logo

Millat genofondini mustahkamlashda ijtimoiy tartibning o‘rni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.65625 KB
Millat genofondini mustahkamlashda ijtimoiy tartibning o‘rni
Reja
1.Millat genofondiga  bo‘lgan tahdidlarning tabiiy va ijtimoiy omillari.
2. Millat   genofondining   yaxshilanib   borishini   ko‘rsatuvchi   eng   muhim
indikatorlardan biri  –  bu o‘rtacha umr ko‘rsatkichining oshib bor ishi .
3.Millat   genofondini   muhofaza   qilish   adolatli   ijtimoiy     tartibga,   bunday
tartibning   o‘rnatilishi   samarali   nazorat   tizimining   shakllanganligiga
bog‘liqligi. 1.Millat genofondiga  bo‘lgan tahdidlarning tabiiy va ijtimoiy omillari.
Bugungi   kunda   insoniyat   jamiyatidagi   global   muammolar   inson   zotining
keyingi   mavjud   bo‘lishini   ham   gumon   qilib   qo‘ymoqda.   Shuning   uchun   bugungi
kunda   inson   zotini   asrab   qolish   muammosi   zamonamizning   eng   dolzarb
muammolaridan hisoblanadi. Inson zotini asrash muammosi har bir mamlakatning
milliy   genofondini   asrash   va   mustahkamlash   masalasining   ustuvorligini   belgilab
beradi. Millat genofondiga va, umuman, inson zotiga bo‘lgan tahdidlarning tabiiy
va   ijtimoiy   omillari   mavjud.   Bunga   2019   yilning   oxirida   Xitoyda   paydo   bo‘lib
butun dunyoga tarqalgan SOVID-19 koronavirus pandemiyasi bunga yaqqol misol
bo‘la oladi. Mavjud bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy muammolar insoniyat jamiyatining
keyingi   mavjud   bo‘lishini   gumon   qilib   qo‘ydi.   Tabiiy   va   ijtimoiy   muammolarni
bartaraf   qilish   uchun   ularni   keltirib   chiqargan   sabablarni   aniqlash   kerak   bo‘ladi.
Chuqurroq   fikr-mulohaza   yuritib   ko‘rilsa,   sabab   insoniyat   jamiyatida   ijtimoiy
tartibning   buzilganligi   ekanligini   anglab   olish   mumkin.   Chunki   insoniyat
jamiyatining   nafaqat   taraqqiy   etishining,   balki   mavjud   bo‘lishining   ham   muhim
sharti ijtimoiy tartibning o‘rnatilganligi hisoblanadi. Ijtimoiy tartibsizlik natijasida
kelib   chiqqan   ekologik   muammolar,   yadro   qirg‘in   quroli,   oila   global   inqirozi   va
boshqa   global   muammolar   tahdidi   har   bir   millat   genofondini   asrab   qolish
masalasining dolzarbligini belgilab beradi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoev   rahnamoligida
mamlakatimizda   kuchli,   aniq   va   manzilli   tarzda   ijtimoiy   himoyalash,   xalqimiz
farovonligini   yanada   yuksaltirish,   hech   kimdan   kam   bo‘lmagan   avlodni   voyaga
yetkazish,   millatimiz   genofondini   yanada   sog‘lomlashtirish,   tibbiy   xizmat   sifatini
yaxshilash,   ixtisoslashtirilgan   shifo   maskanlarini   barpo   etish   va   ular   faoliyatini
zamon   talablari   darajasida   yo‘lga   qo‘yish,   aholining   tibbiy   madaniyatini
yuksaltirishga   ustuvor   vazifa   sifatida   e’tibor   qaratilayotganini   alohida   ta’kidlash
darkor.   Ushbu   ishlarda   nafaqat   davlat,   balki   fuqarolik   jamiyati   institutlari,
jumladan,   nodavlat   tashkilotlar   ham   faol   ishtirok   etmoqda   va   bu   keng   xalqaro
jamoatchilik tomonidan e’tirof etilmoqda.  Masalan,   AQShning   “Cheksiz   imkoniyatlar”   tashkiloti   rahbari   Sindi
EDSON   ushbu   xususda   gapirib:   “O‘zbekistonda   olib   borilayotgan   islohotlar,
aholini ijtimoiy muhofaza qilish jarayonida erishilgan yutuqlar ko‘lami va miqyosi
jihatdan   g‘oyat   ulkandir.   Xususan,   bolalarni   ijtimoiy   himoyalash,   ularning
jismonan va ma’nan sog‘lom voyaga yetishi uchun zarur imkoniyat va sharoitlarni
yaratish,   vazirlik   va   idoralar,   jamoat   tashkilotlarining   bu   boradagi   hamkorligini
kuchaytirish, ijtimoiy xizmatning yangi turlarini joriy etish va sifatini yaxshilashga
oid barcha ishlar ibratlidir”, 1
 -deydi.
O‘zbekiston Respublikasi  Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2004 yil
25   mayda   qabul   qilingan   “O‘zbekiston   Xotin-qizlar   qo‘mitasi   faoliyatini   qo‘llab-
quvvatlash   borasidagi   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi   farmoni   xotin-
qizlarning jismoniy, ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish, oila, onalik va
bolalik   manfaatlarini   ta’minlash,   millat   genofondini   yanada   sog‘lomlashtirishda
muhim   dasturilamal   bo‘layotir.   Ayni   paytda   mazkur   hujjat   xotin-qizlar   nodavlat-
notijorat tashkilotlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur tashkiliy-texnik
sharoitlarni yaratish, ular ishini muvofiqlashtirishga  h am xizmat qilmoqda.
Millat   genofondini   saqlashda   O‘zbekiston     Yoshlar   ittifoqining   ham   roli
kattadir.   Yoshlarni   har   tomonlama   barkamol   qilib   tarbiyalashda   ushbu   tashkilot
muhim   rol   o‘ynamoqda.   Ayniqsa,   yoshlarni   oilaviy   hayotga   tayyorlashda,   oila
muqaddasligini   anglab   olishda   va   bola   tarbiyasi   oldidagi   mas’uliyatni
shakllantirishda  Yo shlar  ttifoq i o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. Yoshlarga erta turmush
qurishning   salbiy   oqibatlarini   tushuntirish   va   nikoh   to‘ylaridagi   ortiqcha
dabdababozliklarning   oldini   olishga   qaratilgan   tadbirlar   ham   muntazam   ravishda
amalga   oshirilmoqda.   Yoshlar   ittifoq i   jismonan   sog‘lom,   aqlan   yetuk   va   ma’nan
yuksak  avlodni  shakllantirishda   faol   ishtirok etib  kelmoqda. Yoshlarni ng   ijtimoiy
siyosiy   hayotda   ishtirok   etish   ehtiyojlarini   qondirishda   mazkur   tashkilo t   o‘z
o‘rniga   ega   bo‘lmoqda.   Bu   bilan   yoshlar   harkati   millat   genofondini   yanada
mustahkamlash g a o‘zining munosib hissasin qo‘shib kelmoqda.   Bunda “ Kamolot ”
1
Ме ҳ р-мурувват марафони . 2012 й. 25 январь // Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги (ЎзА)нинг веб-сайти
–  www.uza.uz. yoshlar   ijtimoiy   harakatini ng     tashkilotga   aylantiri li sh i   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘ldi .
Mamlakatimiz yirik jamoat tashkilotlaridan biri – O‘zbekiston Xotin-qizlar
qo‘mitasi   –   o‘z   faoliyati   davomida   xotin-qizlarning   jismoniy,   ma’naviy   va
intellektual   salohiyatini   yuksaltirish,   oila,   onalik   va   bolalik   manfaatlarini
ta’minlash,   millat   genofondini   yanada   sog‘lomlashtirishga   alohida   e’tibor
qaratmoqda.   Ayollarning   ilg‘or   g‘oya   va   tashabbuslarini   qo‘llab-quvvatlash   va
hayotga   tatbiq   etishga   doir   bir   qator   ijtimoiy   loyihalar   muvaffaqiyatli   amalga
oshirilmoqda.
Xotin-qizlar   qo‘mitasi   boshlang‘ich   tashkilotlari   o‘z   faoliyatida   qizlarni
milliy   qadriyatlarimizga   hurmat   ruhida   tarbiyalash,   ularni   yot   g‘oyalar   ta’siridan
asrab-avaylash,   mustaqil   hayotga   tayyorlashga   alohida   e’tibor   qaratmoqda.
Xususan,   o‘quv   muassasalarida   “Orasta   qizlar”   to‘garaklarining   tashkil   etilgani
qizlarimizning o‘z salomatligi, oila, jamiyat oldidagi mas’uliyatni teran anglashiga
ko‘maklashmoqda.   Toshkent   tibbiyot   akademiyasi   xotin-qizlar   qo‘mitasi
boshlang‘ich   tashkilotining   hisobotida:   “Bizning   oliy   ta’lim   maskanimizda   ham
olimalar,   tibbiyot   xodimlari,   faol   talaba-qizlar   ishtirokida   joylarda   sog‘lom
turmush   tarzini   targ‘ib   etishga   oid   muloqotlar,   uchrashuvlar,   ma’rifiy   anjumanlar
o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yurtimizda ona va bola salomatligini
ta’minlash,   millatimiz   genofondini   yanada   sog‘lomlashtirish,   yoshlarni   oilaviy
hayotga   tayyorlashga   doir   ibratli   ishlar   mohiyatini   aholiga   kengroq   yetkazish
imkonini bermoqda” 2
deyilgan.
Qo‘mita   tashabbusi   bilan   o‘tkazilayotgan   ayollar   spartakiadalari,   sport
festivallari,   turli   kasb   sohibalari   o‘rtasidagi   musobaqalar,   talaba,   o‘quvchi   qizlar
turnirlari,   oilaviy   sport   bellashuvlari,   “To‘maris”   ayollar   sport   festivallari
chinakamiga salomatlik, nafosat va go‘zallik bayramiga aylangan bo‘lsa, havaskor
haydovchi   xotin-qizlar   o‘rtasidagi   “Avtoolam   malikasi”   avtopoygasi,   ot   sporti
bo‘yicha   “Chavandoz   malikalar”   turniri,   yakkakurash   bo‘yicha   “Mashriq   zamin
malikasi” ko‘rik-tanlovi xotin-qizlarda tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda. Sinxron
2
Бошлан ғ ич ташкилотлар фаоллиги ошмо қ да . 2011 й. 16 ноябрь // www.uza.uz. suzish,   badiiy   gimnastika   bo‘yicha   respublika   miqyosidagi   bellashuvlar,   qizlar
o‘rtasida   stol   tennisi   bo‘yicha   “Kamolot   malikasi”   turniri,   oilaviy   sport
musobaqalari, sog‘lomlashtirish marafonlarini  muntazam  ravishda o‘tkazib borish
xayrli  an’anaga aylangan. Mazkur  jamoat  tashkiloti qoshida tashkil  etilgan “Ayol
va sport” komissiyasi yurtimizning barcha hududlaridagi mahallalarda xotin-qizlar,
oddiy   uy   bekalarini   ommaviy   sportga   jalb   etish,   ular   o‘rtasida   sog‘lom   turmush
tarzini   targ‘ib   etish,   sportning   muayyan   turi   bo‘yicha   ayol   murabbiylarni
tayyorlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda 3
.
Atrof-muhit   muhofazasini   ta’minlashda   jamoat   fondlarining   o‘rni   va
ularning bu boradagi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari katta ahamiyat
kasb etadi.  Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya
jamg‘armasining   asosiy   vazifalari   doirasiga:   1)   tug‘ruqqa   yordam   va   bolalar
muassasalarining   moddiy-texnik   bazasini   mustahkamlashga,   ularni   zamonaviy
uskunalar   bilan   jihozlashga,   yangi,   samarali   davolash   vositalari   bilan   ta’minlash;
2)   jamoatchilik   va   davlat   tuzilmalarining   jahon   tajribasini   hisobga   olgan   holda
kelajak   avlod   naslini   yaxshilashga   qaratilgan   kuch-g‘ayratlarini
muvofiqlashtirishga keng ko‘lamda ko‘maklashish kiradi 4
.
Orolbo‘yi   hududida   yashayotgan   odamlarning   ahvolini   yaxshilash,
avvalambor, ularning sog‘lig‘ini asrash, nasl-nasabini ba’zi ofatlardan saqlash, bu
yerdagi ijtimoiy vaziyatni o‘nglash borasida amaliy ishlarni bajarish, bunga kerakli
mablag‘ va imkoniyatlarni topish va shu maqsadga yo‘naltirish – bugungi kundagi
eng   dolzarb,   chetga   surib   bo‘lmaydigan   vazifadir 5
.   Hozirgi   vaqtda   Jahon   banki,
Osiyo taraqqiyot banki, Global ekologiya fondi, turli xalqaro tashkilotlar va ayrim
mamlakatlarning   faol   yordami   hamda   ishtirokida   mintaqada   istiqomat   qiluvchi
3
 “Аёллар ва спорт” мавзуида давра су ҳ бати . 2008 й. 28 февраль // www.uza.uz.
4
Ўзбекистон Республикаси  Президентининг 1993 й. 23 апрель “Ҳукуматга қарашли бўлмаган “Соғлом авлод
учун”   Халқаро   хайрия   жамғармасини   ташкил   этиш   тўғрисида”ги   Фармони   //   Ўзбекистон   Республикаси
Қонун хужжатлари Миллий базасининг веб-сайти – www.lex.uz.  
5
Каримов   И.А.   Қорақалпоқ   диёрининг   салоҳиятини   рўёбга   чиқариш,   одамлар   ҳаётини   янада   яхшилаш   –
долзарб   вазифа.   Қорақалпоғистон   Республикаси   Жўқорғи   Кенгесининг   навбатдан   ташқари   сессиясида
сўзланган нутқ. 2002 й. 2 май // www.press-service.uz. aholi genofondiga xavf solayotgan noxush vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha bir
qator loyihalar amalga oshirilmoqda 6
. 
Orolbo‘yi genofondini muhofaza qilish xayriya jamg‘armasi: 1) mintaqani
barqaror   rivojlantirishning   asosiy   sharti   sifatida   Orolbo‘yi   aholisi   sog‘lig‘ini
saqlash   va   atrof   tabiiy   muhitini   muhofaza   qilish   masalalari   bo‘yicha   tizimli
dasturlar   va   loyihalar   ishlab   chiqishni   tashkil   etish   va   ularni   amalga   oshirish;   2)
sog‘liqni   saqlash   mintaqaviy   tizimini   takomillashtirishda,   aholining,   ayniqsa,
bolalar   va   ayollarning   sog‘lig‘i   darajasini   oshirishda,   sanitariya-epidemiologiya
vaziyatini   yaxshilashda,   kundalik   hayotga   oilaviy   salomatlik   madaniyatini   joriy
etishda yordam ko‘rsatish;  3) atrof tabiiy muhit, shu jumladan, Orolbo‘yi nabotot
va   hayvonot   dunyosini   sog‘lomlashtirish   hamda   muhofaza   qilish   muammolarini
hal   etishga   jamoatchilikni   jalb   etish;   4)   mintaqaning   biologik   rang-barangligini
saqlashda   va   tiklashda   faol   ishtirok   etish;   5)   yuqorida   ko‘rsatib   o‘tilgan
muammolar va vazifalarni hal qilishga xalqaro tashkilotlarni keng jalb etish 7
  bilan
shug‘ullanadi.
2. Millat   genofondining   yaxshilanib   borishini   ko‘rsatuvchi   eng   muhim
indikatorlardan biri  –  bu o‘rtacha umr ko‘rsatkichining oshib bor ishi .
Ko‘rib chiqilayotgan yo‘nalishda jahondagi nufuzli moliya muassasalari va
xalqaro   tashkilotlar   bilan   hamkorlikda   amalga   oshirilayotgan   qator   loyihalar
yuksak   samaralar   bermoqda.   Oziq-ovqat   mahsulotlarini   foydali   mikroelementlar
bilan  boyitish,   chaqaloqlarni   ko‘krak  suti   bilan   oziqlantirish,   bolalarni   va   tug‘ruq
yoshidagi   ayollarni   vitaminlar,   shifobaxsh   preparatlar   bilan   ta’minlashga
yo‘naltirilgan   keng   ko‘lamli   ishlar   shular   jumlasidandir.   Ushbu   chora-tadbirlar
aholi,   ayniqsa,   onalar   va   bolalar   o‘rtasida   temir   moddasi   tanqisligi   va   yod
yetishmovchiligi   tufayli   kelib   chiqadigan   xastaliklarning   oldini   olish,   oilada
sog‘lom   farzand   tug‘ilishi   va   kamolga   yetishini   ta’minlash,   millatimizning
6
Каримов   И.А.   Оролни   қутқариш   халқаро   жамғармаси   таъсисчи   давлатлари   раҳбарларининг   учрашувида
сўзланган нутқ. 2009 й. 29 апрель // www.press-service.uz.
7
Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасининг   2004   й.   3   апрель   “Оролбўйи   генофондини   муҳофаза
қилиш хайрия жамғармасини ташкил этиш тўғрисида”ги Қарори // www.lex.uz.   genofondini   mustahkamlash,   inson   umrini   yanada   uzaytirishga   xizmat   qilayotir 8
.
Aholining ovqatlanish darajasini yanada yaxshilashga doir milliy strategiya 9
 bunda
muhim o‘rin tutadi.
“O‘zbekiston madaniyati  va  san’ati  forumi” jamg‘armasi,  “Hayot  uchun!”
milliy   uyushmasi,   “Ayollar   kengashi”   respublika   jamoat   birlashmasi   faoliyatida
aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi g‘oyalarini
qaror   toptirish,   ayollarda   uchraydigan   xavfli   xastaliklarni   erta   aniqlash   kabi
masalalar   ustuvor   ahamiyat   kasb   etadi.   Hamkorlikda   o‘tkazilayotgan   ijtimoiy
aksiyalar,   grant   dasturlari,   sog‘lomlashtirish-profilaktika   choralari   ushbu   xayrli
maqsadlarga xizmat qilmoqda 10
.
AQShning Syuzan Komen nomidagi saratonga qarshi kurashish fondi vakili
Donna   Anderson   ushbu   xususda   gapirib:   “O‘zbekistonda   barkamol   yoshlarni
tarbiyalash,   sog‘liqni   saqlash,   oilalar   manfaatlarini   himoyalash  borasida   faxrlansa
arzigulik ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday loyihalarda jamoat tashkilotlari ham
faol ishtirok etayotgani e’tiborga molik”, 11
-deb ta’kidlaydi.
Sport   sog‘lom   avlodni   kamol   toptirish,   millat   genofondini
sog‘lomlashtirish   yo‘lidagi   sa’y-harakatning   bir   bosqichidir.   Ushbu   jarayonlarda
sport yo‘nalishidagi jamoat tashkilotlarining ishtirok etishi mazkur harakatga yangi
kuch qo‘shyapti.
Jamoat   tashkilotlari,   shuningdek,   istiqlol   yillarida   millat   genofondini
saqlashda   erishilgan   ulkan   yutuqlarning   mohiyati   va   ahamiyatini
yurtdoshlarimizga   samarali   va   ta’sirchan   tarzda   yetkazishga   qaratilgan   bir   qator
ijodiy loyihalar, badiiy fotoko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazib kelmoqda 12
.
Tamaki   chekishga   qarshi   milliy   markaz   kashandalikning   oldini   olishdek
ezgu   maqsadga   xizmat   qilayotir 13
.   Bugun   mazkur   markaz   aholi,   ayniqsa,   yoshlar
o‘rtasida   kashandalikning   oldini   olish,   ularga   buning   oqibatida   kelib   chiqadigan
8
 Янги тиббий-ижтимоий марказ та қ димоти . 2009 й. 25 июнь //  www . uza . uz .
9
Қаранг:   “Қишлоқ   тараққиёти   ва   фаровонлиги   йили”   Давлат   дастури.   Ўзбекистон   Республикаси
Президентининг 2009 й. 26 январдаги Қарорига илова  //www.lex.uz.  
10
 Ме ҳ р ва эзгулик ак ц ияси . 2012 й. 1 май //  www . uza . uz
11
 Ме ҳ р-мурувват марафони . 2012 й. 25 январь //  www . uza . uz .
12
 Саломатлик – фотоижодкорлар ниго ҳ ида . 2012 й. 24 июль //  www . uza . uz .
13
 Тамаки – саломатлик кушандаси . 2011 й. 1 июнь //  www . uza . uz . kasalliklarni   tushuntirish,   kashandalikdan   qutilishga   ko‘maklashish   maqsadida
muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 
Muhim   fuqarolik   instituti   –   ommaviy   axborot   vositalarining
qadriyatlarimizning bardavomligini ta’minlash, oilalarni yanada mustahkamlashga
oid   faoliyati   diqqatga   sazovordir.   Milliy   media   tizimda   tashkil   qilingan   “Oila   –
jamiyat   tayanchi”,   “Oila   sog‘lom   ekan,   jamiyat   mustahkam,   jamiyat   mustahkam
ekan, mamlakat barqaror” va boshqa maxsus ruknlar orqali fuqarolar axborot bilan
to‘la   ta’minlanmoqda.   Oilalarga   g‘amxo‘rlik   ko‘rsatishga   doir   ezgu   ishlar
ko‘lamidan yurtimiz va jahon jamoatchiligini tezkor, xolis, samarali va ta’sirchan
tarzda   xabardor   etib   borish   maqsadida   internet   nashrlar,   gazeta   va   jurnallarning
veb-saytlari faoliyati yanada jonlanmoqda 14
.
Fuqarolik   institutlarining   mazkur   yo‘nalishdagi   ezgu   sa’y-harakatlari
jamiyatda   sog‘lom   turmush   tarzi   g‘oyalarini   mustahkam   qaror   toptirish,   turli
xastaliklarning   oldini   olish,   xalqimizning   o‘rtacha   umr   ko‘rish   ko‘rsatkichini
sezilarli darajada oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Millat   genofondining   yaxshilanib   borishini   ko‘rsatuvchi   eng   muhim
indikatorlardan   biri   –   bu   o‘rtacha   umr   ko‘rsatkichining   oshib   borayotganligidir.
Mustaqillik   yillarida   o‘rtacha   umr   ko‘rsatkichi   65   yoshdan   75   yoshgacha
uzayganligi   davlat   ijtimoiy   siyosatining   kuchliligini   va   fuqarolik   jamiyati
institutlarining   aholi   ijtimoiy   himoyasida   faol   ishtirokining   natijasi   hisoblanadi.
Millat   genofondini   mustahkamlashning   muhim   ko‘rsatkichi   bo‘lgan   hayot
davomiyligini uzaytirish biologik, genetik va ijtimoiy sharoit   omillariga bog‘liq. 
Inson   hayotining   davomiyligini   uzaytirish   millat   genofondi
mustahkamligining muhim omili ekan, asosiy e’tibor aholining hayotini uzaytirish
masalalariga qaratilishi  lozim. Albatta, hayotni  uzaytirishda  insonning moddiy va
ma’naviy   ehtiyojlari   to‘liq   qondirilganlik   holati   muhim   ahamiyatga   ega.   Lekin
inson   hayotini   uzaytirishda   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   yana   bir   omil   bor,   u
ham   bo‘lsa,   insondagi   qo‘rquvsiz,   erkin   yashash   hissining   mavjudligi.   Fiziolog
olimlarning qo‘y ustida o‘tkazgan tajribasi  qo‘rquv   t irik organizmga qattiq salbiy
14
 Оила му ст а ҳ камлиги ва журнали ст  мас ъ улияти . 2012 й. 30 март //  www . uza . uz . ta’sir   etishini   ko‘rsatgan.   Tajriba   jarayonida   ikkita   alohida   xonada   ikkita   qo‘y
boqilgan,   faqat   xonalardan   birida   qafasga   bo‘ri   solib   qo‘yilgan.   Natija   shunday
bo‘lganki,   bo‘ri bo‘lgan xonadagi qo‘y suv ichyapti, ovqat iste’mol qilyapti, lekin
ozib boryapti va oxir oqibatda o‘lyapti, demak, qo‘rquv tirik organizmga halokatli
ta’sir etar ekan. 
Inson   qo‘rqmasdan   erkin   yashashi   uchun   u   oldin   mustaqil   bo‘lishi   lozim,
mustaqil   bo‘lmagan   odam   erkin   yashay   olmaydi,   chunki,   u   o‘z   x atti-harakati
mustamlakachi   hokimiyat   tomonidan   qanday   baholanishini   bilmaydi.   Shu   nuqtai
nazardan   qaraganda   mustaqillik   millat   genofondini   mustahkamlashning   muhim
sharti hisoblanadi, chunki  mustaqillik o‘zbek xalqiga qo‘rqmasdan, erkin yashash
imkoniyatini   berdi.   Albatta,   inson   mutlaq   erkin   bo‘la   olmaydi,   aks   holda   u
hayvondan   farq   qilmay   qoladi.   Insonning   erki   huquq   va   axloq   me’yorlari   orqali
cheklanib   turadi   va   shu   tarzda   insoniyat   jamiyatida   ijtimoiy   tartib   o‘rnatiladi.
Buning   uchun   ijtimoiy   tartib   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   huquq   va   axloq
me’yorlariga rioya qilish ta’minlangan bo‘lishi lozim. Bu esa, barcha vaqtlarda eng
mura k kab   muammo   bo‘lib   kelgan   va   bugungi   kunda   ham   xuddi   shunday   bo‘lib
qolmoqda.
Ijtimoiy   tartib   o‘rnatilishi   uchun   davlat   va   jamiyat   nazoratidan   iborat
bo‘lgan   nazorat   mexanizmi   shakllangan   bo‘lishi   lozim.   Bugungi   kunda   fuqarolik
jamiyati institutlarining kuchayib borishi va nazorat jarayonida davlatga hamkor va
sherik bo‘lishi ijtimoiy tartibni o‘rnatishning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda.
Demak, fuqarolik jamiyati institlari insonni qo‘rquvsiz, erkin yashashining muhim
sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   o‘zlarining   munosib   o‘rinlariga   ega
bo‘lishmoqda.   Bu   esa   millat   genofondi   mustahkamligini   belgilovchi   hayot
davomiyligini   uzaytirishning   muhim   sharti   hisoblanadi.   Buni   anglab   olish   uchun
millat   genofondini   mustahkamlashda   ijtimoiy   tartibning   o‘rni   masalasini
chuqurroq tahlil qilish kerak bo‘ladi.
Ijtimoiy   tartib   o‘rnatilmaganda   edi,   inson   zoti   biologik   mavjudot   sifatida
allaqachonlar yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lar edi. Umuman, inson zoti abadiy fakt emas,
ya’ni   u   qachonlardir   paydo   bo‘lgan   va,   demak,   qachonlardir   yo‘q   bulib   ketish ehtimoli   mavjuddir.   Insoniyat   mavjud   bo‘lishining   muhim   sharti   –   bu   ijtimoiy
tartibning   barqarorligi   ta’minlanganlik   holatidir.   Ijtimoiy   tartib   o‘rnatilmagan
muhitda insoniyat genofondiga tahdid kuchayib boradi. 
Genofondga   bo‘lgan   tahdid   to‘g‘risida   gapirganda,   uni   keng   va   tor
ma’noda tushunish lozim. Keng ma’noda, umuman, insoniyat genofondiga bo‘lgan
tahdid sifatida tushunilsa, tor ma’noda, alohida millat genofondiga tahdid sifatida
tushunish   lozim.   Insoniyat   genofondi   deganda   global   miqyosda   insoniyat
populyatsiyasi   tarkibiga   kiradigan   inson   zotidagi   genlarni ng   majmui   tushuniladi.
Millat genofondi deganda esa ma’lum bir millat populyatsiyasiga  kiradigan inson
zotidagi   genlarning   majmui   tushuniladi.   Ushbu   genlar   insonni   va   o‘ziga   xos
bo‘lgan   alohida   bir   millatning   keyingi   mavjud   bo‘lishini   ta’minlashga   xizmat
qiladi. 
Millat   genofondi   insonning   keyingi   mavjud   bo‘lishini   ta’minlash   bilan
birga,   ming   yillar   davomida   nasldan-naslga   meros   bo‘lib   o‘tib   kelayotgan
qadriyatlarning   tashuvchisi   ham   hisoblanadi.   Dunyoga   Xorazmiy,   Beruniy,   Ibn
Sino, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Amir Temur va Alisher Navoiydek buyuk
allomalarni   bergan   millat   genofondida   o‘sha   buyuk   zotlarning   genlari   saqlanib
kelmoqda. Bugungi kunda o‘zbek millati orasidan ana shunday buyuk shaxslarning
yetishib   chiqish   imkoniyati   kengayib   bormoqda.   Chunki   bir   yarim   asrlik
mustamlakachilik   davrida   erkin   yashash   imkoniyati   bo‘lmaganligi   tufayli   buyuk
shaxslarning   shakllanishiga   xizmat   qiladigan   genlar   yuzaga   chiqmay,   yashirin
imkoniyat   sifatida   saqlanib   keldi.   Inson   erkin   bo‘lgan   taqdirdagina   uning   ichki
imkoniyatlari to‘liq namoyon bo‘ladi, ya’ni u o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalana
oladi. Lekin inson erkin   bo‘lishi uchun u oldin mustaqil bo‘lishi kerak. 
3.Millat   genofondini   muhofaza   qilish   adolatli   ijtimoiy     tartibga,
bunday   tartibning   o‘rnatilishi   samarali   nazorat   tizimining   shakllanganligiga
bog‘liqligi.
Mana   endi   mustaqillik   sharofati   bilan   erkin   yashash,   ya’ni   erkin   fikrlash,
erkin   gapirish   va   erkin   harkat   qilish   imkoniyati   paydo   bo‘ldi.   Mustaqillik   bergan bu   erkinlik   millat   genofondidagi   buyuk   genlarning   yuzaga   chiqishini
ta’minlaydigan   muhim   omildir.   Mustamlakachilik   davrida   erkin   yashash
imkoniyati   bo‘lmaganligi,   ya’ni   qo‘rquvning   mavjudligi   tufayli   dunyoga   buyuk
shaxslarni   bergan   yurtdan   birorta   ham   dunyo   tan   olgan   olim,   yoki   birorta   ham
Nobel   mukofotining   lauriyati   yetishib   chiqmadi.   Mana   endi   mustaqillik   sharofati
bilan   millat   genofondidagi   buyuk   genlar   va   madaniyat   negizida   buyuk
shaxslarning shakllanish imkoniyati paydo bo‘ldi.
  Hayot   mazmuni   bo‘lgan   hayotni ng   davomiyligini   ta’minlashda   oila
instituti   alohida   o‘ringa   ega.   Oila   insoniyatning   shunday   noyob   evolyusion
kashfiyotiki,   u   ming   yillar   davomida   insoniyatning   keyingi   mavjud   bo‘lishini
ta’minlab   keldi.   Lekin   bugungi   kunda   oila   o‘z   funksiyalarini   bajarishi   gumon
bo‘lib   qolmoqda,   chunki   oila   o‘z   boshidan   global   inqirozni   kechirmoqda.   Oila
global   inqirozini   nikohsiz   oilalarda,   ajralishlarda,   yolg‘iz   oilalarda   va   bir   jinsli
nikohlarda,   ya’ni   gey   va   lesbiyankalarning   ko‘payib   borishida   yaqqol   ko‘rish
mumkin. Oila hayotning davomiyligini ta’minlashga xizmat qilar ekan, demak oila
inqirozi   insoniyatning   keyingi   mavjud   bo‘lishi   va   taraqqiyotini   gumon   ostiga
qo‘yadi. Chunki  hayotni ng  davomiyligini ta’minl a ydigan boshqa biror bir ijtimoiy
institut   mavjud emas. Millat genofondini asrash, himoya qilish va mustahkamlash
oilani   mustahkamlash   bilan   bog‘liqdir.   Har   qanday   millatning   genofondi   bo‘lgan
bolalarning   sog‘lomligi   onaning   sog‘lomligiga   bog‘liqdir.   Bugungi   kunda
mamlakatmizda   “Sog‘lom   bola   –   sog‘lom   ona”   konsepsiyasi   ham   millat
genofondini mustahkamlashga qaratilgan muhim tadbirdir.
Millat genofondini himoya qilish va yanada mustahkamlash uchun sog‘lom
bola   –   sog‘lom   ona   konsepsiyasini   takomillashtirishni   hayot   talab   qilmoqda.
Chunki sog‘lom farzand sog‘lom onadan tug‘ilar ekan, ona sog‘lom   bo‘lishi uchun
nima kerak ?  degan savol tug‘iladi. Ona sog‘lom   bo‘lishi uchun sog‘lom oila kerak,
chunki oila va ona tushunchasi  bir - biriga bog‘liq bo‘lgan tushuncha bo‘lib, ularni
bir-birisiz   tasavvur   qilib   bo‘lmaydi.   Tabiat   insoniyat   jamiyatini   shunday   qilib
yaratganki,   unda   oilani   ayolsiz,   onasiz   tasavvur   qilib   bo‘lmaydi.   Sog‘lom   bola
tug‘ilishi   sog‘lom   onaga,   sog‘lom   ona   bo‘lishi   sog‘lom   oilaga   bog‘liq   ekan, sog‘lom oilaning shakllanishi nimaga bog‘liq? degan savol tug‘iladi. Sog‘lom oila
bo‘lishi   uchun   sog‘lom   jamiyat   bo‘lishi   kerak,   ya’ni   ijtimoiy   sog‘lom   muhit
bo‘lishi   kerak.   Ijtimoiy   sog‘lom   muhit   deganda   adolatli   ijtimoiy   tartibning
barqarorligi   ta’minlangan   muhit   tushuniladi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   azaldan
mavjud bo‘lgan adolat  bilan razolat  o‘rtasidagi kurashda adolat g‘alaba qozongan
muhit   tushuniladi.   Bunday   muhit,   ya’ni   adolat   g‘alaba   qozongan   muhit   inson
baxtliligining   muhim   shartidir.   Shuning   uchun   “Sog‘lom   bola   –   sog‘lom   ona”
konsepsiyasini   zamon   talablaridan   kelib   chiqib   “Sog‘lom   bola   –   sog‘lom   ona   –
sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” deb takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Inson   zoti   har   qanday   qiyinchiliklarga   toqat   qilishi   mumkin,   lekin
adolatsizlikka   toqat   qila   olmaydi.   Adolat   ijtimoiy   tartibning   barqarorligi
o‘rnatilgan muhit bo‘lib, ana shunday muhitda insoniyat  jamiyati mavjud bo‘lishi
mumkin.   Lekin   adolat   tamoyili   buzilgan   joyda   inson   zotini ng   mavjud   bo‘lishi
gumon bo‘lib qoladi, chunki bunday muhitda inson o‘zini o‘zi qirg‘in qilish xavfi
kuchayadi.   Insoniyat   jamiyati   mavjud   bo‘lishini ng   muhim   sharti   bo‘lgan   adolatli
ijtimoiy tartibni ng  o‘rnatilishi davlat va jamiyat nazoratidan iborat bo‘lgan nazorat
mexanizmiga   bog‘liq.   Bunday   nazorat   mexanizmini ng   shakllanishi   esa,
odamlardagi   befarqlik   kayfiyati   jilovlanib ,   daxldorlik   hissi   shakllanganligiga
bog‘liqdir. Bugungi kunda befarqlik, beparvolik va loqaydlik insoniyat  jamiyatini
halokat yoqasiga olib kelib qo‘ygan ma’naviy qashshoqlik oqibatida yuzaga kelgan
sabab  hisoblanadi.
Adolatli   ijtimoiy   tartibning   barqarorligi   ta’minlanmagan   muhitda   millat
genofondiga   turli   xil   tahdidlar   kelib   chiqish   ehtimoli   kuchli   bo‘ladi.   Masalan,
dunyoning ayrim mamlakatlarida paxta moyini gossipol moddasidan tozalamasdan
iste’mol   qilish   oqibatida   depupulyatsiya   jarayoni   kelib   chiqmoqda.   Chunki
gossipolni   muntazam   ravishda   iste’mol   qilish   bepushtlikni   keltirib   chiqaradi.
Ayrim   vijdonsiz   tadbirkorlar   paxta   moyini   gossipoldan   tozalamasdan   aholiga
iste’mol   uchun   yetkazishmoqda.   O‘ zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti
I.A.Karimov 2007 yil 12 fevralda Vazirlar Maxkamasi majlisida so‘zlagan nutqida
ushbu   xususda   gapirib,   jumladan   shunday   deb   ta’kidladi:   “...Yoki   hali-beri saqlanib qolayotgan, sifatli texnologiyalar, ekstraksiya uskunalarga ega bo‘lmagan,
katta   zarar   evaziga   sifatsiz,   iste’mol   uchun   yaroqsiz   o‘simlik   yog‘i   ishlab
chiqarayotgan   yog‘-moy   korxonalarini   olaylik.   Bu   sohadagi   mavjud   ahvol   uchun
mas’uliyatni   kim   o‘z   bo‘yniga   oladi?” 15
  Paxta   moyini   iste’molga   zararsiz
ekanligini   aniqlash   murakkab   bo‘lganligi   uchun   ushbu   muammo   uzoq   vaqtlar
davomida o‘z yechimini topmay keldi. Bugungi kunda olimlar, jumladan SamDU
professori   Ne’mat   Nizomov   paxta   yog‘i   tarkibidagi   gossipolni   aniqlaydigan
indikatorni   kashf   etdi.   Bundan   tashqari,   professor   chigitni   gossipoldan   tozalash
muammosi yechimini ham topishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin nimagadir uning ilmiy
yangiliklarini amaliyotga joriy qilish muammo bo‘lib qolmoqda. 
Millat genofondiga tahdid bo‘lgan bunday holatga befarq bo‘lish millatning
keyingi   mavjud   bo‘lishini   gumon   qilib   qo‘yishi   mumkin.   Chunki   inson   nimaga
befarq   bo‘lsa,   o‘shandan   mahrum   bo‘ladi.   Aytaylik,   sog‘ligingizga   befarq
bo‘lsangiz   salomatlik   qo‘ldan   ketib,   bemor   bo‘lib   qolasiz,   huquqingizga   befarq
bo‘lsangiz ,   huquqingiz   paymol   bo‘ladi,   mustaqillikka   befarq   bo‘lsangiz ,
mustaqillik qo‘ldan ketadi, xuddi shunday, inson zotiga befarq bo‘lsak, insonning
keyingi hayoti ham gumon bo‘lib qoladi. 
  Bugungi kunda har bir millat va ,   umuman ,   insoniyat genofondini halokat
yoqasiga   olib   kelgan   global   muammolar,   jumladan ,   oilaning   global   inqirozi
ma’naviy   qashshoqlik   natijasida   kelib   chiqdi.   Shuning   uchun   millat   genofondini
asrash,   himoya   qilish   va   mustahkamlash   axloqiy   tarbiya   negizida   ma’naviyatni
yuksaltirishni   taqozo   etadi.   Ma’naviyatni   yuksaltirishga   bo‘lgan   ehtiyoj   hadis
ilmining   sultoni   Imom   Buxoriyning   “Odamlarning   najoti   faqat   bilim   va   undan
boshqasi   bo‘lmagay”   degan   dona   so‘zlarini   bugungi   kun   talabidan   kelib   chiqib ,
“Odamlarning   najoti   bilim   va   ma’naviyatda”   deb   aytishni   talab   qilmoqda.
Mamlakatim i zda   amalga   oshirilayotgan   ma’naviy-ma’rifiy   ishlarni   yanada
jonlantirish   va   ma’naviyat   ahli   mehnatini   yanada   qadrlash   ma’naviyatni
yuksaltirishning va uning negizida   millat  genofondini mustahkamlashning   muhim
omili bo‘lib xizmat qiladi. 
15
  Каримов И.А. Вазирлар Махкамасидаги 2007 йил 12 феврал маърузаси.Тошкент 2007 йил. Халқ сўзи 2007 
йил 13 феврал. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, millat genofondini muhofaza qilishda
adolatli   ijtimoiy   tartibning   o‘rnatilganligi   muhim   shart   hisoblanadi.   Bunday
tartibning o‘rnatilishi samarali nazorat tizimining shakllanganligiga bog‘liq bo‘lsa,
nazorat   tizimining   samaradorligi   esa   ma’naviy   yuksaklikka   bog‘liqdir.   Demak,
millat   genofondini   asrab   qolish   va   mustahkamlash   axloqiy   tarbiya   negizida
ma’naviyatni yuksaltirish bilan bog‘liq deb aytish mumkin. Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Millat genofondini mustahkamlashda ijtimoiy tartibning o‘rni Reja 1.Millat genofondiga bo‘lgan tahdidlarning tabiiy va ijtimoiy omillari. 2. Millat genofondining yaxshilanib borishini ko‘rsatuvchi eng muhim indikatorlardan biri – bu o‘rtacha umr ko‘rsatkichining oshib bor ishi . 3.Millat genofondini muhofaza qilish adolatli ijtimoiy tartibga, bunday tartibning o‘rnatilishi samarali nazorat tizimining shakllanganligiga bog‘liqligi.

1.Millat genofondiga bo‘lgan tahdidlarning tabiiy va ijtimoiy omillari. Bugungi kunda insoniyat jamiyatidagi global muammolar inson zotining keyingi mavjud bo‘lishini ham gumon qilib qo‘ymoqda. Shuning uchun bugungi kunda inson zotini asrab qolish muammosi zamonamizning eng dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Inson zotini asrash muammosi har bir mamlakatning milliy genofondini asrash va mustahkamlash masalasining ustuvorligini belgilab beradi. Millat genofondiga va, umuman, inson zotiga bo‘lgan tahdidlarning tabiiy va ijtimoiy omillari mavjud. Bunga 2019 yilning oxirida Xitoyda paydo bo‘lib butun dunyoga tarqalgan SOVID-19 koronavirus pandemiyasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Mavjud bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy muammolar insoniyat jamiyatining keyingi mavjud bo‘lishini gumon qilib qo‘ydi. Tabiiy va ijtimoiy muammolarni bartaraf qilish uchun ularni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash kerak bo‘ladi. Chuqurroq fikr-mulohaza yuritib ko‘rilsa, sabab insoniyat jamiyatida ijtimoiy tartibning buzilganligi ekanligini anglab olish mumkin. Chunki insoniyat jamiyatining nafaqat taraqqiy etishining, balki mavjud bo‘lishining ham muhim sharti ijtimoiy tartibning o‘rnatilganligi hisoblanadi. Ijtimoiy tartibsizlik natijasida kelib chiqqan ekologik muammolar, yadro qirg‘in quroli, oila global inqirozi va boshqa global muammolar tahdidi har bir millat genofondini asrab qolish masalasining dolzarbligini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahnamoligida mamlakatimizda kuchli, aniq va manzilli tarzda ijtimoiy himoyalash, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish, hech kimdan kam bo‘lmagan avlodni voyaga yetkazish, millatimiz genofondini yanada sog‘lomlashtirish, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, ixtisoslashtirilgan shifo maskanlarini barpo etish va ular faoliyatini zamon talablari darajasida yo‘lga qo‘yish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirishga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidlash darkor. Ushbu ishlarda nafaqat davlat, balki fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan, nodavlat tashkilotlar ham faol ishtirok etmoqda va bu keng xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilmoqda.

Masalan, AQShning “Cheksiz imkoniyatlar” tashkiloti rahbari Sindi EDSON ushbu xususda gapirib: “O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, aholini ijtimoiy muhofaza qilish jarayonida erishilgan yutuqlar ko‘lami va miqyosi jihatdan g‘oyat ulkandir. Xususan, bolalarni ijtimoiy himoyalash, ularning jismonan va ma’nan sog‘lom voyaga yetishi uchun zarur imkoniyat va sharoitlarni yaratish, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining bu boradagi hamkorligini kuchaytirish, ijtimoiy xizmatning yangi turlarini joriy etish va sifatini yaxshilashga oid barcha ishlar ibratlidir”, 1 -deydi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab- quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni xotin- qizlarning jismoniy, ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish, oila, onalik va bolalik manfaatlarini ta’minlash, millat genofondini yanada sog‘lomlashtirishda muhim dasturilamal bo‘layotir. Ayni paytda mazkur hujjat xotin-qizlar nodavlat- notijorat tashkilotlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur tashkiliy-texnik sharoitlarni yaratish, ular ishini muvofiqlashtirishga h am xizmat qilmoqda. Millat genofondini saqlashda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining ham roli kattadir. Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda ushbu tashkilot muhim rol o‘ynamoqda. Ayniqsa, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda, oila muqaddasligini anglab olishda va bola tarbiyasi oldidagi mas’uliyatni shakllantirishda Yo shlar ttifoq i o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. Yoshlarga erta turmush qurishning salbiy oqibatlarini tushuntirish va nikoh to‘ylaridagi ortiqcha dabdababozliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar ham muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Yoshlar ittifoq i jismonan sog‘lom, aqlan yetuk va ma’nan yuksak avlodni shakllantirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Yoshlarni ng ijtimoiy siyosiy hayotda ishtirok etish ehtiyojlarini qondirishda mazkur tashkilo t o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. Bu bilan yoshlar harkati millat genofondini yanada mustahkamlash g a o‘zining munosib hissasin qo‘shib kelmoqda. Bunda “ Kamolot ” 1 Ме ҳ р-мурувват марафони . 2012 й. 25 январь // Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги (ЎзА)нинг веб-сайти – www.uza.uz.

yoshlar ijtimoiy harakatini ng tashkilotga aylantiri li sh i muhim ahamiyatga ega bo‘ldi . Mamlakatimiz yirik jamoat tashkilotlaridan biri – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi – o‘z faoliyati davomida xotin-qizlarning jismoniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, oila, onalik va bolalik manfaatlarini ta’minlash, millat genofondini yanada sog‘lomlashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ayollarning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hayotga tatbiq etishga doir bir qator ijtimoiy loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari o‘z faoliyatida qizlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni yot g‘oyalar ta’siridan asrab-avaylash, mustaqil hayotga tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, o‘quv muassasalarida “Orasta qizlar” to‘garaklarining tashkil etilgani qizlarimizning o‘z salomatligi, oila, jamiyat oldidagi mas’uliyatni teran anglashiga ko‘maklashmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasi xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotining hisobotida: “Bizning oliy ta’lim maskanimizda ham olimalar, tibbiyot xodimlari, faol talaba-qizlar ishtirokida joylarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga oid muloqotlar, uchrashuvlar, ma’rifiy anjumanlar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yurtimizda ona va bola salomatligini ta’minlash, millatimiz genofondini yanada sog‘lomlashtirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga doir ibratli ishlar mohiyatini aholiga kengroq yetkazish imkonini bermoqda” 2 deyilgan. Qo‘mita tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ayollar spartakiadalari, sport festivallari, turli kasb sohibalari o‘rtasidagi musobaqalar, talaba, o‘quvchi qizlar turnirlari, oilaviy sport bellashuvlari, “To‘maris” ayollar sport festivallari chinakamiga salomatlik, nafosat va go‘zallik bayramiga aylangan bo‘lsa, havaskor haydovchi xotin-qizlar o‘rtasidagi “Avtoolam malikasi” avtopoygasi, ot sporti bo‘yicha “Chavandoz malikalar” turniri, yakkakurash bo‘yicha “Mashriq zamin malikasi” ko‘rik-tanlovi xotin-qizlarda tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda. Sinxron 2 Бошлан ғ ич ташкилотлар фаоллиги ошмо қ да . 2011 й. 16 ноябрь // www.uza.uz.

suzish, badiiy gimnastika bo‘yicha respublika miqyosidagi bellashuvlar, qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Kamolot malikasi” turniri, oilaviy sport musobaqalari, sog‘lomlashtirish marafonlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish xayrli an’anaga aylangan. Mazkur jamoat tashkiloti qoshida tashkil etilgan “Ayol va sport” komissiyasi yurtimizning barcha hududlaridagi mahallalarda xotin-qizlar, oddiy uy bekalarini ommaviy sportga jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportning muayyan turi bo‘yicha ayol murabbiylarni tayyorlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda 3 . Atrof-muhit muhofazasini ta’minlashda jamoat fondlarining o‘rni va ularning bu boradagi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari katta ahamiyat kasb etadi. Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining asosiy vazifalari doirasiga: 1) tug‘ruqqa yordam va bolalar muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga, yangi, samarali davolash vositalari bilan ta’minlash; 2) jamoatchilik va davlat tuzilmalarining jahon tajribasini hisobga olgan holda kelajak avlod naslini yaxshilashga qaratilgan kuch-g‘ayratlarini muvofiqlashtirishga keng ko‘lamda ko‘maklashish kiradi 4 . Orolbo‘yi hududida yashayotgan odamlarning ahvolini yaxshilash, avvalambor, ularning sog‘lig‘ini asrash, nasl-nasabini ba’zi ofatlardan saqlash, bu yerdagi ijtimoiy vaziyatni o‘nglash borasida amaliy ishlarni bajarish, bunga kerakli mablag‘ va imkoniyatlarni topish va shu maqsadga yo‘naltirish – bugungi kundagi eng dolzarb, chetga surib bo‘lmaydigan vazifadir 5 . Hozirgi vaqtda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Global ekologiya fondi, turli xalqaro tashkilotlar va ayrim mamlakatlarning faol yordami hamda ishtirokida mintaqada istiqomat qiluvchi 3 “Аёллар ва спорт” мавзуида давра су ҳ бати . 2008 й. 28 февраль // www.uza.uz. 4 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1993 й. 23 апрель “Ҳукуматга қарашли бўлмаган “Соғлом авлод учун” Халқаро хайрия жамғармасини ташкил этиш тўғрисида”ги Фармони // Ўзбекистон Республикаси Қонун хужжатлари Миллий базасининг веб-сайти – www.lex.uz. 5 Каримов И.А. Қорақалпоқ диёрининг салоҳиятини рўёбга чиқариш, одамлар ҳаётини янада яхшилаш – долзарб вазифа. Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг навбатдан ташқари сессиясида сўзланган нутқ. 2002 й. 2 май // www.press-service.uz.