IBTIDOIY OILA VA NIKOH
IBTIDOIY OILA VA NIKOH Reja 1. Jamiyatning yosh va jinsga qarab bo‘linishi. 2. Erkaklar uyi. 3. Mulkning jinsga qarab bo‘linishi. 4. Oila va nikoh munosabatlari tarixi. 5. Monogam oila. 6. Ovunkulat, kuvada atamasi va urug‘ tashkilotlari.
Ona urug‘i davrida, urug‘dan ajralib chiqqan ona uy jamoasi ona oilasi jamiyatning asosiy tashkil etgan. Ona oilasi-ayollarning eng yaqin qarindoshlaridan iborat ayol va erkaklardan tashkil topgan bo‘lib, ayollar avlodining to‘rt-besh undan ortiq bo‘g‘ini o‘z ichiga olgan kishilar majmuasidir. Ona oilasining soni 200-300 kishigacha yetgan. Amerikadagi irokez, Kanadadagi algonik, Afrika, Avstraliya, Melaneziya va boshqa joylardagi qabilalarning ona xonadoni jamoasi ona oilasining timsoli bo‘lishi mumkin. Ona urug‘i va ona oilasi deyilishining sababi ayollarning ijtimoiy xayotidagi tutgan o‘rni, erkaklarnikiga nisbatan baland bo‘lganligi bilan xarakterlanadi. Erkaklar o‘rmonlarni kesib yer ochgan, ov qilgan, qurollar yasagan. Ayollar esa terib termachilab ovqat topganlar. Motiga bilan yerni bo‘shatib dnhqonchilik qilganlar, don va poliz ekinlarini parvarish qilganlar, hosil pishgach,uni yig‘ib- terib olganlar, uy-ro‘zg‘or ishlarini-ovqat pishirish, kiyim bosh tikish, uyni tartibga keltirish kabi juda ko‘p xo‘jalik ishlarini bajarganlar. Undan tashqari keksalarni parvarish qilish va bolalarni tarbiyalash kabi muhim ishlar ular zimmasi ironezlar, misseonerlar biriga bizning mamlakatimizda asosiy ishlarni ayollar bajaradilar, ulardan va sabzavotlarni sepadilar ekadilar, parvarish qiladilar, erkaklar va bolalar uchun ovqat pishiradilar. Agar xotinlar bo‘lmaganda edi., biz juda og‘ir axvolda yashagan bo‘lur edik, deb aytishgan. Bu hol urug‘, oila va xonadonda ularning mavqeini baland ko‘targan. Ikkinchidan esa (tug‘ilgan) nikoh guruhi, keyinchalik juft ayni vaqtda beqaror bo‘lganligi uchun tug‘ilgan bola bevosita onani taniydi, otaning kim ekanligi noma’lum bo‘lib qoladi. Demak ona urug‘i, ona oilasi deyilishi ana shundan kelib chiqqan. Ona urug‘i davrida ayollarning xo‘jalikjagi mavqeining ko‘tarilishi nikoh va oilaviy munosabatlarga ham ta’sir etgan. Shuni aytish kerakki, rivojlangan matriarxat guruhli nikoxdan juft nikohga o‘tish bilan mashhur bo‘lib, juft nikohning rivojlanishi va mustaxkamlanishi bilan
er xotin urug‘i, uning xonadoniga ko‘chib kelib joylashadi va ichkuyov bo‘lib qoladi. Buni etnografiyada matrilokal joylashish, deb ta’riflanadi. Ona urug‘i davridagi nikohning ajoyib belgisi shundan iboratki, u ko‘pincha erkakning emas balki ayolning hohishi bilan tuziladi va buziladi. Mashxur Gerodot-«Lidiya» ayollari erlarinio‘zlari tanlaydilar»,-deb yozgan edi. Qadimgi vaqtlarda shimoliy-g‘arbiy Kanadada yashovchi algonkin qabilalaridan birida qizlar o‘zlariga yoqib qolgan yigitga uchinichi bir shaxsni sovchi qilib yuborganlar. Agar yigit rozi bo‘lsa, soddagina to‘y bo‘lib, kuyov kelinnikiga ko‘chib kelgan. OILA TURLARI , oila shakllari – Oila turlariga guruhli nikoh (q. Guruhli nikoh ), juft nikoh (q. Juft nikoh ), monagamiya (q. Monagamiya ), poligamiya (q. Poligamiya ) kiradi. Ularni nikoh shakllariga kiritish holatlari ham uchraydi. Aslida esa ular oila shakllariga kiradi. Ona urug‘i davrida kelin va kuyovning o‘z ona urug‘larida yashab vaqti- vaqti bilan uchrashib turish odati bo‘lgan. Bunday odat dislokal joylashish nomini olgan. Matriarxat davrida ona oilasi aloxida qo‘rg‘on yoki uyda yashovchi, xar jihatdan mustahkam bog‘langan jamoadan- kommmunadek, zich uyushgan xo‘jalik tashkilotida iborat bo‘lib, ba’zi shahsiy buyumlardan tashqari barcha buyumlar oilaniki xisoblangan. Shu bilan birga ishlabchiqarish va iste’mol buyumlari umumiy bo‘lgan. Oila tepasida esa, aqlli tadbirkor-qorani tanigan, eng keksa ayol turgan. U xonadonning barcha ishlariga rahnamolik qilgan. Shunday qilib, rivoj topgan ona urug‘i davrida ijtimoiy turmushda ham oilada ham ayollar ustunlikka ega bo‘lganlar. Rivojlangan ona urug‘i davrida oila urug‘ xatto qabila tepasida ham ayol turgan degan ma’lumotlar bor. Erkaklar ularga tobe bo‘lib, xatto kamsitilgan ham. Amerikadagi seneka qabilasining irokezlari orasida ko‘p tillar yashagan Artur Raytning yozishicha, irokez ayollari erni boshqa klanlardan olganlar, ayollar uyda xukmron bo‘lib, ular klanlarda (urug‘larda va umuman hamma soxalarda katta kuchga egadirlar. Shunday vaqitlar ham bo‘lganki ayollar erkaklardan saylangan boshliqni oq soqolni o‘rnidan
tushirib, oddiy jangchi darajasiga tushirib qo‘yishdan toymas ham edilar. Ironezlarning xonadon jamoasi-ovachirida butun xokimiyat katta yoshli, xo‘jalik, butun ishlarni yahshi biladigan, tajribali va obro‘li ona ayollardan tashkil topgan kengash ixtiyorida edi. Erkaklar boshqa uruqqa mansub bo‘lganliklari tufayli ovachgirda qo‘shni bo‘lgan guron ayollar haqida qiziqarli ma’lumot keltirgan. Ye r, dala va hamma xosil umuman butun xokimiyat ayollar qo‘lidadir. Bunga qarshi erkaklar hamma narsadan mahrum va cheklangan, ularning bolalari o‘zlariga begonadir. Uy xo‘jaligini ayollar boshqaradilar. Bunday tartib melaneziyaning ba’zi oblastlari xususan Dobu orolida ham xisobga olingan. U yerlarda ham hamma narsaning sohibi va taqsimotchisi ona- ayoldir. Bunday manzarani Afrika janubiy Amerika, Avstraliya, Okeaniya va boshqa joylardagi oila, urug‘ va qabilalar xayotida ham uchratish mumkin. Bu hol ibtidoiy davrda yer yuzidagi juda ko‘pchilik qabila va xalqlar ona urug‘i davrini boshlaridan kechirganlar, degan fikirni aytishga imkon beradi. OILA-NIKOH MUNOSABATLARI TARIXI – Hozirgi zamon odamlarining dastlabki ibtidoiy ajdodlari – fikrlovchi odam ( Homo sapiens ) bundan 3 mln. yillar oldin shakllangan. Uzoq muddat davom etgan ibtidoiy taraqqiyotdan so‘ng asta-sekinlik bilan ibtidoiy jamoalar, kishilik jamiyatlari yuzaga kela boshlagan va odamlar o‘rtasida dastlabki o‘zaro munosabatlar, muloqot shakllana borgan. Lekin ularni hali tom ma’noda insoniy munosabatlar deb bo‘lmas edi. Umuman erkak va ayollar o‘rtasidagi nikoh munosabatlari yuzaga kelishining ilk bosqichlarida jinslararo aloqalar asosan biologik omillar asosida boshqarilgan. Xuddi maymunlarda bo‘lgani kabi ibtidoiy odamlarning ayollari ham vaqti-vaqti bilan, qisqa muddatli (oy davomida 4-5 kungacha, faqat ayrim turlardagina 19 kungacha) estrus davrini his qilganlar (estrus — qo‘shilishga moyillikning shiddatli, kuchli namoyon bo‘lishi). Bunday kunlarda ayollar kimni xohlasa, o‘shalar bilan qo‘shilavergan, boshqa paytlarda bu hol kuzatilmagan. Odamlarning tik yurishga o‘tishi bilan ular organizmida ro‘y bergan o‘zgarishlar ayollarning tug‘ruq jarayonida ko‘p nobud bo‘lishiga va oqibatda odamlar orasida
ular soni keskin kamayib ketishiga olib kelgan. Shu boisdan erkaklar o‘rtasida ayol bilan bog‘liq ko‘plab nizolar yuzaga kelgan, ularning ko‘pchiligi qonli to‘qnashuv ishtirokchilaridan birining nobud bo‘lishi bilan tugagan. Bunday tabiiy tanlanish estrus hodisasi uzoqroq muddat davom et gan urug‘larning ko‘proq yashab qolishiga olib kelgan. Biro q bu biologik omil yangi muammoni yuzaga keltiradi: hech bir organizm bunday uzoq vaqt davom etgan shahvoniy, asabiy zo‘riqishlarga dosh bera olmas edi. Shuning y chun estrus muddatining uzayishi bilan ayollar o‘zining jinsiy maylini nazorat qiladigan va endi kim to‘g‘ri kelsa o‘sha bilan emas, balki faqat o‘zlariga yoqadigan erkaklar bilangina qo‘shiladigan bo‘lib borganlar. Erkaklarga nisbatan «tanlab» munosabatda bo‘lish o‘ziga xos insoniy muhabbatning biologik poydevori yuzaga kela boshlaganligidan dalolat beradi. Shundan so‘ng, asta-sekinlik bilan, garchi hech qanday ijtimoiy me’yorlar bilan boshqarilmasa-da, bir-birlarini ma’qul ko‘radigan juftlardan iborat unchalik katta bo‘lmagan guruhlar tashkil topa boshlaydi. Shunday qilib, estrusning uzayishi hamma uchun ham qulay, ma’qul bo‘lmagan. Bu esa urug‘ tarkibiga kiruvchi erkaklar o‘rtasi da yana janjallar, qon to‘kilishlarga sabab bo‘ladigan holatlarni keltirib chiqargan. Shu tarzda yuzaga kelayotgan jamiyatda, urug‘ ichidagi jinsiy muloqotni boshqarish, bio logik instinkt, individualizmni jilovlash uchun maxsus ijtimoiy me’yorlar shakllana boshladi. Ana shunday ijtimoiy me’yorlardan biri mazkur urug‘ ichida erkak va ayollarning jinsiy muloqotlarini ma’lum bir muddatga (ovga tayyorlanish, ov vaqtlarida) taqiqlovchi jinsiy tabular (taqiq)ning yuzaga kela boshlaganligidir. Tabu axloqiy me’yorlar ichida ancha jiddiy va qattiq taqiqdir. Axloqiy me’yorlarni buzuvchilarni jamoa jazolashi, yo‘q qilib yuborishi ham yoki kechirib tirik qoldirishi ham mumkin bo‘lgan. Ko‘pincha esa tabularni buzgan kishilar, ular buni bilib qilganmi, yoki bilmaymi, bundan qat’i nazar so‘zsiz jazolangan. Ishlab chiqarishdagi jinsiy tabularning yuzaga kelishi ypy g‘ o‘rtasida erkak va ayol maishiy jihatdan ajratilishida kuzatiladi. Tabu vaqtida erkaklarga nafaqat ayollarga tegish , balki ularga qarash, ular bilan gaplashish, tayyorlagan ovqatni