IBTIDOIY JAMOA VA SIVILIZATSIYA
IBTIDOIY JAMOA VA SIVILIZATSIYA REJA 1. Ibtidoiy jamoa tuzumining buzilishi shart-sharoitlari. 2. Talonchilik urushlari va harbiy demokratiya. 3. Dastlabki tabaqalar va davlatning vujudga kelishi 1
Ishlab chiqarish kuchlarning rivojlana borishi mehnatning birinchi va uchinchi taqsimoti va boshqa qator sabablar jamiyat ichida katta o‘zgarishalar sodir bo‘lishiga olib keldi. Bu hol oqibat natijada ibtidoiy tuzumning inqirozga yuz tutishiga sabab bo‘ldi. Bu jarayon partiarxal jamiyatning asosiy negizini tashkil etgan katta oilalarga ta’sir etib, ular kichik-kichik mustaqil oila bo‘lib ajralib chiqa boshladilar. Mustaqil xo‘jalik yuritaboshladilar. Katta patriarxal oilalarning mayda oilalarga bo‘linib ketishi, xo‘jalik jixatidan mustaqillika va erkinlikka intilishlari xususiy mulkning vujudga kelishi uchun zamin xozirladi va o-ibat natijada uni vujudga keltirdi. Xususiy mulkning vujudga kelishi masalasi ibtidoiy jamiyat umuman bashariyat tarixi bilan shug‘ullanuvchi barcha olimlar oldida turgan eng muxim masalalardan biridir. Xususiy mulkning kelib chiqishi masalasida Yevropa olimlari qator «nazariya» larni ilgari suradilar. Ularning fikricha xususiy mulk azaliy va tabiy emish. Eng avval qaysi narsalar, nimalar xususiy mulkka aylangandegan masala olimlarni qizqtirgan. Bu masalada hali olimlarning fikr-muloxazalari bir hil emas. Ba’zilar chorvani eng dastlabki xususiy mulk desalar, boshqalar yerni va bo‘lak narsalarni eng dastlabki xususiy mulk bo‘lgan deydilar. Shuni aytish kerakki, qayrda xo‘jalikning qaysi tarmog‘i-rivojlangan bo‘lsa, mazkur xo‘jalik yetishtirgan maxsulot shu joyda xususiy mulkning ramzi bo‘ladi. Chorvachilik rivojlangan rayonlarda chorva molarrining dastlab xususiy mulkka aylanganligi shak-shubxasizdir. Xo‘jalikning asosini dexqonchilik, bog‘dorchilik tashkil etar ekan, demak u joylarda yer xususiy mulkning manbai bo‘lib qolgan. Demak ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi yirik patriarxal oilalar yemirilib uning o‘rniga kichik oilalar maydonga keldi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida kichik oilalar jamiyatining asosiy xo‘jalik va ijtimoiy tashkilotiga aylandi. Mol-mulk chorva, yer va boshqa 2
narsalar kichik oilalar ixtiyoridagi xususiy mulkka aylandi. Oila boshlig‘i esa oila ixtiyoridagi, yer, suv, chorva, o‘z xotini bolalari ustidan ayni vaqtda ularning mexnati usttidan cheksiz xuquga ega ega bo‘lgan xukumron shaxsga aylandi. Shunday qilib xususiy mulkchilik kelib chiqdi. Kichik oilada ishlabchiqarishning ham dehqonchilik, chorvachilik ayrboshlash va boshqa soxalarning yuksala borishi natijasida ishchi kuchiga bo‘lgan talab kuchayabordi. Kichik oila katta xo‘jalik yuritaboshlash natijasida oilada kishilarning ish kuchi kifoya qilmay qoldi. Endilikda xo‘jalik ishlarini olib borish uchun tashqaridan qo‘shimcha yangi ishchi kuchi kerak bo‘lib qoldi. Bunday ishchi kuchni o‘zga qabilalar bilan olib borilgan urushlar vaqti asr olingan kishilar tashkil etib, ular qullarga aylantirilgan, ular mexnatidan turli xo‘jalikning turli soxalarida foydalanilgan. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, harbiy asrlar qo‘shimcha ishchi kuchi kulning yagona manbai emas. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilayotgan so‘nggi bosqichiga kelib, iste’mol buyumlarini taqsimoti o‘zgarib, ba’zi kishilar nochor ahvolga tushib qoladi. Natijada qarz olish paydo bo‘lib, qarzni o‘z vaqtida yoki umuman to‘lay olmaslik qaramlik va asoratga olib keladi. Shunday qilib qul va qulchilik vujudga keldi. Qulchilik ba’zi joylarda matriarxatning so‘ngi bosqichlaridayoq vujudga keldi, ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlariga uning tanazzulga yuz tutgan davrida biroz rivoj topdi. Lekin bu davrdagi qulchilikni klassik qulchilikka taqqoslab bo‘lmas edi. chunki u hali xo‘jalik sistemasiga ishlabchiqarishning alohida vositasiga aylanmagan edi. Ular o‘z mulklariga ega bo‘lishish bilan birga, ba’zi shaxsiy xuquqlarga ham ega edilar. Ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilayotgan bir sharoitda hamma oilalar boylik jihatidan bir hil emas edilar. Ba’zi oilalar sermulk, badavlat, ba’zilari o‘rta xol, ayrimlari esa kambag‘alroq edilar. Ko‘rinib turibdiki, bu davrga kelib oilalar urug‘lar va qabilalar jamoasi ichida ham mulkiy-tengsizlik vujadga keldi. Mulkiy tengsizlikda esa jamiyatni boy va kambag‘al tabaqalarga bo‘lib yuborib, ular orasida qator 3
ziddiyatlarni vujudga keltirdi. Bu ziddiyatlar esa ular orasidagi to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. Mulkiy tengsizlikning vujudga kelishi xususiy mulkning vujudga kelishi bilan chambarchas bog‘liq. Mulkiy tengsizlikning vujudga kelishi bilan jamiyatning bir necha qaramma qarshi toifalarga bo‘linishi ibtidoiy jamoa tuzumining negizida dastlabki quldorlik davlatlarini vujudga kelishi uchun asos yaratdi. Ibtidoiy jamoa tuzumi so‘nggi davrda urug‘ jamoalari tarqalib qo‘shni jamoalar vujudga kelaboshlaydi. Urug‘ jamoalarining ko‘chishi boshlanadi. Yoki ular borib o‘rnashgan yerga o‘zga joylardan o‘zga uruqqa mansub odamlar guruxi kelib o‘rnasha boshlaydi. Bu ko‘chishlarning urug‘larning dastlabki teritorial birligini tuzib yuborib, turli urug‘lardan tashkil topgan aralash qishloqlarni vujudga keltiradi. Bu qo‘shni jamoalar edi. Shu tariqa qon-qarindosh urug‘chiligiga buzilib qo‘shni jamoalar paydo bo‘ladi. dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi halqlarda bu jamoasi, chorvadarlarda esa ko‘chmanchilar jamoasi nomini oladi. Qishloq jamoasi ibtidoiy jamoa tuzumining so‘nggi bosqichi hisoblanadi. Qishloq jamoasi dualizm-ikki tomonlama xarakterga ega edi. Bu ikkiyoqlik qishloq jamoasida ayni bir vaqtning o‘zida ham xususiy ham ijtimoiy mulkning mavjud ekanligi bilan xarakterlanadi. Yerni yakka-yakka ishlash undan hosilni xususiy o‘zlashtirish xayvonlar qishloq xo‘jalik buyumlari qullar, «uy va uning qo‘shimcha qismi-xovli» xususiy mulk, hsoblanib ekiladigan yer, o‘tzorlar, o‘tloq, yaylovlar, o‘rmonlar, tog‘-toshlar va suvlar umumiy mulk hammga tegishli bo‘lgan. Lekin qishloq jamosi ham barqaror bo‘lmay, ham keyinchalik o‘zgarishga uchragan. Qo‘shni qishloq jamoasidan dualizm uning umumiy mulkdan xususiy mulkka o‘tish formasi bilan izoxlandi. Lekin qadimgi sharqning sug‘orma dehqonchiligi rivojlanganmamlakatlarida qishloq jamoalari nisbatan barqaror bo‘lib, uzoq yashaganlar. Chunki sug‘orma dehqonchilikka 4
asoslangan mamlakatlarda kanallar, qazish sug‘orish inshoatlarini qurish va ularni tartibga solib turish hamisha, hamma vaqt birgalikda mehnat qilishni taqazo etar edi. Shuning uchun ham bunday mamlakatlar uchun qo‘shni qishloq jamoasining ahamiyati katta edi. Talonchilik urushlari va harbiy demokratiya. Xususiy mulk va mulkiy tengsizlikning vujudga kelib kuchayaborishi qator o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Bu xol urug‘ jamoa va qabilalar orasidagi munosabatlarni ular orasida qator-qator klishmovchiliklarni vujudga keltirdi. Bu kelishmovchiliklar esa qabilalar-aro urushlarni kuchayishiga sabab bo‘ldi. Ilgari chegarani himoya qilish, o‘ldirilgan qabilalar, urug‘ a’zolarning xunini olish uchun urushlar olib borilgan bo‘lsa, endilikda urush talonchilik boylik orttirish va qo‘lga kiritishning asosiy manbaiga aylandi. Urushda g‘olib chiqqan qabilalar, qo‘lga tushurgan xazina, qurol, chorva va boshqa qimmat baho buyumlarni o‘lja qilib olar, erkin aholini esa qul qilib xaydab ketar edilar. axoli sonning orta borishi bilan esa yengilgan qabilalarning ekin yerlarini, ajoyb o‘tloqlarini, xayvonot olamiga boy bo‘lgan ov qilish maydonlarini ham tortib olar edilar. T alonchilik, bosqinchi qabilalarga mashaqqatli meshnatdan ko‘ra osonroq va xatto sharafliroq bo‘lib ko‘rinadi. Demak o‘sha davrdagi harbiy yurishlar, harbiy tehnika va harbiy tashkilotlarni qayta qayta ko‘rishni talab etar edi. Jangovar va mudofaa ahamiyatga ega bo‘lgan nayza, oybolta, cho‘qmor, qilich, dubulg‘a, qalqon, xanjar kabi qurollar o‘sha vaqtlarda paydo bo‘ldi va takomillashaborgan. Dushman xujumidan saqlanish uchun qishloqlarni atrofi qalin devor, ko‘tarma va xandaq kabi mudofaa inshoatlari bilan ihota qilina boshladi. Shunga muvofiq urush xaraktlari, uning taktika va strategiyasi o‘zgarib murakkablashaboshladi. Axolining borgan sari zich bo‘lib yashashi talonchilik urushlari, o‘z-o‘zini mudofaa qilish qator ichki va tashqi sabablar 5