Etnos va madaniyat.
Etnos va madaniyat. Reja: 1.Madaniyat tushunchasi. 2. Madaniy evolyusiya bosqichlari va sivilizasiya 3.Ma’naviy madaniyatning tarkibiy tuzilishi. 4.Etnik madaniyat. 5.Milliy madaniyat.
1. Madaniyat tushunchasi. Madaniyat-keng va qamrovi juda katta tushuncha. “Madaniyat” atamasi reallikning turli daraja va shakllariga ta’luqli bo‘lgan ko‘pgina fenomenlarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham turli tuman ko‘rinishdagi madaniyatni birgina tushunchaga birlashtirishga bo‘lgan urinishlar muvaffaqqiyatsiz tugamoqda. Olimlar 200 dan ortiq madaniyatni sanab o‘tishgan. Lotin tilidagi “Cultura” so‘zining dastlabki ma’nosi “ishlov bermoq, qayta ishlamoq” degan ma’nolarni anglatadi. Haqiqatda, madaniyat deganda keng ma’noda insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida uning jismoniy va aqliy mexnati natijasida yaratilgan barcha narsa tushuniladi. Bunda kelib chiqadiki madaniyat insondan mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan tabiatga teskari bo‘lishi mumkin. Bizni o‘rab turgan barcha narsalar tabiiy, ya’ni yer yuzida inson paydo bo‘lishidan ancha oldin mavjud bo‘lgan narsalar va suniy (madaniy) ya’ni insonni tabiat bilan aniq maqsad uchun yaratilgan narsalarga bo‘linadi. Madaniyatning uchta asosiy qismi mavjud: ulardan birinchisi kishilarning ommaviy anglashi bilan bog‘liq, ikkinchisi ularning xulq-atvorida namoyon bo‘ladi va uchinchisi-ularning faoliyatining moddiy natijasida ko‘rinadi. Biz gapiradigan, qiladigan yoki tasavvur etadigan barcha narsalarni shartli ravishda madaniy deb atash mumkin. Shuning uchun ham bizning tilimiz, ovqatimiz, dinimiz, uy xo‘jaligimiz, sport turlari va yana boshqa ko‘plab o‘zlashtirilgan xulq- atvorlar madaniyatning negizlaridan iboratdir. Madaniyat insonning unikal darajadagi erishgangan yutug‘i hisoblanadi. Bu insoniylikning belgilaridan biri hisoblanadi. Insoniyat bo‘lmasa madaniyat ham bo‘lmaydi, insoniylikni darajasi esa madaniyat darajasi bilan ham o‘lchaniladi. Inson madaniy olamda tug‘iladi va unda tarbiya topadi. Olamdagi boshqa jonzodlar hayvonot olamida yashaydi. Inson qaysi jamiyatda tug‘ilsa o‘sha jamiyatdagi madaniy olamda tug‘ilgan hisoblanadi. Har bir inson qandaydir madaniyatni vakili hisoblanadi. Madaniyat insoni boshqa hayvonot dunyosidan ajratib turuvchi o‘ziga xos sifatlardan biri hisoblanadi.
Madaniyatni keng ma’noda tushunadigan bo‘lsak u bizning hayotimizdagi xulq-atvorimiz, falsafamiz va etikamiz, ahloqimiz, an’ana va urf odatlarimiz, siyosiy, diniy va iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq faoliyatimiz tushuniladi. Inson individual va jamoaviy hayoti davomida madaniyatni o‘zlashtiradi. “Maclver and page” kitobida keltirilishicha “madaniyat- uslublar, qadriyatlar, ijodkorlik va intelektual faoliyat sohasidir. Bu bir butunlikdagi inson ma’lum jamoadan o‘zlashtiruvchi jamiyatning merosidir. Madaniyat borasida antropolog olimlarning quydagicha fikrlari mavjud: 1. Boris Malinovski madaniyatni insoniyatning ijod na’munalarini majmuasi deb ta’kidlagan. U madaniyatni insoniyat faoliyati natijasida sharoitga moslashtirish orqali erishgan na’munasi ham deb ataydi. 2. Mashxur Angliyalik antropolog olim Edvard Teylor madaniyatni , Inson tamonidan jamiyat a’zosi sifatida erishadigan bilim, ahloq, e’tiqod, san’at , odatlar bilan bog‘liq murakkab majmua deb ataydi. 3. Robert Bayrested- Madaniyatni biz jamiyat a’zosi sifatida o‘ylayotgan va qilayotgan xatti-harakatlarimizni murakkab tizimi deb hisoblaydi. Madaniyatning tavsifi 1.Madaniyatni anglash: Madaniyat biologik meros sifatida o‘tmaydi, lekin insonni ijtimoiyligini anglatadi. Bu tug‘ma tendensiya hisoblanmaydi. Madaniy bilan bog‘liq instinklar mavjud bo‘maydi. Madaniyat odatda xulq-atvorni ham anglatadi. 2.Madaniyat ijtimoiydir: Madaniyat yakka holda mavjud bo‘lmaydi. Bu xech qanday individual xodisa emas. Bu ijtimoiy o‘zaro ta’sir natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi. Jamiyat a’zolari o‘rtasida tarqaladi. 3.Madaniyat ommalashgandir: Madaniyat ommalashishi bilan sotsiologiyada ahamiyatlidir. Bu inson yakka xolda o‘zlashtiradigan jarayon emas. 4.Madaniyat o‘tkazuvchandir: Madaniyat bir avloddan boshqa avlod o‘tish xususiyatiga ega. Madaniyat gen orqali emas til, harakatlar vosiyasida yetkaziladi. 5.Madaniyat davomli va mujassamdir: Madaniyat to‘xtovsiz jarayon sifatida mavjudir. U tarixiy tarraqiyot davomida mujassamlashib boraveradi. Madaniyat
oldingi va hozirgi yutuqlarni mujassamlashtirib insoniyatning kelajakdagi yutuqlariga zamin yaratadi. 6. Madaniyat integrasionlashgandir: Madaniyatda muntazamlik tendensiyasini mavjudir. O’z navbatida u boshqa jamiyat sohalarini o’zaro aloqasini ta’minlaydi. 7. Madaniyat dinamik va moslashuvchandir: Madaniyat statik xolda barqarorlik kasb eta olmaydi. Unda asta sekinlik bilan lekin doimiy o’zgarishlar yuz beradi. O’zgarish va yuksalish madaniyatda latent holatda bo’ladi. Madaniyat ma’lum bir jamiyat a’zolarining turmush tarzi, ularning urf- odatlari, udumlariga, shuningdek ular ishlab chiqargan moddiyatga ham bevosita aloqador. Xech bir jamiyat madaniyatsiz mavjud bo‘la olmaydi. Madaniyatsiz biz “odam” bo‘la olmasdik. Bizda fikr bildirish uchun til, o‘z-o‘zini anglash bo‘lmasdi va bizning o‘ylash va fikr yuritish qobiliyatimiz ancha cheklangan bo‘lardi. Madaniyat-a’zolari ma’lum bir guruhga tegishli bo‘lgan, ular amal qiladigan va ularning moddiy farovonligi uchun o‘zlari tomonidan yaratilgan qadriyatlarni o‘z ichiga oladi. Qadriyat o‘ziga xos mavhum mukammallik bo‘lgan bir paytda tartib-kishilar amal qiladigan ma’lum bir qoidadan iborat. Tartib ijtimoiy xayotda “mumkin” yoki “mumkin emas” shaklida namoyon bo‘ladi. Xususan, monogamiya-g‘arbning ko‘pgina jamiyatlarida yagona nikoxdagi juftga nisbatan sadoqat ekanligini bildiradi. Boshqa ko‘pgina madaniyatlarda esa kishiga bir vaqtning o‘zida bir necha xotin yoki erli bo‘lishga ruhsat beriladi. Ba’zi jamiyatlarda er-xotinlarga o‘z ota-onalari bilan yaqin aloqada bo‘lish belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, boshqalarida ota-onalar bilan mutloqo aloqa uzlishi tavsiya etiladi. Kundalik turmushda biz “madaniyat” so‘zini ishlatganimizda faqatgina “ongni oliy yaratuvchanligi”-san’at, adabiyot, musiqa, tasviriy san’at kabilarni tushunamiz. Biroq madaniyat tushunchasi nafaqat bu ijodiy faoliyatni, balkim boshqa ko‘pgina narsalarni ham o‘z ichiga oladi. Madaniyat jamiyat a’zolarining butun yashash tarziga ta’sir etadi. U kiyinish madaniyati, nikox munosabatlari va oilaviy xayot, ish faoliyati, diniy marosimlar va bo‘sh vaqtini bekor o‘tkazish kabi sohalarni ham o‘z ichiga oladi. Unga shuningdek kishilar tomonidan yaratilgan va
ular uchun qadrli bo‘lgan kamon va paykon, omoch, fabrika va mashinalar, kompyuter, kitoblar va turar joylar va boshqalar ham tegishlidir. Shunday qilib, madaniyat-moddiy (yegulik, kiyim-kechak), ijtimoiy (jamiyat tashkil etilishi va uning bo‘laklari), shuningdek shaxsning fe’li, reproduksiyasi, tashkiliy faoliyati (din va fan)ga tegishli bo‘lgan murakkab tushunchadir. Madaniyat-insoniyat tomonidan yaratilgan barcha narsadir. Madaniyatning qandaydir bir tomonini ajratib ko‘rsatadigan turli tuman tushunchalardan umumiy holatda quyidagilarni ajratib olish mumkin: madaniyat- bu insoniyat xayotini tashkil etish va rivojlantirish, ijtimoiy tartiblar, ma’naviy qadriyatlar doirasida moddiy va ma’naviy mexnatga asoslangan o‘ziga xos xususiyatdir. Madaniyatda ma’lum shaxsning (shaxs madaniyati), ijtimoiy guruhlar (masalan guruh, ijtimoy qatlam, sinf), ijtimoiy-etnik jamiyat (etnik madaniyat, milliy madaniyat) yashash tarzini va butun jamiyat xayotini belgilab ko‘rsatish mumkin. Moddiy va ma’naviy madaniyat Moddiy madaniyat deb insoniyat tamonidan yaratilgan obyektlar shuningdek instrumental vositalar, jihozlar, avtomobillar, dambalar, yo‘llar, ko‘priklar kabi inson faoliyati natijasida o‘zi uchun moddiylik asosida yaratgan narsalarni misol qilib keltirish mumkin. Qadimgi obidalar, ishlab chiqarish usullari, texnik va moddiy jihozlar moddiy madaniyatning namunalari hisoblanadi. Moddiy madaniyatni o‘zgarishi va rivoj topishi bilan sivilizatsiya rivojlanadi. Ma’naviy madaniyat insonni ichki ruhiy dunyosini yuzaga chiqaradigan madaniyat namunalaridir. Ma’naviy madaniyatni insoning gapirishi, normalarga amal qilishi, e’tiqodi, urf-odatlariga rioya qilishi, marosimlar va uslublarida ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek qadriyatlar va tafakkur bilan bog‘lik xatti- harakatlarini jamlamasini ma’naviy madaniyat deb hisoblash mumkin. Madaniyatni funksiyalari: -Madaniyat bilimlar majmuasidir -Madaniyat xolatni aniqlashtiradi