logo

OʻZBEK SHEVALARINING TASNIFI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

51.626953125 KB
O ZBEK SHEVALARINING TASNIFI.ʻ
R е ja:
1.  O‘zbek  shevalarini  o‘rganish  masalasi .
2. O‘zbek sh е valarining tasnifi masalasi.
3.  O‘zbek  shevalarini   tasniflashda yyetakchi tamoyillar.
3. Prof. I.I. Zarubin va prof. K.K. Yudaxin tasniflari talqini.
4 . Prof.  Е .D. Polivanov hamda prof. G‘ozi Olim tasniflari tavsifi.
5. Prof. A.K. Borovkov va prof. V.V. R е sh е tov tasnifilarining o‘ziga xosligi. O‘zbek     shevalarini     o‘rganish     masalasi .   Bu   masala   “O‘zbek
dialektologiyasi”ning   doimiy   tadqiq   ob y ekti   sanaladi.   Shu   o‘rinda   ta’kidlash
kerakki,   o‘zbek   shevalarini   ilmiy   asoslarda   o‘rganish   masalasining   o‘zi   ham   bir
necha jihatdan bahsli holda:
1)  rus olimlari (Y. D. Polivanov, K. K. Yudaxin va boshqalar) XX asrning
20-yillaridan   to   30-yillarning   ikkinchi   yarmigacha   o‘zbek   tilini   boshqa   millat
vakillariga   ham   o‘rgatish   uchun   shevalarimizni   tadqiq   etishgan   bo‘lsa-da,   sheva
vakillaridan   yozib   olingan   matnlarga   amaliy   asoslanishgani   uchun   ularning   ilmiy
tadqiqotlari   nazariy   va   amaliy   jihatlardan   to‘g‘ri   bo‘lgani   sababli   shevalarni
qanday   va   qay   tarzda   tadqiq   etish   lozimligini   ko‘rsata   olishgan.   Biroq   bu
olimlarning   tasniflari   shevalarning   fonetikasiga   asoslanganligi   uchun   mazmun-
mohiyati bilan fonetik tahlil bo‘lib, o‘zbek tili   shevalarini boshqa turkiy tillardan
farqlab ko‘rsatishga qaratilgan; 
2)   XX   asrning   30-yillaridan   to   70-yillargacha   bo‘lgan   davrda   (G‘ozi   Olim
Yunusov, A. Borovkov, V. V. Reshetov, F. Abdullayev, A. Ishayev, X. Doniyorov,
A.   Shermatov,   N.   Rajabov,   A.   Aliyev,   K.   Nazarov   va   boshqalar)   shevalardan
to‘plangan va yozib olingan matnlarga asoslanishgani  uchun ularning tadqiqotlari
ilmiy   hamda   amaliy   jihatlardan   to‘g‘ri   yo‘naltirilgani   sababli   mamlakatimiz
hududidagi   shevalarning   yuzdan   yigirma   foiziga   yaqinini   tadqiq   etishga
kirishishgan.   Ammo   ularning   tasnif   va   tahlillarida   dialektal   morfologiya   va
dialektal   leksika   to‘g‘risida   fikrlar   bildirilsa-da,   turkiy   tillarga   oid   fonetik
qonuniyatlar asosida tasniflash yyetakchilik qilgan; 
3)   XX   asrning   70-yillari   oxiri   va   to   bugungacha   o‘zbek   shevalari   bo‘yicha
qilingan   tadqiqotlar   jiddiy   nazorat   bo‘lmagani   uchun   sheva   vakillaridan   yozib
olingan   matnlarsiz   ko‘r-ko‘rona   tarzda   amalga   oshirilgan.   Natijada   bu   sohadagi
ishlarning   asossizligi   sezilib,   tadqiqotchilarning   mazkur   sohadan   ilmiy   ish
mavzularini   olishlari   keskin   kamayib   ketgan.   Biroq   T.   Nafasov,   S.   Rahimov,
B.   To‘ychiboyev   kabi   olimlarning   alohida   shevalardan   tuzgan   lugatlari   nashr
etilgan.   Bu   davrda   tasniflash   masalasi ,   umuman ,   tilga   olinmagan,   ya’ni   kun
tartibiga qo yilmagʻ an; 4)   o ‘zbek   xalq   shevalarining   mukammal   tasnifini   amalga   oshirish   vaqti
keldi.   Bunda   endi   dialektologik   ekspeditsiyalarni   tashkil   etib,   sheva   vakillaridan
yozib olingan  dialektal   matnlarni   ham  fonetik, ham   leksik,  ham  morfologik,  ham
sintaktik   jihatlardan   o‘rganilgan   holda   ularni   qayta   tasniflanishi   maqsadga
muvofiq.   Bu   tarzdagi   shevalarni   tasniflash,   so‘zsiz,   ularning   mukammal
tasniflashiga qarab boshlangan harakatdir.
Mustaqillik   tufayli   iqtisodimiz   singari   ona   tilimizga   ham   mustaqil
rivojlanish uchun imkoniyatlar eshiklari ochildi. 
O‘zbek   tili   tabaqalanish   (shevalarning   ajralishi)   yo‘li   bilan   emas,   balki
uyg‘unlashish (shevalarning qo‘shilishi) yo‘li bilan tashkil topgan. Hozirgi o‘zbek
tili uch guruh shevalarning (qipchoq, o‘g‘uz, qarluq) qo‘shilishidan tashkil topgan.
Shuning   uchun   o‘zbek   tilining   dialekt   va   shevalari   Markaziy   Osiyodagi   boshqa
turkiy   tillarga   nisbatan   xilma-xil   guruhlarga   bo‘lingan   va   shevalarning   miqdori
boshqa turkiy tillarga nisbatan  ko‘p.
O‘zbek  shevalarini   tasniflashda yyetakchi tamoyillar.  Adabiy til hamma
shevalar   uchun   umumiy   bo‘lgan   tildir.   U   ma’lum   va   mezonga   -   maromga   ega
bo‘ladi,   shuningdek,   jonli   tildagi   holatlarni   yozuv   orqali   ham   bera   oladi   (jonli   til
esa yozuvga ega emas). Adabiy tilda shevalardagi har xilliklarga yo‘l qo‘yilmaydi,
u til qoidalari asosida tartibga solinadi.
Masalan:   fe’lning   -digan   formasi   shevalarda   turlicha   talaffuz   etilishiga
qaramay, uning adabiy tilda yagona shakli mavjud:
B כ radig כ n  (Toshkent shevasi)
b כ ratug כ n  (Samarqand-Buxoro shevalari)
b כ ra dg כ n  (Qo‘qon shevasi)
b כ rataug‘un  (O‘rta Xorazm shevalari)
bratn  (Qipchoq shevalari)
b כ rata g‘un  (Urganch shevasi)
Hozirgi adabiy til kelib chiqishi jihatidan eski o‘zbek tili bilan chambarchas
bog‘liq,   shunga   ko‘ra   ular   bir-biridan   keskin   farq   qilmaydi.   Shuni   ham   hisobga
olish   kerakki,   har   bir   davrning   o‘ziga   xos   grammatik   qoidalari,   so‘z   ishlatish me’yorlari   mavjud.   Bunday   o‘zgarishlar,   birinchi   navbatda,   tilning   leksikasida
yaqqol   sezilib   turadi.   Jamiyatdagi   ijtimoiy   hayotning   o‘zgarishi,   fan-texnikaning
taraqqiyoti   va   boshqa   omillar   natijasida   tilda   juda   ko‘p   yangi   tushunchani
bildiruvchi so‘zlar paydo bo‘ladi - shunga ehtiyoj tug‘iladi:   mashina, traktor, bint
va b.
Adabiy   til   shevalardan   o‘zining   leksik   xususiyatlari   bilan   farqlanibgina
qolmaydi,   balki   adabiy   tilning   grammatik   qurilishi   shevalarning   grammatik
qurilishiga nisbatan mur   murakkab bo‘ladi. Masalan ,   adabiy tilda murakkab fikrni
ifodalash   uchun   tarkibi   juda   ham   keng   bo‘lgan   qo‘shma   gaplar,   sifatdoshli
oborotlar,   shuningdek,   ergash   gapli   qo‘shma   gaplardan   foydalaniladi.   Bundan
tashqari,   adabiy   tilning   grammatik   tizimi   o‘zining   shevalar   materiallarini
birlashtirgan   holda   me’yorlashganligi   bilan   ham   har   qanday   shevadan   ajralib
turadi. Demak, adabiy tilning qonun-qoidalarini to‘la egallagan kishigina o‘z fikr -
mulohazasini   yozuv orqali ifoda eta oladi.   Yozuvning paydo bo‘lishi bilan adabiy
til   umumxalq   tili   negizida   maydonga   keladi.   Adabiy   til,   odatda,   yozuv   bilan
bog‘lanadi.
Milliy   adabiy   tilning   maydonga   kelishi   millatning   tashkil   topish   jarayoni
bilan bog‘liqdir. Millatning tashkil topishi uchun shu millat hamda a’zolari uchun
umumiy   bo‘lgan   bir   tilning   bo‘lishi   shartdir,   har   bir   millatning   eng   e’tiborli
belgilaridan   biri   -   uning  til   birligi   sanaladi.   Demak,   millat   uchun   yagona  bo‘lgan
umumiy til - bu milliy adabiy tildir.
O ʻ zbek     shevalari   hozirga   qadar   o’zbek   tiliga   qiyosan   o’rganib   kelindi   va
bunda   tavsifiy   va   qiyosiy   metoddan   foydalanilgan.   Bu   metodda   shevalarning
fonetik,   leksik va morfologik xususiyatlari  keng miqyosda   o’rganildi hamda boy
material   to’plandi.   Bu   metodga   ko’ra   o’zbek   shevalari   materiallari   «Devonu
lug’ a tit   turk»,   «Qutadg’u   bilig»,   Alisher   Navoiy   asarlari   tiliga   qiyoslab   borilgan,
lekin bu metod asosiy metod hisoblangan emas, balki tahliltalab o’rinlaridagina va
ayrim   til   tarixiga   oid   maqola   va   asarlarda   uchrab   turadi.   Shuningdek,   o’zbek
dialektlari   fonematik   tizimini   sistem   metod   orqali   o’rganish   ham   tajriba   qilindi.
Jumladan,   o’zbek   tilidagi   til   b irliklarini   invariant-variant   munosabatida   o’rganish jarayonida   o’zbek   shevalari   fonologik   tizimi   ham   sistem   jihatdan   tahlil   qilin ib,
ba’zi   ishlar   yuzaga   kel di.   Janubiy   Orolbo‘yi   o‘zbek   sheva   (bundan   keyin   -
JOBO‘SH)   lari   hududini  lisoniy-jo‘g‘rofiy  tadqiq  etish   qator   dolzarb  muamolarni
hal etishga yordam beradi. Xususan, shevalarning tashqi chegarasini, ichki tasnifi,
tahlil   etilayotgan   shevalarning   umumo‘zbek   dialektal   mikro - hudud   tizimidagi
o‘rnini,  shuningdek,  JOBO‘SH   guruhining  Janubiy   Xorazm,  Buxoro,  Samarqand,
Qashqadaryo,   Surxondaryo,   Janubiy   Qozog‘iston,   Shimoli-sharqiy   Tojikiston,
Qirg‘iziston, Afg‘oniston va boshqa shevalar bilan munosabatini ham belgilaydi .
Janubiy   Orolbo‘yi   qadimdan   o‘zbek,   qoraqalpoq,   qozoq   va   turkman   kabi
to‘rt   turkiy   til   vakillarining   o‘zaro   muloqotda   yashab   kelayotgan   go‘shalar i dan
biridir.   Bu   esa,   o‘z   navbatida,   tadqiq   etilayotgan   hudud   shevalari   tillarining   bir-
biriga   o‘zaro   ta’siri,   yaqinlashuvi,   arxaik   xususiyatlarning   saqlab   qolinishi,
li ngvistik   xaritalarda   belgilangan   lisoniy   omillarning   tarqalish   hududi,   hududiy
sheva mazmuni bilan uni ifodalovchi sheva chiziqlarining chambarchas bog‘li q ligi,
sheva   chiziqlarining   turlicha   ko‘rinishi   va   kesishish   nuqtalarini   aniqlash,   sheva
chiziqlarini   birlashtiruvchi   va   ajratib   ko‘rsatilayotgan   hududlar   xususiyatlari,   til
hodisasining   tarixini,   sheva   vakillarining   etnogenezi   hamda   davlatchilik   tarixi
bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni  hal  etish uchun xizmat  etadi.   Shu bilan birga
ayrim   umumlashmalar   bilan   ularni   sheva   shakli,   joylashgan   o‘rni   va   «to‘kisligi»
yaxlit,   bo‘lingan,   orol,   markaziy,   marginal   va   h.k.   tizimga   muvofiqlashtiradi.
Bular:
1 .   Ko‘pgina   lisoniy   atlaslarda   xaritaga   olinayotgan   obyektni   aks   ettirishda
atamar   yondashuvi   kuzatiladi.   Ammo   lug‘at   tarkibini   bunday   tadqiq   etish
(«ma’nodan   so‘zga   va   «so‘zdan   ma’noga»)   yetarli   emas   va   ular   yangi
muammolarni   keltirib   chiqaradi.   At a mar   olingan   leksemalarning   aksariyat
hollardagi semantik muvofiqligi, eng avvalo, semantik chegaradagi leksemalarning
dis tri b ut siyasida aks etgan leksemalar boshqa «semalar aloqasi va muqoyasi bilan
bog‘liq turli shevalardagi bir leksemaning hajmi yoki semantik doirasining turlicha
kengligidadir». (Tolstoy . 1963: 39-40,)
2 .   Hozirgi   lisoniy   jo‘g‘rofiyada   tadqiqotchilar   harakatlangan   ma’lumot ustida   ishlash   jarayonida   «obyektning   murakkabligi,   variantliligi,   dinamizmini
idrok   etishi,   turli   lеksik-sеmantik   guruh   (LSG)   orasida   aloqani   kuzatishi
(Mоrохоvskaya   1987:22-,34)   ayrim   leksemani   emas,   balki   turlicha   ko‘rinishdagi
mikromaydonlar xaritaga olish ashyosi bo‘lishi zarur.
3 .   Hududiy   tilshunoslikning   ko‘pgina   masalalarini   hal   etishda   areal
lingvistika   tarqoq   tizimning   tarkibiy-urug‘chilik   elementlaridan   cheklangan
ma’lumotlarga tayanmoqda.
4 .   Lisoniy   jo‘g‘rofiya   uchun   ma’lum   bir   hudud   doirasida   u   yoki   bu   ma’no
(sema,sememalar)   qay   tarzda   tarqalganligini,   tadqiq   etilayotgan   shevalar   uchun
semantik   farqlar   va   leksemalar   munosabatining   qaysi   turiga   xosligi   singari
masalalar   y echimini   kutmoqda.   Agar   xaritada   differensial   belgilar   -   (DB)
denotatlarni maksimal darajada yiqqanda leksemalarning tarkibiy-semantik aloqasi
tamoyili   hisobiga   olinsa,   u   qimmatli   ilmiy   axborot   beradi.   Chunki   atlaslarda
savollarga   javob   paytida   olingan   ayrim   semantik   belgilargina   aks   etishi
«mohiyatiga   ko‘ra   murakkab   bo‘lgan   dialektal   farq   sodda   mazmun   sifatida
xaritalanishiga» (Karmakova 1987:187) olib keladi.
5 .   Xalq   shevalarini   makon   doirasida   o‘rganish   shevashunoslardan
denotatning   barcha   xususiyatlarga   doimiy   e’tiborda   bo‘lishini   talab   etadi.
Jumladan,   moddiy-maishiy   madaniyat   obyektlari   (namunalari)   nomlarini ,   (kiyim-
kechak,   oziq-ovqat,   turar   joy,   qurilish,   sug‘orish   inshootlari,   uy-ro‘zg‘or
buyumlari,   xo‘jalik   binolari,   qarindoshlik   atamalari,   dehqonchilik,   chorvachilik,
baliqchilik,   ovchilik,   urf-odat,   udumlar   va   h.k)   xaritalashda   turli   nolisoniy
omillami ham, birinchidan, etnografik ma’lumotlar lisoniy jo‘g‘rofiyaning bevosita
obyekti   hisoblanmasa-da,   ammo   xaritalanayotgan   materialning   mazmunli   va
chuqur   baholash   elementi,   ikkinchidan,   etnografik   leksemalar   tarixi   va
etimologiyasi tadqiqotchi e’tiboridan chetda qolib ketmasligi shart.
6 .   L isoniy jo‘g‘rofiya sohasidagi  boshqa muammolar qatorida quyidagilarni
ham ko‘rsatish mumkin: kartografik belgilarning ko‘rinishidagi sheva hodisalarini
ifodalashdagi   formalizm:   sheva   chiziqlarini   talqin   etishga   tortilgan   ichki   lisoniy
axborotning   etarli   emasligi;   tizim   elementlarining   hozirgi   holati   yoki   genezisini talqin   etishda   «zamonaviy   va   samarali   uslub   hamda   usullardan   foydalanish
zarurati»   (Grisenko,1984:157-158;   Borodina   1974)   bilan   bog‘liq   masalalarni   hal
etishda   hududiy   tasdiqlarning   mavjud   emasligidir.   Chunki   sheva   leksikasining
mavzu   guruhi   obyektni   kuzatish   uchun   muhimdir.   Negaki,   uning   ko‘pchilik
tarkibiy   qismlari   arxaikligi   bilan   ajralib   turadi   va   qadimiy   hududiy   leksik
oppozisiyalarning   paydo   bo‘lishiga   imkon   yaratadi.   Shundan   kelib   chiqib,   ishda
sof   fonetik,   morfologik   va   leksik   xarakterdagi   sheva   xususiyatlarining   tarqalish
jo‘g‘rofiyasini aks ettiruvchi lisoniy xarita taqdim etiladi.
U yoki   bu tovush  xususiyatlariga  ko‘ra (ch g :   ch ge:   ch y :   chiy  (qumliǝ ǝ ǝ ǝ ǝ ǝ
dala), y j k: v j k (buzoq); ietik: yetik:  dik (etik) bir-biriga taqqoslanuvchi va u	
ɵ ǝ ɵ ǝ ǝ
yoki   bu   darajadagi   aniq   lisoniy   jo‘g‘rofiy   ko‘rsatkichlarga   ega   bo‘lgan   leksik
o‘xshash   elementlar   xaritalashtiriladi.   Lisoniy   xaritada   belgilangan   punktlar
orasidagi   masofa, ya’ni   tur   qalinligi   tadqiq qilish  uchun  bir   xilda emas,  bunga  til
sohiblarining joylashuviga  mos  kelishi  lozim.   Xaritalash   chog‘ida  turli    figuralar,
tasvirlar,   shtrixlardan   foydalaniladi.   Ayrim   nomlar   belgi   bilan   tamg‘alanadi.
Xaritalarni o‘qishni osonlashtirish uchun bir o‘zakli leksemalar bir xildagi belgilar
bilan   bir-biriga   mos   keluvchi   affikslar   va   so‘z   shakllari   bir   xildagi   belgi
ko‘rinishida berilgani ma’qul.
Xarita ga   har   bir   obyekt   joylashgan   tumanlarining   xaritalari   olinadi.   Tadqiq
etilayotgan   aholi   yashaydigan   punktlari   to‘rga   tushiriladi,   zarur   bo‘lganda   aholi
yashash   punktlarini   birlashtirib   yuborish   mumkin.   Aholi   punktlarining   miqdori
chastotada   ekanligi   shevalarinmg   oraliq   xususiyati   o‘zbek-qoraqalpoq,   o‘zbek-
qozoq,   o‘zbek-turkman ,   o‘zbek-tojik,   o‘zbek-qirg‘iz   sheva   chiziqlarini   ajratib
ko‘rsatilishi bilan bog‘liq.
Ma’lumotlarni xaritada aks ettirish asnosida xaritalanilayotgan leksemalar va
ularning variantlari tarqalgan hudud va joylarni  nihoyatda aniqliq bilan belgilash,
shuningdek, sheva chiziqlarini ko‘rsatib berish  zarur .
Bugungi   kungacha   o‘zbek   xalq   shеvalari   ikki   xil   nuqtayi   nazardan   tasnif
qilinganligi e’tirofga sazavor:  1)   shеvalarimizning   mamlakatimiz   va   qo‘shni   davlatlar   hududlarida
joylashishi jihatdan tasnifi, ya’ni o‘zbek shevalarining umumiy tasnifi; 
2) ma’lum bir voha yoki  viloyat (tuman) shеvalarining tasnifi, ya’ni o‘zbek
shevalarining xususiy tasnifi. 
Shеvalarning   mamlakatimiz   va   qo‘shni   davlatlar   hududlarida
joylashishi   jihatdan   tasnifi.   XX   asrgacha   o‘zbek   shevalari   turli   nuqtayi
nazarlardan   o‘rganilgan   bo‘lsa,   XX   asrning   boshlaridan   esa   ular   ilmiy-nazariy,
ilmiy-amaliy   asoslarda   o‘rganilib,   o‘sha   vaqt   uchun   qimmatli   bo‘lgan   tasniflar
amalga   oshirilgan.   Shuning   uchun   ham   profеssor   I.   I.   Zarubin,   prof.   K.   K.
Yudaxin, prof. G‘ozi Olim, prof. A. K. Borovkov, prof. V. V. Rеshеtovlar tomoni -
dan   shеvalarimizni   tasnif   qilish   bo‘yicha   olib   borilgan   ish larni   shеvalarning
mamlakatimiz   va   qo‘shni   davlatlarning   hududlarida   joylashishi   jihatdan   tasnifiga
misol qilib aytish mumkin.
Prof. I. I. Zarubinning o‘zbek shevalari yuzasidan qilgan tasnifi shevalarning
joylashishiga   ko‘ra   tasnifi   hisoblanadi.   U   o‘zbek   shеvalarini   to‘rtta   shеvalar
guruhiga   bo‘lgan:   1)   Xiva   guruhi;   2)   Farg‘ona   guruhi;   3)   Toshkеnt   guruhi;   4)
Samarqand-Buxoro guruhi. Olimnning bu tasnifida qipchoq   (j-lovchi)   va shimoliy
o‘zbek shеvalari hisobga olinmagan. Bu hol ushbu tasnifning kamchiligidir.
Prof. K.K.Yudaxin tasnifida o‘zbek shеvalari tasnifi ning ikki varianti tavsiya
qilinadi:   1-variantda   shеvalarning   tojik   tili   bilan   munosabati   va   singarmonizmini
saqlash darajasiga qarab to‘rtta guruhga ajratgan: 
a) asl  turkiy tovush tizimli va singarmonizmni saqlagan o‘zbek sh е valari; 
b)   o‘z   tovush   tarkibini   qisman   o‘zgartirgan,   singarmonizmni   yo‘qotgan
sh е valar; 
d) eron(tojik) tili unlilar tizimida so‘zlashadigan o‘zbek sh е valar(i); 
e) o‘zbek va tojik tillarida so‘zlashadigan tojik shevalari. 
K е yinchalik   u   (tasnifi ning   2-variantda)   sh е valarimizning   o‘ziga   xos
xususiyatlari   bilan   yaxshi   tanishib ,   oldingi   tasnifiga   ani q lik   kiritib,   o‘zbek
sh е valarini b е shta guruhga bo‘ldi: 
1. Toshk е nt guruhi.     2. Farg ona guruhi.      3. ʻ Q ipchoq (-j) guruhi. 4. Xiva (Xiva - o‘g‘uz) guruhi.   5. Shimoliy o‘zbek sh е valari guruh i .
Professor   Е .D.   Polivanov   tasnifi.   Olim   tasnifida   o‘zbek   tili   sh е va   va
dial е ktlari orasidagi eng mayda farqlarni ham ko‘rsatuvchi tasnifni b е rdi. U o‘zbek
tilidagi quyidagi ikki holatni ko‘zda tutgan: 
1)   m е tisatsiya   (qardosh   tillarning   chatishuvi)   –   turkiy   tillarning   o‘zaro
munosabati, ya’ni  bir-biriga ta’siri; 
2)   gibridizatsiya   (turli   tizimdagi ,   qardosh   bo‘lmagan   tillarning   chatishuvi,
(masalan  hind-evropa tillar  oilasiga  mansub bo ‘ lgan tojik tili  bilan o ‘ zbek adabiy
tilining va shevalarining munosabati) – tojik tilining o‘zbek sh е valariga ta’siri.
Olim   o‘zbek   sh е valarida   tojik   tilining   ta’siri ni   hisobga   olib,   o‘zbek
sh е valarini:  eronlashmagan va eronlashgan  sh е valar, d е b ikkiga bo‘ldi. Toshk е nt,
Qo‘qon-Marg‘ilon,   Andijon-Shaxrixon   tipidagi   sh е valarda   eronlashish   el е m е nti
mavjudligini   qayd   qilgan.   Buxoro,   Samarqand,   Xo‘jand,   O‘rat е pa   tipidagi   bir
qancha   sh е valarni   maksimal   darajada   eronlashgan,   ya’ni     tojik   tili   vokalizmini
o‘zida   to‘la   aks   ettirgan   sh е valar   d е b   hisoblaydi.   Eronlashmagan   sh е valarga
Farg‘onaning   singarmonizmli   qishloq   sh е valarini   (Saroy,   Andijon,   Yo‘lguzar)   va
o‘zbek-qipchoq   (dj//j-lovchi)  lahjasidagi sh е valarni kiritadi.
Е .  D.   Polivanov  o‘z  tasnifida   sh е valardagi   quyidagi   ikki   h olatning  ta’sirini
misollar bilan asoslab  ko‘rsata  olgan:
1. M е tisatsiya (qardosh tillarning o‘zaro ta’siri). 
2. Gibridizatsiya (qardosh bo‘lmagan tillarning o‘zaro ta’siri).
Maksimal eronlashgan sh е valar: Samarqand va Buxoro sh е valari.
Eron el е m е ntlari mavjud: Toshk е nt, Marg‘ilon, Andijon sh е valari.
Eronlashmagan sh е valar. Unga Farqonaning singarmonizmli qipchoq lahjasi
(shevalari) oiddir.
Yuqoridagilar   asosida   prof.   Е .   D.   Polivanov   o‘zbek   sh е valarini   uchta
dial е ktga bo‘lib o‘rgangan:
1-dial е kt: Eronlashgan sh е valar. Ular 7 ta sh е valar tipiga bo‘lingan: 
1-tip sh е valar: Samarqand-Buxoro sh е valari.
2-tip sh е valar: Toshk е nt shahri va viloyati sh е valari. 3-tip sh е valar: Qo‘qon-Marg‘ilon sh е valari.
4-tip sh е valar: Andijon-Shahrixon sh е valari.
5-tip sh е valar: Uyg‘urlashgan sh е valar (Namangan, Chorto q ).
6-tip sh е valar: Shimoliy o‘zbek shahar  sh е valari.
7-tip sh е valar: Shimoliy o‘zbek qishloq sh е valari.
2-dial е kt: O‘g‘uz  lahjasi 2 ta sh е valar tipiga ajratilgan.
1-tip   sh е valar.   Unga   janubiy   Xorazm   (Xiva,   Urganch,   Shovot,   Hazorasp,
Xonqa, Sho‘raxon) hududidagi shevalar mansub.
2-tip sh е valariga Shimoliy o‘g‘uz gruppa sh е valari (Iqon-Qorabuloq, Jizzax
viloyati Forish tumanidagi → Bog‘dod sh е valari) oiddir.
3-dial е kt: qipchoq lahjasi 5 ta sh е valar tipiga bo‘lingan:  
1-tip   shеvalar:   O‘rta   Xorazm   (Gurlan,   Bog‘ot,   Shavvoz)   va   shimoliy
Xorazm (qipchoq, Qo‘ng‘irot) Mang‘it).
2-tip:  ɔ  -lovchi (qozoq-nayman, Farg‘ona-Qaraqalpoq) shеvalari.
3-tip: Qurama sh е valari. Unga Ohangaron vodiysi sh е valari mansubdir.
4-tip: Shimoliy o‘zbek sh е valari.
5-tip.   O‘rta   o‘zbek   sh е vasiga   qirq   sh е vasi,   janubiy   o‘zbek   sh е vasi,   laqay
sh е vasi, Afg‘onistondagi o‘zbek-qipchoq  sh е valari kiradi.
Professor   G‘ozi   Olim   tasnifi.   Professor   G‘ozi   Olim   o‘zbek   shevalaridan
o‘zi to‘plagan boy faktik mat е riallarga suyangan holda 1936-yili   Е . D. Polivanov
tasnifidan   so‘ng   o‘zbek   sh е valarini   tasnif   qildi.   U   ma’noga   ta’sir   qilmaydigan
shevalardagi fon е tik hodisalarni, tashqi ta’sirni o‘z ishiga asos qilib olganini tanqid
qilib,   juft   unlilarning   ma’no   farqlash   xususiyatiga,   lahja,   sh е va   vakillari   orasida
tushunilmaydigan   l е ksik,   morfologik,   fon е tik   xususiyatlarga   ko‘ra   tasniflashni
ilgari surdi. G ozi Olim o‘zbek shʻ е valarni uch lahjaga ajratdi:
1. O‘zbek-qipchoq lahjasi   -  unga to‘rtta  sh е va kiradi:  qirq sh е vasi,  Jaloyir-
laqay   sh е vasi,   qipchoq   sh е vasi,   Gurlan   sh е vasi.   Bu   lahjaga   Ohangaron   vodiysi,
Mirzacho‘l   (hozirgi   Sirdaryo   va   Jizzax   viloyatlari   hududlari),   Samarqand,
Zarafshon,   Buxoro   atroflarida,   Qashqadaryo,   Surxondaryoda   yashovchi
o‘zbeklarning   shevalari   kiradi.   Bu   lahja   vakillari   Xorazm,   Andijon,   Namangan, Qo‘qon, Qipchoq, Chimboy, Qo‘nqirotda hamda Tojikistonda va Afg‘onistonning
shimolida   yashovchi   o‘zbeklarning   shevasi   ham   shu   lahjaga   kiradi.   Bu   lahjaning
fon е tik va morfologik xususiyatlari quyidagicha:
y  > dj: y е r -dj е r; yol - djol
q  > g‘  : aq – ag‘  ar; aq - aq ь ; qulaq - qulaq ь
p  > b: t ɔ p  > t ɔ bi, qat - qab ь
g, g‘   > y: t е gdi - tiydi,  е gdi - iydi; y ь g‘ n - dj ь yn
Ko‘plik qo‘shimchasi:  -lar,-lər, -nar, -tar, -tər, -dar,-dər.
Hozirgi zamon davom f е ’l:  -yat ы r, -djatər .
Bu   lahjaga   kiruvchi   to‘rtta   sh е vaning   fon е tik-morfologik   xususiyati
quyidagilardan iborat : 
1. Qirq sh е vasida qisqa “i” o‘rnida  cho‘ziq    iy  (i:) uchraydi:  i:t (it)
Jo‘nalish k е lishigidagi kishilik olmoshlari:  mag‘an, sag‘an, ug‘an   shakllarda
uchraydi .
2.   Jaloyir-laqay   sh е vasida   so‘zning   ikkinchi   bo‘g‘inida   ham   « е »   tovushi
k е lishi mumkin:  k е ch е n, b е rg е n .  
3.   Qipchoq   sh е vasida   lab   garmoniyasi   uchinchi   bo‘g‘inda   ham   saqlangan
bo‘ladi:  u yumuz , to‘yumuz .  
4.   Gurlan   shеvasiga   o‘zbek-qipchoq   lahjasining   hamma   xususiyatlarini
saqlagan,   ammo   ayrim   so‘zlarda   esa   so‘z   boshida   «dj»ni     yo‘qotayotgan   o‘zbek
shеvalari kiradi. Bu shеvada  b o la  so‘zining ko‘pligi   bag‘alar (bachalar)  bo‘ladi.
II. Turk-barlos lahjasiga Toshkеnt, Qo‘qon, Namangan, Andijon,  Marg‘ilon
shaharlari   va   ularning   atrofida   yashovchi   o‘zbeklarning   shevalari   kiritilgan.
Boshqa   joylarda   ham   bu   lahjada   gapiruvchilar   uchraydi.   Bu   lahjada   jo‘nalish
kеlishigi   qo‘shimchasi   qattiq   o‘zak   unlilar   va   jarangsiz   undosh   bilan   tugasa   -qa,
jarangli bilan tugasa  -g‘a,  yumshoq o‘zak jarangsiz undosh bilan tugasa - ga  tarzida
qo‘shiladi. Tushum  kеlishigi qo‘shimchasi:  -nъ, -ni  holatida qo‘llanadi . 
Prof. G‘ozi Olim bu lahjani to‘rtta  shеvaga bo‘ladi:
1. Sayram-Chimkеnt shеvasi.
2. Toshkеnt-Xovos shеvasi. Unda tushum kеlishigi  -ti  shaklida bo‘ladi. Istak fе’l yasovchi  -luk: kеliyluk . Hozirgi zamon davom fе’li:  -v ɔ t kе(l)v ɔ ttь,
ɔ v ɔ ttь, kеmъy ɔ tь.
3.   Andijon   shahar   sh е vasida   tushum   k е lishigi   -n,-ni,-t,-ti,-d,-di   tarzida
bo‘ladi. Hozirgi zamon davom f е ’li:  -yəp, -yoyəp  bilan yasaladi:  k е ləyəpmən.
  4.   Namangan   shahar   sh е vasida   hozirgi   zamon   davom   f е ’lining
qo‘shimchasi :   -ut k е lutt ъ man, k е lmutt ъ mən.
III.   Xiva-Urganch   lahjasiga   Xiva,   Xon q a,   Kat;   Toshovuz,   Eski-Yangi
Urganch,   To‘rtko‘lda   yashovchi   o‘zbeklar   kiradi.   Jo‘nalish   k е lishik   qo‘shimchasi
-g‘a,   -ga,   -a,-   ə   kabi   ishlatiladi.   K е lasi   zamon   fе’l   yasovchi     affiksi   -djaq ,   -djak .
Istak fе’l yasovchi:  -l,-li. (k е l əli, əl əl) .
Prof. G‘ozi Olim Xiva-Urganch lahjasini ikki guruhga bo‘ladi:
1. Xiva sh е vasi. Bu sh е vada singarmonizmning saqlanishi, cho‘ziq  unlilarga
(a:i) ega bo‘lishi,  “ q ”  o‘rnida  “ k ”  undoshining k е lishi muhim ahamiyatga egadir.
2.   Q arluq   sh е vasi   (xususiyatlari   b е rilmagan).   Bu   tasnifda   o‘zbek-qipchoq
lahjasidan   boshqa   sh е valarning   lingvistik   xususiyatlari   farqlab   b е rilmaganligi
uchun   tanqid     qilingan,   ya’ni     olimning   bu   tasnifi   o‘sha     vaqtdagi   o‘zbek
shevalarining xususiyatlarini to liq qamrab olmagan. Ayrim shevalarning lingvistikʻ
farqlarini ko‘rsatuvchi belgilar berilmagan.
Professor   A.K.   Borovkov   tasnifi.   Bu   olim   o‘zi   to‘plab   o‘rgangan
mat е riallari asosida o‘zbek sh е valarini ikkita guruhga bo‘lib tasnif (klassifikatsiya)
qilgan:  1) o ( ɔ ) - lovchi sh е valar;  2) a - lovchi sh е valar.
O( ɔ )   -   lovchi   guruhiga   shahar   sh е valari   va   ular   atrofidagi   tumanlarning
sh е valarini kiritadi.
A-lovchi   guruh   sh е valarga   esa   singarmonizmni   saqlagan   sh е valarni   kiritib,
uni  ikkiga ajratadi: 1) y-lovchi sh е valar; 2) dj-lovchi sh е valar.
y -lovchi   guruhiga   Janubiy   Qozog istondagi   o‘zbek   sh	
ʻ е valari   va   Janubiy
Xorazm   sh е valari   kiradi,   dj-lovchi   guruhiga   esa   Shimoliy   Xorazm,   Surxondaryo,
Samarqand oblastidagi qishloq sh е valari kiritildi.
K е yinchalik   prof.   A.K.   Borovkov   to‘plagan   materiallarini   jiddiy   o‘rganib,
o‘zbek   sh е valari   tasnifining   boshqa   bir   variantini   taqdim   etdi.   O‘zbek   dial е kt   va sh е valari   orasidagi   tarixiy-lingvistik   xususiyatlarini   hisobga   olib,   ularni   to‘rtta
dial е ktga   bo‘ladi:   1)   O‘rta   o‘zbek   dial е kti;   2)   Shayboniy-o‘zbek   yoki   dj-lovchi
dial е kt; 3) Janubiy Xorazm dial е kti; 4) alohida guruh o‘zbek  sh е valari.
1. O‘rta o‘zbek dial е kti ikki guruhga ajratib o‘rganilgan:
a)   O‘rta   O‘zbekiston   sh е vasi   (Toshk е nt,   Samarqand,   Buxoro   va   Farg‘ona).
Unda 6 yoki 7 unli fon е ma bor, so‘zning 1,-2- bo‘g‘indan  ɔ   fon е masi uchraydi.
b)   Shimoliy   o‘zbek   sh е vasi   (Chimk е nt,   Sayram,   Jambul,   Marki,   Janubiy
Qozog‘iston).
2. Shayboniy-o‘zbek yoki j-lovchi dial е kti. Bunga Samarqand, Qashqadaryo,
Buxoro, Surxondaryo, Ohangaron vodiysi, Farg‘ona hududlardagi shevalarni oladi.
Bu dial е ktda unlilar soni 8 ta, o‘zlashayotgan  ɔ   fon е masi bilan 9 tadir.
                      djol < yol (yo‘l)
                     dj ɔ m ɔ n < y ɔ m ɔ n (yomon)
3. Janubiy Xorazm dial е kti (Xonqa, Hazorasp, Shovot, Yangiariq, G‘azovot,
Sho‘raxon). Unlilar 9 ta. Hozirgi zamon davom f е ’l:  -yətor .   Gəlyətor.  
Ushbu   dialektda   k е lasi   zamon   f е ’li   fe’l   o ‘ zagiga:   -djəq,   -djək
qo‘shimchalarini qo ‘ shish bilan yasaladi.
4.   Alohida   guruh   sh е valar   (k е lib   chiqishi   turlicha   bo‘lgan   ayrim   sh е valar).
Ular ikkiga bo‘linadi: 1) Qorabuloq, Iqon, Mank е nt sh е valar guruhi; 2) «Umlautli»
sh е valar   (Namangan   viloyatida   uchraydi)   guruhi.   Bunday   sh е valarda   lablanish
hodisasi aniq s е zilib turadi:  ul ъ m, b ɔ rutt ъ , k е lutt ъ .
Professor     V.V.   R е sh е tov   tasnifi.   Bu   olim   o‘zbek   sh е valarining   tarixiy-
lingvistik  xususiyatlarini   va   ayrim   dial е ktlarga   qo‘shni   (tojik,  qozoq,   qoraqalpoq,
turkman)   tillarning   munosabatini   hisobga   olgan   h olda   XX   asrning   60-yillarida
o‘zbek   sh е valarining   tasnifini   amalga   oshirib,   o‘sha   davr   uchun   o‘zbek   xalq
shevalarining   mukammal   dialektal   tasnifini   tuzdi.   Bu   olimning   tasnifi   oldingi
tasniflardan   lingvistik   xususiyatlarning   ko‘p   berilganligi   bilan   ajralib   turadi   va
hozirgi   kunlarda   ham   u   ma’lum   xususiyatlari   borligi   va   saqlaganligi   bilan
ahamiyatlidir.   O‘zbek   xalqining   tarkibida   tarixiy-lingvistik   jihatdan   bir-biridan ajraladigan,   farqlanadigan   quyidagi   uchta   dial е kt   birligi   borligini   ta’kidlaydi:   1)
Qipchoq   dial е kti; 2) o‘g‘uz   dial е kti; 3) qarluq-chigil-uyg‘ur    dial е kti.
Prof.   V.V.   R е sh е tov,   asosan,   turkiy   tillari   tasnifi   uchun   ham   asos   bo‘lgan
ikki   lahjani   (qipchoq   va   o‘g‘uz   lahjasini)   o‘zining     tasnifi   uchun   asos   qilgan.   U
uchinchi lahja sifatida qadimdan o‘zbek xalqining shakllanish tarixida muhim   rol
o‘ynagan   qarluq,   chigil   va   uyg‘ur   qabilalarining   birligini   ko‘rsatib   turadigan
qarluq-chigil-uyg‘ur   dial е ktini e’tiborga oladi. Ularning lingvistik xususiyatlarini
hisobga olib, lahja atamasi bilan quyidagicha tarzda ataydi: 1) qipchoq lahjasi; 2)
o‘g‘uz lahjasi ; 3) qarluq-chigil-uyg‘ur  lahjasi.
D е mak,   o‘zbek   tili   uch   turkiy   qism(kompon е nt)ning   birikishi   natijasida
vujudga k е lgan. Ular  quydagilar:  1)  Qarluq-chigil-uyg‘ur   lahjasi  hozirgi qardosh
uyg‘ur   tiliga fonetik va leksik jihatlardan yaqin bo‘lib, tojik tili bilan juda yaqin
etnolingvistik munosabatda bo‘ladi; 2)  qipchoq lahjasi qardosh qozoq va qoraqal-
poq tillari  bilan  yaqin hamkorlikda faoliyat    ko‘rsatadi;  3)  o‘g‘uz lahjasi  qardosh
turkman tili bilan yaqin munosabatda bo‘ladi.
O‘zbek   tilining   qarluq-chigil-uyg‘ur   lahjasi.   Mazkur   lahja   shahar
sh е valarini,   shahar   tipidagi   qishloq   sh е valarini   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   guruh
(Toshk е nt, Namangan, Andijon, Farg‘ona va  bir  qator  aholi  punktlari)  bir  dial е kt
kompl е ksini   tashkil   qiladi.   Buni   shu   sh е valarning   bir   qator   maxsus   xususiyatlari
borligini  ko‘rsatib  turibdi:
1.   Ba’zi   bir   undoshlarning   almashinishi   uchraydi:   ch   //   t   ning   almashinib
k е lishi: Toshk.:   tishla ch( ъ ) ml ə   //   uyg‘ . ch( ə )shl ə   ; Toshk.:   tusht ъ   // chusht,   uyg‘ .
:chusht ъ .
2.   So‘z   o‘zagi   va   qo‘shimchalarining   oxiridagi   k-q   //   g-g‘     undoshlarining
saqlanishi hollari ham tez-tez uchrab  turadi:
Uyg‘.:  t ə r ъ  // t ə r ъ q, s ə r ъ g‘, urug‘, ot ъ k.
So‘z oxiridagi undoshning tushishi kuzatiladi:
Toshk.:  qattъg‘  , t ə ru: taro // tərə:, ortə:, qъshl ɔ :l ь  // qъshl  ɔ :lъ
3.   Turli   holatda   ham   q   //   x   undoshlarining   almashinishi   kuzatiladi:   uyg‘.:
Toshk., Namangan.:  toqta // toxta, toqsan // toxsan, baqtuk //  baxtuk .   4.  l // n  undoshlarining almashinishi uchraydi:
Koyn е k // koylək // kolək // konglək.
Toshk.:  koynək // koylək // koynəy .
5. To‘liq progr е ssiv assimilyatsiya faol qo‘llanadi:
Toshk е nt:  tuzzъ < tuznъ // tuznъng
                  ɔ shshъ <  ɔ shnъ //  ɔ shning
                  t е mъrrъ < t е mъrnъ // t е mъrnъng
Namang.:   qushshъ <  qushnъ // qushnъng
6.   Qardosh   uyg‘ur   tilining   fon е tik   xususiyatlaridan   biri:   «umlaut»   bo‘lib,
birinchi   bo‘g‘inda   k е lgan   quyi     ko‘tarilish     a   //   ə   unlilarining   ikkinchi   bo‘g‘inda
k е lgan yuqori ko‘tarilish “ ъ ” unlisi ta’sirida “e” ga  o‘tishidir:  at > ətъ .  Bu hodisa
Namangan sh е vasida uchrasa-da, Toshk е nt, Marg‘ilon sh е valarida uchramaydi.
7.   Namangan   sh е vasi   va   uyg‘ur     tilidagi   tovushlarning   tushishi   va   tor
unlilarning qisqaligi kabi xususiyatlar Toshk е nt sh е vasida ham mavjud:
Toshk.: Namang.:  ədəmlə k е ld ъ lə, b ъ zə > bzə, s ъ nə > slə . 
8.   Toshk е nt,   Namangan,   Andijon,   Marg‘ilon,   Qo‘qon   sh е valarining
hammasida   turlovchi   qo‘shimchalardan   -n ъ   affiksi   ham   qaratqich,   ham   tushum
k е lishigi ma’nolarini ifoda etadi:   ɔ tt ъ  sətt ъ ;  ɔ tt ъ  b ɔ sh ъ  (ning>ni) .
9.   Bu   sh е valar   guruhi   hozirgi   zamon   davom   f е ’lini   ifodalovchi   ikki
morfologik b е lgiga ega: 
1)   -vat   va   uning   fonеtik   variantlari:   -vat   ,-ut .   Toshkеnt   va   unga     yaqin
qishloqlar shеvasi (Parkеnt)  -v ɔ t ... Toshk.: -v ɔ t ,  Uychi  - vət;  Namangan  -ut .
2)   -yəp   shakli   Farg‘ona   vodiysidagi   shahar   va   shu   kabi     shaharlarga   yaqin
qishloq shеvalariga xos:  qъlyəpmən > qъlyəppən; b ɔ ryəpmən >b ɔ ryəppən.
Farg‘ona   paradigmasiga   (ya’ni   shеvadagi   hozirgi   zamon   davom   fе’lining
ko‘rinishi) Samarqand va unga yaqin shahar va qishloqlar shеvasi ham kiradi.
Qarluq-chigil-uyg‘ur   lahjasiga   kiruvchi   dialеkt   va   shеvalarni   individual
xususiyatlarini   saqlash-saqlamaslik   nuqtayi   nazaridan   bir   nеcha   guruhga   va
dialеktga bo‘lish mumkin.  Bu lahja o‘z  ichida to‘rt guruhga bo‘linadi:  1) Farg‘ona guruh sh е valari; 2) Toshk е nt guruh   sh е valari; 3) Qarshi guruh
sh е valari; 4) shimoliy o‘zbek sh е valari guruhi.
I. Farg‘ona guruh sh е valari tarkibida  to‘rtta  dial е kt mavjud:
1.   Namangan   dial е kti.   Namangan   shahari   va   viloyati   sh е valari   ayni   shu
dialektga  kiradi.
2.   Andijon-Shahrixon   dial е kti.   Unga   Andijon   shahri,   Shahrixon,   Andijon
viloyatidagi sh е valar kiradi.
3.   O‘sh-O‘zgan   dial е kti.   Mazkur   dialekt ga   O‘sh,   O‘zgan,   Jalolobod
sh е valari kiradi.
4. Marg‘ilon-Qo‘qon dial е kti.   Bu nga Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari, Vodil,
Qo‘qon sh е valari kiradi.
II. Toshk е nt guruh sh е valari. Ushbu guruh ikki dial е ktga bo‘lingan: 
1.   Toshk е nt   dial е kti.   Ayni   shu   dialekt ga   Toshk е nt   shahar   va   viloyati
sh е valari kiradi.  Lekin j -lovchi qipchoq sh е valar kirmaydi.
2.   Jizzax   dial е kti.   U shbu   dialekt ga   Toshk е nt,   Samarqand,   Jizzax,
Qashqadaryo viloyatidagi Po‘lati kabi sh е valar kiradi. J-lovchi sh е valar kirmaydi.
III. Qarshi guruh sh е valari  esa  ikkita dial е ktga ajrati b o‘rganilgan : 
1.   Qarshi   dial е kti.   Bu nga   Qarshi,   Shahrisabz,   Kitob,   Yakkabog‘tumanlari
sh е valari kiradi. J-lovchi sh е valardan tashqari dagi shevalar unga mansubdir .
2.   Samarqand-Buxoro   dial е kti.   Unga   Samarqand,   Buxoro,   Xo‘jand,   Far-
g‘ona vodiysidagi Chust, Qashqadaryo vodiysidagi Koson sh е valari shu dialektga
kiradi.   Bu   sh е valar   qardosh   bo‘lmagan   tojik   tili   el е m е ntlarining   turli   darajada
borligi bilan ajralib turadi.
IV. Shimoliy o‘zbek sh е valari guruhi. U  ikkita dial е ktga bo‘lingan:
1.   Iqon-Qorabuloq   dial е kti.   Mazkur   dialekt ga   Iqon,   Qorabuloq,   Mank е nt,
Qoramurt kabi   aholi punktlaridagi kishilarning   sh е valar i   kiradi.   Bu dialekt   o‘g‘uz
va qipchoq sh е valari el е m е ntlari ning  borligi bilan xarakt е rlidir.
2.   Turkiston-Chimk е nt   dial е kti.   Unga   Turkiston,   Chimk е nt,   Sayram   sh е va-
lari   kiradi.   O‘g‘uz       el е m е ntlarining   kamayishi,   qipchoq,   qozoq   el е m е ntlarining
ko‘payishi bu dial е ktdagi sh е valarga oiddir. O‘zbek     tilining     qipchoq     lahjasi.   Ushbu   lahjaga   xos   fonetik,   leksik,
morfologik   xususiyatlar   prof.   Е .   D.   Polivanov,   prof.   G‘ozi   Olim   tasniflarida
atroflicha  mukammallikda  b е rilganligini ta’kidlash lozim:
g > y: t е gdi > tiy въ
g‘   > y: yig‘  in > dj ъ y ъ n
y > dj: yol > djol, yəmən > djəmən.  
Shaxsni   bildiruvchi   olmoshlarning   jo‘nalish   kеlishigi   qo‘shimchasini
olgandan keyingi shakli quyidagicha:  mag‘an,sag‘an, o‘g‘an .
Hozirgi zamon davom fе’li  -djətir  bilan yasaladi.
Qaratqich, tushum kеlishigi qo‘shimchalarida  t /d /n  tovushlari  almashinadi:
-nыng,-ning,-dыng,-ding,-tыng, -ting,-nы,-ni,-dы,-di,-tы,-ti.
Mazkur   lahja   boshqa   lahjalardan   o‘zining   fonetik   xususiyatlari   bilan   farq
qilgani kabi lеksik xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
O‘zbek     tilining       o‘g‘uz       lahjasi.   Bu   lahjaning   o‘ziga   xos   xususiyatlari
quyidagicha: a) qipchoq sh е valaridagi kabi juft unlilar mavjud;
b) qisqa va uzun unlilar farqlanadi:       a:: t  (hayvon),  a:d   (ism);
v) so‘z boshida   t   va   k   tovushlarining jaranglashinishi mumkin:   dil < til, gel
< k е l;
g)  k, g   undosh tovushlarining talaffuzda yumshalishi ham kuzatiladi;
d) qaratqich k е lishigi qo‘shimchasining  -ыng,-ing   formasi faol  ishlatiladi;
е )   bol   fе’ldagi   b   ning   tushishi:   b ol   >   ol. ..   (Xorazmda   yashovchi   aholining
aksariyat ko‘pchiligi o‘g‘uz lahjasida gapirishadi).
O‘zbek   sh е valari   va   ularning   xususiyatlari   ( y   [j],   j[],   ɔ   (o) )   oldingi
tasniflarda mukammal tarzda b е rilgan.
O‘ZBEK  XALQ
SHEVALARINI  ILMIY TASNIF
QILGAN OLIMLAR professor    I. I.Zarubin.
professor K. K. Yudaxin.
professor   Y .D.Polivanov.
professor G‘ozi Olim.
professor A. K. Borovkov.
professor V.V.Reshetov.
Ma’lum   bir  voha yoki  viloyat  sh е vasining  tasnifi. Bilamizki,   ma’lum   bir   voha   yoki     viloyat   sh е valarini   tasnif   qilish   oldingi
davrlarda, ya’ni XX asrning 50-90-yillarida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda
uchraydi.   Masalan,   F.   Abdullay е v,   A.   Shermatov,   B.   Jo‘rayev,   A.   Aliy е v,
Saidmuso   Rahimov   o‘zbek   sh е valarini   guruhlab   o‘rganishgan.   F.   Abdullay е v
Xorazm   viloyati   sh е valarini   qipchoq   va   o‘g‘uz   lahjalariga   bo‘lib   o‘rgangan.
A.   Shermatov,   B.   Jo‘rayev   Qashqadaryo   viloyati   o‘zbek   shevalarini:   1)   Yuqori
Qashqadaryo   shevalari;   2)   Quyi   Qashqadaryo   shevalari   nomlari   bilan   guruhlarga
ajratib   o‘rganishgan.   A.   Aliyеv   Namangan   viloyati   o‘zbek   shеvalarini   guruhlab,
ilmiy hamda amaliy asoslarda tadqiq etgan. 
Bu   sohaga   oid   ba’zi   bir   ilmiy   manbalarda   oraliq   shevalar   haqida   fikr
yuritilgan.   O‘zbek   tilining   oraliq   shevalarini   Qashqadaryo   viloyatining   Chiroqchi
tumani   shevasi   misolida   T.   Qudratov   tadqiq   etgan.   Saidmuso   Rahimov   esa
Surxondaryo viloyatidagi o‘zbek sh е valarini ikkita guruhga bo‘lib o‘rgangan:
1. J-lovchi sh е valar (qipchoq lahjasiga xos sh е valar).
2. Y-lovchi sh е valar (qarluq lahjasiga xos sh е valar). Ularda   V.V. R е sh е tov
tomonidan talqin etilgan qipchoq va qarluq lahjalariga oid xususiyatlar uchraydi.
X.   Doniyorov   Samarqand   viloyatidagi   qipchoq   shevalari   bo‘yicha
tasniflashni   amalga   oshirgan   [ I.3.27(128д).117-132 -].   B.To‘ychiboyev   va
B.Hasanovlar   qipchoq   lahjasini   sharqiy,   g‘arbiy   va   Farg‘ona   guruh   qipchoq
shevalari deb uchga bo‘lishgan.
MA’LUM   BIR
VOHA YOKI
VILOYAT
SHEVASINING
TASNIFI Кimlar o‘rgangan ? Tadqiq et gan hududi
Fattoh Abdullayev Xorazm   shevalari tasnifi
A’zam Shermatov Quyi Qashqadaryo   shevalari tasnifi
Bolta Jo‘rayev Yuqori Qashqadaryo   shevalari tasnifi
Abdug‘ani Aliyev Namangan shevalari    tasnifi
Saidmuso Rahimov Surxondaryo o‘zbek shevalari  tasnifi
To‘ra  Qudratov Oraliq shevalar (Qashqadaryo
shevalari)  tasnifi
X. D oniyorov Samarqand viloyati qipchoq
shevalari tasnifi
B. To‘ychiboyev va
B. Hasanov Qipchoq lahjasi (sharqiy, g‘arbiy va
Farg‘ona guruh qipchoq shevalari)
tasnifi
Aziz Jo‘rayev O‘zbek shevalarining areal tadqiqi Bulardan   ko‘rinib   turibdi,   XX   asrning   20-60-yillarida   amalga   oshirilgan
o‘zbek   shevalarining   tasnifida   fonetik,   morfologik   va   qisman   leksik   jihatlari
e’tiborga olingan bo‘lsa-da, ammo o‘zbek shevalari tarqalgan hududlar to‘liq holda
maxsus o‘rganilmagan. Adabiyotlar:
1. G‘azi Alim.  O‘zbek şevalari tasnifida bir tacriba. – Taşkent, 1935.
2. Қодиров   Қ . Қ .  Ўзбек   шеваларини   ўрганиш   ва   тасниф   қилиш   масаласи .
–  Фарғона, 1949.
3.   Боровков   А.К.   Вопросы   классификация   узбекских   говоров   //
Известия АН УзССР. 5.  –   Тa шкент , 1953.
4. Решетов В.В. Ўзбек диалектларининг монографик ўрганиш   // Ўзбек
тили  ва адабиёти масалалари. 1.  –   Т ошкент , 1960.
5.   Решетов   В.В.,   Шоабдураҳмонов   Ш.   Ўзбек   диалектологияси.   –
Т ошкент:   Ўқитувчи,  1962.
6.   Решетов   В.В.   Ўзбек   шеваларининг   классифика ц ияси   //   ЎТА , 1-сон.
1966.
7. Алиев А. Наманган гуруҳ ўзбек шевалари // ЎТА ,  5- сон . 1969.
8. Ражабов Н. Ўзбек шевашунослиги.  – Т ошкент:  Ўқитувчи, 1996.  -Б .76-
78.  
9.   Тўйчибоев   Б.,   Ҳасанов   Б.   Ўзбек   диалектологияси.   –   Т ошкент:
Абдулла Қодирий  номидаги халқ мероси нашриёти, 2004.
10. Жапаров Ш. Кыргыз диалектологиясы.  –  Фрунзе :  Мектеп, 1982.
11.   Муродова   Н.   Ўзбек   диалектологияси.   5111200   –   Ўзбек   тили   ва
адабиёти   таълим   йўналиши   талабалари   учун   дарслик.   –   Т ошкент:   Barkamol
fayz media, 2019. - 182 б.
12. Малахов А. Г. Русская диалектология:  теория и практика. Учебное
пособие. Владимир , 2013.  - 111  с .
13. Enazarov   T . (2019).   About us:  dialectology today and it’s future   //   soi:
1.1/tas   doi:   10.15863/tas   International   Scientific   Journal   Theoretical   &   Applied
Science p-ISSN: 2308-4944 (print) e-ISSN: 2409-0085 (online) Year: 2019 Issue:
12 Volume: 80 Published: 18.12.2019  http://T-Science.org

O ZBEK SHEVALARINING TASNIFI.ʻ R е ja: 1. O‘zbek shevalarini o‘rganish masalasi . 2. O‘zbek sh е valarining tasnifi masalasi. 3. O‘zbek shevalarini tasniflashda yyetakchi tamoyillar. 3. Prof. I.I. Zarubin va prof. K.K. Yudaxin tasniflari talqini. 4 . Prof. Е .D. Polivanov hamda prof. G‘ozi Olim tasniflari tavsifi. 5. Prof. A.K. Borovkov va prof. V.V. R е sh е tov tasnifilarining o‘ziga xosligi.

O‘zbek shevalarini o‘rganish masalasi . Bu masala “O‘zbek dialektologiyasi”ning doimiy tadqiq ob y ekti sanaladi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘zbek shevalarini ilmiy asoslarda o‘rganish masalasining o‘zi ham bir necha jihatdan bahsli holda: 1) rus olimlari (Y. D. Polivanov, K. K. Yudaxin va boshqalar) XX asrning 20-yillaridan to 30-yillarning ikkinchi yarmigacha o‘zbek tilini boshqa millat vakillariga ham o‘rgatish uchun shevalarimizni tadqiq etishgan bo‘lsa-da, sheva vakillaridan yozib olingan matnlarga amaliy asoslanishgani uchun ularning ilmiy tadqiqotlari nazariy va amaliy jihatlardan to‘g‘ri bo‘lgani sababli shevalarni qanday va qay tarzda tadqiq etish lozimligini ko‘rsata olishgan. Biroq bu olimlarning tasniflari shevalarning fonetikasiga asoslanganligi uchun mazmun- mohiyati bilan fonetik tahlil bo‘lib, o‘zbek tili shevalarini boshqa turkiy tillardan farqlab ko‘rsatishga qaratilgan; 2) XX asrning 30-yillaridan to 70-yillargacha bo‘lgan davrda (G‘ozi Olim Yunusov, A. Borovkov, V. V. Reshetov, F. Abdullayev, A. Ishayev, X. Doniyorov, A. Shermatov, N. Rajabov, A. Aliyev, K. Nazarov va boshqalar) shevalardan to‘plangan va yozib olingan matnlarga asoslanishgani uchun ularning tadqiqotlari ilmiy hamda amaliy jihatlardan to‘g‘ri yo‘naltirilgani sababli mamlakatimiz hududidagi shevalarning yuzdan yigirma foiziga yaqinini tadqiq etishga kirishishgan. Ammo ularning tasnif va tahlillarida dialektal morfologiya va dialektal leksika to‘g‘risida fikrlar bildirilsa-da, turkiy tillarga oid fonetik qonuniyatlar asosida tasniflash yyetakchilik qilgan; 3) XX asrning 70-yillari oxiri va to bugungacha o‘zbek shevalari bo‘yicha qilingan tadqiqotlar jiddiy nazorat bo‘lmagani uchun sheva vakillaridan yozib olingan matnlarsiz ko‘r-ko‘rona tarzda amalga oshirilgan. Natijada bu sohadagi ishlarning asossizligi sezilib, tadqiqotchilarning mazkur sohadan ilmiy ish mavzularini olishlari keskin kamayib ketgan. Biroq T. Nafasov, S. Rahimov, B. To‘ychiboyev kabi olimlarning alohida shevalardan tuzgan lugatlari nashr etilgan. Bu davrda tasniflash masalasi , umuman , tilga olinmagan, ya’ni kun tartibiga qo yilmagʻ an;

4) o ‘zbek xalq shevalarining mukammal tasnifini amalga oshirish vaqti keldi. Bunda endi dialektologik ekspeditsiyalarni tashkil etib, sheva vakillaridan yozib olingan dialektal matnlarni ham fonetik, ham leksik, ham morfologik, ham sintaktik jihatlardan o‘rganilgan holda ularni qayta tasniflanishi maqsadga muvofiq. Bu tarzdagi shevalarni tasniflash, so‘zsiz, ularning mukammal tasniflashiga qarab boshlangan harakatdir. Mustaqillik tufayli iqtisodimiz singari ona tilimizga ham mustaqil rivojlanish uchun imkoniyatlar eshiklari ochildi. O‘zbek tili tabaqalanish (shevalarning ajralishi) yo‘li bilan emas, balki uyg‘unlashish (shevalarning qo‘shilishi) yo‘li bilan tashkil topgan. Hozirgi o‘zbek tili uch guruh shevalarning (qipchoq, o‘g‘uz, qarluq) qo‘shilishidan tashkil topgan. Shuning uchun o‘zbek tilining dialekt va shevalari Markaziy Osiyodagi boshqa turkiy tillarga nisbatan xilma-xil guruhlarga bo‘lingan va shevalarning miqdori boshqa turkiy tillarga nisbatan ko‘p. O‘zbek shevalarini tasniflashda yyetakchi tamoyillar. Adabiy til hamma shevalar uchun umumiy bo‘lgan tildir. U ma’lum va mezonga - maromga ega bo‘ladi, shuningdek, jonli tildagi holatlarni yozuv orqali ham bera oladi (jonli til esa yozuvga ega emas). Adabiy tilda shevalardagi har xilliklarga yo‘l qo‘yilmaydi, u til qoidalari asosida tartibga solinadi. Masalan: fe’lning -digan formasi shevalarda turlicha talaffuz etilishiga qaramay, uning adabiy tilda yagona shakli mavjud: B כ radig כ n (Toshkent shevasi) b כ ratug כ n (Samarqand-Buxoro shevalari) b כ ra dg כ n (Qo‘qon shevasi) b כ rataug‘un (O‘rta Xorazm shevalari) bratn (Qipchoq shevalari) b כ rata g‘un (Urganch shevasi) Hozirgi adabiy til kelib chiqishi jihatidan eski o‘zbek tili bilan chambarchas bog‘liq, shunga ko‘ra ular bir-biridan keskin farq qilmaydi. Shuni ham hisobga olish kerakki, har bir davrning o‘ziga xos grammatik qoidalari, so‘z ishlatish

me’yorlari mavjud. Bunday o‘zgarishlar, birinchi navbatda, tilning leksikasida yaqqol sezilib turadi. Jamiyatdagi ijtimoiy hayotning o‘zgarishi, fan-texnikaning taraqqiyoti va boshqa omillar natijasida tilda juda ko‘p yangi tushunchani bildiruvchi so‘zlar paydo bo‘ladi - shunga ehtiyoj tug‘iladi: mashina, traktor, bint va b. Adabiy til shevalardan o‘zining leksik xususiyatlari bilan farqlanibgina qolmaydi, balki adabiy tilning grammatik qurilishi shevalarning grammatik qurilishiga nisbatan mur murakkab bo‘ladi. Masalan , adabiy tilda murakkab fikrni ifodalash uchun tarkibi juda ham keng bo‘lgan qo‘shma gaplar, sifatdoshli oborotlar, shuningdek, ergash gapli qo‘shma gaplardan foydalaniladi. Bundan tashqari, adabiy tilning grammatik tizimi o‘zining shevalar materiallarini birlashtirgan holda me’yorlashganligi bilan ham har qanday shevadan ajralib turadi. Demak, adabiy tilning qonun-qoidalarini to‘la egallagan kishigina o‘z fikr - mulohazasini yozuv orqali ifoda eta oladi. Yozuvning paydo bo‘lishi bilan adabiy til umumxalq tili negizida maydonga keladi. Adabiy til, odatda, yozuv bilan bog‘lanadi. Milliy adabiy tilning maydonga kelishi millatning tashkil topish jarayoni bilan bog‘liqdir. Millatning tashkil topishi uchun shu millat hamda a’zolari uchun umumiy bo‘lgan bir tilning bo‘lishi shartdir, har bir millatning eng e’tiborli belgilaridan biri - uning til birligi sanaladi. Demak, millat uchun yagona bo‘lgan umumiy til - bu milliy adabiy tildir. O ʻ zbek shevalari hozirga qadar o’zbek tiliga qiyosan o’rganib kelindi va bunda tavsifiy va qiyosiy metoddan foydalanilgan. Bu metodda shevalarning fonetik, leksik va morfologik xususiyatlari keng miqyosda o’rganildi hamda boy material to’plandi. Bu metodga ko’ra o’zbek shevalari materiallari «Devonu lug’ a tit turk», «Qutadg’u bilig», Alisher Navoiy asarlari tiliga qiyoslab borilgan, lekin bu metod asosiy metod hisoblangan emas, balki tahliltalab o’rinlaridagina va ayrim til tarixiga oid maqola va asarlarda uchrab turadi. Shuningdek, o’zbek dialektlari fonematik tizimini sistem metod orqali o’rganish ham tajriba qilindi. Jumladan, o’zbek tilidagi til b irliklarini invariant-variant munosabatida o’rganish

jarayonida o’zbek shevalari fonologik tizimi ham sistem jihatdan tahlil qilin ib, ba’zi ishlar yuzaga kel di. Janubiy Orolbo‘yi o‘zbek sheva (bundan keyin - JOBO‘SH) lari hududini lisoniy-jo‘g‘rofiy tadqiq etish qator dolzarb muamolarni hal etishga yordam beradi. Xususan, shevalarning tashqi chegarasini, ichki tasnifi, tahlil etilayotgan shevalarning umumo‘zbek dialektal mikro - hudud tizimidagi o‘rnini, shuningdek, JOBO‘SH guruhining Janubiy Xorazm, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Janubiy Qozog‘iston, Shimoli-sharqiy Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va boshqa shevalar bilan munosabatini ham belgilaydi . Janubiy Orolbo‘yi qadimdan o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq va turkman kabi to‘rt turkiy til vakillarining o‘zaro muloqotda yashab kelayotgan go‘shalar i dan biridir. Bu esa, o‘z navbatida, tadqiq etilayotgan hudud shevalari tillarining bir- biriga o‘zaro ta’siri, yaqinlashuvi, arxaik xususiyatlarning saqlab qolinishi, li ngvistik xaritalarda belgilangan lisoniy omillarning tarqalish hududi, hududiy sheva mazmuni bilan uni ifodalovchi sheva chiziqlarining chambarchas bog‘li q ligi, sheva chiziqlarining turlicha ko‘rinishi va kesishish nuqtalarini aniqlash, sheva chiziqlarini birlashtiruvchi va ajratib ko‘rsatilayotgan hududlar xususiyatlari, til hodisasining tarixini, sheva vakillarining etnogenezi hamda davlatchilik tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish uchun xizmat etadi. Shu bilan birga ayrim umumlashmalar bilan ularni sheva shakli, joylashgan o‘rni va «to‘kisligi» yaxlit, bo‘lingan, orol, markaziy, marginal va h.k. tizimga muvofiqlashtiradi. Bular: 1 . Ko‘pgina lisoniy atlaslarda xaritaga olinayotgan obyektni aks ettirishda atamar yondashuvi kuzatiladi. Ammo lug‘at tarkibini bunday tadqiq etish («ma’nodan so‘zga va «so‘zdan ma’noga») yetarli emas va ular yangi muammolarni keltirib chiqaradi. At a mar olingan leksemalarning aksariyat hollardagi semantik muvofiqligi, eng avvalo, semantik chegaradagi leksemalarning dis tri b ut siyasida aks etgan leksemalar boshqa «semalar aloqasi va muqoyasi bilan bog‘liq turli shevalardagi bir leksemaning hajmi yoki semantik doirasining turlicha kengligidadir». (Tolstoy . 1963: 39-40,) 2 . Hozirgi lisoniy jo‘g‘rofiyada tadqiqotchilar harakatlangan ma’lumot