logo

ILK IBTIDOIY URUG‘ JAMOASI DAVRI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.1240234375 KB
ILK IBTIDOIY URUG‘ JAMOASI DAVRI.
Reja
1. Ilk ibtidoiy jamoa haqida umumiy tushuncha.
2. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlana borishi.
3. Ona urug‘i va undagi ijtimoiy-oilaviy munosabatlar. Ishlab chiqarish kuchlari   o‘sa bordi. Kuchlarning rivojlana borishi natijasida
ijtimoiy   hayotda   ham   katta   o‘zgarishlar   sodir   bo‘laboshladi.   Bu   o‘zgarishlar
ibtidoiy   jamoa   tuzumi   davridagi   ishlabchiqarish   kuchlarining   rivojlanishida
xususan mehnat qurollarining takomilashuvida ko‘zga tashlanadi. Qadimgi paleolit
davrida qurollarning xili juda oz bo‘lib, ular juda ham sodda ishlangan edi. 
Lekin qadimgi paleolitning oxiri va so‘ngi tosh asrning boshlariga kelganda
manzara   butunlay   o‘zgarib,   toshdan   tarashlag‘ich,   qirg‘ich   teshgich   va   nayza
uchlari,   yer   kavlag‘ich   qurollari   vujudga   keldi.   Undan   tashqari   suyakdan   va
yog‘ochdan   bigiz,   igna,   so‘yil,   nayza   uchlari   va   boshqa   murakkabroq,   asboblar
uchun   moslamalar   yasashga   erishildi.   Baliq   ovlashning   rivojlanishi   munosabati
bilan teskari tipli garnun kashf qilinishi ham ana shu davri mansubdir. 
Mehnat va oz qurollarning mukammalashuvi oqibatida ovchilik xo‘jaligi va
termachilik ham rivojlana bordi. 
Bu xol jamiyatda chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 
Tirikchilik xayot-mamot   uchun bo‘lgan kurash, xo‘jalikni uluksiz taminlay
oladigan   doimiy   va   birlashgan   ishlab   chiqarish   uyushmasini   zarur   ekanligini
taqazo   etdi   va   uni   vujudga   keltirdi.   Bunday   birlashgan   uyushmani   ibtidoiy
kishilarning tasodifiy, yig‘indisi vujudga keltira olmas edi. 
Bu   birlashma   negizida   tabiy   qon-qrindoshlik   yotar,   bu   eng   dastlabki   urug‘
yoki urug‘chilik jamoasi edi. Ibtidoiy poda davrida ham odamlar gala-gala, guruh-
guruh bo‘lib yashaganlar. Lekin u guruxlarning soni  20-30 kishidan oshmas,  ular
ancha beqaror va mustaxkam emas edi. 
Urug‘chilik  tuzumi  davriga  kelib  esa   har  bir   urug‘dagi   kishilar   uyushmasi
4-5   barobar   oshib,   urug‘   ichidagi   odamlar   o‘zaro   mustahkam   birlikga   ega
bo‘lganlar.   Urug‘   va   urug‘chilik   tuzumining   kelib   chiqishi   tarixchilikning   eng
muxim   va   eng   qiyin   masalalaridan   biri   xisoblanadi.   Urug‘   jamoasi   ibtidoiy
to‘daga   nisbatan   ancha   progressiv   ijtimoiy   tashkilot   xisoblanardi.   Ibtidoiy
to‘daning   urug‘   jamoasiga   aylanish   jarayoni   uzoq,   tarixiy   davrni   bosib   o‘tadi.
Urug‘   bir-biriga   qon-qarindosh   ancha   mustaxkam   birlikka   ega   bo‘lgan   kishilar
majmuasidan iboratdir .  Hayot   taqazosi   bilan   vujudga   kelgan   urug‘lar   keyinchalik   qabilani   tashkil
etgan. Dastlabki qabilalar ikki va undan ortiq, urug‘dan tashkil topishi mumkin edi.
Bir   Avstraliya   qabilasining   ikki   «pallaga»   yoki   ikki   nikoh   sinifi»-kroki   va
kumetiga bo‘linishi buning yaqqol misolidir. 
Urug‘chilik   jamiyatining   bu   dastlabki   tuzilishini   dual   tashkilot   deb   atash
rasm bo‘lgan. Bu dual tashkilot turli mamlakatlardagi ko‘pgina qabilalarda so‘ngi
vaqtlargacha   ham   saqlanib   sodda   yoki   murakkab   tarzda   ko‘zga   tashlanadi.   Dual
tashkilotining   navbatdagi   murakkabroq   shakli   boshqacharoq   bo‘lib,   bunda   qabila
har qaysi to‘rt uruqdan iborat ikkita «pallaga» bo‘linadi. 
Ilk qabila tuzilishining bu ikki shakli fratriy-birodarlik sistemasi deb ataladi. 
Shimoliy   Amerikadagi   tubjoylik   seneka   irokezlar   qabilasi   fratriya
tashkilotining klassik kommunasi hisoblanadi. 
Seneka-irokezlar   qabilasi   to‘rt   urug‘dan   iborat   bo‘lgan   ikki   fratriyaga
bo‘lingan. Mazkur  fratriya va urug‘lar aloxida nomlar bilan atalgan. Rivoyatlarga
ko‘ra   ularda   Ayiq   va   Qayiqdan   iborat   ikkita   boshlang‘ich   urug‘bo‘lgan,   Bo‘ri,
Qunduz, Toshbaqa (Ayiq fratriyasi) Loyho‘ra, Qo‘qton, Lochin (Kiyik fratriyasi )
kabi   urug‘lar   ularning   bo‘linishi   natijasida   shakillangan.   Bunday   misollarni   yer
yuzining boshqa halqlarida ham kuzatish mumkin. 
Urug‘chilik tuzumining bunday dual tashkiloti shaklida paydo bo‘lishi erkak
va   ayollar   orasidagi   munosabat-nikoh   rivojlanishining   yangi   bosqichi   bilan
chambarchas bog‘liqdir. 
Kishilikning   poda   davrlarda   nikoh   munosabatlari   o‘zining   betartibligi   va
umumiyligi   bilan   xarakterlidir.   Nikox   va   oila   munosabatlarining   bu   shakli
promiskuitet deb ataladi. 
Urug‘chilik   tuzumi   davriga   kelib   esa   nikoh   va   oila   munosabatlari
o‘zgarabordi. 
Promiskuitetda dastlabki cheklanish sodir bo‘ldi, bu ham bo‘lsa katta avlod
bilan kichik avlod o‘rtasidagi nikoh munosabatlarining bekor qilinishidir .
Mazkur   davrdagi   dual   tashkilotining   eng   muxim   xususiyati   shundan   iborat
ediki, bu bir «pallaga» mansub odamlarning o‘zaro nikohlana olmasligi  edi. Endi er va xotin qabilaning turli «palla» sidan bo‘lishi shart edi. Birmuncha rivoj topgan
fratrial   fromdagi   dual   tashkilotining   nikox   tartibi   bir   fratriyadagi   va   undagi
urug‘ning   odamlari   o‘zaro   nikohlanishi   mumkin   emas.   Yigit   boshqa   fratriyaga
mansub  bo‘lgan  qiz  yoki  ayol   nokohlana olishi  mumkin edi.  Natijada  bir   fratriya
boshqa   fratriyaga   nisbatan   «ona   fratriyasi»   ona   urug‘i   boshqasi   esa   ota   fratriyasi
toa urug‘i vujudga kelar edi. 
Shu tariqa ekzogamiya nikoh tartibi vujudga kelgan.
Shunday qilib, doimo qabilaning ikki pallasi, fratriyalar va fratriyadagi ikki
urug‘ o‘rtasida tuziladigan nikoh tartibining xususiyati bu tartibni dual ekzogamiya
deb   atashga   asos   bo‘ldi.   Ikkinchidan   esa   doimo   bir   urug‘,   bir   fratriya,   ichida
shubxasiz ekzogamiya shakillanayotgan vaqtda nikoh tartibi bir yigit va bir qizning
qovushishidan   iborat   bo‘lmagan   ekzogamiyali   nikohga   muvofiq   butun   bir
urug‘ning   hamma   erkaklari   boshqa   urug‘   yoki   pallaning   ayollariga   er   bo‘lishi
xuquqiga ega bo‘lga. Nikohning bu tarixiy shakli guruxli nikoh  deb atalgan. 
Guruxli nikohning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bundan tug‘ilgan
bolaning otasi aniq bo‘lmay, faqatgina onasi ma’lum bo‘lgan xolos. 
Bunday   sharoitda   butun   dual   sistema-urug‘lar,   pallalar   va   fratriya
ayollar atrofida to‘planadi. Demak har bir shunday guruh, ayollar avlodidan tashkil
topadi   va   qon-qarindoshlik   onalar   avlodidan   hisoblanadi.   Shu   tariqa   urug‘   ona
urug‘i   sifatida   vujudga   kelib,   urug‘chilik   tuzumi   rivojlanishida   matriarxat,deb
ataladigan davr boshlangan. 
Urug‘chilik   tuzumining   bu   dastlabki   bosqichidayoq   erkak   va   ayollar
o‘rtasida   idjtimoiy   mehnat   taqsimotining   harakteri   va   jamiyat   rivojlanishining   bu
bosqichida ayollarning o‘ynagan xo‘jalik roli urug‘chilik tuzumining ota avlodidan
emas   balki   ona   avlodlarida   boshlanishining   asosiy   sababalaridan   biri   deb
xisoblanadi. 
Lekin   reaksion   burjua   fani   ibtidoiy   davrda   kishilikning   rivojlanishi   ikki
yo‘ldan   borib,   faqat   dexqonchilik   bilan   shug‘ullangan   bir   xil   qabila   va   xalqlar
matriarxat   bosqichini   bosib   o‘tib,   qoloq   bo‘lib   qolganlar,   chorvachilik   bilan
shug‘ullangan   boshqa   qabilalar   («oariylar»)   madriarxatni   bilmay   patriarxat bosqichini bosit o‘tib, davlat va xokimiyat yaratganlar deb xisob qiladilar. Burjua
olimlaining   oriy   bo‘lmagan   matriarxat   nazariyasi»   ibtidoiy   qabilalar   dastlab
dexqon   va   chorvador   kishilarga   bo‘lingan   edi,   degan   fikirlar   arxeologiya,
etnografiya va boshqa fanlar qo‘lga kiritilgan dalillarga ziddir.
Lekin   insoniyatning   barchasi   o‘z   boshidan   matriarxat   pleolitdan   neolit
oxirgacha   bo‘lgan   uzoqlekin   qatorasiga   ikki   marta   ishlatilgan   tarixiy   davrni   o‘z
ichiga   oladi.   Lekin   kishilikning   matriarxad   bosqichi   yer   sharining   xamma   yerida
bir vaqtning o‘zida boshlanib bir vaqitning o‘zida nihoyasiga yetgan xolos. Uning
rivojlanish   darajasi   ham   turlicha   bo‘lgan.   Bu   shubxasiz   ishlabchiqarish
kuchlarining qay darajada rivojlanishiga bog‘liq edi. 
Ishlab   chiqarish   kuchlarining   rivojlanaborishi   oqibatida   matriarxatdan
patriarxatga   o‘tish   sodir   bo‘ladiki,   endilikda  erkaklar   ishlabchiqarishda   asosiy   rol
o‘ynayboshladilar.   Bu   o‘tish   avvalo   xo‘jalikning   yuksalishida   motiga   asosdagi
dexqonchilikdan   omoch   asosidagi   dexqonchilikka   o‘tishda   uy   xayvonlarini
urchitib   ko‘paytirib   boqishdan   chorvachilikka   o‘tishda   namoyon   bo‘ldi.   Natijada
erkaklar  xo‘jalikda yetakchi  o‘rniga  chiqib oldilar, ayollar  esa  uy xo‘jaligi  ishlari
bilan shug‘ulllanib ikkinchi uringa tushib qoldilar. 
Endilikda urug‘ ota urug‘i nomi oldi. 
Lekin   yer   yuzining   turli   yerlarida   ona   urug‘i   va   ota   urug‘i   tartibda   xayot
kechirayotgan   etnik   gruppalar,   qabilalar   va   xalqlar   xamon   mavjud.   Ammo   ota
urug‘i tarkibidagi qabila elat va xalqlar asosiy ko‘pchilikni tashkil qiladi. 
Mazkur ijtimoiy tashkilot-qo-qarindosh iborat xujalik tashkiloti bo‘lib, unda
birgalikda   ishlabchiqarish   mavjuddir   Ishlab   chiqarish   vositaplari   va   iste’mol
mahsulotlari va urug‘ a’zolari uchun umumiy bo‘lgan.
Urug‘ va urug‘chilik tuzumi ibtidoiy to‘daga nisbatan olg‘a tashlangan katta
qadam   bo‘lib,   yuqori   paleolitda   aql   idrokli   kishilar   kroman’onlik-
graman’diliklarda   xozirgi   jismoniy   tipdagi   kishilar   vujudga   kelgan   vaqtda   paydo
bo‘lgan va asta sekin rivojlana borgan. Urug‘ va urug‘chilik ibtidoiy tashkilotning
bundan keyingi rivojlanishga juda katta ta’sir etganligi shak-shubhasizdir. Urug‘ va urug‘chilik tuzumiga o‘tilar ekan, erkak va ayollar orasidagi nikoh
munosabatlarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 
Ibtidoiy   to‘da   davrida   aloqalar   betartib   va   umumiy   bo‘lgan   bo‘lsa,
urug‘chilik tuzumi davriga kelib bu soxada boshqacha tartib joriy qilingan.
Bu vaqitga kelib muayyan urug‘ va palla ichidagi ayollar bilan erkaklarning
qovushishi   bekor   qilingan.   Endilikda   bir   urug‘ning   yoki   pallaning   bir   gurux
erkaklari   boshqa   bir   urug‘   yoki   pallaning   ayollariga   er   bo‘lishgan.   Nikohning   bu
tarixiy   tartibini   yoki   uning   qoldiqlarini   o‘z   boshidan   kechirayotgan   qabilalar
mavjud. 
Dastlabki urug‘chilik jamoasining ishlab chiqarish kuchlari
O‘tra   paleolitning   oxiri   va   yuqori   paleolitning   boshlarida   vujudga   kelgan
urug‘chilik   tuzumi   uzoq   rivojlanish   taraqqiyoti   yo‘lini   bosib   o‘tdi.   Xuddi   shu
davrda  hozirgi   jismoniy   tipdagi   odamlar   shakillanib   vujudga  keldi.   Bu   xol   ishlab
chiqarish   kuchlarining   rivojlanishiga   juda   ktta   ta’sir   ko‘rsatadi.   Ishlab   chiqari   ish
kuchlarining   rivojlanishi   dastavval   toshni   qayta   ishlash   yangi   tehnikaning
qo‘llanishida o‘z ifodasini topdi. 
Bu   vaqitga   kelib   muste   davrining   sodda   quprollari   o‘rniga   tosh   pichoq,
nayza,   keskich,bigiz,   nayzaga   va   har   turli   nozik   qurollar   tarqaladi.   Garchi
saqldanib   qolmagan   bo‘lsa   ham   yog‘och   ayniqsa   qattiq   yog‘ochlardan   ko‘plab
qurollar   tayyorganganligi   shak-shubhasidir.   Mazkur   davrda   hayvon   shohlari,
suyaklari   va   tishlaridan   igna   ,   bigiz   belcha,   yer   kavlagich   motiga   kirka,   nayza
uchlari   yasalgan.   Ibtidoiy   odamlarning   manzilgoxlaridan   topilgan   tosh   va   suyak
qurollarning asosiy qismi bo‘lganligidan dalolat beradi. 
Daslabki   urug‘chilik   davri   texnika   taraqqiyotida   muhim   davr   bo‘lib,   bir
necha   qismdan   iborat   ancha   murakkab   mehnat   jangovar   va   ov   qurollari   paydo
bo‘lgan. Urug‘chilik davrining barcha qurollari  Neandertal  va undan oldin o‘tgan
odamlarning   qurollariga   nisbatan   boy   va   turli-tuman   bo‘lib   sifat   jihatdan
ustunlikka ega edi. 
Texnika   taraqqiyotidagi   bu   o‘zgarishlar   ovchilikning   yanada   rivojlanishiga
sabab bo‘ldiki, so‘nggi pamolit manzilgoxlarining ayrimlaridan topilgan mamont, yovvoyi ot, shimol bug‘isi va boshqa yirik hayvonlar suyaklarning ko‘p miqdorda
to‘planib yotishi ovchilikning rivojlanganligidan darak beradi. 
Chex iya dagi   Premedmost   manhzilgoxidan   40,000     qurol,   1000   ga   yaqin
momont   suyagi,   Fransiyaning   Amarosiyavka   degan   joyidan   1000   yaqin   bizon
suyaklari,   ko‘plab   tosh   va   suyak   qurollar   bilan   birgalikda   topilgan.   Bu   hol
xayvonlarni   o‘rab   olish,   quvib   qamash,   tuzoq   qo‘yish   va   ovchilikning   boshqa
usullarini tobora takomillasha borganini ko‘rsatadi. Texnika taraqqiyoti natijasijda
ovchilik   yanada   rivojlanib,   bu   hol   kishilarni   go‘sht,   teriga   bo‘lgan   talabalarni
ma’lum darajada qondirdi. Odamlar endi o‘lja izlab dastlabki joylardan uzoqlashib
o‘sha   yerlarda   makon   tutdilar.   Boshpana   sifatida   odamlar   g‘orlar   va   ungurlardan
keng   foydalanganlar.   Shu   bilan     bir   qatorda   chayla,   yerto‘la   va   boshqa   sun’iy
boshpanalar ham keng tarqalaboshlaydi. 
So‘ngi   paleolitda   xayvon   suyaklaridan   uy-joylar   qurish   tarqaladi.   Ularning
usti   va   atroflari   shoh-shabba   va   xayvon   terilari   bilan   berkitilgan   bo‘lib,   kattaligi
ham   har   xilbo‘lgan.   Voronej   yaqinidagi   so‘ngi   paleolit   odamlari   isteqomat
qiladigan turar joyining uzunligi 35 m, kengligi esa 15-16 metr bo‘lgan. Unda 9 ta
o‘choq borligi aniqlangan. 
Mazkur davr ichida o‘choqlari bo‘lgan turar joylarning keng tarqalishi riss-
vyurm  muzliklar   aro  davrdagi  nisbatan  iliq  iqlm   vyurm  muzlanish   davridagi  obi-
havoning   sovushi   bilan   bog‘liq   ekanligi   shubxasizdir   Vyurm   muzlik   davrining
sovuq iqlimida yalng‘och yashashsh mumkin bo‘lgan. Odamlar o‘zlarini sovuqdan
saqlash   uchun   har   turli   xayvon   terilardan   kiym   tikib   kiyaboshlaganlar.   Doimiy
turar joylarning ba’zilaridan topilgan tosh teshgich, suyak ignalar shundan dalolat
berib turibdi. 
Shu   davrda   odamlar   toshdan   yoritgich   asboblar   yasab,   tunda   o‘z   turar
joylarini  yoritganalar.  Aftidan  ibtidoiy  kishilar   mazkur   davrdan  boshlab,  nisbatan
o‘troqlikda   yashashga   o‘taboshlagan   bo‘lsalar   kerak.   Odamlar   sovuq   qish
kechalarida har tarafga kezgandan ko‘ra o‘troqlikni avzal ko‘rganlar. 
Bir   joydan   ikkinchi   joyga   ko‘chish   ko‘proq   kunning   iliq   issiq   kunlariga
to‘g‘ri kelgan bo‘lsa kerak.  Ona urug‘i ijtimoiy-iqtisodiy jamoa sifatida
Ishla b   chiqarish   kuchlarining   o‘sishi   urug‘chilik   jamoa   tuzumining   bunday
keyingi   taraqqiyotiga   zamin   xozirladi.   Bu   yuksalish   natijasida   ovchi   va
baliqchilarning   rivojlangan   urug‘chilik   jamoasi   vujudga   keladi.   Jamiyatning
iqtisodiy asosini urug‘ning yerga umumiy egaligi tashkil etadi. 
Dala   tomorqa,   ov   maydonlari,   baliq   tutiladigan   va   termachilik   qilinadigan
yerlar bevosita uruqqa mansub bilvosita qabilaga ham mansub bo‘lgan.
Etnografik   ma’lumotlardan   shu   narsa   ravshanki,   qabila   ikki   fraitriyaga,
fratriyalar esa urug‘larga bo‘linadi. 
Urug‘ esa ikki asosiy shakilga ega bo‘lib, ona va ota urug‘larini tashkil etadi.
Urug‘ ona yoki ota urug‘i shaklida bo‘lishidan qatt’iy nazar, u bir-biri bilan yaqin
qarindosh   bo‘lgan   ayol   yoki   erkaklar   avlodining   to‘rit-besh   bo‘g‘inini   o‘z   iyaiga
olgan kishilar majmuasidan iborat bo‘lgan bo‘lishi miumkin.
Urug‘   ona   va   ota   urug‘i   shaklida   mavjud   ekan,   uning   qaysi   biri   birinchi
bo‘lib   vujudga   kelgan   degan   masala   etnograflar   tarixchilar   orasidagi   eng   muhim
munozaralardan   biri   bo‘lib   kelmoqda.   Bazilar   avval   ota   urug‘i,   so‘ng   ona   urug‘i
vujudga   kelgan,   deb   faraz   qilsalar,   olimlarning   boshqa   gruppasi   ona   urug‘i,   ota
urug‘idan ilgari vujudga kelgan deydilar.
Jaxon   halqlari   etnografiyasini   o‘rganmay   turib   bu   masalani   oydinlashtirish
shubxasiz mumkin emas albatta. 
Amerika,   Afrika,   Avstraliya,   Yevropo   Osiyo   va   Okeaniya   orlrllaridagi   u
qadar  rivojlanmagan qabilalar  xayotini  o‘rganish  etnograflarga bu masalaga  ba’zi
oydinliklar   kiritishga   imkoniyat   berdi.   Arxeologik   va   yozma   manbalar   esa   bu
ma’lumotlarni to‘ldirish imkonichtini yaratdi. 
Etnografik   ma’lumotlar   mazkur   qabilalarda   ona   urug‘i   asosiy   ko‘pchilikni
tashkil   etilishi   kuzatilgan.   Bu   ma’lumotlar   qator   sovet   va   chet   olimlarning
tadqiqotlarida bayon etilgan. 
Ona   urug‘i   davrida,   urug‘dan   ajralib   chiqqan   ona   uy   jamoasi   ona
oilasijamiyatning   asosiy   tashkil   etgan.   Ona   oilasi-ayollarning   eng   yaqin
qarindoshlaridan   iborat   ayol   va   erkaklardan   tashkil   topgan   bo‘lib,   ayollar avlodining   to‘rt-besh   undan   ortiq   bo‘g‘ini   o‘z   ichiga   olgan   kishilar   majmuasidir.
Ona oilasining soni 200-300 kishigacha yetgan.
Amerikadagi irokez, Kanadadagi algonik, Afrika, Avstraliya, Melaneziya va
boshqa   joylardagi   qabilalarning   ona   xonadoni   jamoasi   ona   oilasining   timsoli
bo‘lishi mumkin.
Ona urug‘i va ona oilasi deyilishining sababi ayollarning ijtimoiy xayotidagi
tutgan o‘rni, erkaklarnikiga nisbatan baland bo‘lganligi bilan xarakterlanadi. 
Erkaklar o‘rmonlarni kesib yer ochgan, ov qilgan, qurollar yasagan. Ayollar
esa   terib   termachilab   ovqat   topganlar.   Motiga   bilan   yerni   bo‘shatib   dnhqonchilik
qilganlar,   don   va   poliz   ekinlarini   parvarish   qilganlar,   hosil   pishgach,uni   yig‘ib-
terib olganlar, uy-ro‘zg‘or ishlarini-ovqat pishirish, kiyim bosh tikish, uyni tartibga
keltirish   kabi   juda   ko‘p   xo‘jalik   ishlarini   bajarganlar.   Undan   tashqari   keksalarni
parvarish qilish va bolalarni tarbiyalash kabi muhim ishlar ular zimmasi ironezlar,
misseonerlar   biriga   bizning   mamlakatimizda   asosiy   ishlarni   ayollar   bajaradilar,
ulardan va sabzavotlarni sepadilar ekadilar, parvarish qiladilar, erkaklar va bolalar
uchun   ovqat   pishiradilar.   Agar   xotinlar   bo‘lmaganda   edi.,   biz   juda   og‘ir   axvolda
yashagan   bo‘lur   edik,   deb   aytishgan.   Bu   hol   urug‘,   oila   va   xonadonda   ularning
mavqeini baland ko‘targan.
Ikkinchidan   esa   (tug‘ilgan)   nikoh   guruhi,   keyinchalik   juft   ayni   vaqtda
beqaror   bo‘lganligi     uchun   tug‘ilgan   bola   bevosita   onani   taniydi,   otaning   kim
ekanligi noma’lum bo‘lib qoladi. 
Demak   ona   urug‘i,   ona   oilasi   deyilishi   ana   shundan   kelib   chiqqan.   Ona
urug‘i   davrida   ayollarning   xo‘jalikjagi   mavqeining   ko‘tarilishi   nikoh     va   oilaviy
munosabatlarga ham ta’sir etgan. 
Shuni   aytish   kerakki,   rivojlangan   matriarxat   guruhli   nikoxdan   juft   nikohga
o‘tish bilan mashhur bo‘lib, juft nikohning rivojlanishi va mustaxkamlanishi bilan
er   xotin   urug‘i,   uning   xonadoniga   ko‘chib   kelib   joylashadi   va   ichkuyov   bo‘lib
qoladi. Buni etnografiyada matrilokal joylashish, deb ta’riflanadi.  Ona urug‘i davridagi nikohning ajoyib belgisi shundan iboratki, u ko‘pincha
erkakning   emas   balki   ayolning   hohishi   bilan   tuziladi   va   buziladi.   Mashxur
Gerodot-   «Lidiya»    ayollari erlarini   o‘zlari tanlaydilar»,   -deb yozgan edi.
Qadimgi   vaqtlarda   shimoliy-g‘arbiy   Kanadada   yashovchi   algonkin
qabilalaridan   birida   qizlar   o‘zlariga   yoqib   qolgan   yigitga   uchinichi   bir   shaxsni
sovchi   qilib   yuborganlar.   Agar   yigit   rozi   bo‘lsa,   soddagina   to‘y   bo‘lib,   kuyov
kelinnikiga ko‘chib kelgan.
Ona   urug‘i   davrida   kelin   va   kuyovning   o‘z   ona   urug‘larida   yashab   vaqti-
vaqti bilan uchrashib turish odati bo‘lgan. Bunday odat dislokal joylashish nomini
olgan. 
Matr i arxat   davrida   ona   oilasi   aloxida   qo‘rg‘on   yoki   uyda   yashovchi,   xar
jihatdan mustahkam bog‘langan jamoadan- kommmunadek, zich uyushgan xo‘jalik
tashkilotida   iborat       bo‘lib,   ba’zi   shahsiy   buyumlardan   tashqari   barcha   buyumlar
oilaniki   xisoblangan.   Shu   bilan   birga   ishlabchiqarish   va   iste’mol   buyumlari
umumiy bo‘lgan. Oila tepasida esa, aqlli tadbirkor-qorani tanigan, eng keksa ayol
turgan. U xonadonning barcha ishlariga rahnamolik qilgan. 
Shunday   qilib,   rivoj   topgan   ona   urug‘i   davrida   ijtimoiy   turmushda   ham
oilada ham ayollar ustunlikka ega bo‘lganlar. Rivojlangan ona urug‘i davrida oila
urug‘   xatto   qabila   tepasida   ham   ayol   turgan   degan   ma’lumotlar   bor.   Erkaklar
ularga   tobe   bo‘lib,   xatto   kamsitilgan   ham.   Amerikadagi   seneka   qabilasining
irokezlari   orasida   ko‘p   tillar   yashagan   Artur   Raytning   yozishicha,   irokez   ayollari
erni   boshqa   klanlardan   olganlar,   ayollar   uyda   xukmron   bo‘lib,   ular   klanlarda
(urug‘larda va umuman hamma soxalarda katta kuchga egadirlar. Shunday vaqitlar
ham   bo‘lganki   ayollar   erkaklardan   saylangan   boshliqni   oq   soqolni   o‘rnidan
tushirib,   oddiy   jangchi   darajasiga   tushirib   qo‘yishdan   toymas   ham   edilar.
Ironezlarning   xonadon   jamoasi-ovachirida   butun   xokimiyat   katta   yoshli,   xo‘jalik,
butun   ishlarni   yahshi   biladigan,   tajribali   va   obro‘li   ona   ayollardan   tashkil   topgan
kengash   ixtiyorida   edi.   Erkaklar   boshqa   uruqqa   mansub   bo‘lganliklari   tufayli
ovachgirda qo‘shni bo‘lgan guron ayollar haqida qiziqarli ma’lumot keltirgan. Yer,
dala   va   hamma   xosil   umuman   butun   xokimiyat   ayollar   qo‘lidadir.   Bunga   qarshi erkaklar   hamma   narsadan   mahrum   va   cheklangan,   ularning   bolalari   o‘zlariga
begonadir. Uy xo‘jaligini ayollar boshqaradilar. 
Bunday   tartib   melaneziyaning   ba’zi   oblastlari   xususan   Dobu   orolida   ham
xisobga   olingan.   U   yerlarda   ham   hamma   narsaning   sohibi   va   taqsimotchisi   ona-
ayoldir.   Bunday   manzarani   Afrika   janubiy   Amerika,   Avstraliya,   Okeaniya   va
boshqa joylardagi oila, urug‘ va qabilalar xayotida ham uchratish mumkin. Bu hol
ibtidoiy   davrda   yer   yuzidagi   juda   ko‘pchilik   qabila   va   xalqlar   ona   urug‘i   davrini
boshlaridan kechirganlar, degan fikirni aytishga imkon beradi. 
  Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati :
1. Encyclopedia of Human evolution and Prehistory. Garland publishing,
Inc. A member of the Taylor& Francis Group New York & London, 2000

ILK IBTIDOIY URUG‘ JAMOASI DAVRI. Reja 1. Ilk ibtidoiy jamoa haqida umumiy tushuncha. 2. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlana borishi. 3. Ona urug‘i va undagi ijtimoiy-oilaviy munosabatlar.

Ishlab chiqarish kuchlari o‘sa bordi. Kuchlarning rivojlana borishi natijasida ijtimoiy hayotda ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘laboshladi. Bu o‘zgarishlar ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi ishlabchiqarish kuchlarining rivojlanishida xususan mehnat qurollarining takomilashuvida ko‘zga tashlanadi. Qadimgi paleolit davrida qurollarning xili juda oz bo‘lib, ular juda ham sodda ishlangan edi. Lekin qadimgi paleolitning oxiri va so‘ngi tosh asrning boshlariga kelganda manzara butunlay o‘zgarib, toshdan tarashlag‘ich, qirg‘ich teshgich va nayza uchlari, yer kavlag‘ich qurollari vujudga keldi. Undan tashqari suyakdan va yog‘ochdan bigiz, igna, so‘yil, nayza uchlari va boshqa murakkabroq, asboblar uchun moslamalar yasashga erishildi. Baliq ovlashning rivojlanishi munosabati bilan teskari tipli garnun kashf qilinishi ham ana shu davri mansubdir. Mehnat va oz qurollarning mukammalashuvi oqibatida ovchilik xo‘jaligi va termachilik ham rivojlana bordi. Bu xol jamiyatda chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Tirikchilik xayot-mamot uchun bo‘lgan kurash, xo‘jalikni uluksiz taminlay oladigan doimiy va birlashgan ishlab chiqarish uyushmasini zarur ekanligini taqazo etdi va uni vujudga keltirdi. Bunday birlashgan uyushmani ibtidoiy kishilarning tasodifiy, yig‘indisi vujudga keltira olmas edi. Bu birlashma negizida tabiy qon-qrindoshlik yotar, bu eng dastlabki urug‘ yoki urug‘chilik jamoasi edi. Ibtidoiy poda davrida ham odamlar gala-gala, guruh- guruh bo‘lib yashaganlar. Lekin u guruxlarning soni 20-30 kishidan oshmas, ular ancha beqaror va mustaxkam emas edi. Urug‘chilik tuzumi davriga kelib esa har bir urug‘dagi kishilar uyushmasi 4-5 barobar oshib, urug‘ ichidagi odamlar o‘zaro mustahkam birlikga ega bo‘lganlar. Urug‘ va urug‘chilik tuzumining kelib chiqishi tarixchilikning eng muxim va eng qiyin masalalaridan biri xisoblanadi. Urug‘ jamoasi ibtidoiy to‘daga nisbatan ancha progressiv ijtimoiy tashkilot xisoblanardi. Ibtidoiy to‘daning urug‘ jamoasiga aylanish jarayoni uzoq, tarixiy davrni bosib o‘tadi. Urug‘ bir-biriga qon-qarindosh ancha mustaxkam birlikka ega bo‘lgan kishilar majmuasidan iboratdir .

Hayot taqazosi bilan vujudga kelgan urug‘lar keyinchalik qabilani tashkil etgan. Dastlabki qabilalar ikki va undan ortiq, urug‘dan tashkil topishi mumkin edi. Bir Avstraliya qabilasining ikki «pallaga» yoki ikki nikoh sinifi»-kroki va kumetiga bo‘linishi buning yaqqol misolidir. Urug‘chilik jamiyatining bu dastlabki tuzilishini dual tashkilot deb atash rasm bo‘lgan. Bu dual tashkilot turli mamlakatlardagi ko‘pgina qabilalarda so‘ngi vaqtlargacha ham saqlanib sodda yoki murakkab tarzda ko‘zga tashlanadi. Dual tashkilotining navbatdagi murakkabroq shakli boshqacharoq bo‘lib, bunda qabila har qaysi to‘rt uruqdan iborat ikkita «pallaga» bo‘linadi. Ilk qabila tuzilishining bu ikki shakli fratriy-birodarlik sistemasi deb ataladi. Shimoliy Amerikadagi tubjoylik seneka irokezlar qabilasi fratriya tashkilotining klassik kommunasi hisoblanadi. Seneka-irokezlar qabilasi to‘rt urug‘dan iborat bo‘lgan ikki fratriyaga bo‘lingan. Mazkur fratriya va urug‘lar aloxida nomlar bilan atalgan. Rivoyatlarga ko‘ra ularda Ayiq va Qayiqdan iborat ikkita boshlang‘ich urug‘bo‘lgan, Bo‘ri, Qunduz, Toshbaqa (Ayiq fratriyasi) Loyho‘ra, Qo‘qton, Lochin (Kiyik fratriyasi ) kabi urug‘lar ularning bo‘linishi natijasida shakillangan. Bunday misollarni yer yuzining boshqa halqlarida ham kuzatish mumkin. Urug‘chilik tuzumining bunday dual tashkiloti shaklida paydo bo‘lishi erkak va ayollar orasidagi munosabat-nikoh rivojlanishining yangi bosqichi bilan chambarchas bog‘liqdir. Kishilikning poda davrlarda nikoh munosabatlari o‘zining betartibligi va umumiyligi bilan xarakterlidir. Nikox va oila munosabatlarining bu shakli promiskuitet deb ataladi. Urug‘chilik tuzumi davriga kelib esa nikoh va oila munosabatlari o‘zgarabordi. Promiskuitetda dastlabki cheklanish sodir bo‘ldi, bu ham bo‘lsa katta avlod bilan kichik avlod o‘rtasidagi nikoh munosabatlarining bekor qilinishidir . Mazkur davrdagi dual tashkilotining eng muxim xususiyati shundan iborat ediki, bu bir «pallaga» mansub odamlarning o‘zaro nikohlana olmasligi edi. Endi

er va xotin qabilaning turli «palla» sidan bo‘lishi shart edi. Birmuncha rivoj topgan fratrial fromdagi dual tashkilotining nikox tartibi bir fratriyadagi va undagi urug‘ning odamlari o‘zaro nikohlanishi mumkin emas. Yigit boshqa fratriyaga mansub bo‘lgan qiz yoki ayol nokohlana olishi mumkin edi. Natijada bir fratriya boshqa fratriyaga nisbatan «ona fratriyasi» ona urug‘i boshqasi esa ota fratriyasi toa urug‘i vujudga kelar edi. Shu tariqa ekzogamiya nikoh tartibi vujudga kelgan. Shunday qilib, doimo qabilaning ikki pallasi, fratriyalar va fratriyadagi ikki urug‘ o‘rtasida tuziladigan nikoh tartibining xususiyati bu tartibni dual ekzogamiya deb atashga asos bo‘ldi. Ikkinchidan esa doimo bir urug‘, bir fratriya, ichida shubxasiz ekzogamiya shakillanayotgan vaqtda nikoh tartibi bir yigit va bir qizning qovushishidan iborat bo‘lmagan ekzogamiyali nikohga muvofiq butun bir urug‘ning hamma erkaklari boshqa urug‘ yoki pallaning ayollariga er bo‘lishi xuquqiga ega bo‘lga. Nikohning bu tarixiy shakli guruxli nikoh deb atalgan. Guruxli nikohning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bundan tug‘ilgan bolaning otasi aniq bo‘lmay, faqatgina onasi ma’lum bo‘lgan xolos. Bunday sharoitda butun dual sistema-urug‘lar, pallalar va fratriya ayollar atrofida to‘planadi. Demak har bir shunday guruh, ayollar avlodidan tashkil topadi va qon-qarindoshlik onalar avlodidan hisoblanadi. Shu tariqa urug‘ ona urug‘i sifatida vujudga kelib, urug‘chilik tuzumi rivojlanishida matriarxat,deb ataladigan davr boshlangan. Urug‘chilik tuzumining bu dastlabki bosqichidayoq erkak va ayollar o‘rtasida idjtimoiy mehnat taqsimotining harakteri va jamiyat rivojlanishining bu bosqichida ayollarning o‘ynagan xo‘jalik roli urug‘chilik tuzumining ota avlodidan emas balki ona avlodlarida boshlanishining asosiy sababalaridan biri deb xisoblanadi. Lekin reaksion burjua fani ibtidoiy davrda kishilikning rivojlanishi ikki yo‘ldan borib, faqat dexqonchilik bilan shug‘ullangan bir xil qabila va xalqlar matriarxat bosqichini bosib o‘tib, qoloq bo‘lib qolganlar, chorvachilik bilan shug‘ullangan boshqa qabilalar («oariylar») madriarxatni bilmay patriarxat

bosqichini bosit o‘tib, davlat va xokimiyat yaratganlar deb xisob qiladilar. Burjua olimlaining oriy bo‘lmagan matriarxat nazariyasi» ibtidoiy qabilalar dastlab dexqon va chorvador kishilarga bo‘lingan edi, degan fikirlar arxeologiya, etnografiya va boshqa fanlar qo‘lga kiritilgan dalillarga ziddir. Lekin insoniyatning barchasi o‘z boshidan matriarxat pleolitdan neolit oxirgacha bo‘lgan uzoqlekin qatorasiga ikki marta ishlatilgan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Lekin kishilikning matriarxad bosqichi yer sharining xamma yerida bir vaqtning o‘zida boshlanib bir vaqitning o‘zida nihoyasiga yetgan xolos. Uning rivojlanish darajasi ham turlicha bo‘lgan. Bu shubxasiz ishlabchiqarish kuchlarining qay darajada rivojlanishiga bog‘liq edi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanaborishi oqibatida matriarxatdan patriarxatga o‘tish sodir bo‘ladiki, endilikda erkaklar ishlabchiqarishda asosiy rol o‘ynayboshladilar. Bu o‘tish avvalo xo‘jalikning yuksalishida motiga asosdagi dexqonchilikdan omoch asosidagi dexqonchilikka o‘tishda uy xayvonlarini urchitib ko‘paytirib boqishdan chorvachilikka o‘tishda namoyon bo‘ldi. Natijada erkaklar xo‘jalikda yetakchi o‘rniga chiqib oldilar, ayollar esa uy xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ulllanib ikkinchi uringa tushib qoldilar. Endilikda urug‘ ota urug‘i nomi oldi. Lekin yer yuzining turli yerlarida ona urug‘i va ota urug‘i tartibda xayot kechirayotgan etnik gruppalar, qabilalar va xalqlar xamon mavjud. Ammo ota urug‘i tarkibidagi qabila elat va xalqlar asosiy ko‘pchilikni tashkil qiladi. Mazkur ijtimoiy tashkilot-qo-qarindosh iborat xujalik tashkiloti bo‘lib, unda birgalikda ishlabchiqarish mavjuddir Ishlab chiqarish vositaplari va iste’mol mahsulotlari va urug‘ a’zolari uchun umumiy bo‘lgan. Urug‘ va urug‘chilik tuzumi ibtidoiy to‘daga nisbatan olg‘a tashlangan katta qadam bo‘lib, yuqori paleolitda aql idrokli kishilar kroman’onlik- graman’diliklarda xozirgi jismoniy tipdagi kishilar vujudga kelgan vaqtda paydo bo‘lgan va asta sekin rivojlana borgan. Urug‘ va urug‘chilik ibtidoiy tashkilotning bundan keyingi rivojlanishga juda katta ta’sir etganligi shak-shubhasizdir.