Etnik jarayonlar.
![Mavzu: Etnik jarayonlar .
Reja:
1. Etnoevolyutsion va etnotransformatsion jarayonlar .
2. Etnoajratuvchi jarayonlar .
3. Etnobirlashtiruvchi jarayonlar va Etnoslararo jipslashuvi.
4. Etnodemografik jarayonlar va xalqlarning buyuk ko‘chishi.
2](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_1.png)
![5.1. Etnoevolyutsion va etnotransformatsion jarayonlar .
Garchand etnik umumiylik o‘zining barqarorligi bilan ajralib tursada, lekin
ular o‘zgarishsiz qolmaydi. Tarixiy rivojlanish natijasida etnosda ro‘y beradigan
turli komponentlar (moddiy va ma’naviy madaniyatning ayrim elementlari, tili,
ijtimoiy tuzilishi, o‘zligini anglash va boshqalar) etnik jarayonlar deb ataladi. Etnik
umumiylikdagi o‘zgarishlar yoki etnik jarayonlar insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy
va madaniy taraqqiyoti bilan, shuningdek ularning bevosita mavjud bo‘lishi va
o‘zaro ta’siriga bog‘liqdir. Bu o‘zgarishlarga olib keladigan jarayon o‘z
ahamiyatiga ko‘ra va etnik umumiylikning u yoki bu tomoniga ta’sir ko‘rsatish
darajasiga ko‘ra turli-tuman bo‘lishi mumkin.
Ular orasida eng birinchi navbatda barcha etnik jamiyatlarning tarixiy
rivojlanish jarayonida yuzaga keladigan tarixiy formatsiyalar zamirida yotadigan
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ajratib ko‘rsatish kerak. Shuningdek madaniyatning
turli elementlarida o‘zgarish orqali aks etadigan ijtimoiy-madaniy jarayonlarni xam
ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu jarayonlar til va yozuv o‘zgarishiga, ikki tillilikning
keng tarqalishiga yoki butunlay boshqa xalqning tilga o‘tilishiga va boshqalarga
olib kelishi mumkin.
Etnoslarning qandaydir elementlari va butun ko‘rsatgichini o‘zgarishga olib
keladigan, lekin etnik mavjudlikka rahna solmaydigan, etnik tizimni
sindirmaydigan jarayonlar etnoevolyutsion yoki etnomadaniy evolyutsiya deb
ataladi.
Etnotransformatsion jarayonlar deb esa-u yoki bu guruhdagi kishilarning etnik
mansubligini o‘zgarishiga, bir etnosning yo‘qolishi va boshqasining vujudga
kelishi nisbatan ishlatiladi. Bu holatda gap etnogenetik jarayonlar haqida
bormoqda. Etnotransformatsion jarayonlar etnosning asosiy belgisi etnik o‘zlikni
o‘zgarishiga olib keladi. Bu jarayonlar odatda juda sekin kechadi, lekin ularning
natijalari ancha sezilarlidir. Xususan, zamonaviy Yevropa etnik xaritasi eramiz
boshida yevropaga joylashgan xalqlar xaritasiga, xatto eramizning ikkinchi ming
yilligi boshidagi xaritaga umuman o‘xshamaydi.
3](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_2.png)
![Markazdan uzoqlashish va markazga intilish tendensiyasidan kelib chiqadigan
bo‘lsak, etnik jarayonlar ikki asosiy turdagi guruhga bo‘linadi: etnik ajralish va
etnik birlashish. Bu guruhlardagi jarayonlar ham etnoevolyutsion, ham
etnotransformatsion, etnoevolyutsion-transformatsion bo‘lishi mumkin.
5.2. Etnoajratuvchi jarayonlar
Istalgan tarixiy davrda jamiyat etnik jihatdan birikishga va ajralishga moil
bo‘lgan. Etnik jihatdan ajratuvchi jarayonlar ibtidoiy davr uchun xosdir: aholi
sonini oshib borishi qabilalarning ajralishiga va odamlarning yer shariga tarqalib
ketishiga turtki berdi. Faqat ayrim joylardagina etnik jihatdan ajratuvchi jarayonlar
davom etdi va keyinchalik ham sezilarli rol o‘ynadi. Xususan, yevropalik
ko‘chmanchilarning Amerikaga, Avstraliya va qisman Afrikaga joylashishi u
yerlarda yangi etnoslar shakllanishi bilan bordi.
Etnik ajratuvchi jarayon odatda ikki shaklda: etnik parsiatsiya va etnik
separatsiya ko‘rinishida ro‘y beradi. Etnik parsiatsiyada ilgari bir bo‘lgan
etnosning bir qancha mayda bo‘laklarga bo‘linib ketadi va bunda yangi paydo
bo‘lgan etnoslarning xech biri eskisi bilan to‘liq tenglasha olmaydi.
Agar ibtidoiy davrda etnik parsiatsiyaning asosiy sababi qabila soining oshib
borishi va ayni vaqtda tabiat resurslarining tugashi bo‘lgan bo‘lsa, keyingi
davrlarda parsiatsiyaga asosiy sabab davlat chegaralari va etnos miqdori o‘rtasidagi
munosabatlar bo‘ldi.
Bunga yorqin misol sifatida o‘rta asrlardagi norveglarni, aniqrog‘i
qachonlardir o‘zining asl vatanini tark etgan ajdodlarini keltirish mumkin. Norveg
vikinglari Angliyada, shimoliy-g‘arbiy Fransiyada va boshqa yerlarda-Irlandiyadan
to Rus va Vizantiyagacha bo‘lgan hududlarda harakatlangan. Ko‘p hollarda
vikinglar bu hududlarga o‘rnashib qolishgan. Vaqti vaqti bilan ular qirollik,
knyazlik va gersogliklarga asos solishgan. Lekin, normandlar o‘rtoqlashgan
barcha joyda ular bu yerdagi boshqa xalqlar bilan birlashib oxir-oqibat bitta xalqqa
aylanib ketgan. Lekin Irlandiya shimolidagi orolga kelib qolgan normanlar bu
yerda o‘zlari keyinchalik bir qismiga aylanib qoladigan xalqni uchratishmadi.
Orolda odam yo‘q edi. Atlantika okeanidagi Farer orollarida ham kichik bir halq-
4](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_3.png)
![farerliklar yashaydi, ular ham islandlar kabi bu yerga 11 asrda kelib o‘rnashgan
norveglarning avlodlari hisoblanadi.
Siyosiy ajralish natijasida turli arab xalqlarini paydo bo‘lishiga olib keldi.
Xozirgi vaqtda janubiy-osiyo hududida oldingi bengal xalqi o‘rnida yangi ikki
xalq- sharqiy bengaliyaliklar va g‘arbiy bengaliyaliklar shakllanayotganligini
kuzatish mumkin. Etnik parsiatsiya ajralayotgan etnosning hududiy
qo‘shinchiligini yo‘qotmasdan ro‘y berishi mumkin (masalan qadimgi rus
etnosining rus, ukrain va beloruslarga ajralishi) yoki bir biridan migratsiya va
hududiy uzilishlar orqali uzoqlashishi xam mumkin.
Etnik separatsiya (lotincha separation-ajralish, bo‘linish) deyilganda
qandaydir bir etnosning bir qismini (odatda unchalik katta bo‘lmagan guruhni)
ajralib chiqishi va vaqt o‘tishi bilan mustaqil etnosga aylanishi tushuniladi. Agar
etnik parsiatsiyada asosiy etnos amalda yo‘q bo‘lib ketsa, etnik separatsiyada u
saqlanib qoladi. Shundan kelib chiqadiki etnik separatsiya faqatgina alohida etnik
xalq shakllanishida asos bo‘lgan etnos uchun etnotransformatsion jarayon
hisoblanadi. Etnosning asosiy qismi uchun bu jarayon etnik o‘zlikni o‘zgarishiga
olib kelmaydi.
Etnik separatsiya turli sabablar bilan yuzaga kelishi mumkin: asosiy etnosdan
qandaydir bir guruhning ko‘chishi, etnik hududning davlat chegaralari bilan
bo‘linishi, etnosning bir qismiga boshqa etnoslarning ta’sir etishi va boshqalar.
Etnosning ma’lum bir guruhni chetga ko‘chib o‘tishida u o‘zining yangi
makonida mahalliy aholidan ajralib turishi uchun ixcham massiv xosil qilishi
kerak. Aks holda u mazkur mamlakatning mahalliy aholisi bilan qo‘shilib
ketishidan saqlanishi qiyin bo‘ladi.
Tarixda bu kabi ko‘chish natijasida yuzaga kelgan etnik ajralishlar ko‘p bora
qayd etilgan. Polineyziya xalqlari ko‘p asrlik etnik separatsiya natijasida
shakllandi. Islandlar esa Islandiyaga IX-X asrlarda ko‘chib kelgan norveg
migrantlarining avlodlari hisoblanadi. Franko-kanadaliklar xozirgi Kanadaning bir
qancha hududlariga XVII-XVIII asrlarda borib qolgan fransuz
mustamlakachilarining avlodlaridir.
5](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_4.png)
![Siyosiy bo‘linish natijasida yuzaga kelgan etnik separatsiyaga vallonlarning
fransuzlardan, elzasliklarning nemislardan, korsikaliklarning italyanlardan ajralib
ketishi misol bo‘la oladi.
Konfessional (diniy) farq natijasida Efiopiyadagi xararilar, bo‘ljak
musulmonlar xristianlikka e’tiqod etuvchi amxardan ajralib chiqdi, Birmada
arakan-musulmonlar birmalik-buddistlardan ajralib chiqishdi.
5.3. Etnobirlashtiruvchi jarayonlar va Etnoslararo jipslashuvi.
Yakuniy natijaga qarab etnobirlashtiruvchi jarayonlar orasida etnoslararo
jipslashuv, etnos ichida jipslashuv, etnik assimilyatsiya, etnoslararo integratsiya va
etnogenetikaralashuv ajratib ko‘rsatiladi.
Etnik jipslashuv deganda yirik etnos ichida tili va madaniyati bo‘yicha bir
necha qardosh etnik jamoalarning yirikroq, ancha yirik jamoaga birlashuvi
tushuniladi. Bu turdagi jarayon shuningdek etnogenetik jipslashuv ham deyiladi.
Etnoslararo jipslashuv natijasida yaqin qarindosh bo‘lgan qabilalar yoki boshqa
kichik guruhlar xalqqa birlashadi, tili va madaniyati yaqin bo‘lgan xalqlar
natijasida ko‘plab millatlar shakllangan.
Bu turdagi jipslashishga qadimgi rus etnosining sharqiy slavyan qabilalarini;
Oltoyning turk (oltoy-kiji, telengit, teleut va boshqa mayda qabilalar) qabilalarini
oltoy etnosiga; yovmut, taka, toklen va boshqa qabilalarning birlashuvidan
turkmanlarning paydo bo‘lishini misol qilib keltirish mumkin. Ma’lum bir etnik
jipslashuv jarayonlari ro‘y beradigan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, etnik va tabiiy
sharoitlar odatda xar xil bo‘ladi. Jipslashuvning tezligi esa aholining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasi va alohida qismlarning xo‘jalik aloqalarini bir-biriga
bog‘langanlik darajasi, uning tarqalishi, etnik tuzilmalarning murakkablik darajasi,
birikayotgan guruhlarning tilini, madaniyatning, din va irqning yaqinligi, adabiy til
bor yoki yo‘qligi va boshqalarga bog‘liq.
Etnoslararo jipslashuv natijasida dunyo, hudud yoki mamlakatda u yoki bu
etnosning soni qisqarib ketadi. Masalan sobiq SSSRda 1926 yildagi aholini
ro‘yxatga olishdan keyin etnoslararo jipslashuv natijasida etnoslar soni to‘rtdan bir
miqdorda kamayib ketdi. Sobiq SSSRda 20-30 yillarda etnoslararo birlashuv yirik
6](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_5.png)
![xalqlar ichida tili va madaniyati bir-biriga yaqin bo‘lgan etnoslarning birlashuvida
ko‘rinadi. Jipslashuv jarayoni natijasida O‘rta Osiyo, Sibir, Shimoliy Kavkaz,
Kavkaz orti hududlaridagi ko‘pgina xalqlar shakllandi. Xususan, megrellar va
lazlarning asosiy qismi gruzinlar bilan; qipchoqlar, quramalar va turklar-o‘zbeklar
bilan; misharlar, kryashenlar va nag‘aybaqlar-tatarlar bilan birlashdi.
Xozirgi vaqtdagi etnoslararo jipslashuv asosan rivojlanayotgan davlatlarning
aholisi uchun xos hususiyatdir. Masalan, Nigeriyada aholisi sezilarli bo‘lgan
etnoslar-xauslar,yorubalar, ibolar, ibibiolar va boshqalar-bir-biriga qarindosh
bo‘lgan qabilalardan tashkil topgan. Zairning shimolida ngala, bangi, ngombe va
boshqalar mingal tili asosidagi yirik etnosga birlashadi. Keniyada Viktoriya
ko‘lining shimoliy va shariy sohillari bo‘ylab joylashgan qardosh etnoslar va eng
birinchi navbatda Kavirondon bantusi deb atalgan xalqlar yagona luxya etnosiga
birlashgan.
Etnoslararo jipslashuv bir qator Osiyo davlatlari uchun ham xosdir. Masalan,
Mo‘g‘ilistonda mo‘g‘ullarning asosiy bo‘lgan xalxaga dorigancha, dyurbentlar,
bayatlar va boshqalar birlashadi. Indoneziyada Kalimantanning ichki hududlarida
yashovchi ko‘p sonli dayak etnosi yagona dayak xalqiga birlashish jarayonida
ekanligini kuzatish mumkin.
Etnoslararo jipslashuvning eng muhim tomoni tezlik bilan yagona tilning
o‘rnatilishidir; boshqa hollarda tildagi farq ancha uzoq vaqt saqlanib qoladi, biroq
ma’lum bir etnoijtimoiy birlik tez paydo bo‘ladi. O‘z ko‘lamiga ko‘ra etnoslararo
jipslashuv keng xususiyat kasb etgan vaqtda birgina etnos butun mamlakatdagi
aholi va katta hududga singib ketadi. (makrojipslashuv).
Etnoslararo jipslashuv etnos ichidagi jipslashuv bilan uzviy bog‘liq va vaqti
bilan ikkinchi darajaga o‘tishi mumkin. Ba’zi paytlarda ularni farqlash qiyin
kechadi. Lekin shunga qaramay bu jarayonlarning mohiyati turlicha. Etnoslararo
jipslashuv jarayonida etnik o‘zlikni anglash o‘zgaradi, ya’ni u etnotransformatsion
hususiyat kasb etadi; etnos ichidagi jipslashuv o‘zlikni anglashni o‘zgarishiga olib
kelmaydi ya’ni u o‘z xususiyatiga ko‘ra etnoevolyutsiondir.
7](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_6.png)
![Etnoslararo jipslashuv ba’zan erkin va ixtiyoriy yoki majburiy, zo‘ravonlik
yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu birinchi navbatda mamlakatda o‘rnatilgan siyosiy
tuzumning xususiyatiga bog‘liq. Majburiy etnik jipslashuv etnik o‘zlikni
mustaqlligini buzishga asoslangan bo‘lib, etnik o‘ziga xoslikni rad etadi,
antidemokratik va kam sonli etnoslarga chuqur psixologik zarba berishi mumkin.
Etnos ichida jipslashuv
Etnos ichida jipslashuv deganda ancha yirik xalq ichidagi subetnik va
etnografik guruhlarni birikish jarayoni nazarda tutiladi. Etnos ichida jipslashuv
madaniy-kundalik turmushdagi farqlarni yagona umumiy etnik o‘zlikni anglashni
mustahkamlash orqali amalga oshadi. Jipslashuvning bu turi xozirgi sharoitda
yagona adabiy tilning keng tarqalishi, maqbul ommaviy axborot vositalarining
rivojlantirilishi, professional madaniyatning o‘sishi va boshqalar orqali amalga
oshiriladi.
Etnos ichidagi jipslashuv xozirgi kunda keng tarqalgan va bu jarayon asosan
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlangan etnoslar, birinchi navbatda
yevropa xalqlari orasida jadal bormoqda. Fransiyada, masalan burgundlar,
savoyyaliklar, provansallar, gaskonlar va boshqalar fransuz millatiga
jipslashmoqda. Mamlakat janubida fransuz tili bu yerdagi qishloq hududlarda keng
tarqalgan provansal tilini siqib chiqarmoqda. Italiyada yaqin yaqingacha madaniy
va dialektik jihatdan sezilarli farqqa ega bo‘lgan pyemontliklar, lombardiyaliklar,
toskanaliklar, sitsiliyaliklar bir-biri bilan jipslashmoqda.
Etnos ichida jipslashish jarayoniga eng birinchi navbatda yirik etnosning
mayda subetnoslar yoki etnografik guruhlar o‘rtasidagi farqlarini yo‘qotish
xisobiga jipslashishi kiradi. (masalan ukrainlar orasida-gutsullar, lemkilar,
boykilar). Ruslar orasida pomor va kerjaklarning ruslarning asosiy aholisi bilan
birlashish jarayoni tezlashishi rus etnosining gomogenligini oshirmoqda. Gruzin
xalqlari: kaxetinsalar, kartliytsalar, mesxamlar, imeretinlar, guriylar, xevsuralar va
boshqalar o‘rtasidagi madaniy farq sezilarli darajada kamaydi.
Etnos ichidagi jipslashuv o‘z mazmuniga ko‘ra- etnoevolyutsion jarayon va
tabiiy ravishda, bosqichma-bosqich amalga oshadi. Jipslashish jarayonini
8](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_7.png)
![tezlashtirib, ta’sir ko‘rsatadigan omil bir mamlakat yoki avtonomiya hududida
etnoslarning siyosiy jihatan birlashtirilishidir. Etnos ichidagi jipslashuv millat
shakllanish jarayoniga xosdir.
Etnogenetik aralashuv
Etnogenetik aralashuv-etnoslarni birlashtiruvchi jarayonlardan biri bo‘lib, bir
necha qarindosh bo‘lmagan etnoslarning (yoki bir qism etnoslarning) aralashuvi
bo‘lib, uning natijasida yangi etnos xosil bo‘ladi. Yangi paydo bo‘lgan etnik jamoa
unga kirgan madaniyatlarning uyg‘unligi bo‘lib, bu elementlarning bir qismi
ustunroq bo‘lsa, boshqalari substrat vazifasini o‘taydi.
Etnogenetik aralashuvni odatda etnik birlashtiruvchi jarayonlardan ajratish
mushkul bo‘ladi va shu munosabat bilan ular yaqindagina alohida tur sifatida
ajratildi. Etnogenetik aralashuv assimilyatsiya jarayoniga juda yaqindir, masalan
qadimgi rus etnosini shakllanishida sharqiy slavyanlar, fin-ugorlar va boltiq
elementlarini birlashtirilishi. Birlashish jarayoni odatda asosan hududiy aralashuv
va ko‘p hollarda aloqa qilayotgan etnoslarni aralashuvini tezlashtirgan etnoslararo
nikohlar bilan bog‘liq. Etnogenetik aralashuv asosan Lotin Amerikasi xalqlariga
xos bo‘lib bu yerda turli irq va etnotilli guruhlardan vujudga kelgan mustaqil
davlatlar chegarasida bir qancha yirik xalqlar (braziliyaliklar, meksikaliklar,
kolumbiyaliklar va boshqalar) paydo bo‘ldi.
Etnoslararo integratsiya
Etnoslararo integratsiya deyilganda turli etnoslarning yagona etosga
birlashmasdan o‘zaro yaqinlashish jarayoni tushuniladi. Etnoslararo integratsiya
biror davlat yoki qandaydir bir yirik hudud doirasida til va madaniyati jihatidan
bir-biridan sezilarli darajada farq qiluvchi etnoslarning ularni umumiy
xususiyatlari paydo bo‘lishi bilan yaqinlashish jarayoni tushuniladi. Buning
natijasida alohida etnoslararo jamoa paydo bo‘ladi va u bir guruh etnoslar
(superetnos)dan iborat bo‘lib umumiy o‘zlikni anglash belgilari ularni birlashtirib
turadi. Bu jarayon uzoq hukm surayotgan barcha polietnik davlatlar uchun xosdir.
Ular u yoki bu kurinishda Rim, Usmoniylar, Rossiya imperiyasida qayd etilgan.
Etnoslararo birlik sobiq sovet davlatida shakllangan edi va bu jarayon xozirda
9](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_8.png)
![Rossiya Federatsiyasida davom etmoqda. Etnoslararo integratsiyani keng targ‘ib
qilish yetuk kapitalizm davrida ayniqsa keng tarqaldi va xalqlarning aralashuvi
milliylik chegaralarni buzdi.
Xozirgi vaqtda etnoslararo integratsiya bir qancha rivojlangan davlatlarda,
masalan AQSH, Kanada, Shveytsariya, Ispaniya va boshqalarda keng tarqalgan.
Sobiq SSSRda etnoslararo integratsiya asosan tarixiy-geografik hududlar bo‘ylab
(masalan O‘rta Osiyo xalqlari, Boltiq bo‘yi, Volga bo‘yi va boshqalar) va
mamlakatdan chetda ham kuzatilgan. Buning natijasida ancha ziddiyatli bo‘lsada
kishilarning millatlar aro birlashmasi-sovet xalqi shakllandi va ular iqtisodiy va
g‘oyaviy jihatdan birlashgan edilar. Mazkur jarayon SSSRning qulashi bilan
to‘xtab qoldi.
Etnoslararo integratsiya jarayonida Rossiyada davlat-siyosiy ko‘p millatli
odamlar jamoasi-rossiyaliklar shakllanmoqda. Rossiyalik etnoslararo jamoani
yagona hudud, iqtisodiy xayotning birligi, turmush tarzidagi umumiylik,
madaniyat, umumiy til-xozirgi vaqtda aholining 98% gaplashadigan rus tili, tarixiy
taqdirlar va manfaatlar birligi birlashtirib turibdi. Rossiyaliklar-polietnik, ko‘p
millatli, 150 ga yaqin xalq va etnoslarni birlashtirgan jamoadir. Shunday ekan bu
jamoa o‘z belgilariga ega bo‘lgan millatdan kengroqdir. Ayni vaqtda
rossiyaliklarda milliy asosdan uzilgan suniylik yo‘q. “Rossiyaliklar” dialektik va
ijtimoiy jihatdan, milliy va baynalminalchilik borasida ham bir-biriga mosdir.
Etnoslararo integratsiya aholining etnik tuzilishi murakkab bo‘lishiga
qaramay Osiyo va Afrikaning rivojlanayotgan davlatlari uchun ham xos
xususiyatdir. Bir nechta Osiyo davlatlari (Hindiston, Pokiston, Indoneziya va
boshqalar)da ko‘p millionli etnoslararo birlik shakllanmoqda. Lotin Amerikasi va
Okeaniyadagi bir qator davlatlarda ham etnoslararo ntegratsiya jarayonlari
ketmoqda. Bu jarayon natijasida vujudga kelgan jamoa nafaqat davlat-siyosiy,
balkim etnomadaniy, metaetnik xususiyat xam kasb etmoqda. Biroq etnoslararo
integratsiyadan etnik aralashuv va etnik jipslashuvni farqlash kerak.
5.4. Etnodemografik jarayonlar
10](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_9.png)
![XX asrda Yer shari aholisi jadal sur’atda ko‘payib borgan. Ona zaminda
istiqomat qilayotgan odamlar soni 3 mlrd.dan oshgan, yoki amalda 3 baravarga
ko‘paygan. Bunda Lotin Amerikasi (6,1 marta) va Afrika mamlakatlarida (4,7
marta) ko‘paygan bo‘lsa, Yevropa aholisi (1,7 marta) va sobiq SSSR aholisi (2,1
marta) nisbatan kam ko‘paygan. Bunday nomutanosiblikning asosiy sabablari
migratsion jarayonlar (aholining ommaviy ravishda bir hududdan ikkinchisiga
ko‘chib o‘tishi natijasida Shimoliy va Lotin Amerikasi, Avstraliya va Yangi
Zelandiya aholisi jiddiy tarzda ko‘paygan), XX asrda bo‘lib o‘tgan jahon urushlari,
ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlanayotgan davlatlarda aholi sonining tabiiy
tarzda juda tezlik bilan ko‘payishi bo‘lgan. Yer shari aholisi 1 mlrd. ga taxminan
1820 yilda, 2 mlrd.ga 1927 yilda (oradan 107 yil o‘tgandan keyin), 3 mlrd.ga 1959
yilda (32 yildan keyin), 4 mlrd.ga 1974 yil(14 yildan keyin), 5 mlrd.ga 1987 yil(13
yildan keyin), BMT ma’lumotiga ko‘ra 1999 yilda yer shari aholisi 6 milliard
kishiga yetib qoldi va shundan 80% rivojlanayotgan davlatlarda yashaydi.
XX asr oxiriga kelib yer sharidagi ikki mamlakat aholisi Xitoy -1.2 mlrd va
Hindiston 1 mlrd.dan ortiqni tashkil etdi. Yettita davlat (AQSH, Indoneziya,
Rossiya, Braziliya, Yaponiya, Nigeriya, Pokiston)da 100 mln. odam istiqomat
qiladi.
Hozirgi kunda dunyoda o‘z suverenitetiga va doimiy aholisiga ega bo‘lgan
225 mamlakat mavjud. Barcha mamlakatlarda yashovchi kishilar soni bir xil
meyorda bo‘lmagan. Yuqorida nomlari zikr etilgan mamlakatlarda yerdagi jami
aholining qariyb 60% yashagan. Shu bilan birga 62 ta yirik mamlakatlarda (aholisi
soni 10 mln.dan oshiq bo‘lgan) yerdagi aholining qariyb 95 % istiqomat qiladi.
Dunyoda aholisi soni juda ham kam bo‘lgan 38 ta «mitti» mamlakatlar ham
mavjud bo‘lib, ularda jami umumiy hisobda qariyb 1 mln.ga yaqin aholi yashaydi.
Etnik jarayonlarga XX asr 30 yillar birinchi yarmida yuz bergan iqtisodiy
inqiroz va dunyoning yirik davlatlarining siyosiy o‘zgarishlari ham sezilarli
darajada ta’sir qilgan. 30 yillarga kelib dunyo bo‘yicha aholining yillik o‘sish
darajasi 1% ga kamayib ketgan. Jumladan, 1935 yilda Fransiyada tug‘ilish
o‘limdan kamayib ketgan. Shuningdek, AQSH aholisining tabiiy o‘sishi ham
11](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_10.png)
![pasayib ketgan, bu davrda Osiyo aholisining yillik o‘sishi esa 30% ga kamayib
ketgan. Faqatgina Lotin Amerikasi davlatlarida aholining yillik o‘sishi
kamaymagan bo‘lib, bu hududda aholining yillik o‘sishi 1,8% ga ko‘paygan.
XX asrdagi etnik jarayonlarga ta’sir qilgan sabablardan eng muhimlaridan
biri, shubhasiz ikkinchi jahon urushi bo‘lgan. Aynan mazkur urush natijasida
qariyb 50 mln. kishi qurbon bo‘lgan. Urush yillarida faqat Amerika va Avstraliya
aholisigina ko‘paygan. Ayniqsa, Lotin Amerikasi mamlakatlariga urushdan so‘ng
vayron bo‘lgan Farbiy Yevropadan ko‘chib borgan emigrantlar hisobiga 2,5% ga
ko‘paygan.
XX asrning 50-yillarida dunyo miqyosidagi etnik jarayonlar oldingi o‘n
yilliklardan tubdan farq qilgan. Bu davrda sodir bo‘lgan eng muhim
o‘zgarishlardan biri «demografik portlash» bo‘lib, oldingi davrlardan umuman
farqli bo‘lgan. Mazkur yillarda garchi tug‘ilish kamaygan bo‘lsa-da aholini
o‘rtacha yoshining o‘sishi va o‘limning kamayishi hisobiga aholi soni ortib borgan.
Ayniqsa, 60 yillar boshlariga kelib dunyo bo‘yicha o‘lim 2 %ga, ayrim Janubiy
Amerika mamlakatlarida, Afrika va Osiyoda 3% ga kamaygan. Natijada 1950 -
1983 yillar davomida aholi soni deyarli ikki baravarga ko‘paygan. Shu bilan birga
ko‘plab Yevropa mamlakatlarida aholi soni 25% ga ko‘paygan.
Oxirgi o‘n yilliklarda Osiyo aholisining o‘sishi garchi sekin tarzda bo‘lsa-da
kamayib bormoqda (60 yillarda 2,2% bo‘lgan bo‘lsa, 80 yillar boshiga kelib 1,8%
bo‘lgan). Arab mamlakatlarida, Pokiston, Malayziya va Filippin kabi
mamlakatlarda aholining sonini o‘sishi an’anaviy tarzda yuqori bo‘lib qolmoqda.
Umuman olganda, mazkur mintaqadagi aholi sonining ko‘payishi umumiy aholi
o‘sishining qariyb 60% iga to‘g‘ri keladi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida o‘lim sur’atining jiddiy tarzda kamayishi
mazkur mintaqani ikkinchi jahon urushidan keyin aholi soni ortishi bo‘yicha dunyo
miqyosida birinchi o‘ringa chiqishiga sabab bo‘lgan. Biroq mazkur mintaqada 60 -
yillardan boshlab tug‘ilish sur’ati jiddiy tarzda kamaya boshlagan va bu aholi
sonining o‘sish darajasiga ta’sir qilgan hamda aholi soni oldingi 20 yil darajada
saqlanib qolgan.
12](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_11.png)
![Afrika mamlakatlarida etnik jarayonlar birmuncha boshqacha tarzda
kechgan bo‘lib, bu yerda urushdan keyin eng ko‘p tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichini
kuzatish mumkin. Faqatgina 60-yillardan boshlab o‘lim sur’ati ma’lum ma’noda
kamaya boshlagan. Biroq mazkur mintaqa tug‘ilishning ko‘pligi bois aholi
sonining o‘sishi bo‘yicha dunyo miqyosida yetakchi o‘rinlarda turgan. 60 yillardan
boshlab Afrika aholi sonining yillik ko‘payishi bo‘yicha Lotin Amerikasi
mamlakatlaridan o‘tib ketgan. Afrika mamlakatlarining oxirgi o‘n yilliklardagi
aholisining ko‘payish sur’ati 15 mln. kishini tashkil etadi.
Zamonaviy etnologiyada etnoslarni tasniflash prinsiplari turli-tumanligi
bilan farqlanib turadi; etnologiyadagi zamonaviy nazariyalar etnologiya va unga
yondosh bo‘lgan qator fanlarning ma’lum bir etnos yoki etnik guruhning
boshqasidan farqli xususiyatlarini anglatuvchi meyorlar asosida yaratilgan.
Qolaversa nazariyalar bajarilayotgan u yoki bu tadqiqotning maqsadidan kelib
chiqib ham turfa xil bo‘lishi mumkin. Tasniflashning ayrim meyorlari birinchi
navbatda xalqlarning etnik mansubligiga, ularning shakllanish tarixiga asoslansa,
avvalo tilshunoslikning tarixiy-qiyosiy usullari, antropologiya, moddiy va
ma’naviy madaniyat to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlar katta ahamiyat
kasb etadi. Boshqa meyorlar etnik mansubligidan mustasno bo‘lgan turli xalqlar va
ularning guruhlariga tegishli boshqa xususiyatlar tahlilidan va etnik aloqalar
o‘rnatilganligi yoki mavjud emasligidan kelib chiqib belgilanadi. Xalqlarni
tasniflashda avvalo xo‘jalik yuritish meyorlari asos qilib olingan bo‘lib, bunda
avvalo tabiiy-geografik muhitga asosiy ahamiyat berilgan etnik va madaniy
an’analar esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu ijtimoiy munosabatlar
taraqqiyoti darajasidagi xalqlar guruhiga, shuningdek, diniy mansubligi bilan ham
bog‘liq bo‘lgan.
Ushbu antropologik meyorlardan kelib chiqqan holda barcha xalqlar
geografik, antropologik, til belgilari va xo‘jalik yuritish an’analariga ko‘ra tadqiq
qilinadi hamda turli tarzda tasniflanadi.
Yer shari aholisining dinamikasini uning tabiiy harakati ya’ni tug‘ilish va
o‘lim miqdorining nisbati belgilab beradi. Bir qator davlatlar va dunyoning katta
13](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_12.png)
![qismida aholi sonini o‘zgarishiga migratsion jarayonlar ham kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan, XIX asrning bir necha o‘n yillari davomida AQSH, Kanada,
Avstraliya va Yangi Zelandiyaga immigratsiya miqdori bu yerdagi tabiiy o‘sish
miqdoridan yuqori bo‘lgan. Irlandiyada esa aksincha tug‘ilish soni o‘lim
miqdoridan ancha ko‘p bo‘lishiga qaramay aholi soni emigratsiya hisobiga
kamayib borgan.
Dunyoning demografik xolati bir xil emas. Agar sanoati rivojlangan ko‘pgina
davlatlar, xususan Sharqiy Yevropa va MDHning ko‘pgina davlatlarida tug‘ilish
miqdori kamayishi kuzatilayotgan bo‘lsa, ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlarda
aholi sonini tez suratlarda o‘sishi odatiy holat hisoblanadi. 60-yillarning oxirlarida
kuzatilgan aholi sonini o‘rtacha o‘sishining sekinlashishi yaqin 10 yillikda
aholining mutloq o‘sishiga ta’sir etishga ojizlik qiladi. Dunyo aholisini yuqori
suratlarda o‘sishini saqlanib qolishi Afrika va Osiyoning bir qator davlatlari
aholisining soni o‘sib borishi hisobiga saqlanib qolmoqda. Xozirgi kunda Afrika
qit’asida tug‘ilish miqdori dunyo bo‘yicha eng yuqori bo‘lib-1000 kishiga 46 kishi
to‘g‘ri kelmoqda. (G‘arbiy Yevropada-14 kishi). Zamonaviy demografik
jarayondarning muhim elementi aholining “qarishi” hisoblanadi. Agar 50 yillarda
yoshi 60 dan oshgan aholi soni 7.7% tashkil etgan bo‘lsa, xozirgi 100 yillikning
oxiriga kelib bu yoshdagilar miqdori 11 % dan oshdi.
Aholi sonining notekis o‘sishi XX asr oxiriga kelib sezilarli darajada o‘zgardi.
Xorijiy Yevropa aholisi soni 10%, Xorijiy osiyo aholisi 59.0%, Afrika-13.4%,
Shimoliy Amerika (Meksikadan tashqari)-5.0%, Lotin Amerikasi-9.2%, Avstraliya
va Okeaniya-0.5%. 1950 yil bilan solishtirganda Afrikaning ulushi bir yarim
barobar oshgan. Rivojlangan davlatlar guruhiga kelsak ularning Yer shari aholisi
miqdoridagi ulushi 21% (1950-32,9%) tushib ketgan holda rivojlanayotgan
davlatlarning miqdori 78% gacha ko‘tarildi.
Rivojlanayotgan davlatlarda aholi sonining oxirgi o‘n yillikda yuqori
suratlarda o‘sishiga asosiy sabab yuqori tug‘ilish surati saqlanib qolgan holda
o‘lim darajasi kamayishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy-iqtisodiy shakllanish va
urbanizatsiya “tug‘ilish miqdoriga” o‘ziga xos ta’sir o‘tkazishi kerak edi, biroq bu
14](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_13.png)
![holat mazkur davlatlardagi “ko‘p bolalilik” bilan to‘ldirildi. Shuning uchun ham
tug‘ilish dinamikasini tadqiq etayotgan olimlar bu masalani o‘rganish jarayonida
xalqlarning o‘ziga xos etnik belgilari, ularning an’analari, diniy e’tiqodi, turmush-
tarzi, urf-odatlari, an’analari, shuningdek ijtimoiy-psixologik faktorlar: qarashlar,
tartiblar, xurofotlarga ham alohida e’tibor qaratishmoqda.
Rivojlangan davlatlarda tug‘ilishning o‘rtacha miqdori rivojlanayotgan
davlatlarga qaraganda ikki barobar kam. Tug‘ilish darajasi eng yuqori bo‘lgan
o‘nta davlat Afrikada qayd etilgan: Keniya, Malavi, Niger va Botsvanada-50%
ortiq, Mavritaniya, Ruanda, Benin, Gambiya, Nigeriya va Svazilendda-48%.
Tug‘ilish miqdori eng kam davlatlar-Germaniya, Daniya, Italiya, Avstriya,
Shvetsiya, Shveytsariya, Lyuksemburg, Vengriya, Rossiyada tug‘ilish darajasi-
12% dan kam. Dunyoning ko‘pgina davlatlarida tug‘ilish miqdori o‘rtacha holatda
saqlanib qolmoqda.
Dunyoning turli mamlakatlarida oilaning tuzilishi ham bir-biridan keskin farq
qiladi. Rivojlangan davlatlarda er va xotin, ularning bolalari (kichik oila) ustunlik
qilsa rivojlanayotgan davlatlarda uch avlodli oila (ota onalar, ularning farzandlari
va nabiralari)lar soni ancha yuqori. Kichik oila miqdori yuqori bo‘lgan davlatlar
asosan Yevropa va Shimoliy Amerikada. Bu mintaqalar tug‘ilish darajasi past va
qariya so‘qqaboshlar miqdori ko‘pligi bilan ajralib turadi. Xususan, Avstraliya,
Belgiya, Buyuk Britaniya, Shveytsariyada oilaning o‘rtacha miqdori-2.9 kishidan,
Daniyada-2.8 kishidan, Germaniyada-2.7 kishidan, Shvetsiyada-2.6, AQShda-3.1
kishidan iboratdir. Bir qator rivojlanayotgan davlatlarda oilaning o‘rtacha miqdori
ikki barobar ko‘p: Eronda-6.0, Suriyada-5.9, Filippin va Tailandda-5.8, Pokiston
va Kosta-Rikada-5.7, Gondurasda-5.6 kishini tashkil etadi. Sobiq SSSRda 80-
yillarning oxirida oilaning o‘rtacha miqdori 3.5 kishi bo‘lishiga qaramay hududlar
kesimida bu ko‘rsatgich keskin farq qiladi (Latviya va Estoniyada-3 kishi bo‘lsa,
Tojikistonda-5.7, O‘zbekistonda-5.5 va boshqalar). Rossiyada 90-yillarning
boshlariga kelib oila a’zolari soni oldingi davrga nisbatan sezilarli darajada
kamayib ketdi.
Etnomigratsion jarayonlar
15](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_14.png)
![Etnomigratsion jarayonlar turli millatga mansub kishilar tomonidan boshqa
davlatlar, hududlar, shaharlar va aholi turar joylariga borib joylashishdan iboratdir.
Migratsiya (lotincha migration-ko‘chish) ichki (mamlakat ichida bir
xududdan boshqasiga ko‘chib o‘tish) va tashqi (bir davlatdan boshqasiga)
ko‘rinishlarga ega. Shuningdek immigratsiya atamasi ham ishlatiladi-bu chet
elliklarning qandaydir bir davlatga doimiy yashash uchun kirishi va emigratsiya –
turli sabablar (iqtisodiy, siyosiy, diniy va boshqalar) bilan boshqa davlatlarga
doimiy yashash uchun ko‘chib ketishdir.
Ko‘p hollarda “emigratsiya” atamasi biror-bir davlatda yashayotgan
emigrantlar miqdoriga nisbatan aytiladi.
Emigratsion jarayonlarning shartlari:
- hududlar bo‘ylab turmush tarzining farqi va darajasi;
- ishlab chiqarish va ish joylarining o‘zgarishi;
- mexnat resurslarining ko‘lami, xususiyati va xududiy farqlari, hududlar
bo‘ylab mehnat resurslari va ish joylarini solishtirma o‘sishi;
- siyosiy, milliy, irqiy kamsitilish;
- millatlararo, etnoslararo ziddiyatlar va urushlar.
Emigratsion jarayonlar turli millatga mansub kishilarning aralashuvida va
ko‘p millatli hududlar va o‘lkalar vujudga kelishida muhim mexanizmdir.
Xususan, emigratsion jarayonlar natijasida sobiq SSSRdagi barcha milliy
davlatlarda aholi ko‘p millatli bo‘ldi. Rossiyada nafaqat viloyatlar, o‘lkalar,
viloyatlar va yirik shaharlar balkim kichik posyolkalar ham ko‘p millatli bo‘ldi.
SSSRning qulashi va mustaqil davlatlar tashkil topishi bilan emigratsion
jarayonlar kuchaydi. Migratsion jarayonlar asosan bir yo‘nalishda bormoqda: etnik
ruslar yaqin xorijdan Rossiyaga qaytib kela boshladi. Rossiyaga kelgan qochoqlar
va ko‘chib kelganlar orasida turli millat vakillari bor.
Xalqlarning buyuk ko‘chishi
Migratsiya qadim zamondan ro‘y berib kelayotgan jarayondir. Zamonaviy
dunyoning etnik xaritasi etnoslararo migratsion jarayonlar natijasida shakllanadi.
Yevropa, Amerika va Shimoliy Afrikaning etnik tarixida IV-IX asrlarda ro‘y
16](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_15.png)
![bergan xalqlarning buyuk ko‘chishi muhim ahamiyatga ega. Aynan shu davrda
slavyanlarning Sharqiy Yevropa bo‘ylab joylashuvi ro‘y bergan va ular tomonidan
butun Bolqon yarimoroli o‘zlashtirildi. Germanlar Markaziy va Shimoliy Yevropa
bo‘ylab tarqalishdi va ular ilgari keltlar yashagan Britaniya orollariga ham kirib
borishdi.
VIII-IX asrlarda Janubiy Ural va O‘rta Dunayga vengerlar (madyarlar) kelib
joylashdi va ular tili bo‘yicha G‘arbiy Sibirdagi ugrlarga yaqin edi.
Turkiy xalqlarning Janubiy Sibir, Markaziy va O‘rta Osiyoga ommaviy
yurishi boshlandi va bu yerlarda bir-biri bilan almashinib turgan qabilalar va
davlatlar bor edi. VI asr va VII asr boshlarida arablar bosqini boshlandi va Old
Osiyo, Shimoliy Afrika davlatlariga arablar kelib o‘rnasha boshladilar va ular
mahalliy aholi bilan assimilyatsiyaga kirishib ketdi.
Butun dunyo etnik tarixida yevropaliklarning XVI-XIX asrlarda Amerikaga,
Avstraliyaga va Janubiy Afrikaga ommaviy ravishda ko‘chishi muhim ahamiyat
kasb etdi. Bu yirik migratsion jarayonlarda asosiy rolni dastlab ispanlar va
portugallar, keyinroq esa golland, fransuz va ayniqsa inglizlar o‘ynashdi.
Etnoslararo yirik migratsiya jarayoniga misol sifatida ruslarning Sibir va
qisman Kavkaz va O‘rta Osiyoga ko‘chib borishini keltirib o‘tish mumkin. Boshqa
xalqlardan farqli ravishda rus ko‘chmanchilari xech qachon o‘z asosiy etnosidan
ajralmagan. Ruslar bilan bir qatorda bu davrda ko‘pgina ukrainlar, beloruslar,
tatarlar, komilar, mordovlar va boshqa xalqlar ham ko‘chdi.
Shuni qayd etish kerakki, sobiq SSSRda etnoslararo migratsiya kuchaydi, bu
ayniqsa mamlakatning sharqi, shimoliy va janubiy qismlarida ro‘y berdi.
Etnoslararo migratsiyaning asosiy sababi mamlakatda yangi hududlarni tezlik bilan
o‘zlashtirilishi, hududlarda zamonaviy sanoat va ilmiy markazlarning tashkil
topishi, transport tizimining rivojlanishi edi.
G‘arbiy Yevropaning urushdan keyin gurkirab rivojlanishi bu yerga millionlar
chet ellik (turklar, yugoslaviyaliklar, afrikaliklar) ishchilarni oqib kelishiga sabab
bo‘ldi. Immigrantlar oqimiga asosiy sabab-ishsizlik, turmush darajasining pastligi
va boshqa qiyinchiliklar edi. Ko‘p hollarda etnoslararo migratsiya milliy
17](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_16.png)
![(shuningdek diniy) siqib chiqarishlar bilan birgalikda ro‘y berdi. Britaniya
Hindistoni diniy belgiga ko‘ra Hindiston va Pokistonga ajratildi va bu og‘ir
oqibatlarga olib keldi.
Etnoslararo migratsiya-murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, uning ijtimoiy-
siyosiy oqibatlari turlicha bo‘lishi mumkin.
O‘zining xalqlarni yaqinlashish, o‘zaro bir-birini boyitish, til va
madaniyatning aralashuviga olib keladigan ijobiy jihatlari bilan birgalikda u milliy
o‘ziga xoslikni yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa milliy mojarolar
natijasida kelib chiqqan majburiy migratsiyaning oqibatlari salbiydir. Umuman
olganda XX asr ikkinchi yarmida ro‘y bergan etnoslaroaro migratsiyaning ijobiy
jihatidan ko‘ra salbiy jihati ko‘proq.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
1. Etnosda ro‘y beradigan moddiu va manaviy jarayonlar.
2. Etnoslarning migratsiya jarayonining asosiy sabablari.
3. Xalqlarning buyuk ko ‘ chishi tarixi.
4. Emigratsion jarayonlarning shartlari .
5. Etnoslararo yirik migratsiya jarayoni ng etnoslarga tasiri.
18](/data/documents/4cc81d4b-8f89-45fe-b5ab-5a47d59fb1ce/page_17.png)
Mavzu: Etnik jarayonlar . Reja: 1. Etnoevolyutsion va etnotransformatsion jarayonlar . 2. Etnoajratuvchi jarayonlar . 3. Etnobirlashtiruvchi jarayonlar va Etnoslararo jipslashuvi. 4. Etnodemografik jarayonlar va xalqlarning buyuk ko‘chishi. 2
5.1. Etnoevolyutsion va etnotransformatsion jarayonlar . Garchand etnik umumiylik o‘zining barqarorligi bilan ajralib tursada, lekin ular o‘zgarishsiz qolmaydi. Tarixiy rivojlanish natijasida etnosda ro‘y beradigan turli komponentlar (moddiy va ma’naviy madaniyatning ayrim elementlari, tili, ijtimoiy tuzilishi, o‘zligini anglash va boshqalar) etnik jarayonlar deb ataladi. Etnik umumiylikdagi o‘zgarishlar yoki etnik jarayonlar insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti bilan, shuningdek ularning bevosita mavjud bo‘lishi va o‘zaro ta’siriga bog‘liqdir. Bu o‘zgarishlarga olib keladigan jarayon o‘z ahamiyatiga ko‘ra va etnik umumiylikning u yoki bu tomoniga ta’sir ko‘rsatish darajasiga ko‘ra turli-tuman bo‘lishi mumkin. Ular orasida eng birinchi navbatda barcha etnik jamiyatlarning tarixiy rivojlanish jarayonida yuzaga keladigan tarixiy formatsiyalar zamirida yotadigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ajratib ko‘rsatish kerak. Shuningdek madaniyatning turli elementlarida o‘zgarish orqali aks etadigan ijtimoiy-madaniy jarayonlarni xam ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu jarayonlar til va yozuv o‘zgarishiga, ikki tillilikning keng tarqalishiga yoki butunlay boshqa xalqning tilga o‘tilishiga va boshqalarga olib kelishi mumkin. Etnoslarning qandaydir elementlari va butun ko‘rsatgichini o‘zgarishga olib keladigan, lekin etnik mavjudlikka rahna solmaydigan, etnik tizimni sindirmaydigan jarayonlar etnoevolyutsion yoki etnomadaniy evolyutsiya deb ataladi. Etnotransformatsion jarayonlar deb esa-u yoki bu guruhdagi kishilarning etnik mansubligini o‘zgarishiga, bir etnosning yo‘qolishi va boshqasining vujudga kelishi nisbatan ishlatiladi. Bu holatda gap etnogenetik jarayonlar haqida bormoqda. Etnotransformatsion jarayonlar etnosning asosiy belgisi etnik o‘zlikni o‘zgarishiga olib keladi. Bu jarayonlar odatda juda sekin kechadi, lekin ularning natijalari ancha sezilarlidir. Xususan, zamonaviy Yevropa etnik xaritasi eramiz boshida yevropaga joylashgan xalqlar xaritasiga, xatto eramizning ikkinchi ming yilligi boshidagi xaritaga umuman o‘xshamaydi. 3
Markazdan uzoqlashish va markazga intilish tendensiyasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, etnik jarayonlar ikki asosiy turdagi guruhga bo‘linadi: etnik ajralish va etnik birlashish. Bu guruhlardagi jarayonlar ham etnoevolyutsion, ham etnotransformatsion, etnoevolyutsion-transformatsion bo‘lishi mumkin. 5.2. Etnoajratuvchi jarayonlar Istalgan tarixiy davrda jamiyat etnik jihatdan birikishga va ajralishga moil bo‘lgan. Etnik jihatdan ajratuvchi jarayonlar ibtidoiy davr uchun xosdir: aholi sonini oshib borishi qabilalarning ajralishiga va odamlarning yer shariga tarqalib ketishiga turtki berdi. Faqat ayrim joylardagina etnik jihatdan ajratuvchi jarayonlar davom etdi va keyinchalik ham sezilarli rol o‘ynadi. Xususan, yevropalik ko‘chmanchilarning Amerikaga, Avstraliya va qisman Afrikaga joylashishi u yerlarda yangi etnoslar shakllanishi bilan bordi. Etnik ajratuvchi jarayon odatda ikki shaklda: etnik parsiatsiya va etnik separatsiya ko‘rinishida ro‘y beradi. Etnik parsiatsiyada ilgari bir bo‘lgan etnosning bir qancha mayda bo‘laklarga bo‘linib ketadi va bunda yangi paydo bo‘lgan etnoslarning xech biri eskisi bilan to‘liq tenglasha olmaydi. Agar ibtidoiy davrda etnik parsiatsiyaning asosiy sababi qabila soining oshib borishi va ayni vaqtda tabiat resurslarining tugashi bo‘lgan bo‘lsa, keyingi davrlarda parsiatsiyaga asosiy sabab davlat chegaralari va etnos miqdori o‘rtasidagi munosabatlar bo‘ldi. Bunga yorqin misol sifatida o‘rta asrlardagi norveglarni, aniqrog‘i qachonlardir o‘zining asl vatanini tark etgan ajdodlarini keltirish mumkin. Norveg vikinglari Angliyada, shimoliy-g‘arbiy Fransiyada va boshqa yerlarda-Irlandiyadan to Rus va Vizantiyagacha bo‘lgan hududlarda harakatlangan. Ko‘p hollarda vikinglar bu hududlarga o‘rnashib qolishgan. Vaqti vaqti bilan ular qirollik, knyazlik va gersogliklarga asos solishgan. Lekin, normandlar o‘rtoqlashgan barcha joyda ular bu yerdagi boshqa xalqlar bilan birlashib oxir-oqibat bitta xalqqa aylanib ketgan. Lekin Irlandiya shimolidagi orolga kelib qolgan normanlar bu yerda o‘zlari keyinchalik bir qismiga aylanib qoladigan xalqni uchratishmadi. Orolda odam yo‘q edi. Atlantika okeanidagi Farer orollarida ham kichik bir halq- 4
farerliklar yashaydi, ular ham islandlar kabi bu yerga 11 asrda kelib o‘rnashgan norveglarning avlodlari hisoblanadi. Siyosiy ajralish natijasida turli arab xalqlarini paydo bo‘lishiga olib keldi. Xozirgi vaqtda janubiy-osiyo hududida oldingi bengal xalqi o‘rnida yangi ikki xalq- sharqiy bengaliyaliklar va g‘arbiy bengaliyaliklar shakllanayotganligini kuzatish mumkin. Etnik parsiatsiya ajralayotgan etnosning hududiy qo‘shinchiligini yo‘qotmasdan ro‘y berishi mumkin (masalan qadimgi rus etnosining rus, ukrain va beloruslarga ajralishi) yoki bir biridan migratsiya va hududiy uzilishlar orqali uzoqlashishi xam mumkin. Etnik separatsiya (lotincha separation-ajralish, bo‘linish) deyilganda qandaydir bir etnosning bir qismini (odatda unchalik katta bo‘lmagan guruhni) ajralib chiqishi va vaqt o‘tishi bilan mustaqil etnosga aylanishi tushuniladi. Agar etnik parsiatsiyada asosiy etnos amalda yo‘q bo‘lib ketsa, etnik separatsiyada u saqlanib qoladi. Shundan kelib chiqadiki etnik separatsiya faqatgina alohida etnik xalq shakllanishida asos bo‘lgan etnos uchun etnotransformatsion jarayon hisoblanadi. Etnosning asosiy qismi uchun bu jarayon etnik o‘zlikni o‘zgarishiga olib kelmaydi. Etnik separatsiya turli sabablar bilan yuzaga kelishi mumkin: asosiy etnosdan qandaydir bir guruhning ko‘chishi, etnik hududning davlat chegaralari bilan bo‘linishi, etnosning bir qismiga boshqa etnoslarning ta’sir etishi va boshqalar. Etnosning ma’lum bir guruhni chetga ko‘chib o‘tishida u o‘zining yangi makonida mahalliy aholidan ajralib turishi uchun ixcham massiv xosil qilishi kerak. Aks holda u mazkur mamlakatning mahalliy aholisi bilan qo‘shilib ketishidan saqlanishi qiyin bo‘ladi. Tarixda bu kabi ko‘chish natijasida yuzaga kelgan etnik ajralishlar ko‘p bora qayd etilgan. Polineyziya xalqlari ko‘p asrlik etnik separatsiya natijasida shakllandi. Islandlar esa Islandiyaga IX-X asrlarda ko‘chib kelgan norveg migrantlarining avlodlari hisoblanadi. Franko-kanadaliklar xozirgi Kanadaning bir qancha hududlariga XVII-XVIII asrlarda borib qolgan fransuz mustamlakachilarining avlodlaridir. 5
Siyosiy bo‘linish natijasida yuzaga kelgan etnik separatsiyaga vallonlarning fransuzlardan, elzasliklarning nemislardan, korsikaliklarning italyanlardan ajralib ketishi misol bo‘la oladi. Konfessional (diniy) farq natijasida Efiopiyadagi xararilar, bo‘ljak musulmonlar xristianlikka e’tiqod etuvchi amxardan ajralib chiqdi, Birmada arakan-musulmonlar birmalik-buddistlardan ajralib chiqishdi. 5.3. Etnobirlashtiruvchi jarayonlar va Etnoslararo jipslashuvi. Yakuniy natijaga qarab etnobirlashtiruvchi jarayonlar orasida etnoslararo jipslashuv, etnos ichida jipslashuv, etnik assimilyatsiya, etnoslararo integratsiya va etnogenetikaralashuv ajratib ko‘rsatiladi. Etnik jipslashuv deganda yirik etnos ichida tili va madaniyati bo‘yicha bir necha qardosh etnik jamoalarning yirikroq, ancha yirik jamoaga birlashuvi tushuniladi. Bu turdagi jarayon shuningdek etnogenetik jipslashuv ham deyiladi. Etnoslararo jipslashuv natijasida yaqin qarindosh bo‘lgan qabilalar yoki boshqa kichik guruhlar xalqqa birlashadi, tili va madaniyati yaqin bo‘lgan xalqlar natijasida ko‘plab millatlar shakllangan. Bu turdagi jipslashishga qadimgi rus etnosining sharqiy slavyan qabilalarini; Oltoyning turk (oltoy-kiji, telengit, teleut va boshqa mayda qabilalar) qabilalarini oltoy etnosiga; yovmut, taka, toklen va boshqa qabilalarning birlashuvidan turkmanlarning paydo bo‘lishini misol qilib keltirish mumkin. Ma’lum bir etnik jipslashuv jarayonlari ro‘y beradigan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, etnik va tabiiy sharoitlar odatda xar xil bo‘ladi. Jipslashuvning tezligi esa aholining ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasi va alohida qismlarning xo‘jalik aloqalarini bir-biriga bog‘langanlik darajasi, uning tarqalishi, etnik tuzilmalarning murakkablik darajasi, birikayotgan guruhlarning tilini, madaniyatning, din va irqning yaqinligi, adabiy til bor yoki yo‘qligi va boshqalarga bog‘liq. Etnoslararo jipslashuv natijasida dunyo, hudud yoki mamlakatda u yoki bu etnosning soni qisqarib ketadi. Masalan sobiq SSSRda 1926 yildagi aholini ro‘yxatga olishdan keyin etnoslararo jipslashuv natijasida etnoslar soni to‘rtdan bir miqdorda kamayib ketdi. Sobiq SSSRda 20-30 yillarda etnoslararo birlashuv yirik 6