logo

Fan va din o’rtasida kurash.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

42.7255859375 KB
10-mavzu: Fan va din o’rtasida kurash.
Reja:
1. Gumanizim va atroposentrizm
2. Dunyoviy fanning paydo bo’lishi
3. Buyuk geografik kashfiyotlar
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda   tadqiqotchilar   tomonidan   Fan   tarixi   faniga   berilgan   ma’lumotlarni
talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari:   doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar,
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralar:
Din,   politeizm,   islom   dini,   xristian   dini,     diniy   ta’limotlar,   ruhoniylar,
gumanizim,   atroposentrizm,   Kopernik   kashfiyoti,   geliosentrik   nazariyasi,   Kepler
konuniyatlari,   Galileo   Galiley ,     teleskop,   «Yulduzlar   axborotnomasi»,   katolik
cherkovi, Kopernik ta’limoti, bid’at, Isaak Nyuton, Kembridj  universiteti, «Tabiiy
falsafaning matematik asoslari» (qisqacha «Asoslar») 
   Din va uning vujudga kelishi hamda shakllanishi murakkab jarayon bo’lib, u
dastlab   o’z   ichiga   totemizm,   feteshizm,   animizm,   sehrgarlik   kabilarni   qamrab
oladi.   Sinfiy jamiyatga o’tish davrida politeizm xalq milliy dinlari paydo bo’ladi.
Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida jahon dinlari: buddizm (er. avv.VI-V
asrlarda Hindistonda), Xristiyanlik (eramizning I asrida Rim  imperiyasida), islom
(eramizningning VII asrida Farbiy Arabistonda) kelib chiqadi.
   Din   kishilar   ongiga   o’z   tasirini   o’tkazish,   bilan   bir   qatorda   jamiyatning
ijtimoiy-siyosiy   va   madaniy   hayotiga,   taraqqiyotiga   ham   katta   tasir   ko’rsatib
kelgan.   Hozir   dinning   fanga,   uning   yutuqlariga   bo’lgan   munosabati   haqida   yangi
fikrlar   mavjud.   Biz   o’tmishda   insoniyat   madaniyatining   tarixi   din   va   fan
o’rtasidagi kurashdan iborat deb kelgan edik. Ammo hayot shuni ko’rsatadiki, fan
va din  o’rtasidagi  munosabat  hamma  davrda bir  xil   va bir  tekis  bo’lmagan.  Mas:
Uyg’onish   davrida   yashagan   Farbiy   Yevropa   olimlari   N.Kopernik,   D.J.Bruno,
Galiley,   XVIII   asr   fransuz   olimlari   Pol   Golbax,   K.Gelvise -, Deni   Didro   va
boshqalar xristian diniga ochiq-oydin qarshi chiqib,  uning malumotini inkor etgan
bo’lsalar,   Markaziy   Osiyo   mutaffakkirlari   fan   bilan   islom   talimotini   bir-biriga
qarama-qarshi   qo’ymasdan,   ikkalasidan   ham   bahramand   bo’lib   kelganlar.   Mas:
Farobiy,   Xorazmiy,   Beruniy,   ibn   Sinolar   dunyoni   xudo   yaratgan   deb   e’tirof qilsalar,   bobomiz   Mirzo   Ulug’bek   o’zining   «To’rt   ulus   tarixi»   asarida   «dunyoni
Tangri taolo bino qilgan, odamni ham u yaratgan» degan fikrni aytgan.
Shu   tariqa   Olam,   Yer,   Koinot   haqidagi   o’rta   asr   diniy   ta’limotining
qarashlari   bilan   kapitalistik   ishlab   chiqarish   jarayonining   yanada   rivojlanishi
natijasida  fan  va  texnika   sohasida   erishilgan   ixtirolar   va  yutuqlar   asosida   olingan
ilmiy qarashlar o’rtasidagi kurash yana davom etaverdi.      
Manufakturalar   o’rtasidagi   raqobat,   dengiz   orqali   savdo   qilish,   yangi
mustamlakalarni   topish   va   ularga   ega   bo’lish,   ochiq   dengizda   kemaning   o’rnini
planeta   va   yulduzlarga   qarab   aniqlash   va   boshqalar   fan   sohasida   yanada   aniqroq
fikrga ega bo’lishni talab qilardi. 
Shu   borada   biz   Uyg’onish   davrining   Galeleygacha   bo’lgan   bosqichida   fan
yutuqlarini   kuzatar   ekanmiz,   albatta   hammadan   oldin   polyak   olimi   astranom,
geliosentrik nazariya asoschisi Nikolay Kopernik (1473-1543y) haqida eslamasdan
ilojimiz   yo’k.   Kopernik   Polshaning   Torun   shahrida   tug’iladi.   Uning   ota-onasi
Krakovdan   bu yerga ko’chib kelgan edi. Kopernik dastlab Krakov universitetida,
sungra   Italiyaning   Boloni,   Padui   va   Ferrari   universitetlarida   o’qidi.   Krakov   va
Boloni universitetlarida Kopernik astranomiya sohasida yaxshi bilimga ega bo’ldi.
Shundan   so’ng   Paduan   universitetida   ikki   yil   davomida   tibbiyot   ilmini   o’rgandi.
So’ngra   Padui   va   Ferrari   universitetlarida   yuridik   malumotlarga   ega   bo’ldi.
Bundan   ko’rinib   turibdiki   Kopernik   faqat   yirik   astranom   emas,   balki   matematik,
vrach va yurist ham bo’lgan. U yunon tilini ham bilgan va yunon tilidan lotin tiliga
bir   qator   tarjimalar   qilgan.   Kopernik   Polshaning   Fraunburg   (hozirgi   Frombork)
shahrida   20   yildan   ko’prok   kanonik   (diniy   unvon,   ruhoniylar   kengashi   yoki
kollegiyasining a’zosi) lavozimida ishladi. Shu vaqt davomida u sabor devorining
(bashnya)   kurg’onlaridan   birida   yashadi.   Shu   yerda   u   o’zining   observatoriyasini
qurdi va shu shaharda u vafot etdi. 
Kopernik o’z umrining asosiy qismini astronomiyaga bag’ishladi. Eng oddiy
asboblar yordamida osmon jismlarini 30 yildan ko’prok vaqt kuzatgan Kopernikda
Ptolemey   tomonidan   qabul   qilingan   geosentrik   nazariyaga   shubha   bilan   qaraydi.
Ya’ni Ptolemeyning «Yer olam markazida turadi, Quyosh va boshqa planetalar esa
Yerning atrofida aylanadi» degan xulosasidan kelib chiqsak deydi Kopernik, unda
planetalar   harakat   qilayotgan   orbitalarda   o’ta   murakkab   holat   sodir   bo’ladi.
Kopernik   o’ta   murakkab   astronomik   hisoblar   yo’li   bilan   Yer   Quyosh   atrofida   va
shu   bilan   birga   o’z   o’qi   atrofida   aylanib   turadi,   yer   planetalarining   bittasi   bo’lib,
hamma   planetalar   Quyosh   atrofida   aylanib   turadi,   degan   xulosaga   keldi.
Kopernikning geliosentrik konsepsiyasi Ptolemeyning geosentrik tizimini butunlay
uloqtirib   tashladi.   Antroposentrizm   va   diniy   afsonalarga   kuchli   zarba   berdi.
Kopernikning   asosiy   xizmati   ham   ana   shunda.   Uning   o’limi   arafasida   yani   1543
yilda nashr qilingan «Osmon jismlarining aylanishi haqida» nomli asari olamning geliosentrik tuzilishining asosiy  tasdig’i  bo’ldi. « Butun orbitalar  markazida» deb
yozadi Kopernik –Quyosh joylashgan, bunday nur taratuvchining barcha tomonga
yorug’lik uzatish uchun uning boshqa bir yaxshiroq joyda joylashishi ham mumkin
emas. Shuning uchun ham Quyoshni Koinot yuragi, Trimegist esa uni «ko’rinuvchi
xudo»   Sofoklning   Elektrida   u   hammani   kuruvchi   deb   nomlanishi   bejiz   emas.»
(Bernal Dj. Nauka v istorii obshyestva. M., 1956, str. 223)
Kopernikning   bu   kashfiyoti   fanda   g’oyat   katta   o’zgarish   yasadi,   u   dinning
obro’   va   tasiriga   putur   yetkazdi.   Kopernikning   olamning     geliosentrik   tizimi
konsepsiyasi haqidagi murakkab astranomik ilmiy hisoblardan iborat bu ishi uning
yagona shogirdi Retik tomonidan 1542 yilda nashrga tayyorlandi va chop etildi. 
Kopernikning     «Osmon   jismlarining   aylanishi   haqida»   nomli   olamning
geliosentrik tizimi xususidagi asari chop etilgach birdaniga tan olinmadi. Bu yangi
tizimning tan olinishida keyinchalik Kipler va Galileyning ilmiy izlanishlari katta
ahamiyat kasb etadi.
    N.Kopernik   kashfiyotining   inqilobiy   darajadagi   ahamiyatini   boshida
tushunmagan   katolik   cherkovi   «Osmon   jismlarining   aylanishi   haqida»   nomli
kitobni   73   yil   o’tgach   yani   1616   yilda   taqiqlangan   kitoblar   qatoriga   kiritdi,   faqat
212 yil o’tgach ya’ni 1828 yilda taqiq olib tashlandi.
Daniyalik astranom Tixo Brage ( 1546-1601) o’zining yulduzlar, planetalar
va   kometalar   joylashishi   xususidagi   uzoq   yillar   va   ko’p   qirrali   hamda   juda   aniq
o’lchovlari, ilmiy kuzatuvlari bilan astranomiya   fanining keyingi rivojiga ayniqsa
katta   hissa   qo’shgan   olimlardan   hisoblanadi.   Kopengagendan   unga   uzoq
bo’lmagan Ven orolida joylashgan Uraniborg rasadxonasini qurgan va boshqargan
Tixo   Brage   bu   yerda   20   yildan   ortiqroq   ilmiy   kuzatuvlar   olib   bordi.
Observatoriyada   Tixo   Brage   tomonidan   konstruksiya   qilingan   va   uning
rahbarligida qurilgan zamonasining eng zo’r astranomik asbob uskunalari bor edi. 
Yirik   astranom   bo’lgan   Tixo   Brage   Kopernikning   «Osmon   jismlarining
aylanishi   haqida»   nomli   asari   bilan,   albatta,   tanish   bo’lgan.   Biroq   u   olamning
geliosentrik   tizimiga   qarshi   bo’lgan.   Olam   haqida   T.Brage   o’zining   xususiy
konsensiyasini   ilgari   suradi.   Bunga   ko’ra:   «Yer   qo’zg’almas,   Quyosh   esa   Yer
atrofida   aylanadi   va   boshqa   planetalar,   Yerdan   tashqari,   Quyosh   atrofida
aylanadi».
Shunday qilib T.Bragening olamning tuzilishi haqida ta’limoti Ptolemey va
Kopernik tizimi o’rtasidagi qandaydir yo’nalish edi. 
Mashhur   italyan   olimi   va   shoiri   Jordano   Bruno   (1548-   1600)   fanda
materialist, sxolastikaning dushmani, ateist va katolisiziga qarshi kurashchi sifatida
tanilgan.   U   Nepol   yaqinidagi   Nola   shahrida   tug’iladi.   Ota-onasi   uni   15   yoshida
Neopoldagi   muqaddas   Dominik   monastiri   beradi.   10   yilcha   monastirda   bo’lgan
Jordano   o’zini   toat-ibodatga   emas,   balki   ilm-fanga   bag’ishladi   va   cherkov dokmatikasining dushmaniga aylanib bordi. N. Kopernik qarashlari bilan tanishib,
ularning   to’g’riligiga   ishonch   hosil   qildi.   1572-   yilda   Dj.Bruno   ruhoniy
martabasiga   ega   bo’ladi,   biroq   inkvizisiya   tomonidan   yeretiklikda   ayblangan
Dj.Bruno avvaliga Shimoliy Italiyaga  ketadi, so’ngra Italiyani butunlay tark etadi. 
15 yillarcha chet ellarda yurgan Dj. Bruno bu davr mobaynida Tuluza, Parij
va   Oksford   universitetlarida   astranomiya   va   falsafadan   dars   berib   yuradi.   Hatto
kalvinizmni tanqid qilgani uchun Jenevada turmada ham o’tirib chiqadi.
N.Kopernik   ta’limotini   yanada   rivojlantirgan   Dj.Bruno     «Olamning   chek-
chegarasi yo’q degan fikrga kelib, u   Yer ham Quyosh ham koinot markazi emas,
balki   olam   san-sanoqsiz   yulduzlardan   ibrat   bo’lib,   ularning   har   biri   bizdan
uzoqdagi   Quyoshdir»   deb   aytadi.   1592-yilda     Dj.   Bruno   Venesiyalik   patrisiy
Mochenigo taklifiga ko’ra, uni falsafa va mnemonikaga o’qitish uchun Venesiyaga
keladi. Lekin hiyla bilan qo’lga tushirilib inkvizisiya sudiga beriladi. U turmada 8
yilcha yotadi.  Birok inkvizitorlar uni o’z qarashlaridan voz kechishga majbur qila
olmadilar.   Shundan   sung   Dj.Bruno   1601   yil   17-fevralda   gulxanda   kuydiriladi.   U
qatl   kilingan   joyda   keyinchalik   o’rnatilgan   haykalga   quyidagi   so’zlar   yozib
qo’yilgan: «U hamma xalqlar uchun fikr erkinligini talab qildi va shu talabi uchun
qatl etildi».
Shu tariqa Dj.Bruno kishilar xotirasida o’z qarashlariga sadoqatli, qo’rqmas,
yirik olim sifatida saqlanib koldi.
Tixo   Bragening   izdoshi   ajoyib   nemis   astranom   va   matematigi   bu   Iogann
Kepler (1571-1630) hisoblanadi. Kepler janubi-garbiy Germaniyadagi uncha katta
bo’lmagan Veyl-der-Shtadt  shaharchasida kambagal oilada tug’iladi. Butun umr u
moddiy   kiyinchilikda   yashagan.   1588   yil   cherkov   maktabini   tugatgan   Kepler
Tyubengin   universitetiga   o’qishga   kiradi.   Universitet   professori   matematik   va
astranom   olim   M.Mestlin   Keplerga   alohida   etibor   berib,   uni   N.Kopernikning
geliosentrik   nazariyasi   bilan   tanishtiradi.   Masalaning   nozik   tomoni   shunda   ediki,
ya’ni   M.Mestlin   Kopernik   ta’limoti   tarafdori   bo’lsada,   biroq   talabalarga
leksiyalarda   o’zi   ishonmagan   Ptolemeyning   giosentrik   sistemasi   haqida   dars
berishga majbur edi. 
O’qishni   tugatgach,   universitet   rahbariyati   Keplerni   uzoq   Gras   hududiga
matematika   o’qituvchisi   sifatida   jo’natadi.   Bu   davrda   Kepler   «Predvestnik
kosmograficheskix issledovaniy, soderjashyey   kosmograficheskuyu taynu» nomli
birinchi yirik ilmiy asarini yozadi.
1600-yilda   Kepler   Pragaga   keladi   va   biz   yuqorida   aytgan   yirik   astranom
olim   Tixo   Bragega   shogird   tushadi.   1601   yilda   Tixo   Brage   vafot   etgach   Kepler
ustozining o’rniga imperator Rudolf II saroyi  qoshida matematik va astranom olim
bo’lib faoliyat ko’rsatadi. 12 yil Pragada yashagan Kepler Tixo Bragening osmon mexanikasi va yulduzlar jadvali ustida olib borgan ulkan ilmiy kuzatuv materiallari
ustida ish olib bordi.   
Astranomiya   fani   sohasiga   g’oyat   katta   hissa   qo’shgan   Kepler   fanda   uchta
gigant   olimlar   qatorida   turadi.   1).   N.Kopernik   (Kepler   tug’ilishidan   28   yil   oldin
vafot   etgan)   2).   Galelio   Galeley   (Keplerning   zamondoshi)   3).   I.Nyuton   (Kepler
o’limidan   13   yil   keyin   tug’ilgan),   qaysikim     Nyuton   Keplerning   izlanishlari   va
qonunlari yordamida «Butun olam tortishish qonunini» yaratdi. 
Astranomik   kuzatish   natijalarini   umumlashtirish   asosida   Kepler   Quyoshga
nisbatan planetalar harakatining 3 ta qonuniyatini tuzdi.
  Keplerning   birinchi   qonuni:     Har   qaysi   planeta   ellipslar     bo’yicha     harakat
qiladi, qaysikim uning markazida Quyosh joylashgan.
Keplerning   ikkinchi   qonuni:     Quyoshdan   planetaga   o’tkazilgan   radius-vektor
teng   vaqt   oralg’gida   teng   maydon   hosil   qiladi.   Bu   qonundan   xulosa   shuki,   ya’ni
orbita bo’ylab planetalar harakatining tezligi bir-xil emas, va u qancha tez bo’lsa,
planeta Quyoshga shuncha yaqin hisoblanadi.
  Keplerning   uchinchi   qonuni:   Planetalarning   Quyosh   atrofida   aylanish
vaqtining   kvadrati     ularning   Quyoshga   nisbatan   O’rtacha   masofasining   kubiga
teng. (   Kvadrat ы   vremen obrashyeniy planet vokrug solnse otnosyatsya kak kub ы
ix srednix rasstoyaniy ot solnsa.)
     Kepler planetalarni harakatlantiruvchi kuch manbai- bu Quyosh deb hisoblaydi.
U   fandagi   «gravitasion   massa»   tushunchasiga,   «og’irlik»   tushunchasiga   yaqin
kelgan edi. Biroq bu muammoni hal qilish Nyutonga buyuradi. 
Kepler Quyosh va Oy tutilishi nazariyasini ishlab chiqib, uni oldindan aytish
usullarini taklif etadi. Quyosh va Yer o’rtasidagi masofa kengligiga aniqlik kiritadi
va  o’z   davri   uchun   yilning   istalgan   vaqtida   planetalar   holatini   o’ta   yaqinlik   bilan
aniqlab   beruvchi   masalani,   yani   Rudolf   jadvalini   (Imperator   Rudolf   II   sharafiga)
tuzadi.   N.Kopernikning   olamning   geliosentrik   tuzilishi   tarafdori   bo’lgan   Kepler
asarlarini   Rim   Vatikani   inkor   etadi.   Keplerning   «Sokrashyeniye   kopernikovoy
astronomii»   nomli   asari   Vatikan   tomonidan   taqiqlangan   kitoblar   ro’yxatiga
kiritilgan. Kepler 1630 yilda Regensburg shahrida vafot etadi.  
Galileo  Galiley   (1564-1642). Mashhur  italyan  fizigi  va astranom  Galileo Galiley
15-fevral 1564-yilda Piza shahrida tug’iladi. Uning otasi Venchenso muzikant edi.
Galiley uncha boy bo’lmagan aslzoda oilasidan edi. U 11 yoshiga qadar maktabga
qatnadi.   1574   yili   Vinchenso   oilasi   Pizadan   Florensiyaga   ko’chib   o’tadi.   So’ngra
o’sha   davr   taomiliga   ko’a   u   monastirga   ma’lumot   va   tarbiya   olish   uchun   qabul
qilindi. Asosiysi u bu yerda yunon va lotin yozuvchilarining asarlari bilan tanishdi.
1581-yilda   Galiley   medisinani   o’rganish   uchun   Piza   universitetiga   kiradi.
Tibbiyotga   unchalik   ham   qiziqmagan   Galiley,   bu   yerda   matematika,   mexanika,
fizika   va   astranomiya   bilan   ishtiyoqmandlik   bilan   shug’ullandi.   Bu   yerda   asosiy rolni   otasining   do’sti   Ostilio   Richchi   o’ynadi.   Uning   maslahati   bilan   u   bu   yerda
birinchi marta Yevklid, Arastu va Arximed  asarlarini o’qib chiqdi. 
Matematika,   mexanika,   geometriya,   fizika   va   astranomiyaga   ishtiyoqi
baland bo’lgan Galeley Piza universitetini  tashlab, 4 yil Florensiyada matematika
bilan   shug’ullandi.   Ana   shu   davrda   uning   gidrostatikaga   bog’liq   bulgan   birinchi
ilmiy  asarini (U metall kotishmalarning tarkibini aniqlaydigan tarozini ixtiro qildi)
va   jismlarning   harakatlanishida   og’irlik   markazining   rolini   aniqlashga   doir
asarlarini yozdi. Bu Arximed ishlarining davomi edi. 
  1589   yildan   boshlab   Galeley   dastlab   Pizadagi   matematika   kafedrasida,
so’ngra   1592   yildan   Paduan   universitetida   matematikadan   dars   bera   boshladi.
Galileyning   Paduyadagi   xayot   davri   (1592-1610)   uning   ilmiy   faoliyatining   eng
gullagan davri hisoblanadi. 
  Ming   yillar   davomida  odamlar   tungi   osmonga   tikilib,  sayyora   va   yulduzlar
harakatini   kuzatishgan.   Ular   haqida   qanchadan   qancha   afsona   va   rivoyatlar
to’qishgan,     biroq   ularning   osmon   gumbazidagi   harakat   qonunlari   o’sha   davr
olimlari   uchun   sirligicha   qolavergan.   Nihoyat,   1632   yilda   G.Galileyning
«Olamning     ikki   asosiy   sistemasi   xakida   diolog»   (K.Ptolemeyning   geosentrik
sistemasi va N.Kopernikning geliosentrik sistemasi haqidagi ) asari bosilib chiqdi.
Unda Galiley dinamika asosi - inersiya prinsipi va klassik nisbiylik prinsipiga asos
soldi.   Inersiya   qonuniga   ( lat:   inertia-tinch   xolat,xarakatsiz,   faoliyatsiz.   )   ko’ra,
agar jismga hyech qanday kuch tasir qilmasa, jism qancha uzoq muddat bo’lmasin
o’zining   tinch   holatini   yoki   to’g’ri   chiziqli   va   tekis   harakatini   saqlaydi.   Galiley
jismlarning   erkin   tushish   qonunlarini,   qiya   tekislikdagi   harakatini,   gorizontga
ma’lum   burchak   ostida   otilgan   jismning   harakat   qonunlarini   o’rgandi.   U
mayatnikning   tebranish   qonunini   aniqladi.   Tebranishlar   davri   amplitudaga
( amplituda-tebranish   kengligi   holatlari   orasidagi   masofa )   bog’lik   emas   ekan.
Mayatniklarning bu xossasi izoxronlik ( izoxronnost-baravar davom etish ) deyiladi.
  1609 yilda Galiley uzining 3 marta kattalashtirib ko’rsatadigan birinchi optik
teleskopini,   bir   oz   vaqt   o’tgach,   32   marta   kattalashtirib   ko’satadigan   teleskopni
ixtiro   qildi.   Uning   yordamida   Galiley   ilk   bor   Oy   yuzasidagi   tog’larni   va
kraterlarni,   Quyoshdagi   dog’larni   va   uning   o’z   o’qi   atrofida   aylanishini,
Yupiterning 4 ta yuldoshi  borligini, Venera fazalarini kashf qildi. Shu bilan birga
Somon yo’lining juda uzoqdagi  yulduzlar turkumi  ekanligini  isbotladi. Juda katta
ahamiyatga   ega   bo’lgan   Galileyning   bu   kuzatuvlari   uning   «Yulduzlar
axborotnomasi» («Zvezdniy vestnik») nomli asarida yoziladi.   
            Cherkov   xodimlari   uning   barcha   ko’rganlarini   optik   aldov,   u   kishilarni
chalg’itmokda   deb   e’lon   qiladi.   Birok   Galiley   Olamning   geliosentrik   sistemasi
haqidagi N.Kopernik talimotining tarafdori bo’lib qolaverdi.              1616   y.da   katolik   cherkovi   rasmiy   ravishda   Kopernik   ta’limotini   bid’at   deb
e’lon   qildi   va   uning   asarlarini,   ta’limotini   eslash,   fikrlash   hamda   o’qishni
ta’qiqladi.   Galiley   Kopernik   haqida   gapirmay   yurishga   yoki   imo   ishora   bilan
gapirishga   majbur   bo’ldi.   Galileyning   1632   yilda   nashr   qilingan   biz   yuqorida
aytgan «Dialog» nomli kitobida u materialistik g’oyalarni uch suhbatdosh: Salviati,
Sagredo   va   Simplichio   orasidagi   munozara   tarzida   bayon   qiladi.   Cherkov   bu
kitobni   ta’qiqlaydi.   Galiley   kashfiyotlaridan   qattiq   g’azablangan   papa   va
ruhoniylar uni Rimga chaqirishadi.   70 yashar olim inkvizisiya sudiga topshiriladi
va 5 oy davom  etgan so’roqlardan so’ng, u nihoyat 22 iyun 1633 yilda Kopernik
talimotidan voz kechishga va tavba qilishga majbur etiladi.
            Shundan   so’ng   Galiley   to   umrining   oxirigacha   yolg’iz,   odamlardan   uzoqda
Florensiyadan uncha uzoq bo’lmagan Architri villasida yashashga majbur qilinadi.
1637   yilda   Galiley   ko’r   bo’lib   qolsada,   biroq   umrining   oxirigacha   ilmiy   ishlarini
davom ettiradi. U 1638 yil 8 yanvarda vafot etadi.
            Nafaqat   fizik,   mexanik   va   astranom   bo’lgan,   balki   muzikant   va   shoir   ham
bo’lgan   Galileyning   ilmiy   faoliyati   mexanika,   optika,   astranomiya     fanlarining
kelgusi taraqqiyotiga juda katta barakali ta’sir ko’rsatdi. 
Isaak Nyuton (1643-1727).    Buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanika
asoschisi   Isaak   Nyuton   1643   yil   4   yanvarda     Kembridjdan   75   km   uzoqlikda
joylashgan  (Grantem   shahri  yaqinida)   Vulstorp  qishlog’ida  uncha  boy  bo’lmagan
fermer   oilasida   tug’iladi.   Uning   otasi   tug’ilmasdan   oldin   vafot   etgandi.   Isaak   12
yoshida Grantem maktabiga o’qishga kiradi.
     Maktabni tugatgach u 1661-1665 yillarda Kembridj universitetining Triniti yoki
Troisa kolledjini tugatib, bakalavr ilmiy darajasini oladi. Mashhur matematik olim
professor   Barrou   yordamida   Nyuton     Kembridj   universitetining   «Lyukasov»
kafedrasiga ishga kirib, u yerda to 1701 yilgacha faoliyat ko’rsatadi.
         Nyuton hayotining eng muhim ijodiy davri bo’lib, uning vabo epedimiyasidan
qochib o’zi tug’ilgan Vulstorpda o’tkazgan 1665-1667 yillar hisoblanadi. 
         Bu yerda olimni buyuk kashfiyotlarga olib kelgan asosiy g’oyalari shakllandi.
Ana   shularga:   fizikaning   matematik   asoslari   –   differinsial   va   integral   hisobni
yaratishga   ko’zgu   teliskopning   ixtiro   qilinishiga,   yorug’likni   ajratishga   oid
tajribalarga,   astronomik   kuzatishlar   va   mexanika   asoslariga,   eng   muhimi   butun
olam   tortishish   qonunining   ochilishiga   olib   kelgan   ishlari   kiradi.   1668   yilda
Nyutonga   magistr   unvoni   berildi   va   shundan   so’ng   u   Kembridj   universitetida
fizika-matematika kafedrasiga boshchilik qila boshladi.
         1668 yilda Nyuton o’z qo’li bilan ko’zguli teleskopni qurdi. 1671 yilda xuddi
shu   turdagi,   biroq   razmeri   jihatdan   katta   va   yanada   takomillashgan   ikkinchi
teleskopni  ixtiro qildi. Shuni alohida ta’kidlash  joizki, ya’ni Nyutonning teleskop
sohasidagi ishlari fanda Galeliy xizmatlari qatoriga tenglashtiriladi.       Nyuton ishlab chiqqan mexanika va fizikaning asosiy vazifalari  zamonasining
ilmiy   muammolari   bilan   uviy   bog’langan   edi.   Masalan:   optika   sohasidagi
tadqiqotlar   optik   asboblarning   kamchiliklarini   bartaraf   etishga   qaratilgan   edi.
«Yorug’lik va ranglarning yangi nazariyasi» (1672y) nomli optikaga bag’ishlangan
birinchi   ishida   Nyuton   o’zining   yorug’likning   korpuskulyar   gipotezasiga   oid
qarashlarini   bayon   qiladi.   Qizg’in   bahsga   sabab   bo’lgan   Nyutonning   yorug’lik
tabiati   haqidagi   korpuskulyar   qarashlariga   ingliz   olimi   R.Guk   qarshi   chiqadi.   U
vaqtda   Nyuton  yorug’lik   haqida  korpuskulyar   va  to’lqin  tasavvurlarini   o’z   ichiga
oluvchi gipotezani olg’a suradi. Nyuton qorong’ilashtirilgan xonaga kichik tirqish
ochib, tushayotgan quyosh nuri yo’liga shisha prizma qo’yib hosil qilingan quyosh
nuri spektrini yetti xil rangga ajratdi. (Umuman odamning ko’zi quyosh yorug’ligi
spektrida 160 ga yaqin turli ranglarni ajrata oladi).
       Keyingi tajribalarda Nyuton  rangli nurlarni aksincha yig’uvchi linza orqali oq
yorug’likka to’plashga erishdi. O’zining optik tadqiqotlarini u 1704 yilda yozilgan
«Optika» kitobida e’lon qilib, unda o’sha zamon faniga ma’lum bo’lgan turli optik
hodisalarning mukammal manzarasini chizib berdi.
             1687 yil I.Nyuton o’zining «Matematicheskiye nachala naturalnoy filosofii»,
ya’ni  «Tabiiy falsafaning matematik asoslari» (qisqacha  «Asoslar»)  nomli  kapital
asarini nashrdan chiqardi. Unda olim butun klassik fizikaning asosini tashkil etgan
yer va osmon mexanikasining yagona sistemasini yaratdi. Bu ilmiy asarida Nyuton
fizikaning   asosiy   tushunchalari   –   massaga,   zichlikka   ekvivalent   materiya
miqdorining, impulsiga ekvivalent  harakat  miqdorining, kuchning turli shakllarini
va boshqalarni ta’riflab berdi.
           1672 yilda Nyuton London Qirollik jamiyatining a’zosi  qilib saylandi. 1703
yilda   esa   uning   prezidenti   bo’lgan   Nyuton   umrining   oxirigacha   shu   lavozimda
qoladi. 
      1696 yilda Monetn ы y dvor- nazoratchisi bo’lib saylangan Nyuton- deb yozadi
Dj.Bernal (Nauka v istorii obshyestva –str.265) –o’zining halolligi va haqgo’yligi
tufayli 1699 yilda uning direktori lavozimiga ko’tariladi. 
           1699 yilda u Parij Fanlar Akademiyasining xrijiy a’zosi etib tayinlanadi. Fan
oldidagi xizmatlari uchun Nyuton 1705 yilda dvoryanlik unvoniga sazovor bo’ladi.
            1727   yil   31-martida   84   yoshida   vafot   etgan   Isaak   Nyuton   Vestminstr
abbatligining milliy panteoniga  dafn qilinadi. Butun  insoniyat  tarixida  eng buyuk
olimlardan biri bo’lgan Isaak Nyuton fanning turli sohalari   bo’yicha o’zidan juda
ulkan   ilmiy   meros   qoldirdi.   O’zi   kashf   qilgan   butun   olam   tortishish   qonunini
Nyuton   muvaffaqiyatli   ravishda   osmon   jismlarining   harakatini   tushuntirishga
tatbiq   qildi.   Bu   qonunga   ko’ra,   barcha   moddiy   jismlar   bir-biriga   tortilib,   bunda
tortishish   kuchi   kattaligi   jismlarning   fizik   va   ximiyaviy   xossalariga,   ularning
harakat holatiga, jismlar turgan muhitga bog’liq emas. Yerga tortilish har  qanday moddiy   jismni   Yerga   tortilishi   tufayli   vujudga   keluvchi   og’irlik   kuchining
mavjudligidan namoyon bo’ladi. 
Mavzu bo’yicha savollar:
1. Gumanizim va atroposentrizm tushunchalarini tahlil qilib bering
2. Dunyoviy fanning paydo bo’lishi asoslari nimada?
3. Buyuk geografik kashfiyotchilarga kimlarni misol keltira olasiz? 
Adabiyotlar ro’yhati
1) Bernal D.J. “Nauka v istorii obshyestva” M.1956
2) Bernal D.J.  Nauka i obshyestvo M. 1953
3) Virgenskiy V.S. Istoriya nauki i texniki.  M. 1977
4) Kurilin  V. A. Stranis ы  istorii nauki i texniki   M. 1986

10-mavzu: Fan va din o’rtasida kurash. Reja: 1. Gumanizim va atroposentrizm 2. Dunyoviy fanning paydo bo’lishi 3. Buyuk geografik kashfiyotlar Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Fan tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar Tayanch iboralar: Din, politeizm, islom dini, xristian dini, diniy ta’limotlar, ruhoniylar, gumanizim, atroposentrizm, Kopernik kashfiyoti, geliosentrik nazariyasi, Kepler konuniyatlari, Galileo Galiley , teleskop, «Yulduzlar axborotnomasi», katolik cherkovi, Kopernik ta’limoti, bid’at, Isaak Nyuton, Kembridj universiteti, «Tabiiy falsafaning matematik asoslari» (qisqacha «Asoslar») Din va uning vujudga kelishi hamda shakllanishi murakkab jarayon bo’lib, u dastlab o’z ichiga totemizm, feteshizm, animizm, sehrgarlik kabilarni qamrab oladi. Sinfiy jamiyatga o’tish davrida politeizm xalq milliy dinlari paydo bo’ladi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida jahon dinlari: buddizm (er. avv.VI-V asrlarda Hindistonda), Xristiyanlik (eramizning I asrida Rim imperiyasida), islom (eramizningning VII asrida Farbiy Arabistonda) kelib chiqadi. Din kishilar ongiga o’z tasirini o’tkazish, bilan bir qatorda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga, taraqqiyotiga ham katta tasir ko’rsatib kelgan. Hozir dinning fanga, uning yutuqlariga bo’lgan munosabati haqida yangi fikrlar mavjud. Biz o’tmishda insoniyat madaniyatining tarixi din va fan o’rtasidagi kurashdan iborat deb kelgan edik. Ammo hayot shuni ko’rsatadiki, fan va din o’rtasidagi munosabat hamma davrda bir xil va bir tekis bo’lmagan. Mas: Uyg’onish davrida yashagan Farbiy Yevropa olimlari N.Kopernik, D.J.Bruno, Galiley, XVIII asr fransuz olimlari Pol Golbax, K.Gelvise -, Deni Didro va boshqalar xristian diniga ochiq-oydin qarshi chiqib, uning malumotini inkor etgan bo’lsalar, Markaziy Osiyo mutaffakkirlari fan bilan islom talimotini bir-biriga qarama-qarshi qo’ymasdan, ikkalasidan ham bahramand bo’lib kelganlar. Mas: Farobiy, Xorazmiy, Beruniy, ibn Sinolar dunyoni xudo yaratgan deb e’tirof

qilsalar, bobomiz Mirzo Ulug’bek o’zining «To’rt ulus tarixi» asarida «dunyoni Tangri taolo bino qilgan, odamni ham u yaratgan» degan fikrni aytgan. Shu tariqa Olam, Yer, Koinot haqidagi o’rta asr diniy ta’limotining qarashlari bilan kapitalistik ishlab chiqarish jarayonining yanada rivojlanishi natijasida fan va texnika sohasida erishilgan ixtirolar va yutuqlar asosida olingan ilmiy qarashlar o’rtasidagi kurash yana davom etaverdi. Manufakturalar o’rtasidagi raqobat, dengiz orqali savdo qilish, yangi mustamlakalarni topish va ularga ega bo’lish, ochiq dengizda kemaning o’rnini planeta va yulduzlarga qarab aniqlash va boshqalar fan sohasida yanada aniqroq fikrga ega bo’lishni talab qilardi. Shu borada biz Uyg’onish davrining Galeleygacha bo’lgan bosqichida fan yutuqlarini kuzatar ekanmiz, albatta hammadan oldin polyak olimi astranom, geliosentrik nazariya asoschisi Nikolay Kopernik (1473-1543y) haqida eslamasdan ilojimiz yo’k. Kopernik Polshaning Torun shahrida tug’iladi. Uning ota-onasi Krakovdan bu yerga ko’chib kelgan edi. Kopernik dastlab Krakov universitetida, sungra Italiyaning Boloni, Padui va Ferrari universitetlarida o’qidi. Krakov va Boloni universitetlarida Kopernik astranomiya sohasida yaxshi bilimga ega bo’ldi. Shundan so’ng Paduan universitetida ikki yil davomida tibbiyot ilmini o’rgandi. So’ngra Padui va Ferrari universitetlarida yuridik malumotlarga ega bo’ldi. Bundan ko’rinib turibdiki Kopernik faqat yirik astranom emas, balki matematik, vrach va yurist ham bo’lgan. U yunon tilini ham bilgan va yunon tilidan lotin tiliga bir qator tarjimalar qilgan. Kopernik Polshaning Fraunburg (hozirgi Frombork) shahrida 20 yildan ko’prok kanonik (diniy unvon, ruhoniylar kengashi yoki kollegiyasining a’zosi) lavozimida ishladi. Shu vaqt davomida u sabor devorining (bashnya) kurg’onlaridan birida yashadi. Shu yerda u o’zining observatoriyasini qurdi va shu shaharda u vafot etdi. Kopernik o’z umrining asosiy qismini astronomiyaga bag’ishladi. Eng oddiy asboblar yordamida osmon jismlarini 30 yildan ko’prok vaqt kuzatgan Kopernikda Ptolemey tomonidan qabul qilingan geosentrik nazariyaga shubha bilan qaraydi. Ya’ni Ptolemeyning «Yer olam markazida turadi, Quyosh va boshqa planetalar esa Yerning atrofida aylanadi» degan xulosasidan kelib chiqsak deydi Kopernik, unda planetalar harakat qilayotgan orbitalarda o’ta murakkab holat sodir bo’ladi. Kopernik o’ta murakkab astronomik hisoblar yo’li bilan Yer Quyosh atrofida va shu bilan birga o’z o’qi atrofida aylanib turadi, yer planetalarining bittasi bo’lib, hamma planetalar Quyosh atrofida aylanib turadi, degan xulosaga keldi. Kopernikning geliosentrik konsepsiyasi Ptolemeyning geosentrik tizimini butunlay uloqtirib tashladi. Antroposentrizm va diniy afsonalarga kuchli zarba berdi. Kopernikning asosiy xizmati ham ana shunda. Uning o’limi arafasida yani 1543 yilda nashr qilingan «Osmon jismlarining aylanishi haqida» nomli asari olamning

geliosentrik tuzilishining asosiy tasdig’i bo’ldi. « Butun orbitalar markazida» deb yozadi Kopernik –Quyosh joylashgan, bunday nur taratuvchining barcha tomonga yorug’lik uzatish uchun uning boshqa bir yaxshiroq joyda joylashishi ham mumkin emas. Shuning uchun ham Quyoshni Koinot yuragi, Trimegist esa uni «ko’rinuvchi xudo» Sofoklning Elektrida u hammani kuruvchi deb nomlanishi bejiz emas.» (Bernal Dj. Nauka v istorii obshyestva. M., 1956, str. 223) Kopernikning bu kashfiyoti fanda g’oyat katta o’zgarish yasadi, u dinning obro’ va tasiriga putur yetkazdi. Kopernikning olamning geliosentrik tizimi konsepsiyasi haqidagi murakkab astranomik ilmiy hisoblardan iborat bu ishi uning yagona shogirdi Retik tomonidan 1542 yilda nashrga tayyorlandi va chop etildi. Kopernikning «Osmon jismlarining aylanishi haqida» nomli olamning geliosentrik tizimi xususidagi asari chop etilgach birdaniga tan olinmadi. Bu yangi tizimning tan olinishida keyinchalik Kipler va Galileyning ilmiy izlanishlari katta ahamiyat kasb etadi. N.Kopernik kashfiyotining inqilobiy darajadagi ahamiyatini boshida tushunmagan katolik cherkovi «Osmon jismlarining aylanishi haqida» nomli kitobni 73 yil o’tgach yani 1616 yilda taqiqlangan kitoblar qatoriga kiritdi, faqat 212 yil o’tgach ya’ni 1828 yilda taqiq olib tashlandi. Daniyalik astranom Tixo Brage ( 1546-1601) o’zining yulduzlar, planetalar va kometalar joylashishi xususidagi uzoq yillar va ko’p qirrali hamda juda aniq o’lchovlari, ilmiy kuzatuvlari bilan astranomiya fanining keyingi rivojiga ayniqsa katta hissa qo’shgan olimlardan hisoblanadi. Kopengagendan unga uzoq bo’lmagan Ven orolida joylashgan Uraniborg rasadxonasini qurgan va boshqargan Tixo Brage bu yerda 20 yildan ortiqroq ilmiy kuzatuvlar olib bordi. Observatoriyada Tixo Brage tomonidan konstruksiya qilingan va uning rahbarligida qurilgan zamonasining eng zo’r astranomik asbob uskunalari bor edi. Yirik astranom bo’lgan Tixo Brage Kopernikning «Osmon jismlarining aylanishi haqida» nomli asari bilan, albatta, tanish bo’lgan. Biroq u olamning geliosentrik tizimiga qarshi bo’lgan. Olam haqida T.Brage o’zining xususiy konsensiyasini ilgari suradi. Bunga ko’ra: «Yer qo’zg’almas, Quyosh esa Yer atrofida aylanadi va boshqa planetalar, Yerdan tashqari, Quyosh atrofida aylanadi». Shunday qilib T.Bragening olamning tuzilishi haqida ta’limoti Ptolemey va Kopernik tizimi o’rtasidagi qandaydir yo’nalish edi. Mashhur italyan olimi va shoiri Jordano Bruno (1548- 1600) fanda materialist, sxolastikaning dushmani, ateist va katolisiziga qarshi kurashchi sifatida tanilgan. U Nepol yaqinidagi Nola shahrida tug’iladi. Ota-onasi uni 15 yoshida Neopoldagi muqaddas Dominik monastiri beradi. 10 yilcha monastirda bo’lgan Jordano o’zini toat-ibodatga emas, balki ilm-fanga bag’ishladi va cherkov

dokmatikasining dushmaniga aylanib bordi. N. Kopernik qarashlari bilan tanishib, ularning to’g’riligiga ishonch hosil qildi. 1572- yilda Dj.Bruno ruhoniy martabasiga ega bo’ladi, biroq inkvizisiya tomonidan yeretiklikda ayblangan Dj.Bruno avvaliga Shimoliy Italiyaga ketadi, so’ngra Italiyani butunlay tark etadi. 15 yillarcha chet ellarda yurgan Dj. Bruno bu davr mobaynida Tuluza, Parij va Oksford universitetlarida astranomiya va falsafadan dars berib yuradi. Hatto kalvinizmni tanqid qilgani uchun Jenevada turmada ham o’tirib chiqadi. N.Kopernik ta’limotini yanada rivojlantirgan Dj.Bruno «Olamning chek- chegarasi yo’q degan fikrga kelib, u Yer ham Quyosh ham koinot markazi emas, balki olam san-sanoqsiz yulduzlardan ibrat bo’lib, ularning har biri bizdan uzoqdagi Quyoshdir» deb aytadi. 1592-yilda Dj. Bruno Venesiyalik patrisiy Mochenigo taklifiga ko’ra, uni falsafa va mnemonikaga o’qitish uchun Venesiyaga keladi. Lekin hiyla bilan qo’lga tushirilib inkvizisiya sudiga beriladi. U turmada 8 yilcha yotadi. Birok inkvizitorlar uni o’z qarashlaridan voz kechishga majbur qila olmadilar. Shundan sung Dj.Bruno 1601 yil 17-fevralda gulxanda kuydiriladi. U qatl kilingan joyda keyinchalik o’rnatilgan haykalga quyidagi so’zlar yozib qo’yilgan: «U hamma xalqlar uchun fikr erkinligini talab qildi va shu talabi uchun qatl etildi». Shu tariqa Dj.Bruno kishilar xotirasida o’z qarashlariga sadoqatli, qo’rqmas, yirik olim sifatida saqlanib koldi. Tixo Bragening izdoshi ajoyib nemis astranom va matematigi bu Iogann Kepler (1571-1630) hisoblanadi. Kepler janubi-garbiy Germaniyadagi uncha katta bo’lmagan Veyl-der-Shtadt shaharchasida kambagal oilada tug’iladi. Butun umr u moddiy kiyinchilikda yashagan. 1588 yil cherkov maktabini tugatgan Kepler Tyubengin universitetiga o’qishga kiradi. Universitet professori matematik va astranom olim M.Mestlin Keplerga alohida etibor berib, uni N.Kopernikning geliosentrik nazariyasi bilan tanishtiradi. Masalaning nozik tomoni shunda ediki, ya’ni M.Mestlin Kopernik ta’limoti tarafdori bo’lsada, biroq talabalarga leksiyalarda o’zi ishonmagan Ptolemeyning giosentrik sistemasi haqida dars berishga majbur edi. O’qishni tugatgach, universitet rahbariyati Keplerni uzoq Gras hududiga matematika o’qituvchisi sifatida jo’natadi. Bu davrda Kepler «Predvestnik kosmograficheskix issledovaniy, soderjashyey kosmograficheskuyu taynu» nomli birinchi yirik ilmiy asarini yozadi. 1600-yilda Kepler Pragaga keladi va biz yuqorida aytgan yirik astranom olim Tixo Bragega shogird tushadi. 1601 yilda Tixo Brage vafot etgach Kepler ustozining o’rniga imperator Rudolf II saroyi qoshida matematik va astranom olim bo’lib faoliyat ko’rsatadi. 12 yil Pragada yashagan Kepler Tixo Bragening osmon

mexanikasi va yulduzlar jadvali ustida olib borgan ulkan ilmiy kuzatuv materiallari ustida ish olib bordi. Astranomiya fani sohasiga g’oyat katta hissa qo’shgan Kepler fanda uchta gigant olimlar qatorida turadi. 1). N.Kopernik (Kepler tug’ilishidan 28 yil oldin vafot etgan) 2). Galelio Galeley (Keplerning zamondoshi) 3). I.Nyuton (Kepler o’limidan 13 yil keyin tug’ilgan), qaysikim Nyuton Keplerning izlanishlari va qonunlari yordamida «Butun olam tortishish qonunini» yaratdi. Astranomik kuzatish natijalarini umumlashtirish asosida Kepler Quyoshga nisbatan planetalar harakatining 3 ta qonuniyatini tuzdi. Keplerning birinchi qonuni: Har qaysi planeta ellipslar bo’yicha harakat qiladi, qaysikim uning markazida Quyosh joylashgan. Keplerning ikkinchi qonuni: Quyoshdan planetaga o’tkazilgan radius-vektor teng vaqt oralg’gida teng maydon hosil qiladi. Bu qonundan xulosa shuki, ya’ni orbita bo’ylab planetalar harakatining tezligi bir-xil emas, va u qancha tez bo’lsa, planeta Quyoshga shuncha yaqin hisoblanadi. Keplerning uchinchi qonuni: Planetalarning Quyosh atrofida aylanish vaqtining kvadrati ularning Quyoshga nisbatan O’rtacha masofasining kubiga teng. ( Kvadrat ы vremen obrashyeniy planet vokrug solnse otnosyatsya kak kub ы ix srednix rasstoyaniy ot solnsa.) Kepler planetalarni harakatlantiruvchi kuch manbai- bu Quyosh deb hisoblaydi. U fandagi «gravitasion massa» tushunchasiga, «og’irlik» tushunchasiga yaqin kelgan edi. Biroq bu muammoni hal qilish Nyutonga buyuradi. Kepler Quyosh va Oy tutilishi nazariyasini ishlab chiqib, uni oldindan aytish usullarini taklif etadi. Quyosh va Yer o’rtasidagi masofa kengligiga aniqlik kiritadi va o’z davri uchun yilning istalgan vaqtida planetalar holatini o’ta yaqinlik bilan aniqlab beruvchi masalani, yani Rudolf jadvalini (Imperator Rudolf II sharafiga) tuzadi. N.Kopernikning olamning geliosentrik tuzilishi tarafdori bo’lgan Kepler asarlarini Rim Vatikani inkor etadi. Keplerning «Sokrashyeniye kopernikovoy astronomii» nomli asari Vatikan tomonidan taqiqlangan kitoblar ro’yxatiga kiritilgan. Kepler 1630 yilda Regensburg shahrida vafot etadi. Galileo Galiley (1564-1642). Mashhur italyan fizigi va astranom Galileo Galiley 15-fevral 1564-yilda Piza shahrida tug’iladi. Uning otasi Venchenso muzikant edi. Galiley uncha boy bo’lmagan aslzoda oilasidan edi. U 11 yoshiga qadar maktabga qatnadi. 1574 yili Vinchenso oilasi Pizadan Florensiyaga ko’chib o’tadi. So’ngra o’sha davr taomiliga ko’a u monastirga ma’lumot va tarbiya olish uchun qabul qilindi. Asosiysi u bu yerda yunon va lotin yozuvchilarining asarlari bilan tanishdi. 1581-yilda Galiley medisinani o’rganish uchun Piza universitetiga kiradi. Tibbiyotga unchalik ham qiziqmagan Galiley, bu yerda matematika, mexanika, fizika va astranomiya bilan ishtiyoqmandlik bilan shug’ullandi. Bu yerda asosiy