logo

Milliy g’oya va mafkura fanining tarixiy ildizlari, shakllanish va rivojlanish bosqichlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

47.4248046875 KB
Milliy g’oya va mafkura fanining tarixiy ildizlari, shakllanish va rivojlanish
bosqichlari
Reja.
1. Milliy g’oya va mafkura fanining tarixiy ildizlari.
2.  Milliy g’oya va mafkura fanining  falsafiy asoslari.
3. Milliy g’oya va mafkura fanining diniy negizlari.
4. Milliy g’oya va mafkura fanining dunyoviy ildizlari. Milliy g’oya va mafkura fanining tarixiy ildizlari.   Milliy   g’oya   va   mafkura
fani   g’oya   va   mafkura   timsolida   o’zining   genezisiga   va   evolyusiyasiga   egadir.
Tarixiylik   va   mantiqiylik   nuqtai   nazaridan   qaraydigan   bo’lsak,   g’oya   va
mafkuralarning dastlabki kurtaklari insoniyat rivoji tarixining «mehnat taqsimoti»
davrida   paydo   bo’lganligini   ko’ramiz.   Bu   esa   har   bir   narsaning   o’z   tarixi,ya’ni
tarixiy ildizlari borligidan darak beradi. Falsafiy  jihatdan qaraganda «tarixiy ildiz»
tushunchasini   tor   va   keng   ma’noda   talqin   qilish   mumkin.   «Tarixiy   ildiz»
tushunchasi   keng   ma’noda     bugungi   kunda   mavjud   bo’lgan   barcha   narsa   va
hodisalarning tarixiy makon va zamonda joy olgan barcha tomonlari,  tor ma’noda
esa   muayan   subyektlar   tomonidan       bilish     va   o’zgartirishga   qaratilgan     narsa   va
hodisalarning   tarixiy   makon   va   zamonda   egallagan   o’rnini   tushuniladi.
Masalan,milliy   g’oya   va   mafkura   fanining   tarixiy   ildizlarini   keng   ma’noda
tushunish O’zbekiston hududida eng qadimgi odamlarning paydo bo’lishi, urug’ va
qabilalarining   kelib   chiqishi,   davlatchiligining   shakllanishi,   ishlab   chiqarish
jarayonlarini   tashkil   etishi,   ilmiy   va   diniy   bilimlardan
foydalanish,falsafa,axloq,huquq   va   boshqa   shu   kabi   narsa   va   hodisalarning   bir
butun   tizim   sifatida   tarixiy   makon   va   zamonda   egallagan   o’rni,   tor   ma’noda   esa
muayan     olim     yoki   ilmiy   jamoatchilik   tomonidan   o’rganilayotgan   g’oya   va
mafkuraning  tarix makon va zamonda egallagan tomoni tushuniladi.
  Milliy   g’oya   va   mafkura   fanining   tarixiy   ildizlari   deb   o’zbekning   o’zligini
anglashga,   ozod   va   obod   Vatani   ravnaqi   yo’lida   tinmay   samarali   erkin   mehnat
qilishga,   olam   sirlarini   kashf   etib,   uni   insoniyat   taraqqiyotiga   xizmat   qilishga,
insoniylikni     ulug’   fazilat   deb   bilishga,   komil   fanzandlarni   voyaga   yetkazishga,
alxusus, uning butun jismoniy va ma’naviy vujudini ma’naviy jasorat ko’rsatishga
chorlaydigan   asrlar   mobaynida   turli     sinovlariga   bardosh   berib,   tarixiy   makon   va
zamondan   abadiy     joy   olib     ota-bobolarimizdan   qolib   kelayotgan   moddiy   va
ma’naviy ashyolar  tizimiga aytiladi.
O’zbek   xalqining   tarixiy   ildizi   haqida   I.A.Karimov :«Mustaqillikka
erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini
bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu — tabiiy hol. Odamzod borki,   avlod-ajdodi   kimligini,   nasl-nasabini,   o’zi   tug’ilib   voyaga   yetgan   qishloq,
shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi.
Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq,
balki   umumjahon   sivilizasiyasi   beshiklaridan   biri   bo’lganini   butun   jahon   tan
olmoqda.   Bu   qadimiy   va   tabarruk   tuproqdan   buyuk   alloma-lar,   fozilu   fuzalolar,
olimu   ulamolar,   siyosatchilar,   sarkardalar   yetishib   chiqqan.   Diniy   va   dunyoviy
ilmlarning   asoslari   mana   shu   zaminda   yaratilgan,   sayqal   topgan.   Eramizgacha   va
undan   keyin   qurilgan   murakkab   suv   inshoot-lari,   shu   kungacha   ko’rku   fayzini,
mahobatini   yo’qotmagan   osori   atiqalarimiz   qadim-qadimdan   yurtimizda
dexdonchilik,   hunarmandchilik   madaniyati,   me’morchilik   va   shaharsozlik   san’ati
yuksak bo’lganidan dalolat beradi» 1
,- degan edi.
Milliy g’oya va mafkura fanining tarixiy ildizlariga quyidagilar kiradi.
1.   Eng   qadimgi   odamlarning   paydo   bo’lganligi   va   yashaganligi.   O’zbek
xalqi   tavallud   topganining   bir   yarim   million   yil   bo’lganligi,   ya’ni   O’zbekiston
hududidan,   aniqrog’i   Farg’ona   vodiysining   Selung’ur   g’oridan   bundan   bir   yarim
yil oldin yashagan odam ( fanda «Farg’ona odami», «Fengantrop» deb nomlanadi)
qoldiqlarining   topilganligi.   Bu   tarixiy   dalil   o’zbeklarning   juda   ham   qadimiy   xalq
bo’lganligini isbotlaydi.
2.   Madaniyat   va   ma’naviyat   ildizining   qadimiyligi.   O’zbekiston   hududidan
milloddan avvalgi XII – VII ming yilliklarda yasalgan mehnat qurollari, Zarautsoy
qoyatoshlariga   chizilgan   rasmlarning   topilganligi   o’zbeklarning   qadimiy
madaniyatga   ega   bo’lganligidan     darak   beradi.   Shuning   uchun   ham   bu   xususda
I.A.Karimov:   «   Biz   xalqni   nomi   bilan   emas,balki   madaniyati,ma’naviyati   orqali
bilamiz,tarixning tag-tomirigacha nazar tashlaymiz » 2
,-degan edi.
3.   Milliy   davlatchilik   an’analari.   Mamlakatimiz   hududida   miloddan   avvalgi
VII – VI asrlarda ilk davlatlar tashkil topadi. Demak,o’zbeklar bundan 2700 - 3000
yil   oldin   ilk   davlat   qurgan   xalqlardan   biri   sanaladi.   Yurtboshimiz   I.A.Karimov
ta’kidlaganidek:   «...   bino   qanchalar   baland   bo’lsa,   uning   poydevori   ham   shu
1
  Каримов И.А.  Тарихий хотирасиз келажак йўқ// Унинг ўзи . Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Т.:Ўзбекистон,1999.-
Б.132.
2
  Каримов И.А.  Тарихий хотирасиз келажак йўқ// Унинг ўзи . Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Т.:Ўзбекистон,1999.- 
Б.144. qadar   chuqur   bo’ladi.   Biz   buyuk   davlat   qurishni   o’z   oldimizga   maqsad   qilib
qo’ygan   ekanmiz,   buning   uchun   zamonaviy   siyosiy,   iqtisodiy,   ilmiy-texnikaviy,
ma’naviy   imkonlarimiz   bilan   bir   qatorda   tarixiy   asosimiz   ham   bor.   2700   yillik
buyuk davlatchilik o’tmishimiz bor» 3
.
4.   Haqqoniy   yozilgan   tarix.   Tarix   haqqoniy   yozilmasa,   u   xalqni   ma’naviy
jihatdan qashshoq qilib, oxir-oqibatda o’zligidan ayiradi. O’zligidan ayrilgan xalq
esa manqurtga aylanadi. Shu sabali  I.A.Karimov : « Biz yurtimizni yangi bosqichga,
yangi yuksak marraga olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga yorug’ g’oya kerak.
Bu   g’oyaning   zamirida   xalqimizning   o’zligini   anglashi   yotadi.   Haqqoniy   tarixni
bilmasdan  turib esa o’zlikni anglash mumkin emas» 4
,- degan edi.
5. Xalqning tarixiy xotirasi.   Har  bir  xalq o’zining tarixiy makon va zamonda
egallagan o’rnini  unitmasdan, tarix saboqlaridan xulosa chiqarib, o’tgan kunlarini
xotirlab yashasa, u albatta, o’zining tanlagan yo’lidan ko’zlangan ezgu maqsadlari
sari   adashmay,   dadil   qadamlar   tashlab   boraveradi.   Bunday   vazifaning   uddasidan
chiqish uchun esa tarixni unutmasligi zarur.  Bu xususda:   « Ma’naviyatini tiklashi,
tug’ilib  o’sgan  yurtida  o’zini   boshqalardan  kam  sezmay,   boshini  baland  ko’tarib
yurishi   uchun   insonga,   albatta,   tarixiy   xotira   kerak.   Har   qaysi   inson   men   shu
millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar bo’lgan, millatimning ibtidosi
qayda,   uning   oyoqqa   turishi,   tiklanish,   shakllanish   jarayoni   qanday   kechgan,
degan   savollarni   o’ziga   berishi   tabiiy.   Tarixiy   ildizini   izlagan   odam,   albatta,   bir
kun   mana   shunday   savollarga   duch   keladi   va,   aminmanki,   to’g’ri   xulosalar
chiqaradi.   Tarixiy   xotirasi   bor   inson   —   irodali   inson.   Takror   aytaman,   irodali
insondir.
      Kim   bo’lishidan   qat’i   nazar,   jamiyatning   har   bir   a’zosi   o’z   o’tmishini   yaxshi
bilsa,   bundai   odamlarni   yo’ldan   urish,   har   xil   aqidalar   ta’siriga   olish   mumkin
emas.   Tarix   saboqlari   insonni   hushyordikka   o’rgatadi,   iroda-sini
3
  Каримов И.А.  Тарихий хотирасиз келажак йўқ// Унинг ўзи . Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Т.:Ўзбекистон,1999.- 
Б.144.
4
  Каримов И.А.  Тарихий хотирасиз келажак йўқ// Унинг ўзи . Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Т.:Ўзбекистон,1999.- 
Б.153. mustaxkamlaydi » 5
,   -   degan   edi   I.A.Karimov .   O’zbek   xalqi   –   tarixiy   xotirasi   bor
xalq,tarix saboqlarini unitmaydigan xalq. O’z erki uchun kurashib kelgan xalq.
     6. Yozma manbalar.   O’zbekiston  hududida yozuv bundan taxminan 4-3 ming
yillar   oldin   paydo   bo’lgan.   Yozma   manbalarning   o’rni   haqida   I.A.Karimov :   «
Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan
tortib,   bugun   kutubxonalarimiz   xazinasida   saqlanayotgan   20   mingdan   ortiq
qo’lyozma,   ularda   mujassamlashgan   tarix,   adabiyot,   san’at,   siyosat,   axloq,
falsafa,   tibbiyot,   matematika,   fizika,   kimyo,   astronomiya,   me’morchilik,
dexqonchilikka   oid   o’n   minglab   asarlar   bizning   beqiyos   ma’naviy   boyligimiz,
iftixorimizdir.   Bunchalik   katta   merosga   ega   bo’lgan   xalq   dunyoda   kam   topiladi.
Shuning   uchun   ham   bu   borada   jahonning   sanoqli   mamlakatlarigina   biz   bilan
bellasha   olishi   mumkin,   deb   dadil   ayta   olaman» 6
,-   degan   edi.   Shunday   yozma
manbalardan   biri   “Avesto”dir.   Uning   yaratilganligiga   3000   yil   bo’lgan.   Bu   kitob
o’lkamizda   juda   qadim   zamonlarda   buyuk   davlat,   ma’naviyat,   madaniyat
bo’lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjat hisoblanadi.
    7.   Xalq   og’zaki   ijodi.   Xalq   og’zaki   ijodi   deb   afsonaviy   qahramonlar
timsolida   xalqning   ezgulikka   intiluvchi   qahramonona   kurash   g’oyalarini   o’zida
mujassamlashtirgan   holda   tarannum   etuvchi   og’zaki   tarzda   asrlar   osha   tildan-
tilga,   dildan-dilga   o’tib   xalq   tomonidan   kuylanib   kelayotgan   qo’shiq,   doston   va
eposlar  turkumiga aytiladi . Xalq og’zaki  ijodiyotining milliy g’oya  va mafkurani
shakllantirish va rivojlantirishdagi  tarixiy o’rni haqida  I.A.Karimov :«Ma’lumki,bu
dunyoda   har   qaysi   millatning   o’z   afsonaviy   qahramonlari,   o’zi   sevib
ardoqlaydigan   pahlavonlari   bo’ladi.   Xalqimiz   azaldan   o’z   vujudi,   o’z   tomirida
mavjud   ilohiy   qudratga   munosib   bo’lmoqqa   intilib,   o’z   o’g’lonlarini   mardlik   va
halollik,   jasurlik   ruhida,   el-yurt   uchun   jonini   ham   ayamaydigan   asl   pahlavonlar
etib tarbiyalab kelgan.
      Shu   ma’noda,   xalq   og’zaki   ijodining   noyob   durdonasi   bo’lmish   «Alpomish»
dostoni   millatimizning   o’zligini   namoyon   etadigan,   avlodlardan   avlodlarga   o’tib
5
  Каримов И.А.  Тарихий хотирасиз келажак йўқ// Унинг ўзи . Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 
Т.7. – Т.:Ўзбекистон,1999.- Б.136-137.
6
Каримов И.А.  Тарихий хотирасиз келажак йўқ// Унинг ўзи . Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 
Т.7. – Т.:Ўзбекистон,1999.- Б.136-137.  kelayotgan qahramonlik qo’shig’idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi
tuganmas   bir   doston   bo’lsa,   «Alpomish»   ana   shu   dostonning   shoh   bayti,   desak,
to’g’ri  bo’ladi. Bu mumtoz asarda tarix to’fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan
omon   chiqib,   o’zligini   doimo   saqlagan   el-yurtimizning   bag’rikenglik,   matonat,
olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o’z ifodasini topgan.
Shu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi.
Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtimizni, oilamiz qo’rg’onini qo’riqlashga, do’stu
yorimizni,   or-nomusimizni,   ota-bobolarimizning   muqaddas   mozorlarini   har
qanday tajovuzdan himoya qilishga o’rgatadi » 7
, - degan edi. Bunday xalq og’zaki
ijodiyotiga   “Kuntug’mish”,   ”Gurug’li”,   ”Farhod   va   Shirin”   kabi   o’nlab   eposlarni
kiritish mumkin.
8.   Buyuk   mutafakkirlarning   merosi.   Bunga   o’zbek   xalqining   buyuk
allomalari   tomonidan   dunyo   ilm-faniga   qo’shgan   bebaho   hissalarini   kiritish
mumkin.   Masalan,   Muhammad   Muso   Xorazmiy,Ahmad   Farg’oniy,Abu   Rayhon
Beruniy,   Ibn   Sino,   Mahmud   Zamahshariy,   Mirzo   Ulug’bek,   Alisher
Navoiy,Toshmuhammad   Sarimsoqov,Habib   Abdullayev,Obid   Sodiqov,Sa’di
Sirojiddinov   kabi   yuzlab   olimlar   tomonidan   kashf   qilingan   –
algebra,algoritm,yulduzlar   jadvali,geodeziya,ehtimollar   nazariyasi,yer   osti
boyliklarini   topish   usuli,alkoidlar   nazariyasi   va   boshqalar   buning   isboti
hisoblanadi.
9.   San’at   va   adabiyot   durdonalari.   O’zbek   xalqining   san’at   va   adabiyoti
shunchalik   qadimiyki,shunchalik   boyki,   unga   uncha-muncha   xalq   san’ati   va
adabiyoti   tenglasholmaydi.   Insonning   ruhiy   kamoloti   tarixida   musiqa   san’atining
o’rni   haqida   I.A.Karimov :«   ...bu   maqsadga   musiqa   san’atisiz   erishib   bo’lmaydi.
Xalqimiz   hayotida   musiqa   azaldan   beqiyos   o’rin   tutib   keladi.   Samarqand
yaqinidagi   Mo’minobod   qishlog’idan   3   ming   300   yil   muqaddam   suyakdan
yasalgan nay cholg’usi  topilgani  ham  shundan dalolat  beradi.   Musiqa  sadolari
qaysi  xalq  yoki   millat  vakili   tomonidan  ijro   etilmasin,  eng  ezgu,  yuksak  va  nozik
insoniy   kechinmalarni   ifoda   etadi » 8
,   -   degan   edi.   Bunga     Alisher   Navoiyning
7
 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият,2008.- Б.32-33.
8
 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият,2008.- Б.140. “Hamsa”   she’riy   asari,   Abdulla   Qodiriyning   ”O’tgan   kunlar”   romani,   milliy
merosimizning “Shashmaqom”, kabi musiqa to’plami kabi minglab san’at asarlari
va adabiyot durdonalarini kiritish mumkin.
10.   Milliy   qahramonlar   hayoti,faoliyati   va   merosi.   O’zbek   xalqining   milliy
qahramonlari   juda   ko’p.   Masalan,   ularga   To’maris,   Shiroq,   Spitamen,   Jaloliddin
Manguberdi,   Temur   Malik,   Amir   Temur,   Yetimxon,   Darveshxon,   Dukchi   Eshon,
Madaminbek,   Ibrohimbek   kabi   xalq   ozodligi   uchun   kurashgan   qahramonlarni
kiritish mumkin. Bular haqida gap ketganda Amir Temur haqida alohida to’xtalib
o’tish   maqsadga   muvofiqdir.   Amir   Temurning   xalqimiz   tarixidagi   o’rni   haqida
I.A.Karimov :«   Chunki   tengsiz   azmu   shijoat,   mardlik   va   donishmandlik   ramzi
bo’lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o’zidan
ham  amaliy, ham  nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din
va ma’naviyat rivojiga keng yo’l ochdi.
Shaxsan   men   «Temur   tuzuklari»ni   har   gal   o’qir   ekanman,   xuddiki   o’zimga
qandaydir   ruhiy   kuch-quvvat   topgandek   bo’laman.   O’z   ish   fao-liyatimda   bu
kitobga   takror-takror   murojaat   qilib,   undagi   hyech   qachon   eskirmaydigan,   inson
ma’naviyati   uchun   bugun   ham   oziq   bo’ladigan   hikmatli   fikrlarning   qanchalik
hayotiy   ekaniga   ko’p   bor   ishonch   hosil   qilganman.   Masalan,   «Tajribamda
ko’rilgankim,   azmi   qat’iy,   tadbirkor,   hushyor,   mard   va   shijoatli   bir   kishi   mingta
tadbirsiz,   loqayd   kishidan   yaxshiroqdir»,   de-gan   so’zlar   bugungi   kunda   ham
ma’naviy jihatdan naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon.
Amir   Temur   bobomizning   bunday   chuqur   ma’noli   hikmatlari   xalqimizda
qadimdan   mavjud   bo’lgan   «Bilagi   zo’r   birni,   bilimi   zo’r   mingni   yiqar»   degan
maqolga   g’oyat   hamohang   bo’lib,   insonni   doimo   akl-idrok,   adolat   va   yuksak
ma’naviyat asosida yashashga da’vat etishi bilan e’tiborlidir» 9
, - degan edi.
2.  Milliy g’oya va mafkura fanining  falsafiy asoslari.
        Har   qanday   g’oya   va   mafkura     asos   vazifasini   o’tavchi   biron   bir   falsafiy,
dunyoviy,   diniy     va   boshqa   turli     ta’limotlar   asosida   yaratiladi.   Ayni   vaqtda
 
9
  Каримов И.А . Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият,2008.- Б.44-45.
  ularning   ijodkorlari     esa     ilm-fan   yutuqlaridan   nazariy   asos   sifatida   unumli
foydalanishga   harakat   qiladilar.   Bu     esa     odamlarning   muayan   ijtimoiy-siyosiy
kuchlar   g’oya   va   mafkurasiga   bo’lgan   ishonchini   yanada   kuchaytiradi     va   uning
xalqchil bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Milliy g’oya va mafkuraning fanining falsafiy asoslari   deb har qanday g’oya
va   mafkuraning   barcha   fanlarning   otasi   bo’lgan   falsafa   fanining   ilmiy
xulosalariga   tayangan   holda   yaratilishi,   shakllantirilishi   va   rivojlantirilishi
jarayonlarining nazariy-metodologik  asoslariga aytiladi.
Bularga kiradi:
 kishilik   jamiyatining   tarixiy   taraqqiyot   yo’lini     o’zgartirishni   maqsad   qilib
qo’ygan faylasuf mutafakkirlar  tomonidan  yaratilgan falsafiy ta’limotlar;
 olimlar   tomonidan   koinot,   tabiat,   jamiyat   rivoji   sir-asrorlarini   bilish   uchun
amalga oshirilgan  dunyoviy kashfiyotlar;
 har   bir   millatni   –   millat   qilishga   qilishga   bel   bog’lagan   milliy   maktablar
zaminida vujadga kelgan falsafiy ta’limotlar;
 mustaqillik   falsafasi   va   uning   milliy   va   umuminsoniy   tamoyillari   va
boshqalar.
                 2.1.“Avesto” milliy g’oya va mafkura fanining falsafiy asosi sifatida.
Avesto   —   «Hayot   yo’riqnomasi»   deb   atalgan   kitoblar   to’plami   bo’lib
xalqimizning   miloddan   oldingi   davrdagi   hayoti,   dunyoqarashi,   olam   va   odam
to’g’risidagi tasavvur, urf-odat va ma’naviy qadriyatlari, g’oyalari, diniy qarashlari
haqida   ma’lumot   beruvchi   asosiy   yozma   tarixiy   manba   hisoblanadi.   30   asr
muqaddam   yaratilgan   va   tarixiy   voqyealarni   o’zida   aks   ettirgan   Avesto   milliy
g’oyalarni   asrab-avaylash,   xalqni   jipslashtirish,   uni   ma’naviy   yusaklikka   da’vat
etish,   odamlar   o’rtasida   mehr-oqibat   tuyg’ularini   mustahkamlash   va   xalq
an’analarini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etgan.
O’zbekiston   Prezidenti   Islom   Karimov   «Avesto»   kitobining   2700   yilligiga
bag’ishlangan   «Ezgu   fikr,   ezgu   so’z   va   ezgu   amalni   ulug’lagan   kitob»   nomli
ma’ruzasida ta’kidlagani kabi «Ushbu nodir kitob ayni zamonda bu qadim o’lkada,
bugun   biz   yashab   turgan   tuprokda   buyuk   davlat,   buyuk   madaniyat,   buyuk ma’naviyat   bo’lganidan   guvohlik   beruvchi   bebaho   tarixiy   hujjat   bo’lib,   ming
yillar, asrlar davomida avlod-ajdodlarimiz uchun ma’naviy-ruhiy tayanch, cheksiz
kuch-quvvat manbai bo’lib kelgan». 
Bu   kitobda   o’sha   davrdagi   ustuvor   g’oyalar,   ma’budlar   sha’niga   aytilgan
madhiyalar,   duolar   ham   o’z   ifodasini   topgan.   Tarixchi   Mas’udiyning   yozishicha,
«Avesto»ning   12   ming   oltin   taxtaga,   Balxiy   va   Abu   Rayhon   Beruniy   asarlarida
yozilishicha,   12   ming   oshlangan   mol   terisiga   tillo   suvida   yozilgan   32   kitobdan
iborat   nusxasi   bo’lgan.   Makedoniyalik   Aleksandr   miloddan   oldingi   334-329
yillarda   Markaziy   Osiyoni   zabt   etgan   davrda   otashxonalarni   vayron   qilgan.   Shu
davrda   «Avesto»ning   bir   qancha   bo’laklari   ham   yondirib   yuborilgan.   Ayni
zamonda   uning   tibbiyot,   falakiyot,   falsafa   va adabiyotga   doir   bo’limlari   yunon
tiliga   tarjima   qilingan.   Milodning   I   asrida Parfiyadagi   arshakiylar   hukmdori
Vologes   tomonidan   «Avesto»ning   turli manbalarda   sakdanib   qolgan
yozma va og’zaki namunalari qayta to’plangan. Shuningdek,   sosoniylar   sulolasi
hukmronlik   qilgan   davrda   zardushtiylik   diniga bo’lgan   qiziqish   kuchaygan.
Ardasher   (226-242)   va   uning   o’g’li   Shopur (242-272)   podsholigi   davrida
zardushtiylik   yana   davlat   diniga   aylangan, «Avesto»   alohida   kitob   holida
tiklangan.
  Shoh Xusrav Anushirvon (531-579) «Avesto»ni, hatto ruhoniylar ham tushunishi
qiyin   bo’lgani   uchun,   qadimgi   xorazm   tilidan   o’z   zamonasining   adabiy   tili
paxdaviy tiliga o’girtirgan. Asosiy matnga sharhlar yozilib, izohlar ham berilgan.
Kitobning   aksariyat   qismi   yo’qolib   ketgan   va   to’la   matni   hozirga   qadar
topilmagan.   Bugungi   kunda   uning   «Yasht»,   «Videvdat»,   «Visperat»,   «Yasna»,
"Xordo   Avesto"   («Kichik   Avesto»)   nomli   bo’laklarigina   saqlanib   qolgan   bo’lib,
ular olimlar tomonidan har taraflama o’rganilmokda.
«Avesto»da   huquqiy,   axloqiy   me’yorlar   o’z   ifodasini   topgan.   Unga   binoan,
olam nur va zulmat, hayot va o’lim, tana va jon, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va
tobelik   singari   hodisalarning   azaliy   va   abadiy   kurashidan   iborat.   Shunga   ko’ra,
hayotning   kechishi   tabiatda   (nur   va   zulmat),   borliqda   (hayot   va   o’lim),   ijtimoiy
hayotda   (yaxshilik   va   yomonlik),   nafosat   olamida   (go’zallik   va   xunuklik),   dinda (Axura Mazda bilan Ahrimanning azaliy va abadiy kelishmasligi) turli xil kuchlar
o’rtasidagi kurash shakllari sifatida namoyon bo’ladi.
Bu   ta’limotda   ezgulik   sari   qadam   qo’ygan   odam   uch   asosiy   tamoyil,   ya’ni
niyatning   ezguligi,   so’z   va   shartlarning   butunligi,   amallarning   insoniyligiga
asoslansagina maqsadga yetishi ta’kidlanadi. Demak, «Avesto» dagi asosiy falsafiy
g’oya «ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amal» dan iborat bo’lib, unga og’ishmay amal
qilish jamiyat va inson uchun o’ta muhim bo’lgan qadriyat hisoblangan.
«Avesto»   ta’limotiga   ko’ra,   olov   —   olamni   nurafshon   qiluvchi,   odamlarni
gunohlardan poklovchi sehrli kuch, yer va suv — rizq, hayot manbai sifatida talqin
qilinadi.   Shu   bilan   bir   qatorda   shuni   alohida   e’tirof   etish   kerakki,   «Avesto»dagi
tibbiyot   haqidagi   g’oyalar   va   uni   tasdiqlovchi   dalillar   ota-bobolarimizning
tabobatga doir qarashlari rim, yunon va arab tabobatlaridan ko’hna va uzoq tarixga
ega   ekanligini   ko’rsatadi.   Undagi   tibbiy   ma’lumotlar   ko’proq   «Vendidod»ning
turli   boblarida   jamlangan.   Mazkur   yodgorlikdagi   tibbiy   fikrlarni   taxminan
quyidagicha tasnif etish mumkin:
1. Tashreh (anatomiya) va mizoj (fiziologiya).
2. Bemorliklarning oldini olish vositalari.
3. Kasalliklar haqidagi ma’lumotlar.
4. Bemorlarni davolash usullari.
5. Tabiblarning axloqi va tabobatga oid ba’zi qonun-qoidalar.
   «Avesto»da inson organizmi mushak, suyak, teri, miya, asab, badan yungi, tomir
va qonga (asab va miya, badan tuki daraxtga o’xshatilgan) badandagi tomirlar qora
qonli   tomirlar,     qizil   qonli   tomirlar   va   oq,   ya’ni   qonsiz   tomirlarga   bo’lingan.
Badanning quvvati esa jon, vijdon, ravon (tan), idrok va azaliy (qadimiy) ruh kabi
5 qismga bo’lingan. «Jigar qon manbai bo’lib, tananing o’ng tomonida joylashgan»
deyiladi.
   Sog’lom naslning payda bo’lishi haqida:«Ayollarda hayz mahali tugagach, erkak
unga   yaqinlashgach   o’n   kecha   mobaynida   u   homilador   bo’ladi.   Ayol   hayz-dan
to’la poklangan bo’lib, erkak baquvvat bo’lsa, o’g’il tug’iladi, ayol urug’i ustunlik
qilsa, nasl qiz bo’ladi. Har ikki tomon urug’i teng qudratga ega bo’lsa, egizak yoki uch   farzand   dunyoga   keladi.   Agar   erkak   urug’i   oldin   qo’zg’alsa,   u   ayol   urug’iga
qo’shilib, uni kuchaytiradi. Natijada zaif nasl tug’iladi. Ayol urug’i sovuq va suyuq
bo’ladi.   Rangi   qizil   va   sariq   tusdadir.   Erkak   urug’i   bosh   miyadan   sizilib   chiqqan
bo’lib,   issiq,   quruq   hamda   oq   va   kulrang   bo’ladi.   Agar   ayolning   barcha   urug’i
oddin   harakatga   kelsa,   u   bachadonni   to’la   egallab   oladi.   Erkak   urug’i   esa
bachadonning ustki qismini to’ldiradi. Tashqarida qolgan barcha urug’ yana qonga
aylanib,   asosiy   qon   tomirlariga   singib   ketadi».   Birinchi   navbatda   oila   quradigan
yigit   va   qizchalarning   har   jihatdan   benuqson,   sog’lom   bo’lishi   hisobga   olingan.
Ikkinchidan, homilador ayol iztirob chekmasligi, asabiylashmasligi, ko’proq meva,
go’sht   iste’mol   qilishi,   faqat   halol   mehnat   evaziga   topilgan   rizqni   yeyishi
uqtirilgan.   Bolani   tarbiyalashda   uzviylikka   amal   qilingan,   ya’ni   chaqaloq   ikki
yoshga qadar ona suti bilan to’la ta’minlanishi, uchinchi yoshga o’tgandagina mol
suti va sutdan tayyorlangan ovqatlar bilan parvarish etish lozimligi uqtirilgan. Ona
sutidan   ajralgan   go’dak,   albatta,   5   yoshgacha   sigir   sutini   iste’mol   qilishni   kanda
qilmaslikka rioya qilishlik maxsus ta’kidlangan. 
Zardushtiylikda ko’p xotinlik qat’iy man’ etilgan. Ayni paytda hayotni bo’ydoq
o’tkazish ham qoralangan. Balog’atga yetgan qiz bola ota-ona, jamoa-ning ra’yini
pisand   qilmay,   o’zidan   zurriyot   qoldirishni   istamay   qasddan   turmushga   chiqmay
umrguzaronlik qilib yursa, u qopga solinib 25 darra kaltaklanish bilan jazolangan;
yigit   zurriyot   qoldirish   qobiliyati   bo’la   turib   ataylab   uylanmay   yursa,   u   badnom
qilish maqsadida har doim temir kamar bog’lab yurishga majbur etilgan.
Bundan   tashqari   «Avesto»da   oila   qurish,   jufti   halol   tanlashda   shoshma-
shosharlikka yo’l qo’ymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq tutish xususida
ham   diqqatga   molik   mulohazalar   mavjud:   «Ey   mardum,   o’zgalarning   yaxshi
maslahatlariga  quloq tuting va  ularga ravshan  andisha   bilan  qarang.  Yaxshi   bilan
yomonni farqlashga diqqat qiling. Har bir erkak va ayol fursatni boy bermay o’zi
to’g’ri yo’lni tanlasin, tokim hayoti pok va xiradmand yor bilan o’tadigan bo’lsin».
Yuqorida   ta’kidlanganidek,   «Avesto»da   nikoh   va   taloqning   o’ziga   xos   mezonlari
birma-bir   qayd   qilingan.   Jumladan,   turmushga   chiqish   va   uy   bekasi   bo’lishning
besh turi ko’rsatilgan: 1. Podshoh   xotin .   Buning   ma’nosi   shundaki,   yigit   va   qiz   ota-onalarining
roziligi bilan turmush quradilar. Bunda onalarning mavqyei baland bo’ladi.
    2.  Ayuqxotin.  Ya’ni «yakkabonu». Agar yigit biron oiladagi yagona farzand —
qiziga   uylansa,   ota-onani   yakkalab,   merosxo’rsiz   qoldirmaslikka   va’da   beradi.
Yangi   oilada   tug’ilgan   birinchi   o’g’il   bobosiyu   buvysining  nomiga   o’tkaziladi   va
bola ularning merosxo’ri bo’ladi.
3. Chokar xotin . Avvalgi jufti halolidan ajralgan erkak yoki ayol o’ziga yangi
turmush   o’rtog’i   tanlaydi.   Zardushtiylik   e’tiqodicha,   er   yoki   xotin
vafotidan so’ng oldingi jufti haloliga nikoh   so hibi hisoblanadi. Binobarin ikkinchi
er  yoki  xotin oldingisining «chokari» bo’lib qolaveradi.  Shuningdek,     er  farzand
ko’rish ilinjida birinchi xotin roziligi bilan ikkinchi marotaba uylansa,ikkinchi ayol
birinchisiga   nisbatan   «chokar   xotin»
hisoblanadi.
4. O’zboshimcha   xotin.   Zardushtiylik   dini   qoidasiga   ko’ra,   o’g’il-qizlar   21
yashar   bo’lgunga   qadar   erkin   jufti   xalol   tanlash   huquqiga   ega   emas.   Agar
yigit qiz bilan axdu paymon qilib, ota-onalar roziligisiz nikohdan o’tmoqchi bo’lsa,
jamoat   vakillari   bunday   to’yni   o’tkazishgan.   Ammo   mo’bad   nikoh   o’qiyotganda
tomonlar   o’zboshimchalik   bilan   oila   qurayotganliklari   uchun   ularga   tegajak
merosdan mahrum etiladilar» degan jumlani qo’shib qo’ygan. Bu kelin «xudsar —
o’zboshimcha xotin» nomini olgan.
5. Sittar   xotin.   Agar   er-xotin   uzoq   muddat   yashasalaru   zurriyot   ko’rmasalar
yoki ko’chaga birov tashlab ketgan chaqaloqni olib   «farzandxond»   qilib olishsa,
oila ayoli «sittar xotin» bo’ladi.
«Avesto»ning  aynan  shu  masalaga  oid  boblarida  nikohni  bekor  qilish  va  taloq
masalasi   ham   izohlangan.   Bu   yerda   ham   eru   xotinning   teng   huquqligiga   alohida
e’tibor berilgan va nikoh bekor qilinishining quyidagi holatlari sanab o’tilgan.
1. Nikoxdan   so’ng   tomonlarning   birida   asabiy   noqislik,   telbalik   alomati   zohir
bo’lsa, solim tomon bu nikohdan voz kechish huquqiga ega.
2. Er   erkaklik   qobiliyatiga   ega   bo’lmagan   taqdirda   ayol   taloq   qilish
imkoniyatidan foydalana oladi. 3. Uch   yil   davomida   ham     er   oilaning   moddiy   jihatini   ta’minlay   olmay   kelsa,
hatto   ayolini   boqa   olmasa   xotin   bunday   erni   tashlab   keta   oladi,   ya’ni
taloq qiladi.
        4.   Agar   tomonlar   bir-birlarining   boshqa   er   va   xotin   bilan   zino   qilganliklarini
sezsa,   bunday   nikoh   «harom»   bo’ladi   hamda   solim   tomon   nopok   tomonni
gunohkor sifatida taloq qiladi.
5.  Agar xotinning hayoti er zulmidan xavf ostida qolsa, u o’z juftini taloq qilish
huquqidan foydalanadi.
6.   Xotin   o’z   eridan   qoniqmay   nojo’ya,   g’ayrishar’iy   xatti-harakatlar     qilsa,
erkak   bunday   ayoldan   voz   kecha   oladi.   Erkak   kishi   uylanish   paytida   oldingi
xotinini   bekitsayu   to’ydan   keyin   bu   sir   fosh
bo’lsa ham bunday nikoh botil hisoblanadi.
7.   Erkak   yoki   xotin   Zardushtiy   dinidan   yuz   o’tirsa,   ya’ni   boshqa   dinni   qabul
etsa,   taloq   vojibdir.Zardushtiylikda   oila   muqaddas   sanalgani   uchun   boshqa
sabablarga ko’ra, jumladan, ig’vo, tuhmat er-xotinning o’zaro kelishmovchiligiga,
ota-ona   bilan   chiqisha     olmaslik     bahonasi     bilan     nikohni     bekor   qilishga   yo’l
qo’yilmagan.   Xotin-qizlar   orasida   uch-
rab   turadigan   bo’hton,   chaqimchilik,   xusumat   gunohi   azim   sifatida   qatgiq
qoralangan. Gap tashuvchi ig’vogarlar darra urish bilan jazolangan.
Quyidagi fikr ayol  zotining jamiyatda, oilada, insoniyat  tarixida tutgan o’rniga
berilgan   eng   adolatli   bahoday   tuyuladi:   «Dastlabki   kundayoq   Ahuramazda
ayollarga buyurdi:   Ey ayol! Seni e’tiqodli va pahlavon erkaklarni vujudga keltirib
mehr   to’la   og’ushingda   parvarish   et,   deb   yaratdim.   Toki   ular   nodurustlik   va
nopoklik ildizini yer yuzidan yo’qotsinlar » 10
.
Abu   Nasr   Forobiyning   “Fozil   odamlar   shahri”   kitobi   milliy   g’oya   va
mafkura   fanining   falsafiy   manbai.   O’rta   asr   Sharq   Uyg’onish   davrining   buyuk
allomalaridan   biri   Abu   Nasr   Forobiy   o’zining   semahsul   ijodi,   ilm-fandagi   ko’p
qirrali   faoliyati,   kamtarona   turmush   kechirganligi,   doimo   kamolot   sari   intilib
yashaganligi bilan xalqning qalbidan joy olgan  kamtarin inson bo’lgan. 
10
   “Авесто” ҳақидаги маълумотлар Ҳомиджон Ҳомидийнинг “Авесто”дан “Шоҳнома”гача номли китобидан келтирилган//  Ҳомидий Ҳ.
“Авесто”дан “Шоҳнома”гача.- Т.:Шарқ,2007. – Б. 76-77,112-114. Forobiy   asrlari   ichida   “Fozil   odamlar   shahri”   nomli   kitobi   o’zining
sermazmunligi bilan ajralib turadi. Bu asarning milliy g’oya va mafkura fani uchun
falsafiy asosligi quyidagilar bilan belgilanadi.  
      1.   Olamning   real   mavjudligi   va   uning   ijodkori   borligi   haqidagi   ta’limoti.
Forobiyning   fikricha   olamdagi   hamma   narsaning   ijodkori   “Birinchi   mavjud”dir,
uning sherigi va ziddi yo’qdir. Bunda “ Birinchi mavjud boshqa barcha mavjudod
borlig’ining birinchi sababidir. U barcha kamchilliklardan xolidir.Uning bir o’zi bu
borliqda   yakkayu   yagonadir...uning   ziddi   yo’qdir,u   olim,hakim,haq   va
barhayotdir” 11
.   Bu   Yaratganni   tan   olish,   ya’ni   olamning   yaratilishi   haqidagi
odamlarning   diniy   his-tuyg’ulariga   nisbatan   shakkok   qilmasdan,   dinning   jamiyat
hayotida   o’z   o’rni   borligini   anglash   orqali   ,unga   chuqur   hurmat   bajo   keltirish
demakdir. 
     2.   Insonning mukkamal zot ekanligi, unda aqlning paydo bo’lishi va uning
qudratli   kuch   ekanligi     to’g’risidagi   g’oyalari.   Bu   xususda   Forobiy:«   Til   va
tushuncha   sohibi   bo’lgan   tirik   zot(inson   –   M.N.)dan   ortiqroq   mukammal   bo’lgan
biror   zot   yo’qdir 12
.   Insonning   borliqqa   kelishi   bilan   oldin
g’izolantiruvchi(boqadigan),   keyin   tuyg’u(ta’m,   hid,   ovoz   kabi   seziladigan   va
rang,ziyo   kabi   ko’riladigan),   so’ngra   amir,   xayol   surish,notiqa   va   nihoyat   aql
quvvati   maydonga   chiqadi.   Aql   quvvati     tufayli     inson   go’zal   bilan   xunukni   bir-
biridan   ayira   oladi,san’at   bilan   bilimni   yaratadi» 13
,-   deb   yozadi.   Demak,   u
insonning   aqlini   rivojlantirish   orqali,   uni   mustaqil   fikrlaydigan   qilib   tarbiyalash
masalasi yangi jamiyat qurishning muhim shartlaridan biri sifatida qaragan.
  3.   Insonlarning   baxt-saodatga   erishuvlari   to’g’risidagi   qarashlarida   ilgari
surilgan:
 har kim ilm-hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’lom, yaxshi axloq
va odobli, so’zining uddasidan chiqadigan, xiyonat, makr va hiyladan uzoq,
bilimdon   va   notiq,   ilmli   va   dono   kishilarni   hurmat   qiladigan,   ilm   va   ahli
ilmdan   mol-dunyosini   ayamaydigan,   barcha   real,   moddiy   narsalar
11
  Абу Наср Форобий.  Фозил одамлар шаҳри.-Т.:Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти,1993.- Б.130-140.
12
  Абу Наср Форобий.  Фозил одамлар шаҳри.-Т.:Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти,1993.- Б.144.
13
  Абу Наср Форобий.  Фозил одамлар шаҳри.-Т.:Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти,1993.- Б.149-150. to’g’risidagi bilimlarni egallaydigan; 
 aqlli,   fazilatli,   o’tkir   mulohazali,   foydali   ishlarga   berilgan,   zarur   narsalarni
kashf   va   ixtiro   etishda   zo’r   istedodga   ega   bo’lib,   yomon   ishlardan   o’zini
chetga olib yuradigan degan  fikrlari falsafiy asos bo’lib xizmat qiladi.
       Shu bilan bir qatorda Forobiy tomonidan ishlab chiqilgan odamning   “o’n ikki
tug’ma xislat” larga asoslangan quyidagi axloqiy qoidalari: 
 « 1) odamdagi barcha a’zolarning mukammal rivoj topishi;
   2) muhokama mulohazani tez va to’g’ri tushuna olishi;
   3) kuchli xotira sohibi bo’lishi;
   4) zehni o’tkir bo’lishi;
   5) so’zlarni aniq gapirishi,fikrini ravon va ravshan ifoda etishi;
   6) bilish va o’qishdan charchamasligi;
   7) ovqatlanishda ochko’z bo’lmasligi, qimor o’yinlaridan jirkanishi;
   8) haqiqat va haqiqat tarafdorlarini sevishi,yolg’on va yolg’onchilarga 
       nafrat bilan qarashi;
   9) ruhiy quvvati kuchli,insoniylik g’ururi baland bo’lishi;
  10) dirham,dinor va shu kabi turmush buyumlaridan jirkanishi;
  11) har qanday adolatsizlikka, jabr-zulm o’tkazuvchilarga nafrat bilan qarashi;
    12)   adolat   oldida   qaysarlik   qilmasligi,   pastkashlik   oldida   lafzli
bo’lishi,qat’iyatli,jasur,   qo’rqish   va   ojizlikni   bilmasligi» 14
,-   haqidagi   axloqiy-
falsafiy   ta’limoti   hozirgi   kunda   ham   o’zining   ahamiyatini   yo’qotmasdan   milliy
g’oya   va   mafkuramizning   falsafiy,axloqiy-ma’naviy   asoslarini   tashkil   etib
kelayotganligi     biz   uchun   quvonchlidir.   Shuning   uchun   ham   Prezidentimiz
I.A.Karimov :”Forobiyning   “Fozil   odamlar   shahri”   asari   bundan   ming   yilcha
muqaddam yaratilganligiga qaramasdan,bugungi o’quvchi ham bu asrdan hozirgi
hayotning murakkab muammolarini hal qilishda asqatadigan muhim fikr va yo’l-
yo’riqlarni topa oladi ” 15
,- degan edi.
14
  Абу   Наср   Форобий.   Фозил   одамлар   шаҳри.-Т.:Абдулла   Қодирий   номидаги   халқ   мероси   нашриёти,1993.-
Б.182,186,187.
15
  Каримов И.А.  Жамиятимиз мафкураси халқни-халқ,миллатни-миллат қилишга хизмат этсин//  Унинг ўзи.  
Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз.Т.7. – Ўзбекистон,1999.- Б.90. Alisher Navoiy ma’naviy merosining milliy g’oya va mafkura fanining falsafiy
manbai   sifatida   tutgan   o’rni   va   roli.   Buyuk   mutafakkir   va   ulug’   shoir   Alisher
Navoiyning   hayot   yo’li   va   u   qoldirgan   ma’naviy   merosning   milliy   g’oya   va
mafkura fanining shakllanishi va rivojlanishidagi o’rnini ta’rif va tavsif qilish oson
ish emas,albatta. Shunday bo’lsada, bu ulug’ inson qoldirgan ma’naviy merosning
mingdan   bir   qismining   milliy   g’oya   va   mafkura   fani   uchun   falsafiy   asos   bo’lib
xizmat qilayotganligini ko’rsatib berishni lozim topdik.
1.   Adolatli   podshoh   g’oyasi.   Alisher   Navoiyning   fikricha :« Adolatli   podshoh
haq   taoloning   xaloyiqqa   ko’rsatgan   marhamatidir;   bunday   shoh   mamlakat   uchun
tinchlik va farovonlik sababchisidir...
Odil   shoh   quyosh   bilan   bahor   yomg’iridan   qora   tuproqdan   gullar   ochadi   va
mamlakat xalqi boshiga oltin bilan durlar sochadi. Kambag’al va bechora odamlar
uning’hg   yaxshi,   muloyim   muomalasidan   rohatda;   zolim   amaldor   va   mirshablar
uning siyosati tig’idan qo’rquvda. Adolatli shoh shunday qo’riqchiki, uning soyayi
davlatida   qo’y-qo’zilar   bo’ri   xavfidan   omon;   yomonlarga   shafqatsizligidan
yo’ldagi   musofirlar   yo’l   to’sarlar   vahimasidan   eson.   Marhamatidan   maktablarda
bolalar   shovqin-suroni...   Haybatidan   yo’llarda   qaroqchilar   yo’q   va   xalq   qo’li   o’z
moli   bilan   to’lik.   Zabtidan   amaldorlar   qalami   siniq   va   zolimlar   bayrog’i   yiqiq.
G’amxo’rligi va faoliyatidan masjidlar jamoat bilan to’la va madra-salar ilm ustida
bahslashuvchilar   bilan   g’ala-g’ula.   Qasoskor   tig’idan   o’g’ri   qo’li   el   moliga
yetmaydi   va   o’ch   olishn   xavfidan   yo’lto’sarlarning   qadami   yo’qliq   biyobonidan
nariga o’tmaydi. Savdo qilish uchun tun bo’yi do’konlarda sham’ o’chmaydi, oldi-
sotdi   qiluvchilar   ko’chalarda   bezorilar   daydishidan   qo’rqmaydi.   Shomdan   to
sahargacha   masjid   xonakohlarining   eshigi   ochiq;   xilvat-xonalar   ibodat   nuridan
yorug’. Shaharda ko’chalar posboni u, dalada qo’ylar cho’poni u. Aholining hovli-
bog’i   uning   sharofatidan   obod;   sipohlar   orzu-umidlariga   yetib   shodon.   Odil   shoh
sharofatidan   kechalari   turk   ayollarining   allalari   tinmaydi;   bolalar   esa,   bemalol
oshig’ini   o’ynaydi...   Adolatparvar   shoh   xalqni   rozi   qilsa,   xaq-taolo   shohdan   rozi
bo’ladi,   kishilarning   arzu   dodini   tinglaganda,   bu   ish   yuzasidan   halq   oldida   suroq berishni   o’ylab,   iztirob   chekadi» 16
.   Demak,adolatli,   haqgo’y   davlat   boshlig’i
mamlakatdagi tinchlik va xalq faravonligining kafolatidir.
2.   Diyonatli   va   diyonatsiz   beklar,vazirlar   va   boshqa   mansabdorlar
to’g’risidagi   fikrlari.   Ulug’   shayx   Alisher   Navoiyning   fikricha:«Bek   (Hokim   –
M.N.) kambag’al bechoralarning panohi va podshoh davlatining — xayrihohi. Bek
shohga   bu   dunyo   haqida   chin   so’z   deguvchi   va   oxirat   g’amin   yeguvchi,   undan
yomonlarnnng ko’ngli vayron, yaxshilarning mushkuli oson. Uning ko’nglida xalq
moliga   tama   yo’q:   dunyo   yig’ishning   xayoli   yo’q.   Murodi   –   aholining   tinch-
omonligi;   maqsadi   –   jamiyatning   ravnaqi...   U   musulmonlarni   rozi   qiluvchi   kishi,
musulmonlar   esa   uni   duo   qiladi.   Uning   zoti   tuzuk,   shoh   eshigida   ham   qilmishi
yaxshilik.
Shoh   eshigi   bunday   beklardan   xoli   bo’lmasin,   davlat   osmonida   bundaylarning
umri quyoshi zavol ko’rmasin 17
.
Vazir   so’z»  «vizr»  (gunoh)   so’zidan  kelib  chiqqdandir .   Bu   hol   uning  tabiatiga
juda   mos   va   loyiqdir.   Vazirlikni   g’oyatda   o’rniga   qo’yib   bajargan   Sulaymon
payg’ambarning   vaziri   Osaf   bo’lib,   u   o’z   uzugiga:   «Insofli   odamni   xudo   rahmat
qilsin!» deb yozib qo’ygan ekan. O’sha Osaf dunyodan ketar chog’ida insofni ham
o’zi  bilan birga olib ketdi va insof  gavharini noinsoflar orasida qoldirmadi. Kishi
o’zini har qayonga yeldek urgani bilan, Osafni bu dunyoda qaydan topadi?! Agar,
dunyo ahlidan biror zotni Osaf sifat deyiladngan bo’lsa, ishonmangkim, Sulaymon
taxti allaqachon barbod bo’lib, Osaf ham allaqachon o’lib ketgai.
      Bu   zolimlar   mamlakatni   barbod   qiluvchi,   xalqning   yig’gan-terganini
yo’qotguvchilardir. Eng   yaxshisi,   biror kimsa bular  haqida qalam  tebratmagay   va
bu   qalamdek   yuzi   qoralar   nomini   qalam   tiliga   keltirmagay.   Dori   o’rniga   zahar
berib,   bemorlarni   o’ldiruvchi   tabiblar   bularga   juda   o’xshash   va   yaqindir.   Bu   ikki
toifadan har biri ilondir, shoh  bundaylarni yer  bilan yakson kilshi   zarur.
Bularning   hammasi   chayon;   xaloyiqqa   yetkazadi   ko’p   ziyon.   Ular   qalamining
uchi   -   chayon   nayzasi;   aholi   jo niga   u   nayzadan   o’lim   dahshati.   Bu   nayza   mazlu-
16
  Навоий Алишер.  Маҳбуб ул-қулуб (Қалблар севгиси).-Т.:Адабиёт ва санъат нашриёти, 1983. – Б.15-16.
17
  Навоий Алишер.  Маҳбуб ул-қулуб (Қалблар севгиси).-Т.:Адабиёт ва санъат нашриёти, 1983. – Б.16. mlarga   qanchayin   sanchilsa,   u   zolim   vazirlarniag   boshi   ham   ajal   toshi   bilan
shuncha yanchiladi, deb umid qilamiz 18
.
Vijdonsiz,   harom-xarishdan   tortinmovchn,   bediyonat   sadrlar(mansabdorlar)   –
hyech   zarurati   bo’lmagan   bid’atdek   narsadir.   Agar   bu   nokas   ilmsiz   bo’lsa,   butun
qilmishi   –  buzuqlik,  fisqu   fujurdir.  Uniig  bazmidagi   soz  va  kuy  ohanglari  ilm   va
taqvoga tutilgan  azannng motam faryodidir.
Aslida,   sadr  (mansabdor)   – olimlarga   dastyor, tlayxlarga xizmat kor,   sayidlarga
ko’makchi   va   fuqaro   xizmatiga   hamisha   tayyor   bo’lmog’i   kerak.   Ular   zulm
rishtasinn uzguvchi, vaqf yerlarning   buzilganini   tuzuvchi va ziroat-dehqonchilikni
avj oldirishga sa’y-harakat  ko’rgizuvchi  bo’lmog’n kerak» 19
.
3.   Tabiblar   to’g’risidagi   g’oyalari.   Alisher   Navoiy   shifokorlik   kasbi   bilan
shug’ullanuvchilar   haqida:   «Tabib   o’z   fanining   mohir   bilimdoni   bo’lishi;
bemorlarga rahm-shafqat bilan muomala qilishi; asli tib ilmiga tabiati kelishmog’i,
donishmandlar   so’ziga   rioya   qilib,   ularga   ergashmog’i;   muloyim   so’z   va   bemor
ko’nglini ko’taruvchi, andeshali, xushfe’l bo’lmog’i kerak. O’tkir va shafqatli tabib
Isoga o’xshaydi. Isoning ishi chiqqan jonni duo bilan tanga kiritish bo’lsa, buning
ishi   esa   tandan   chiqmoqchi   bo’lgan   jonni   davo   bilan   chiqarmaslikdir.   Bunday
tabibning yuzi xastalar ko’nglida sevimlidir; so’zi esa, bemorlar joniga yoqimlidir.
Uning har bir nafasi bemorlarga davo; har qadami esa, xastalarga shifodir. Uning
yuzi najot keltiruvchi Xizrni, beradigan sharbati esa tiriklik suvini eslatadi.
Tabib agar, o’z kasbida mohir bo’lsayu, ammo o’zi badfe’l, beparvo va ko’pol
so’z   bo’lsa,   bemorni   har   qancha   muolaja   qilganda   xam,   bari   bir   uning   mizojida
o’zgarish   paydo   qila   olmaydi.   Tabobat   fanidan   savodsiz   tabib   xuddi   jallodning
shogirdi kabidir. U tig’ bilan o’ldirsa, bu zahar bilan azoblaydi. Shubhasiz, jallod
bunday   tabibdan   yaxshiroqdir:   zero,   u   gunohkorlarni   o’ldiradi,   bu   esa
begunohlarni   halok   qiladi.   Hyech   gunohkor   jallod   qo’lida   xor   bo’lmasin;   hyech
bir begunoh kasalmand bunday tabibga zor bo’lmasin » 20
,- degan axloqiy-ma’naviy
fikrni bildirgan.
18
  Навоий Алишер.  Маҳбуб ул-қулуб (Қалблар севгиси).-Т.:Адабиёт ва санъат нашриёти, 1983. – Б.18-19.
19
  Навоий Алишер.  Маҳбуб ул-қулуб (Қалблар севгиси).-Т.:Адабиёт ва санъат нашриёти, 1983. – Б.19.
20
  Навоий Алишер.  Маҳбуб ул-қулуб (Қалблар севгиси).-Т.:Адабиёт ва санъат нашриёти, 1983. – Б.25.          Hazrat mir Alisher Navoiyning jahon va turkiy xalqlar ma’naviyati xazinasiga
qo’shgan   ulkan   hissasi   to’g’risida   I.A.Karimov :   «O’zbek   xalqi   ma’naviy
dunyosining   shakllanishiga   g’oyat   kuchli   va   samarali   ta’sir   ko’rsat gan   ulug’
zotlardan   yana   biri   —   bu   Alisher   Navo iy   bobomizdir.   Biz   uning   mo’tabar   nomi,
ijodiy   merosining   boqiyligi,   badiiy   dahosi   zamon   va   makon   chegaralarini
bilmasligi  haqida  doimo faxrlanib  so’z  yuritamiz.
Alisher   Navoiy   xalqimizning   ongi   va   tafak kuri,   badiiy   madaniyati   tarixida
butun   bir   davr ni   tashkil   etadigan   buyuk   shaxs,   milliy   adabiyo- timizning   tengsiz
namoyandasi,   millatimizning   g’ururi,   sha’nu   sharafini   dunyoga   tarannum   qilgan
o’lmas   so’z   san’atkoridir.   Ta’bir   joiz   bo’lsa,   olam-da   turkiy   va   forsiy   tilda
so’zlovchi   biron-bir   inson   yo’qki,   u   Navoiyni   bilmasa,   Navoiyni   sev masa,
Navoiyga  sadoqat va  e’tiqod bilan qaramasa.
Agar   bu   ulug’   zotni   avliyo   desak,   u   avliyolarning   avliyosi,   mutafakkir   desak,
mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
    Inson   qalbining   quvonchu   qayg’usini,   ezgu lik   va   hayot   mazmunini   Navoiydek
teran ifoda   etgan   shoir jahon   adabiyoti   tarixida   kamdan-kam topiladi.   Ona   tiliga
muhabbat,   uning   beqiyos   boyligi   va   buyukligini   anglash   tuyg’usi   ham   bsh-ning
ongu   shuurimiz,   yuragimizga   avvalo   Navoiy   asarlari   bilan   kirib   keladi.   Biz   bu
bebaho   merosdan   xalqimizni,   ayniqsa,   yoshlarimizni   qanchalik   ko’p   bahramand
etsak,   milliy   ma’naviyatimizni   yuksaltirishda,   jamiyatimizda   ezgu   insoniy
fazilatlarni   kamol   toptirishda   shunchalik   qudratli   ma’rifiy   qurolga   ega
bo’lamiz» 21
, - degan edi. 
        O’zbek   xalqining   uzoq   moziyga   borib   taqaluvchi   tarixidan   bunday   dalillarni
falsafiy asos sifatida ko’plab keltirish mumkin.
3. Milliy g’oya va mafkura fanining diniy negizlari.
   Milliy g’oya va mafkura   fanining    diniy 22
   negizlari deb     insoniyatni ezgulik
sari yetaklaydigan shaxs va jamiyat mafkurasining vujudga kelishi, shakllanishi va
rivojlanishi uchun zamin vazifasini o’taydigan   xudoga e’tiqod qilishga asoslangan
dunyoqarash, tasavvur, urf-odat va marosimlar  majmuiga  aytiladi.
21
   Каримов И.А.  Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият,2008.- Б.47-48.
22
 «Дин» арабчадан ўзбек тилига кириб келган сўз бўлиб «эътиқод,ишонч», деган маъноларни англатади.  Buni  quyidagilarda: 
1)   nsoniyatning     tinch-totuv     yashashi   kabi   eng   yaxshi   orzu-umidlarini
ifodalovchi     g’oyalardan     tashkil     topgan     mafkuralarning     «Zabur»,   «Tavrot»,
«Injil», «Qur’oni karim» kabi ilohiy kitoblarda o’z ifodasini topganligida;
2) diniy  ta’limotlarga asoslangan mafkuralarning ba’zi bir xalqlarning taraqqiyot
yo’lini asoslab berganligida;
3) diniy va dunyoviy  mafkuralar bir-birini boyitish orqali ijtimoiy taraqqiyotning
yuksak bosqichga ko’tarilishini ta’minlashi mumkinligida;
4)   hozirgi   kunda   amaliyot   falsafasi   deb   tan   olinayotgan   pragmatizm   va
ekzistensializm(hayot   falsafasi)ning   ham   dunyoviy   va   diniy   g’oyalardan
oziqlanayotganligida ko’rish mumkin.
Shukning   uchun   ham   bu   xususda   I.A.Karimov :   «Din   azaldan   inson
ma’naviyatining   tarkibiy   qismi   sifatida   odamzotning   yuksak   ideallari,   haq   va
haqiqat,   insof   va   adolat   to’g’risidagi   orzu-armonlarini   o’zida   mujassam   etgan,
ularni   barqaror   qoidalar   shaklida   mustahkamlab   kelayotgan   g’oya   va
qarashlarning bir tizimidir» 23
,- degan edi.
  Milliy   g’oya   va   mafkura   fanining   diniy   ildizlari   baqquvvatdir.Chunki   u   ota-
bobolarimiz   dini   bo’lgan   –   islomning   insoniyatni   hidoyat   sari   boshlovchi
durdonalaridan oziqlanadi,bahra oladi .” Islom dini,- deb yozgan edi  I.A.Karimov , -
bu   ota-bobolarimiz   dini,   u   biz   uchun   ham   imon,   ham   axloq,   ham   diyonat,   ham
ma’rifat   ekanligini   unutmaylik.   U   quruq   aqidalar   yig’indisi   emas.   Ana   shu
ma’rifatni   kishilarimiz   jon-jon   deb   qabul   qiladilar   va   yaxshi   o’gitlarga   akmal
qiladilar.   Mehr   –   oqibatli,   nomusli,   oriyatli   bo’lishga,   izzat-ehtirom
tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar .” 24
  Milliy   g’oya   va   mafkura   fanining   diniy     negizlarini   tashkil   etuvchi   islom
dinining g’oyalariga quyidagilarni kiritish mumkin.
1.   Islom   dinining   muqaddas   kitobi   «Qur’oni   karim»   da   bayon   etilgan
mangulikka  daxldor  fikrlar.   Qur’on   (arab. — o’qimoq, qiroat  qilmoq)  — islom
23
   Каримов И.А.  Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият,2008. – Б.36.
24
  Каримов И.А .Ўзбекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари// Унинг ўзи.Ватан саждагоҳ каби
муқаддасдир.Т.3.- Т.:Ўзбекистон,1996.-Б.40. dinining   muqaddas   kitobi.   Alloh   tomonidan   payg’ambar larga   tushirilgan   "Zabur",
"Tavrot",   "Injil"   kabi   sa moviy   kitoblardan   biri.   U   Muhammad   alayhissalomga   23
yil, ya’ni 13 yil mobaynida Makkada va 10 yil davomida  Madinada nozil qilingan.
Eng   birinchi   tushgan   oyat   «Yarat gan   Parvardigoring   nomi   bilan   o’qi»,   oyatidir.
«Oyat»   so’zi   arabchadan   tarjima   qilinganda   gap,   jumla   «sura»   esa   «hissa»,
«hikoya» degan ma’noni anglatadi. Har bir oyat  yoki suraning tushish sababi bor.
Qur’on   turli   holatlarda,   turli   sabablar   bilan   nozil   qilingan.   Payg’ambar
alayhissalom hayotlik davrlarida   Qur’on kitob holiga keltirilmagan. U turli qog’oz
bo’laklari va daraxt po’stloqdariga yozilgan holda mavjud edi.  Asosiy qismi qorilar
tomonidan   yod   olinib,   og’zaki   o’qib   yurilar   edi.   Payg’ambar   vafotidan   so’ng,
uning yo’qolib   ketish xavfi tug’ildi. Xalifalarning uchinchisi bo’lmish Usmonning
xalifalik davrida kiyik terisiga o’yib yozi lib, kitob holiga keltirilgan. U 114 sura va
6274 oyatdan   iborat bo’lib, har bir suraning o’z nomi bor. Suralarning   eng kattasi
286 oyatli "Baqara", ("Sigir") surasi  bo’lib,   eng kichigi  esa 3 oyatli "al-Kavsar",
("Jannat   bulog’i")   surasidir.   Har   bir   suraning   avvaliga   "Bismillahir   roh manir
rohim"   —   "Rahmli   va   mehribon   Alloh   nomi   bi- lan"   kalimasi   bitilgan.   Faqat   9-
suraning, ya’ni "Tavba" surasining oldiga bu so’zlar bitilmagan.
Qur’on   oyatlarida   bayon   etilgan   ko’pgina   xulosalar   bu gun   ham   muhim
ahamiyatga   ega.   Ular   insonlarni   o’zaro   tinch lik-hamjihatlikda   yashashga,
adolatparvar,   haqiqatgo’y   bo’lishga   chaqiradi.   Barcha   odamlar   millati,   irqi   va
nasa bidan   qat’iy   nazar   Alloh   oldida   teng   ekanliklarini   ta’ kidlab,   bir-birlarini
kamsitish, bir-birlariga zulm  qilishdan qaytaradi 25
.
Islom dinining diniy ta’limot va amaliyot darajasiga ko’tarilishiga bebaho hissa
qo’shgan buyuk allomalar   Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband,
Imom   Buxoriy,   Abu   Iso   Muhammad   ibn   Iso   Termiziy,   Imom   Moturidiy,
Burhoniddin Marg’inoniy kabi yuzlab allomalarimiz tomonidan yozilgan asarlar va
ularda ilgari surilgan g’oyaviy ta’limotlarni kiritish mumkin.
      Masalan,   Muhammad   ibn   Ali   Hakim   at-Termiziy   o’z   hikmatlarida   shunday
deganlar:
25
 Миллий ғоя:тарғибот технологиялари ва атамалар луғати.- Т.:Академия,2007.-Б.335.     •   «Hyech   bir   yo’qotishdan   qayg’urish   kerak   emas,faqat   niyatni   yo’qotishdan
qayg’urish kerak.Chunki biror xayrli ish niyatsiz durust bo’lmaydi».
    •   «Shaytonning   bir   soat   ichida   halok   qilganini   yuzta   och   arslon   bir   suruv   qo’y
ichida qila olmas. Nafsning bir soat  ichida odamga qiladigan vayronlik ishini  esa
yuzta shayton qila olmas».
    •   «Bolalarning   tuzaluvi,   tarbiyasi   –   maktablarda;   qaroqchilarning   tuzaluvi,
tarbiyasi – qamoqxonalarda; ayollarniki – uylarda; yoshlarniki ilmda; keksalarniki
esa masjidlardadir » 26
.
    Burhoniddin Marg’inoniy «Al-Hidoya»  ( «To’g’ri yo’ldan olib borish») asariga
nazar   tashlaydigan   bo’lsak,   unda  vaqf,  savdo-sotiq,  savdoda  ixtiyoriy  qilish   sharti,
molni ko’rish ixtiyori, moldagi aybni ko’rganda beriladigan ixtiyor, buzilgan savdo,
bo’lib   o’tgan   savdoni   buzish(iqola),   pishmagan(salam)savdo,   vasiyat,   qasam,
kafforat(gunohidan o’tish), jinoyat va jazo haqida islomiy huquqiy ta’limotga asos
solinganligini ko’ramiz. Masalan,   «Al-Hidoya»da tuhmat qiluvchi shaxsga nisbatan
qachon,   qay   holatda,   qay   tariqa,   kimlar   tomonidan   shar’iy(darra   urish)   jazo
qo’llanilishi bayon qilingan bo’lib, tuhmatchi kishi o’z so’ziga to’rtta guvoh keltira
olishligi,agar   keltira   olmasa,uning   so’zi   tuhmat   deb   e’tiborga   olinishi   hamda
tuhmatga uchragan erkak yoki ayol da’vo ko’tarib chiqishlari shart qilingan.
     Bu ulug’ zotning islom dunyosidagi tarixiy o’rni haqida  I.A.Karimov : «O’zining
beqiyos   salohiyati   bilan   buyuk   ilmiy   maktab   yaratib,go’zal   Farg’ona   diyorini
jahonga   tarannum   etgan   islom   huquqshunosligining   yana   bir   ulkan   namoyandasi
Burhoniddin   Marg’ino niyning   tabarruk   nomini   butun   musulmon   dunyosi   yuz   yillar
davomida  e’zozlab keladi. Bu  mo’ta bar  allomaning  Sharq olamida «Burhoniddin  va
milla», ya’ni «Din va millatning hujjati»   de gan   yuksak   unvonga   sazovor   bo’lgani
ham buni  yaqqol  isbotlaydi.
Marg’inoniyning o’lmas merosi,   xususan, el lik   yetti kitobdan iborat «Hidoya» —
«To’g’ri yo’l»  deb  atalgan asari, mana, sakkiz asrdirki, mu sulmon mamlakatlarida
26
  Кенжабек   М .   Термиз   тазкираси.-   Т.:   «Ўзбекистон   миллий   энциклопедияси»   Давлат   илмий
нашриёти,2001.- Б.28,29,30. eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib ke linayotgani albatta
bejiz emas» 27
, - degan edi.
    Abu   Abdulloh   Muhammad   ibn   Ismoil   al-Buxoriyning   eng   ishonchli   hadislar
to’plami   –   «Al-jome’   as-sahih»   (Ishonarli   to’plam)bo’lib,unda   buyuk   alloma
tomonidan  jami  to’plangan 600 ming hadisdan, faqat 7275 ta eng «sahih» hadislar
bayon etilgan 28
. Undan ba’zi bir namunalar keltiramiz.
  • «Hayo iymondandir».
   • «Uchta xislatni o’zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo’lgaydir:
insofli va adolatli bo’lmoq; barchaga salom bermoq; kambag’allarga ham sadaqa
berib turmoq».
    •   «Munofiqning   uchta   alomati   bor:   so’zlasa,   yolg’on   so’zlar;   va’da
qilsa,bajarmas; omonatga xiyonat qilur; urishib qolsa,kek saqlagaydir va nohaqlik
qilgaydir».
    •   «Quyidagilar   qiyomat   alomatlaridir:   ilmning   susaymog’i;   jaholatning
kuchaymog’i;   zinoning   avj   olmog’i;   xotinlarning   ko’paymog’i;   erkaklarning
ozaymog’i, nodonlik, araqxo’rlik » 29
.
  • «Ilmning ofati unutishdir.Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoye qilishdir».
  •  «Ey odam bolasi,tong otib ko’z ocharkansan taning sihat,oilang tinch,bir kunlik
taoming bo’lsa bor,ortiqcha boylik istashni qo’y!»
  •  «Hyech qachon hyech kimni so’kma!»
   •  «Yuzga ehtiyo•t bo’linglar,yuzga urmanglar!»
   •  «Yaxshi ko’rgan kishingni o’rtacharoq yaxshi ko’r,balkim bir kun kelib u yomon
ko’rganing   bo’lib   qolar.   Yomon   ko’rgan   kishingni   ham   o’rtacharoq   yomon
ko’rki,bir kun kelib yaxshi ko’rganing bo’lib qolishi mumkin».
   •  «Agar bir yomonlik qilsang orqasidan uni o’chiradigan bir yaxshilik qil».
   •  «Ilmu hunarni Hitoydan bo’lsa ham borib o’rganinglar».
   •  «Nonni hurmatlanglar!»
27
Каримов И.А.  Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият,2008. – Б.36.
 Б.40-41.
28
  Ал-Бухорий, Абу Абдуллоҳ Муҳаммад  Ибн  Исмоил . Ҳадис. 4 китоб. К.1. Ал-жомиъ Ас-Саҳиҳ:  (Ишонарли
тўплам) .- Т.: Қомуслар бош таҳририяти, 1991.- Б.5.
29
  Ал-Бухорий, Абу Абдуллоҳ Муҳаммад Ибн Исмоил . Ҳадис. 4 китоб. К.1. Ал-жомиъ Ас-Саҳиҳ: (Ишонарли тўплам) .- Т.: Қомуслар бош
таҳририяти, 1991.- Б.17,18,20,36.    •  «Erkak kishining jamoli tilidir».
   •  «Jannat onalarning oyoqlari ostidadir».
      •     «Ayollarni   faqat   ulug’   odamlar   hurmat   qiladi,Ularni   faqat   pastkash   odam
xorlaydi».
   •  « Pora bergan ham,pora olgan ham do’zaxga tushadi».
    •  «Otaga itoat qilish – Allohga itoat qilishdir. Otaga osiy bo’lish – Allohga osiy
bo’lishdir».
 «   Ilm   egallang   !   Ilm   –   sahroda   do’st,   hayot   yo’llarida   –   tayanch,   yolg’izlik
damlarida   –   yo’ldosh,   baxtiyor   daqiqalarda   –   rahbar,   qayg’uli   onlarda   –
madadkor,   odamlar   orasida   –   zebu   ziynat,   dushmanlarga   qarshi   kurashda   –
quroldir »
   « Buyuk  mutafakkir va allomalarimizning  is lom madaniyatini  ravnaq toptirishga
qo’shgan   be takror   hissasi   to’g’risida   so’z   yuritganda,   eng   avvalo,-   deydi
I.A.Karimov , - haqli ravishda musulmon olamida «muhad dislar sultoni» deya ulkan
shuhrat  qozongan  Imom   Buxoriy   bobomizning   muborak   nomlarini   hur mat-ehtirom
bilan tilga olamiz. Bu mo’tabar zot merosining gultoji bo’lmish eng ishonchli hadis lar
to’plami   —   «Al-jome’   as-sahih»   kitobi   is lom   dinida   Qur’oni   karimdan   keyingi
ikkin chi   muqaddas   manba   bo’lib,   ahli   islom   e’tiqodiga   ko’ra,   u   bashariyat
tomonidan bitilgan kitob larning eng ulug’i hisoblanadi. Mana, o’n ikki asrdirki, bu
kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haq va diyonat
yo’liga chorlab kelmoqda » 30
.
   Buyuk allomalarimizning yuqorida keltirilgan fikrlaridan  shunday xulosana kelish
mumkinki,   ularda   diniy   aqidaparastlik,terrorizm   kabi   vayronkor   g’oyalardan   asar
ham yo’qdir, faqat insonlarni yaxshi amallar qilishga, ezgulik sari intilishga, ozod va
obod   Vatanda   erkin   va   farovon   yashashga,   tinchlik   va   salomatlik   uchun
shukuronalik   qilishga,   bir   birlariga   hasad   bilan   emas,   balki   havas   bilan
qarab,quvonib,zavqlanib   yashashga   chorlashgina   mavjuddir,   shu   tufayli   ularning
xalqimiz qalbidan mangu joy olib ,eng buyuk e’tiqodga aylanganligini ko’ramiz, uni
dildan his etib yashaymiz.
30
  Каримов И.А.  Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият,2008. – Б.38. 4. Milliy g’oya va mafkura fanining dunyoviy ildizlari.
Milliy   g’oya   va   mafkura   fanining   dunyoviy   ildizlari   deb   real   ma’rifiy   dunyoda
shaxs   va   jamiyat   ma’naviyatini   yuksak   darajada   rivojlantirishga   qaratilgan
ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy-huquqiy,   ma’naviy-madaniy   munosabatlarning   yaxlit
tizimiga aytilari.   Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik 31
  sari
in tilib   keldi.   Milliy   g’oya   va   mafkuraning   dunyoviy   ildizlari   deganda   quyidagi
uch jihatning o’zaro birligini tushunmoq kerak bo’ladi.
Birinchidan,   tabiat   hodisalarini   o’rganish   borasida   qo’llanilayotgan   usul   va
vositalar   natijasida   olingan   haqiqatligi   amaliyotda   tasdiqlangan   ilmiy   nazariy
g’oyalar   va   amaliy   ishlanmalar.   Masalan,   insonning   qon   aylanish   tizimi
to’g’risidagi   zamonaviy   tibbiyot   nazariyalari,uning   ish   faoliyatini   yaxshilashga
qaratilgan   amaliy   ishlanmalar.   Shuningdek,   kosmonavtika,   kibernetika,
klonlashtirish,   genmuhandisligi     kabi   buyuk   kashfiyotlar   ham   odamlarning
g’oyaviy-mafkuraviy   dunyoqarashining   keskin   o’zgarishiga   sabab   bo’lmoqda.
Ulardan oqilona foydalanish masalasi esa, jamiyat uchun sog’lom g’oya, sog’lom
mafkura zarurligi masalasini ham keltirib chiqarmoqda.
Ikkinchidan,   jamiyat hayotidagi o’zgarishlarni o’rganish asosida hosil qilingan
nazariy-amaliy   bilim   va   ishlanmalar.   Masalan,   hozirgi   kunda   umume’tirof   etgan
tamoyillar: qonun ustuvor ligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo
bag’ rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil  etishi. 
Uchinchidan,   inson   haq-huquqlarining     qonun   yo’li   bilan   himoya   qilinishi.
Masalan,   hozirgi   kunda   jahondagi   aksariyat   mamlakatlarda     insonning   haq-
huquklari   va   erkinlikla ri,   jumladan,   vijdon   erkinligi   xam   qonun   yo’li   bilan
kafolatla ngan.   Ana   shunday   jihatlarning   o’zaro   birligi   jamiyat   mafkurasini
«Dunyoviylik – dahriylik  emas»  degan tamoyil asosida rivojlantiradi. Bu esa, aslo
dinning   jamiyat   hayotida   tutgan   o’rni   va   ahamiyatini   inkor   etmaydi.   Mustaqil
O’zbekiston   har   bir   fuqaroning   tabiiy   yashash   huquqi,   vijdon   va   diniy
erkinligini ta’minlaydigan dunyoviy suveren demokratik davlatdir.
31
  «Дунёвий» – арабчадан  ўзбек  тилига кириб  келган  сўз  бўлиб  «бутун  жаҳонга,реал  ҳаётга,моддий  дунёга
оид», деган маъноларни англатади. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
1.     Mirziyoyev   SH.M.   Milliy   taraqqiyot     yo’limizni   qat’iyat   bilan   davom   ettirib,
yangi bosqichga ko’taramiz. 1-jild, Toshkent,”O’zbekiston”, 2017 yil.
2.   Mirziyoyev   SH.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O’zbekiston”, 2017 yil.
3.   Mirziyoyev   SH.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   SHavkat
Mirziyoyevning   Oliy   Majlisga   murojaatnomasi.   “Xalq   so’zi”   gazetasi,   2017   yil,
23-dekabr, 2-bet.
4.  Mirziyoyev SH.M. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni
yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. “Xalq so’zi” gazetasi, 2017
yil, 8-dekabr, 1-3 betlar. 
5.   Mirziyoyev   SH.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O’zbekiston
Respublikasini  yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
farmoni. Toshkent, “Adolat”, 2018 yil.
6.     Mirziyoyev   SH.M.     Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz. T., O’zbekiston, 2017 yil.
7.     Mirziyoyev SH.M.   Qonun ustuvorligi   va inson manfaatlarini ta’minlash yurt
taraqqiyoti va xalq  farovonligining garovi. T., O’zbekiston, 2017 yil.
8.   Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1-23 jildlar. -T.:“O’zbekiston”, 1996-2015 y.y.
9.   Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.:“Ma’naviyat”, 2008.
10. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. –T.:“O’zbekiston”, 2010. 
11.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.:“O’zbekiston”,
2011.

Milliy g’oya va mafkura fanining tarixiy ildizlari, shakllanish va rivojlanish bosqichlari Reja. 1. Milliy g’oya va mafkura fanining tarixiy ildizlari. 2. Milliy g’oya va mafkura fanining falsafiy asoslari. 3. Milliy g’oya va mafkura fanining diniy negizlari. 4. Milliy g’oya va mafkura fanining dunyoviy ildizlari.

Milliy g’oya va mafkura fanining tarixiy ildizlari. Milliy g’oya va mafkura fani g’oya va mafkura timsolida o’zining genezisiga va evolyusiyasiga egadir. Tarixiylik va mantiqiylik nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, g’oya va mafkuralarning dastlabki kurtaklari insoniyat rivoji tarixining «mehnat taqsimoti» davrida paydo bo’lganligini ko’ramiz. Bu esa har bir narsaning o’z tarixi,ya’ni tarixiy ildizlari borligidan darak beradi. Falsafiy jihatdan qaraganda «tarixiy ildiz» tushunchasini tor va keng ma’noda talqin qilish mumkin. «Tarixiy ildiz» tushunchasi keng ma’noda bugungi kunda mavjud bo’lgan barcha narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda joy olgan barcha tomonlari, tor ma’noda esa muayan subyektlar tomonidan bilish va o’zgartirishga qaratilgan narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda egallagan o’rnini tushuniladi. Masalan,milliy g’oya va mafkura fanining tarixiy ildizlarini keng ma’noda tushunish O’zbekiston hududida eng qadimgi odamlarning paydo bo’lishi, urug’ va qabilalarining kelib chiqishi, davlatchiligining shakllanishi, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishi, ilmiy va diniy bilimlardan foydalanish,falsafa,axloq,huquq va boshqa shu kabi narsa va hodisalarning bir butun tizim sifatida tarixiy makon va zamonda egallagan o’rni, tor ma’noda esa muayan olim yoki ilmiy jamoatchilik tomonidan o’rganilayotgan g’oya va mafkuraning tarix makon va zamonda egallagan tomoni tushuniladi. Milliy g’oya va mafkura fanining tarixiy ildizlari deb o’zbekning o’zligini anglashga, ozod va obod Vatani ravnaqi yo’lida tinmay samarali erkin mehnat qilishga, olam sirlarini kashf etib, uni insoniyat taraqqiyotiga xizmat qilishga, insoniylikni ulug’ fazilat deb bilishga, komil fanzandlarni voyaga yetkazishga, alxusus, uning butun jismoniy va ma’naviy vujudini ma’naviy jasorat ko’rsatishga chorlaydigan asrlar mobaynida turli sinovlariga bardosh berib, tarixiy makon va zamondan abadiy joy olib ota-bobolarimizdan qolib kelayotgan moddiy va ma’naviy ashyolar tizimiga aytiladi. O’zbek xalqining tarixiy ildizi haqida I.A.Karimov :«Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu — tabiiy hol. Odamzod

borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk alloma-lar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshoot-lari, shu kungacha ko’rku fayzini, mahobatini yo’qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dexdonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat beradi» 1 ,- degan edi. Milliy g’oya va mafkura fanining tarixiy ildizlariga quyidagilar kiradi. 1. Eng qadimgi odamlarning paydo bo’lganligi va yashaganligi. O’zbek xalqi tavallud topganining bir yarim million yil bo’lganligi, ya’ni O’zbekiston hududidan, aniqrog’i Farg’ona vodiysining Selung’ur g’oridan bundan bir yarim yil oldin yashagan odam ( fanda «Farg’ona odami», «Fengantrop» deb nomlanadi) qoldiqlarining topilganligi. Bu tarixiy dalil o’zbeklarning juda ham qadimiy xalq bo’lganligini isbotlaydi. 2. Madaniyat va ma’naviyat ildizining qadimiyligi. O’zbekiston hududidan milloddan avvalgi XII – VII ming yilliklarda yasalgan mehnat qurollari, Zarautsoy qoyatoshlariga chizilgan rasmlarning topilganligi o’zbeklarning qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan darak beradi. Shuning uchun ham bu xususda I.A.Karimov: « Biz xalqni nomi bilan emas,balki madaniyati,ma’naviyati orqali bilamiz,tarixning tag-tomirigacha nazar tashlaymiz » 2 ,-degan edi. 3. Milliy davlatchilik an’analari. Mamlakatimiz hududida miloddan avvalgi VII – VI asrlarda ilk davlatlar tashkil topadi. Demak,o’zbeklar bundan 2700 - 3000 yil oldin ilk davlat qurgan xalqlardan biri sanaladi. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «... bino qanchalar baland bo’lsa, uning poydevori ham shu 1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ// Унинг ўзи . Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Т.:Ўзбекистон,1999.- Б.132. 2 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ// Унинг ўзи . Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Т.:Ўзбекистон,1999.- Б.144.

qadar chuqur bo’ladi. Biz buyuk davlat qurishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, buning uchun zamonaviy siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma’naviy imkonlarimiz bilan bir qatorda tarixiy asosimiz ham bor. 2700 yillik buyuk davlatchilik o’tmishimiz bor» 3 . 4. Haqqoniy yozilgan tarix. Tarix haqqoniy yozilmasa, u xalqni ma’naviy jihatdan qashshoq qilib, oxir-oqibatda o’zligidan ayiradi. O’zligidan ayrilgan xalq esa manqurtga aylanadi. Shu sabali I.A.Karimov : « Biz yurtimizni yangi bosqichga, yangi yuksak marraga olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga yorug’ g’oya kerak. Bu g’oyaning zamirida xalqimizning o’zligini anglashi yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o’zlikni anglash mumkin emas» 4 ,- degan edi. 5. Xalqning tarixiy xotirasi. Har bir xalq o’zining tarixiy makon va zamonda egallagan o’rnini unitmasdan, tarix saboqlaridan xulosa chiqarib, o’tgan kunlarini xotirlab yashasa, u albatta, o’zining tanlagan yo’lidan ko’zlangan ezgu maqsadlari sari adashmay, dadil qadamlar tashlab boraveradi. Bunday vazifaning uddasidan chiqish uchun esa tarixni unutmasligi zarur. Bu xususda: « Ma’naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak. Har qaysi inson men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar bo’lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turishi, tiklanish, shakllanish jarayoni qanday kechgan, degan savollarni o’ziga berishi tabiiy. Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta, bir kun mana shunday savollarga duch keladi va, aminmanki, to’g’ri xulosalar chiqaradi. Tarixiy xotirasi bor inson — irodali inson. Takror aytaman, irodali insondir. Kim bo’lishidan qat’i nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bundai odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyordikka o’rgatadi, iroda-sini 3 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ// Унинг ўзи . Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Т.:Ўзбекистон,1999.- Б.144. 4 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ// Унинг ўзи . Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Т.:Ўзбекистон,1999.- Б.153.

mustaxkamlaydi » 5 , - degan edi I.A.Karimov . O’zbek xalqi – tarixiy xotirasi bor xalq,tarix saboqlarini unitmaydigan xalq. O’z erki uchun kurashib kelgan xalq. 6. Yozma manbalar. O’zbekiston hududida yozuv bundan taxminan 4-3 ming yillar oldin paydo bo’lgan. Yozma manbalarning o’rni haqida I.A.Karimov : « Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo’lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dexqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olaman» 6 ,- degan edi. Shunday yozma manbalardan biri “Avesto”dir. Uning yaratilganligiga 3000 yil bo’lgan. Bu kitob o’lkamizda juda qadim zamonlarda buyuk davlat, ma’naviyat, madaniyat bo’lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjat hisoblanadi. 7. Xalq og’zaki ijodi. Xalq og’zaki ijodi deb afsonaviy qahramonlar timsolida xalqning ezgulikka intiluvchi qahramonona kurash g’oyalarini o’zida mujassamlashtirgan holda tarannum etuvchi og’zaki tarzda asrlar osha tildan- tilga, dildan-dilga o’tib xalq tomonidan kuylanib kelayotgan qo’shiq, doston va eposlar turkumiga aytiladi . Xalq og’zaki ijodiyotining milliy g’oya va mafkurani shakllantirish va rivojlantirishdagi tarixiy o’rni haqida I.A.Karimov :«Ma’lumki,bu dunyoda har qaysi millatning o’z afsonaviy qahramonlari, o’zi sevib ardoqlaydigan pahlavonlari bo’ladi. Xalqimiz azaldan o’z vujudi, o’z tomirida mavjud ilohiy qudratga munosib bo’lmoqqa intilib, o’z o’g’lonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab kelgan. Shu ma’noda, xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish «Alpomish» dostoni millatimizning o’zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o’tib 5 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ// Унинг ўзи . Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Т.:Ўзбекистон,1999.- Б.136-137. 6 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ// Унинг ўзи . Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Т.:Ўзбекистон,1999.- Б.136-137.