logo

O‘ZBEK TILIDA BARQAROR BIRIKMALAR. O‘ZBEK LEKSIKOGRAFIYASI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

54.5908203125 KB
O ‘ ZBEK   TILIDA   BA RQA ROR   BIRIKMA LA R.  O‘ZBEK
LEKSIKOGRA FIY A SI.
Reja:
1.Frazeologiya.
2.Frazeologizmning semantik strukturasi.
3.Frazeologizmlarda semantik munosabat .
4.Frazeologik antonimiya.
5.Frazeologik omonimiya.
6 .Leksikografiya .
       7 . O‘zbek lug‘atchiligi tarixidan qisqacha ma’lumot Frazeologiya.   Frazeologiya   (gr.   phrasis   –   “ifoda”,   logos   –   “ta’limot”)
atamasi  ikki   ma’noda   ishlatiladi:   1)   til  frazeologik   tarkibini   o‘rganuvchi
tilshunoslik sohasi; 2) shu tilning frazeologizmi majmui.
Frazeologiyaning   o‘rganish   predmeti   frazeologizmning   tabiati   va
substansional   xususiyatlari   hamda   ularning   nutqda   amal   qilish
qonuniyatidir.
Frazeologizm  til hodisasi sifatida  lison  va  nutqqa  daxldor  birlikdir.
Birdan   ortiq   mustaqil   leksema   ko‘rinishining   birikuvidan   tashkil   topib,
obrazli   ma’noviy   tabiatga   ega   bo‘lgan   lisoniy   birlik   frazeologizm
deyiladi:   tepa   sochi   tikka   bo‘ldi,   sirkasi   suv   ko‘tarmaydi,   o‘takasi   yorildi,
do‘ppisi yarimta, ikki gapning birida, boshga ko‘tarmoq  va boshqa.
Frazeologizm   ibora,   frazeologik   birlik,   turg‘un   birikma,   barqaror
birikma, frazeologik birikma  atamalari bilan ham yuritiladi.
Frazeologiya   leksikologiya   bo‘limining   tarkibiy   qismidir.
Frazeologizm tashkil etuvchisiga ko‘ra qo‘shma leksema, so‘z birikmasi
va   gapga   o‘xshaydi.   Biroq   ular   ko‘proq   qo‘shma   leksema   kabi   til
jamiyati   ongida   tayyor   va   barqaror   holda   yashaydi.   Boshqacha
aytganda,   frazeologizm   lisonda   barcha   lisoniy   birliklarga   xos   bo‘lgan
umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida namoyon bo‘ladi.
Frazeologizm   lug‘aviy   birlik   bo‘lganligidan   u   nutq   jarayonida   gap
tarkibida   bir   mustaqil   so‘z   kabi   harakat   qiladi   –   bir   gap   bo‘lagi   yoki
kengaytiruvchi   sifatida   keladi:   1.   Madamin   bo‘yniga   qo‘yilgan
aybnomadan   tamom   hovuridan   tushdi . (P.Tur.)   2 .   Stol   yoniga   kelguncha
uning   boshi   aylanib   ketdi.   (S.Zun .)   3 .   Qosh   qo ‘ yaman   deb   ko ‘ z
chiqaradigan  bunday hodisalar hali ham onda-sonda ro‘y berib turibdi.  4 . Kavushini   to ‘ g ‘ rilab   qo ‘ yish   kerak.   ( As.Mux.)   1-   va   2-gaplarda
frazeologizmlar   gap   markazi   –   kesim   mavqeyida,   3-gapda   so‘z
kengaytiruvchisi aniqlovchi va 4-gapda butun bir egasiz gap vazifasida
kelgan.
Frazeologizm   tashqi   ko‘rinishi   jihatidan   so‘z   birikmasi   yoki   gap
ko‘rinishida   bo‘ladi.   So‘z   birikmasi   ko‘rinishidagi   frazeologizm:   ko‘ngli
bo‘sh,   enka-tinkasini   chiqarmoq,   jig‘iga   tegmoq,   bel   bog‘lamoq,   kir
izlamoq,   terisiga   sig‘may   ketmoq   va   h.   Gap   tipidagi   frazeologizm   «gap
kengaytiruvchisi+kesim»   qolipi   mahsuli:   istarasi   issiq,   ichi   qora,   labi-
labiga   tegmaydi,   ko‘ngli   ochiq,   tarvuzi   qo‘ltig‘idan   tushmoq,   kapalagi
uchib ketdi, po‘konidan el o‘tmagan, tepa sochi tikka bo‘lmoq  va h.k.
Ayrim   leksik   birliklar   frazeologizmning   tadrijiy   taraqqiyoti
mahsulidir:   dardisar,   toshbag‘ir,   boshog‘riq.   Demak,   leksema   hosil
bo‘lish manbalaridan biri – frazeologizm.
Frazeologizm,   asosan,   belgi   va   harakat   ifodalaydi.   Demak,   ular
grammatik   jihatdan   belgi   yoki   harakat   bildiruvchi   so‘z   turkumiga
mansub.
Fe’l   turkumiga   mansub   frazeologizmlar:   me’dasiga   tegmoq,   yaxshi
ko‘rmoq,   holdan   toymoq,   sabr   kosasi   to‘lmoq,   tepa   sochi   tikka   bo‘lmoq,
og‘ziga talqon solmoq, podadan oldin chang chiqarmoq. 
Sifat   turkumiga   mansub   frazeologizm:   ko‘ngli   bo‘sh,   rangi   sovuq,
yuragi toza, avzoyi bejo, dili siyoh, kayfi buzuq.
Ravish   turkumiga   mansub   frazeologizm:   ipidan-ignasigacha,   ikki
dunyoda ham, miridan-sirigacha, ha-hu deguncha. So‘z   –   gaplarga   mansub   frazeologizm:   turgan   gap,   shunga
qaramay, katta gap.
Frazeologizmlar   tilshunosligimizda   muayyan   so‘z  turkumi  bo‘yicha
tasnif   qilinmagan   va   grammatik   xususiyati   yetarli   darajada
o‘rganilmagan. 
Frazeologizm leksik birlik kabi qo‘llanish darajasi nuqtayi nazaridan
ham   tasnif   qilinadi.   Bunga   ko‘ra   umumiste’mol   frazeologizmi   ( holdan
toymoq,   shunga   qaramay,   ro‘yobga   chiqmoq )   va   qo‘llanilishi
chegaralangan   frazeologizm   farqlanadi.   Qo‘llanilishi   chegaralangan
frazeologizm   qo‘llanilish   davri   (eskirgan   va   zamondosh)   va   doirasi
(dialektal,   ilmiy,   badiiy   so‘zlashuv)   bilan   ham   ma’lum   bir   tafovutlarga
ega:
–   eskirgan   frazeologizm:   alifni   kaltak   demoq,   aliflayloni   bir
cho‘qishda   qochiradigan,   dastin   aliflom   qilib,   kallasini   xam   qilib,   y eng
silkitmoq; 
– dialektal frazeologizm:  alag‘da bo‘lmoq  (xavotir olmoq),  ko‘ngli tob
tashladi   (ezildi),   halak   bo‘lmoq   (ovora   bo‘lmoq),   qumortqisi   quridi   (intiq
bo‘lmoq); 
–   ilmiy   frazeologizm:   nazar   tashlamoq,   ko‘zga   tashlanmoq,
chambarchas   bog‘lanmoq,   to‘g‘ri   kelmoq,   imkoniyatlar   doirasi,   qulay
qurshov;
–   badiiy   frazeologizm:   sabr-kosasi   to‘lmoq,   og‘zining   tanobi
qochmoq,   og‘zidan   bodi   kirib,   shodi   chiqmoq,   qildan   qiyiq   axtarmoq,   six
ham kuymasin, kabob ham, boshida yong‘oq chaqmoq; – so‘zlashuv nutqi frazeologizmi:  arpasini xom o‘rmoq,  y erga urmoq,
yuragi qon, ko‘zi tor, ko‘zi och, boshi ochiq .
Frazeologizmning aksariyati badiiy va so‘zlashuv nutqiga xos.
  Frazeologizmning   semantik   strukturasi.   Frazeologizm   ikki
yoqlama lisoniy birlik, shakl va mazmunning dialektik birligidan iborat.
Frazeologizmning   shakliy   tomonini   so‘z   (leksema   emas)   tashkil   qiladi.
Ularning   mazmuniy   tomoni   frazeologik   ma’nodir.   Frazeologik   ma’no
o‘ta murakkab tabiatli, leksemada bo‘lgani kabi ayrimi denotativ tabiatli
bo‘lsa,   boshqalari   grammatik   ma’noga   ega,   xolos.   Masalan,   mustaqil
so‘z   turkumiga   kiruvchi   frazeologizm:   ( burgaga   achchiq   qilib,   ko‘rpaga
o‘t   qo‘ymoq,   tarvuzi   qo‘ltig‘idan   tushmoq;   ko‘ngli   bo‘sh;   hash-pash
deguncha )   denotativ   ma’noga   ega   bo‘lsa,   turgan   gap,   shunga   qaramay
kabi nomustaqil frazeologizmlar faqat grammatik vazifa bajaradi.
Odatda,   frazeologizmning   ma’nosi   bir   leksema   ma’nosiga   teng
deyiladi.   Biroq   hech   qachon   ular   teng   emas.   Chunki   frazeologizm   va
leksema   ma’nosi   teng   bo‘lsa   edi,   unda   frazeologizm   ortiqcha   bo‘lib
qolar   edi.   Misol   sifatida   yoqasini   ushlamoq   frazeologizmi   bilan   hayron
bo‘lmoq   leksemasining   ma’nolarini   qiyoslab   ko‘raylik.   Mazkur
frazeologizm   «kutilmagan,   tushunib   bo‘lmaydigan   narsa   yoki
hodisadan   o‘ta   darajada   ta’sirlanib,   taajjublanmoq»   bo‘lsa,   hayron
bo‘lmoq   leksemasi   «kutilmagan,   tushunib   bo‘lmaydigan   narsa   yoki
hodisadan   ta’sirlanmoq»   sememasiga   ega.   Har   ikkala   ma’noda   ham
kishi   ichki   ruhiy   holati   (denotat)   aks   etgan.   Biroq   frazeologizm
ma’nosida   «o‘ta   darajada»   va   «so‘zlashuv   uslubiga   xos»,   «bo‘yoqdor»
semalariga   egaligi   bilan   «hayron   bo‘lmoq»   leksemasidan   farqlanadi. Demak,   frazeologizmning   ko‘pincha,   ifoda   semalarida   obrazlilik,
bo‘yoqdorlik bo‘rtib turadi. Umuman olganda, frazeologik ma’no torroq
va   muayyanroq,   leksema   ma’nosi   esa   unga   nisbatan   kengroq   va
mavhumroq  bo‘ladi.   Masalan,   hayron  bo‘lmoq   leksemasi  umumuslubiy
va   bo‘yoqsiz.   Shuning   o‘ziyoq   barcha   uslubda   qo‘llanish   imkoniga
egaligini va turli «bo‘yoqlar» bilan ishlatish mumkinligini ko‘rsatadi.
Ko‘rinadiki, frazeologizm va leksema bir narsa yoki hodisani atasa-
da   (atash   semelari   bir   xil   bo‘lsa-da),   ifoda   bo‘yoqlari   bilan   keskin
farqlanib turadi (ya’ni ifoda semalari turlichadir).
Frazeologizm   birdan   ortiq   mustaqil   so‘zdan   tashkil   topadi.   Biroq
uning   ma’nosi   tashkil   etuvchi   ma’nolarining   oddiy   yig‘indisi   emas.
Masalan,   qo‘yniga   qo‘l   solmoq   frazeologizmining   ma’nosi   qo‘yin ,   qo‘l ,
solmoq   leksemalari   ma’nolari   sintezi   yoki   qo‘shiluvchi   emas.
Frazeologizmning   ma’nosi   tashkil   etuvchi   so‘z   to‘la   yoki   qisman
ko‘chma ma’noda ishlatilishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, birovning
fikrini   bilishga   urinish   harakati   uning   qo‘ynini   titkilab,   nimasi   borligini
bilishga   intilish   harakatiga   o‘xshaydi.   Natijada,   qo‘yniga   qo‘l   solmoq
erkin   birikmasi   o‘zidan   anglashilgan   mazmunga   o‘xshash   bo‘lgan
boshqa   bir   mazmunni   ifodalashga   ixtisoslashadi   va   qurilma
frazeologizmga   aylanadi.   Yoki   kishi   qo‘ltiqlab   ketayotgan   tarvuzini
tushirib   yuborsa,   qanday   ahvolga   tushadi?   Biror   narsadan   ruhiy
tushkunlikka   tushgan   odamning   holati   shunga   monand   va   erkin
birikma   frazeologizm   mohiyatiga   ega   bo‘lgan.   Bu   esa   frazeologik
ma’noning mantiqiyligidan dalolat beradi. Frazeologizm   tarkibidagi   ayrim   so‘zning   ko‘chma   ma’noda,
boshqalarining   o‘z   ma’nosida   qo‘llanilishi   natijasida   ham   vujudga
kelishi   mumkin.   Masalan,   aqlini   yemoq,   ko‘zini   bo‘yamoq,   ko‘zi   ko‘ziga
tushdi,   og‘zi   qulog‘ida   frazeologizmlarida   aql,   ko‘z,   og‘iz   so‘zlari   o‘z
ma’nosida,   y emoq,   bo‘yamoq,   tushmoq,   qulog‘ida   so‘zlari   ko‘chma
ma’noda.
Ba’zan   harakat-holatning   natijasini   ifodalovchi   qurilma
frazeologizmga   aylanadi.   Masalan,   kishi   afsuslanishi   natijasida
barmog‘ini   tishlab   qolishi   mumkin.   Shuning   uchun   barmog‘ini   tishlab
qolmoq  qurilmasi frazeologik qiymat kasb etgan.  Tishni-tishga qo‘ymoq,
tepa   sochi   tikka   bo‘lmoq,   labiga   uchuq   toshmoq   iboralari   ham   shular
jumlasidandir.
Ayrim   frazeologizm   turli   diniy   aqida,   tushuncha,   rivoyat   asosida
ham  shakllanadi:   1.   Uning  eriga   mening   ko ‘ zim   tekkan   emish.   (I.Rah.)   2.
Hammani   qo‘yib,   sizning   soldat   o‘g‘lingizga   tegaman   deb   ko ‘ zim   uchib
turibdimi?   (M.Muham.) 3.   «Jabrdiyda»ning ham, guvohlarning ham   dumi
xurjunda  gaplari shunday savollar berilishini talab etardi.  (M.Ism.)
Frazeologizm,   asosan,   bir   ma’nolidir.   Ammo   polisemantiklik
frazeologizmda   ham   uchrab   turadi.   Masalan,   aqli   yetadi   frazeologizmi
«idrok   qilmoq»,   «ishonch   hosil   qilmoq»   ma’nosiga,   bo‘yniga   qo‘ymoq
iborasi   3   ta   –   «aybni   birovga   to‘nkamoq»,   «isbotlab   e’tirof   qildirmoq»,
«biror   ishni   bajarishni   birovning   zimmasiga   yuklamoq»   ma’nolariga,
qo‘lga   olmoq   iborasi  esa  4  ta  –  «o‘z ixtiyoriga   o‘tkazmoq»,   «qo‘qqisdan
hujum   qilib   bosib   olmoq»,   «qamash   maqsadida   tutmoq»,   «biror   yo‘l
bilan o‘z xohishiga bo‘ysunadigan qilmoq» ma’nolariga ega. Frazeologik   polisemiyada   barcha   ma’no   ko‘chma   bo‘lganligi   bois,
ularni bosh va hosila ma’nolarga ajratish qiyin.
Frazeologizmlarda   semantik   munosabat .   Leksikada   bo‘lgani   kabi
frazeologiyada   ham   lisoniy-semantik   munosabat   amal   qiladi.
Frazeologik   sinonimiya.   Ma’nodoshlik   hodisasi   frazeologizmlarda   ham
mavjud.   Frazeologizmning   ma’nodoshlik   paradigmasida   birliklar   ifoda
semalari   darajasiga   ko‘ra   farqlanadi:   yaxshi   ko‘rmoq   –   ko‘ngil   bermoq,
y er   bilan   yakson   qilmoq   –   kulini   ko‘kka   sovurmoq,   ipidan   ignasigacha   –
miridan   sirigacha,   qilidan   quyrug‘igacha   va   h.   Ma’nodosh
frazeologizmlarning   atash   semasi   bir   xil   bo‘ladi.   Masalan,   ipidan
ignasiga   –   miridan   sirigacha,   qilidan   quyrug‘igacha   kabi   iboralarida
«butun   tafsiloti   bilan»   atash   semasi   umumiy.   Ammo   ular   uslubiy
xoslanganlik   va   bo‘yoqdorlik   darajasini   ifodalovchi   semalari   bilan
farqlanadi.
Sinonim   frazeologizmlarni   frazeologik   variantdan   farqlash   lozim.
Sinonim   iboralarda   ayni   bir   so‘z   bir   xil   bo‘lishi   mumkin.   Lekin   qolgan
so‘zlar   sinonim   leksemaning   ko‘rinishlari   bo‘lmasligi   lozim.   Jonini
hovuchlab   va   yuragini  hovuchlab   iboralarida   bir  xil   so‘z   mavjud.   Ammo
jon  va   yurak  so‘zlari sinonim leksema ko‘rinishi emas.   Ko‘ngliga tugmoq
va  yuragiga tugmoq  iboralari frazeologik variant.
Frazeologik   antonimiya.   Zid   ma’noli   antonimlar   bir-biriga   teskari
tushunchani   ifodalaydi.   Misollar:   ko‘ngli   joyiga   tushdi   –   yuragiga
g‘ulg‘ula tushdi, qoni qaynadi   – og‘zi qulog‘iga yetdi.
Frazeologik   omonimiya.   Frazeologizmlar   omonimik   munosabatda
ham   bo‘lishi   mumkin.   Misollar:   so‘z   bermoq   I   («va’da   bermoq») ,   so‘z bermoq   II   («gapirishga   ruxsat   bermoq») ,   boshga   ko‘tarmoq   I
(«ardoqlamoq») , boshga ko‘tarmoq II  («to‘polon qilmoq») , qo‘l ko‘tarmoq
I  («ovoz bermoq») , qo‘l ko‘tarmoq II  («urmoq») .
Frazeologizmdagi   darajalanish,   giponimiya,   funksionimiya,
iyerarxionimiya kabi semantik munosabatlar o‘z tadqiqotini kutmoqda.
77-§.   Frazeologiya   tilshunoslikning   bir   bo‘limi   bo‘lib,   u   tilning
luG‘at tarkibidagi frazemalar haqida ma’lumot beradi.
Frazema   ko‘chma   ma’noli   turG‘un   konstruksiyadir.   Masalan,
zo‘raymoq   (leksema)- avj   olmoq   (frazema),   qiynalmoq   (leksema)- azob
chekmoq   (frazema)   kabi.   Demak,   frazema   ham   leksema   kabi   luG‘aviy
birlik   sanaladi,   ammo   o‘zining   ifoda   va   mazmun   planlaridagi   qator
belgilari bilan leksemadan farqlanadi. 
78-§.   Frazemaning   ifoda   plani   deganda   uning   tovush   tomoni,
leksik   tarkibi,   birikmaga   yoki   gapga   teng   konstruksiyasi   nazarda
tutiladi.   Masalan:   ko‘nglini   olmoq   (birikmaga   teng),   ko‘zlari   qinidan
chiqib ketdi   (gapga teng),   boshi qotdi   (gapga teng),   ensasi qotdi   (gapga
teng)   kabi.   Frazemalar   orasida   qo‘shma   gapga   teng   qurilishli   turG‘un
konstruksiyalar ham uchraydi:  "qor yoG‘ib, izlar bosildi"  kabi.
Frazemalar   tarkibidagi   so‘zlarning   boG‘lanishi   erkin   birikma   yoki
gap   tarkibidagi   so‘zlarning   boG‘lanishidan   farq   qilmaydi:   ularning
barchasida   so‘lar   tobelanish   asosida   boG‘lanadi,   biroq:   a)   erkin
birikmadagi   yoki   gapdagi   boG‘lanish   nutq   jarayonida,   nutq   bilan   bir
paytda   sodir bo‘ladi;   frazemadagi  boG‘lanish   esa   nutq  paytidan   ancha
avval   yuzaga   kelib,   turG‘unlashib   qoladi,   inson   xotirasida   va   tilda
yaxlitligicha   saqlanadi;   b)   erkin   birikmadagi   yoki   gapdagi   so‘zlarni so‘zlovchi   o‘z   ixtiyori   bilan   almashtira   oladi:   "keng   ko‘cha "   birikmasi
o‘rnida   "tor   ko‘cha"   birikmasini,   "men   o‘qiyman"   gapi   o‘rnida   " men
ishlayman"    gapini qo‘llashi mumkin, ammo " yulduzni benarvon urmoq"
birikmasi   o‘rnida   "yulduzni   narvonsiz   urmoq",   "yulduzni   shotisiz   urmoq",
"yulduzni beshoti urmoq"  birikmalari qo‘llanmaydi.
SHuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday turG‘un birikma frazema
bo‘lavermaydi.   Masalan,   Birlashgan   Milllatlar   Tashkiloti   birikmasi
turG‘un   konstruksiyadir,   ammo   to‘G‘ri   ma’noli   turG‘un   konstruksiya
bo‘lganligidan   frazema   hisoblanmaydi.   Frazema   yaxlit   holda   ko‘chma
ma’no ifodalashi shart.
Frazemalarning   ifoda   planida   leksemalardan   tashqari,   yordamchi
so‘zlar   (ko‘makchilar)   va   turli   forma   yasovchi   morfemalar   qatnashishi
mumkin. Masalan,  ochiq yuz bilan  (bu frazemaning ifoda planida  "bilan"
ko‘makchisi qatnashgan),   dam olmoq   (bu frazemaning ifoda planida   "-
moq"   morfemasi   ishtirok   etgan).   Keltirilgan   misollarda   ko‘makchi   va
affiksal   morfema   frazemalarning   doimiy   belgilari   hisoblanadi,   chunki
ular shu frazemalarning ichki grammatik qurilishiga mansubdir, ammo
dam   oldim,   dam   olgin,   dam   olsin   kabi   bog‘lanishlarda   qo‘llangan   "-
di+m",   "-gin",   "-sin"   morfemalari   (zamon,   shaxs-son,   mayl
ko‘rsatkichlari)   shu   frazemalarning   ifoda   planiga   kirmaydi,   chunki   bu
morfemalar nutq talabiga ko‘ra qo‘shiladi.
79-§.   Frazemaning   mazmun   plani   uning   nimanidir   nomlashi,
ifodalashi,   anglatishidir.   Masalan,   og‘zi-qulog‘ida   frazemasining
mazmun planida "xursand" ma’nosi ifodalangan. Frazemaning mazmun plani albatta ko‘chma ma’noga asoslanadi,
aks holda uning to‘g‘ri ma’noli turg‘un birikmalardan  (elektron hisoblash
mashinasi,   kvadrat   uyalab   ekish   kabi   sostavli   terminlardan)   farqi
qolmaydi.
Frazemaning   mazmun   planidagi   ma’no   frazeologik   ma’no
hisoblanadi. qiyos qiling: leksemaning mazmun planida-"leksik ma’no";
frazemaning   mazmun   planida-"frazeologik   ma’no".   Frazeologik   ma’no
leksik  ma’nodan   murakkabroqdir,   chunki  u  frazema   tarkibidagi  so‘zlar
bog‘lanishidan kelib chiqadi va umumlashgan bo‘ladi.
Frazemaning   semantik   tarkibida   frazeologik   ma’nodan   tashqari,
uslubiy   bo‘yoq   ham   mavjud   bo‘ladi.   Masalan,   to‘nini   teskari   kiymoq
frazemasining   semantik   tarkibida   "o‘chakishmoq"   (frazeologik   ma’no)
bilan   birga   "qaysarlik"   semasi   (uslubiy   bo‘yoq)   ham   bor.   To‘rt   tomoni
qibla   frazemasida   "qayoqqa   xohlasa   ketaversin"   ma’nosi   bilan   birga
salbiy   baho   (uslubiy   bo‘yoq)   ham   ifodalangan.   CHehrasi   ochiq
frazemasining semantik tarkibida esa "xushtabiat" ma’nosi ijobiy baho
(uslubiy bo‘yoq) semasi bilan qoplangan.
Salbiy yoki ijobiy baho semalari, odatda, frazemalarning mazmun
planida   bo‘rtib   turadi,   bu   omil   frazemalardan   nutqiy   ta’sirchanlikni
ta’minlovchi   uslubiy   vosita   sifatida   foydalanish   imkonini   beradi,
ayniqsa, badiiy asar tilida bunday birliklarning roli katta. M i-  s o l l a r:
Bir   umr   qulingiz   bo‘lmasam,   kalomullo   ursin,   ko‘zim   ochildi,   aka!   (T.M.)
Rangi   quv   o‘chib,   yupqa   lablari   titrab,   ko‘zlarining   paxtasi   chiqib   ketdi.
(h.N)  Ba’zi   frazemalarda   qonun   hujjatlari   tiliga   ixtisoslashish,
terminlashish   ham   uchraydi.   Bunday   paytlarda   frazema   ma’nosida
neytrallashish yuz beradi, uslubiy bo‘yoq sustlashib, oxiri tushib qoladi.
Buni   jinoyat-protsessual   kodeksida   qo‘llanadigan   aybini   bo‘yniga
qo‘ymoq,   aybiga   iqror   bo‘lmoq   kabi   termin   "frazemalar"da   ko‘rish
mumkin. 
80-§.   Frazemalarning   semantik   tarkibidagi   turkum   semalari.   Bu
semalar   frazeologik   ma’noga   tayanadi.   Masalan:   aravani   quruq   olib
qochmoq   (fe’l frazema),   arpasini xom o‘rmoq   (fe’l frazema),   ammamning
buzog‘iday   (sifat   frazema),   bag‘ri   qattiq   (sifat   frazema),   bir   og‘iz   (ravish
frazema),   bir  og‘izdan   (ravish  frazema),   to‘rt ko‘z bilan   (ravish  frazema),
tomdan tarasha tushganday  (ravish frazema) kabi.
81-§.   Frazeologik   monosemiya   –   frazemaning   semantik   tarkibida
bitta   frazeologik   ma’noning   bo‘lishidir.   CHunonchi,   ko‘ngliga   qo‘l
solmoq   frazemasining   semantik   tarkibida   "yashirin   fikr-o‘yini   bilishga
harakat   qilmoq"  ma’nosidan   boshqa   frazeologik   ma’no   yo‘q:   "Rizaning
yuragiga   qo‘l   solib   ko‘rgan   Muhiddin   uning   javobidan   xursand   bo‘ldi."
(R.F.). "Kechagi ishdan maqsadim u erdagi xotinlarning ko‘ngliga qo‘l solib
ko‘rish,   undan   keyin   o‘zimga   ba’zi   bir   ishonchliroqlarini   tanlab   olish
edi."   (S.Z.).   Keltirilgan   gaplarning   birinchisida   ko‘ngliga   qo‘l   solmoq
frazemasining variatsiyasi –  "yuragiga qo‘l solib ko‘rmoq"  ishlatilgan, har
ikki   holda   ham   bitta   frazeologik   ma’no   –   "yashirin   fikr-o‘yini   bilishga
harakat qilmoq" nazarda tutilgan.
82-§. Frazeologik polisemiya – frazemaning semantik tarkibida ikki
yoki   undan   ortiq   frazeologik   ma’noning   bo‘lishi.   Masalan:   boshi(m) aylandi   frazemasining semantik tarkibida ikkita frazeologik ma’no bor:
1) "Behud bo‘lmoq" ma’nosi:   "stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib
ketdi.   "Muncha   darmonsiz   bo‘lmasam",-   o‘yladi   u".   (S.Z.);   2)
"Esankiramoq"   ma’nosi:   "...muloyim   qarab   qo‘yishlarini,   ...jilmayib
gapirishlarini sezardim, buning hammasidan boshim aylanardi".  (O.YO.)
Leksemalarda bo‘lganidek, frazemalarda ham polisemiya hodisasi
ma’no ko‘chish qonuniyatlariga asoslanadi.
83-§.   Frazemalarning   semantik   turlari.   Frazema   ma’nosi   bilan
uning   tarkibida   qo‘llangan   leksemalar   ma’nosi   o‘rtasidagi   munosabat
asosida frazemaning ikki semantik turi farqlanadi:
1.   F   r   a   z   e   o   l   o   g   i   k       b   u   t   u   n   l   i   k.   Bunday   frazemaning
umumlashgan   ko‘chma   ma’nosi   frazema   tarkibidagi   leksemalar
ma’nosi   bilan   izohlanadi.   Masalan,   tepa   sochi   tikka   bo‘lmoq   frazemasi
yaxlit   holda   "g‘azablanmoq"   ma’nosini   –umumlashgan   ko‘chma
ma’noni   anglatadi.   Bunday   ko‘chma   ma’noga   esa   kishi   darg‘azab
bo‘lganida   uning   badanidagi   tuklarning   sezilar-sezilmas   harakatga
kelishi   (psixo-fiziologik   holat)   asos   bo‘lgan,   demak,   frazemaning
ko‘chma   ma’nosini   frazema   tarkibidagi   so‘zlarning   o‘z   ma’nolari   bilan
izohlash   mumkin.   YA   n   a:   Ona   suti   og‘zida   frazemasi   yaxlit   holda   "hali
yosh",   "tajribasiz"   ma’nosini   anglatadi,   bunday   ko‘chma   ma’noni   esa
frazema   tarkibidagi   so‘zlar   ma’nosi   bilan   izohlash   mumkin:
"Mahmadona,   shumsan-da.   Ona   suting   og‘zingda-yu,   soqolimning   oqiga
qaramay aql o‘rgataman deysan".   (O.)
2. F r a z e o l o g i k   ch a t i sh m a.  Bunday frazema ifodalagan
ko‘chma   ma’no   frazema   tarkibidagi   so‘zlar   anglatgan   leksik   ma’nolar bilan   izohlanmaydi.   Masalan,   ikki   qo‘lini   burniga   tiqib   frazemasi
"quruqdan  quruq,  evaziga  hech  narsa  olmay" ma’nosini ifodalaydi,  bu
ma’noni   frazema   tarkibidagi   so‘zlarning   ma’nolari   bilan   izohlab
bo‘lmaydi:   "Kelmagandan   keyin,   domlaga   "ozodlik"   olib   kelish   kerak-da.
Bu   bo‘lsa   shumshayib,   ikki   qo‘lini   burniga   tiqib   keldi".   (P.T.)   "...Senga   ish
yo‘q!"-deb,   bizni   quvib   yubordi.   Katta   o‘g‘lim   bilan   ikki   qo‘limizni
burnimizga suqib o‘z uyimizga bordik".  (S.A.)
Frazeologik   butunlik   bilan   frazeologik   chatishma   orasida   ma’lum
umumiylik va tafovutlar bor. Ularni quyidagicha izohlash mumkin:
Umumiylik:   1)   ikkalasi   ham   turg‘un   konstruksiya   sanaladi;         2)
ikkalasida   ham   umumlashgan   yaxlit   bir   ma’no   (ko‘chma   ma’no)
ifodalanadi;   3)   ikkalasida   ham   uslubiy   bo‘yoq   (uslubiy   sema)   bo‘ladi,
chunki frazemalarning barchasi voqelikni nomlash bilan cheklanmaydi,
uni baholash xususiyatiga ham ega; 4) ikkalasi ham nutqda yaxlit holda
bitta sintaktik vazifada qo‘llanadi.
Farqlari:   1)   Frazeologik   butunlik   tarkibidagi   so‘zlarning   ma’nolari
frazemaning ko‘chma ma’nosini izohlaydi. Frazeologik chatishmada esa
so‘zlar   ma’nosi   bilan   frazema   ma’nosi   (frazeologik   ma’no)   o‘rtasida
bunday   aloqa   yo‘q;   2)   frazeologik   butunlikning   ma’nosida   ichki   obraz
saqlanadi:   tarkibidagi   so‘zlarga   xos   ma’nolar   sezilib   turganligidan
frazemaning   ma’nosi   ko‘p   qirrali,   boy   bo‘ladi.   Frazeologik   chatishma
ma’nosining   gavdalanishida   esa   frazema   tarkibidagi   so‘zlarning
ma’nolari   ishtirok   etmaydi,   shuning   uchun   unda   ichki   obraz   so‘nggan
bo‘ladi. 84-§.     Frazemalarning   shakl   munosabati   asosida   frazeologik
omonimiya va frazeologik paronimiya yuzaga keladi: 
I.Frazeologik   omonimiya   frazemalarning   ifoda   planidagi
(shakldagi, tuzilishdagi) tenglik hodisasidir. 
  q i yo s     q i l i n g: 1.   Jon bermoq   - «barhayot qilmoq»: ...   Odamzodga
jon bergan ham jonini oladigan ham yaratganning o‘zi  (P.T.)
2. Jon bermoq   - «o‘lmoq» «so‘nggi marta nafas chiqarmoq»:   Semiz
va   hamisha   yurak   kasalidan   qiynalib   yurgan   xotin   arava   ustida   yulduz
to‘la   osmonga   termilib   jon   berdi .   (SH.R.)   YAna:     1.   Ustidan   chiqmoq   -
«Biror narsa qilinayotganda tepasiga borib qolmoq»:  qaynanangiz rosa
sevar   ekan,   rais,   -   dedi   Ro‘zi   polvon   hazil   aralash,   -   ovqatning   ustidan
chiqdingiz   (SH.R.).   2.   Ustidan   chiqmoq   -   «Bajarmoq»:   Demak,   hakimov
telefonda bergan so‘zining ustidan chiqibdi  (P.q.). 
SHaklan   teng   bo‘lgan   frazemalar   tilshunoslikda   omofrazemalar   deb
nomlanadi. 1
Erkin   birikma   bilan   frazema   (turG‘un   birikma)   o‘rtasidagi   shakliy
tenglik   hodisasi   frazeologik   omonimiya   emas,   frazeologik   omonimlik
sanaladi.   Demak,   bunday   holatlarda   « Omonimiya »   va   «omonimlik»
atamalari o‘zaro farqlanadi. CHunonchi: 1.   Ko‘z yummoq   (erkin birikma)
–  «Ko‘zini  yumib  olmoq»   ma’nosida;     2)   Ko‘z   yummoq   (turG‘un   birikma,
frazema)   –   «ko‘ra-bila   turib   e’tiborsiz   qoldirmoq»   ma’nosida;   3)   ko‘z
yummoq   (turG‘un   birikma,   frazema)   –   «vafot   etmoq»   ma’nosida.
Keltirilgan   misollarning   birinchi   va   ikkinchisida   erkin   va   turG‘un
birikmalar, ikkinchi va uchinchisida esa turG‘un birikmalar (frazemalar)
1
  £аранг:   Турсунов   У.,   Мухторов   Ж.,   Раµматуллаев   Ш.   К
´рсатилган асар, 138-б.  o‘rtasida   shakliy   tenglik   borligini   ko‘ramiz.   Birinchi   va   ikkinchi
misollardagi   shakliy   tenglik   omonimlik   sirasiga,   ikkinchi   va   uchinchi
misollardagi shakliy tenglik esa omonimiya sirasiga kiradi.    
II.Frazeologik   paronimiya   -   tarkibidagi   biror   leksik   komponent
bilangina   farq   qiluvchi   frazemalar.   Bunday   leksik   komponentlar   bir-
biriga o‘xshash bo‘lishi kerak: 1.   Etti uxlab tushiga kirmaslik   – «mutlaqo
o‘ylamaslik,   kutmaslik»   -   2.   Etti   uxlab   tushida   ham   ko‘rmaslik   –   «hech
qachon ko‘rmaslik» kabi. Bu ikki frazemaning tarkibidagi «kirmaslik» va
"ko‘rmaslik"   so‘zlari   talaffuzida   (ma’nosida   emas,   albatta)   o‘xshashlik
bor, bunday frazemalar tilshunoslikda parafrazemalar deb nomlanadi.
(12, 142 - b).
86-§.o‘zbek   tili   frazemalari   tarixan   ikki   qatlamga   ajratilishi
mumkin: o‘z qatlam frazemalari va o‘zlashgan qatlam frazemalari.
1.o‘z   qatlam   frazemalari   o‘zbek   tilining   o‘ziniki   bo‘lgan   yoki
umumturkiy   manbaga   mansub   frazemalardir.   Bunday   frazemalar
asosida   bevosita   o‘zbek   xalqi  (yoki  turkiy  xalqlar)  hayotiga   xos  voqelik
va shunga suyangan obraz yotadi:   ikki ko‘zi to‘rt bo‘lmoq   (varianti:   ko‘zi
to‘rt bo‘lmoq )-ma’nosi: "intizor bo‘lmoq";   bel bog‘lamoq   (varianti:   bel(i)ni
bog‘lamoq )-ma’nosi: "shaylanmoq", "otlanmoq";
2.o‘zlashgan   qatlam   frazemalari   -   o‘zbek   tiliga   boshqa   tillardan
o‘tib,   o‘zlashib   qolgan   frazemalar.   Bunday   frazemalarning   aksariyati
kal ь ka usulida o‘zlashtirilgandir:  pashshaga ozor bermaslik  (ruscha  muxi
ne   obidet ь   frazemasining   kal ь kasi)-ma’nosi:   "beozor";   pashshadan   fil
yasamoq   (ruscha   iz   muxi   delat ь   slona   frazemasining   ijodiy   kal ь kasi)- ma’nosi:   "bo‘rttirib   yubormoq",   "oshirib   yubormoq",   "mubolag‘a
qilmoq".
Boshqa   tillardan   frazemalarning   o‘zicha   (o‘zgarishsiz)   o‘zlashtirilishi
o‘zbek   tilida   juda   kam   uchraydi:   dardi   bedavo   (tojik   tilidan);   sukut-
alomati rizo  (tojik tilidan) kabi.
87-§.Frazemalarning   ishlatilish   doirasiga   ko‘ra   tavsifi.   o‘zbek   tili
frazemalarining ishlatilish doirasi chegaralanmagan va chegaralangan
bo‘lishi mumkin.
1.Ishlatilish   doirasi   chegaralanmagan   frazemalar   millat
vakillarining barchasi uchun umumiydir, ular barchaning nutqida bir xil
darajada   qo‘llanadi,   barchaga   tushunarli   bo‘ladi:   ikki   gapning   birida,
ko‘ngliga   qil   sig‘maydi,   ter   to‘kmoq,   g‘azabi   kelmoq   kabilar   shular
jumlasidandir.     
2.Ishlatilish   doirasi   chegaralangan   frazemalar,   asosan,   muayyan
dialekt   yoki   sheva   birligi   bo‘lib,   umumtil   va   adabiy   til   doiralarida
qo‘llanmaydi.   Masalan,   qipchoq   lahjasi   shevalarida   qo‘lini   moylab
kelmoq   (ma’nosi:   "xohlamay,   loqayd   ishlamoq"),   ayroni   achimas
(ma’nosi: "loqayd", "beparvo"),   jiydaning ostidan o‘tmoq   (ma’nosi: "esini
yo‘qotmoq",   "miyasi   aynimoq"),   qulog‘i   ostida   qolmoq   (ma’nosi:
"o‘lmoq", "vafot etmoq") frazemalari uchraydi. 1
 
Ba’zan,   umumtil   frazemalarining   u   yoki   bu   shevadagi   varianti
(ko‘rinishi)   ham   uchraydi:   qo‘yniga   qo‘l   solib   ko‘rmoq   (umumtil
frazemasi)- ichiga   qo‘l   solib   ko‘rmoq   (dialektal   variant),   chillaki   chillakini
1 1
  Бу   µа³да   ³аранг:   Данияров   Х.   Опыт   изучения   диалектов   в
сравнении   с   узбекским   литературным   языком.-Ташкент:
"ФАН", 1975,стр.214-215. ko‘rib   chumak   uradi   (umumtil     frazema)- chilgi   chilgini   ko‘rib   chumak
uradi  (dialektal variant) kabi.
88-§.Ishlatilishi   kasb-hunarga   ko‘ra   chegaralanish   frazemalarga
xos   emas,   ammo   frazemalarning   kelib   chiqishi   va   shakllanishida
ijtimoiy   mehnatning   u   yoki   bu   turi   nolisoniy   omil   sifatida   ishtirok
etganligi shubhasiz: ko‘pchilik frazemalar ijtimoiy mehnat bilan bog‘liq
voqeliklarga   tayangan   holda   yuzaga   kelgan.   Masalan:   arpasini   xom
o‘rmoq   (dehqonchilikka   tayanilgan),   astar-avrasini   ag‘darmoq
(tikuvchilikka   tayanilgan),   bo‘zchining   mokisiday   (to‘quvchilikka
tayanilgan),   temirni   qizig‘ida   bosmoq   (temirchilikka   tayanilgan),   misi
chiqmoq  (zargarlikka tayanilgan) kabi.
89-§. Zamoniylik belgisiga ko‘ra frazemalarning turlari.
1.Istorizm-frazemalar   o‘tmish   voqeligiga   xos   iboralardir:   qo‘sh
qilich bir qinga sig‘mas   (DLT, I,340),   taqdirga tan bermoq   kabi. Istorizm-
frazemalar tilda juda kamdir.
2.Arxaizm-frazemalar   -   hozirgi   tilda   leksik   yoki   frazeologik
sinonimi   bor   bo‘lgan   eskirgan   frazemalar.   Masalan:   tengri   rahmatig‘a
bormoq   (arxaizm-frazema)   –   dunyodan   o‘tmoq,   vafot   etmoq,   ko‘z
yummoq,   o‘lmoq   (yuqoridagi   arxaizm-frazemaning   hozirgi   tilda
qo‘llanayotgan   sinonimlari);   daqyonusdan   qolgan,   varianti:
doqiyunusdan   qolgan   (arxaizm-frazema)-   almisoqdan   qolgan,   eski,
qadimgi   (yuqoridagi   arxaizm-frazemaning   hozirgi   tilda   qo‘llanayotgan
sinonimlari) kabi.
3.Neologizm-frazemalar   –   yangilik   bo‘yog‘ini   yo‘qotmagan
iboralar.   Masalan:   tomi   ketgan   (ma’nosi:   "aqldan   ozgan",   "esi   past"), yangi   o‘zbeklar   (ma’nosi:   "hozirgi   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   yuzaga
kelgan yangi ishbilarmonlar") kabi.
Leksikografiya .   Tilshunoslikning   lug‘at   tuzish   masalalarini   ilmiy
tadqiq   qiluvchi   va   lug‘at   tuzish   bilan   shug‘ullanuvchi   sohasi
leksikografiya   (gr.   lexikos   –   so‘z,   so‘zga   oid   va   grapho   –   yozaman)   yoki
lug‘atchilik   deyiladi.   Maqsad   va   vazifasiga   ko‘ra   leksikografiya   ikkiga
bo‘linadi:
a)   ilmiy   leksikografiya   lug‘atchilikning   nazariy   masalasi   bilan
shug‘ullanadi;
b)   amaliy   leksikografiya   bevosita   lug‘at   tuzish   ishi   bilan   mashg‘ul
bo‘ladi.
Leksikografiya   muhim   ijtimoiy   vazifani   bajaradi.   Bular
quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:
1) ona tilini va boshqa tillarni o‘rgatish;
2)    ona tilini tasvirlash va me’yorlashtirish;
3)    tillararo munosabatlarni ta’minlash;
1) til leksikasini ilmiy tekshirish va talqin qilish.
Lug ‘ at   maqsadi   va   mo ‘ ljaliga   ko ‘ ra   ikkiga   bo ‘ linadi :
1) umumiy lug‘at; 
2) maxsus lug‘at.
Umumiy   lug‘at   keng   o‘quvchilar   ommasiga,   maxsus   lug‘at   esa   tor
doiradagi kishilar – alohida soha mutaxassisiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Har ikkala tur lug‘at ham o‘z o‘rnida yana ikkiga bo‘linadi: 
1) ensiklopedik lug‘at;
2) filologik lug‘at.  Demak,   lug‘atni   umumiy   ensiklopedik   lug‘at   va   maxsus
ensiklopedik lug‘at, umumiy filologik lug‘at va maxsus filologik lug‘atga
bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq va qulay.
Umumiy   ensiklopedik   lug‘at   (UEL).   Ma’lumki,   UEL   alfavit   tartibida
bo‘lib,   ularda   so‘z   emas,   balki   shu   so‘zdan   anglashilgan   tushunchalar
uchun   asos   bo‘lgan   narsa,   tarixiy   voqea,   tabiiy   va   ijtimoiy   hodisalar,
shaxslar, geografik nomlar haqida ma’lumot beriladi va lug‘at maqolasi
lug‘at   yozilgan   tilni   tushunuvchi   keng   o‘quvchilar   ommasiga
mo‘ljallangan bo‘ladi. «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» ana shunday
lug‘atlardan   biri.   Unda   shunday   deyiladi:   «O‘zME   (O‘zbekiston   Milliy
ensiklopediyasi)   universal   ensiklopediya   bo‘lganligi   uchun   fan-texnika
va  madaniyatning barcha sohalariga  oid ma’lumotlar muxtasar tarzda
ifodalanib,   u   insoniyat   sivilizatsiyasining   muhim   yutuqlari   haqidagi
bilimlar   majmuidan   iboratdir».   Prezident   I.Karimov   O‘zME   ga   yozgan
so‘zboshisida   «Ensiklopediyamiz   o‘zining   ilmiy   jihatdan   chuqur,   ayni
vaqtda ommabopligi bilan keng kitobxonlar orasida obro‘-e’tibor topib,
jahonning   nufuzli   qomuslari   qatoridan   munosib   o‘rin   olishiga
ishonchim komil» deb, uning funksiyasini alohida ta’kidlaydi. 
Maxsus   ensiklopedik   lug‘at   (MEL).   Fan-texnika,   san’at   va
madaniyatning   ma’lum   bir   sohasiga   oid   tushunchalarni   shu   soha
qiziquvchilari   va   mutaxassislari   uchun   mo‘ljallab   tavsiflaydi.   Bunday
lug‘at   sifatida   soha   ensiklopedik   lug‘atlari   –   «Meditsina
ensiklopediyasi»,   «Fizicheskiy   ensiklopedicheskiy   slovar ь »,
«Lingvisticheskiy   ensiklopedicheskiy   slovar»   kabilarni   misol   qilib
keltirish   mumkin.   UELdan   farqli   ravishda   MEL   tor   sohaga   doir tushunchani keng va batafsil sharhlaydi. Masalan, rus tilida  yaratilgan
«Lingvisticheskiy   ensiklopedicheskiy   slovar ь »da   shunday   deyiladi:   «Bu
lug‘at   turli   ixtisosliklardagi   filolog-tilshunoslar   va   ilmiy   xodimlarning
keng   doirasiga,   shuningdek,   tilshunoslik   bilan   yaqin   bo‘lgan   soha
vakillari   psixologlar,   mantiqshunoslar,   filosoflar,   etnograf   va
adabiyotshunoslarga   mo‘ljallangan».   Quyida   «Lingvisticheskiy
ensiklopedicheskiy   slovar ь »dan   namuna   keltiramiz   (bunday   lug‘at
o‘zbek   tilida   yaratilmagani   uchun   olingan   maqolaning   tarjimasi
berildi).
« AKKOMODATSIYA   (lat.   accomodatio   —   moslashish)   tovushning
kombinator   o‘zgarishidan   biri:   qo‘shni   undosh   va   unlining   qisman
moslashuvi.   Akkomodatsiya   shunday   hodisaki,   keyingi   tovushning
ekskursiyasi   (artikulatsiyasining   boshlanishi)   oldingi   tovushning
rekursiya   (artikulatsiyasining   tugashi)ga   moslashadi   (progressiv
akkomadatsiya) yoki oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning
ekskursiyasiga   moslashadi.   Ayrim   tillarga   unlining   undoshga
moslashishi   xosdir,   masalan,   rus   tilida   a,   o,   u   unlilari   yumshoq
undoshdan   keyin   til   oldi   unlilariga   aylanadi   (ularning   artikulyatsiyasi
ekskursiyaga   intilgan).   Qiyoslang:   «mat»   –   «myat»,   «mol»   –   «myol»,
«luk» – «lyuk». Boshqa tillarda esa undoshning unliga akkomodatsiyasi
kuzatiladi,   masalan,   fors   tilida   til   oldi   unlisidan   oldin   kelgan   undosh
tanglaylashadi» (22-bet).
Ko‘rinadiki,   maxsus   ensiklopedik   lug‘at   soha   mutaxassislari
uchungina zarur bo‘lgan tushunchani ana shu soha ilmiy uslubiga xos
ifoda bilan tasvirlaydi. Umumiy   filologik   lug‘at   barcha   soha   kishilari,   keng
foydalanuvchilar ommasiga mo‘ljallangan izohli, imlo, orfoepik, tarjima
lug‘atdir.   «O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati»   (O‘TIL),   «Ruscha-o‘zbekcha
lug‘at» (RO‘L) ana shunday lug‘atlar sirasiga kiradi. Shu boisdan O‘TILda
shunday   deyiladi:   «Lug‘at   keng   o‘quvchilar   ommasiga   –   tilshunoslar,
o‘rta   va   oliy   maktab   o‘quvchilari   va   o‘qituvchilari,   yozuvchilar,
jurnalistlar,   gazeta   va   nashriyot   xodimlari   va   o‘zbek   tiliga   qiziquvchi
barcha   kitobxonlarga   mo‘ljallangan»   (1-tom,   5-bet)   Izohli   lug‘at
so‘zning  ma’nosini  shu   tilda   sharhlaydi,   izohlaydi  va   shu   ma’nosi  bilan
nutq tarkibida beradi. Misollar: 
BAQIRLAMOQ   –   Baqir-buqur   ovoz   chiqarib   qattiq   qaynamoq.
Hamrobibi   dasturxon   yozdi,   baqirlab   qaynayotgan   samovarni   keltirib,
qopqoqlab qo‘ydi.  R.Fayziy. El mehri.
YOZ   –   1- yilning   bahor   bilan   kuz   orasidagi   eng   issiq   fasli.   Laylak
keldi-yoz bo‘ldi. Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.
2- ko‘chma   umrning   eng   gullagan   yaxshi   davri.   Yozim   o‘tdi,
chiroyingizga to‘q bu quvnoq ko‘ngil . G‘ayratiy. 
Ko‘ngli   yoz   bo‘ldi.   Ortiq   sevinib,   bahri   dili   ochildi.   Negadir   otashin
ko‘ngli yoz bo‘lib ketdi.  O‘.Umarbekov. Charos.
Umumiy   izohli   lug‘atda   lug‘aviy   birlikning   barcha   –   grammatik,
uslubiy,   frazeologik   birlik   tarkibida   qatnashishi,   omonimligi,   qaysi
tildan o‘zlashganlik belgilari ko‘rsatiladi.
O‘zbek   tilining   bu   turdagi   lug‘ati   birinchi   marta   1981-yilda
Moskvada   nashr   etildi.   «Boy   leksikografik   an’analarning   davomi
sifatida   o‘tgan   asrning   50–80-yillari   mobaynida   o‘zbek   tilshunosligida erishilgan   va   o‘zbek   leksikografiyasini   tilshunos-likning   tez   rivojlanib
borayotgan   mustaqil   sohasiga   aylantirgan   ulkan   muvaffaqiyati   tufayli
yuzaga   kelgan»   (1-tom,   5-bet).   «O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati»   o‘zbek
xalqi tarixi va ma’naviyati taraqqiyotida ulkan hodisa bo‘ldi. «Lug‘atning
asosiy   vazifasi   o‘zbek   tilining   so‘z   boyligini   to‘plash   va   tavsiflash   bilan
birga,   uning   me’yorini   belgilab   berish   va   mustahkamlashdan   ham
iboratki,   unda   tilning   imlo,   talaffuz,   so‘z   yasash   va   ishlatish   me’yorlari
tavsiya etildi» (1-tom, 5-bet). 
Demak,   o‘zbek   tilining   ilk   izohli   lug‘ati   o‘z   oldiga   qo‘yilgan   o‘zbek
tilining   so‘z   boyligini   to‘plash   va   tavsiflash   hamda   uning   me’yorini
belgilashdan iborat tarixiy vazifasini bajardi. Biroq tilshunoslik fanining
rivoji,   o‘rganish   manbaiga   yondashuv   omillari   va   metodologiyasining
taraqqiyoti,   jamiyat   rivojlanishining   muayyan   bosqichida   ijtimoiy
fanlarga qo‘yiladigan yangicha talablarning yuzaga kelishi ijtimoiy ong
shakllaridan   bo‘lgan   tilning   ilmiy   talqinida   ham   yangicha   qarashlar
shakllanishiga olib keladi .
Leksemalarning   lug‘aviy   ma’nosi   talqinida   lison   va   nutqni   izchil
farqlash   talabi   har   bir   so‘zga   xos   barqaror   lisoniy   va   o‘tkinchi   nutqiy
jihatni   ajratishni   taqozo   qiladi.   Nutqiy   hodisa   cheksizlik   va   rang-
baranglik tabiatiga ega bo‘lganligi bois leksikografik talqinning obyekti
bo‘la   olmaydi.   Lug‘at   so‘zga   xos   barqaror   jihatnigina   qamrab   olish
imkoniga ega. Demak, semasiologiya sohasida amalga oshirilgan izchil
substansial   tadqiqotlar   lug‘atni   tartiblashtirishda   muhim   tayanch   omil
bo‘lib,   leksikografni   cheksiz   nutqiy   ma’nolarni   tartibga   keltirish,
lug‘atga kiritish hamda izohlash tashvishidan xalos etadi. Bunda har bir voqelangan   nutqiy   lug‘aviy   ma’noda   qorishgan   o‘zga   hodisalar
tajallilarini   e’tibordan   soqit   qilish,   ushbu   birlik   (leksema)ning
mohiyatiga  daxldor bo‘lgan  unsurni ajratish va  tavsiflash leksikografik
talqinda muhim ahamiyatga ega. 
Imlo   lug‘ati   so‘zlarni   amaldagi   imlo   qoidalariga   muvofiq   ravishda
qanday  yozish  kerakligini o‘rgatadi.  Demak,  bunday  lug‘at  hammabop
va   amaliy   tabiatga   ega   bo‘ladi   va   unga   S.Ibrohimov   va
M.Rahmonovlarning   1956,   1964-yillarda   «O‘qituvchi»   nashriyoti
tomonidan   nashr   etilgan,   S.Ibrohimov,   E.Begmatov   va
A.Ahmedovlarning 1976-yilda «Fan» nashriyoti tomonidan chop etilgan
kirill yozuviga doir imlo lug‘atlarini kiritish mumkin.
1995-yilda   Sh.   Rahmatullayev   va   A.Hojiyev   tuzgan   lotin   imlosidagi
imlo lug‘ati «O‘qituvchi» nashriyoti tomonidan chop etildi.
Orfoepik   lug‘at da   so‘zning   to‘g‘ri   adabiy   talaffuzi   ko‘rsatiladi.
Bunday   lug‘at   birinchi   marta   kichik   hajmda   M.Sodiqova   va
O‘.Usmonova   tomonidan   «O‘zbek   tilining   orfoepik   lug‘ati»   nomi   bilan
1977-yilda «O‘qituvchi» nashriyoti tomonidan bosib chiqarildi.
Maxsus   filologik   lug‘at   tor   o‘quvchilar   ommasi   –   tilshunoslik   bilan
shug‘ullanuvchilar   va   boshqa   ilmiy   tadqiqotchilarga   mo‘ljallangan
bo‘ladi.   O‘zbek   tilining   morfem,   chastotali,   ters,   o‘zlashma   so‘zlar,
frazeologizm,   sinonimlar,   antonimlar,   omonimlar,   dialektizm,
terminologik, etimologik lug‘atlar shular jumlasidan.
Morfem   lug‘atda   leksik   birlikning   tarkibi   –   morfemik   strukturasi
ko‘rsatiladi.   Bunday   lug‘at   birinchi   marta   A.G‘ulomov,   A.N.Tixonov, R.Q.Qo‘ng‘urov   tomonidan   tuzilib,   1977-yilda   «O‘qituvchi»   nashriyoti
tomonidan chop etilgan.
Chastotali   lug‘atda   so‘zning   qo‘llanish   darajasi   haqida   ma’lumot
beriladi.   I.A.Kissen   muallifligida   chop   etilgan   «Slovar   naibolee
upotrebiteln ы x   slov   sovremennogo   uzbekskogo   literaturnogo   yazika»
(Tashkent,   1970)   lug‘ati   chastotali   lug‘at   bo‘lib,   unda   ma’lum   bir
tanlangan matnlarda so‘zlarning qo‘llanilish chastotasi (takrorlanganlik
miqdori)   ko‘rsatiladi.   Bunday   lug‘at   S.Rizayev,   Z.Hamidov,   N.Axmatov,
N.Mamadaliyeva,   R.Zohidov   tomonidan   alohida   asarlar   bo‘yicha
tuzilgan.
Ters   lug‘atda   so‘z   teskari   tomondan   oxiridan   alfavit   tartibida
joylashtiriladi. Bu ham lingvistik lug‘at bo‘lib, R.Qo‘ng‘urov va A.Tixonov
tomonidan   «Obratn ы y   slovar ь   uzbekskogo   yaz ы ka»   nomi   bilan   1969-
yilda Samarqandda chop etilgan. Undan namuna keltiramiz:
  serharajat
 hujjat
 xat-hujjat
 behujjat
 murojaat
 hojat
 muhofazat
 ijozat
 beijozat.
O‘zlashma   so‘zlar   lug‘ati da   o‘zbek   tiliga   boshqa   tildan   kirib   kelgan
so‘z   izohlanadi.   Bu   tipdagi   lug‘at   izohli   lug‘atning   bir   ko‘rinishi.   Ular qaysi   tildan   o‘zlashgan   so‘zlarni   izohlashiga   ko‘ra   turlicha   nomlanadi.
Masalan,   O.Usmon   va   R.Doniyorovlar   tomonidan   1965-yilda   nashr
etilgan   «Ruscha-internatsional   so‘zlar   izohli   lug‘ati»da   rus   va   boshqa
Yevropa tillaridan kirib kelgan so‘zlar izohlangan.
Frazeologik   lug‘at   ham   maxsus   lingvistik   lug‘atning   bir   turi   bo‘lib,
Sh.Rahmatullayev   tomonidan   tuzilgan   «O‘zbek   tilining   izohli
frazeologik   lug‘ati»   (Toshkent,   1978)   bunday   lug‘atning   mukammal
namunasidir. Undan misollar keltiramiz.
« Qulog‘(i)ga   chalinmoq   nima   kimning?   Biror   gapni   yoki   tovushni
noaniq   tarzda   eshitmoq.   o‘xshashi:   qulog‘(i)ga   kirmoq.   Erkaklar
orasidagi   gap   Asalbibining   qulog‘iga   chalingan   edi.   Oybek.   Oltin
vodiydan   shabadalar.   Uzoqdan   traktorning   guvillagan   ovozi   quloqqa
chalindi . R.Fayziy. Cho‘lga bahor keldi (294-bet).
« Qurimoq  – yostig‘ini quritmoq: yostig‘i quridi: tinka-madori quridi:
tinkasini quritmoq: esim qursin» (375-bet).
Onomastik   lug‘at   o‘zbek   leksikografiyasining   alohida   sohasiga
aylandi.   Bunday   lug‘atda   atoqli   ot   (onomosionim),   toponim   yoki
antroponim   izohlanadi   va   ular   etimologik   lug‘atning   o‘ziga   xos
ko‘rinishi.   Bunga   T.Nafasov   tomonidan   tuzilgan   «Janubiy   O‘zbekiston
toponimlarining izohli lug‘ati»ni, S.Qorayevning «Joy nomlarining izohli
lug‘ati»ni misol qilib keltirish mumkin. 
Dialektal   lug‘at   o‘zbek   tilining   dialekt   va   shevalariga   xos   bo‘lgan
leksik   birliklarni   qayd   qiladi.   Bunday   lug‘at,   umuman,   o‘zbek   tilining
barcha   shevalariga   xos   yoki   ma’lum   bir   sheva   so‘zini   izohlashga
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 1971-yilda mualliflar jamoasi tomonidan «Fan» nashriyotida chop etilgan «O‘zbek xalq shevalari lug‘ati»ni bunga
misol qilib keltirish mumkin. Lug‘atdan misol keltiramiz:
Govara  (Buxoro) beshik;
Gavdo‘sha  (Buxoro) xurmo;
Gajdim  (Nayman) chayon (62-bet).
Terminologik   lug‘atlar   ma’lum   bir   sohaga   tegishli   so‘zni   izohlaydi.
Terminologik lug‘at izohli yoki tarjima ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Demak,
terminologik   lug‘atni   bir   tilli   va   ko‘p   tilli   lug‘atga   bo‘lish   mumkin.
Quyida   A.Hojiyevning   «Lingvistik   terminlarning   izohli   lug‘ati»
(Toshkent, «O‘qituvchi», 1985) dan namuna keltiramiz:
« Kriptologiya .   Maxfiy   tillar,   ularni   tuzish   qonuniyatlarini,
rasshifrovka qilish usullarini o‘rganuvchi fan.
Ko ‘ makchili   aloqa.   So‘zlar   o‘rtasida   ko‘makchilar   vositasida   yuzaga
keladigan aloqa:  qalam bilan yozmoq, uyga qadar yugurmoq  kabi.»
Tarjima   lug‘atlar   bir   tildagi   so‘z   ma’nosining   boshqa   tilda
ifodalanishi, berilishini ko‘rsatadi. Ruscha-o‘zbekcha lug‘atdan misol:
RAZBOGATET Ь   sov,   (nesov,   bogatet)   boyimoq,   boyib   ketmoq,
davlat orttirmoq.
SAREVNA  j. r. mn. -ven. malika, shohbekach (podshohning qizi). 
Tarjima lug‘ati ikki tilli yoki ko‘ptilli bo‘lib, lug‘atlarda so‘z ikkitadan
ortiq tilda beriladi. Bunday lug‘atlar juda kam. 
Tarjima   lug‘atlari   qanday   birliklarni   ifodalashiga   ko‘ra   turlicha
bo‘ladi: 
1) leksik birliklar lug‘ati;
2) frazeologizmlar lug‘ati; 3) har ikkala birliklar lug‘ati;
4) maqollar lug‘ati.
1984-yilda   Toshkentda   nashr   etilgan   ikki   tomli   «Ruscha-o‘zbekcha
lug‘at» leksik birliklar lug‘atidir.
Frazeologik   birliklar   tarjima   lug‘atiga   M.Sodiqovaning   «Ruscha-
o‘zbekcha frazeologik lug‘ati» (Toshkent, 1972) namuna bo‘ladi. Undan
ayrim misollar keltiramiz:
Axnutь ne uspel  –   ko‘z ochib-yumguncha, bir zumda: og‘iz ochib bir
narsa deguncha:  bir og‘iz ham gap aytolmay qoldi  (14-bet).
Bez  zadnix   nog   –   s.t.   juda   charchab  holdan   toygan,   sulayib   qolish
(82-bet).
O‘zbek   lug‘atchiligi   axborot   texnologiyalari   asosida   rivojlanish
bosqichiga qadam qo‘ymoqda.
o‘zbek lug‘atchiligi tarixidan qisqacha ma’lumot
97-§.o‘zbek   lug‘atchiligi  tarixi,  aslida,   eski  turkiy  til lug‘atchiligi  va
arab   tili   lug‘atchiligi   tarixi   bilan   uzviy   bog‘liqdir:   "Devonu   lug‘otit   turk"
(1073-1074y.),   "Muqaddimatul   adab"   (1137y.),   "Kitob   ul-idrok   li   lisanul
atrak"   (1312y.),   "Attuhfatuz   zakiyatu   fil   lug‘atit   turkiya"   (XIII   asr)   kabi
asarlar arab tilida va arab tilshunosligi an’analarida yozilgan bo‘lsa-da,
ularning   barchasida   qadimgi   turkiy   til   va   eski   turkiy   til   lug‘ati   o‘z
ifodasini topgan.
"Devonu   lug‘otit   turk"   (1073-1074y.)-Mahmud   Koshg‘ariyning
turkiy   tillar   haqidagi   qomusiy   asari.   Unda   Markaziy   Osiyodan   qora dengiz   bo‘ylarigacha   cho‘zilgan   hududda   yashovchi   turkiy   urug‘lar,
qabilalar, elatlar, ularning tillari haqida ma’lumot beriladi. Xalq og‘zaki
ijodidan namunalar keltiriladi.
Lug‘atning   bizgacha   bitta   qo‘lyozmasi   etib   kelgan.   Bu   qo‘l   yozma,
kotibning   ta’kidlashicha,   Mahmud   Koshg‘ariyning   o‘z   qo‘li   bilan
yozilgan nusxadan ko‘chirilgan bo‘lib, 1914 yilda Turkiyaning Diyorbakr
shahridan topilgan. U Istanbulda saqlanmoqda.
"Devonu   lug‘otit   turk"   arab   tilidan   nemis,   usmonli   turk   va   o‘zbek
tillariga tarjima qilingan 1
"Muqaddimatul   adab"   (1137y.)-Mahmud   az-Zamaxshariyning
Xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag‘ishlab yozgan asari.
Bu asar besh qismdan iborat bo‘lib, ularda otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, ot
o‘zgartishlari   va   fe’l   o‘zgartishlari   haqida   bahs   yuritiladi.   Arabcha
so‘zlarning   ostida   forscha,   ba’zilarida   turkiy,   hatto   mo‘g‘ulcha
tarjimalari   berilgan.   Asar   1706   yilda   Xo‘ja   Ishoq   Afandi   tomonidan
usmonli   turk   tiliga,   keyinchalik   fransuz   va   nemis   tillariga   ham   tarjima
qilinib,   Parij,   Leypsig,   Vena,   Leyden,   qozon   shaharlarida,   Norvegiya,
Misr   va   hindistonda   bir   necha   marta   nashr   etilgan. 1
  Manbalarda
ta’kidlanishicha,   "Muqaddimatul   adab"ning   chig‘atoy   tilidagi   tarjimasi
az-Zamaxshariyning o‘zi tomonidan amalga oshirilgan.           
«Attuhfatuz   zakiyatu   fil   lug‘atit   turkiya»   («Turkiy   til  haqida   noyob
tuhfa»,   XIII   asrning   oxirida   yozilgan).-Muallifi   noma’lum.   Bizgacha   bu
1 1
 Бу µа³да ³аранг: Маµмуд Кош²арий. Девону лу²отит турк.
1-том.   Таржимон-С.Муталлибов.   –Тошкент;   ¤збекистон
Фанлар академияси нашриёти, 1960, 37-38-б.
1 1
  Бу   µа³да   ³аранг:   Маънавият   юлдузлари.-Тошкент:   Абдулла
£одирий номидаги хал³ мероси нашриёти, 1999, 122-б. asarning   bitta   nusxasi   etib   kelgan,   u   Turkiyadagi   shaxsiy
kutubxonalardan birida saqlanadi.
Lug‘at arab tilida yozilgan, uni turkshunos Besim Atalay turkcha izohlar
bilan   nashr   ettirgan.   Lug‘atda   qipchoq   o‘zbeklari   tili   tavsiflangan.   U
1968   yilda   taniqli   tilshunos   Solih   Mutallibov   tarjimasida   o‘zbek   tilida
nashr ettirilgan.
«Kitob   ul-idrok   li   Lison   il-atrok»   («Turkiy   tillarni   bilish   kitobi»,
1312y.)-   Abu   hayyan   Andalusiyning   turkiy   tillarning   leksikasi   va
grammatikasiga   oid  asari.   Unda   o‘z davrining  turkiy  lahja   va   shevalari
haqida ma’lumot berilgan.
«Kitobu   bulg‘atul   mushtaqori   lug‘atit   turk   val   qifchoq»   («Turk   va
qipchoq   tilini   bilishni   istaganlar   uchun   qo‘llanma»,   XIVasr)-Jamoliddin
Abu   Muhammad   Abdulahad   Turkiy   tomonidan   yaratilgan   lug‘at.
Asarning   arabcha   matni   qora,   turk   so‘zlari   esa   qizil   siyohda   yozilgan.
Lug‘atning leksikografik materiali           4 bo‘limga ajratilgan: 1) xudo va
osmon,   unga   bo‘ysunuvchi   jami   mavjudotlar   haqida;   2)   er,   uning   usti
va ostida bor bo‘lgan narsalar haqida; 3) ravishdoshlar; 4) fe’llar.
Bu   asar   turkiy   tillar   tarixini   o‘rganishda   katta   ahamiyatga   ega.
Uning qo‘lyozmasi Parij milliy kutubxonasida saqlanadi.
98-§.o‘zbek   lug‘atchiligi  tarixining  chig‘atoy  (eski o‘zbek  tili)  davri.
o‘zbek   lug‘atchiligi   tarixida   chig‘atoy   tili   deb   nomlangan   eski   o‘zbek
adabiy tili davri (XIV-XIX asrlar) alohida o‘rin tutadi. 
XV-XVI asrlardan boshlab Alisher Navoiy ijodiga qiziqishning ortib
borishi   qator   lug‘atlarning   yaratilishiga   olib   keladi.   quyida   shulardan
ayrimlari haqida qisqacha ma’lumot beriladi: «Badoeul   lug‘at».   Bu   lug‘at   XV   asrning   oxiri   va   XVI   asrning
boshlarida Sulton husaynning topshirig‘iga binoan hirotlik Tole hiraviy
tomonidan   tuzilgan.   U   «o‘zbekcha-forscha   lug‘at»   harakterida   bo‘lib,
mingga yaqin so‘z va iborani o‘z ichiga oladi. Lug‘atda ta’kidlanishicha,
unda Alisher Navoiy she’riyati tilini izohlash maqsad qilingan.
Lug‘at   qo‘lyozmasi   Sankt-Peterburgdagi   M.E.Saltikov-SHchedrin
nomli   kutubxonada   saqlanmoqda.   U   1961   yilda   prof.A.K.Borovkov
tomonidan maxsus sharhlar bilan rus tilida nashr qilingan.  1
 
Abushqa   (XVI   asr)-   chig‘atoycha-turkcha   izohli   lug‘at.   Muallifi
noma’lum. A b u sh q a   so‘ziga izoh bilan boshlanganligi uchun, lug‘at
shu   so‘z   bilan   nomlana   boshlangan.   Bu   so‘z   eski   o‘zbek   tilida   keksa,
qari,   nuroniy   chol   ma’nolariga   ega   bo‘lgan.   Lug‘at   Alisher   Navoiy
asarlari   leksikasini   izohlashga   asoslangan,   ammo   unda   Navoiy
zamondoshlari asarlaridan ham misollar keltirilgan.
Abushqa   1862   yilda   vengr   sharqshunosi   G.Vamberi   tomonidan
vengr   tilida,   keyin   esa   rus   sharqshunosi   V.V.Vel ь yaminov-Zernov
tomonidan 1868 yilda nashr ettirilgan.
«Lug‘ati   turki»-chig‘atoycha-forscha   lug‘at.   (Tuzuvchi   –
Fazlullaxon).   Bu   lug‘at   XVII   asrning   ikkinchi   yarmida   tuzilgan   bo‘lib,
1825 yilda Kal ь kuttada nashr etilgan.  Unda eski o‘zbek tilining lug‘ati va
grammatikasiga oid ma’lumotlar bor. 2
1 1
  £аранг:  А.К.Боровков.  «Бада`и`  ал-лугат».   Словарь Тали`
Имани   Гератского   к   сочинениям   Алишера   Навои.-Москва:
Изд-во Восточной литературы, 1961  
2 2
  Бу   µа³да   ³аранг:   Г.Абдураµмонов,   Ш.Шукуров.   ¤збек
тилининг тарихий грамматикаси.-Тошкент: «¤³итувчи», 1973,8-
б. «Kelurnoma»-chig‘atoycha-forscha   lug‘at.   (Tuzuvchi-Muhammad
YOqub   CHingiy).   U   XVII   asrning   oxirida   yozilgan.   Lug‘at   15   bobdan
iborat,   shundan   14   bobida   o‘zbek   tili   fe’llari   alifbo   tartibida   berilgan;
15-bobi   9   qismdan   tarkib   topgan,   har   bir   qism   alohida   mavzuga
bag‘ishlangan:   1-qismda   kosmografiyaga   oid   so‘z   va   atamalar,   2-
qismda   geografiyaga   oid   so‘zlar,   3-qismda   hayvon   nomlari,                   4-
qismda  ovchi  qushlar  va   uy  parrandalari  nomlari,   5-qismda   insonning
ichki   va   tashqi   a’zolari   nomlari,   6-qismda   ota-ona,   qarindosh   nomlari,
7-qismda harbiy terminlar, 8-qismda sonlar,   9-qismda esa grammatik
shakllar berilgan.
Lug‘atning   qo‘lyozma   nusxalaridan   biri   o‘zbekiston   Fanlar
akademiyasining   Abu   Rayhon   Beruniy   nomidagi   SHarqshunoslik
institutida, ikkinchisi London muzeyida saqlanadi. 3
    
«Sanglah»-Mahdixon   Muhammad   Nizomiddin   Muhammad   hodiy
al-husayniyning   chig‘atoycha-forscha   lug‘ati.   U   1760   yilda   yozib
tugatilgan.   Uning   "Xulosai   Abbosiy"deb   nomlangan   qisqartirilgan
varianti   ham   bor.   Lug‘at   6   ta   mabna   (bob)dan   tarkib   topgan.   Ularda
fe’llar,   fe’l   qo‘shimchalari,   unlilar   uyg‘unlashuvi,   kishilik   va   ko‘rsatish
olmoshlari,   kelishik   qo‘shimchalari,   so‘roq   olmoshlari,   sifatlarning
qiyosiy   darajalari,   so‘z   yasalish   modellari,   qo‘shma   fe’llar,
frazeologizmlar,   fonetikaga   oid   kuzatuvlar,   imlo,   turkiy   va   fors   tillari
o‘rtasidagi aloqalar haqida ma’lumot beriladi.
3 3
    Лу²ат   µа³ида   ³аранг:   Зуфаров   С.   Келурнома.   //«¤збек
тили в адабиёти масалалари», 1961, №3; Кариев Ш.О. О труде
Мухамеда Якуба Чинги «Келурнаме».//«Общественные науки в
Узбекистане», 1966, №9   Lug‘atning materiali Alisher Navoiyning 12 ta she’riy va 9ta nasriy
asari   tiliga   asoslangan,   ammo   unda   Bobur,   Fuzuliy,   husayin   Mirza,
Lutfiy,   Sa’didin   Safoyi,   Rumiy,   Ali   Usmon   asarlari   tilidan   foydalanilgan
o‘rinlar ham bor.
Asarda muallif yoshligidan Alisher Navoiy she’rlarini o‘qishga juda
qiziqqanligini,   shu   bois   buyuk   so‘z   sultoni   Alisher   Navoiy   asarlari   tilini
tushunib   olishga   yordam   beradigan   kitob   yozishni   maqsad   qilganini
aytadi.
"Sanglah"ning bir necha qo‘l yozmalari bizgacha etib kelgan, ular
Londondagi   Britaniya   muzeyida,   Stanbuldagi     Sulaymoniya
kutubxonasida va Kal ь kuttadagi kutubxonada saqlanadi. 1
"Lug‘ati chig‘atoy va turki usmoniy"- SHayx Sulaymon Buxoriyning
1882   yilda     Stanbulda   nashr   etilgan   ikki   jildli   lug‘ati   (ikkinchi   jildi
topilmagan).   Lug‘atning   birinchi   jildida     8   mingga   yaqin   so‘zning
ma’nolari   o‘zbek   tili   shevalari,   Alisher   Navoiy,   Lutfiy,   Ogahiy   kabi
shoirlarning   asarlari   tili,   qo‘shiq,   lapar,   maqol,   matallardan   olingan
namunalar asosida ifodalangan.
99-·.XIX   asrning   ikkinchi   yarmida   o‘zbekistonda   lug‘atchilik.   XIX
asrning   ikkinchi   yarmida   Markaziy   Osiyo   Rossiya   tomonidan   bosib
olinadi,   natijada   rus   ma’murlari   va   harbiylari   faoliyatida   mahalliy
xalqlarning   tilini   o‘rganish   ehtiyoji   yuzaga   keladi,   bu   hol   bir   qator
1 1
 Бу µа³да ³аранг: К.Мухитдинов. "Санглах" Мирзы Мухаммеда
Мехдихана   (исследование,   комментарии,   перевод   и
транскрипция. Автореферат диссертации на соискание ученой
степени кандидата филологических наук.-Тошкент, 1971.) "Ruscha-sartcha"   va   "Sartcha-ruscha"   lug‘atlarning   yaratilishiga   sabab
bo‘ladi. quyidagilar shular jumlasidandir:
V.Nalivkin   va   M.Nalivkina.   Russko-sartovskiy   i   sartovsko-russkiy
slovar ь   ob щ eupotrebitel ь n ы x   slov   s   prilojeniem   kratkoy   grammatiki.
Po   narechiyam   namanganskogo   uezda.-Kazan ь ,   v   universitetskoy
tipografii, 1884.
A.V.Starchevskiy.Perevodchik   s   russkogo   yaz ы ka   na   sartovskiy.
(Izdano pri posobii Voennogo-uchenogo Komiteta Glavnogo SHtaba). –
S.-Peterburg,   Tipografiya   i   Litografiya   A.   Transhelya,   Stremyannaya,
№12, 1886.
V.Nalivkin.Rukovodstvo k prakticheskomu izucheniyu sartovskogo
yaz ы ka.   Vtoroe   izdanie.-Tashkent,   tipografiya   Turkestanskogo
tovari щ estva pechatnogo dela, 1897.
Kiyas-Bekov.   Slovar ь   i   elementarnaya   grammatika   sartovskogo
yaz ы ka.-Tashkent, 1907.
L.Afanas ь ev.   Slovar ь   sartovskix   slov   s   glavneyshimi   grammaticheskimi
pravilami.-Skobelev, 1908.
S.A.Lapin.Karmann ы y   russko-sartovskiy   slovar ь   s   prilojeniem
kratkoy   grammatiki   uzbekskogo-russkogo   yaz ы ka,   izd.1,   -Samarkand,
1914.
M. Preobrajenskiy. Karmann ы y russko-sartovskiy slovar ь . Izdanie
Knigotorgovsa   A.A.Kupriyanova.   Izdanie   2-e   znachitel ь no
dopolnennoe.-Tashkent. Tipo-lit. «Turk Kur ь er», 1917.
100-§.XX   asrning   30-yillarida   lug‘atchilik.   XX   asrning               30-
yillaridan   so‘ng   o‘zbekistonda   lug‘atchillikka   yana-da   ko‘proq   e’tibor
berildi:   o‘rta   va   Oliy   o‘quv   yurtlari   uchun   darslik   va   qo‘llanmalarning yaratilishi,   o‘zbekiston  Xalqq   Komissarligi   qoshida   Fanlar  Komitetining
ish   boshlaganligi   turli   fanlar   bo‘yicha   bir   tilli   va   ikki   tillli   terminologik
lug‘atlarning   yaratilishini   taqozo   qildi,   natijada   Fanlar   Komiteti
huzurida   Terminologiya   qqo‘mitasi   tashkil   etildi   va   shu   qo‘mita
boshchiligida   turli   fanlar   bo‘yicha   qator   lug‘atlar   yaratildi.:   «Ruscha-
o‘zbekcha   matematika   terminlari   so‘zligi»,   1933   (T.N.qori-Niyoziy),
«Ruscha-o‘zbekcha   paxtachilik   terminlari   so‘zligi»,   1933
(N.Sayfulmulukov), «Ruscha-o‘zbekcha ma’muriy-huquqiy so‘zlik», 1933
(N.Sarimsoqov),   «Paxtachillikka   doir   qisqacha   izohli   lug‘at»,   1934
(S.Ibrohimov),   «Ruscha-o‘zbekcha   qishloq   xo‘jalik   terminlari   lug‘ati»,
1936   ((N.Sayfulmulukov),   «Ruscha-o‘zbekcha   botanika   terminlari
lug‘ati»,   1936,   1939   (N.Sayfulmulukov),   «Zoologiya   terminlarining
qisqacha   izohli   lug‘ati»,   1938   (T.Zohidov),   «qisqacha   ruscha-o‘zbekcha
geografiya terminlari lug‘ati», 1940 (M.X.Bektemirov, S.M.Saydrasulov),
«Ruscha-o‘zbekcha   fizika   terminlari   lug‘ati»,   1940   (K.Abdurashidov),
«Ruscha-o‘zbekcha   tuproqshunoslik   terminlari   lug‘ati»,   1940
(N.V.Kimberg,   M.Bahodirov),   «Ruscha-o‘zbekcha   geologiya   terminlari
lug‘ati»,   1941   (M.Mirboboev,   A.Sodiqov,   S.Sultonov)   va   boshqalar
shular jumlasidandir.
101-§.XX   asrning   40-yillarida   lug‘atchilik.   Bu   yillarda   lotin   o‘zbek
yozuvidan   rus   grafikasiga   asoslangan   o‘zbek   yozuviga   o‘tildi,   shu
munosabat   bilan   yangi   yozuvda   tuzilgan   yana   bir   qator   umumiy   va
maxsus   lug‘atlar   yaratildi.   «o‘zbek   adabiy   tilining   orfografik   lug‘ati»,
1940   (S.Ibrohimov,   M.Rahmonov),   «o‘zbekcha-ruscha   lug‘at»,   1941
(T.N.qori-Niyoziy,   A.K.Borovkov),   «qisqacha   o‘zbekcha-ruscha   lug‘at», 1942 (I.A.Kissen, K.S.Koblov), «Imlo lug‘ati», 1941,1949 (Olim Usmon) va
boshqalar.
102-§.   XX   asrning   50-yillaridan   asr   oxirigacha   bo‘lgan   davrda
o‘zbek lug‘atchiligi. Bu yillarda turli sohalarga oid terminologik lug‘atlar
bilan   birga   «Ruscha-o‘zbekcha»,   «o‘zbekcha-ruscha»   filologik   lug‘atlar,
qomusiy lug‘atlar, izohli lug‘atlar, frazeologik lug‘atlar, chastota lug‘ati,
chappa   lug‘at,   maqol   va   matallar   lug‘ati   kabi   ko‘plab   leksikografik
asarlar   yaratildi   (bu   davr   lug‘atlaridan   namunalar   darslikning
«Leksikografiya   haqida   ma’lumot»   bo‘limidagi   tegishli   paragraflarda
keltirilgan).
 
ADABIYOTLAR Asosiy adabiyotlar
1. Jamolxonov N. Hozirgi o‘zbek tili.  1-qism. –T.: O‘qituvchi,  2005. 
2. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T.: Fan va
texnologiya, 2010. 
Qo‘shimcha  adabiyotlar
3. Rahimov S., B.Umurqulov. Hozirgi o‘zbek tili. –T.: O‘qituvchi, 2003. 
4. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili I-II qism. –T., 2004.
5. Qilichev E. Hozirgi o‘zbek  adabiy tili. –Buxoro, 1999.
6. Qudratov T., Nafasov T. Lingvistik tahlil. –T.: O‘qituvchi, 1981. 
7. Qo‘chqortoev I. So‘z ma’nosi va uning valentligi.  – T.: Fan, 1977.
8. Mirtojiev M.M. O‘zbek tili semasiologiyasi. –T.: Mumtoz so‘z, 2010. 
9. Ne’matov H., Bozorov O. Til va  nutq. –T.: O‘qituvchi, 1993. 
10. Ne’matov   H.,   Rasulov   R.   O‘zbek   tili   sistem   leksikologiyasi
asoslari. –T.: O‘qituvchi, 1995. 
11. “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnallari. –T., 1990-2015.
12. “Til va adabiyot ta’limi” jurnallari. –T.,   1990-2015.

O ‘ ZBEK TILIDA BA RQA ROR BIRIKMA LA R. O‘ZBEK LEKSIKOGRA FIY A SI. Reja: 1.Frazeologiya. 2.Frazeologizmning semantik strukturasi. 3.Frazeologizmlarda semantik munosabat . 4.Frazeologik antonimiya. 5.Frazeologik omonimiya. 6 .Leksikografiya . 7 . O‘zbek lug‘atchiligi tarixidan qisqacha ma’lumot

Frazeologiya. Frazeologiya (gr. phrasis – “ifoda”, logos – “ta’limot”) atamasi ikki ma’noda ishlatiladi: 1) til frazeologik tarkibini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi; 2) shu tilning frazeologizmi majmui. Frazeologiyaning o‘rganish predmeti frazeologizmning tabiati va substansional xususiyatlari hamda ularning nutqda amal qilish qonuniyatidir. Frazeologizm til hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldor birlikdir. Birdan ortiq mustaqil leksema ko‘rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’noviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi: tepa sochi tikka bo‘ldi, sirkasi suv ko‘tarmaydi, o‘takasi yorildi, do‘ppisi yarimta, ikki gapning birida, boshga ko‘tarmoq va boshqa. Frazeologizm ibora, frazeologik birlik, turg‘un birikma, barqaror birikma, frazeologik birikma atamalari bilan ham yuritiladi. Frazeologiya leksikologiya bo‘limining tarkibiy qismidir. Frazeologizm tashkil etuvchisiga ko‘ra qo‘shma leksema, so‘z birikmasi va gapga o‘xshaydi. Biroq ular ko‘proq qo‘shma leksema kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha aytganda, frazeologizm lisonda barcha lisoniy birliklarga xos bo‘lgan umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida namoyon bo‘ladi. Frazeologizm lug‘aviy birlik bo‘lganligidan u nutq jarayonida gap tarkibida bir mustaqil so‘z kabi harakat qiladi – bir gap bo‘lagi yoki kengaytiruvchi sifatida keladi: 1. Madamin bo‘yniga qo‘yilgan aybnomadan tamom hovuridan tushdi . (P.Tur.) 2 . Stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi. (S.Zun .) 3 . Qosh qo ‘ yaman deb ko ‘ z chiqaradigan bunday hodisalar hali ham onda-sonda ro‘y berib turibdi. 4 .

Kavushini to ‘ g ‘ rilab qo ‘ yish kerak. ( As.Mux.) 1- va 2-gaplarda frazeologizmlar gap markazi – kesim mavqeyida, 3-gapda so‘z kengaytiruvchisi aniqlovchi va 4-gapda butun bir egasiz gap vazifasida kelgan. Frazeologizm tashqi ko‘rinishi jihatidan so‘z birikmasi yoki gap ko‘rinishida bo‘ladi. So‘z birikmasi ko‘rinishidagi frazeologizm: ko‘ngli bo‘sh, enka-tinkasini chiqarmoq, jig‘iga tegmoq, bel bog‘lamoq, kir izlamoq, terisiga sig‘may ketmoq va h. Gap tipidagi frazeologizm «gap kengaytiruvchisi+kesim» qolipi mahsuli: istarasi issiq, ichi qora, labi- labiga tegmaydi, ko‘ngli ochiq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, kapalagi uchib ketdi, po‘konidan el o‘tmagan, tepa sochi tikka bo‘lmoq va h.k. Ayrim leksik birliklar frazeologizmning tadrijiy taraqqiyoti mahsulidir: dardisar, toshbag‘ir, boshog‘riq. Demak, leksema hosil bo‘lish manbalaridan biri – frazeologizm. Frazeologizm, asosan, belgi va harakat ifodalaydi. Demak, ular grammatik jihatdan belgi yoki harakat bildiruvchi so‘z turkumiga mansub. Fe’l turkumiga mansub frazeologizmlar: me’dasiga tegmoq, yaxshi ko‘rmoq, holdan toymoq, sabr kosasi to‘lmoq, tepa sochi tikka bo‘lmoq, og‘ziga talqon solmoq, podadan oldin chang chiqarmoq. Sifat turkumiga mansub frazeologizm: ko‘ngli bo‘sh, rangi sovuq, yuragi toza, avzoyi bejo, dili siyoh, kayfi buzuq. Ravish turkumiga mansub frazeologizm: ipidan-ignasigacha, ikki dunyoda ham, miridan-sirigacha, ha-hu deguncha.

So‘z – gaplarga mansub frazeologizm: turgan gap, shunga qaramay, katta gap. Frazeologizmlar tilshunosligimizda muayyan so‘z turkumi bo‘yicha tasnif qilinmagan va grammatik xususiyati yetarli darajada o‘rganilmagan. Frazeologizm leksik birlik kabi qo‘llanish darajasi nuqtayi nazaridan ham tasnif qilinadi. Bunga ko‘ra umumiste’mol frazeologizmi ( holdan toymoq, shunga qaramay, ro‘yobga chiqmoq ) va qo‘llanilishi chegaralangan frazeologizm farqlanadi. Qo‘llanilishi chegaralangan frazeologizm qo‘llanilish davri (eskirgan va zamondosh) va doirasi (dialektal, ilmiy, badiiy so‘zlashuv) bilan ham ma’lum bir tafovutlarga ega: – eskirgan frazeologizm: alifni kaltak demoq, aliflayloni bir cho‘qishda qochiradigan, dastin aliflom qilib, kallasini xam qilib, y eng silkitmoq; – dialektal frazeologizm: alag‘da bo‘lmoq (xavotir olmoq), ko‘ngli tob tashladi (ezildi), halak bo‘lmoq (ovora bo‘lmoq), qumortqisi quridi (intiq bo‘lmoq); – ilmiy frazeologizm: nazar tashlamoq, ko‘zga tashlanmoq, chambarchas bog‘lanmoq, to‘g‘ri kelmoq, imkoniyatlar doirasi, qulay qurshov; – badiiy frazeologizm: sabr-kosasi to‘lmoq, og‘zining tanobi qochmoq, og‘zidan bodi kirib, shodi chiqmoq, qildan qiyiq axtarmoq, six ham kuymasin, kabob ham, boshida yong‘oq chaqmoq;

– so‘zlashuv nutqi frazeologizmi: arpasini xom o‘rmoq, y erga urmoq, yuragi qon, ko‘zi tor, ko‘zi och, boshi ochiq . Frazeologizmning aksariyati badiiy va so‘zlashuv nutqiga xos. Frazeologizmning semantik strukturasi. Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik, shakl va mazmunning dialektik birligidan iborat. Frazeologizmning shakliy tomonini so‘z (leksema emas) tashkil qiladi. Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma’nodir. Frazeologik ma’no o‘ta murakkab tabiatli, leksemada bo‘lgani kabi ayrimi denotativ tabiatli bo‘lsa, boshqalari grammatik ma’noga ega, xolos. Masalan, mustaqil so‘z turkumiga kiruvchi frazeologizm: ( burgaga achchiq qilib, ko‘rpaga o‘t qo‘ymoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq; ko‘ngli bo‘sh; hash-pash deguncha ) denotativ ma’noga ega bo‘lsa, turgan gap, shunga qaramay kabi nomustaqil frazeologizmlar faqat grammatik vazifa bajaradi. Odatda, frazeologizmning ma’nosi bir leksema ma’nosiga teng deyiladi. Biroq hech qachon ular teng emas. Chunki frazeologizm va leksema ma’nosi teng bo‘lsa edi, unda frazeologizm ortiqcha bo‘lib qolar edi. Misol sifatida yoqasini ushlamoq frazeologizmi bilan hayron bo‘lmoq leksemasining ma’nolarini qiyoslab ko‘raylik. Mazkur frazeologizm «kutilmagan, tushunib bo‘lmaydigan narsa yoki hodisadan o‘ta darajada ta’sirlanib, taajjublanmoq» bo‘lsa, hayron bo‘lmoq leksemasi «kutilmagan, tushunib bo‘lmaydigan narsa yoki hodisadan ta’sirlanmoq» sememasiga ega. Har ikkala ma’noda ham kishi ichki ruhiy holati (denotat) aks etgan. Biroq frazeologizm ma’nosida «o‘ta darajada» va «so‘zlashuv uslubiga xos», «bo‘yoqdor» semalariga egaligi bilan «hayron bo‘lmoq» leksemasidan farqlanadi.