logo

O‘ZBEK ETNIK TPI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

42.3896484375 KB
O‘ZBEK ETNIK TPI
Reja 
1. O‘zbek elatni tplari
2.O‘zbek elatining shakllanish bosqichlari
3.O‘zbek elating antira palogiya tpi Tarix fanidagi mavjud ilmiy ishlanmaga ko‘ra, har bir xalqning kelib chiqish
tarixi   ikki   bosqichdan   iborat   bo‘ladi.   Birinchi   bosqich   –   etnogenez,   ikkinchi
bosqich   –   etnik   tarixdan   iborat.   Xalq   tarixining   etnogenez   qismi   uning   elat,   xalq
bo‘lib shakllanguniga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalq etnogenezi juda
uzoq   davom   etadigan   tarixiy   va   etnomadaniy   jarayon.   Uning   ibtidosi   qabila   va
qabila   ittifoqidan   boshlanadi.   Qachonkim,   aynan   o‘rganilayotgan   xalqning
etnogenezi yakunlangach, uning etnik tarixi boshlanadi. Etnik tarix ham juda uzoq
davom   etadigan   tarixiy   va   etnomadaniy   jarayon   bo‘lib,   etnik   tarix   o‘z   rivojining
ma’lum   nuqtasiga   yetgach,   uning   millat   bo‘lib   shakllanish   jarayoni   boshlanadi.
Mana shu ilmiy – metodologik asosdan kelib chiqqan holda xalqlarning etnogenezi
va etnik tarixi o‘rganiladi.
Xalqlarning kelib chiqishi masalasida, ya’ni etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda
maxsus nazariy va ilmiy metodologik ishlanmalar borki, ularga asoslanmay turib,
biror   xalqning   kelib   chiqishi   haqida   to‘g‘ri   tasavvurga   ega   bo‘lish   qiyin.
Birinchidan, har bir xalq hozirda yashab turgan hududlari bilan azaldan bog‘likdir.
Dunyoda   biror   xalq   yo‘qki,   o‘zining   etnogenez   bosqichida   mintaqadagi   boshqa
etnik birliklar bilan aralashmagan bo‘lsa. Bu haqda O‘rta Osiyo xalqlari tarixining
bilimdoni   prof.   S.P.Toltov   shunday   degan   edi:   «Hozirgi   zamon   O‘rta   Osiyo
xalqlarining   birontasi   ham   qadimgi   etnik   guruhlarga   bevosita   borib   taqalmaydi.
Aksincha, ularning shakllanishida, yerli xalqlar va tevarak-atrofdan ko‘chib kelgan
xalqlar har xil nisbatda o‘z aksini topgan»[1]. Bundan o‘zbek xalqi ham mustasno
emas.   Shunday   ekan,   Movaraunnahr   va   qadimgi   Xorazm   hududlari   azaliy   vatani
bo‘lgan o‘zbek xalqining ilk ajdodlari ikki til – turkiy va eroniy tillar turkumidagi
qabila   va   elatlar   bo‘lib,   ularning   uzoq   yillar   davomida   aralashuvi,   qorishuvi
jarayonida o‘zbek elati xalq bo‘lib shakllandi. Demak, o‘zbek xalqi ikki xil tillarda
so‘zlashuvchi ajdodlardan, ya’ni etnik birliklardan tarkib topgan. Ikkinchidan,  etnogenez  va  etnik tarixni  o‘rganishda   tadqiqotchi  birinchi  navbatda
o‘rganayotgan   xalq   etnogenezining   qachondan   boshlanganligini   aniqlab   olmog‘i
kerak bo‘ladi. Chunki,  etnos faqat  kishilik taraqqiyotining ma’lum  bir  bosqichida
paydo   bo‘ladi[2].   Etnogenezning   boshlangich   nuqtasi   esa   etnosning   qadim
zamonlarda   yashagan   «ajdodlari»ga   borib   taqaladi[3].   O‘zbek   xalqining   qadimgi
ajdodlari kimlar edi? Ular Movaraunnahr va qadimgi Xorazmning turkiy va eroniy
til lahjalarida so‘zlovchi  tub joyli o‘troq va chorvador aholisidir. Bu ikki xil tilda
so‘zlashuvchi qabila va elatlarning birinchi bor bir-birlari bilan aralashish jarayoni
o‘zbek etnogenezining boshlanishi, dastlabki nuqtasi hisoblanadi
Taniqli   sharqshunos  olim,  prof. A.Yu.  Yakubovskiy  1941  yilda Toshkentda  chop
etgan «O‘zbek xalqining yuzaga kelishi masalasi haqida» nomli risolasida ana shu
ilmiy prinsipdan kelib chiqib, o‘zbek etnogenezi Turk xoqonligidan boshlanadi, –
degan   edi[4].   Mana   shu   xulosa   asosida   O‘zbekiston   tarixining   dastlabki   nashrlari
chop   etildi.   Fanda   bu   fikr   o‘z   o‘rnini   topdi.   Lekin,   qadimgi   Xorazmda   keng
ko‘lamgi  arxeologik va etnografik tadqiqotlar  olib borgan va O‘zbekiston tarixini
yaratishda   beqiyos   ilmiy   izlanishlar   o‘tkazgan   zabardast   olim   S.P.Tolstov   o‘zbek
xalqi   etnogenezining   boshlanishi   Qang‘   davlati   doirasida   sodir   bo‘ldi,   «Qang‘
davlatining   tarkibida   va   u   egallab   turgan   mintaqalarda   o‘zbek   xalqining   ilk
ajdodlari   yashagan,   bularning   etnik   tarkibi   va   tili   bir   xilda   bo‘lmagan»   degan
g‘oyani   ko‘tarib   chiqdi[5].   S.P.   Tolstov   o‘rtaga   tashlagan   bu   g‘oya   O‘zbekiston
hududlarida  olib borilgan keng ko‘lamli  arxeologik va antropologik materiallarda
o‘z   isbotini   to‘lik   topgan[6].S.P.Tolstov   g‘oyasining   keng   ko‘lamli   ilmiy   isboti
akademik   K.Shoniyozov   asarlarida   keltirilgan[7].   Shuningdek,   K.   Shoniyozov
S.P.Tolstov   fikr-mulohazalariga   ba’zi   bir   aniqliklar   kiritib,   «Qang‘   davlati
o‘ramida   murakkab   etnik   jarayon   yuz   bergan.   Ammo   bu   jarayon   o‘zbek
ajdodlariga   xos  etnogenetik  jarayon  edi.  Shu  jarayon  tufayli  Qang‘  davlati  ichida miloddan oldingi II – milodiy I asrlar davomida mutlaqo yangi, turkiy tilli xalq –
qang‘ar elati vujudga keladi. Bu elat eron tilli xalqlar bilan turkiy tilli qabilalarning
aralashib, qorishib borishi natijasida tashkil topdi», – degan xulosaga keladi.
Ta’kidlash   joizki,   XX   asrning   70-80   yillarida   O‘rta   Osiyo   respublikalari
hududlarida,   Qozog‘iston   dashtlari,   Tog‘li   Oltoy   va   Janubiy   Sibirda   katta
masshtabda arxeologik va antropologik tadqiqotlar olib borildi. Mutaxasis olimlar
qo‘lida boy faktik materiallar to‘plandi. Biroq, bu hududlarning qadimda yashagan
aholisining tili masalasida chiqarilgan xulosalar ob’yektivlik, tarixiylik va xolislik
tamoyillaridan   ancha   uzoq   edi.   Chunki,   Sovet   tarixshunosligi   eronparast
lingivistlar ta’sirida (ular Sovet davri tarixi va tilshunosligida nufuzli mavkega ega
edilar) Qora dengizning sharqiy sohillaridan to Boykalgacha cho‘zilgan cho‘llarda
qadimda eron zabon aholi yashagan,  bu geografik kenglikning faqat  Tog‘li Oltoy
qismidagina   turkiylar   yashardi,   degan   noto‘g‘ri   tasavvur   fanda   o‘rnashib   qolgan
edi[9].   Bunday   tasavvur   hozir   ham   nafaqat   Rossiya   olimlari,   balki   O‘rta   Osiyo,
jumladan O‘zbekistonlik arxeolog va tarixchilar orasida ham xukmronlik qiladi.
Sovet   davrida   to‘plangan   arxeologik   va   antropologik   materiallarni   qayta   ko‘rib
chiqish,   ular   tahliliga   xolislik   asosida   yangicha   yondashish,   mustaqillik   bergan
g‘oyaviy   erkinlikdan   foydalangan   holda   o‘tgan   asrning   90-yillaridan   boshlab,
o‘zbek   xalqi   etnogenezining   boshlang‘ich   nuqtasi   rosa   ming   yilga
qadimiylashtirildi.   O‘zbek   xalqi   tarixi   3   ming   yildan   kam   emas   deyildi.
O‘zbeklarning   ikki   xil   tilda   so‘zlashuvchi   ilk   ajdodlarining   nafaqat   iqtisodiy   va
madaniy, balki  etnik jihatdan ham  bir-birlariga yaqinlashish,  aralashish, qorishish
jarayoni so‘nggi bronza davridan boshlandi, – degan xulosaga kelindi[10]. Bunday
o‘ta mas’uliyatli xulosaga kelishimizda Xitoy yozma manbalari katta rol o‘ynadi. Ma’lumki, Sovet davri qadimshunosligida xunlarni turkiy zabon qabilalar ekanligi
tan   olingan.   Xunlarning   ilk   ajdodlari   butun   Sibir   bo‘ylab   keng   tarqalishiga
qaramay,   Xitoy   yozma   manba’larining   N.Ya.   Bichurin   chala   tarjimalariga
asoslanib,   turkiy   xalqlarning   vatani   faqat   Tog‘li   Oltoy   deb   kelindi.   Biroq,
Qozog‘iston dashtlari, janubiy va janubiy-sharqiy O‘rol orti rayonlar, Janubiy Sibir
va   Tog‘li   Oltoydan   topilgan   bronza   davriga   oid   arxeologik   va   antropologik
materiallar aynan bir-birlariga o‘xshash, yaqin, bir xil moddiy madaniyat va bir xil
antropologik   tipdagi   qabilalar   ekanligi   Sovet   davri   ilmiy   adabiyotlarida   qayd
etilsada   (gap   andronova   madaniyati   qabilalari   haqida   ketayapdi),   andronova
madaniyatining   Tog‘li   Oltoyda   yashagan   jamoalari   turkiy   tilli   edi,   qolgan
mintaqalarda yashagan qabiladoshlari esa eron zabon bo‘lgan, – degan g‘ayri ilmiy
fikr   xukmron   edi.Keyingi   yillarda   Xitoy   va   Yapon   olimlari   bu   masalaga   qator
aniqliklar   kiritishdilar,   ya’ni   qadimgi   Xitoy   podsholiklarida   «shi»   deb   atalgan
yilnomachilar   qadimgi   shimoliy   hitoy   podsholiklarining   g‘arbiy   va   shimoliy
chegaralarida   chorvador   turkiy   zabon   qabilalar   yashaganliklarini   taq’dlaydilar,
ya’ni   «shi»lar   mil.   avvalgi   2205   yildan   boshlab   Shimoliy   Xitoydagi   kichik
hokimliklar tarixini yozaboshlaganlar. Ana shu kichik hokimliklardan biri «Shya»
podsholigi bo‘lib, u shimoliy Xitoyda mil. avvalgi 2205-1766 yillarda xukmronlik
qilgan.   So‘ng,   mil.   avvalgi   1766-1122   yillarda   «Shong»   nomli   kichik   hokimlik
xukm   surgan.   Ularning   har   ikkalasi   devonida   «shi»lar   faoliyat   ko‘rsatib,   nafaqat
o‘z hokimliklari tarixini toshga, suyakka va xitoy qamishiga yozib borgan, balki u
hokimliklarga chegaradosh qabilalar va elatlar haqida ham ma’lumot qoldirganlar.
Tarixda   ana   shunday   «shi»lardan   Sa   Je   va   Ryuy   Sung   ismli   nilnomachilarning
nomi   bizgacha   yetib   kelgan.   Mil.   avvalgi   1   –   ming   yillikda   «shi»   lavozimidagi
yilnomachilarning   soni   ko‘payadi,   ular   yozadigan   ish   xajmi   ham   kengaygan.
Xotiralar   hukmdorlar  istagi  asosida   bitilib, hukmdorlar   «Tangri  farzandi» sifatida
ilohiylashtiriladi. Ularning faoliyati qonun, ahloq normalari va Tangri amri sifatida qabul   qilinadi.   Sima   Syan   ana   shu   xotiralar   asosida   o‘zining   «Tarixiy   xotiralar»
asarini   yozgan.   Milodiy   319   yildan   boshlab   nafaqat   tarixga   oid   xotiralar,   balki
tarixshunoslikka   doir   asarlar   ham   paydo   bo‘la   boshladi.   Tang   sulolasi   davrida
(618-907 y.) tarixiy voqyealarni yozish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, bu ish
davlat   monopoliyasiga   aylanadi.   Yilnomachi   «shi»lar   yozib   borgan   rasmiy
sulolalar   24   ta   bo‘lganligi   uchun   sulolalar   tarixi   24   tarix,   ya’ni   «Ershi   si   shi»
nomini   olgan.   24   tarixning   birinchi   jildi   Sima   Syan   qalamiga   mansub   «Tarixiy
xotiralar»   bo‘lsa,   uning   oxirgisi   Ming   sulolasi   (1368-1644)   tarixidan   iborat.
Xronologik jihatdan ushbu 24 tarix 3,5 ming yillik tarixni o‘z ichiga oladi. Ana shu
tarixning X asrgacha bo‘lgan voqyealarni o‘z ichiga olgan jildlari xitoyshunos olim
Ahadjon   Xo‘jayevning   guvohlik   berishicha,   bevosita   Turkiston   tarixi   uchun   ko‘p
qimmatli   ma’lumotlar   beradi[12].Sima   Syanning   «Tarixiy   xotiralar»ida   mil.
avvalgi 2205-1766 yillarda Shimoliy Xitoyning «Shya» kichik hokimligini g‘arbiy
va   shimoliy   tomonida   «xu»   yoki   «xulu»   deb   atalgan   xalqlar   yashaydi   deyilgan
(Xitoy tili katta iyerogliflar lug‘ati. 3-jild, 2057 bet; Siyuan. So‘zlar etimologiyasi.
1218 bet). Xitoyshunos olim A.Xo‘jayevning aytishicha, «xu» va «xulu» turkiycha
«xo‘r» atamasining xitoycha talaffusidir. «Xo‘r» qadimiy turkiyda erkin, ozod, bir
joyga   bog‘lanib   qolmagan,   ko‘chmanchi   xalq   ma’nosini   anglatgan.   Xitoy   tilida
undosh   «r»   tovushini   talaffuz   etish   mumkin   bo‘lmaganligidan   xitoylar
«xo‘r»atamasini   «xu»   iyeroglifi   bilan   ifoda   etishgan.   Keyinroq   sharqiy   «xu»lar
xitoychada  «dungxu»  deb  atalib,  ushbu   atama  rus  adabiyoti  orqali   hozirgi   zamon
tilimizga   «tungus»   talaffusi   bilan   kirib   kelgan.   «Xu»larning   g‘arbiy   qismi   esa
«rung» va «di» deb atalgan ikkita qabilaga bo‘lingan.
Di»lar o‘z navbatida qizil di («chi di»), katta di («jong di»), oq di («bay di») larga
bo‘lingan.   «Rung»lar   esa   g‘arbiy   rung-«shi   rung»,   tog‘li   rung-«shan   rung»   va
o‘rmonli   rung-«ling   rung»   kabi   qismlarga   bo‘linib   yashagan.   Xan   sulolasi tarixining xunlar tazkirasini ikkinchi qismida «janubda buyuk Xan mavjud, uning
shimolida   kuchli   «xu»   mavjud»   deb   xunlarga   ishora   qilingan.   Sharqiy   Xan
tarixchisi  Chjeng Shyuan «xu» hozirgi syunnu», ya’ni xun deb yozgan (Xitoy tili
katta   iyerogliflar   lug‘ati,   3-jild,   2057   bet).   «Di»lar   ba’zi   qadimiy   hitoy   yozma
manba’larida   «dingling»   deb   yozilgan.   A.Xo‘jayevning   ta’kidlashicha,   qadimgi
xitoy   yozma   manba’larida   «d»   tovushi   «t»   tovushi   bilan,   «t»   tovushi   esa   «ch»
tovushi   bilan   almashib,   «dingling»   atamasi   «tingling»   deb   talaffus   qilingan.
Keyinroq,   «ng»   tovushi   ham   tushirib   qoldirilib,   «tingling»,   «tele»,«chele»   yoki
«chile»   bo‘lib   ketgan.   Demak,   di,   dingling,   tingling,   tele,   chele,   chile   «xu»ning
avlodlari,   milodiy   III-VI   asrlarda   ular   «turo»   nomi   ostida   yuritilgan.   «Tele»-
«turo»   aslida   bitta   qabilaning   nomi   bo‘lmay,   balki   VI   asrgacha   Markaziy
Osiyodaning   Qozog‘iston   cho‘llari   va   Janubiy   Sibir   dashtlarida,   Tog‘li   Oltoy   va
janubiy-sharqiy   O‘rol   orti   rayonlarida   yashagan   barcha   turkiy   qabilalarning
umumiy   nomi   bo‘lgan.   Shimoliy   sulola   tarixida   keltirilgan   ma’lumotlarga   ko‘ra,
xunlar   xoqonligi   yemirilgandan   keyin   Atilla   bilan   g‘arbga   ketmay   o‘z   joylarida
qolib ketgan turkiy qabilalar turo (xitoycha tele) nomi bilan atalib, ular tarkibida 44
ta qabila mavjud bo‘lganligi qadimgi Xitoy manba’larida keltiriladi (Ko‘xna Tang
sulolasi tarixi. 199 bob, 2-qism, 15393 bet).
«Di»lar o‘z navbatida qizil di («chi di»), katta di («jong di»), oq di («bay di») larga
bo‘lingan.   «Rung»lar   esa   g‘arbiy   rung-«shi   rung»,   tog‘li   rung-«shan   rung»   va
o‘rmonli   rung-«ling   rung»   kabi   qismlarga   bo‘linib   yashagan.   Xan   sulolasi
tarixining xunlar tazkirasini ikkinchi qismida «janubda buyuk Xan mavjud, uning
shimolida   kuchli   «xu»   mavjud»   deb   xunlarga   ishora   qilingan.   Sharqiy   Xan
tarixchisi  Chjeng Shyuan «xu» hozirgi syunnu», ya’ni xun deb yozgan (Xitoy tili
katta   iyerogliflar   lug‘ati,   3-jild,   2057   bet).   «Di»lar   ba’zi   qadimiy   hitoy   yozma
manba’larida   «dingling»   deb   yozilgan.   A.Xo‘jayevning   ta’kidlashicha,   qadimgi xitoy   yozma   manba’larida   «d»   tovushi   «t»   tovushi   bilan,   «t»   tovushi   esa   «ch»
tovushi   bilan   almashib,   «dingling»   atamasi   «tingling»   deb   talaffus   qilingan.
Keyinroq,   «ng»   tovushi   ham   tushirib   qoldirilib,   «tingling»,   «tele»,«chele»   yoki
«chile»   bo‘lib   ketgan.   Demak,   di,   dingling,   tingling,   tele,   chele,   chile   «xu»ning
avlodlari,   milodiy   III-VI   asrlarda   ular   «turo»   nomi   ostida   yuritilgan.   «Tele»-
«turo»   aslida   bitta   qabilaning   nomi   bo‘lmay,   balki   VI   asrgacha   Markaziy
Osiyodaning   Qozog‘iston   cho‘llari   va   Janubiy   Sibir   dashtlarida,   Tog‘li   Oltoy   va
janubiy-sharqiy   O‘rol   orti   rayonlarida   yashagan   barcha   turkiy   qabilalarning
umumiy   nomi   bo‘lgan.   Shimoliy   sulola   tarixida   keltirilgan   ma’lumotlarga   ko‘ra,
xunlar   xoqonligi   yemirilgandan   keyin   Atilla   bilan   g‘arbga   ketmay   o‘z   joylarida
qolib ketgan turkiy qabilalar turo (xitoycha tele) nomi bilan atalib, ular tarkibida 44
ta qabila mavjud bo‘lganligi qadimgi Xitoy manba’larida keltiriladi (Ko‘xna Tang
sulolasi tarixi. 199 bob, 2-qism, 15393 bet).
Shunday   qilib,   yuqorida   keltirilgan   kadimgi   hitoy   yozma   manba’lari   taxliliga
ko‘ra,   Shimoliy   Xitoy   hokimliklari   «shi»larining   xotiranomalarida   nomlari   tilga
olingan   «Shya»   va   Shong»   kichik   podsholiklarining   shimoliy   va   g‘arbiy
chegaralarida   mil.   avvalgi   III   ming   yillikning   ikkinchi   yarmi   va   II   ming   yillik
davomida «Xu» va «Di» nomlari ostida chorvador qabilalar yashagan. Aynan shu
vaqtda arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bu joylarda, ya’ni Shimoliy Xitoy
kichik podsholiklarining  shimoliy va  g‘arbiy  chegaralarida andronova  madaniyati
qabilalari keng tarqalgan edi. Ular xitoy «shi»lari aytganidek, chorvador qabilalar
bo‘lib,   Shimoliy   Xitoy   hokimliklariga   tinchlik   bermaganlar.   Buyuk   Xitoy
devorining   paydo   bo‘lishi   ham   ana   shu   ko‘chmanchi   chorvadorlarning   shimoliy
Xitoy   kichik   podsholiklarining   ekinzorlarini   tez-tez   payxon   qilaverganlaridan
boshlab   yuz   bergan.   Sharqiy   Xan   tarixchisi   Chjeng   Shyuan   aytganidek,   «xu»-
hozirgi «syunnu», ya’ni xunlar edi. Demak, chorvador «xu»lar turkiygo‘y qabilalar bo‘lgan.   «Xu»ning   avlodlari   «di»lar,   «dingling»,   «tingling»,   «tele»   va   «turo»lar
ham   turkiy   qabilalar   ekanligiga   endi   shubha   qolmadi.   Shunday   qilib,   o‘zbek
etnogenezining   boshlanishi   miloddan   avvalgi   IIming   yillikning   ohirlarida   yuz
berdi[13].   Bu   davrda   esa   O‘rta   Osiyo   hududlarida,   jumladan   Movaraunnahr   va
Qadimgi   Xorazmda   nafaqat   eroniy   tilli   qabilalar,   balki   turkiy   tilli   qabilalar   ham
keng   tarqalgan   edi.   Ularning   moddiy   madaniyat   yodgorliklari   O‘rta   Osiyo
hududlarining barcha mintaqalarida ochib o‘rganilgan. Ularning Qadimgi Xorazm
hududlarida   istiqomat   qilgan   qabiladoshlari   nafaqat   chorvachilik   bilan,   balki   mil.
avv.   II   ming   yillikning   oxirgi   choraklaridan   o‘troqlashib,   dehqonchilik   bilan
shug‘ullanganlar[14]. Demak, B.V.Andrianovning Qadimgi Xorazmning sug‘orish
tarixini   o‘rganish   borasida   o‘tkazgan   tadqiqotlari   o‘zbeklarning   so‘nggi   bronza
davrida yashagan turkiygo‘y ajdodlari ham o‘troqlasha boshlaganligidan guvohlik
berardi.
Xalqlarni   kelib   chiqishi   masalasidagi   talablardan   uchinchisi   –   hech   qachon   etnos
ajdodlarining   antropologik   tipi   va   tili   etnos   tili   va   tipi   bilan   bir   vaqtda   yuz
bermasligini   unutmaslikdir.   Chunki,   etnogenez   tarixining   ilk   bosqichlarida   etnik
birliklar,   ayniqsa   ularning   tili   va   tipi   hali   shakllanmagan.   Til,   tip   va   etnik   birlik
tushunchalari har xil davr voqiyligi bo‘lib, ularning shakllanish jarayoni bir davrda
yuz   bermaydi[15].Xalqlarni   kelib   chiqishi   masalasidagi   talablardan   uchinchisi   –
hech qachon etnos ajdodlarining antropologik tipi va tili etnos tili va tipi bilan bir
vaqtda   yuz   bermasligini   unutmaslikdir.   Chunki,   etnogenez   tarixining   ilk
bosqichlarida   etnik  birliklar,   ayniqsa   ularning   tili   va   tipi   hali   shakllanmagan.   Til,
tip va etnik birlik tushunchalari har xil davr voqiyligi bo‘lib, ularning shakllanish
jarayoni bir davrda yuz bermaydi[15].
To‘rtinchidan, etnos, bu biologik hosila emas,  balki  ijtimoiy hodisadir. U kishilik
taraqqiyoti   ma’lum   bir   bosqichining   hosilasidir.   Etnos   o‘zining   shakllanish jarayonida,   ya’ni   etnogenez   bosqichida   va   undan   keyin   ham   har   xil   tarixiy
sabablarga   ko‘ra,   uning   tarkibiga   yangidan-yangi   etni   qatlamlar   qo‘shilib   boradi.
Bu   tabiiy   hol.   Dunyoda   hech   bir   xalq   yo‘qki,   u   o‘z   etnogenez   jarayonining   ilk
bosqichlaridan   to   millat   darajasiga   ko‘tarilgunicha   boshqa   etnik   qo‘shilmalarsiz
rivojlangan   bo‘lsa.   Demak,   yer   yuzining   barcha   xalqlari   kelib   chiqishi   jihatidan
ko‘p   etnik   qatlamlidir.   O‘zbek   xalqining   kelib   chiqish   tarixi   bunga   yaqqol   misol
bo‘laoladi.   Darhaqiqat,   o‘zbek   xalqi   etnogenezining   ilk   bosqichlaridan   to   xalq
sifatida   shakllanib   bo‘lguniga   qadar   uning   asosiy   tarkibini   tashkil   etgan   avtoxton
sug‘du-xorazmiy va qadimgi turkiy zabon etnik qatlamlardan tashqari o‘ziga turli
davrlarda har  xil  miqdorda  mahalliy va tevarak-atroflardan kelib qo‘shilgan etnik
guruhlarni singdirib bordi[16]
Beshinchidan, har bir xalqning etnik tarixini o‘rganish etnik birlikning shakllanish
jarayonini   ilk   bosqichdan   boshlashni   taqozo   etadi.   Etnik   birlikni   paydo   bo‘lishi,
rivojlanishi va uning etnosga aylanishi  juda qadim-qadim zamonlardan boshlanib,
to   uning   xalq   bo‘lib   shakllanguniga   qadar   davom   etadigan   butun   bir   tarixiy
jarayondir.   Etnos   tarixining   muhim   bosqichlaridan   biri   esa   uning   uzil-kesil
shakllanish   jarayonini   nihoyasiga   yetishidir.   Agar   etnos   shakllanishi   nihoyasiga
yetgan   bo‘lsa,   unga   keyinroq   qo‘shilgan   etnik   komponentlar   shakllangan   etnos
tarkibini   o‘zgartirib   yubora   olmaydi,   balki   uning   tarkibida   etnografik   guruhlar
sifatida   uzoq   vaqtlar   yashab,   ma’lum   bir   tarixiy   voqiylik   ta’siridan   so‘ng   etnos
tarkibiga  singib   ketadi.  Masalan,  shunday  holat  o‘zbek  xalqi   tarixida   yuz  bergan,
ya’ni XI-XII asr birinchi yarmida uzil-kesil shakllangan o‘zbek xalqi tarkibiga XIII
asr   birinchi   yarmidagi   mo‘g‘ul   istilolari   va   XVI   asr   boshlarida   O‘rta   Osiyoga
shayboniylarning   kirib   kelishi   munosabati   bilan   o‘zbek   xalqi   tarkibining   asosi
o‘zgarib qolmadi, aksincha ular janubiy Sibir antropologik tipining timsoli sifatida
Zarafshon   vodiysi,   Surxondaryo   va   Qashqadaryoning   tog‘   oldi   va   cho‘l mintaqalarida   uzoq   vaqt   alohida   etnografik   guruhlar   bo‘lib   yashay   berdilar.
Ularning   badavlat   aslzoda   tabaqasi   shaharlarga   o‘rnashib,   O‘rta   Osiyo   o‘zbek
xonliklarini boshqarsalar ham , ularning mahalliy tub joyli aholi tarkibiga singishi
juda   sekin   kechdi[17].Oltinchidan,   har   bir   xalqning   etnik   tarixi   bilan
shug‘ullanganda   nafaqat   etnik   birlikning   boshlang‘ich   jarayonini,   balki   uning
keyingi davrlarini, unga hos etnik belgi va alomatlarni aniqlab, o‘rganib borishlik
talab   etiladi.   Chunki   yuqorida   ta’qidlab   aytganimizdek,   etnik   birlik   belgilari   bir
vaqtda   paydo   bo‘lmaydi,   balki   etnogenez   jarayoni   davomida   bosqichma-bosqich
tarkib topib boradi. Etnos belgilari orasida til birligi, etnomadaniy birlik va o‘zlikni
anglash   birligi   alohida  ahamiyat  kasb   etadi.  Ko‘tarilgan  masalalar   bo‘yicha   etnos
shakllanishining   nazariy   asoslari   bilan   shug‘ullangan   qator   olimlar   o‘z   fikr-
mulohazalarini   bildirganlar.   Masalan,   arxeolog   V.F.   Gening   etnik   belgilarni
etnosni uyushtiruvchi etnik omillardan farq qilib, etnik belgilarning muhim tomoni
shundaki,   ular   doim   etnik   ma’no   va   mazmun   kasb   etadi,   deydi[18].   Etnosni
uyushtiruvchi   ob’yektiv   omillarga   u   hududiy   birlik,   iqtisodiy   xo‘jalik   birligini
kiritib,   bular   etnik   munosabatlar   va   etnik   ongni   tug‘ilishiga   asos   beradi,   deydi.
Etnograf   L.P.   Loщuk   va   P.K.   Kozlovlar   til   etnik   birlik   shakllanishining   muhim
shartidir,   til   nafaqat   etnik   omil,   balki   etnik   belgi   hamdir,   –   deydilar[19].   Ammo
etnogenez   masalalari   bilan   shug‘ullanuvchi   qator   olimlar   tilni   etnik   omilga
kiritmaydilar, til faqat etnik belgidir, – deydilar[20]. Etnik belgilar ichida o‘zlikni
anglash   birligi   o‘ta   muhim   ahamiyatga   ega   ekanligi   haqida   etnograflar   alohida
takidlaydilar.   Etnograf   V.V.   Mavrodin   til   va   o‘zlikni   anglash   birligi   elatni   xalq
sifatida birlashtiruvchi muhim omildir, – deydi[21].
Shunday qilib, etnogenez va uning etnik rivojlanishini o‘rganishda etnik belgilar va
etnik   omillarning   tarkib   topish   jarayonini   kuzatib   borish   etnogenetik   ilmiy
tadqiqotlarning   to‘g‘ri   yo‘nalishda   ekanligini   ta’minlaydi.   Etnik   omillar   tarkibini hududiy   birlik,   iqtisodiy   xo‘jalik   birligi,   etnomadaniy   birlik,   antropologik   tip
birligi   va   siyosiy   uyushma   birligi,   ya’ni   etnosning   ma’lum   bir   davlat   doirasida
uyushqoqligi   tashkil   etadi.   Etnik   belgilarga   esa   til   birligi,   etnik   nom   va   o‘zlikni
anglash   birligi,   ya’ni   tarixiy   qismatning   umumiyligi   kiradi.   YUqorida
takidlaganimizdek, ularning tarkib topishi bir davrda yuz bermaydi, balki ular uzoq
davom   etgan   tarixiy   jarayonda   birin-ketin   shakllanib   boradi.   Qachonki,   ularning
asosiy   qismi   tarkib   topgach,   elat   xalq   sifatida   shakllanadi,   etnogenetik   jarayon
yaqun topib, etnik tarix, xalq tarixi boshlanadi[22].
Yettinchidan,   etnogenetik   jarayonni   o‘rganishda   masalaga   kompleks   yondashish,
ya’ni   etnogenezga   aloqador   fan   yutuqlaridan   foydalanish   muammo   yechimiga
ilmiylik   bag‘ishlaydi[23].   Etnogenez   muammolarini   hal   etishda   foydalanayotgan
birlamchi   manba’larning   nisbati   va   xususiyatini   bilish   muhimdir.   U   birlamchi
manba’larni   etnografiya,   antropologiya,   arxeologiya,   lingivistika,   yozma
yodgorliklar,   toponimika,   numizmatika,   epigrafika   va   boshqalar   tashkil   etadi.
Ularning   har   biri   etnogenez   va   etnik   tarix   uchun   qimmatli   ma’lumot
beradi.Afsuski, ishda millat tarifi, uning shakllanishi bilan bog‘lik talablarni ochib
berish   javobsiz   qolgan.   K.Shoniyozov   tushunchasiga   ko‘ra,   «elat   bilan   millat
atamalari   hali   fanda   obdan   takomillashgani   yo‘q»[25].   Albatta,   biz   bu   fikrga
qo‘shila   olmaymiz.   Chunki,   millat   bilan   xalq   ta’rifiga   qo‘yilgan   talablar
tashqaridan   qaraganda   bir-birlariga   o‘xshash   ko‘rinsada,   ammo,   mohiyat   jihatdan
ular   bir   ma’noni   anglatmaydi.   Birinchidan,   xalq   uzilkesil   shakllangan   feodalizm
jamiyatining   ijtimoiy   mahsuli,   millat   esa   kapitalistik   jamiyatning   ijtimoiy
mahsulidir.   Ikkinchidan,   xalqni   uyushtiruvchi   etnik   omillardanhududiy   birlik
chegaralari   tarix   taqozosiga   ko‘ra,   o‘zgaruvchanlik   xususiyatiga   ega   bo‘ladi.
Ammo,   millat   davlat   chegaralari   –   qat’iy,   mutlaqo   daxlsiz,   jahon   jamoatchilik
tashkilotlari   tomonidan   tan   olingan   va   muhofazali   bo‘ladi.   Uchinchidan,   xalq shakllangan paytda hamma vaqt ham uning etnik nomi bo‘lavermaydi, xalq millat
darajasiga ko‘tarilganda esa uning etnik nomi bo‘lishi shart. Masalan, o‘zbek xalqi
nomi   uning   elat   sifatida   shakllanib   bo‘lgandan   ancha   keyin   paydo   bo‘ldi.
To‘rtinchidan, xalqning siyosiy uyushmasi – davlat tarix taqozasiga ko‘ra, hamma
vaqt ham etnos nomi bilan atalavermaydi, ammo, xalq millatga aylanganda davlat
nomi   millat   nomi   bilan   yuritilishi   shart.   Beshinchidan,   etnosning   xalq   darajasida
o‘zlikni  anglash,  milliy  g‘urur,  vatan   fidoisi  bo‘lish,  o‘z  xalqidan  fahrlanish  xissi
o‘sha davr jamiyati tartib-qoidalariga ko‘ra, ko‘pchillikda bir xil, yuksak darajada
bo‘lmaydi. Ammo, xalq millat darajasiga ko‘tarilganda bu sifatlar yuksak darajada
bo‘ladi. Oltinchidan, etnosning til birligi elatning xalq darajasida hamma vaqt ham
davlat   maqomini   olavermaydi,   xalq   millat   darajasiga   chiqqanda   uning   tili   albatta
davlat   maqomini   olishi   shart.   Yettinchidan,   mentalitet   etnosning   xalq   darajasida
emas,   balki   millat   darajasida   shakllanadi   va   nihoyat,   sakkizinchidan,   millat   uzil-
kesil   shakllanganda   davlat   jamiyat   tomonidan   boshqariladi,   ya’ni   davlat   xalq
xizmatchisi,   barcha   sohalarda   millat   talabi   va   xoxishirodasini   bajaruvchi
mexanizmga   aylanadi.Demak,   millatning   shakllanishi   etnogenetik   jarayon   kabi
uzoq   davom   etadigan   tarixiy   jarayon   bo‘lib,   millat   etnik   tarixning   eng   yuqori
yuksak   cho‘qqisi,   kamolat   bosqichiki,   birinchidan,   bu   bosqichga   ko‘tarilgan
xalqning   davlati   millat   nomi   bilan   yuritiladi;   ikkinchidan,   millat   nomi   bilan
yuritilgan   davlat   chegaralari   qat’iy,   dahlsiz,   jahon   jamoatchilik   tashkilotlari
tomonidan   tan   olinadi;   uchinchidan,   aniq   hududiy   chegarada   muomalada   bo‘lgan
umum millat tili davlat tili maqomi darajasiga ko‘tariladi; to‘rtinchidan, aholining
o‘zlikni anglash darajasi fuqoralarning hayot mazmuniga, kundalik turmush tarziga
aylanadi;   beshinchidan,   millatga   xos   milliy   mintalitet   shakllanadi;   oltinchidan,
davlat   jamiyat   tomonidan   boshqariladi,   ya’ni   davlat   millatning   hohishirodasini
bajaruvchi   mexanizmga   aylanadi.YUqorida   aytilgan   fikr-muloxazalardan   kelib
chiqib,   o‘zbek   xalqining   tarkib   topishi   va   uning   millat   maqomini   olish   jarayoni haqida,   tezis   tarzida   quyidagi   xulosalarga   kelish   mumkin:   O‘zbek   xalqi   kelib
chiqishi   bo‘yicha   ikki   xil   tilda   so‘zlashuvchi   qabila   va   elatlarning   aralashishi   va
qarishuvidan   tarkib   topgan   ekan,   bu   ikki   tilda   so‘zlashuvchi   jamoalarining   etnik
jihatdan   dastlabki   aralashuvi   arxeologik   va   antropologik   materiallarga   ko‘ra,
so‘nggi   bronza   davrida   yuz   berdi.   Bu   davrni   o‘zbek   xalqi   etnogenezining
boshlanishi,   deb   hisoblash   mumkin.   So‘nggi   bronza   davridan   boshlangan
assimilyatsiya   jarayoni   antik   davriga   kelib,   o‘zbek   xalqiga   xos   iqtisodiy   xo‘jalik,
etnomadaniy   va   antropologik   tip   birliklarini   o‘zida   mujassamlashtiruvchi,   o‘troq
hayotga   moslashgan   turkiy   hududiy   maydon   tarkib   topdi,   o‘zbek   xalqiga   xos
antropologik   tipning   maqon   va   zamoni   aniqlandi.   Bu   hududiy   maydon
Sirdaryoning o‘rta havzasi  bo‘lib, milodiy II-I asrlarda mana shu hududda o‘zbek
xalqiga xos antropologik tip – «O‘rta Osiyo ikki daryo oraligi tipi» shakllandi[26].
Bu   hududda   turkiy   va   sug‘diy   tilli   qabilalar   ittifoqi   asosida   Qang‘   davlati   tashkil
topdi.   Ushbu   mintaqa   iqtisodiy-xo‘jalik   va   etnomadaniy   hayotidan   guvohlik
beruvchi   «Qavunchi   madaniyati»   shakllandi[27].   «Qarunchi   madaniyati»ni
shakllanishida   turkiy   zabon   xun   qabilalari   va   qang‘lilar   katta   rol   o‘ynaganlar.
Oqibat   natijada,   miloddan   oldingi   II   –   milodiy   I   asrlar   davomida   turkiygo‘y
qang‘ar elati tarkib topdi[28]. Bu davrga o‘zbek etnogenezining ikkinchi bosqichi
sifatida qarash mumkin.
O‘zbek   xalqi   etnogenezining   uchinchi   bosqichi   ilk   o‘rta   asrlar   davrini   o‘z   ichiga
oladi.   Ilk   o‘rta   asrlar   davri   kushonlar   imperiyasi   va   Qang‘   davlatining   inqirozi
bilan   boshlandi.   O‘rta   Osiyo   hududlariga   turkiygo‘y   xiyoniylar,   kidariylar,
eftaliylar   va   Turk   xoqonligi   kirib   keldi   va   ular   bilan   birga   kirib   kelgan   qabilalar
tarkibida qarluq, chig‘il, tuxsi, argun, turk, kaltatoy, musabozori kabi turkiy zabon
qabilalar   qo‘p   edi.   Ularning   ko‘pchilligi   mahalliy   tub   joyli   aholi   bilan   aralashib
yashay   boshladi,   ularga   xos   an’anaviy   hayot   tarzi   O‘rta   Osiyoning   tog‘   oldi mintaqalarida   yarim   o‘troq   yarim   ko‘chmanchilik   bilan   kun   kechirayotgan
turkiylarda   davom   etadi,   badavlat   chorvadorlar   esa   yangi   yaylovlar   qidirib,   keng
dashtlarga   qaytadilar.   Ilk   o‘rta   asrlarda   turkiy   qabilalarning   bu   zaminga   kirib
kelishining   keti   uzilmaydi.   Bu   haqda   prof.   A.Yu.   Yakubovskiy   tarixiy   yozma
manba   materiallarini   ko‘p   keltiradi[29].   Boz   ustiga,   bu   yerda   Turk   xoqonligi
deyarli 100 yil hukmronlik qildi. A.Yu. Yakubovskiyning takidlashicha, bu davrda
O‘rta   Osiyoning   biror   joyi   qolmadiki,   u   yerlarga   turkiy   qabilalar   kirib   bormagan
bo‘lsa[30].   Bu   davrni   o‘zbek   etnogenezining   uchinchi   bosqichi   deyish
mumkin.Movaraunnahr   yerlarini   arablar   egallagach,   ular   bu   zaminga   turkiy
qabilalarini   muntazam   kirib   kelishini   to‘xtatish   yo‘lini   qidirdilar.   VIII   asr
davomida   bu   zaminga   oldinroq   kirib   kelib   o‘rnashib   qolgan   turkiylarning
o‘troqlashishi   jadallashdi.   Natijada,   butun   VIII   asr   davomida   Movaraunnahr
hududlarida   yaxlit   turkiy   etnik   qatlam,   jonli   turkiy   til   muhiti   vujudga   keladi,
mahalliy sug‘diy zabon aholi orasida turkiylashish jarayoni jadallashdi. Bu davrda
nafaqat  shahar  aholisi  tarkibiga, balki  qishloq  aholisi  ichiga ham  o‘zbeklarga xos
tip   –   «O‘rta   Osiyo   ikki   daryo   oraligi   tipi»   kirib   bordi.   K.   Shoniyozovning
kuzatuvlariga ko‘ra, IX-X asrlarda ham bu etnogenetik jarayon, ya’ni turkiylarning
o‘troq   hayotga   o‘tishi   jadal   davom   etadi.   Bu   asrlarda   Movaraunnahrda   garchi
siyosiy hokimiyat somoniylar qo‘lida bo‘lsada, Movaraunnahr va Xorazmda turkiy
etnik   qatlam   kuchli   etnik   asosga   ega   bo‘ldi.   Bu   kuchli   etnik   asosni   aksariyat
ko‘pchilligini o‘troqlashgan turg‘un turklar tashkil  etardi. Bu davrga o‘zbek xalqi
etnogenezining   to‘rtinchi   bosqichi   sifatida   qarash   mumkin   bo‘lar.   Qoraxoniylar
davrida   Movaraunnahr   va   Xorazmda   siyosiy   hokimiyat   turkiy   sulolalar   qo‘liga
o‘tishi   munosabati   bilan   o‘zbek   xalqi   etnogenezining   yakunlovchi   bosqichi
boshlanadi. O‘zbekka xos turkiy etnos mintaqada qaror topadi. Elatga xos barcha
etnik   omillar   ruyobga   chiqadi.   Qardosh   turkiy   tilli   xalqlar   olimu-fuzalolarini
hozirgacha   e’tiroziga   sabab   bo‘lib   kelayotgan   umumturkiy   til   –   Mahmud Qoshg‘ariy   tili   ichidan   qarluq-chigil   lahjalari   asosida   elatning   jonli   sifatida   eski
o‘zbek tiliga asos solinadi. Bu jarayon G‘arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida yuz
berdi. Demak, o‘zbek elati xalq sifatida XI-XII asrning birinchi yarmida uzil-kesil
shakllandi.   O‘zbek   xalqining   shakllanishi   bilan   uning   etnik   tarixi
boshlanadi.O‘zbek xalqining etnik tarixi ham uzoq davom etadigan tarixiy jarayon
bo‘lib, bu jarayon mintaqada kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining qaror
topaboshlagan   davrgacha,   ya’ni   XIX   asrning   oxiri   va   XX   asrning   boshlarigacha
davom etdi. XX asr boshlaridan o‘zbek millatining shakllanish jarayoni boshlandi.
Bu tarixiy jarayon hozirgacha davom etmoqda.
Foydalanilgan   adabiyotlar .
Толстов   С.П.   Основные   проблемы   этногенеза   народов   Среденей   Азии.   СЭ,
1947. № VI - VII . С.304
[2]   Asqarov   A .   O ‘ zbek   xalqi   etnogenez   va   etnik   tarixining   ba ’ zi   bir   nazariy   va
ilmiy   metodologik   asoslari . « O ‘ zbekiston   tarixi »  jurnali . 2002  y . №4
[3]   Askarov   A .   Nekotor ы ye   aspekt ы   izucheniya   etnogeneza   i   etnicheskoy   istorii
uzbekskoy   narod ы.   ( Material ы   k   etnicheskoy   istorii   naseleniya   Sredney   Azii ).   –
Tashkent , 1986.  S . 3
[4]   Yakubovskiy   A . Yu .   O ‘ zbek   xalqining   yuzaga   kelishi   masalasi   haqida   –
Toshkent , 1941. 6-7- betlar
[5]   Толстов   С.П.   Основные   проблемы   этногенеза   народов   Среденей   Азии.
СЭ. 1947, № VI - VII . С.303
[6]   Аскаров   А.   Некоторые   аспекты   изучения   этногенеза   и   этнической
истории   узбекской   народы.   (Материалы   к   этнической   истории   населения
Средней   Азии).   –   Ташкент,   1986.   С.8,10.;   Буряков   Ю.Ф.   Генезис   и   этапы развития городской культуры Ташкентского оазиса. — Ташкент. 1982. С.70-
80.;   Ходжаев   Т.К.   Палеоантропология   Средней   Азии   и   этногенетические
робелмы. — М., 1981. С. 19, 37-38
[7]  Shoniyozov   K .  Qang ‘  davlati   va   qang ‘ arlar . –  Toshkent . 1990
[8]   Shoniyozov   K .   O ‘ zbek   xalqining   shakllanish   jarayoni .   –   Toshkent ,   2001.   19-
bet

O‘ZBEK ETNIK TPI Reja 1. O‘zbek elatni tplari 2.O‘zbek elatining shakllanish bosqichlari 3.O‘zbek elating antira palogiya tpi

Tarix fanidagi mavjud ilmiy ishlanmaga ko‘ra, har bir xalqning kelib chiqish tarixi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich – etnogenez, ikkinchi bosqich – etnik tarixdan iborat. Xalq tarixining etnogenez qismi uning elat, xalq bo‘lib shakllanguniga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalq etnogenezi juda uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon. Uning ibtidosi qabila va qabila ittifoqidan boshlanadi. Qachonkim, aynan o‘rganilayotgan xalqning etnogenezi yakunlangach, uning etnik tarixi boshlanadi. Etnik tarix ham juda uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon bo‘lib, etnik tarix o‘z rivojining ma’lum nuqtasiga yetgach, uning millat bo‘lib shakllanish jarayoni boshlanadi. Mana shu ilmiy – metodologik asosdan kelib chiqqan holda xalqlarning etnogenezi va etnik tarixi o‘rganiladi. Xalqlarning kelib chiqishi masalasida, ya’ni etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda maxsus nazariy va ilmiy metodologik ishlanmalar borki, ularga asoslanmay turib, biror xalqning kelib chiqishi haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish qiyin. Birinchidan, har bir xalq hozirda yashab turgan hududlari bilan azaldan bog‘likdir. Dunyoda biror xalq yo‘qki, o‘zining etnogenez bosqichida mintaqadagi boshqa etnik birliklar bilan aralashmagan bo‘lsa. Bu haqda O‘rta Osiyo xalqlari tarixining bilimdoni prof. S.P.Toltov shunday degan edi: «Hozirgi zamon O‘rta Osiyo xalqlarining birontasi ham qadimgi etnik guruhlarga bevosita borib taqalmaydi. Aksincha, ularning shakllanishida, yerli xalqlar va tevarak-atrofdan ko‘chib kelgan xalqlar har xil nisbatda o‘z aksini topgan»[1]. Bundan o‘zbek xalqi ham mustasno emas. Shunday ekan, Movaraunnahr va qadimgi Xorazm hududlari azaliy vatani bo‘lgan o‘zbek xalqining ilk ajdodlari ikki til – turkiy va eroniy tillar turkumidagi qabila va elatlar bo‘lib, ularning uzoq yillar davomida aralashuvi, qorishuvi jarayonida o‘zbek elati xalq bo‘lib shakllandi. Demak, o‘zbek xalqi ikki xil tillarda so‘zlashuvchi ajdodlardan, ya’ni etnik birliklardan tarkib topgan.

Ikkinchidan, etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda tadqiqotchi birinchi navbatda o‘rganayotgan xalq etnogenezining qachondan boshlanganligini aniqlab olmog‘i kerak bo‘ladi. Chunki, etnos faqat kishilik taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘ladi[2]. Etnogenezning boshlangich nuqtasi esa etnosning qadim zamonlarda yashagan «ajdodlari»ga borib taqaladi[3]. O‘zbek xalqining qadimgi ajdodlari kimlar edi? Ular Movaraunnahr va qadimgi Xorazmning turkiy va eroniy til lahjalarida so‘zlovchi tub joyli o‘troq va chorvador aholisidir. Bu ikki xil tilda so‘zlashuvchi qabila va elatlarning birinchi bor bir-birlari bilan aralashish jarayoni o‘zbek etnogenezining boshlanishi, dastlabki nuqtasi hisoblanadi Taniqli sharqshunos olim, prof. A.Yu. Yakubovskiy 1941 yilda Toshkentda chop etgan «O‘zbek xalqining yuzaga kelishi masalasi haqida» nomli risolasida ana shu ilmiy prinsipdan kelib chiqib, o‘zbek etnogenezi Turk xoqonligidan boshlanadi, – degan edi[4]. Mana shu xulosa asosida O‘zbekiston tarixining dastlabki nashrlari chop etildi. Fanda bu fikr o‘z o‘rnini topdi. Lekin, qadimgi Xorazmda keng ko‘lamgi arxeologik va etnografik tadqiqotlar olib borgan va O‘zbekiston tarixini yaratishda beqiyos ilmiy izlanishlar o‘tkazgan zabardast olim S.P.Tolstov o‘zbek xalqi etnogenezining boshlanishi Qang‘ davlati doirasida sodir bo‘ldi, «Qang‘ davlatining tarkibida va u egallab turgan mintaqalarda o‘zbek xalqining ilk ajdodlari yashagan, bularning etnik tarkibi va tili bir xilda bo‘lmagan» degan g‘oyani ko‘tarib chiqdi[5]. S.P. Tolstov o‘rtaga tashlagan bu g‘oya O‘zbekiston hududlarida olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik va antropologik materiallarda o‘z isbotini to‘lik topgan[6].S.P.Tolstov g‘oyasining keng ko‘lamli ilmiy isboti akademik K.Shoniyozov asarlarida keltirilgan[7]. Shuningdek, K. Shoniyozov S.P.Tolstov fikr-mulohazalariga ba’zi bir aniqliklar kiritib, «Qang‘ davlati o‘ramida murakkab etnik jarayon yuz bergan. Ammo bu jarayon o‘zbek ajdodlariga xos etnogenetik jarayon edi. Shu jarayon tufayli Qang‘ davlati ichida

miloddan oldingi II – milodiy I asrlar davomida mutlaqo yangi, turkiy tilli xalq – qang‘ar elati vujudga keladi. Bu elat eron tilli xalqlar bilan turkiy tilli qabilalarning aralashib, qorishib borishi natijasida tashkil topdi», – degan xulosaga keladi. Ta’kidlash joizki, XX asrning 70-80 yillarida O‘rta Osiyo respublikalari hududlarida, Qozog‘iston dashtlari, Tog‘li Oltoy va Janubiy Sibirda katta masshtabda arxeologik va antropologik tadqiqotlar olib borildi. Mutaxasis olimlar qo‘lida boy faktik materiallar to‘plandi. Biroq, bu hududlarning qadimda yashagan aholisining tili masalasida chiqarilgan xulosalar ob’yektivlik, tarixiylik va xolislik tamoyillaridan ancha uzoq edi. Chunki, Sovet tarixshunosligi eronparast lingivistlar ta’sirida (ular Sovet davri tarixi va tilshunosligida nufuzli mavkega ega edilar) Qora dengizning sharqiy sohillaridan to Boykalgacha cho‘zilgan cho‘llarda qadimda eron zabon aholi yashagan, bu geografik kenglikning faqat Tog‘li Oltoy qismidagina turkiylar yashardi, degan noto‘g‘ri tasavvur fanda o‘rnashib qolgan edi[9]. Bunday tasavvur hozir ham nafaqat Rossiya olimlari, balki O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonlik arxeolog va tarixchilar orasida ham xukmronlik qiladi. Sovet davrida to‘plangan arxeologik va antropologik materiallarni qayta ko‘rib chiqish, ular tahliliga xolislik asosida yangicha yondashish, mustaqillik bergan g‘oyaviy erkinlikdan foydalangan holda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab, o‘zbek xalqi etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi rosa ming yilga qadimiylashtirildi. O‘zbek xalqi tarixi 3 ming yildan kam emas deyildi. O‘zbeklarning ikki xil tilda so‘zlashuvchi ilk ajdodlarining nafaqat iqtisodiy va madaniy, balki etnik jihatdan ham bir-birlariga yaqinlashish, aralashish, qorishish jarayoni so‘nggi bronza davridan boshlandi, – degan xulosaga kelindi[10]. Bunday o‘ta mas’uliyatli xulosaga kelishimizda Xitoy yozma manbalari katta rol o‘ynadi.

Ma’lumki, Sovet davri qadimshunosligida xunlarni turkiy zabon qabilalar ekanligi tan olingan. Xunlarning ilk ajdodlari butun Sibir bo‘ylab keng tarqalishiga qaramay, Xitoy yozma manba’larining N.Ya. Bichurin chala tarjimalariga asoslanib, turkiy xalqlarning vatani faqat Tog‘li Oltoy deb kelindi. Biroq, Qozog‘iston dashtlari, janubiy va janubiy-sharqiy O‘rol orti rayonlar, Janubiy Sibir va Tog‘li Oltoydan topilgan bronza davriga oid arxeologik va antropologik materiallar aynan bir-birlariga o‘xshash, yaqin, bir xil moddiy madaniyat va bir xil antropologik tipdagi qabilalar ekanligi Sovet davri ilmiy adabiyotlarida qayd etilsada (gap andronova madaniyati qabilalari haqida ketayapdi), andronova madaniyatining Tog‘li Oltoyda yashagan jamoalari turkiy tilli edi, qolgan mintaqalarda yashagan qabiladoshlari esa eron zabon bo‘lgan, – degan g‘ayri ilmiy fikr xukmron edi.Keyingi yillarda Xitoy va Yapon olimlari bu masalaga qator aniqliklar kiritishdilar, ya’ni qadimgi Xitoy podsholiklarida «shi» deb atalgan yilnomachilar qadimgi shimoliy hitoy podsholiklarining g‘arbiy va shimoliy chegaralarida chorvador turkiy zabon qabilalar yashaganliklarini taq’dlaydilar, ya’ni «shi»lar mil. avvalgi 2205 yildan boshlab Shimoliy Xitoydagi kichik hokimliklar tarixini yozaboshlaganlar. Ana shu kichik hokimliklardan biri «Shya» podsholigi bo‘lib, u shimoliy Xitoyda mil. avvalgi 2205-1766 yillarda xukmronlik qilgan. So‘ng, mil. avvalgi 1766-1122 yillarda «Shong» nomli kichik hokimlik xukm surgan. Ularning har ikkalasi devonida «shi»lar faoliyat ko‘rsatib, nafaqat o‘z hokimliklari tarixini toshga, suyakka va xitoy qamishiga yozib borgan, balki u hokimliklarga chegaradosh qabilalar va elatlar haqida ham ma’lumot qoldirganlar. Tarixda ana shunday «shi»lardan Sa Je va Ryuy Sung ismli nilnomachilarning nomi bizgacha yetib kelgan. Mil. avvalgi 1 – ming yillikda «shi» lavozimidagi yilnomachilarning soni ko‘payadi, ular yozadigan ish xajmi ham kengaygan. Xotiralar hukmdorlar istagi asosida bitilib, hukmdorlar «Tangri farzandi» sifatida ilohiylashtiriladi. Ularning faoliyati qonun, ahloq normalari va Tangri amri sifatida