logo

Oila va oilaviy munosabatlar borasidagi qarashlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.880859375 KB
Oila va oilaviy munosabatlar borasidagi qarashlar
Reja:
1. Sharq mutafakkirlarining oila xususida qarashlari
2. Ibn Sinoning oilaviy munosabatlar haqida  qarashlari
3. Islomda oilaviy munosabatlar masalalari Sharqning   buyuk   allomalari   va   ma’rifatparvarlari   hisoblangan   Abu   Nasr
Forobiy,   Abu   Rayhon   Beruniy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Kaykovus,   Yusuf   Xos   Hojib,
Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin
ibn Faxruddin, Ahmad Donish, Abdulla Avloniy, Fitrat va boshqalarning asarlarida
Markaziy   osiyoda   yashab   kelayotgan   xalqlar,   jumladan,   o’zbek   xalqining   oilaviy
hayoti,   undagi   o’zaro   munosabatlarning   (ayniqsa   er-xotin)   milliy   psixologik
xususiyatlari, er-xotinning burch va vazifalari, oilaning turmush tarzi va tarbiyaviy
muhiti va boshqalar haqida qimmatli fikrlar mavjud. 
Oilaviy   turmush   va   undagi   shaxslararo   munosabatlar   madaniyatiga   xos
masalalar buyuk muhaddis allomalar Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, At-Termiziy
ijodlarida   hamda   tasavvuf   falsafasining   yirik   namoyandalari   bo’lmish   Ahmad
Yassaviy,   Baxovuddin   Naqshband,   Najmiddin   Kubro   tariqatlarida   ham   keng
yoritilgandir. Sharq mutafakkirlarining ilmiy-madaniy merosini o’rganar ekanmiz,
ularda bayon qilingan oilaviy turmush qoidalari, undagi shaxslararo munosabatlar
madaniyati, farzand  kamoloti,  erkak bilan  ayol  munosabati,   insoniy  fazilatlarning
shakllanishi   haqidagi   qimmatli   fikrlar   sharq   xalqlari,   xususan,   o’zbek   xalqining
og’zaki   ijodi,   eposining   (o’zbek   xalq   maqollari,   ertaklari,   dostonlari,   afsonalari,
rivoyatlari)   uzviyligi   asosida   tarkib   topgan   ilmiy-madaniy   meros   ekanligini
ko’ramiz.   Chunonchi,   o’zbek   xalqining   og’zaki   ijodi   va   eposlarida   mardlik,
halollik, kamtarlik, ishonch, sevgiga-sadoqat, do’stlik, adolatlilik, mehnatsevarlik,
hamfikrlilik,   orastalik,   go’zallik,   oqillik,   e’tiqod,   hurmat-ehtirom,   oila   sha’ni   va
g’ururini himoya qilish, tug’ilgan joyiga muhabbat, ezgulikka intilish, halol va pok
yashash   ulug’langan.   Bu   voqelikni   biz   Alpomish,   Kuntug’mish,   Go’ro’g’li,
Oysuluv,   Layli   va   Majnun,   Yusuf   va   Zulayho   kabi   qator   o’zbek   xalq
dostonlarining   qahramonlari   misolida   ko’rishimiz   mumkin."Qadimiy   eposlarda
ayollar   bilan   erkaklar   teng   ijtimoiy   mavqega   ega   shaxslar   sifatida   gavdalanadi,
ayollar erlaridan qolishmaydigan jasoratli qilib tasvirlangan" .
Sevib   turmush   qurish,   sevgida   vafodorlik,   oilaviy   totuvlik   kabi   insoniy
xislatlar   o’rta   Osiyo   xalqlari,   xususan,   o’zbek   urug’lari   va   elatlarining   xarakterli
xususiyati sifatida saqlanib qolgan. Mutafakkirlarining oila haqidagi  qarashlari . Xalq og’zaki ijodi va diniy
g’oyalar   hamda   hikmatnomalar   og’zaki   tarzda   avloddan-avlodga   ko’chib
sayqallashgan   holda   saqlanib   kelgan   bo’lsa,   xalqimiz   orasidan   yetishib   chiqqan
donishmand va allomalar esa ana shunday qimmatli ma’lumotlarni xalq an’analari
va   qadriyatlariga   tayangan   holda   o’z   asarlarida   yoritgan   holda   ilmiy-madaniy
meros   sifatida   kelgusi   avlodlar   uchun   qoldirganlar.   Ulardan   biri   -   jahon   ilm-fani
hazinasiga munosib hissa qo’shgan mutafakkir olim Abu Nasr Forobiydir. 
Abu   Nasr   Forobiy   (873-950)   jamiyat   taraqqiyoti   qonuniyatlarini   va   inson
kamoloti   bosqichlarini,   insonlar   yashash   jarayonida   baxt-saodatga   erishuv
yo’llarini   o’zining   mashhur   asari   "Fozil   odamlar   shahri"da   bayon   etadi.   Forobiy
oqil insonlar haqida gapirib, "Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli,
o’tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, yomon ishlardan o’zlarini chetga olib
yuradilar.   Bunday   kishilarni   oqil   deydilar"   degan   edi.   Alloma   oqillar   bor   joyda
hech qachon muammolar va kelishmovchiliklar bo’lmasligiga ishora qiladi. Uning
g’oyalarida   oilaning   to’liqligi,   unda   qaror   topgan   sog’lom   ma’naviy   muhitning
ahamiyatini   aks   ettiradigan   fikrlar   ham   mavjud.   "Har   bir   inson   o’z   tabiati   bilan
shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p
narsalarga   muhtoj   bo’ladi.   U   bir   o’zi   bunday   narsalarni   qo’lga   kirita   olmaydi,
ularga   ega   bo’lish   uchun   insonlar   jamoasiga   ehtiyoj   tug’iladi.   Bunday   jamoa
a’zolarining   faoliyati   bir   butun   holda   ularning   har   biriga   yashash   va   yetuklikka
erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi" yoki "odamlarga nisbatan
ularni   birlashtiruvchi   boshlang’ich   asos   insoniylikdir.   Haqiqiy   baxtga   erishish
maqsadida o’zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar (bizningcha, oila)
fazilatli   shahardir,   baxtga   erishish   maqsadida   birlashgan   kishilar   jamoasi
(bizningcha,   oila   jamoasi)   fazilatli   jamoadir" .   Forobiy   keraksiz   urf-odatlardan
(hozir ham oilaviy hayotda, er-xotin munosabatlarida uchraydi) voz kechish, baxt
saodatga erishish yo’llari haqida gapirib shunday deydi: Rahbarlar (er yoki xotin)
"yomon   odatlarni   o’zida   ifodalovchi   o’tmishni   ham   o’zgartirmog’i   kerak.   Aks
holda   o’tmishni   talablariga   rioya   etib,   uning   kayfiyati   saqlansa,   turmushda   hech
qanday   yengillik,   o’zgarish   va   o’sish   ham   bo’lmaydi".   Yoki   "Baxt   saodatga erishuv   yo’lida   nimaiki   (bilim,   axloq,   kasb-hunar)   yordam   bersa,   uni   saqlamoq,
mustahkamlamoq nimaiki zararli bo’lsa, uni foydali narsaga aylantirishga harakat
qilmoq zarur".
Biz   tadqiqotlarimizda   o’rganadigan   muammo   nuqtai   nazaridan   qaraydigan
bo’lsak,   Forobiyning   inson   kamoloti,   uning   jamiyatdagi,   oiladagi   o’rni,
yoshlarning   voyaga   yetishiga   ta’siri   to’g’risidagi   fikrlari,   insonlar   jamoasidagi
o’zaro   hamjihatlik,   yordam   haqidagi   hikmatlari   hozirgi   oilaviy   turmush
masalalarini   yechishda,   undagi   munosabatlarni   to’g’ri   yo’lga   qo’yishda   farovon
turmush kechirish uchun dasturilamal bo’lib xizmat qiladi.
Abu   Rayhon   Beruniy   (973-1048)   o’z   ijtimoiy   qarashlarini   aks   ettirgan
yaxlit  ijtimoiy ta’limot  yaratmagan  bo’lsa-da,  lekin u ijtimoiy masalalar  bo’yicha
o’zining   nuqtai   nazarini   ko’pgina   qomusiy   asarlarida   izhor   etishga   yoki   ular
yuzasidan   tanqidiy   fikrlar   aytishga   harakat   qilgan.   Abu   Rayhon   Beruniyning
muayyan   qarashlari   oilaviy   turmush,   oila   va   nikoh,   oilaviy   qadriyatlar   va   uning
a’zolari   o’rtasidagi   munosabatlariga   xosdir.   Bunday   ishoralarni   Beruniy
hikmatlarida   ham   uchratamiz.   "Yaxshi   xulq   yaxshilik   alomatidir"."Buzuq   niyatli
va yomon axloqli kishilar o’rtaga kirib olishi bilan ish to’g’ri bo’lmaydi". "Tenglik
hukm   so’rgan   joyda   sotqin,   aldamchi   ehtiroslar,   g’am-g’ussa   bo’lmaydi   oilaviy
munosabatlarda   ana   shunday   hikmatlarga   amal   qilishimiz   maqsadga   muvofiqdir.
Beruniy   o’rta   Osiyo,   Qadimgi   Yunon   va   Hind   xalqlari   hayotini   yaxshi   bilgani
uchun   ular   amal   qiladigan   urf-odatlar,   qadriyatlar   va   milliy   madaniyatlarining
o’ziga xos tomonlarini  taqqoslab tahlil qiladi. Ushbu tahlillar  oila-nikoh, oiladagi
o’zaro   munosabatlarga   ham   xosdir.   Jumladan,   u   oilalarning   "poligamiya"   (erkak
yoki   ayol   bir   paytning   o’zida   bittadan   ortik   er   yoki   xotinga   ega   bo’lishiga   yo’l
qo’yiladigan   nikoh   shaklini   bildiradi)   turi   haqida   ham   qimmatli   ma’lumotlarni
keltiradi.   Masalan,   Janubiy   Hindiston   madaniyatida   tud   erkaklari   biologik   nuqtai
nazardan   otalikni   o’rnatish   bilan   qiziqmaganlar.   Ularda   bolaga   otalik   rasmini
amalga oshirish chog’ida o’qli kamonni homilador ayolga tantanali suratda bergan
erkak bolaning otasi hisoblangan. Agar keyinchalik boshqa bir erkak bolaga otalik
qilishni  xohlab qolsa,  bu rasm  ayolning navbatdagi  homiladorligida  takrorlangan. Bu   ma’lumotlar   izlanuvchilarda   ijtimoiy   tarixiy   taraqqiyot   davomida   oilaviy
turmushning   takomillashuvi,   oila-nikoh   munosabatlarining   barqarorlashuvi   va
monogamiya   oila   turining   kelib   chiqishi   tarixi   haqida   ilmiy   tasavvurlar
shakllanishiga yordam beradi.
Beruniy qarashlarida oilaviy munosabatlar barqarorligining yetakchi omillari
oqillik   va   mehnatsevarlikning   ahamiyati   haqida   ham   qimmatli   fikrlar
mavjud."Muayyan   vazifalarni   bajarish   zaruriyati   inson   faoliyatining   bir   umrga
yashash   qoidasidir.   Insonning   qadr-qimmati   o’z   vazifasini   a’lo   darajada
bajarishidan,   shuning   uchun   ham   insonning   eng   asosiy   vazifasi   va   o’rni   mehnat
bilan   belgilanadi.   Zero,   inson   o’z   hohishiga   mehnat   tufayli   erishgan".   Ushbu
muammoga   oid   mulohazalar   Abu   Ali   Ibn   Sinoning   (980-1037)   "Donishnoma",
"Risolai ishq", "Tib qonunlari", "Uy xo’jaligi" kabi qator asarlari Markaziy Osiyo
xalqlari   axloq-odobi,   tarbiya   psixologiyasi,   falsafa   va   tabobat   olamida   alohida
o’rin tutadi. Ibn Sino oilaviy munosabatlarning turli va muhim tomonlarini yoritar
ekan,   avvalo   oila   boshlig’i   erning   oldidagi   mas’uliyatli   vazifalarga   e’tiborini
qaratadi. Uning fikricha, birinchi navbatda er oiladagi tarbiyaviy ishlarga doir ham
nazariy, ham amaliy ma’lumotlarga ega bo’lishi shart. Shundagina, u haqiqiy oila
boshlig’i bo’la oladi. 
Er-xotin   munosabati   tenglik   hamjihatlik   va   o’zaro   hurmat   asosida   qurilishi
haqida   to’xtalib,   "Erkak   kishi   oila   boshlig’idir,   u   oilaning   barcha   ehtiyojlarini
qondirmog’i   lozim,   chunki   bu   uning   birlamchi   vazifasidir.   Ayol   esa   erkakni
yaxshi,   munosib   yo’ldoshi   va   bola   tarbiyasi   borasida   eng   yaxshi   voris   va
yordamchisidir"   deb   yozadi   Ibn   Sino.   Ibn   Sino   oilaviy   munosabatlar   maromi
oiladagi   tinch   totuvlik,   mehr-muruvvat,   oila   g’ururi   va   sha’ni   ko’p   jihatdan
ayollarga   ham   bog’liq   ekanligi   haqida   ko’p   yozgan.   Jumladan,   "Oila   xo’jaligi"
asarida   ayollar   axloqan   eng   maqbul,   yuqori   insoniy   fazilatlarga   ega   bo’lmoqlari
lozim, deb yozadi. Mazkur asarning "Ayollarning yaxshi fazilatlari haqida" nomli
bo’limida ularning quyidagi fazilatlari  bayon qilinadi;  ayol  aqlan dono, uyatchan,
iboli, iffatli  bo’lib, ko’p gapirmasligi  lozim; u eriga bo’ysunmog’i, uni  sevmog’i,
farzandlar   tug’ib,   doimo   halol,   pok,   to’g’ri   so’z,   kamtar   bo’lishi   kerak;   injiq bo’lmasligi, o’z iffat va obro’sini to’kmasligi lozim; u hech qachon eriga nisbatan
dimog’dorlik, viqor hissini ko’rsatmasligi, o’z ishlarini yaxshi, o’z vaqtida bajarib,
oilaning   moddiy   boyliklarini   tejamkorlik   bilan   ishlatmog’i   lozim;   o’z   xulq-atvori
bilan  o’z   erining   qalbida  hadiksirash   hissiga   o’rin   qoldirmasligi   kerak  ("Ibn  Sino
va tadbiri manzil". Mutafakkir olimning sog’liqni saqlashga doir risolalarida jinsiy
aloqalarning   me’yorlari,   unga   qat’iy   amal   qilish,   jinsiy   aloqalarda   o’zgarishning
sabablari,   ularni   yo’lga   qo’yish   tadbirlari   haqida   ham   qimmatli   ko’rsatmalar
berilgan. Uning fikricha, er-xotin ularni yodda tutishi va unga amal qilishi oilaviy
munosabatlar  barqarorligiga ijobiy ta’sir  etadi. Shuningdek,  Ibn Sino "Kitob ush-
shifo" asarida oila inqirozi va buzilishiga sabab bo’ladigan omillarni ham ko’rsatib
o’tgan.
Bularga: 1.Agarda er va xotinlikdan dunyoga farzand kelmagan bo’lsa.
2.Agarda xotin eriga hiyonat qilib,uning e’tiborini pasaytirsa.
3.Xotin kishi tarbiyasiz bo’lsa-yu, tarbiya olishni istamasa.
4.Er va xotin bir-birlariga yoqmaydigan xarakterli bo’lsa.
Ko’rinib   turibdiki,   Ibn   Sino   asarlarida   oila-nikoh   va   oilaviy   turmushda   er-
xotin   munosabatlarini   ibratli   misollar   asosida   yoritgan   hamda   ayollar   mavqei
undagi munosabatlarda muhim o’rin tutishini asoslab bergan.
Kaykovus   qalamiga   mansub   Qobusnoma   asari   (1082-1083   yillarda
yozilgan) S h arq xalqlari orasida ma’lum va mashhurdir. Qobusnomada qator ibratli
va hayotiy pand nasihatlar bilan birgalikda "ishq va uning odatlari zikrida", "xotin
olmoq zikrida" ham qimmatli ma’lumotlar berilgan.
  "Ey   farzand,   to   kishining   ta’bi   latif   bo’lmaguncha   oshiq   bo’lmag’usidir,
nedinkim   ishq   beshak   ta’bi   latiflikdan   paydo   bo’lur.   Har   narsaki   ta’bi   latiflikdan
paydo   bo’lsa,   ul   beshak   latif   bo’lur" .   Bu   yerda   insonning   qalbi   toza,   pok   va
axloqan yuksak bo’lsa, uning ko’ngli, sifat va fazilatlari ham, hissiy kechinmalari
ham sof va chiroyli bo’lishiga ishora qilingan. "Bas, agar oshiq bo’lsang shundoq
kishiga   bo’lgilki,   ul   ma’shuqalikka   loyiq   bo’lsin".   Bunda   bo’lg’usi   er-xotinning
nikohigacha   davrda   bir-birini   ko’rib-bilib,   sinab   ma’shuqaning   oqila,   orasta,
tejamkor,   saranjom-sarishta,   bola   tarbiyasini,   uy-ro’zg’or   ishlarini   o’rniga qo’yadigan kamtarin va eriga sadoqatli  bo’lishi  nazarda tutiladi.   Ey farzand, agar
xotin olmoq tilasang, o’z hurmatingni yaxshi saqlagil. Garchi mol aziz bo’lsa ham
xotin   va   farzandingdan   darig’   tutma.   Ammo   xotinni   pok   dil,   farzandni
farmonbardor   va   mehribon   tutgil   bu   ish   sening   qo’lingdadir.   Bu   o’rinda   xotinga
xos   munosabatda   bo’lish   erning   ixtiyorida   ekanligi   ogohlantirilgan.   Xotin   talab
qilsang,   xotinni   mo l ini   talab   qilmagil,   xotin   pok   nixod   (toza   tabiat   va   pok   dil)
bo’lsin.   Kadbonu   (uy   bekasi   va   ishchan   xotin)eriga   do’st   bo’lgay.   Hayolig’,
taqvador,   tili   qisqa,   molni   yaxshi   saqlaguvchi   bo’lsin.   Debdurlarki,   yaxshi   xotin
erning va umrning rohati bo’lur. Bunda esa bo’lg’usi turmush o’rtog’ini tanlashda
erning   oldidagi   mas’uliyat   va   latif   xotin   bo’lishga   xos   fazilatlar   bayon   qilingan.
Agar   sen   xotiningga   rashklik   qilmasang,   u   senga   samimiyat   bilan   munosabatda
bo’lur.   U   senga   ota-onang   va   farzandlaringdin   ham   mushfiqroq   bo’lur   va   senga
undin do’stroq kishi topilmas. Agar unga g’ayrroq (rashk, qizg’anish) ko’rguzsang,
senga   ming   dushmandin   dushmanroq   bo’lur   va   begona   dushmandin   hazar   qilsa
bo’lur, lekin undin hazar qilib bo’lmas. Bunda er-xotinning o’zaro munosabatlarini
ziddiyatlarning shakllanishiga olib keluvchi sabablar va omillar haqida gap boradi.
Yusuf   xos   Hojibning   mashhur   asari   "Qutadg’u   bilig"   (baxt   saodatga
yo’llovchi bilim)da er yoki xotin tanlashda uning qaysi sifat va fazilatlariga e’tibor
berish   zarurligi,   inson   shaxsiga   xos   sifat   va   fazilatlarning   oilaviy   hayotni
boshqarishdagi   roli,   o’rni   va   ahamiyati,   er-xotin   o’zaro   munosabatlarining
me’yorlari, farovon turmush kechirishning muhim shartlari haqida qimmatli fikrlar
aytilganki,   ular   hozirgi   oila   turmushi   va   er-xotin   munosabatlari   uchun   ham
ahamiyatlidir.   Asarda   "Sen   xotin   olsang,   o’zingdan   quyisini   ol,   zoti   oliysiga
boqma,   sen   qul   bo’lib   qolasan".   Asli,   urug’i   hamda   zoti   yaxshi   bo’lsin,   uyatli,
andishali, pokizasini istagin. Yuzi chiroyini istama, xulqi yaxshisini ista, fe’l-atvori
yaxshi bo’lsa, sening yuzingni yoritadi. Fe’lu-atvori yaxshi bo’lsa, u to’kis bo’ladi.
Fe’lu-atvori to’g’ri bo’lsa, juda munosib bo’ladi, xotin chiroyi xulqdir, buni bilgan
biladi.Agar  yaxshi  andishali  ayol   topishga  muyassar  bo’lsang,  boy berma  (darhol
olgin) ey ezgu kishi andishali, pokiza bo’lsa, unday kishi asl bo’ladi. Sen xotinning
andishali-aqllisini   ista,   ey   dono,   andishali   aqlli   xotin   topilsa   -   farosat,   andisha, boylik,   chiroy,   nasl-nasab   jam   bo’ladi.   "Sen   xotinni   qadrli   tut,   nima   so’rasa
muhayyo et". Asarda xotin bilan bir qatorda er ham bilimdon, farosatli, aql-idrokli,
zukko   bo’lishi,   oila   tartibini   saqlash   va   uni   yuritishda   intizomli   (intizom
o’rnatuvchi),   uni   kuzatib   borishi   kerakligi,   oilaning   iqtisodiy   jihatdan   to’kisligini
ta’minlovchi,   xotiniga   va   farzandlariga   mehribon,   xushmuomalali,   to’g’ri   so’z
bo’lishi   uning   farovonligi   va   barqarorligini   ta’minlovchi   muhim   omillar   ekanligi
alohida ta’kidlab o’tilgan.
Alisher Navoiy  (1441-1501) "Mahbub ul qulub", ya’ni "qalblar sevgilisi" va
"Vaqfiya"   asarlarida   oilaviy   turmushi   bilan   bog’liq   er   va   xotinning   vazifalari,
burchlari,   o’zaro   munosabat-muloqot   madaniyati,   ularning   muvofiqligi   va
nomuvofiqligi,   uning   oqibatlari   haqida   qimmatli   nasihat   va   ma’lumotlarni   yozib
qoldirgan.   Jumladan,   Alisher   Navoiy   "Mahbub   ul   qulub"   asarining   37   fasl
"uylanganlik   va   xotinlar   to’g’risida"   ayolning   fazilatlari   va   uning   oiladagi   o’rni
haqida   quyidagilarni   yozadi;   "er   bilan   xotin   bir-biriga   mos   tushsa,   o’rtada   boylik
va saranjomlik bo’lur, uy bezagi  undan va uylanganning (erning) tinchligi undan.
Husni   bo’lsa,   ko’ngilga   yoqimli   bo’lur,   yaxshiligi   bo’lsa,   jon   ozig’idir.   Aqlli
bo’lsa,   turmush   intizomli   va  ro’zg’or  kerak  yarog’i  tartibli   va  saranjomli   bo’ladi.
Ana   shunday   turmush   o’rtog’i   bo’lsa   -   g’am   kulfatda   sirdosh   va   hamdaming
bo’lur,   maxfiy   va   yashirin   dard   va   mashaqqatda   hamnafas   va   hamrohing   bo’lur.
Turmushdan   har   jafo   yetsa,   hasratdoshing   ul   va   osmondan   har   bir   balo   kelsa,
ko’makdoshing ul. Ko’ngling g’amidan ul g’am chekadi.   Nosoz juft uy uchun ham
ochiq   va   ham   yashirin   qo’rqinchli   kasallikdir.   Uyatsiz   bo’lsa,   ko’ngil   undan
ozorlanadi, yaramas  bo’lsa, ruh undan azob tortadi. Tili  yomon bo’lsa kuyovning
ko’ngli  yaralanadi, yomon ishlik bo’lsa,  erga  yuz qarolik keladi. Mayxo’r  bo’lsa,
uy obodonligi yo’qoladi va buzuqi bo’lsa uy ichi rasvogarlikka aylanadi".
Alisher   Navoiy   mazkur   asarida   (11   qismida)   har   bir   kishi   uchun   zarur
bo’lgan yaxshi fe’llar va yomon xislatlar to’g’risida qanoat, sabr, tavozu’ va odob,
ishq,   vafo,   hayo,   yumshoq   ko’ngillilik   va   bir   qator   yomon   illatlar   to’g’risida
qimmatli   maslahatlar   beradi.Alisher   Navoiyning   fikrlarini   psixologik   nuqtai
nazardan   tahlil   qiladigan   bo’lsak,   o’sha   zamonlarda   ham,   hozir   ham   yigit   va qizlarning o’zlariga har tomonlama mos turmush o’rtoq tanlashi, ularda zarur sifat
va fazilatlar mujassamligi oilaning baxti va farovonligidir. Bir-biriga nomunosib er
yoki xotin oilaning tanazzulidir.
Husayn   Voiz   Koshifiy   (1440-1505)   o’zining   hayotdan   olgan   saboqlari,
tajribalari   asosida   insonparvarlik,   ijtimoiy   hayot,   oilaviy   odob,   adolat,   halollik,
sofdillik,   to’g’rilik,   rostgo’ylik   haqidagi   fikrlarini   qiziqarli   hikoyalar,   rivoyatlar,
pandu-nasihatlar yordamida bayon etgan. U salbiy axloqiy xislatlarni qoralaydi va
ularning   inson   hayoti   va   jamiyat   uchun   katta   zarar   olib   kelishini   qator   ibratli
rivoyatlar   bilan   ko’rsatadi.   Koshifiy   jamiyatda,   odamlar   o’rtasida   va   oiladagi
o’zaro   munosabatlarda   axloq   me’yorlari   bo’lib,   bu   me’yorlar   insonlarning   xulq,
fe’l-atvorlarini tartibga solib turadigan axloqiy talablardir, deb baholaydi. U ijobiy
xislatlarning kishilarda bo’lishi shart bo’lgan insoniy fazilat deb tushunadi. Insoniy
fazilatlar; sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobitqadamlik, saxiylik, rostgo’ylik, shijoat,
kamtarlik,   xushyorlik,   oliyhimmatlilik,   diyonatlilik,   ahdiga   vafolik,   andishalilik,
izzat-hurmatni bilish, sir yashira olish kabi fazilatlarni birma-bir ta’riflab, ularning
ahamiyati va oqibatlarini aytib o’tadi.  O’z davrining yetuk ulamosi Rizouddin ibn
Faxruddin   er-xotin   munosabatlarining   sofligi   naqadar   muhim   ahamiyat   kasb
etishini e’tirof etgan holda bu masalaga shunday yondashadi. 
"Go’zal   muomalali   bo’lmoq   islom   shariatining   birinchi   qoidalaridandir.
Go’zal   muomalaning   eng   lozim   qismi   xotin   bilan   bo’lajak   muomaladir.   Qur’oni
Karim   xotinlar   bilan   go’zal   mushoirat   etishga   buyo’rgandir.   Bunday   muomala
etuvchi   erning   dunyosi   tuzuk,   oxirati   rohat   bo’lur.   Xotinga   go’zal   muomala
qiluvchi oliy tabiatli erlar shariatu aql tarafidan man etilgan narsalarga xotinlarini
yo’llamaydilar   va   eng   aziz   bolasiga   bo’lgan   mehru-shafqati   darajasida   oqibat
ko’rsatib,   xotinlarini   barcha   mashaqqatdan   saqlaydilar,   qurbilari   yetmagan
xizmatga buyurmaydilar".
Oilaviy   hayot   va   undagi   munosabatlar   bobida   Ahmad   Donishning
qarashlari   alohida  e’tiborga  loyiqdir.  U  o’zining  "Nodir  voqealar"  asarida   oilaviy
hayotning   turli   jabhalari   nikoh   odoblari,   uylanish   shartlari,   ishq-muhabbat   va
sevishganlarning   odobi,   qaynona-kelin   nizolari,   farzandlarga   vasiyat,   kasb- hunarlarning foydasi haqida qimmatli fikrlarni bayon etgan. Uning fikricha, har bir
inson muayyan yoshga yetgandan keyingina unda uylanish va oila qurishga zarurat
hosil   bo’ladi.   Bu   davrga   kelib   inson   oila   nikoh   munosabatlari,   oilaviy   hayot
quvonchlari va tashvishlaridan boxabar, oilaviy baxt, farzand tarbiyasi, er-xotinlik
va ota-onalik burchlarini tushunib yetgandirlar. 
Ahmad   Donish   uylanish   shartlariga   o’sha   davr   uchun   xos   bo’lgan   xislatli
turmush quruvchilarning biron-bir kasb sohibi ekanligini, uy-joy sohibi bo’lishini,
oila   va   oilaviy   hayot   masalalarini   egallab   olganliklarini   nazarda   tutadi.   O’sha
davrga xos uylanish shartlari (qiz tomonidan qo’yilgan) yangi oilaning farovonligi,
to’kisligini ta’minlaydigan omillardan hisoblangan.   Ahmad Donish o’sha davrdagi
uylanishning maqsadi va motivi o’ziga xosligi, shunga qaramay, xotinlarning ham
erkaklarday izzat  nafsi  borligi, ular  o’zlarini erkaklardan kam tutmasligi, shuning
uchun   ularning   haq-huquqlarini   himoya   qilish   zarurligini   aytib   o’tadi.   Ahmad
Donishning qarashlarida ham oilaning baxti, oila farovonligi uning mustahkam va
barqarorligi xotinga, uning axloqiy va ma’naviy kamolotiga bog’liqdir.
XX   asr   Turkiston   jadidchiligining   ulkan   namoyandalaridan   biri   Abdurauf
Fitrat "Oila" nomli asarida farzandlar tarbiyasi, qizlar ham ilm olish kerakligi va bu
sohada   ota-onaning   vazifalari,   uylanish   va   uylanmaslik,   uylanishda   qanday   xotin
tanlash lozim, bo’lajak er-xotin birinchi marta nimalarga e’tibor berishi lozimligi,
er-xotinning qanday yashamoqlari xususida oilaning maishati va idorasi, er xotinga
xos   sifat   va   fazilatlar   to’g’risida   hayotiy   ma’lumotlarga   tayanib   ilg’or   g’oyalarni
ilgari suradi. U "millat taqdiri mana shu millat vakillari yashagan oilaning holatiga
bog’liqdir,   qaerda   oila   munosabati   kuchli   intizomga   tayansa,   mamlakat   va   millat
ham shuncha kuchli va tartibli bo’ladi", deb yozadi (10; 8).
Fitrat   mazkur   asarining   uylanishda   qanday   xotin   tanlash   lozim   mavzusida
"er   xotin   mushkulotdan   iborat   bo’lgan   hayot   safarida   birga   bo’lib,   jismoniy   va
ruhiy   osoyishtalikka   sherik,   insoniy   vazifalarni   bajarishda   dastyor,   qayg’u   va
umidsizlik   damlarida   g’amxo’r,   saodat   va   baxtiyorlik   chog’lari   bir-birlariga
hamdam   bo’lishlari   lozim.   S h unday   ekan,   ular   albatta,   eng   avvalo,   bir-birlarini
kamoli diqqat va tajriba yuzasidan imtihon qilishlari zarur. Xotin erkak holidan va yigit   qiz   ahvolidan   yaxshigina   xabardor   bo’lib,   keyin   turmush   qurishlari   lozim"
deb   ogohlantiradi.   Fitratning   fikricha,   uylanish   uchun   yana   to’rt   narsaga   alohida
e’tibor   berish   lozim:   mol,   nasab,   husn   va   imonu-e’tiqod.   "Uylanish   orzusida
bo’lgan   er   bilan   xotinning   mol   (boylik)lari   va   nasablari   taqriban   bir   xil   bo’lishi
lozim. Aks holda er bilan xotin bir-birlariga teng bo’lmay, hayotini mudom azobga
qo’yadi".
S h arq   mutafakkirlarining   ma’naviy   merosidan   bunday   misollarni   adoqsiz
davom   ettirish   mumkin.   Ko’rinib   turibdiki,   oila   barqarorligiga   shaxslararo
munosabatlar   ta’siri   masalasiga   S h arq   mutafakkirlari   va   ma’rifatparvar   ziyolilari
alohida   e’tibor   bilan   qaraganlar.Ularning   asarlarida   oilaning   muqaddasligi,   uning
jamiyat   hayotida   tutgan   o’rni,   oila   muqaddasligini   belgilovchi   muhim   milliy-
madaniy va milliy-psixologik omillar ko’rsatib o’tilgan.   Ayniqsa, oilaning asosini
tashkil   etuvchi   er   va   xotinga   xos   sifat   va   fazilatlarning   shakllangan   bo’lishi,   ular
oilaviy   burch   va   vazifalarini   sadoqat   bilan   ado   etishlari,   bir-biriga   mehribon   va
kechirimliligi eng muhim qadriyat sifatida e’zozlanadi.
  Yu.Toslaviyning   “Xikmatlar   xazinasi”dagi   nasihatlari.   Jumladan,   turk
olimi   Yusuf   Toslaviy   to’plagan   "Hikmatlar   xazinasi"dagi   kelin   bo’luvchi   qizga
beriladigan   ona   nasihati   kishining   e’tiborini   o’ziga   tortadi.   Unda   ona   turmushga
chiqayotgan   qiziga   quyidagilarni   nasihat   qiladi:   "Bolajonim,   sevikli   qizim,   meni
yaxshilab   tingla.   Nasihat   har   kimga   lozimdir,   o’git   hammaga   zarurdir.   Nasihat
bilmaganga o’rgatadi, bilganni esiga soladi. Olloh bergan qonunga ko’ra, hayotga
qadam qo’yadigan har bir qiz erga, har bir erkak ayolga muhtoj bo’ladi. Erkaklar
ayol   uchun,   ayollar   erkak   uchun   yaratilgandir.   Hayot   mavjud   ekan,   bu   qonunni
hech   kim   buza   olmaydi".   Shu   sababli   sen   tug’ilib   o’sgan   va   voyaga   yetgan
uyingdan,   yayrab-yashnab,   o’ynab-kulib   yo’rgan   yeringdan   chiqib,   o’zing
bilmaydigan,   notanish   uyga   borasan.   Kelajakda   bu   uy   senikidir.   Sen   eringga
shunday   xizmat   qilki,   ul   ham   senga   qul   bo’lsin.   Sen   unga   yer   bo’lki,   u   senga
osmon bo’lsin! Aytganlarimga amal qilsang ering bilan go’zal hayot kechirasizlar,
mas’ud, baxtiyor va saodatli turmush ko’rasizlar. Bizlar ham (har ikki oila bizning
ham, eringning ham  oilasi) huzur-halovatda va baxtiyor bo’lamiz. Aks holda ikki oilada   ham   huzur-halovat   bo’lmaydi.   Sen   o’zing   bir   jahannamda   yashagandek
bo’lasan.
Qizim!   Endi   senga   aytadigan   o’n   o’gitimga   quloq   sol!   Bularni   doimo
yodingda tut;
1.Qanoat  sohibasi  bo’l. O’z xolingga shukur  qil. Ya’ni, ering uyga nimaiki
olib  kelsa,   u   xoh  yeydigan,   xoh   kiyadigan  narsa   bo’lsin,   xushfe’llik   bilan,  go’zal
odob bilan qabul qilib ol! Eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko’rsat. Zero, baxtli
hayot   kechirmoqning   bir   yo’li   o’z   holiga   shukur   etmoqlikdir,   holiga   shukur
etmagan o’z nafsini tiymagan kishida ko’ngil huzuri, qalb rohati bo’lmaydi.
2.Eringga itoat qil, qil degan ishlarini qil, qilma deganini qilma! Ya’ni, ering
bilan   suhbatlashganda,   muloqotda   bo’lganingda   itoatli   bo’lishingni,   uning
so’zlarini   odob  bilan   tinglab  ado   etishingni   sening   so’zlashib,  quloq  solishingdan
tushunib oladigan bo’lsin. S h unda Alloh Taolo sendan xushnud va uyingiz saodat
nuridan porloq bo’ladi.
3.Eringning   ko’zi   tushadigan   joylarga   yaxshi   e’tibor   ber!.   Ya’ni,   uyning
ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut, shunday qilki, eringning ko’ziga bir chirkin
yer ko’rinmasin.
4.Ust-boshingni   toza   tut.   Ering   faqat   xushbo’yni   sezsin,   dimog’iga   yomon
hid   kelmasin.   C h unki   yomon   hidlar   ering   ko’z   o’ngida   sening   obro’yingni
tushiradi. Sendan irkanishga sabab bo’ladi. S h uni yaxshi bilgilki, tozalik va zariflik
eng yaxshi narsalardir, inson ko’ziga xush ko’rinishlik shular bilandir.
5.Ovqatni   vaqtida   tayyorla.   Ya’ni   ovqatlanish   vaqtini   hech   qachon
kechiktirma.   Ering  qachon  ovqatlanishga   o’rgangan  bo’lsa,  o’sha   paytda  ovqatini
tayyorlagin.   U   kelishi   bilan   darhol   dasturxon   sol.   S h uni   yaxshi   bilginki,   ochlik
insonning tez jahlini keltiradi.
6.Uyqu   vaqtini,   uyg’onish   paytini   yaxshi   bilib   ol!   Ya’ni,   uning   qachon
uyquga   yotish   payti   bo’lsa,   o’rnini   tayyorlab   qo’y.   Zero,   uyqusizlik   insonni
xafaqon etadi. Asablarning buzilishi, xafaqonlik odamlarning ehtirosi, muhabbatini
sekin-sekin so’ndiradi. 7.Eringni   moli   va   ashyosiga   juda   e’tiborli   bo’l!   Ya’ni,   eringning   mol
dunyosini   yaxshi   saqla,   ashyolarini   avayla,   muhofaza   qilgil.   C h unki   uning   mol-
dunyosi senikidir. Eringni mol dunyosini isrof etmaslik ish bilish va qadriga yetish
demakdir.
8.Eringni   qarindosh   va   yaqinlariga   hurmat   ko’rsat!   Ya’ni,   eringni
qarindoshlari va yaqinlariga hurmat   -   uning e’tiborini qozonmoq demakdir. Ularni
hurmat qilish - eringni hurmat qilish demakdir. Bu esa qadr va e’tibor qozonishdir. 
9.Eringning sirini boshqalarga aytma! Ya’ni, eringning ba’zi sirlarini bilgan
vaqtingda  ehtiyot   bo’lib,   uni   saqla,   birovlarga  aytib   yurma.   Agar   aytib   qo’ysang,
uning   g’azabini   keltirib   qo’yasan,   ishonchini   yo’qotasan.   Bunda   tuzayotgan
oilangiz buziladi.
10.Eringni   diniga   to’g’ri   keladigan   barcha   buyruqlarini   ado   qil!   Hech
qachon   unga   nisbatan   itoatsiz   bir   harakat   bo’lmasin.   Agar   bir   shunday   harakat
bo’lsa, senga kin saqlab, oxiri dushman bo’ladi. U senga dushmanlik yo’lini tutsa,
sen ko’p zarar ko’rasan va qo’lingdan hech narsa kelmaydi.
«Avesto»da   oila   haqida   bayon   etilgan   fikrlar.   Hatto   ajdodlarimizning
muqaddas   dini   hisoblangan   zardushtiylikda   ham   nikoh   va   oilaviy   burch   masalasi
muhim axloqiy o’rinda to’rgan. Zardushtiylikda ko’p xotinlilik qat’iy man etilgan.
Ayni paytda hayotni bo’ydoq o’tkazish ham qoralangan. Balog’atga yetgan qiz ota-
ona   va   jamoaning   ra’yini   pisand   qilmay,   qasddan   turmushga   chiqmay   yursa,   u
qopga solinib, 25 darra kaltaklanish bilan jazolangan. Agar erkak kishi shu yo’lni
tutsa, unga tamg’a bosilib badnom qilish maqsadida beliga zanjir bog’lab yurishga
majbur etilgan. "Avesto"da qayd qilinishicha, erkak avvalo uylanish uchun moddiy
va   ma’naviy   tomondan   to’q   va   baquvvat   bo’lmog’i   lozim   edi.   Bundan   tashqari,
mazkur muqaddas kitobda oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma shosharlikka
yo’l qo’ymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq solish xususida ham diqqatga
sazovor mulohazalar mavjud. Shuningdek, unda nikoh va taloqning (ajrashishning)
o’ziga xos mezonlari birma-bir keltirib o’tilgan.
Zardushtiylikning   axloq   me’yorlari   majmuida   ayollar   masalasiga   ham
alohida   o’rin   berilgan.   Zardushtiylikda   oila   muqaddas   sanalgani   uchun   boshqa sabablarga ko’ra, jumladan, ig’vo, tuhmat, er-xotinning o’zaro kelishmovchiligiga,
ota   ona   bilan   chiqisha   olmaslik   bahonasi   bilan   nikohni   bekor   qilinishiga   yo’l
qo’yilmagan.Umuman Zardushtiylikda ham, Islomda ham nikohda ikki tomon teng
va munosib bo’lishi  aytib o’tilgan.  Nikoh tartiblari  va hayotiy tajribalariga ko’ra,
kelin va kuyov nasl nasabda, ijtimoiy mavqeda, bilim-saviyada, did-farosatda, ilm-
e’tiqodda,   mulkdorlikda   bir-birlariga   yaqin   bo’lishi   ma’qul   topilgan.   Shu   bois,
Sharq   xalqlarida   yoshlarni   oilaviy   turmushga   tayyorlash,   ularning   tengini   topib
uylantirishga   jiddiy   e’tibor   berilgan.   Ayniqsa,   qizlarni   oilaviy   turmushga
tayyorlashda,   ularda   birinchi   navbatda   insoniy   fazilatlar   shakllangan   bo’lishi,
oilaning   muqaddas   ekanligi,   uni   avaylab-asrash   aynan   uy   bekalariga   bog’liqligi
haqida   ajdodlarimizdan   bizgacha   yetib   kelgan   nasihatnoma,   pandnoma   va
hikmatnomalarda   tarbiyaviy   ahamiyatga   ega   bo’lgan   qimmatli   nasihatlar   hikoya
qilinadi. 
Islomda   oilaviy   munosabatlar   masalalari.   Ma’lumki,   muqaddas   dinimiz
islomda, uning asosiy manbalari hisoblangan "Qur’oni Karim" va Hadislarda ham
oilaviy   turmushning   va   er-xotin   munosabatlarining   barcha   tomonlari   haqida
qimmatli   ma’lumotlar   va   shar’iy   qonunlar   yoritilgan.   Islomda   bo’lajak   oilaning
vujudga   kelishiga   alohida   e’tibor   berilgan.   Shariat   bo’yicha   nikohdan   o’tishda
quyidagi qoidalarga amal qilish lozim bo’lgan. 
1.Nikohlanuvchilarning o’zaro roziligi. 
2.Nikoh yoshiga to’lish.
 3.Nikohni guvohlar ishtirokida tuzish.
 4.Kelin uchun qalin va mahr to’lash.
 5. Diniy e’tiqod birligi. 
6.Nikohlanuvchilar yaqin qarindosh bo’lmasligi.
 7.Tabaqa bo’yicha tenglik. 
8.Nikohdan o’tuvchilarning ruhiy jihatdan sog’lom bo’lishi.
  Bu shartlarga rioya qilinib tuzilgan nikohgina qonuniy hisoblanib, taraflarni
tegishli   huquq   va   majburiyatlar   bilan   ta’minlagan.Qur’oni   Karimning   oyatida
oiladagi   er   bilan   xotinning   o’rni   belgilab   berilgan.   Shariat   hukmicha,   er   avvalo oilaning   barcha   moliyaviy   va   ma’naviy   taraflariga   javobgar,   uni   chetdan
bo’ladigan   har   qanday   xurujlardan   himoya   qiladigan   shaxsdir.   Mana   shularning
evaziga   va   erkak   kishi   uchun   fazilat   hisoblanmish   og’ir-bosiqlik,   oila   ro’zg’or
tebratishdagi   tadbirkorlik   kabi   sifatlar   mavjudligi   sababli   u   oilaning   boshlig’i
sanaladi. Yaxshi xotin esa diyonatli, erning uyini obod qiladigan va unga bir umr
sadoqatli   bo’lgan   ayoldir.   Qur’oni   Karimdan   er-xotin   yoxud   oilaviy
munosabatlarga xos ibratli misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Nazorat savollari:
1. Beruniy, Farobiy, Yusuf Xos Xojib oila xususida qanday fikrlarni 
bildirishgan?
2. Ibn Sinoning oilaviy munosabatlar haqida  qarashlari  ayting
3. Alisher Navoiyning oila haqidagi qarashlarini psixologik tahlil qiling/
4. Kaykovusning oila haqidagi fikrlarini aytib bering.

Oila va oilaviy munosabatlar borasidagi qarashlar Reja: 1. Sharq mutafakkirlarining oila xususida qarashlari 2. Ibn Sinoning oilaviy munosabatlar haqida qarashlari 3. Islomda oilaviy munosabatlar masalalari

Sharqning buyuk allomalari va ma’rifatparvarlari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxruddin, Ahmad Donish, Abdulla Avloniy, Fitrat va boshqalarning asarlarida Markaziy osiyoda yashab kelayotgan xalqlar, jumladan, o’zbek xalqining oilaviy hayoti, undagi o’zaro munosabatlarning (ayniqsa er-xotin) milliy psixologik xususiyatlari, er-xotinning burch va vazifalari, oilaning turmush tarzi va tarbiyaviy muhiti va boshqalar haqida qimmatli fikrlar mavjud. Oilaviy turmush va undagi shaxslararo munosabatlar madaniyatiga xos masalalar buyuk muhaddis allomalar Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, At-Termiziy ijodlarida hamda tasavvuf falsafasining yirik namoyandalari bo’lmish Ahmad Yassaviy, Baxovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro tariqatlarida ham keng yoritilgandir. Sharq mutafakkirlarining ilmiy-madaniy merosini o’rganar ekanmiz, ularda bayon qilingan oilaviy turmush qoidalari, undagi shaxslararo munosabatlar madaniyati, farzand kamoloti, erkak bilan ayol munosabati, insoniy fazilatlarning shakllanishi haqidagi qimmatli fikrlar sharq xalqlari, xususan, o’zbek xalqining og’zaki ijodi, eposining (o’zbek xalq maqollari, ertaklari, dostonlari, afsonalari, rivoyatlari) uzviyligi asosida tarkib topgan ilmiy-madaniy meros ekanligini ko’ramiz. Chunonchi, o’zbek xalqining og’zaki ijodi va eposlarida mardlik, halollik, kamtarlik, ishonch, sevgiga-sadoqat, do’stlik, adolatlilik, mehnatsevarlik, hamfikrlilik, orastalik, go’zallik, oqillik, e’tiqod, hurmat-ehtirom, oila sha’ni va g’ururini himoya qilish, tug’ilgan joyiga muhabbat, ezgulikka intilish, halol va pok yashash ulug’langan. Bu voqelikni biz Alpomish, Kuntug’mish, Go’ro’g’li, Oysuluv, Layli va Majnun, Yusuf va Zulayho kabi qator o’zbek xalq dostonlarining qahramonlari misolida ko’rishimiz mumkin."Qadimiy eposlarda ayollar bilan erkaklar teng ijtimoiy mavqega ega shaxslar sifatida gavdalanadi, ayollar erlaridan qolishmaydigan jasoratli qilib tasvirlangan" . Sevib turmush qurish, sevgida vafodorlik, oilaviy totuvlik kabi insoniy xislatlar o’rta Osiyo xalqlari, xususan, o’zbek urug’lari va elatlarining xarakterli xususiyati sifatida saqlanib qolgan.

Mutafakkirlarining oila haqidagi qarashlari . Xalq og’zaki ijodi va diniy g’oyalar hamda hikmatnomalar og’zaki tarzda avloddan-avlodga ko’chib sayqallashgan holda saqlanib kelgan bo’lsa, xalqimiz orasidan yetishib chiqqan donishmand va allomalar esa ana shunday qimmatli ma’lumotlarni xalq an’analari va qadriyatlariga tayangan holda o’z asarlarida yoritgan holda ilmiy-madaniy meros sifatida kelgusi avlodlar uchun qoldirganlar. Ulardan biri - jahon ilm-fani hazinasiga munosib hissa qo’shgan mutafakkir olim Abu Nasr Forobiydir. Abu Nasr Forobiy (873-950) jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini va inson kamoloti bosqichlarini, insonlar yashash jarayonida baxt-saodatga erishuv yo’llarini o’zining mashhur asari "Fozil odamlar shahri"da bayon etadi. Forobiy oqil insonlar haqida gapirib, "Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, yomon ishlardan o’zlarini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar" degan edi. Alloma oqillar bor joyda hech qachon muammolar va kelishmovchiliklar bo’lmasligiga ishora qiladi. Uning g’oyalarida oilaning to’liqligi, unda qaror topgan sog’lom ma’naviy muhitning ahamiyatini aks ettiradigan fikrlar ham mavjud. "Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi. U bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi" yoki "odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang’ich asos insoniylikdir. Haqiqiy baxtga erishish maqsadida o’zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar (bizningcha, oila) fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida birlashgan kishilar jamoasi (bizningcha, oila jamoasi) fazilatli jamoadir" . Forobiy keraksiz urf-odatlardan (hozir ham oilaviy hayotda, er-xotin munosabatlarida uchraydi) voz kechish, baxt saodatga erishish yo’llari haqida gapirib shunday deydi: Rahbarlar (er yoki xotin) "yomon odatlarni o’zida ifodalovchi o’tmishni ham o’zgartirmog’i kerak. Aks holda o’tmishni talablariga rioya etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda hech qanday yengillik, o’zgarish va o’sish ham bo’lmaydi". Yoki "Baxt saodatga

erishuv yo’lida nimaiki (bilim, axloq, kasb-hunar) yordam bersa, uni saqlamoq, mustahkamlamoq nimaiki zararli bo’lsa, uni foydali narsaga aylantirishga harakat qilmoq zarur". Biz tadqiqotlarimizda o’rganadigan muammo nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, Forobiyning inson kamoloti, uning jamiyatdagi, oiladagi o’rni, yoshlarning voyaga yetishiga ta’siri to’g’risidagi fikrlari, insonlar jamoasidagi o’zaro hamjihatlik, yordam haqidagi hikmatlari hozirgi oilaviy turmush masalalarini yechishda, undagi munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishda farovon turmush kechirish uchun dasturilamal bo’lib xizmat qiladi. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o’z ijtimoiy qarashlarini aks ettirgan yaxlit ijtimoiy ta’limot yaratmagan bo’lsa-da, lekin u ijtimoiy masalalar bo’yicha o’zining nuqtai nazarini ko’pgina qomusiy asarlarida izhor etishga yoki ular yuzasidan tanqidiy fikrlar aytishga harakat qilgan. Abu Rayhon Beruniyning muayyan qarashlari oilaviy turmush, oila va nikoh, oilaviy qadriyatlar va uning a’zolari o’rtasidagi munosabatlariga xosdir. Bunday ishoralarni Beruniy hikmatlarida ham uchratamiz. "Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir"."Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar o’rtaga kirib olishi bilan ish to’g’ri bo’lmaydi". "Tenglik hukm so’rgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g’am-g’ussa bo’lmaydi oilaviy munosabatlarda ana shunday hikmatlarga amal qilishimiz maqsadga muvofiqdir. Beruniy o’rta Osiyo, Qadimgi Yunon va Hind xalqlari hayotini yaxshi bilgani uchun ular amal qiladigan urf-odatlar, qadriyatlar va milliy madaniyatlarining o’ziga xos tomonlarini taqqoslab tahlil qiladi. Ushbu tahlillar oila-nikoh, oiladagi o’zaro munosabatlarga ham xosdir. Jumladan, u oilalarning "poligamiya" (erkak yoki ayol bir paytning o’zida bittadan ortik er yoki xotinga ega bo’lishiga yo’l qo’yiladigan nikoh shaklini bildiradi) turi haqida ham qimmatli ma’lumotlarni keltiradi. Masalan, Janubiy Hindiston madaniyatida tud erkaklari biologik nuqtai nazardan otalikni o’rnatish bilan qiziqmaganlar. Ularda bolaga otalik rasmini amalga oshirish chog’ida o’qli kamonni homilador ayolga tantanali suratda bergan erkak bolaning otasi hisoblangan. Agar keyinchalik boshqa bir erkak bolaga otalik qilishni xohlab qolsa, bu rasm ayolning navbatdagi homiladorligida takrorlangan.

Bu ma’lumotlar izlanuvchilarda ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davomida oilaviy turmushning takomillashuvi, oila-nikoh munosabatlarining barqarorlashuvi va monogamiya oila turining kelib chiqishi tarixi haqida ilmiy tasavvurlar shakllanishiga yordam beradi. Beruniy qarashlarida oilaviy munosabatlar barqarorligining yetakchi omillari oqillik va mehnatsevarlikning ahamiyati haqida ham qimmatli fikrlar mavjud."Muayyan vazifalarni bajarish zaruriyati inson faoliyatining bir umrga yashash qoidasidir. Insonning qadr-qimmati o’z vazifasini a’lo darajada bajarishidan, shuning uchun ham insonning eng asosiy vazifasi va o’rni mehnat bilan belgilanadi. Zero, inson o’z hohishiga mehnat tufayli erishgan". Ushbu muammoga oid mulohazalar Abu Ali Ibn Sinoning (980-1037) "Donishnoma", "Risolai ishq", "Tib qonunlari", "Uy xo’jaligi" kabi qator asarlari Markaziy Osiyo xalqlari axloq-odobi, tarbiya psixologiyasi, falsafa va tabobat olamida alohida o’rin tutadi. Ibn Sino oilaviy munosabatlarning turli va muhim tomonlarini yoritar ekan, avvalo oila boshlig’i erning oldidagi mas’uliyatli vazifalarga e’tiborini qaratadi. Uning fikricha, birinchi navbatda er oiladagi tarbiyaviy ishlarga doir ham nazariy, ham amaliy ma’lumotlarga ega bo’lishi shart. Shundagina, u haqiqiy oila boshlig’i bo’la oladi. Er-xotin munosabati tenglik hamjihatlik va o’zaro hurmat asosida qurilishi haqida to’xtalib, "Erkak kishi oila boshlig’idir, u oilaning barcha ehtiyojlarini qondirmog’i lozim, chunki bu uning birlamchi vazifasidir. Ayol esa erkakni yaxshi, munosib yo’ldoshi va bola tarbiyasi borasida eng yaxshi voris va yordamchisidir" deb yozadi Ibn Sino. Ibn Sino oilaviy munosabatlar maromi oiladagi tinch totuvlik, mehr-muruvvat, oila g’ururi va sha’ni ko’p jihatdan ayollarga ham bog’liq ekanligi haqida ko’p yozgan. Jumladan, "Oila xo’jaligi" asarida ayollar axloqan eng maqbul, yuqori insoniy fazilatlarga ega bo’lmoqlari lozim, deb yozadi. Mazkur asarning "Ayollarning yaxshi fazilatlari haqida" nomli bo’limida ularning quyidagi fazilatlari bayon qilinadi; ayol aqlan dono, uyatchan, iboli, iffatli bo’lib, ko’p gapirmasligi lozim; u eriga bo’ysunmog’i, uni sevmog’i, farzandlar tug’ib, doimo halol, pok, to’g’ri so’z, kamtar bo’lishi kerak; injiq