Din madaniyat fenomeni
Din madaniyat fenomeni Reja: 1. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 2. Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi. 3.Dinshunoslik fanini o‘rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash, diniy bag‘rikenglikni tarbiyalash, vijdon erkinligini ta'minlashdagi ahamiyati.
Din, dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari, din falsafasi, din tarixi, din psixologisi, din sotsiologiyasi, diniy e'tiqod, diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi, teologik yondaShuv, materialistik yondaShuv, mif, antrapologiya. 1.1. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng dinga yangicha qarash va munosabat bildirish imkoniyati tug‘ildi. Natijada nisbatan yangi bo‘lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Bu fan ilgarigi ateizmdan farqli o‘laroq, dinni tanqid qilish, uni jamiyatdan yo‘qotish maqsadida emas, balki unga milliy ma'naviyatning bir bo‘lagi sifatida yondashib, uni xolisona o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev haqli ravishda: “YUrtimizda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglik muhiti tufayli mamlakatimizda 2 ming 200 dan ortiq turli diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Turli din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlarni rivojlantirish, fuqarolar qaysi din va e'tiqodga mansubligidan qat'i nazar, ularning teng huquqliligini ta'minlash bundan buyon ham eng muhim vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi. Biz muqaddas dinimizni noto‘g‘ri talqin etayotgan va uni niqob qilib, bizni orqaga, o‘rta asrlar hayotiga qaytarishga urinayotgan buzg‘unchi kuchlarga qarshi keskin kurashib keldik va bundan keyin ham qat'iy kurash olib boramiz” 1 -deb, ta'kidlagan edi. Darhaqiqat, ko‘pgina millat, turli 16 ta diniy konfessiya vakillari tinch-totuv yashayotgan O‘zbekistonda 2 ming 200 dan ortiq turli diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqdaki, barcha dinlarning tengligini ta'minlash, fuqarolarning e'tiqodiga hurmat bilan qarash, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy taraqqiyot imkoniyatlarini kengaytirishning muhim shartlaridandir. Ma'naviy taraqqiyot imkoniyatlarini kengaytirish, rivojlantirishda esa dinshunoslik fanining tutgan o‘rni beqiyosdir. Hozirgi kunda oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan «Dinshunoslik» fanining ko‘zda tutgan asosiy maqsadi talabalarga Shu sohada chuqur bilim berish orqali fan doirasiga kirgan masalalarni tahlil qilishda ilmiylik 1
va ob'ektivlik uslubini qo‘llab, ularda diniy qarashlar jamiyat taraqqiyotiga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e'tiqodni shakllantirishdan iborat. Dunyoviy demokratik davlat va huquqiy fuqarolik jamiyati yo‘lida borayotgan mamlakatda diniy e'tiqodning tutgan o‘rni va rolini to‘g‘ri belgilay bilish va uni to‘g‘ri idrok etishda bu fanning ahamiyati kattadir. Ba'zan talabalar orasida predmetning mohiyatini to‘g‘ri tuShunib etmaslik holatlari natijasida uni iloxiyot haqidagi fan yoki ba'zi hollarda ilmiy ateizm fanining davomchisi sifatida ham qarash hollari uchraydi. Aslida iloxiyot faqat diniy adabiyotlar, manbalarga suyanadi, ilmiy ateizm esa din muammolariga bir yoqlama yondashish, dinni faqat tanqid qilish deb tuShuniladi. Hozirgi dinshunoslik fani bundan farqli ularoq fan doirasidagi muammolarni hal qilishda xilma-xil ilmiy dunyoqarashga asoslangan holda xulosalar chiqaradi. “Dinshunoslik” faniga kiradigan mavzular va uning mazmuni Respublikamizda Shu fan sohasida to‘plangan nazariy va amaliy tajribalar asosida shakllanadi. E'tibor bering. Dinshunoslik fanining predmeti – din, daxriylik qarashlari yuzaga kelishining sabablari, ularning evolyutsion taraqqiyotini ilmiy jihatdan tuShuntirish, ular rivojini va yo‘l qo‘yilgan kamchilik hamda xatolarning obektiv, subektiv sabablari, Shuningdek, hozirgi mustaqillik sharoitida din va daxriylika bulgan munosabat muammolarini o‘rganadigan fandir. E'tibor bering. Dinshunoslik fanining maqsadi – talabalarga milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini tuShuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri yondaShuvini shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma'naviyatli kadrlarni tarbiyalashdan iborat. E'tibor bering. Dinshunoslik fanning vazifasi – talabalarga hozirgi davrdagi dinlarning ma'lum xalq hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularning davlat va din munosabatlari, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi va madaniyati to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitish, din va diniy qadriyatlarning talqin
etilishi va bugungi kundagi ahamiyatini o‘rgatish, globallaShuv jaryonida diniy sohada kechayotgan tendensiyalarni yoritish, yoshlarda turli zararli diniy sekta va oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalariga qarshi immunitetni shakllantirishdan iborat. Dinshunoslik fani insonShunoslik fani sifatida dinning ming yillar davomida ijtimoiy taraqqiotdagi roli va ahamiyatiga xolis baho beradiki, bu ayniqsa, dinning mohiyati, evolyusiyasi va jamiyat tarixida, ma'naviy madaniyatida tutgan o‘rniga bag‘ishlangan mavzularda o‘z aksini topdi. Hozirgi sharoitda dinni insoniyat ma'naviyati va madaniyati tarixining ajralmas bir qismi deb qaralmog‘i zarur. Boshqacha aytganda, din va diniy falsafaga, umuminsoniy kadriyatlar nuqta'i- nazaridan, ularga umummadaniy, umumma'naviy va sivilizatsiya taraqqiyoti jarayonining ayirib bulmaydigan tarkibiy qismi sifatida qaramoq lozim. Din inson tarbiyasida adolat va insonparvarlik omillari ustuvor bo‘lishiga imkon beradigan ma'naviy e'tiqoddir. Hozirgi murakkab davr mas'uliyati mustaqillik davrida turli dinlarga e'tiqod qiluvchi kishilarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish milliy birligi va birdamligini tiklayotgan barcha xalqlarni diniy ziddiyatlar girdobiga tortish, hokimiyat uchun kurash maqsadida dindan foydalanish adolatsizliklarga, qon to‘kishga olib kelish mumkin. Shu o‘rinda bu fan mavjud muammolarni xal qiladi. Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo‘lgan bo‘lib, dinning insoniyat ma'naviyatidagi ahamiyatini o‘rganish, ijtimoiy, gneseologik, psixologik ildizlarini, din ta'limoti, marosimlari, ijtimoiy mavqeyini, ijtimoiy funksiyalarini tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganadigan fandir. “Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma'naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi. “Dinshunoslik” fanining vazifalari quyidagilardan iborat: - dinning jamiyatga ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy ta'siri haqida bilimlar berish; - ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta'limotlari haqida ma'lumot berish; - dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda tutgan mavqei haqida tushuncha berish;
- jamiyatni ma'naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish; - dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish; - diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish; - O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish. “Dinshunoslik” fanining vazifalaridan eng avvalo, ilmiylik va obektivlik asosida dinga yondashib, dinlarning inson kamolotiga xizmat qiladigan jixatlarini ajratib olib, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e'tiqodni 2. Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi. Dinshunoslik fani ijgimoiy-gumanigar fanlar bilan uzviy bog‘lik xolda shakllangan, rivojlangan va hozirda xam Shu jarayon davom etayotganiga, eng qadimgi zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlar diqqatini o‘ziga jalb etib kelganligiga, dinga ta'rif va tavsiflar berilganligiga to‘xtaladi. Dinshunoslikni axloqShunoslik, arxeologiya, sotsiologiya, psixologiya, falsafa, antropologiya, madaniyatShunoslik, filologiya, tarix fanlari bilan bog‘liq holda o‘rganish kerak. Zero, dinshunoslik fani mazkur fanlar bilan hamkorlik qilib tutashgan erida uning turli sohalari vujudga kelgan. Qadim zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlarning diqqatini o‘ziga jalb etib kelgan. Dinga turlicha ta'rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g‘oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din falsafasi yo‘nalishi shakllangan. Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa bo‘lgan dinni inson