O‘ZBEK SHEVALARINING O‘RGANILISHI
O‘ZBEK SHEVALARINING O‘RGANILISHI. Reja: 1. O‘zbek shevalarining tarqalish hududlari. 2. Turkiy tillar va lahjalarni o‘rganishda Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” asarining ahamiyati. 3. O‘zbek xalq shevalarini o‘rganishda yaratilgan dialektologik tadqiqotlar.
O‘zbek adabiy tili xalq shevalaridan o‘ziga kuch oladi, chunki sheva bo‘lmasa, adabiy tilimizning kelajagi bo‘lmaydi. Hayotiy ozuqa olib turadigan asosi bo‘lmasa, har qanday adabiy til o‘lik til hisoblanadi. S h uning uchun ham shevalar har qanday adabiy tilning asosi hamda rivojlanish poydevoridir. U(lar)ni ilmiy adabiyotlarda dialekt va sheva terminlari bilan atash kuzatiladi. Biz u(lar)ni sheva deb atashni o‘rinli hisoblaymiz. Shu o‘rinda shevashunosligimizning buguni hamda kelajagi haqida o‘ylab ko‘rib, shuningdek, bu sohaga oid ilmiy ishlari bilan tanilgan bir qancha tadqiqotchi olimlarning fikr-mulohazalari e’tiborga loyiqdir. S h evashunosligimizning tarixi X I asarning mashhur tilshunosi Mahmud Koshg‘ariyga borib taqaladi . Uning « Devonu lug‘otit turk » asari turkiy xalqlar shevalarining so‘zligini arab tilida izohlab , o‘zida jamlagan mukammal va bebaho lug‘atlardan biri sanaladi . Shu asarining “ Indeks lug‘ati ” ham olimlarimiz tomonidan tayyorlangan . Mana shu lug‘at bahona turkiy qabila - urug‘larning tillari bir bobo tildan rivojlanib , taraqqiy etganiligi haqidagi ilmiy - nazariy qarash dalillar asosida tasdiqlandiki , bu hol ona tilimizning o‘ziga xos nufuzini va tarixiy taraqqiyotini tasdiqlab turibdi . Shu bilan birgalikda Beruniyning dialektologya sohasiga oid fikrlari mavjud. Shevashunoslikka qo‘shgan hissasi shuki, u o‘zining “Saydana” asarida dorivor moddalarning bir necha tillardagi nomlarini keltirib o‘tadi. Asarida bir o‘simlik yoki moddaning nomini turli shevalarda turlicha nomlanishini yoki aksincha bir nom turli shevalarda turli o‘simlik nomini bildirishi mumkinligini yozib o‘tadi. Beruniy dorivor moddalarning turlicha nomlanishi amalda foydalanishni ancha qiyinlashitirishini aytib o‘tadi. Aholiga foydalanish oson bo‘lishi uchun modda nomining dialektal variantlarini ham ko‘rsatib o‘tadi. Hazrat Alisher Navoiy ham bundan sal kam olti asr oldin mana shu turkiy tilda , ya’ni eski o‘zbek adabiy tilida she’rlar yozib , olamni qurolsiz holda , qalam bilan egallagan allomalardan biri sanaladi . Mana shuning natijasida o‘sha vaqtda Xuroson hukmdori bo‘lgan Husayn Boyqaro tilimizga Davlat tili darajasini berish to‘g‘risidagi tarixiy farmonini e’lon qilishga majbur bo‘lgan . Xonliklar davrida ham garchi o‘sha vaqtda tilimiz bo‘yicha chuqur ilmiy asoslarda tadqiqotlar olib
borilmagan bo‘lsa - da , tilimiz ijtimoiy hayotda o‘z mavqeini saqlay olganligi tarixda o‘z ifodasini topgan . XX asrning 20-80 yillarida tilimizga yanada taraqqiy etish uchun katta huquqlar berilmagan bo‘lsa hamki, bir qancha rus sharqshunos olimlarining harakatlari bilan ona tilimiz hamda uning asosiy manbasi bo‘lgan shevalarimizni ham ilmiy, ham amaliy asoslarda o‘rganishni boshlashgan edi. Bu olimlar shevalarimiz haqidagi ilmiy ishlari bilan adabiy til haqida gapirish uchun uning shevalarini o‘rganish lozimligi masalasini dalillar asosida ko‘ra olishdi. Natijada, E.D.Polivanov, K.K.Borovkov, I.I.Zarubin, K.K.Yudaxin kabi o‘nlab sharqshunos hamda dialektolog olimlarining shevalarimiz to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqotlari maxsus tashkil etilgan dialektologik ekspeditsiyalar vaqtida yaratilgan va bugungi kunda shevalarimizni o‘rganish bo‘yicha bebaho manbalar qatoridan ularning ilmiy ishlari o‘rin olganligini tan olish shart. 60-yillar o‘zbek dialektologiyasi taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan, ko‘plab dialektologik kadrlar etishtirib bergan Rossiya va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi A.K. Borovkovdir. U faqat o‘zbek dialektologiyasida emas, umuman, o‘zbek tilshunosligi fanining taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Chunki o‘zbek tilshunosligining hamma sohalari bo‘yicha chuqur ilmiy asosga qurilgan asarlar yaratdi. Olim o‘zbek dialektologiyasining ulkan mutaxassisi sifatida ko‘pgina asarlar yaratdi, o‘zbek shevalarini tasnif qildi. Uning sof dialektologik asarlariga «Voprosnik dlya sobiraniya materialov po uzbekskom govoram», «K xarakteristike uzbekskix «umlautnmx» ili «uygurizovannix»govorov», «Voprosg klassifikatsii uzbekskix govorov», «Uzbekskoe govoram Namanganskoy oblasti» kabilarni klritish mumkin. Mazkur ishlarda olim o‘zbek shevalarining g‘oyat xilma-xilligini, ularni tasnif qilish masalalarini yoritdi. «Voprosnik dlya sobiraniya materialov po uzbekskim govoram» da esa birinchi tajriba sifatida savol-javoblardan iborat anketa usulini qo‘llab ko‘rdi. Bu bilan olim o‘zbek shevalarini lingvo-geografik usulda o‘rganish ishiga ham asos qo‘ydi. A.K. Borovkov o‘z qarashlarida o‘rta o‘zbek dialekti vakillari bilan qipchoq lahjasi vakillarining qadimgi vaqtlardayoq aralashuvi
jarayoni o‘tganiga ishora qiladi. 30 yillardan boshlab professorlar E.D. Polivanov, G‘ozi Olim, K.K. Y g daxin, A.K. Borovkov bilan birga o‘zbek shevalarini o‘rganishda juda katta ishlarni bajarishgan. Rossiya Pedagogika Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor V.V. Reshetovdir. V.V. Reshetov olib borgan ilmiy dialektologik tadqiqotlar ikkinchi jahon urushidan keyingi davrning xarakterli xususiyatlaridan bo‘lib, ko‘plab dialektologik kadrlarni tayyorladi. V.V. Reshetov xilma-xil o‘zbek shevalarining fonetik, morfologik hamda leksik xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan «Nekotoryu zamechaniya po konsonantizmu i morfologii margelanskogo govore uzbekskogo yazika», «K voprosu o termine «Kurama» i o «kuraminax», «Klassifikatsiya uzbekskix govorov Angrenskoy doling», «K voprosu ob izuchenii uzbekskix narodnix govorov», «O dialektnoy osnove uzbekskogo literaturnogo yaznka», «Kuraminskie govoro Tashkentskoy oblasti. Foneticheskaya i morfologicheskaya sistema», «O Namanganskom govore uzbekskogo yaznka», «Sostoyanie i zadachi uzbekskoy dialektologii», «O dialektologicheskom atlase uzbekskogo yaznka», «O‘zbek dialektologiyasi», «O‘zbek tilining qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi», «O‘zbek shevalarining tasnifi» bir qancha asarlarida o‘zbek dialektologiyasining taraqqiyotiga xos xususiyatlarni yoritdi. Olimning bevosita rahbarligida dialektolog olimlar yetishib chiqdi. V.V. Reshetov yozgan ilmiy-dialektologik asarlar o‘zbek tilining ikki yirik va yyetakchi komponenti: qarluq-chigil-uyg‘ur va qipchoq lahjasini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, mazkur lahjalarning taraqqiyotiga doir original fikrlarni olg‘a suradi. U o‘z asarlarida o‘zbek tili dialektal komponentlarining o‘zaro munosabatiga ma’lum darajada e’tibor bilan qaraydi. Xullas, o‘zbek dialektologiyasining Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr taraqqiyotining butun yo‘nalishi V.V.Reshetov faoliyati bilan chambarchas boglangandir. O‘zbek dialektologiyasida o‘zining umumlashtiruvchi xarakterdagi ilmiy
tadqiqotlari bilan muhim ahamiyat kasb etgan olimlardan biri - O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi Sh. Shoabdurahmonovdir. Sh. Shoabdurahmonov markaziy shahar shevalarining o‘zbek adabiy tiliga munosabati masalasini yoritish bilan birga, shevalarning adabiy tilga ta’siri masalasini ham ishlab chiqdi. Ba’zi bir olimlar shevalarning adabiy tilga ta’siri, hatto shevalardan adabiy tilga «hech oladigan narsa qolmagan» deb aytishga jur’at etgan bir vaqtda shevalarning ta’siri, adabiy tilni boyitish kuchi saqlanib qolajagini olim ta’kidlaydi. Bizning fikrimizcha ham, o‘zbek shevalari o‘zbek adabiy tilining rivojlanishida ichki yyetakchi imkoniyatlarning asosiy bazasi bo‘lib qoladi. Sh. Shoabdurahmonov o‘zining «O‘zbek shevalarining leksik sostavini o‘rganish masalalariga doir», «Izuchenie i zadachi uzbekskoy dialektologii», «O‘zbek dialektologiyasi» (V.V. Reshetov bilan birga), «O‘zbek adabiy tilining shevalarga munosabati», «Shahar shevalari leksikasidan», «Uzbekskiy literaturnga yazmk i ego vliyanie na govoro», «Undoshlarning o‘rin almashuvi» (metateza), «Tayanch shevalar fonetikasidan», «O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari», «Dialektnoe chlenie uzbekskogo yazika», «O‘zbek dialektologiyasi va navbatdagi vazifalar», «Razvitie dialektologicheskoy nauki v Uzbekistane», «O‘zbek shahar shevalari tasnifi», «O‘zbek shevalarida leksik moslik va ularning adabiy tilda normasini belgilash», «O‘zbek tilining dialektologik atlasi», «Ob atlase uzbekskix narodnmx govorov» kabi muhim ilmiy asarlari va ilmiy maqolalari bilan dialektologiya fanining keyingi taraqqiyoti yo‘nalishini belgilashga ulkan hissa qo‘shdi. Hududiy dialektlarni atroflicha o‘rganish ishlarini amalga oshirishda professorlar F.A. Abdullayev, M. Mirzayev, A.Aliyev, A. Shermatov, B.Jo‘rayev bajargan ishlar g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. O‘zbek shevalari leksikasini o‘rganishning yo‘nalishini belgilashda S.I.Ibrohimovning ishlari yetakchi rol o‘ynaydi. O‘zbek dialektologiyasida qipchoq lahjasi o‘zining dialektal va hududiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Qipchoq dialektlari bo‘yicha yirik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan olim X. Doniyorov va N. Rajabovlardir.