilgan yozma yodgorliklar turkiy qabilalarning qadimdan o’z madaniyati va o’z adabiy tiliga ega bo’lganligidan guvohlik beradi. Turkiy xalqlarning moddiy-madaniy hayoti va yozuv tarixi haqidagi tarixiy, arxeologik ma’lumotlar turkiy tilda so’zlovchi urug’ hamda qabilalarning miloddan ilgari mavjud bo’lganligini, jamiyat bo’lib tashkil topganligini va birgalikda turmush kechirganligini ko’rsatadi. Shunga 1 Дадабоев Ҳ. – Тошкент,

qaramasdan, qadimgi turkiy til deganda ko’pchilik adabiyotlarda milodiy VII-VIII asrlarni o’z ichiga oladi, degan fikrlar bildiriladi 2 . Boshqalarida V-X asrlarni o’z ichiga qamrab olishi ta’kidlanadi 3 . Lekin Mustaqillik sharofati bilan qadimgi turkiy til davri tarixini uzaytiruvchi omillar aniqlandi. Yozuv madaniyatiga nazar tashlansa Markaziy Osiyoda yashagan qabilalar va xalqlar yagona alifbo bilan cheklanib qolgan emaslar. Chunonchi, so’g’dlar o’z tarixi mobaynida oromiy, milliy so’g’d, moniy, suryoniy yozuvlaridan foydalanganlar. Qadimgi sak tili turk-run yozuvidan foydalangan. Qadimgi Xorazmiy adabiy tili uchun xorazmiy, arab alifbolari amalda bo’lgan. Bular ba’zi ishlarda «Avesto» tili, qadimgi Xorazm tili va yozuvi, Baqtriya tili va yozuvi, so’g’d tili va yozuvi, sak (shak) tili va yozuvi degan nom bilan ataladi 4 . Sak (shak) qabilalari turk-run yozuvidan foydalangan bo’lib, u oromey yozuvi asosida shakllangan va unda 26 harf mavjud. Uning yodgorliklari 1970 yildan so’ng Qozog’istonning Issiq qo’rg’oni, Afg’onistoninng Dashti Novur, Surxandaryoning Xolchayon, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Andijonning Lo’mbitepa degan joylaridan topildi. Bu narsa Urxun-Enasoy yozuvining shakl va tovush birligi uning uzoq turkiy jarayonni bosib o’tganidan dalolat beradi 5 . Chunki Urxun-Enasoy atamasi turk-run yozuv yodgorliklarining mahalliy guruhinigina anglatadi. Shunday ekan, qadimgi turkiy til tarixi Markaziy Osiyo (Issiq, Dashti Naur, Xolchayon, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Lo’mbitepa) yodgorliklaridan boshlanadi. Bu yodgorliklar miloddan oldingi davrlarga tegishli bo’lib, u I Turk hoqonligi va undan G’arbiy turk hoqonligi ajralgan davrga oiddir. Buni arxeologik qatlamlar tasdiqlamoqda 6 . Xullas, qadimgi yodgorliklarning 2 Мухторов А., Санақулов У, Ўзбек адабий тили тарихи. –Тошкент. 1995, 26-бет. 3 Алиев А., Содиқов Қ. Ўзбек адабий тили тарихидан. –Тошкент, 1994, 48-бет. 4 Сагдуллаев А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. –Тошкент. 1996, 10-12-бетлар. 5 Ўринбоев Б. Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Самарқанд. 1999, 4-6-бетлар. 6 Абдулғозиева Б., Исоқов М., Содиқов К. Янги топилган қадимги туркий битик // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. 1993, 18 июнь.

mahalliy guruhini anglatgan turk-run yozuvi Urxun-Enasoy tomondan G’arbga emas (bunda 38 harfiy belgi bor), balki Markaziy Osiyodan (bunda 26 harfiy belgi bor) Sharq tomonga tarqalgandir 7 . Markaziy Osiyodan topilgan yodgorliklar qadimgi turkiy til davri tarixini uzaytirishga imkon beradi. Shunga ko’ra, qadimgi turkiy til miloddan avvalgi VII asrdan milodiy X asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrni o’rganish darajasi va yodgorliklarining xususiyatlariga ko’ra, o’z navbatida, ikki davrga ajratish mumkin: a) Qadimgi qabilalar adabiy tili (miloddan avvalgi VII asrdan milodiy VI asrgacha bo’lgan davr). b) Qadimgi turkiy xalqlarning adabiy tili (VI-X asrlar). a) Qadimgi qabilalar adabiy tili haqida Qadimgi qabilalar adabiy tili miloddan avvalgi VII asrdan milodiy VI asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda so’g’dlar, baqtriylar, xorazmiylar va sak (shak)lar haqida ayrim ma’lumotlar qadimgi yozma manbalarda saqlangan. Lekin bu manbalar kam bo’lsa-da, ular qadimgi madaniy, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy jarayonlarni o’rganishda katta ahamiyatga egadir. Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida yurtimizda joylashgan turli qabilalar qadimgi sharq-eroniy tillar shevalarida gapirganlar. Ularning etnik qiyofasi va tillari bir-biriga yaqin bo’lgan. Shuning uchun ham so’g’dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar qarindosh xalqlar bo’lib, bir- birlarini yaxshi tushunganlar. Qadimgi sharq-eroniy tillarni o’rganishga oid ilmiy adabiyot mavjud bo’lib, ular asosida o’sha davr tilini o’rganish mumkin. 7 Ўринбоев Б. Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Самарқанд. 1999, 5-бет.

«Avesto» tili va yozuvi. «Avesto» - zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lib, shu dindagi xalqlarning shariat qonunlari majmuasidir. «Eng mo’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz «Avesto»ning yaratilganiga 3.000 yil bo’layapti, - dedi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tarixchi olimlar bilan uchrashuvda. - Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hyech kim inkor eta olmaydi» 8 . «Avesto»ga qarshi hujum Aleksandr Makedonskiy davrida boshlangan bo’lib, u 12 ming qoramol terisiga yozilgan bu kitobning bir qismini kuydirtiradi. Lekin uning qolgan qismlari miloddan avvalgi III asrda kitobat qilingan. Zamonamizgacha yetib kelgan «Avesto» qismlari milodning III-VII asrlarida tahrirlangan. «Avesto» boblari «Pahlaviy» - o’rta asr alifbosida (unda 48 harfiy belgi bor) ko’chirilgan. U o’rta fors tilidan «Apastak» yoki «Asos» nomi bilan tarjima qilinadi. «Avesto» tili eroniy tillarning eng qadimgi shevalaridan biri bo’lgan qadimgi fors tiliga nisbatan ancha oldingi bosqichda miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri I ming yillikning boshlarida paydo bo’lgan. ‘‘Avesto’‘ning qismlari yozuvsiz zamonga oid tasavvurlarni o’zida saqlagan, bular qadimgi qabilalarning og’zaki ijodidir. ‘‘Avesto’‘ning qo’shiqlari (gohlari) tabiiy kuchlarga, quyosh, yulduzlarga va afsonaviy qahramonlarga bag’ishlangan. Hozirgi Markaziy Osiyo tillarida mavjud bo’lmagan qadimgi terminlar ‘‘Avesto’‘ tilida uchraydi. Masalan, goh (qo’shiq), ashah (haq, haqiqat, qoida, qonun), zashra vayrayah (shahriyor), daina (fikrlamoq, din tanimoq), 8 Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. –Тошкент: Шарқ, 2001, 358-бет.