logo

IBTIDOIY MA’NAVIY MADANIYAT

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.3955078125 KB
IBTIDOIY MA’NAVIY  MADANIYAT  
REJA.
1. Madaniyat tushunchasi.
2. Foydali bilimlarning o‘sishi.
3. Ibtidoiy  san’at.
4. Ibtidoiy din shakllari: totemizm, fetishizm, animizm, shamanizm va 
magiya. 1.Madaniyat –  bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va
ma’naviy   boyliklar   majmuigina   bo‘lib   qolmay,   ayni   paytda   u   jamiyat
taraqqiyotining   darajasini   ham   ifodalaydi,   ya’ni,   jamiyatdagi   bilim,   mezon   va
qadriyatlarning yig‘indisi madaniyatda gavdalanadi.
«Madaniyat»   atamasi   hozirgi   zamon   ilmiy   adabiyotlarda   rang-barang
ma’nolarda ifodalangan. «Madaniyat» va «Kultur» atamalari mutaxassislar fikriga
ko‘ra   lotincha   «ishlov   berish»,   «parvarish   qilish»   ma’nosini   anglatgan.
Keyinchalik   «ma’rifatli   bo‘lish»,   «tarbiyali»,   «bilimli   bo‘lish»   mazmunida
ishlatilgan.   O‘zbek   tilida   keng   ishlatiladigan   «Madaniyat»   atamasi   arabcha
«madaniy»-»shaharlik»   degan   ma’noni   bildiradi.   Agar   amerikalik
madaniyatshunos   olimlar   A.   Kreber   va   K.   Klakxonlarning   1952   yildagi
ma’lumotlariga   ko‘ra   madaniyat   hodisasiga   berilgan   ta’rif   164   ta   bo‘lsa,   so‘nggi
adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi.
2. Ibtidoiy  san’at.
Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g‘orlarning devorlariga turli
tasvirlar   chizish   so‘nggi   paleolit   davriga   oiddir   (Ispaniya,   Altamir   g‘ori).   O‘rta
Osiyoda   ungurlar   va   qoyatoshlarga   ishlangan   rasmlar   mezolit   davrida   paydo
bo‘ladi.   Neolit   davriga   kelib   esa   rivojlangan   bosqichga   ko‘tariladi.   Kaltaminor,
Hisor,   ayniqsa   Joytun   madaniyatiga   mansub   yodgorliklardan   ibtidoiy   san’atning
turli   namunalari   topilgan.   O‘rta   Osiyoning   tog‘lik   hududlarida   keng   tarqalgan
qoyatosh  rasmlari  ishlanish   usuliga  ko‘ra ikki   xil. Bir  xillari  bo‘yoq (oxra)   bilan,
ikkinchi xillari esa urib-o‘yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar)
rasmlardir.
O‘zbekistondagi   qoyatosh   rasmlarning   eng   nodir   namunalari   Zarautsoy,
Sarmishsoy, Bironsoy, Ko‘ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo‘lib, ular yuzdan
ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O‘zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot
olami   vakillarining  rasmlarini   kuzatish   mumkin.   Ular   ibtidoiy  buqalar,   sherlar   va
yo‘lbarslar,  qoplon,  tulki   va  bo‘rilar,  bug‘u  va   jayron  kabilardir.  Rasmlar  orasida
o‘q-yoy,   uzun   qilich,   xanjar,   dubulg‘a,   qopqon   kabi   narsalar   ham   ko‘pchilikni
tashkil   etadi. Eng   qadimgi   rasmlar   Zarautsoy   (Surxondaryo)   bo‘lib,   bu   rasmlar   mezolit-neolit,
ya’ni mil avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o‘sha davr
odamlarining   ov,   mehnat   va   jangovar   qurollarini   bilib   olishimiz   mumkin.
Shuningdek,   qoyatosh   rasmlar   qadimgi   avlodlarimizning   g‘oyaviy   qarashlari   va
diniy   e’tiqodlarini   o‘rganishda   muhim   ahamiyatga   ega.
Shuni ta’kidlash joizki, ibtidoiy san’atning eng rivojlangan bosqichi neolit davriga
oiddir.   Bu   davr   Joytun,   Kaltaminor   va   Hisor   madaniyatlariga   mansub   yod-
gorliklardan   ibtidoiy   san’atning   juda   ko‘plab   namunalari   topilgan.   Neolit   davri
odamlari  idishlarga har  xil rangdagi  bo‘yoq bilan turli  naqshlar, odam va hayvon
tasvirlarini   ifoda   etganlar.   Shu   bilan   birga   loydan   yasalib,   pishirilgan   ayol
haykalchalari neolit davri san’atining nodir namunalari hisoblanadi.
3. DINNING IBTIDOIY ShAKLLARI
Kishilar  turmush  tarzidagi  va jamiyat  xayotidagi  u´zgarishlar  insoniyatning
diniy   ishonch,   e’tikod   ma’lum   evolyusiyaning   yuz   berishiga   sabab   bu´lgan.   Ana
shu   asosga   turli   din   shakllari   yuzaga   kelgan.   Bular   urug-kabilachilik   (ibtidoiy)
dinlari,   milliy   dinlar   va   jaxon   dinlari.   Shu   bilan   birga   dinlar   mazmun   va
moxiyatiga ku´ra politeistik (ku´pxudolik) va monoteistik (yakkaxudolik) dinlariga
bu´linadi.
Xozirda   jaxon   dinlari   bu´lishi   Zardushtiylikka   sayyoramiz   axolisining   130
mingga  yakini,  Buddaviylikka  800  million,  Xristianlikka   2  milliard,  Islom  diniga
1,3 milliardi e’tikod kilishi rasmiy ma’lumotlarda kayd etilgan.
Ilmiy   adabiyotlarda   keltirilishicha,   ibtidoiy   odamning   jismoniy,   fiziologik,
asab-endokrin,   biologik,   psixologik   va   boshka   soxalari   u´ziga   xos   xususiyatlarga
ega   edi.   Bu   nafakat   uning   xayoti   va   faoliyatiga   fe’l-atrofiga,   balki   uning   fikrlash
darajasiga,   kuchli   xayajonlanishiga,   tasavvur   etishiga,   mustaxkam   xakikiy   yoki
soxta   mantikiy   konuniyatlarini   kashf   etishiga   ta’sir   ku´rsatdi.   U   ibtidoiy   bu´lsa
xam aklliy, fikr yurituvchi, ma’lum taxlilga kobiliyatli, konkret xolatda fikr yurita
oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalariga ega bu´lgan odam edi. Bilim mikdorini nixoyatda ozligi va uni doimiy takomillashib borishi, oldingi
turgan   xayotdan   ku´rkuv   va   uni   yengishgi   bu´lgan   intilish,   amaliy   tajribaning
uzluksiz   ku´payishi,   tabiati   kuchlarga   mutloko   tobelik   va   undan   kutilishga
tirishishi,   arof   muxit   injikliklari   va   ularni   yengish   va   xakozo.   Bularning   barchasi
shunga   olib   bordiki   uning   ilk   kadamidan   nafakat   mantikiy   talabchanlik,   balki
xissiy-ijtimoiy, xayoliy-fantastik munosabatlar kelib chi³di. 20-50 kishidan iborat b
´lgan kichik kabila mexnat faoliyati jarayoni (ov, ozuka izlash, kurol yashash, turar
joyni   jixozlash,  olovni  saklash  va  xakozo.)  Doimiy  ijtmoiy  munosabatlar,  oilaviy
urugdoshlik   alokalari   va   xodisalar   jarayonida   nikox   alokalari,   ik´lim   ushbu
jamoaning   ruxoniylari   gayritabiiy   kuchlar   va   vokelik     u´rtasidagi   gayri   oddiy
alokalar tu´grisida ibtidoiy tasavvurlar mustaxkamlanib borgan. Real    xayot  bilan
birgalikda     o‘zga   dunyo   mavjudligi,   marxumlar   tiriklar   xayotiga   ta’sir   eta   olish
to‘g‘risidagi goyalar yuzaga keldi.
Ibtidoiy   odam   o‘z   karindoshlarini   ku´mishda   maxsus   marosimlar   ma’lum
tayyorgarlik udumlariga amal kilar edi. Jasadni kizil mineral bu´yok bilan koplar,
uning yoniga kundalik extiyoj buyumlari zeb-ziynatlar, asbob-anjomlar va xakozo
ku´yilar   edi.   Bularning   bari   u´z   jamoa   a’zolarini   dafn   etayotgan   jamao   oxirat
mavjud ekanligi xakida iyutidoiy tasavvurlarga ega bu´lganidan dalolat beradi.
Arxelogik   izlanishlar   jarayonida   yer   yuzining   turli   joylaridagi   gorlarda
ibtidoiy   odam   tomonidan   chizilgan   rasmlar   topilgan   suratlarning   ko‘pchiligi   ov
saxnasi,  odam  va  xayvonlarning  ta’virlari,  xayvon  terisini   kiygan  odamlar,  yarim
odam   va   yarim   xayvon   kiyofasidagi   mavjud   suratlaridan   iborat   bu´lgan.   Bu
suratlar   dalolat   kildiki   u´zlari   va   xayvonlar   u´rtasidagi   tabiiy   va   gayritabiiy
alokalar   mavjudligi   xakidagi   tasavvurlarga   ega   edilar.   Bu   bilan   birga   marxum
ajdodlarning ruxlar sexrli usullar bilan xayvonlar xulkiga ta’sir etish imkoniyatiga
ega deb bilardilar. Bu tasavvurlar tiriklar bilan marxumlar u´rtasidagi vositachilar
ya’ni   turli   xildagi   sexrgarlar   va   shamonlar   faoliyatining   kelib   chikishiga   sabab
bo‘ldi.
Ibtidoiy odamlar xozirgi davrdagi singari t o‘ la shakllangan diniy sistemaga
ega   bu´lmagan.   Ularda   boshlangich   diniy   tasavvurlargina   bu´lgan   xalos.   Dinning ana shunday ibtidoiy shakllariga totemizm, animizm, fetishizm, shomanizm xamda
magiya   (   sexrgarlik   )   kabilar   kiradi.   Dinning   bu   shakllari   urugchilik   tuzumi
shakllanayotgan davrda paydo bu´lgan. 
Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning kundalik hayoti bilan 
bog‘liq bo‘lgan muhim ishlar: jumladan tug‘ilish, ozuqa topish, ov qilish, o‘z 
xavfsizligini ta’minlash, dafn marosimi kabilar turli diniy tasavvur va e’tiqodlar 
bilan bog‘liq bo‘lganligini ko‘ramiz. 
Dafn   etish   jarayoni.   Qadimgi   dunyo   tarixidan   ma’lumki,   odamzod
yaratilganidan   buyon   o‘z   qarindoshlarini   ko‘mishda   maxsus   marosimlar,   ma’lum
tayyorgarlik   udumlariga   amal   qilib   keladi.   Masalan,   Qadimgi   Misrda   fir’avnlar
jasadi qizil mineral bo‘yoq bilan qoplanar, yoniga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-
ziynatlar kabi  turli-tuman asbob anjomlar qo‘yilar edi. Bu ham o‘z navbatida o‘z
jamoa a’zolarini dafn etayotgan jamoaning oxirat mavjud ekanligi haqida muayyan
tasavvurga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. 
Ov   qilish.   Shu   paytga   qadar   olib   borilgan   arxeologik   izlanishlar   davomida
yer yuzining turli joylaridagi g‘orlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar
topilgan.   G‘orlardagi   suratlarning   ko‘pchiligida   ov   qilish   jarayoni,   odam   va
hayvonlarning   tasvirlari,   hayvon   terisini   kiygan   odamlar,   yarim   odam   va   yarim
hayvon   qiyofasidagi   mavjudotlar   tasvirlangan.   Demak,   ibtidoiy   odam   o‘zi   va
hayvonlar o‘rtasidagi tabiiy va g‘ayritabiiy aloqalar mavjudligi haqida tasavvurga
ega   bo‘lgan   va   ayni   paytda   marhum   ajdodlarining   ruhlari   sehrli   usullar   bilan
hayvonlar hulqiga ta’sir etish imkoniyatiga ega deb bilgan. Bu tasavvurlar tiriklar
bilan   marhumlar   o‘rtasidagi   vositachilar:   sehrgarlar   va   shamanlar   faoliyatining
shakllanishiga   turtki   bo‘lgan   bo‘ldi.   Ibtidoiy   odam   hayoti   haqidagi   tasavvurlarga
ko‘ra,   uning   hayotida   kelib   chiqqan   diniy   tasavvurlar   quyidagi   ibtidoiy   din
shakllarida namoyon bo‘lgan. 
Totemizm.   Totem-biror   urug‘   yoki   qabila   ibtidosi,   urug‘   asoschisi,   ajdod,
urug‘ jamoalari topinib, uni muqaddas tutgan hayvon. 
Totemizm   e’tiqod   shakli   ma’lum   bir   jamoaning   avvalda   asosiy   ozuqa
manbaini   tashkil   qilgan   hayvon   yoki   o‘simlikka   nisbatan   e’tibor   keyinchalik vujudga   kelgan   qabilaning   diniy   tasavvurlarining   asosiy   shakllaridan   biriga
aylangan bo‘lishi mumkin.
  «Totem» so‘zi Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida 
«uning urug‘i» ma’nosini anglatadi va mohiyatan «odamning hayvonot yoki 
o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqasi bor», deb e’tiqod qilishlik 
ehtimol, ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan 
hayvon yoki o‘simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning 
diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo‘lishi mumkin. 
Urug‘dosh guruhlar o‘zlarini umumiy belgilari va totemlari bo‘lgan hayvon yoki 
o‘simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Totemlarga bunday e’tiqod uzoq 
o‘tmishga tegishlidir, ularning mavjud bo‘lganligini faqat qadimgi rivoyatlargina 
tasdiqlaydi.  Masalan, hozirgacha Avstraliya aborigenlari orasidan bu xususda 
afsonalar saqlanib qolgan. 
Urug‘dosh jamiyatning shakllanishida jarayonida totemizm muhim rol 
o‘ynadi, ayniqsa, qarindosh guruhlarning boshqalardan ajralishiga, «o‘zimizniki», 
ya’ni «bir totemga tegishli» degan aniq taassurot paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 
Totemizm ta’sirida paydo bo‘lgan urf-odatlar va me’yorlar asrlar davomida qat’iy 
ravishda qo‘llanildi. Ayni totemga xos bo‘lmagan begonalar bu jamoa urf-odati va 
me’yorlaridan chetda hisoblangan. Totemizmning bunday ijtimoiy roli tabiiyki, 
totemistik ko‘rinishlarning evolyusion xarakteriga ham ta’sir kuchini o‘tkazmay 
qolmadi. Vaqt o‘tishi bilan qarindoshlik tizimining mustahkamlanib borishi 
jarayonida birinchi darajali totem tartibi haqida tasavvur ilgari surildi. 
Zooantropomorf ko‘rinishi bilan aralashgan holda odam bilan uning totemi 
qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar, ya’ni odam vafot etgach uning o‘z 
totemiga aylanishi yoki, aksincha, qayta inson shakliga kelishi haqidagi tasavvurlar
paydo bo‘ldi. Bular hammasi o‘tgan ota bobolar ruhlariga sig‘inishning, umuman, 
kuchayishiga va ilohiy kuchlarga bir tomondan ishonchning oshishiga olib kelgan 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan  totemga  bo‘lgan munosabatlarning o‘zgarishi, misol 
uchun  totemni ozuqa sifatida iste’mol qilishni taqiqlanishiga olib keldi.  Tabu  
(ta’qiqlash) tizimi paydo bo‘ldi. Bunda eng muhimi  totemni  ovqat sifatida is’temol  qilishni taqiqlash edi. Faqat ba’zi diniy marosimlarda ruhoniylar yoxud qabila 
boshliqlarigagina  totemni  yeyishga ruxsat etilardi. Shunday qilib, totemizm 
urug‘chilik jamoasida diniy ko‘rinishlarning tarixiy asosi bo‘lib qoldi. 
Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy 
vazifalari, yuqorida aytib o‘tilganidek birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi. 
Totemizm diniy shakllarning dastlabkisi sanalsa-da, hozirda ham ko‘plab 
xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning unsurlari saqlanib qolgan (masalan, 
Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, qirg‘izlarda oq bug‘u afsonaviy baxt 
keltiruvchi hayvon sifatida ulug‘lanadi). 
Animizm  (lotin tilida «anima» – «ruh», «jon» ma’nolarini anglatadi). 
Animizm – ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, 
hayvonot, o‘simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi 
ta’limotni ilgari suruvchi ilk diniy shakllardan biri. Ilk animistik tasavvurlar qadim 
o‘tmishda, ehtimol, totemistik qarashlar paydo bo‘lgunicha, oilaviy jamoalarning 
shakllangunicha vujudga kelgandir. 
.   Bu   nom   ingliz   etnografi   E.Teylor   tomonidan   kiritilgan.   Animizmning
moxiyati  kishi  ruxining, jonining borligicha  ishonishdir. Animizmda ruxlar  tabiiy
xodisalarni boshkaradi, unga ta’sir u ´tkazadi deb xisoblanadi. Bu ruxlar yo saxiy
kishilar baxtiga, xayotiga taxdid soluvchi  bu´lishi mumkin deb tasavvur  kilingan.
Ibtidoiy   odamlar   vafot   etgan   kishilarning   ruxlari   abadiy,   u´lmas   deb   xisoblab,
ularga   siginganlar.   Ular   u´z   tanalari   tuzilishini   kishi   u´lishi,   tush   ku´rishi   va
jasadlari bilan boglik xodisalarni tushuna olmay, jonni mavjud bir narsa deb bilib,
kishi u´lishi bilan jon tanani tark etib ketadi, boshka narsalarga, ya’ni xayvonlarga,
yosh   chakalok   bolalarga     u´tadi   deb   tasavvur   kilganlar.   Uykuni   jonning   kishi
tanasini vaktincha tashlab ketishi, tushni esa kishi uxlab yotganda jonning boshka
u´lib ketgan kishilarning joni bilan uchrashuvi deb bilganlar.
Animizmga   e’tkod   kilganlar   odam   u´lgandan   su´ng   jon   tanadan   chikib
ketadi   va   u´lmaydi,   abadiy   yashaydi   deb   xisoblaganlar.   Shu   asosda   ruxning   u
´lmasligi  tu´grisidagi  tasavvurlar yuzaga kelgan. Shu bilan birga ibtidoiy odamlar
xar bir narsaning u´z ruxi-joni bor deb tasavvur kilgan. Markaziy   Osiyoda   marxumning   jonini-ruxini   “arvox”   deb   atashgan.   Arvox
esa uzokka ketmay shu joyda aylanib yuradi, uydagi barcha ishlardan xabardor bu
´lib, turadi deb u´ylaganlar. Arvoxlarni rozi kilish, gazabini keltirmaslik maksadida
xar xil kurbonlik marosimlarini u´tkazganlar.
utgan   ajdodlar   ruxlariga   sajda   kilish,   ularni   xotirlash,   tabiat   va   tabiat
kuchlarga   siginish   natijasida   mukaddas   joylar,   avliyolarning   kabrlari   vujudga
kelgan.
Animizm totemizmdan farqli jihatlari bor. Albatta, totemizm ma’lum bir 
oilaviy guruhning ichki iste’moliga, uni boshqalardan farqlash maqsadiga 
yo‘naltirilgan bo‘lsa, animistik tasavvurlar keng va umumiy xarakterga ega. Ular 
hammaga tushunarli va ma’qul bo‘lgan. Shu bilan birga u tabiatning qudratli 
kuchlarini – osmon va yer, quyosh va oy, yomg‘ir va shamol, momoqaldiroq va 
chaqmoq kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Tabiiyki, 
ibtidoiy odamlar nafaqat tabiatning buyuk mavjudliklarini, balki relefning ayrim 
alohida qismlari – tog‘lar va daryolar, adir va o‘rmonlar kabi odam e’tiborini 
tortuvchi narsa va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo‘lar edilar. Hattoki, ko‘p 
yillik daraxt, kattaroq harsang tosh, jarliklarga o‘xshash narsalar ham ibtidoiy 
odamlar tasavvurida jonli, tafakkurli, sezuvchan va harakat qiluvchi, shuningdek, 
yaxshilik yoki yomonlik keltirishi mumkin deb tushunilgan. Shunday bo‘lgach, har
qanday voqea-hodisalarga e’tibor bilan munosabatda bo‘lish taqazo etilgan, 
qurbonliklar qilingan, ruhlar haqiga duo qilib, marosimlar uyushtirilgan.
Animizm zamonaviy dinlarning barchasida asosiy aqidaviy qismni tashkil 
etadi. Jumladan, jahon dinlari sanalmish buddizm, xristianlik va islomda ham 
ruhlar haqidagi ta’limot mavjud. 
Shamanizm  («shaman» so‘zining tungus tilidagi ma’nosi – «sehrgar»). 
Sehrgarlik (afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish 
maqsadida amalga oshiriladigan rituallar – urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va
animizm bilan bir vaqtda paydo bo‘lib, unga ko‘ra uning vositasida kishilar o‘z 
totemlari , ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog‘lanishni amalga oshirib 
kelganlar. Shamanizm qadim o‘tmishda paydo bo‘lib, minglab yillar davomida  saqlanib kelgan va tabiiyki, muntazam rivojlanib borgan. Odatda, afsungarlik urf-
odatlari bilan maxsus odamlar – shamanlar, afsungarlar shug‘ullanganlar. Ular 
orasida, ayniqsa, ayollar ko‘p o‘rinni egallaganlar. Bu shamanlar, afsungarlar 
jazavali va asabiy kishilar bo‘lib, odamlar ularning ruhlar bilan muloqotda bo‘la 
olishlariga, ularga jamoaning orzu niyatlarini ruhlarga yetkazish, ularning irodasini
talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga chuqur ishonganlar. Shamanlar, odatda, 
ma’lum harakatlar: ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo‘li 
bilan nog‘oralar va qo‘ng‘iroqlar ovozlari ostida jazavaga tushib, o‘zini yo‘qotish, 
jazavaning yuqori nuqtasiga yetish bilan afsungarlik qilishgan. Tomoshabinlar ham
ba’zan o‘zlarini yo‘qotar darajaga yetib, marosim ishtirokchisiga aylanib qolishar 
edi. Marosim oxirida shaman hech narsani eshitmay, ko‘rmay qolar, uning ruhlar 
dunyosi bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi deb hisoblanardi. 
Umuman olganda, turli diniy marosimlarni o‘z ichiga olgan afsungarlik 
jamiyatning haqiqiy talablaridan kelib chiqqan holda hayotda amalga oshirilgan. 
Ilohiy kuchlar dunyosi bilan bunday bog‘lanish yo‘li hayotda noma’lum, oldindan 
bilib bo‘lmaydigan sharoitlardan kelib chiqqan. Shuning barobarida afsungarlik 
odamlarning fikrlash qobiliyatining o‘sib borishi, ongining mustahkamlanishida 
katta rol o‘ynadi, diniy ongning shakllanish jarayonida muhim o‘rin tutdi. 
Afsungarlik fikr yuritish rivojlangan sari odamga o‘z o‘zidan bo‘ladigan, faqatgina
maqsadli yo‘nalishdagi harakatlar natijasida olinadigan emas, balki ilohiy kuchlar 
afsuni bilan bog‘liq bo‘lgan sharoitlardan kelib chiqadigan ko‘rinish deb 
hisoblangan. Natijada ko‘pgina aniq hodisalar, hattoki alohida buyumlar sehrli 
kuch egasi sifatida qabul qilina boshlandi. 
Sehrgarlik marosimlari ikki usul: yakka holda yoki jamoa bo‘lib amalga 
oshirilar edi. Afsungarlik maqsadga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 1) zarar 
keltiruvchi – yovuz afsungarlik. Bundan kimgadir zarar yetkazish niyat qilinadi; 2)
harbiy afsungarlik. Bunday afsungarlik dushmanga qarshi qo‘llaniladi (masalan, 
qurol aslahalarni sehrlash); 3) sevgi afsungarligi, boshqacha aytganda, «issiq» yoki
«sovuq» qilish; 4) tibbiy afsungarlik. Davolashda ishlatiladi; 5) ob-havo  afsungarligi. Bu sehrgarlik turidan yomg‘ir chaqirish yoki shunga o‘xshash ob-
havoni o‘zgartirish maqsadlarda foydalanilgan. 
Sehrgarlik hozirda ham mavjud dinlarda, turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib
qolgan.
Fetishizm  («fetish» so‘zi fr. fétiche – «but», «sanam», «tumor» ma’nosidagi
so‘zni anglatadi). Mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig‘inishdir. Unga ko‘ra 
alohida buyumlar kishini o‘z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqea-hodisalarni 
o‘zgartirish kuchiga ega. Fetish ham ijobiy, ham salbiy ta’sir etish kuchiga ega. 
Fetishizm yog‘och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlarning 
paydo bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar 
g‘ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko‘rdilar. 
Bunday  fetishga  odatda afsungarlar, shamanlar ega edilar. Ular afsungarlik 
yo‘li bilan buyumlarga ta’sir ko‘rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy 
taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi 
bosqich bo‘lib qoldi. Haqiqatda, ajdodlarni va tabiatni jonlantirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan animizm, turli  totemlar  hamda o‘lib ketgan avlodlar shaxsiga bog‘liq 
totemizm orqali ibtidoiy odamlar ongida real buyumlar bilan birga ilohiy va 
xayolot dunyosi borligi haqidagi tushuncha paydo bo‘ldi. Natijada ularning ongida 
afsonaviy fikr yuritish qobiliyati mustahkamlandi. Va, nihoyat,  fetishlarning  paydo
bo‘lishi shuni ko‘rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo‘shliqda ko‘chib 
yurish xususiyatiga ega bo‘lib qolmasdan, balki voqeiy dunyodagi buyumlarda 
ham mavjud bo‘lishi mumkin. 
Shunday qilib, urug‘chilik jamiyatining tashkil topish jarayonida ibtidoiy 
odamlarning ongida dastlabki diniy ko‘rinishlarning keng, aniq, tartibli majmuasi 
ishlab chiqildi. Demakki, diniy tasavvurlar odam hayotining bo‘linmas, hattoki 
asosiy qismi bo‘lib qoldi. Jamiyat va tabiat qonunlarini, albatta, o‘sha dunyo 
kuchlari boshqaradi. Shuning uchun jamoa yaxshi yashayman desa, ozuqalar bilan 
ta’minlangan, kimningdir tomonidan himoyalangan bo‘lishni istasa, birinchi 
vazifasi u o‘sha g‘ayritabiiy kuchlarni juda ham hurmat qilishi kerak edi. Dunyo  haqidagi bu tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan takomillashib bordi va insoniyat hayotida
uzoq vaqt o‘z ta’sirini o‘tkazib keldi. 
Fetishizmning unsurlari hozirgi davrda ham xalqlarning urf-odat va 
e’tiqodlarida saqlanib qolgan. Masalan, turli haykallar, suratlar, tumor, 
ko‘zmunchoq va turli ramzlar bunga yorqin misoldir. 
Ibtidoiy mifologiya.  Ibtidoiy odamning tasavvuri va e’tiqodlari majmuasi, 
ularning real hayotdagi qiyinchiliklari, muammolari va yutuqlari og‘zaki ijodda 
aks etgan. Bu narsa odamlarning ongida qolib, turli afsonalarning yaratilishiga 
sabab bo‘lgan. Ibtidoiy mifologiyani tashkil etgan ijod doim odamlarning 
ma’naviy hayoti, ibodati, hissiyotlari va diniy tasavvurlari bilan chambarchas 
bog‘liq edi. Buni tushunish oson: agar ibtidoiy odamning asosiy ma’naviy hayotida
totemlarga, marhum ajdodlarga ibodat qilish, ular bilan sirli qarindoshligi bo‘lsa, 
mifologiyaning markazida zooantropomorfik ajdodlar yoki har xil mo‘jizaviy 
kuchga ega bo‘lgan ilohiylashtirilgan qahramonlar turardi. «Madaniy 
qahramon»larning ismlari afsonalarda biron bir ixtiro yoki yangilikda mujassam 
bo‘lgan. Masalan, olovni topish, oila va nikohlar shaklini o‘rnatish, mehnat va ov 
qurollarini yasash hamda boshqa jasoratlarga oid aqidalarni tashkil qilish. 
Kosmogonik syujetlar ibtidoiy mifologiyada katta o‘rin egallagan, ya’ni yer va 
osmon, quyosh va oy, o‘simlik va hayvonot, nihoyat, odamning yaratilishi 
to‘g‘risidagi rivoyatlar, afsonalarda diniy tasavvurlarning ta’siri yaqqol 
ifodalangan. Ruhlarning yangi shaklga kirish sehrli xususiyatiga, ya’ni o‘z 
qiyofasini o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lgan, bir vaqtning o‘zida odam va 
hayvon shakliga kira olishini  monstrlik  deb hisoblashardi.
Ibtidoiy mifologiyada hayot va o‘lim, tabiat va madaniyat, ayol va erkaklar 
orasidagi muhim aloqalar tasvirlangan edi. Mifologiyaning bunday qarama-
qarshiliklarini tahlil qilish inson tarixining qadimgi bosqichini qayta tiklash uchun 
muhim manba hisoblanadi. Xususan, bu tahlil ibtidoiy jamoalar taraqqiyotida 
borishida diniy tasavvurlarning rolini aniqlashga imkon yaratadi. 
Neolit davridagi diniy tasavvurlar.  Neolit revolyusiyasi odamlarning 
turmush tarzini, tubdan o‘zgartirdi. Odam asta-sekin o‘simliklarni o‘stirish, ozuqa  zahiralarini hosil etishni o‘rgandi, bu esa odamni o‘troq hayot kechirishga majbur 
etdi. Yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatdi hamda ular berayotgan mahsulot: go‘sht,
sut va teridan foydalanishni o‘rgandi. Ovqat pishirishni o‘rganish, idishlar yasash 
kabi yangi muhim materiallarni o‘zgartirdi. U ovqat va ichimliklar saqlash uchun 
mo‘ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalaniladigan loyni tayyorlashga 
o‘rgandi. Neolit davri yuqori paleolitdan shunisi bilan farqlanadiki, unda odamzod 
tosh buyumlarni silliqlash va sayqal berishni o‘rgandi va shu farq mazkur davrga 
nom berdi ( neolit  – yangi tosh davri, yangi tosh ishlash, yangi usullar davri).
Neolit davrida dehqonlarga yangicha ishlab chiqarish usullarini topdilar, 
zich va guruh-guruh bo‘lib yashay boshladilar. Dushmandan hamda yovvoyi 
hayvonlardan himoyalangan qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar 
o‘rnashar edi. Aholining keskin ko‘payishi yangi yerlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj 
tug‘dirsa, hayot tarzini o‘zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi 
imkoniyatlar yaratdi.
Dehqonchilikning muntazam tirikchilik tashvishlari: hosilni, yig‘im-terimni 
kutish, aniq vaqtni belgilash, yil fasllarining sikllarini bilish kabilarning hammasi 
dehqonning osmonu yerga, quyoshu oyga, yomg‘iru shamolga yangi qiziqishi 
paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi, yangi ruhlar qudratiga ishonch sezilarli va ko‘zga 
tashlanadigan bo‘lib qoldi. O‘z navbatida, iltijo va qurbonlik ruhlarga atala 
boshlandi. Ammo, tabiiy imkoniyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar keskin o‘zgardi. 
Natijada qadimgi ruhlar – animistik sig‘inish ob’ekti asta-sekin o‘ta qudratli 
xudolarga aylandilar. Ular uchun mehrob hamda cherkovlar tashkil etilib, bunday 
joyda, odatda, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan alohida xizmatkorlar – 
kelajakdagi kohinlar – kechayu-kunduz xizmat qilar edilar. Qadimgi totemistik 
tasavvurlar ham o‘zgardi, dehqonlar hayoti ov natijasiga bog‘liq bo‘lmagani bois, 
hayvonlar qadrlana boshladi, ammo totemistik tasavvurlar avlodlar xotirasida 
saqlanib qolaverdi. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir sig‘iniladigan 
ilohiyatda aks etishiga olib keldi. Aksar ilohiyatlarning ko‘rinishi hayvon, qush, 
baliqlarning yo boshi, yo tanasi shaklida bo‘lar edi. Bu mifologik qahramonlarning
yuqorida aytib o‘tilgan ilohiyatiga qarindoshligi saqlanib qolgan.  Fetishizmning sokin xarakteri o‘zgardi, ilohiyatlarning qudratli butlari, 
mehroblar yoki cherkovlar yoniga o‘rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi.
Ba’zan butlar o‘rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlardan 
foydalanildi. Fetishizmning rivojlanishida bu haykal va qurilmalar 
ibodatxonalarning ramzi bo‘lib xizmat qildi.
Afsun ham o‘zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon yetkazish va 
omadli ov bilan ta’minlash, ruhlar yordamida o‘z maqsadiga yetishishning ibtidoiy
usullari o‘rniga yangi, puxta o‘ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, boshqa 
diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Tabiiyki, bular 
asosida qadimgi afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha yangiliklar: fol va bashorat 
yuzaga keldi, bular afsunga yaqin bo‘lgan hamda unga asoslangan afsun usullari 
bo‘lsa-da, maqsad boshqa edi: bunda istakni amalga oshirish emas, balki uni bilish 
ko‘zda tutiladi. Folbinlikning ilk shakllari neolit davridan ilgari ham amalda 
bo‘lgan. Ammo tizim sifatida neolit davrida yakunlandi. Neolit davridagi 
dehqonlar qudratli tangridan qo‘rqqan holda uning yaxshi niyat munosabatlariga 
juda qiziqar edilar. Buning uchun tabiat kuchlari ilohiyatlariga yoki 
ilohiylashtirilgan ajdodlarga ibodat qilishar edi. Ular xayolan qurbonliklar va 
ibodatlar ilohiyatlar ko‘ngliga yo‘l topadi, bizga yordam keladi deb ishonar edilar, 
ammo buni bilsa bo‘ladimi? Mana shu yerda fol ochish kelar edi. Har bir jamoa 
uchun xos bo‘lgan ibtidoiy shakldagi afsun marosimlaridan farqli o‘laroq, folbinlik
yuqori saviyadagi madaniyatni talab etardi. Marosimlarni olib boruvchi folbin 
kiyimi shartli belgilar tizimiga rioya qilishi shart edi. Bu shartli belgilar 
sig‘inilayotgan ilohiyatining qoniqganligini hamda ularning iltijolariga aniq javob 
berishga tayyorligini anglatardi. Belgilar tizimi har xil: elementar qur’a 
tashlashdan to murakkab chiziq, yorug‘ nuqta va chiziqlarni qo‘shilishigacha 
bo‘lar edi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Encyclopedia   of   Human   evolution   and   Prehistory.   Garland   publishing,   Inc.   A
member of the Taylor& Francis Group New York & London, 2000
2. Taylor E. Pervob ы tnaya kultura. – M., Iz-vo politicheskoy literaturы, 1989.  
3. Kabirov A. Ibtidoiy jamiyat tarixi. – T., 2001.
4. T okarev S.A. Rannie form ы  religii i ix razvitie. M., 1964.
5. Istoriya pervobыtnogo obщestva. Epoxa klassoobrazovaniya. – M., 1988
6. V.P.Alekseev,  A.I .   Perщis.  Istoriya pervobыtnogo obщestva.    – M., Vыsshaya
shkola, 19 90 .

IBTIDOIY MA’NAVIY MADANIYAT REJA. 1. Madaniyat tushunchasi. 2. Foydali bilimlarning o‘sishi. 3. Ibtidoiy san’at. 4. Ibtidoiy din shakllari: totemizm, fetishizm, animizm, shamanizm va magiya.

1.Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo‘lib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya’ni, jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig‘indisi madaniyatda gavdalanadi. «Madaniyat» atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan. «Madaniyat» va «Kultur» atamalari mutaxassislar fikriga ko‘ra lotincha «ishlov berish», «parvarish qilish» ma’nosini anglatgan. Keyinchalik «ma’rifatli bo‘lish», «tarbiyali», «bilimli bo‘lish» mazmunida ishlatilgan. O‘zbek tilida keng ishlatiladigan «Madaniyat» atamasi arabcha «madaniy»-»shaharlik» degan ma’noni bildiradi. Agar amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K. Klakxonlarning 1952 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo‘lsa, so‘nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi. 2. Ibtidoiy san’at. Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g‘orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so‘nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniya, Altamir g‘ori). O‘rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo‘ladi. Neolit davriga kelib esa rivojlangan bosqichga ko‘tariladi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning turli namunalari topilgan. O‘rta Osiyoning tog‘lik hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xil. Bir xillari bo‘yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-o‘yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar) rasmlardir. O‘zbekistondagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko‘ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo‘lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O‘zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular ibtidoiy buqalar, sherlar va yo‘lbarslar, qoplon, tulki va bo‘rilar, bug‘u va jayron kabilardir. Rasmlar orasida o‘q-yoy, uzun qilich, xanjar, dubulg‘a, qopqon kabi narsalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo‘lib, bu rasmlar mezolit-neolit, ya’ni mil avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o‘sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g‘oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Shuni ta’kidlash joizki, ibtidoiy san’atning eng rivojlangan bosqichi neolit davriga oiddir. Bu davr Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlariga mansub yod- gorliklardan ibtidoiy san’atning juda ko‘plab namunalari topilgan. Neolit davri odamlari idishlarga har xil rangdagi bo‘yoq bilan turli naqshlar, odam va hayvon tasvirlarini ifoda etganlar. Shu bilan birga loydan yasalib, pishirilgan ayol haykalchalari neolit davri san’atining nodir namunalari hisoblanadi. 3. DINNING IBTIDOIY ShAKLLARI Kishilar turmush tarzidagi va jamiyat xayotidagi u´zgarishlar insoniyatning diniy ishonch, e’tikod ma’lum evolyusiyaning yuz berishiga sabab bu´lgan. Ana shu asosga turli din shakllari yuzaga kelgan. Bular urug-kabilachilik (ibtidoiy) dinlari, milliy dinlar va jaxon dinlari. Shu bilan birga dinlar mazmun va moxiyatiga ku´ra politeistik (ku´pxudolik) va monoteistik (yakkaxudolik) dinlariga bu´linadi. Xozirda jaxon dinlari bu´lishi Zardushtiylikka sayyoramiz axolisining 130 mingga yakini, Buddaviylikka 800 million, Xristianlikka 2 milliard, Islom diniga 1,3 milliardi e’tikod kilishi rasmiy ma’lumotlarda kayd etilgan. Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshka soxalari u´ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafakat uning xayoti va faoliyatiga fe’l-atrofiga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli xayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustaxkam xakikiy yoki soxta mantikiy konuniyatlarini kashf etishiga ta’sir ku´rsatdi. U ibtidoiy bu´lsa xam aklliy, fikr yurituvchi, ma’lum taxlilga kobiliyatli, konkret xolatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalariga ega bu´lgan odam

edi. Bilim mikdorini nixoyatda ozligi va uni doimiy takomillashib borishi, oldingi turgan xayotdan ku´rkuv va uni yengishgi bu´lgan intilish, amaliy tajribaning uzluksiz ku´payishi, tabiati kuchlarga mutloko tobelik va undan kutilishga tirishishi, arof muxit injikliklari va ularni yengish va xakozo. Bularning barchasi shunga olib bordiki uning ilk kadamidan nafakat mantikiy talabchanlik, balki xissiy-ijtimoiy, xayoliy-fantastik munosabatlar kelib chi³di. 20-50 kishidan iborat b ´lgan kichik kabila mexnat faoliyati jarayoni (ov, ozuka izlash, kurol yashash, turar joyni jixozlash, olovni saklash va xakozo.) Doimiy ijtmoiy munosabatlar, oilaviy urugdoshlik alokalari va xodisalar jarayonida nikox alokalari, ik´lim ushbu jamoaning ruxoniylari gayritabiiy kuchlar va vokelik u´rtasidagi gayri oddiy alokalar tu´grisida ibtidoiy tasavvurlar mustaxkamlanib borgan. Real xayot bilan birgalikda o‘zga dunyo mavjudligi, marxumlar tiriklar xayotiga ta’sir eta olish to‘g‘risidagi goyalar yuzaga keldi. Ibtidoiy odam o‘z karindoshlarini ku´mishda maxsus marosimlar ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal kilar edi. Jasadni kizil mineral bu´yok bilan koplar, uning yoniga kundalik extiyoj buyumlari zeb-ziynatlar, asbob-anjomlar va xakozo ku´yilar edi. Bularning bari u´z jamoa a’zolarini dafn etayotgan jamao oxirat mavjud ekanligi xakida iyutidoiy tasavvurlarga ega bu´lganidan dalolat beradi. Arxelogik izlanishlar jarayonida yer yuzining turli joylaridagi gorlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar topilgan suratlarning ko‘pchiligi ov saxnasi, odam va xayvonlarning ta’virlari, xayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim xayvon kiyofasidagi mavjud suratlaridan iborat bu´lgan. Bu suratlar dalolat kildiki u´zlari va xayvonlar u´rtasidagi tabiiy va gayritabiiy alokalar mavjudligi xakidagi tasavvurlarga ega edilar. Bu bilan birga marxum ajdodlarning ruxlar sexrli usullar bilan xayvonlar xulkiga ta’sir etish imkoniyatiga ega deb bilardilar. Bu tasavvurlar tiriklar bilan marxumlar u´rtasidagi vositachilar ya’ni turli xildagi sexrgarlar va shamonlar faoliyatining kelib chikishiga sabab bo‘ldi. Ibtidoiy odamlar xozirgi davrdagi singari t o‘ la shakllangan diniy sistemaga ega bu´lmagan. Ularda boshlangich diniy tasavvurlargina bu´lgan xalos. Dinning

ana shunday ibtidoiy shakllariga totemizm, animizm, fetishizm, shomanizm xamda magiya ( sexrgarlik ) kabilar kiradi. Dinning bu shakllari urugchilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bu´lgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning kundalik hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan muhim ishlar: jumladan tug‘ilish, ozuqa topish, ov qilish, o‘z xavfsizligini ta’minlash, dafn marosimi kabilar turli diniy tasavvur va e’tiqodlar bilan bog‘liq bo‘lganligini ko‘ramiz. Dafn etish jarayoni. Qadimgi dunyo tarixidan ma’lumki, odamzod yaratilganidan buyon o‘z qarindoshlarini ko‘mishda maxsus marosimlar, ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal qilib keladi. Masalan, Qadimgi Misrda fir’avnlar jasadi qizil mineral bo‘yoq bilan qoplanar, yoniga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb- ziynatlar kabi turli-tuman asbob anjomlar qo‘yilar edi. Bu ham o‘z navbatida o‘z jamoa a’zolarini dafn etayotgan jamoaning oxirat mavjud ekanligi haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Ov qilish. Shu paytga qadar olib borilgan arxeologik izlanishlar davomida yer yuzining turli joylaridagi g‘orlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar topilgan. G‘orlardagi suratlarning ko‘pchiligida ov qilish jarayoni, odam va hayvonlarning tasvirlari, hayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim hayvon qiyofasidagi mavjudotlar tasvirlangan. Demak, ibtidoiy odam o‘zi va hayvonlar o‘rtasidagi tabiiy va g‘ayritabiiy aloqalar mavjudligi haqida tasavvurga ega bo‘lgan va ayni paytda marhum ajdodlarining ruhlari sehrli usullar bilan hayvonlar hulqiga ta’sir etish imkoniyatiga ega deb bilgan. Bu tasavvurlar tiriklar bilan marhumlar o‘rtasidagi vositachilar: sehrgarlar va shamanlar faoliyatining shakllanishiga turtki bo‘lgan bo‘ldi. Ibtidoiy odam hayoti haqidagi tasavvurlarga ko‘ra, uning hayotida kelib chiqqan diniy tasavvurlar quyidagi ibtidoiy din shakllarida namoyon bo‘lgan. Totemizm. Totem-biror urug‘ yoki qabila ibtidosi, urug‘ asoschisi, ajdod, urug‘ jamoalari topinib, uni muqaddas tutgan hayvon. Totemizm e’tiqod shakli ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o‘simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik