O’RTA OSIYO IBTIDOIY DAVRI TARIXI VA BOSQICHLARI
1-MAVZU: O’RTA OSIYO IBTIDOIY DAVRI TARIXI VA BOSQICHLARI R E J A: 1. O’zbekiston tarixi fanining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o’rni. “O’zbekiston tarixi” fanining predmeti va ob’ekti. 2. O’rta Osiyoda ilk va o`rta paleolit davri. So’nggi paleolit makonlari. Ilk urug’chilik jamiyati. 3. Mezolit va neolit davrida O‘rta Osiyo 4.Eneolit, bronza va ilk temir davrida O‘rta Osiyo Таянч сўз ва иборалар: Arxeologiya, yozma yodgorliklar, etnografik materiallar, xalq og’zaki ijodi, formatsiya, antropologiya, tarixni soxtalashtirish, sinfiylik qolipi, mafkuraviylik qolipi, O’zbekiston tarixi davrlari, tendentsiya tushunchasi, Адабиётлар: 1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўq. -Т.: Шарq, 1998. 2. Авесто. Яшт китоби. Ўзбек тилига М.Иchоqов илмий-изоhли таржималари. -Т.: Шарq, 2001. 3. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг qадимги даврдан Россия босqинига qадар). –Т.: Шарq, 2001. –Б. 25-26. 4. Ж ў раев У., Саиджонов Й. Дунё динлари тарихи. –Т . : Ш ар q , 1998. –Б. 65-73. 5. Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. O’zbеkiston tarixi. -T.: IQTISOD-MOLIYA, 2006. –B. 6 - 44 . 6. Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbеkiston tarixi: o’quv qo’llanma. – T.: Sharq, 2013. –B.10-42. 7. Shamsutdinov R., Mo‘minov X. O‘zbekiston tarixi. - T., Akademnashr, 2019. 8. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 1 2 -жилдлик. -Т.: ЎзМЭ, 2000-200 6 . 9. Ўзбекистон тарихи / Р. Муртазаева умумий таhрири остида. –Т.: Янги аср авлоди, 2003 . –Б. 7-44 . 10. O‘zbekiston tarixi, I kitob. Oliy o‘quv yurtlarining tarix fakulteti talabalari uchun darslik / Mas’ul muharrir A.S.Sagdullayev. – T., 2021- 624 b. 7- 34, 35-50 betlar 11. Эшов Б., Одилов А. Ўзбекистон тарихи. 1-жилд. Энг қадимги даврдан XIX аср ўрталаригача. Дарслик. – Т., 2014. 8-25 betlar 12. Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. Биринчи китоб – Т.: Янги аср авлоди, 2019. - 432 б .3-12 бетлар O’zbek xalqining ezgu orzusi ro’yobga chiqib, o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi. Mustaqillik tufayli uning boy madaniy o’ tmishidan saboq olish, Vatan tarixini chuqurroq va izchil tadqiq etish va qimmatli xulosalar chiqarish alohida aham iyat kasb etmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “...tarixga
murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ek a nligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, O’z tarixini bilmagan kishining kelajagi ham bo’lmaydi”, -- deganlari ayni haqiqatdir. O’zbekiston tarixi fanining predmeti O’zbekistonning uzoq o’ tmishdan shu kunlargacha bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma`naviy taraqqiyoti jarayonidir. O’zbekiston tarixi fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega bo’lgan o’z bek xalqining bir necha ming yillik tarixiy va ma`naviy taraqqiyotini o’rganuvchi va o’ rgatuvchi fandir. Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati x azinasiga munosib hissa q o’ shib kelmoqdalar. O’zbek xalqi Markaziy Osiyodagi barcha xalqlar qatorida doimo o’rgan, hurlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu jihatdan u o’zi ning chuqur ildiz otgan an`analariga egadir. O’zbekiston tarixi fanining o’rgan ish manbalari bor. Bular: 1) Arxeologik yodgorliklar; 2) Yozma yodgorliklar; 3) Etnografik materiallar; 4) Xalq o g’ zaki ijodi (fol ’ klor); 5) Texnik vositalar va mahsulotlardir. O’zbekiston tarixini o’rgan ganda uni ma`lum davrlarga bo’lib o’rgan ish muhim ahamiyat kasb o’tdi. Zamonaviy tarix fani Vatanimiz tarixini quyidagi davrlarga bo’l ib o’rgan adi: 1) Ibtidoiy-jamoa tuzumi; 2) Eng qadimgi davlatlarning tashkil topishi va rivojlanishi; 3) Ilk feodalizm davri; 4) Rivojlangan feodalizm davri; 5) Mustamlaka davri; 6) Sho’rolar hokimiyati davri; 7) Mustaqillik davri. Oliy o’quv yurtini bitiruvchi bakalavr bilishi kerak bo’lgan umumiy bilim doirasi O’zbekiston tarixi fani oldiga quyidagi vazifalarni q o’ yadi: Birinchidan, Vatan tarixini o’qish va o’rgan ish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy-nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmo g’ i lozim. Chunki tarixiy voqea va hodisalarni bilmasdan, ular haqida tushuncha va tasavvurga ega bo’lmasdan turib g’ oyaviy-siyosiy dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas; Ikkinchidan, Vatan tarixini yoritish, o’ qitish va o’rgan ish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yo’nalish bo’lishi lozim; Uchinchidan, Vatan tarixining har bir satri, har bir vara g’ i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan su g’ orilgan bo’lishi va milliy g’ oya va milliy mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor; To’rtinchidan, Vatan tarixining boshidan oxiriga qadar singib ketgan asosiy g’oya - otashin vatanparvarlik, baynalminalchilik, insonparvarlik kabi ulug’ fazilatlarga qaratilmo g’ i kerak.
Beshinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga xizmat qilishi, davr va zamon bilan ham nafas bo’lmo g’ i ayni Tarixni o’rgan ishning muhim nazariy - metodologik asoslari bor. Bulardan biri dialektik metod dir . Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o’z aro bog’lanishi, uzluksiz Harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi, deb ta`lim beradi. Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o’rganishni taqozo o’tdi. Negaki, har bir xalq tarixi milliylik, o’ziga xos betakror xususiyatlari bilan jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishidadir. Darhaqiqat, O’zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa bashariyat tarixi bilan cham barchas bog’langan. Qadim zamonlardan Yaqin yillargacha Vatanimiz O’rta Osiyo mintaqasidagi ko’pgina davlatlar: Afg’oniston, Eron, Shimoliy Hindiston kabi mamlkatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo’lib keldi. Bu katta hududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o’ zaro ta`sir va aloqada bo’lganlar, qo’shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog’liq o’tgan. Shu sababli O’zbekiston tarixini qo’shni mamlkatlar tarixi bilan bog’liq holda o’rgan ish taqozo etiladi. Tarixiy voqea-hodisalarni o’rgan ish, tahlil etish va yoritishda xolislik- haqqoniy, adolatli yondoshuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarni o’rganayotganda ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmui bilan birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. Tarixni o’rgan ishda tarixiylik metodologiyasi muhim aham iyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea-hodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqozo o’tdi. Voqea - hodisalarni o’rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e`tibor qilmoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda bo’lganligini bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo’lsak, birinchidan, u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo’ldi, ikkinchidan u o’z taraqqiyotida qanday bosqinchilarni bosib o’tdi, uchinchidan, u Hali ham mavjudmi?, Hozir qay ahvolda, qanday bo’lib qoldi?, degan savollarga aniq javob berishi zarur bo’ladi. Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishini, hozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy jarayon deb, o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo’ldan borayotgan ekan, porloq hayot, turmush qurmoqchi bo’lgan avlod tarix fani orqali o’z o’tmishini yaxshi bilmog’i lozim. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab etsak, hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz. Shuningdek, hozirgi zamonni bugungi avlodning bunyodkorlik faoliyatini to’g’ri
idrok etish o’ tmishni, tariximizni chuqur anglashga ko’maklashadi Ibtidoiy jamoa tuzumi insoniyat tarixining eng qadimgi davri hisoblanadi. Bu davrni o’rgan ishning o’ ziga xos xususiyati, uni qadimgi mualliflar qoldirgan yozma manbalar asosida o’rgan ib bo’lmaydi. Shuning uchun ham bu davr tarixini o’rganishda arxeologiya, antropologiya, etnografiya kabi fanlarning ahamiyati katta. Bu fanlar to’plagan materiallarni solishtirish usuli bilan uzoq o’ tmishdagi moddiy va ma`naviy madaniyatning ko’pgina tomonlarini tiklash mumkin. Markaziy Osiyoning ibtidoiy tuzumi davrini o’rganishdagi eng katta muammolardan biri - uzoq tarixiy davrni tashkil etuvchi bu bosqichni davrlarga bo’lish muammosidir. Biroq so’nggi yillardagi olimlarning olib borgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra, hozirgi paytda Markaziy Osiyo hududi ibtidoiy jamiyat rivojlanishining quyidagi davrlariga bo’linadi: 1) Paleolit - (qadimgi tosh davri - “palayos” - “qadimgi”, “litos”- “tosh”); a) odam miloddan 3-3,5 million yil avval paydo bo’ldi. Eng qadimgi topilmalar Sharqiy Afrikaning Olduvay darasidan topilgan bo’lib, “Olduvay madaniyati” deb yuritiladi. Odamzodning paydo bo’lishi davri 3,5 mln. - 700 ming yillik davrni O’z ichiga oladi; b) ilk paleolit. Ashel davri - 700-100 ming yilni O’z ichiga oladi. Markaziy Osiyodagi ilk paleolit davri yodgorliklari miloddan 500-100 ming yil avvalgi davrlarga oid bo’lib, ashel davri deb ataladi, v) O’rta paleolit. Bu davr Must’e davri madaniyati (miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklar) deb yuritiladi; g) Yuqori (so’ngi) paleolit - miloddan avvalgi 40-30-12 ming yilliklarni O’z ichiga oladi). 2) Mezolit (O’rta tosh davri, “mezos” - “ o’ rta”, “litos”- “tosh”) - miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklar. 3) Neolit (yangi tosh davri - “neos”- “yangi”, “litos”- “tosh” ) - miloddan avvalgi 6-4 ming yiliklar. 4) Eneolit (mis - tosh davri) - miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklar. 5) Bronza davri - miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar. 6) Temir davri - miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlari. Har bir davr yangi tartibdagi madaniyatning rivoji Markaziy Osiyo hududida bir vaqtda ro’y bermagan yoki bir xil bo’lmagan. Masalan, neolit davri - dehqonchilikning paydo bo’lishi va rivojlanishi janubiy Turkmanistonda miloddan avvalgi 6 ming yillikda boshlangan bo’lsa, Markaziy Osiyoning qolgan hududlarida dehqonchilik hali noma`lum edi. Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixini o’rganishning muhim muammolaridan biri - antropogen e z - ya`ni odamning paydo bo’lishi va rivojlanishi muammosidir. Odamning paydo bo’lishi qachondan boshlangan va u kim tomonidan yaratilgan degan masalada diniy va dunyoviy tadqiqotlarda bir-birini inkor etuvchi xulosalar mavjud. Yakkaxudolik g’oyasini ilgari surgan dunyodagi barcha dinlar, jumladan islom dini ham biz yashab turgan hayotdagi barcha borliqni, odamzodning o’zini ham , xudoyi taolo tomonidan yaratilganligini bashorat qiladi. Dunyoviy fan vakillari esa o’ z ilmiy-g’oyaviy qarashlarida, butun borliq va tirik mavjudot hech kim tomonidan yaratilmagan, u azaldan bor bo’lgan moddiy narsadir, deb isbotlovchi olimlarning qarashlarida talaygina muvaffaqiyatlarga
erishdi. Turli mamlakatlarda qadim zamonlarda yashagan mutafakkirlar odamning paydo bo’lishi haqida ilmiy fikrlarni bayon qilganlar. Xitoy, Yunon olimlari miloddan avvalgi VI-V asrlardayoq odamning kelib chiqishi tamomila tabiiy hodisa deb ta`riflashga uringan. Yunon faylasufi Arastu (mil. av. 384-322 yy.odam-hayvonot dunyosida tabiat erishgan barcha narsalarning cho’qqisidir” deb yozgan edi. Qadimgi Rimda yashagan mashhur vrach va anatom Klavdiy Galen (miloddning II asri) odamning badan tuzilishi maymunnikiga juda o’ xshash ekanligini ko’rib maymun anatomiyasini o’rgan di. “Odam” degan tushunchaning keng ma`nosini dastlab ochib berganlardan biri XVIII asrda yashagan mashhur frantsuz ma`rifatparvari Jan Jak Russo bo’ldi. Mashhur shved tabiatshunosi Karl Linney (1707-1779 yy.) hayvonot odamning tabiatdagi o’ rnini topishga harakat qildi va odamni hayvonot dunyosidagi olti guruhdan biri sut emizuvchilar guruhiga kiritdi. Uning dunyoni bilish sohasidagi asarlarida ko’pgina kamchiliklar bo’lishiga qaramay, odamning paydo bo’lishi haqidagi bilimlarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1956-1960 yillarda ingliz olimi Liki Sharqiy Afrikadagi Olduvay darasidan odamsimon maymunlarning qoldiqlarini topdi. Olim bu topilmalarga asoslanib u bundan 1 million 750 ming yil ilgarigi deb ta`kidlaydi. Likining o’g’li Richard Keniya va Efiopiyada qazishma ishlarini olib borib ko’plab odamsimon maymunlarning qoldiqlarini topdi. Ularni bundan 2,5-3 million yil ilgari yashagan degan xulosaga keldi. Juda ko’plab olimlarning fikricha, Afrikadagi bu topilmalar er yuzasidagi eng qadimgi odamlarning dastlabki vakillari hisoblanib, olimlar bu topilmalarga shartli ravishda zinjantrop deb nom berdi. Uzoq vaqt davom etgan rivojlanish jarayoni natijasida odam hayvondan ajralib chiqqan. 1891-1892 yillarda gollandiyalik olim Dyubua Indoneziyaning Yava orolidan maymun-odamning (pitekantrop) suyak qoldiqlarini topishga muvaffaq bo’ldi. Bu topilmalarning yoshi 1,5 million yil deb taxmin qilindi. Eng qadimgi odam qoldiqlari Xitoy odami - (sinantrop), shuningdek, Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht shahri yaqinidan ham topilgan. Uzluksiz mehnat jarayonida sinantroplar jismoniy jihatdan rivojlanib, qadimgi odamlarning paydo bo’lishi uchun zamin hozirladi. Bundan 500-600 ming yillar burun yashagan odam ajdodining izlari Xitoydan topilgan. Olimlar uni sinantroplar deb atagan. Ular asosan g'orlarda yashagan. Sinantroplar davridan boshlab odam birinchi marta olovni kashf e’tdi va undan o'z hayotida foydalana boshladi. Olimlarning fikricha, ana shu «Sinantroplar zamondosh ibtidoiy odam izlari» Markaziy Osiyoning bir necha joylarida uchraydi. Bu davrda odamlar hali to'da-to'da bo’lib yashagan. Ularning kundalik tirikchiliklari asosan yovvoiy daraxtlarning mevalari, o'simlik ildizlari, qurt-qumursqa, mayda jonivorlardan iborat bo’lgan. Odamlar birgalashib yirik hayvonlar ham ov qilgan. Ammo bu ish o'ta xavfli bo’lib ko’p hollarda fojiali oqibatlarga olib kelardi. Bu davrda odamlar hali metal ishlatishni bilmagan, ular asason oddiy toshlardan, yirik hayvonlarning suyaklardan, shohlaridan va daraxtlarning qattiq shohlaridan mexnat quroli sifatida foydalangan. Shu sababdan bu davr «Qadimgi tosh davri» deb yuritiladi. Paleolit davri uch bosqichdan iborat: ilk paleolit , o'rta paleolit va yuqori paleolit.