logo

YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYORLASH.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

170.5 KB
YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYORLASH .
Reja:
1. O’spirinlarning axloqi va ruhiyati.
2. O’spirinlarni turmush qurishga tayyorlash.
3. Sevgi - murakkab, yuksak insoniy tuyg’u.
1 O’spirinlik   16-18   yoshlarni   qamrab   olgan,   ancha   murakkab   davridir.   Mazkur
davrda  o’quvchi   ham   jismonan,   ham   ma’naviy,   ham   ruhan   sog’lom   rivojlanishga
qadam   qo’yadi,   ijtimoiy   jihatdan   yetuklikka   intiladi.   Jamiyat   fuqarosi   hamda   18
yoshida   esa   saylash   (saylanishi)   fuqaro   sifatida   ijtimoiy   jihatda   voyaga   yetishi,
turmushda   o’z   o’rnini   topishi,   o’z   taqdirini   o’zi   hal   qilish,   yetuk  shaxs   tariqasida
ruhiyati va ma’naviyatining rivoji uchun jamiki shart-sharoitlarini yaratadi.
O’spirin   shaxsi   uning   ijtimoiy   hayotda,   maktab   jamoasida,   tengqurlari   bilan
shaxslararo munosabatlar davrasidagi, o’qish va turmush sharoitidagi o’zgarishlar
ta’siri ostida tarkib topa boshlaydi.
O’spirinning   mehnat   faoliyatida,   ta’lim-tarbiya   jarayonida   aqliy     va   axloqiy
jihatdan   o’sishida   o’ziga   xos   o’zgarishlar,   yangi   xislat   va   fazilatlar   namoyon
bo’layotganligi  kuzatiladi.  Yuqori  sinf  o’quvchilari  ijtimoiy  hayotdagi   vazifalarni
hal   etishda   qatnasha   boshlaydilar.   Ijtimoiy   hayot   tarzida,   ta’lim-tarbiya
xarakterining   o’zgarishi   yigit   va   qizlarda   ilmiy   dunyoqarash,   e’tiqodning
shakllanishiga, yuksak his tuyg’ularning yuzaga kelishi, bilimlarni  o’zlashtirishga
ijodiy yondoshishning kuchayishiga olib keladi.
Turmushda   o’z   o’rnini   topishga   intilish,   kasb-hunar   egallash,   ixtisos   tanlash,
istiqbol   rejalarini   tuzish,   kelajakka   jiddiy   munosabatda   bo’lishni   taqozo   qiladi.
Biroq   bu   davr   jo’shqin   kuch-g’ayrat,   shijoat,   qahramonlik   ko’rsatishga   intilish,
hayotda erkin dunyoqarash  va mustaqil  harakat  qilish:  jamoaga, jamiyat  va tabiat
hodisalariga   romantik   munosabatda   bo’lishi   kabi   xususiyatlar   bilan   boshqa   yosh
davralaridan keskin ajralib turadi.
Ayniqsa,   turmush   va   o’qish   faoliyatlarining   yangicha   shart-sharoitlari,   sinf
jamoasidagi   vaziyat,   o’spirinlarning   maktabda   egallagan   mavqyei,   jamoat
tashkilotlarida   tajriba   orttirish   ularga   o’zgacha   talablar   hamda   mas’uliyatli
vazifalar   yuklaydi.   Bu   davrga   kelib,   yuqori   sinf   o’quvchilari   maktab   muhitida
tashkilotchi,   rahbar,   tarbiyachi,   tashviqotchi   kabi   vazifalarni   ham   o’tay
boshlaydilar.
Ruhshunos   va   pedagog   olimlarning   olib   borgan   qator   tadqiqotlari   shuni
ko’rsatadiki,   maktabda   tarbiya   tartibli,   izchil   olib   borilmasa,   yigit   va   qizlarda
2 chinakam   g’oyaviy   barqaror   e’tiqodni   shakllantirish   haqida   so’z   bo’lishi   ham
mumkin   emas.   O’spirinlar   axloqiy   tushunchalarni   oqilona   shakllantirish,   nojo’ya
xulq-atvor,   chet   el   filmlarning   ma’naviyat   va   ruhiyatga   salbiy   ta’sir   etishini
mustaqil tushuntirish lozim.
O’SPIRINLARNI TURMUSHGA TAYYORLASH.
Turmush  og’irliklarining  achchiq-chuchugini   hali   sinab  boshidan  kechirmagan,
ma’naviy va ruhiy jihatdan to’la kamolotga erishmagan, axloqiy normalarni o’zida
mujassamlashtirmagan   ba’zi   yigit   va   qizlar   tomonidan   qurilayotgan   yosh
oilalarning   obyektiv   va   subyektiv   sabablariga   ko’ra   buzilib   ketishi   xollari   davom
etayotir.   Bunda   ta’lim   va   tarbiya   sohasida   yo’l   qo’yilayotgan   kamchiliklar   ham
sabab   bo’lmoqda.  Shuning  uchun   yoshlarni   turmush   qurishga   tayyorlash   ishlarini
takomillashtirish,   bunda   oqilona   usullar   topish,   o’ziga   xos   vaziyatlardan
foydalanish.
Yigit   va   qizlarning   ma’naviy   holatlarni   bartaraf   etishda,   ularda   ijtimoiy   ongini
shakllantirishda   bo’lajak   oilaning   kelajagiga   yuzaki   munosabatda   bo’lmaslikka
o’rgatishda va ularni oila qurishga tayyorlashda jinsiy tarbiya alohida ahamiyatga
moslikdir.
Erkak va ayollarning teng huquqligi, bir-biriga sadoqati hislarini yoshlar ongiga
singdirish   zarur.   Bu   o’rinda   o’qituvchi   o’zbek   milliy   turmush   tarzidan   aniq
misollar keltirishi lozim. Chunonchi xotin-qizlarga past nazar bilan qarash, ba’zan
huquqda teng emaslik xollarini amaliy ishda ko’rsatib qo’yilayotgan paytlarni ko’z
oldiga   keltirish,   ayrim   o’z-o’ziga   o’t   qo’ygan,   sirka   ichgan,   o’zini   osgan
ayollarning   ayanchli   ahvolidan   lavhalar   keltirilishi   hamda   ularning   ijtimoiy
ildizlari ochib tashlanishi lozim.
O’spirin   yigit   va   qizlarga   erkak   va   ayol   o’rtasidagi   munosabatlar   to’g’risida
yotig’i   bilan   tushuntirish   ota-ona,   shifokor,   sinf   rahbari   va   o’qituvchilar
jamoasining muqaddas murabbiylik burchi bo’lmog’i lozim.
 Mazkur muammoning hal qilish quyidagi ko’rsatilgan vazifalardan iboratdir.
1.Yigit va qizlar o’rtasida axloqiy munosabatlarni to’g’ri shakllantirish.
3 2. O’spirinlarda   o’zaro   hurmat,   beg’araz   do’stlik,   samimiy   hamkorlik   his-
tuyg’ularini rivojlantirish.
3. Axloqiy   tarbiyaning   tabiiy   va   ijtimoiy   masalalarni,   yigit   va   qizlarning
rivojlanish   xususiyatlari   to’g’risida   ularda   ilmiy   tushunchalar   va   haqqoniy
tasavvurlar hosil qilish.
4. Yigit   va   qizlarni   jismoniy   baquvvat,   sog’lom,   madaniyatli   qilib   o’stirish:
totuv oila qurishga tayyorlash.
Bundan   tashqari   ba’zan   qizlarda   ham   yigitlarga   o’xshab   beqaror   hislar   yuzaga
kelishi mumkin.
Oilada   va   maktabda   o’spirinlarning   kamoloti   uchun   quyidagi   zarur   shart-
sharoitlarni yaratish lozim.
1.Yigit   va   qizning   kundalik     rejimini   gigiyena   talablariga   binoan   tuzish   va
tashkil etish
2.O’z vaqtida va normal ovqatlanish.
3.Shaxsiy gigiyenik qoidalariga o’rgatish va shu asosda ko’nikmalar hosil qilish.
4.Aqliy va jismoniy mehnatni bir-biri bilan almashtirib turish.
5.Oilada uy-ro’zg’or ishlariga, maktabda jamoat ishlariga jalb qilish.
6.Yigit   va   qizlarda   o’zaro   bunday   munosabatlarni   shakllantirish   maqsadida,
avvalo   bunday   munosabatlarning   ota-ona   va   oila   a’zolari   o’rtasida   hamisha
samimiy va to’g’ri bo’lishini ta’minlash va hokazo.
                   SEVGI - MURAKKAB, YUKSAK INSONIY TUYFU.
«Bo’lmasa ishq, ikki jahon bo’lmasun,
Ikki jahon demaki, jon bo’lmasun»,-
Alisher Navoiy .
deb, ishqsiz hayot, hayot emas qabilidagi fikrni olg’a suradi. Yengiltaklik bilan
yohud   ko’ngilxushlik   bilan   yuzaga   keladigan   muhabbat   haqiqiy   bo’lmaydi.   U
vaqtincha   ehtirosdan   iborat   bo’lib,   tezda   so’nadi.   Natijada,   qiz   va   yigit   aziyat
chekib bir  umr  pushaymonlik dardidan nola tortadi. Binobarin, sevish  va sevilish
ham   tabiat   in’om   etgan   oliy   tuyg’u   baxsh   etuvchi   yuksak   fazilat   bo’lib,   uning
4 yanada   rivoj   topishi   va   shaxsning   kamolotida   muhim   rol   o’ynaydi:   insonda
«madaniyat mahsuli bo’lgan xislatlar» yuzaga keladi.
Atoqli   davlat   arbobi   A.V.Lunacharskiyning   muhabbat,   nikoh   va   oila   xususida
bayon etgan fikrlari g’oyatda xarakterlidir.
«Kutish,   kutish,   sabr-toqat-qanoat,   bilan   kutish   kerak,   zero   kishilar   bir-birini
sevgan   taqdirdagina   uzoq   umrli   yaxshi   turmush   quriladi.   Shu   sababli   biz   erkak
bilan   ayolning   bir-biriga   ko’ngil   berib   yurishini,   ularning   hirsiy   hislar   ham
aralashgan munosabatlarini inkor etmasligimiz kerak.
O’z   navbatida,   o’quvchilar   adabiyot   darslarida   o’rgangan,   darsdan   bo’sh
vaqtlarida   mutolaa   etgan   she’riy   asarlarida   parchalarni   yoddan   ifodali   o’qib
beradilar.
She’riy   asarlar   bilan   bir   qatorda,   nasriy   va   dramatik   asarlarga   ham   murojaat
etish darsning ta’sirchanligini yanada oshiradi.
O’quvchilar   sevgi-muhabbati   to’g’risida   yozuvchi   Abdulla   Qodiriyning
«Mehrobdan   chayon»   romanidagi   bosh   qahramonlar   Anvar   va   Ra’no   o’rtasidagi
ishqnomadan iborat mushoirani chiroyli qilib o’qib berishlari mumkin.
Anvar : -Hamisha xavfda ko’nglim bu muhabbat intixosidin,  
Meni ham etmasa Majnun debon Ra’noni savdosi.
Ra’no:  –Muhabbat jomidan nush aylagan ahli zako bo’lmish
Funun tibda majnundir kishining qo’ysa safrosi.
X.X.Niyoziyning «Boy ila xizmatchi» dramasidagi  bosh qahramonlari Fofir  va
Jamila   o’rtasidagi   ishqiy   mubohasani   o’qituvchi   yoxud   o’quvchilarning   o’zlari
yuksak   ohangdorlik   bilan   ta’sirchan   o’qib   berishlari   ham   maqsadga   muvofiqdir.
Binobarin   xotinning   vafodorligiga   shubha   uyg’otgan   Xonzodaning   achchiq
kinoya-kesatiq   gaplarini   eshitgan   G’ofirning   Jamilani   qiyin   -   qistoqqa   olib,   unga
bergan   ta’na   –dashnomalarni   va   o’z   navbatida,   Fofirga   chinakam   sadoqatli
ekanligini   bildirgan   Jamilaning   yurak   so’zlarini   sinfda   dars   jarayonida   ehtirosli
o’qishning axloqiy –estetik ta’siri g’oyatda kuchlidir.
5 Badiiy   adabiyotda   ifodalangan   sevgi-muhabbatni   ulug’lovchi   lavhalarni
ta’sirchan   emosional   ohangda   o’qish,   o’z   navbatida,   bu   yuksak   tuyg’ularning
mohiyatini chuqur anglashga yordam beradi.
Sevgi   –   muhabbat   to’g’risidagi   o’quvchilarning   tasavvurlarini   boyitish
maqsadida   ilmiy   manbalarda   bayon   etilgan   manbalardan   ham   ijodiy   foydalanish
mumkin.
 
                                 
6                 Adabiyotlar.
1. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. O.To’rayeva. Tosh-t. O’qit. - 1990.
2. Yusupov E., Ismoilov. Inson odobi bilan. -T., O’zb-n., 1983.
3. Mirtursunov.Z.F. O’zbek xalq pedagogikasi. -T., «Fan», 1973.
4. Oila   pedagogikasi.   A.Munavvarov.   Xalq   pedagogikasi   va   ma’naviy
qadriyatlar tarbiya manbai.  Tosh-t. O’qit. - 1992.
5. Talabalar   uchun   psixologiyasidan   topshiriqlar.     L.P.Xoxlova.   -T.,   O’qit.   -
1992.
6. Mirzakalon Ismoiliy. Odamiylik qissasi. -T., «O’zbek-n»., 1975.
7. Psixologiya v semye. I.Plotniyeks. Moskva.  «Pedagogika» 1991.
8. Oila tayanchi.Ilmiy maqolalar to’plami., Toshkent T.D.P.U. 1998.  
7

YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYORLASH . Reja: 1. O’spirinlarning axloqi va ruhiyati. 2. O’spirinlarni turmush qurishga tayyorlash. 3. Sevgi - murakkab, yuksak insoniy tuyg’u. 1

O’spirinlik 16-18 yoshlarni qamrab olgan, ancha murakkab davridir. Mazkur davrda o’quvchi ham jismonan, ham ma’naviy, ham ruhan sog’lom rivojlanishga qadam qo’yadi, ijtimoiy jihatdan yetuklikka intiladi. Jamiyat fuqarosi hamda 18 yoshida esa saylash (saylanishi) fuqaro sifatida ijtimoiy jihatda voyaga yetishi, turmushda o’z o’rnini topishi, o’z taqdirini o’zi hal qilish, yetuk shaxs tariqasida ruhiyati va ma’naviyatining rivoji uchun jamiki shart-sharoitlarini yaratadi. O’spirin shaxsi uning ijtimoiy hayotda, maktab jamoasida, tengqurlari bilan shaxslararo munosabatlar davrasidagi, o’qish va turmush sharoitidagi o’zgarishlar ta’siri ostida tarkib topa boshlaydi. O’spirinning mehnat faoliyatida, ta’lim-tarbiya jarayonida aqliy va axloqiy jihatdan o’sishida o’ziga xos o’zgarishlar, yangi xislat va fazilatlar namoyon bo’layotganligi kuzatiladi. Yuqori sinf o’quvchilari ijtimoiy hayotdagi vazifalarni hal etishda qatnasha boshlaydilar. Ijtimoiy hayot tarzida, ta’lim-tarbiya xarakterining o’zgarishi yigit va qizlarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodning shakllanishiga, yuksak his tuyg’ularning yuzaga kelishi, bilimlarni o’zlashtirishga ijodiy yondoshishning kuchayishiga olib keladi. Turmushda o’z o’rnini topishga intilish, kasb-hunar egallash, ixtisos tanlash, istiqbol rejalarini tuzish, kelajakka jiddiy munosabatda bo’lishni taqozo qiladi. Biroq bu davr jo’shqin kuch-g’ayrat, shijoat, qahramonlik ko’rsatishga intilish, hayotda erkin dunyoqarash va mustaqil harakat qilish: jamoaga, jamiyat va tabiat hodisalariga romantik munosabatda bo’lishi kabi xususiyatlar bilan boshqa yosh davralaridan keskin ajralib turadi. Ayniqsa, turmush va o’qish faoliyatlarining yangicha shart-sharoitlari, sinf jamoasidagi vaziyat, o’spirinlarning maktabda egallagan mavqyei, jamoat tashkilotlarida tajriba orttirish ularga o’zgacha talablar hamda mas’uliyatli vazifalar yuklaydi. Bu davrga kelib, yuqori sinf o’quvchilari maktab muhitida tashkilotchi, rahbar, tarbiyachi, tashviqotchi kabi vazifalarni ham o’tay boshlaydilar. Ruhshunos va pedagog olimlarning olib borgan qator tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, maktabda tarbiya tartibli, izchil olib borilmasa, yigit va qizlarda 2

chinakam g’oyaviy barqaror e’tiqodni shakllantirish haqida so’z bo’lishi ham mumkin emas. O’spirinlar axloqiy tushunchalarni oqilona shakllantirish, nojo’ya xulq-atvor, chet el filmlarning ma’naviyat va ruhiyatga salbiy ta’sir etishini mustaqil tushuntirish lozim. O’SPIRINLARNI TURMUSHGA TAYYORLASH. Turmush og’irliklarining achchiq-chuchugini hali sinab boshidan kechirmagan, ma’naviy va ruhiy jihatdan to’la kamolotga erishmagan, axloqiy normalarni o’zida mujassamlashtirmagan ba’zi yigit va qizlar tomonidan qurilayotgan yosh oilalarning obyektiv va subyektiv sabablariga ko’ra buzilib ketishi xollari davom etayotir. Bunda ta’lim va tarbiya sohasida yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar ham sabab bo’lmoqda. Shuning uchun yoshlarni turmush qurishga tayyorlash ishlarini takomillashtirish, bunda oqilona usullar topish, o’ziga xos vaziyatlardan foydalanish. Yigit va qizlarning ma’naviy holatlarni bartaraf etishda, ularda ijtimoiy ongini shakllantirishda bo’lajak oilaning kelajagiga yuzaki munosabatda bo’lmaslikka o’rgatishda va ularni oila qurishga tayyorlashda jinsiy tarbiya alohida ahamiyatga moslikdir. Erkak va ayollarning teng huquqligi, bir-biriga sadoqati hislarini yoshlar ongiga singdirish zarur. Bu o’rinda o’qituvchi o’zbek milliy turmush tarzidan aniq misollar keltirishi lozim. Chunonchi xotin-qizlarga past nazar bilan qarash, ba’zan huquqda teng emaslik xollarini amaliy ishda ko’rsatib qo’yilayotgan paytlarni ko’z oldiga keltirish, ayrim o’z-o’ziga o’t qo’ygan, sirka ichgan, o’zini osgan ayollarning ayanchli ahvolidan lavhalar keltirilishi hamda ularning ijtimoiy ildizlari ochib tashlanishi lozim. O’spirin yigit va qizlarga erkak va ayol o’rtasidagi munosabatlar to’g’risida yotig’i bilan tushuntirish ota-ona, shifokor, sinf rahbari va o’qituvchilar jamoasining muqaddas murabbiylik burchi bo’lmog’i lozim. Mazkur muammoning hal qilish quyidagi ko’rsatilgan vazifalardan iboratdir. 1.Yigit va qizlar o’rtasida axloqiy munosabatlarni to’g’ri shakllantirish. 3

2. O’spirinlarda o’zaro hurmat, beg’araz do’stlik, samimiy hamkorlik his- tuyg’ularini rivojlantirish. 3. Axloqiy tarbiyaning tabiiy va ijtimoiy masalalarni, yigit va qizlarning rivojlanish xususiyatlari to’g’risida ularda ilmiy tushunchalar va haqqoniy tasavvurlar hosil qilish. 4. Yigit va qizlarni jismoniy baquvvat, sog’lom, madaniyatli qilib o’stirish: totuv oila qurishga tayyorlash. Bundan tashqari ba’zan qizlarda ham yigitlarga o’xshab beqaror hislar yuzaga kelishi mumkin. Oilada va maktabda o’spirinlarning kamoloti uchun quyidagi zarur shart- sharoitlarni yaratish lozim. 1.Yigit va qizning kundalik rejimini gigiyena talablariga binoan tuzish va tashkil etish 2.O’z vaqtida va normal ovqatlanish. 3.Shaxsiy gigiyenik qoidalariga o’rgatish va shu asosda ko’nikmalar hosil qilish. 4.Aqliy va jismoniy mehnatni bir-biri bilan almashtirib turish. 5.Oilada uy-ro’zg’or ishlariga, maktabda jamoat ishlariga jalb qilish. 6.Yigit va qizlarda o’zaro bunday munosabatlarni shakllantirish maqsadida, avvalo bunday munosabatlarning ota-ona va oila a’zolari o’rtasida hamisha samimiy va to’g’ri bo’lishini ta’minlash va hokazo. SEVGI - MURAKKAB, YUKSAK INSONIY TUYFU. «Bo’lmasa ishq, ikki jahon bo’lmasun, Ikki jahon demaki, jon bo’lmasun»,- Alisher Navoiy . deb, ishqsiz hayot, hayot emas qabilidagi fikrni olg’a suradi. Yengiltaklik bilan yohud ko’ngilxushlik bilan yuzaga keladigan muhabbat haqiqiy bo’lmaydi. U vaqtincha ehtirosdan iborat bo’lib, tezda so’nadi. Natijada, qiz va yigit aziyat chekib bir umr pushaymonlik dardidan nola tortadi. Binobarin, sevish va sevilish ham tabiat in’om etgan oliy tuyg’u baxsh etuvchi yuksak fazilat bo’lib, uning 4

yanada rivoj topishi va shaxsning kamolotida muhim rol o’ynaydi: insonda «madaniyat mahsuli bo’lgan xislatlar» yuzaga keladi. Atoqli davlat arbobi A.V.Lunacharskiyning muhabbat, nikoh va oila xususida bayon etgan fikrlari g’oyatda xarakterlidir. «Kutish, kutish, sabr-toqat-qanoat, bilan kutish kerak, zero kishilar bir-birini sevgan taqdirdagina uzoq umrli yaxshi turmush quriladi. Shu sababli biz erkak bilan ayolning bir-biriga ko’ngil berib yurishini, ularning hirsiy hislar ham aralashgan munosabatlarini inkor etmasligimiz kerak. O’z navbatida, o’quvchilar adabiyot darslarida o’rgangan, darsdan bo’sh vaqtlarida mutolaa etgan she’riy asarlarida parchalarni yoddan ifodali o’qib beradilar. She’riy asarlar bilan bir qatorda, nasriy va dramatik asarlarga ham murojaat etish darsning ta’sirchanligini yanada oshiradi. O’quvchilar sevgi-muhabbati to’g’risida yozuvchi Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanidagi bosh qahramonlar Anvar va Ra’no o’rtasidagi ishqnomadan iborat mushoirani chiroyli qilib o’qib berishlari mumkin. Anvar : -Hamisha xavfda ko’nglim bu muhabbat intixosidin, Meni ham etmasa Majnun debon Ra’noni savdosi. Ra’no: –Muhabbat jomidan nush aylagan ahli zako bo’lmish Funun tibda majnundir kishining qo’ysa safrosi. X.X.Niyoziyning «Boy ila xizmatchi» dramasidagi bosh qahramonlari Fofir va Jamila o’rtasidagi ishqiy mubohasani o’qituvchi yoxud o’quvchilarning o’zlari yuksak ohangdorlik bilan ta’sirchan o’qib berishlari ham maqsadga muvofiqdir. Binobarin xotinning vafodorligiga shubha uyg’otgan Xonzodaning achchiq kinoya-kesatiq gaplarini eshitgan G’ofirning Jamilani qiyin - qistoqqa olib, unga bergan ta’na –dashnomalarni va o’z navbatida, Fofirga chinakam sadoqatli ekanligini bildirgan Jamilaning yurak so’zlarini sinfda dars jarayonida ehtirosli o’qishning axloqiy –estetik ta’siri g’oyatda kuchlidir. 5