logo

MADANIYAT VA UNING O‘RGANILISHI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.10546875 KB
MADANIYAT VA UNING O‘RGANILISHI
Reja:
1. “Madaniyat” tushunchasi 
2. Madaniyatshunoslikda madaniyatning o‘rganilishi
3. Madaniyat va inson 
4. Madaniyat va tamaddun   1.   “Madaniyat”   tushunchasi .   Madaniyat     lingvokulturologiyaning   asosiy
tushunchalaridan   biridir.   Shuning   uchun   madaniyatning     ontologiyasini,     uning
semiotik va boshqa xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.  
Madaniyat   -   jamiyat,   inson   ijodiy   kuch   va   qobiliyatlari   tarixiy
taraqqiyotining   muayyan   darajasi.   Kishilar   hayoti   va   faoliyatining   turli
ko‘rinishlarida,   shuningdek,   ular   yaratadigan   moddiy   va   ma’naviy   boyliklarda
ifodalanadi.   “Madaniyat”   tushunchasi   muayyan   tarixiy   davr   (antik   madaniyat),
konkret   jamiyat,   elat   va   millat   (o‘zbek   madaniyati),   shuningdek,   inson   faoliyati
yoki   turmushining   o‘ziga   xos   sohalari   (masalan,   mehnat   madaniyati,   badiiy
madaniyat,   turmush   madaniyati)ni   izohlash   uchun   qo‘llaniladi.   Tor   ma’noda
“madaniyat”   termini   kishilarning   faqat   ma’naviy   hayoti   sohasiga   nisbatan
ishlatiladi.
“Madaniyat”   arabcha   madina   (shahar)   so‘zidan   kelib   chiqqan.   Arablar
kishilar   hayotini   ikki   turga:   birini   badaviy   yoki   sahroiy   turmush ;   ikkinchisini
madaniy   turmush   deb   ataganlar.   Badaviylik   –   ko‘chmanchi     holda   dashtu
sahrolarda   yashovchi   xalqlarga,   madaniylik   –   shaharda     o‘troq   holda   yashab,
o‘ziga xos turmush tarziga ega bo‘lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan 1
.
O’zbek   tilida   madaniyat   so‘zi   (arab.   –   sivilizatsiya)   quyidagi   ma’nolarda
qo‘llaniladi: 1) jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida
qo‘lga kiritgan yutuqlari; 2) biror ijtimoiy guruh, sinf yoki alqning ma’lum davrda
qo‘lga   kiritgan   shunday   yutuqlari;   3)   o‘qimishlilik,   ta’lim-tarbiya   ko‘rganlik,
ziyolilik,   ma’rifat;   4)   madaniyatli   shaxs   talablariga   javob   beruvchi   sharoit;   5)
qishloq   xo‘jaligida   (o‘simlik   yoki   ekinning   turlarini)   yetkazish,   o‘stirish,
yetishtirish  2
. 
Yevropada   “madaniyat”   deyilganda,   dastlab   insonning   tabiatga
ko‘rsatadigan maqsadga muvofiq ta’siri, shuningdek, insonga ta’lim-tarbiya berish
tushunilgan   (lot.   cultura   -   yerni   ishlash,   parvarishlash;   tarbiya,   rivojlanish,
hurmatlash,  ehtirom; ruschadagi “kultura” so‘zi ham shundan olingan). 
1  O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 5-jild. –T . : O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi,  2003. - Б . 372-
373. 
2   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати . II. –  Т . :  Ўзбекистон   миллий   энциклопедияси , 2006. –  Б . 521.  XVIII asrdan e’tiboran  kultura  so‘zi bilan insonning faoliyati, uning aniq bir
maqsadga   yo‘nalgan   fikrlashi   tufayli   yuzaga   kelgan   barcha   narsalar   tushunila
boshlangan. Biroq mazkur so‘z dastlab “insonni tabiatga ta’siri, inson manfaatlari
yo‘lida tabiatni o‘zgartirish, ya’ni yerni ishlash” ma’nosida qo‘llanilgan. Kultura –
ijtimoiy-gumanitar bilishning fundamental tushunchalaridan biri sanaladi. Mazkur
so‘z   XVIII   asrning   ikkinchi   yarmi   (“Ma’rifat   asri”)dan   boshlab   ilmiy   termin
sifatida iste’molga kirgan 3
.  Madaniyat faqat mavjud me’yor va urf-odatlarga rioya
qilish   qobiliyatini   rivojlantirishni   emas,   balki   ularga   rioya   qilish   istagini
rag‘batlantirishni ham o‘z ichiga olgan.
Demak, madaniyat biyologik mahsulot emas, balki ijtimoiy mahsulotdir.
3.   2.   Madaniyatshunoslikda   madaniyatning   o‘rganilishi.   1960-yillarda
madaniyat   haqidagi   mustaqil   fan   sifatida   madaniyatshunoslik   (kulturologiya)
shakllandi.   U   falsafa,   tarix,   antropologiya,   sotsiologiya,   psixologiya,   etnologiya,
etnografiya,   tilshunoslik,   san’atshunoslik,   semiotika,   informatika   singari   fanlar
kesishgan   nuqtada   vujudga   keldi.   Hozirgi   kunda   madaniyatshunos   olimlar
tomonidan     madaniyatni   tushunish   va   aniqlashdagi   qator   nuqtayi   nazarlar
ajratilgan. Ulardan ayrimlarini quyida ko‘rib chiqamiz.
1. Tasviriy  nuqtayi nazar da madaniyatning alohida elementlari - urf-odatlar,
faoliyatlar,   qadriyatlar,   ideallarning   turlari   va   h.k.ga   e’tibor     qaratiladi.   Mazkur
nuqtayi   nazarga   ko‘ra,   “madaniyat   bizning   hayotimizni   hayvonsifat
ajdodlarimizning   hayotidan   ajratadigan   yutuqlar   va   institutlar   majmuyi”   sifatida
belgilanadi.   U   ikki   maqsadga:   insonlarni   tabiatdan   himoya   qilish   va   insonlarning
o‘zaro   munosabatlarini   tartibga   solishga   xizmat   qiladi   (Z.   Freyd).   Madaniyatning
paydo bo‘lishi xususidagi ro‘yxatning to‘liq berilmagani mazkur nuqtayi nazarning
kamchiligi hisoblanadi.    
2.   Qadriyat   nuqtayi   nazari da   madaniyat   insonlar   tomonidan   yaratilgan
ma’naviy     va   moddiy   boyliklarning   majmuyi   sifatida   talqin   qilinadi.   Obyekt
qimmatga ega bo‘lishi uchun inson unda qadrli xususiyatlar mavjudligini anglashi
3  Маслова В. А. Лингвокультурология. Учебное пособие для студентов высших учебных 
заведений. –М., 2001. –С.12.  kerak.   Obyektlar   qimmatliligini   belgilash   qobiliyati   inson   ongida   qadriyatlar
haqidagi   tasavvurlarni   paydo   bo‘lishi   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   Biroq     tasavvur   ham
muhim   hisoblanadi,  chunki  uning  yordamida  yaratiladigan  mukammal   namunalar
va   ideallar   mavjud   obyektlar   bilan   qiyoslanadi.   M.   Xaydegger   (M.   Vebyer,
G.Fransev,   N.Chavchavadze)ga   ko‘ra,       madaniyat   yuksak   qadriyatlarni   inson
qadr-qimmatini   madaniylashuv   yo‘li   bilan   amalga   oshishidir.   Ushbu   nuqtayi
nazarning kamchiligi unda madaniyat tushunchasining toraytirilishidir. Chunonchi,
unga insonning turli faoliyatlari emas, balki faqat qadriyatlargina kiritiladi.  
  3.   Faoliyat   nuqtayi   nazari da   madaniyatga   faoliyatning   alohida   turi,   ya’ni
inson ehtiyojlarini qondirishga xos bo‘lgan usul sifatida qaraladi.
4.   Funksionistik   nuqtayi   nazar da   madaniyat   jamiyatdagi   informatsion,
moslashuv,   kommunikativ,   normativ,   baholash,   integrativ,   ijtimoiylashuv   va
boshqa funksiyalar vositasida tavsiflanadi.
5.   Germenevtik   nuqtayi   nazar da   madaniyatga   ko‘plab   matnlarga
qaralgandek   munosabatda   bo‘linadi.   Ular   uchun     madaniyat   –   matnlar   majmuyi,
aniqrog‘i,   matnlar   majmuyini   yaratuvchi   mexanizm   sanaladi   (Yu.M.Lotman).
Matnlar – madaniyatning joni va qoni. Bu nuqtayi nazarning kamchiligi matnni bir
xil tushunib bo‘lmaslikdir.  
6.   Me’yoriy   nuqtayi   nazar da   madaniyatga   insonlar   hayotini   belgilovchi,
dasturlovchi me’yorlar va qoidalar yig‘indisi sifatida qaraladi  (V. N. Sagatovskiy).
7.   Ma’naviy   nuqtayi   nazar   tarafdorlari   madaniyatni   jamiyatning   ma’naviy
hayoti,   ma’naviy   ijodning   g‘oyalari   va   mahsulotlari   sifatida   izohlashadi.
Jamiyatning   ma’naviy   hayoti   madaniyatdir   (L.   Kertman).   Mazkur   nuqtayi
nazarning kamchiligi  unda madaniyat tushunchasining toraytirilishidir. Bu o‘rinda
moddiy madaniyatning ham mavjudligini unutmaslik kerak.  
8.   Dialogik   nuqtayi   nazar da   madaniyat   –   “madaniyat   dialogi”   (V.   Bibler)
subyektlarning   muloqot   qilish   shakli   sifatida   talqin   qilinadi.     Muayyan   xalqlar,
millatlar   tarafidan   yaratilgan   etnik   va   milliy   madaniyatlar   ajratiladi.   Milliy
madaniyatlar   ham   o‘z   navbatida   submadaniyatlarga,   ya’ni       ijtimoiy   qatlam   va
guruhlarning   madaniyatlariga   bo‘linadi.   Shuningdek,   turli   xalqlarni birlashtiradigan,   masalan,   xristianlarning   madaniyati   singari   metamadaniyat   ham
mavjud.   Mazkur   madaniyatlarning   barchasi   bir-biri   bilan   o‘zaro   muloqotga
kirishadi.   Milliy   madaniyat   qanchalik   ko‘p   rivojlangan   bo‘lsa,   u   boshqa
madaniyatlar bilan shunchalik ko‘p aloqaga kirishadi. 
9.   Informatsion   nuqtayi   nazar da   madaniyat   xabarni   yaratish,   saqlash,
tarqatish   va  undan  foydalanish   hamda  jamiyat   tomonidan  qo‘llaniladigan  belgilar
tizimi   sifatida   tasavvur   qilinadi   (Yu.M.Lotman).   Uni   mashina   tili,   xotira   va
informatsiyani   qayta   ishlash   dasturi   bilan   ta’minlangan   kompyuterga   o‘xshatish
mumkin. Madaniyatda ham ijtimoiy xotira va inson muomalasining dasturi bo‘lgan
tillar mavjud. Xullas, madaniyat  jamiyatni informatsiya bilan ta’minlash bo‘lib, u
belgilar tizimi yordamida jamiyatda yig‘iladigan ijtimoiy informatsiyadir.  
10.   Ramziy   nuqtayi   nazar   o‘zining   e’tiborini   madaniyatda   ramzlarning
qo‘llanilishiga   qaratadi.   Madaniyat   –   “ramziy     borliq”   (Yu.M.Lotman).   Uning
ba’zi unsurlari maxsus etnik ma’no kasb etadi, xalqlarning ramziga aylanadi:   non,
choy,   palov   o‘zbeklar   uchun;     shchi,   kasha,   samovar,   sarafan   ruslar   uchun;
guruchli pirog  koreyslar uchun;  spagetti  italyanlar uchun;  pivo  va  kolbasa  nemislar
uchun va h.k.  
Yuqorida ko‘rib chiqilgan nuqtayi nazarlarning barchasi ratsional mazmunga
ega   bo‘lib,   ularning   har   biri   “madaniyat”ga   xos   bo‘lgan   qaysidir   xususiyatlarni
ifodalagan.   Biroq   ulardan   qaysi   biri   ko‘proq   ahamiyatli?   Bu   o‘rinda
tadqiqotchining nuqtayi nazari, ya’ni uning madaniyatni qanday tushunishi muhim
rol o‘ynaydi. 
Madaniyatga   mehnat   faoliyatining   usullari,   axloq-odob,   urf-odatlar,   rasm-
rusumlar,   muloqot   xususiyatlari,   dunyoni   ko‘rish,   tushunish   va   yaratish   usullari
kiradi. Masalan, daraxtda osilib turgan barg tabiatning bir qismi, gerbariydagi barg
esa   madaniyatning   bir   qismi;   yo‘l   ustida   yotgan   toshning   o‘zi   madaniyat   emas,
biroq   u   ajdodlarimizning   qabrlariga   qo‘yilganda   madaniyatga   aylanadi.   Shunday
qilib,   madaniyat   muayyan   xalqqa   xos   bo‘lgan   borliqdagi   hayot   va   faoliyat,
shuningdek,   insonlar   orasidagi   o‘zaro   munosabat   (urf-odatlar,   rasm-rusumlar,
muloqot xususiyatlari) va dunyoni ko‘rish, tushunish va yaratish usullaridir. “Madaniyat”   tushunchasini   belgilashning   qiyinligi   uning   muhim
xususiyatlari   bo‘lgan   murakkabligi   va   ko‘pqirraligidan   tashqari,   uning   qarama-
qarshilik (antinomiya) xususiyati bilan ham tavsiflanadi.   Madaniyatda antinomiya
deganda   ikki   qarama-qarshilikning   birligi,     lekin       bir   xilda   yaxshi   asoslangan
hukm   tushuniladi.   Masalan,   madaniyatda   ishtirok   etish   shaxsning
ijtimoiylashuvida   yordam   beradi,   ayni   paytda   uning     individuallashuviga   zamin
yaratadi,   ya’ni   shaxsning   noyob   qobiliyatlarining   ochilishiga   va   tan   olinishiga
yordam beradi. So‘ngra madaniyat ma’lum darajada jamiyatga bog‘liq bo‘lmaydi,
ammo u jamiyat tashqarisida mavjud emas, u faqat jamiyatda yaratiladi. Umuman
olganda,   madaniyat   kishining   fazilatlarini   oshiradi,   jamiyatga   ijobiy   ta’sir   qiladi.
Biroq   ayrim   hollarda   u   salbiy   ta’sir   qilishi   ham   mumkin.   Madaniyat   an’analarni
saqlash jarayoni sifatida mavjud bo‘lishi bilan birga, u yangi shakllarning vujudga
kelishi va o‘zgarishlar ta’sirida bu an’analarni buzishi ham mumkin 4
. 
Madaniyat   tahlilining   murakkablashuviga   bu   tushunchaga   berilgan
ta’riflarning   turli-tumanligi   bilan   birga,   aksariyat   tadqiqotchilarning
(madaniyatshunos,   antropolog,   faylasuf,   etnograf   va   h.k.)   unga   qayta-qayta
murojaat   qilishlari,   mazkur   mohiyat   haqidagi   qarashlarini   o‘zgartirishlari   ham
sabab   bo‘ladi.   Binobarin,   yuqorida   keltirilgan   ta’riflardan   tashqari   Yu.M.Lotman
madaniyatni   shunday   izohlaydi:   “madaniyat   –   murakkab       semiotik   tizim,   uning
funksiyasi   –   xotira,   uning   asosiy   xususiyati   –   bilimlarning     to‘planishi” 5
.
“Madaniyat   bir   paytda   yashovchi   va   muayyan   ijtimoiy   tashkilotlar   bilan
bog‘langan qandaydir jamoa, guruhlar uchun umumiy bo‘lgan bir narsa. Madaniyat
kishilar o‘rtasidagi muloqot shaklidir” 6
.    
Madaniyatga   turfa   qarashlar   nuqtayi   nazaridan   o‘rganish   har   doim   farqli
natijalarga olib keladi: psixologik faoliyat nuqtayi nazaridan yondashish o‘ziga xos
natija  bersa,     sotsiologik   nuqtayi   nazardan   yondashish   boshqa   bir   natijani   beradi.
4  Маслова В. А. Лингвокультурология. Учебное пособие для студентов высших учебных 
заведений. –М., 2001. –С. 12-16.
5  Лотман Ю. М. О двух моделях коммуникации в системе культуры // Semeiotike. –Тарту, 1971. - 
№ 6. - С. 228. 
6  Лотман Ю.М. Беседы о русской культуре: Быт и традиции русского дворянства. –СПб., 1994. Madaniyatning   turli   qirralarini   chegaralsh   bilangina   bu   hodisa   haqida   u   yoki   bu
tasavvurga ega bo‘lish mumkin.    
Aytilgan   fikrlardan   kelib   chiqqan   holda,   madaniyatni   shunday   belgilash
mumkin:   madaniyat   –   me’yorlar,   qadriyatlar,   ideallar,   namunalarning   yo‘l-
yo‘riqlari   va   ko‘rsatmalari   tizimiga   asoslangan   subyektlar   faoliyatining   barcha
shakllari   majmuyi,   u   boshqa   madaniyatlar   bilan   o‘zaro   aloqada   yashaydigan
jamoaning   meros   qilib   olgan   xotirasi.   Madaniyat   me’yori   irsiy   meros   qilib
olinmaydi,   balki   o‘rganish   orqali   o‘zlashtirib   boriladi.   Shuning   uchun   milliy
madaniyatni egallash katta aqliy va irodaviy kuch talab qiladi.   
  3.   Madaniyat   va   inson .   Madaniyat   inson   faoliyatidan   va   jamiyatdan
tashqarida   mavjud   bo‘lmaydi.   Aynan   insonning   faoliyati   borliqning   yangi
to‘rtinchi shakli bo‘lgan madaniyatni vujudga keltirdi (M. S. Kagan). 
Ma’lumki,   borliqning   uchta   shakli:   “tabiat   –   jamiyat   –   inson”   mavjud.
Madaniyat –  inson faoliyatlari dunyosi , ya’ni  artefaktlar dunyosi  (lot. arte – sun’iy
va   factus   –   yaratilgan),   u   insonning   jamiyat   qonunlariga   ko‘ra   tabiatni
o‘zgartirishidir.   A.Ya.Gurevich   va   boshqa   tadqiqotchilar   tomonidan   ushbu   sun'iy
muhit ba’zan “ikkinchi tabiat”, deb nomlanadi.
Taniqli   faylasuf   M.   Xaydeggerning   yozishicha:     “...insonning   faoliyati
madaniyat sifatida tushuniladi va uni tashkil etadi. Madaniyat yuksak qadriyatlarni
inson qadr-qimmatini madaniylashuv yo‘li bilan amalga oshishidir” 7
.    
      Biroq   madaniyat   artefaktlarlarning   shunchaki   yig‘indisi,   ya’ni   inson   qo‘li
bilan   yaratilgan   moddiyat   bo‘lmay,   balki   inson   o‘z   faoliyatining   mahsuliga   va
faoliyatiga   qo‘shadigan   fikrlar   dunyosidir .   Yangi   fikrlarni   yaratishning   o‘zi
ma’naviy   madaniyat   (san’at,   din,   ilm)dagi   faoliyatning   fikriga   aylanadi.   Fikrlar
dunyosi   cheksiz   bo‘lib,   u   inson   fikrlari   mahsulotlarining   dunyosi,   inson   aqlining
saltanatidir.   Modomiki,   madaniyat   inson   faoliyatiga   bog‘liq   ekan,   uning   tuzilishi
inson faoliyatining tuzilishi bilan aniqlanishi lozim. 
7  Хайдеггер М. Время картины мира // Новая технократическая волна на Западе. –М., 1986. - С. 
93.   Insoniyat   biologik   jihatdan   bir   turga   mansub,   lekin   ijtimoiy   jamoa   sifatida
bir   tur   bo‘lolmaydi.   Insonlarning   turli   hamjamiyatlari   o‘ziga   xos   hayot   faoliyati
usullari   va   shakllarini   ishlab   chiqqan,   bir-biridan   farq   qiladigan   tabiiy   va   tarixiy
sharoitlarda yashaydi. Hamjamiyatlarning o‘zaro ta’siri jarayonida mazkur usul va
shakllar bir-biridan   o‘zlashtiriladi. Masalan, balet qayerdan kelgan? Fransiyadan.
Yoki teatr qayerdan kelgan? G‘arbdan.
Madaniyatlar   “umumiy”  bo‘lmaydi,  har   qanday  madaniyat   muayyan   hamjamiyat,
xalqning ijtimoiy amaliyotidagi o‘ziga xos usullarini birlashtiradi. Masalan, o‘zbek
madaniyati uzoq yillik tarixga ega bo‘lishiga qaramay, u O‘rta Osiyo madaniyatiga
aylanmagan. 
      Milliy madaniyat boshqa milliy madaniyatlar bilan muloqotga kirishadi va
ona   madaniyatning   e’tiboridan   chetda   qolgan   jihatlar     o‘rtaga   chiqadi.   Gap
shundaki,   aksariyat   kishilar   o‘zlarining   dunyoni   tushunishlari,   hayot   tarzlari   va
yashash   yo‘llarini   to‘g‘ri   deb   hisoblashadi.   O‘zlari   tanish   bo‘lgan   qadriyatlarni
hammabop   va   barcha   uchun   tushunarli   deb   o‘ylashadi.   Qachonki   boshqa
madaniyat   vakillari   bilan   to‘qnashganlarida   o‘zlari   to‘g‘ri,   deb   hisoblab   kelgan
qoliplar   ish   bermaganida   muvaffaqiyatsizlik   sababi   va   bu   muvaffaqiyatsizlikni
bartaraf etish yo‘llari haqida o‘ylay boshlashadi.   
  4.  Madaniyat  va  tamaddun .   “Sivilizatsiya”  (lot.  civilis  –  fuqaro)  termini
XVII   asrda   vujudga   kelgan.   O‘sha   davrda   madaniyatlilik   (sivilizovannost)   so‘zi
vahshiylik,   madaniyatsizlikning   ziddi,   madaniyatning   sinonimi   sifatida
tushunilgan.   XIX   asrning   oxiriga   kelib,   nemis   ilmiy   adabiyotida   bu   ikki   termin
farqlana   boshlandi.   Madaniyatlilik   deganda,   ijtimoiy   ishlab   chiqarishning
rivojlanishi   natijasida   jamiyatning   moddiy   va   ijtimoiy   ne’matlar   majmuyiga   ega
bo‘lishi   tushunila   boshlandi.   Madaniyat ga   esa   sivilizatsiyaning   ma’naviy   tarkibi
sifatida qaraldi.
Nemis   faylasufi   O.   Shpengler   madaniyat   haqidagi   ta’limotni   rivojlantirib,
har   bir   madaniyatning   o‘limi   bo‘lgan   o‘z   tamadduni   mavjudligini   qayd   etadi.
Tamaddun har qanday ijtimoiy-madaniy dunyo rivojlanishining oxirgi bosqichidir.
Madaniyat   shaxsning   individual   betakrorligi   va   har   xilligidan   kelib   chiqib   turli- tumanlik   yaratadi,   tamaddun   esa   bir   xil   qilishga,   standartlashga   harakat   qiladi.
Madaniyat   saralangan,   tamaddun   demokratiyalashgandir.   Madaniyat   milliy,
tamaddun xalqarodir.
  Ingliz-amerika   an’analarida   tamaddun   boshqacha   tushuniladi.   XX   asrning
taniqli   tarixchisi   A.Toynbi   jamiyatning   turli   tiplarini,   ya’ni   har   qanday   alohida
ijtimoiy-madaniy   dunyoni   tamaddun,   deb   ataydi.   Zamonaviy   amerikalik
tadqiqotchi   S.Xantington   tamaddunni   oliy   toifadagi   kishilar   jamoasi   sifatida
izohlaydi.   Olim   8   ta   yirik:   g‘arbiy,   konfutsiylik,   yapon,   islom,   hind,   pravoslav-
slavyan, lotin-amerika  va  afrika  tamaddunini ko‘rsatib o‘tadi.    
Rus   tilida   “sivilizatsiya”   so‘zi   fransuz   va   ingliz   tillaridan   farqli   o‘laroq,
1767-1777-yillarda   paydo   bo‘lgan.   N.   A.   Berdayevning   fikricha,   madaniyat
(kultura) ruhga, tamaddun esa faqat metodlar va vositalarga egadir. 
M.   K.   Mamardashvilining   qarashicha,   madaniyat   faqat   shaxsiy   ma’naviy   sa’y-
harakatlar   orqali   qo‘lga   kiritiladi,   tamaddun dan   esa   foydalaniladi.   Madaniyat
yangini yaratadi, tamaddun faqat ma’lum narsani tarqatadi.  
Shunday qilib,  madaniyatni ikki yo‘nalishda rivojlangan deyish mumkin: 1)
insonning   moddiy   ehtiyojlarini   qondirish   –   bu   yo‘nalish   tamaddunda   rivojlanadi;
2) ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, ya’ni madaniyat ramziy xususiyat kasb etadi.  
       Lingvokulturologiya   uchun   tamaddunga   nisbatan   madaniyat   katta   qiziqish
uyg‘otadi. Binobarin, tamaddun moddiydir, madaniyat esa ramziydir.  ADABIYOTLAR
1 . Usmanova Sh.  “Lingvokulturologiya” fanidan ma’ruza  kurslari .  – Toshkent: 
Universitet, 2014.
2 .  Алефиренко Н.Ф.  Лингвокультурология. Ценностно-смысловое  
пространство языка . У чебное пособие . –М.: Флинта , Наука, 2010.  
3 . Хроленко А. Т. Основы лингвокультурологии.  Учебное пособие.  – М. : 
Наука, 2009. 
4 . Арутюнова Н.Д. Метафора и дискурс // Теория метафоры. –М., 1990. 
5 . Арутюнова Н.Д. Язык и мир человека. –М., 1998. 
6 . Байбурин А. К. Ритуал в традиционной культуре. –СПб., 1993. 
7 . Бижева З.Х. Культурные концепты в кабардинском языке. –Нальчик, 1997.
8. .ВежбицкаяА. Язык. Культура. Познание. –М., 1996. 
9.  Воркачёв С.Г.  Лингвокультурология, языковая личность, концепт: 
становление антропоцентрической парадигмы в языкознании // 
Филологические наук. 2001. -№ 1. –С. 64-72.
1 0 . Воробьев В. В. Культурологическая парадигма русского языка. –М., 1994.
11.  Воробьев В.В.  Лингвокультурология: теория и методы. –М., 1997 .
1 2 . Гумбольдт В. О различии строения человеческих языков и его влиянии на
духовное развитие человечества// Избр. труды по языкознанию. –М., 1984. 
1 3 . Гумбольдт В. Язык и философия культуры. –М., 1985. 
1 4 . Гуревич   А.Я. Человек и культура: Индивидуальность в истории культуры.
–М., 1990. 
15. Де мьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литературе и в 
научном языке // Вопросы филологии. –Москва, 2001. -№ 1. –С. 35-47. 
1 6.  Ибрагимова Р.С. Француз ва  ўзбек тилларида  АЁЛ  концептининг 
лингвокогнитив тадқиқи: Филол. фанлар номзоди... дис.автореф.  –Тошкент, 
2012.

MADANIYAT VA UNING O‘RGANILISHI Reja: 1. “Madaniyat” tushunchasi 2. Madaniyatshunoslikda madaniyatning o‘rganilishi 3. Madaniyat va inson 4. Madaniyat va tamaddun

1. “Madaniyat” tushunchasi . Madaniyat lingvokulturologiyaning asosiy tushunchalaridan biridir. Shuning uchun madaniyatning ontologiyasini, uning semiotik va boshqa xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Madaniyat - jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi. “Madaniyat” tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o‘zbek madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o‘ziga xos sohalari (masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni izohlash uchun qo‘llaniladi. Tor ma’noda “madaniyat” termini kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. “Madaniyat” arabcha madina (shahar) so‘zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush ; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik – ko‘chmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik – shaharda o‘troq holda yashab, o‘ziga xos turmush tarziga ega bo‘lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan 1 . O’zbek tilida madaniyat so‘zi (arab. – sivilizatsiya) quyidagi ma’nolarda qo‘llaniladi: 1) jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari; 2) biror ijtimoiy guruh, sinf yoki alqning ma’lum davrda qo‘lga kiritgan shunday yutuqlari; 3) o‘qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik, ma’rifat; 4) madaniyatli shaxs talablariga javob beruvchi sharoit; 5) qishloq xo‘jaligida (o‘simlik yoki ekinning turlarini) yetkazish, o‘stirish, yetishtirish 2 . Yevropada “madaniyat” deyilganda, dastlab insonning tabiatga ko‘rsatadigan maqsadga muvofiq ta’siri, shuningdek, insonga ta’lim-tarbiya berish tushunilgan (lot. cultura - yerni ishlash, parvarishlash; tarbiya, rivojlanish, hurmatlash, ehtirom; ruschadagi “kultura” so‘zi ham shundan olingan). 1 O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 5-jild. –T . : O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2003. - Б . 372- 373. 2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати . II. – Т . : Ўзбекистон миллий энциклопедияси , 2006. – Б . 521.

XVIII asrdan e’tiboran kultura so‘zi bilan insonning faoliyati, uning aniq bir maqsadga yo‘nalgan fikrlashi tufayli yuzaga kelgan barcha narsalar tushunila boshlangan. Biroq mazkur so‘z dastlab “insonni tabiatga ta’siri, inson manfaatlari yo‘lida tabiatni o‘zgartirish, ya’ni yerni ishlash” ma’nosida qo‘llanilgan. Kultura – ijtimoiy-gumanitar bilishning fundamental tushunchalaridan biri sanaladi. Mazkur so‘z XVIII asrning ikkinchi yarmi (“Ma’rifat asri”)dan boshlab ilmiy termin sifatida iste’molga kirgan 3 . Madaniyat faqat mavjud me’yor va urf-odatlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishni emas, balki ularga rioya qilish istagini rag‘batlantirishni ham o‘z ichiga olgan. Demak, madaniyat biyologik mahsulot emas, balki ijtimoiy mahsulotdir. 3. 2. Madaniyatshunoslikda madaniyatning o‘rganilishi. 1960-yillarda madaniyat haqidagi mustaqil fan sifatida madaniyatshunoslik (kulturologiya) shakllandi. U falsafa, tarix, antropologiya, sotsiologiya, psixologiya, etnologiya, etnografiya, tilshunoslik, san’atshunoslik, semiotika, informatika singari fanlar kesishgan nuqtada vujudga keldi. Hozirgi kunda madaniyatshunos olimlar tomonidan madaniyatni tushunish va aniqlashdagi qator nuqtayi nazarlar ajratilgan. Ulardan ayrimlarini quyida ko‘rib chiqamiz. 1. Tasviriy nuqtayi nazar da madaniyatning alohida elementlari - urf-odatlar, faoliyatlar, qadriyatlar, ideallarning turlari va h.k.ga e’tibor qaratiladi. Mazkur nuqtayi nazarga ko‘ra, “madaniyat bizning hayotimizni hayvonsifat ajdodlarimizning hayotidan ajratadigan yutuqlar va institutlar majmuyi” sifatida belgilanadi. U ikki maqsadga: insonlarni tabiatdan himoya qilish va insonlarning o‘zaro munosabatlarini tartibga solishga xizmat qiladi (Z. Freyd). Madaniyatning paydo bo‘lishi xususidagi ro‘yxatning to‘liq berilmagani mazkur nuqtayi nazarning kamchiligi hisoblanadi. 2. Qadriyat nuqtayi nazari da madaniyat insonlar tomonidan yaratilgan ma’naviy va moddiy boyliklarning majmuyi sifatida talqin qilinadi. Obyekt qimmatga ega bo‘lishi uchun inson unda qadrli xususiyatlar mavjudligini anglashi 3 Маслова В. А. Лингвокультурология. Учебное пособие для студентов высших учебных заведений. –М., 2001. –С.12.

kerak. Obyektlar qimmatliligini belgilash qobiliyati inson ongida qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Biroq tasavvur ham muhim hisoblanadi, chunki uning yordamida yaratiladigan mukammal namunalar va ideallar mavjud obyektlar bilan qiyoslanadi. M. Xaydegger (M. Vebyer, G.Fransev, N.Chavchavadze)ga ko‘ra, madaniyat yuksak qadriyatlarni inson qadr-qimmatini madaniylashuv yo‘li bilan amalga oshishidir. Ushbu nuqtayi nazarning kamchiligi unda madaniyat tushunchasining toraytirilishidir. Chunonchi, unga insonning turli faoliyatlari emas, balki faqat qadriyatlargina kiritiladi. 3. Faoliyat nuqtayi nazari da madaniyatga faoliyatning alohida turi, ya’ni inson ehtiyojlarini qondirishga xos bo‘lgan usul sifatida qaraladi. 4. Funksionistik nuqtayi nazar da madaniyat jamiyatdagi informatsion, moslashuv, kommunikativ, normativ, baholash, integrativ, ijtimoiylashuv va boshqa funksiyalar vositasida tavsiflanadi. 5. Germenevtik nuqtayi nazar da madaniyatga ko‘plab matnlarga qaralgandek munosabatda bo‘linadi. Ular uchun madaniyat – matnlar majmuyi, aniqrog‘i, matnlar majmuyini yaratuvchi mexanizm sanaladi (Yu.M.Lotman). Matnlar – madaniyatning joni va qoni. Bu nuqtayi nazarning kamchiligi matnni bir xil tushunib bo‘lmaslikdir. 6. Me’yoriy nuqtayi nazar da madaniyatga insonlar hayotini belgilovchi, dasturlovchi me’yorlar va qoidalar yig‘indisi sifatida qaraladi (V. N. Sagatovskiy). 7. Ma’naviy nuqtayi nazar tarafdorlari madaniyatni jamiyatning ma’naviy hayoti, ma’naviy ijodning g‘oyalari va mahsulotlari sifatida izohlashadi. Jamiyatning ma’naviy hayoti madaniyatdir (L. Kertman). Mazkur nuqtayi nazarning kamchiligi unda madaniyat tushunchasining toraytirilishidir. Bu o‘rinda moddiy madaniyatning ham mavjudligini unutmaslik kerak. 8. Dialogik nuqtayi nazar da madaniyat – “madaniyat dialogi” (V. Bibler) subyektlarning muloqot qilish shakli sifatida talqin qilinadi. Muayyan xalqlar, millatlar tarafidan yaratilgan etnik va milliy madaniyatlar ajratiladi. Milliy madaniyatlar ham o‘z navbatida submadaniyatlarga, ya’ni ijtimoiy qatlam va guruhlarning madaniyatlariga bo‘linadi. Shuningdek, turli xalqlarni

birlashtiradigan, masalan, xristianlarning madaniyati singari metamadaniyat ham mavjud. Mazkur madaniyatlarning barchasi bir-biri bilan o‘zaro muloqotga kirishadi. Milliy madaniyat qanchalik ko‘p rivojlangan bo‘lsa, u boshqa madaniyatlar bilan shunchalik ko‘p aloqaga kirishadi. 9. Informatsion nuqtayi nazar da madaniyat xabarni yaratish, saqlash, tarqatish va undan foydalanish hamda jamiyat tomonidan qo‘llaniladigan belgilar tizimi sifatida tasavvur qilinadi (Yu.M.Lotman). Uni mashina tili, xotira va informatsiyani qayta ishlash dasturi bilan ta’minlangan kompyuterga o‘xshatish mumkin. Madaniyatda ham ijtimoiy xotira va inson muomalasining dasturi bo‘lgan tillar mavjud. Xullas, madaniyat jamiyatni informatsiya bilan ta’minlash bo‘lib, u belgilar tizimi yordamida jamiyatda yig‘iladigan ijtimoiy informatsiyadir. 10. Ramziy nuqtayi nazar o‘zining e’tiborini madaniyatda ramzlarning qo‘llanilishiga qaratadi. Madaniyat – “ramziy borliq” (Yu.M.Lotman). Uning ba’zi unsurlari maxsus etnik ma’no kasb etadi, xalqlarning ramziga aylanadi: non, choy, palov o‘zbeklar uchun; shchi, kasha, samovar, sarafan ruslar uchun; guruchli pirog koreyslar uchun; spagetti italyanlar uchun; pivo va kolbasa nemislar uchun va h.k. Yuqorida ko‘rib chiqilgan nuqtayi nazarlarning barchasi ratsional mazmunga ega bo‘lib, ularning har biri “madaniyat”ga xos bo‘lgan qaysidir xususiyatlarni ifodalagan. Biroq ulardan qaysi biri ko‘proq ahamiyatli? Bu o‘rinda tadqiqotchining nuqtayi nazari, ya’ni uning madaniyatni qanday tushunishi muhim rol o‘ynaydi. Madaniyatga mehnat faoliyatining usullari, axloq-odob, urf-odatlar, rasm- rusumlar, muloqot xususiyatlari, dunyoni ko‘rish, tushunish va yaratish usullari kiradi. Masalan, daraxtda osilib turgan barg tabiatning bir qismi, gerbariydagi barg esa madaniyatning bir qismi; yo‘l ustida yotgan toshning o‘zi madaniyat emas, biroq u ajdodlarimizning qabrlariga qo‘yilganda madaniyatga aylanadi. Shunday qilib, madaniyat muayyan xalqqa xos bo‘lgan borliqdagi hayot va faoliyat, shuningdek, insonlar orasidagi o‘zaro munosabat (urf-odatlar, rasm-rusumlar, muloqot xususiyatlari) va dunyoni ko‘rish, tushunish va yaratish usullaridir.