Etnik jarayonlar
Mavzu: Etnik jarayonlar . Reja: 1. Etnoevolyutsion va etnotransformatsion jarayonlar . 2. Etnoajratuvchi jarayonlar . 3. Etnobirlashtiruvchi jarayonlar va Etnoslararo jipslashuvi. 4. Etnodemografik jarayonlar va xalqlarning buyuk ko‘chishi.
Etnoevolyutsion va etnotransformatsion jarayonlar . Garchand etnik umumiylik o‘zining barqarorligi bilan ajralib tursada, lekin ular o‘zgarishsiz qolmaydi. Tarixiy rivojlanish natijasida etnosda ro‘y beradigan turli komponentlar (moddiy va ma’naviy madaniyatning ayrim elementlari, tili, ijtimoiy tuzilishi, o‘zligini anglash va boshqalar) etnik jarayonlar deb ataladi. Etnik umumiylikdagi o‘zgarishlar yoki etnik jarayonlar insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti bilan, shuningdek ularning bevosita mavjud bo‘lishi va o‘zaro ta’siriga bog‘liqdir. Bu o‘zgarishlarga olib keladigan jarayon o‘z ahamiyatiga ko‘ra va etnik umumiylikning u yoki bu tomoniga ta’sir ko‘rsatish darajasiga ko‘ra turli-tuman bo‘lishi mumkin. Ular orasida eng birinchi navbatda barcha etnik jamiyatlarning tarixiy rivojlanish jarayonida yuzaga keladigan tarixiy formatsiyalar zamirida yotadigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ajratib ko‘rsatish kerak. Shuningdek madaniyatning turli elementlarida o‘zgarish orqali aks etadigan ijtimoiy-madaniy jarayonlarni xam ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu jarayonlar til va yozuv o‘zgarishiga, ikki tillilikning keng tarqalishiga yoki butunlay boshqa xalqning tilga o‘tilishiga va boshqalarga olib kelishi mumkin. Etnoslarning qandaydir elementlari va butun ko‘rsatgichini o‘zgarishga olib keladigan, lekin etnik mavjudlikka rahna solmaydigan, etnik tizimni sindirmaydigan jarayonlar etnoevolyutsion yoki etnomadaniy evolyutsiya deb ataladi. Etnotransformatsion jarayonlar deb esa-u yoki bu guruhdagi kishilarning etnik mansubligini o‘zgarishiga, bir etnosning yo‘qolishi va boshqasining vujudga kelishi nisbatan ishlatiladi. Bu holatda gap etnogenetik jarayonlar haqida bormoqda. Etnotransformatsion jarayonlar etnosning asosiy belgisi etnik o‘zlikni o‘zgarishiga olib keladi. Bu jarayonlar odatda juda sekin kechadi, lekin ularning natijalari ancha sezilarlidir. Xususan, zamonaviy Yevropa etnik xaritasi eramiz boshida yevropaga joylashgan xalqlar xaritasiga, xatto eramizning ikkinchi ming yilligi boshidagi xaritaga umuman o‘xshamaydi.
Markazdan uzoqlashish va markazga intilish tendensiyasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, etnik jarayonlar ikki asosiy turdagi guruhga bo‘linadi: etnik ajralish va etnik birlashish. Bu guruhlardagi jarayonlar ham etnoevolyutsion, ham etnotransformatsion, etnoevolyutsion-transformatsion bo‘lishi mumkin. 5.1. Etnoajratuvchi jarayonlar Istalgan tarixiy davrda jamiyat etnik jihatdan birikishga va ajralishga moil bo‘lgan. Etnik jihatdan ajratuvchi jarayonlar ibtidoiy davr uchun xosdir: aholi sonini oshib borishi qabilalarning ajralishiga va odamlarning yer shariga tarqalib ketishiga turtki berdi. Faqat ayrim joylardagina etnik jihatdan ajratuvchi jarayonlar davom etdi va keyinchalik ham sezilarli rol o‘ynadi. Xususan, yevropalik ko‘chmanchilarning Amerikaga, Avstraliya va qisman Afrikaga joylashishi u yerlarda yangi etnoslar shakllanishi bilan bordi. Etnik ajratuvchi jarayon odatda ikki shaklda: etnik parsiatsiya va etnik separatsiya ko‘rinishida ro‘y beradi. Etnik parsiatsiyada ilgari bir bo‘lgan etnosning bir qancha mayda bo‘laklarga bo‘linib ketadi va bunda yangi paydo bo‘lgan etnoslarning xech biri eskisi bilan to‘liq tenglasha olmaydi. Agar ibtidoiy davrda etnik parsiatsiyaning asosiy sababi qabila soining oshib borishi va ayni vaqtda tabiat resurslarining tugashi bo‘lgan bo‘lsa, keyingi davrlarda parsiatsiyaga asosiy sabab davlat chegaralari va etnos miqdori o‘rtasidagi munosabatlar bo‘ldi. Bunga yorqin misol sifatida o‘rta asrlardagi norveglarni, aniqrog‘i qachonlardir o‘zining asl vatanini tark etgan ajdodlarini keltirish mumkin. Norveg vikinglari Angliyada, shimoliy-g‘arbiy Fransiyada va boshqa yerlarda-Irlandiyadan to Rus va Vizantiyagacha bo‘lgan hududlarda harakatlangan. Ko‘p hollarda vikinglar bu hududlarga o‘rnashib qolishgan. Vaqti vaqti bilan ular qirollik, knyazlik va gersogliklarga asos solishgan. Lekin, normandlar o‘rtoqlashgan barcha joyda ular bu yerdagi boshqa xalqlar bilan birlashib oxir-oqibat bitta xalqqa aylanib ketgan. Lekin Irlandiya shimolidagi orolga kelib qolgan normanlar bu yerda o‘zlari keyinchalik bir qismiga aylanib qoladigan xalqni uchratishmadi. Orolda odam yo‘q edi. Atlantika okeanidagi Farer orollarida ham kichik bir halq-
farerliklar yashaydi, ular ham islandlar kabi bu yerga 11 asrda kelib o‘rnashgan norveglarning avlodlari hisoblanadi. Siyosiy ajralish natijasida turli arab xalqlarini paydo bo‘lishiga olib keldi. Xozirgi vaqtda janubiy-osiyo hududida oldingi bengal xalqi o‘rnida yangi ikki xalq- sharqiy bengaliyaliklar va g‘arbiy bengaliyaliklar shakllanayotganligini kuzatish mumkin. Etnik parsiatsiya ajralayotgan etnosning hududiy qo‘shinchiligini yo‘qotmasdan ro‘y berishi mumkin (masalan qadimgi rus etnosining rus, ukrain va beloruslarga ajralishi) yoki bir biridan migratsiya va hududiy uzilishlar orqali uzoqlashishi xam mumkin. Etnik separatsiya (lotincha separation-ajralish, bo‘linish) deyilganda qandaydir bir etnosning bir qismini (odatda unchalik katta bo‘lmagan guruhni) ajralib chiqishi va vaqt o‘tishi bilan mustaqil etnosga aylanishi tushuniladi. Agar etnik parsiatsiyada asosiy etnos amalda yo‘q bo‘lib ketsa, etnik separatsiyada u saqlanib qoladi. Shundan kelib chiqadiki etnik separatsiya faqatgina alohida etnik xalq shakllanishida asos bo‘lgan etnos uchun etnotransformatsion jarayon hisoblanadi. Etnosning asosiy qismi uchun bu jarayon etnik o‘zlikni o‘zgarishiga olib kelmaydi. Etnik separatsiya turli sabablar bilan yuzaga kelishi mumkin: asosiy etnosdan qandaydir bir guruhning ko‘chishi, etnik hududning davlat chegaralari bilan bo‘linishi, etnosning bir qismiga boshqa etnoslarning ta’sir etishi va boshqalar. Etnosning ma’lum bir guruhni chetga ko‘chib o‘tishida u o‘zining yangi makonida mahalliy aholidan ajralib turishi uchun ixcham massiv xosil qilishi kerak. Aks holda u mazkur mamlakatning mahalliy aholisi bilan qo‘shilib ketishidan saqlanishi qiyin bo‘ladi. Tarixda bu kabi ko‘chish natijasida yuzaga kelgan etnik ajralishlar ko‘p bora qayd etilgan. Polineyziya xalqlari ko‘p asrlik etnik separatsiya natijasida shakllandi. Islandlar esa Islandiyaga IX-X asrlarda ko‘chib kelgan norveg migrantlarining avlodlari hisoblanadi. Franko-kanadaliklar xozirgi Kanadaning bir qancha hududlariga XVII-XVIII asrlarda borib qolgan fransuz mustamlakachilarining avlodlaridir.
Siyosiy bo‘linish natijasida yuzaga kelgan etnik separatsiyaga vallonlarning fransuzlardan, elzasliklarning nemislardan, korsikaliklarning italyanlardan ajralib ketishi misol bo‘la oladi. Konfessional (diniy) farq natijasida Efiopiyadagi xararilar, bo‘ljak musulmonlar xristianlikka e’tiqod etuvchi amxardan ajralib chiqdi, Birmada arakan-musulmonlar birmalik-buddistlardan ajralib chiqishdi. 5.2. Etnobirlashtiruvchi jarayonlar va Etnoslararo jipslashuvi. Yakuniy natijaga qarab etnobirlashtiruvchi jarayonlar orasida etnoslararo jipslashuv, etnos ichida jipslashuv, etnik assimilyatsiya, etnoslararo integratsiya va etnogenetikaralashuv ajratib ko‘rsatiladi. Etnik jipslashuv deganda yirik etnos ichida tili va madaniyati bo‘yicha bir necha qardosh etnik jamoalarning yirikroq, ancha yirik jamoaga birlashuvi tushuniladi. Bu turdagi jarayon shuningdek etnogenetik jipslashuv ham deyiladi. Etnoslararo jipslashuv natijasida yaqin qarindosh bo‘lgan qabilalar yoki boshqa kichik guruhlar xalqqa birlashadi, tili va madaniyati yaqin bo‘lgan xalqlar natijasida ko‘plab millatlar shakllangan. Bu turdagi jipslashishga qadimgi rus etnosining sharqiy slavyan qabilalarini; Oltoyning turk (oltoy-kiji, telengit, teleut va boshqa mayda qabilalar) qabilalarini oltoy etnosiga; yovmut, taka, toklen va boshqa qabilalarning birlashuvidan turkmanlarning paydo bo‘lishini misol qilib keltirish mumkin. Ma’lum bir etnik jipslashuv jarayonlari ro‘y beradigan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, etnik va tabiiy sharoitlar odatda xar xil bo‘ladi. Jipslashuvning tezligi esa aholining ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasi va alohida qismlarning xo‘jalik aloqalarini bir-biriga bog‘langanlik darajasi, uning tarqalishi, etnik tuzilmalarning murakkablik darajasi, birikayotgan guruhlarning tilini, madaniyatning, din va irqning yaqinligi, adabiy til bor yoki yo‘qligi va boshqalarga bog‘liq. Etnoslararo jipslashuv natijasida dunyo, hudud yoki mamlakatda u yoki bu etnosning soni qisqarib ketadi. Masalan sobiq SSSRda 1926 yildagi aholini ro‘yxatga olishdan keyin etnoslararo jipslashuv natijasida etnoslar soni to‘rtdan bir miqdorda kamayib ketdi. Sobiq SSSRda 20-30 yillarda etnoslararo birlashuv yirik