logo

Fan faoliyatini rivojlantirishda ijtimoiy nazorat va ijtimoiy tartibning o‘rni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.9404296875 KB
Fan faoliyatini rivojlantirishda ijtimoiy nazorat va ijtimoiy tartibning o‘rni
Reja
1.Fan faoliyatining shakllanishi, rivojlanishi  va uning maqsad vazifalari.
2.Fan   faoliyatini   rivojlanishida   xususiy   intellektual   mulkni   qadrlanishining
o‘rni.
3.Fan   faoliyatini   rivojlanishida   ijtimoiy   tartib   barqarorligining
ta’minlanganlik holatining o‘rni. Fan faoliyati   insoniyat  jamiyatida nisbatan  yangi  faoliyat  turi  bo‘lib uning
kelib   chiqishi   insonning   dunyoni   anglash   ehtiyoji   bilan   bog‘liq .   Inson   dunyoni
osonroq   egallash   maqsadida   uni   anglashga   intiladi   va   bu   fan   faoliyati   orqali
amalga   oshiriladi.   Inson   dunyoni   anglashi   uchun   uni   rivojlanish   qonunlarini
bilishi kerak , chunki dunyo ana shu qonunlar asosida va shu qonunga itoat qilgan
holda   rivojlanadi.   Fan   tabiiy   va   ijtimoiy   voqeliklarni   ular   itoat   qiladigan
qonunlarni   ochish   orqali   ularni   tavsiflash     va   tushuntirishga     qaratilgan   ongli
faoliyat sohasi hisoblanadi. Alohida ongli ijtimoiy faoliyat sohasi bo‘lgan fanning
maqsadi   tabiat,   jamiyat   va   insonni   anglashdan   iborat.   Fan   dunyo   va   inson
to‘g‘risidagi haqqoniy bilimlar majmuidir deb ta’riflanadi. Fan faoliyati beradigan
bilimlar nafaqat jamiyat taraqqiyotiga balki jamiyatning mavjud bo‘lishiga xizmat
qiladi.   Jamiyat   mavjud   bo‘lishining   muhim   sharti   adolatli   ijtimoiy   tartib
hisoblanadi.
Fan  faoliyatining  rivojlanishi   boshqa   barcha  faoliyat   turlari   singari   ma’lum
bir   sharoitlarga   bog‘liq   bo‘ladi .   Bunday   sharoitlarning   ichida   eng   muhimi
yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   adolatli   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilganlik   holatidir.
Ijtimoiy   tartib   o‘rnatilmagan   muhitda   biror-bir   faoliyat   sohasi,   jumladan,   fan
faoliyati   ham   samarali   rivojlana   olmaydi.   Chunki   har   qanday   faoliyatning,
jumladan,   fan   faoliyatining   rivojlanishi   ham   erkinlikka   bog‘liq ,   chunki   erkin
bo‘lmagan odam o‘z ichki imkoniyatlarini to‘liq namoyon eta olmaydi va biror-bir
ilmiy   yangilik   yoki   kashfiyot   qila   olmaydi.   Bilim   shunday   boylikki   uni   faqat
ixtiyoriylik   asosida   qiziqib   erkinlik   bilan   ishlab   chiqish   mumkin.   Xuddi   shunday
bilimni egallashda ham erkinlik muhim rol o‘ynaydi, ya’ni majbur qilib insonning
miyasiga   bilimni   singdirib   bo‘lmaydi.   Demak   bilimni   ishlab   chiqish   ham,
insonning ongiga singdirish ham erkinlik bilan bog‘liq ekan.
Majbur   qilib   talabani   davomatini   ta’minlash   mumkindir,   majbur   qilib
o‘qitish   mumkindir,   majbur   qilib   tinglashini   ta’minlash   mumkindir,   majbur   qilib
yozishini   ta’minlash   mumkindir,   lekin   majbur   qilib   fikrlashini   ta’minlab
bo‘lmaydi .   Qadimgi   Rim   faylusufi   Mark   Tulliy   Sitseron   ushbu   xususda   gapirib “Qachon   biz   mustaqil   fikrlash   qobilyatimizni   saqlab   qolsak,   shundagina   biz
haqiqatdan   ham   erkin   bo‘lamiz” 1
  deb   yozadi.   Haqiqiy   bilim   esa,   bu   fikrlash
jarayonida   olingan   bilimdir,   fikrlash   jarayonida   talaba   o‘qib   bilgan   narsasini
anglab   oladi.   Ana   shu   anglab   olingan   bilimgina   haqiqiy   bilim   hisoblanadi,
chunki   anglanmagan   bilim   insonning   miyasida   keraksiz   faktlar   sifatida   jamlanib
yotadi   xolos.   Obrazli   qilib   aytganda   fikrlash   jarayonida   bilim   inson   miyasida
tahlil qilinib hazm bo‘ladi . Hazm bo‘lmagan bilim xuddi hazm bo‘lmagan ovqat
singari   zaharga   aylanib   insonga   ziyon   keltiradi.     Faqat   anglab   olingan   bilimgina
insonni   yangi   bilimlarni   ishlab   chiqishga   va   bu   bilimlarni   amaliyotda   qo‘llashga
qodir   qiladi.   Shuning   uchun   fan   va   ta’lim   sifatini   oshirishda   asosiy   e’tiborni
insonda   bilimga   bo‘lgan   qiziqishni   shakllantirishga   qaratish   lozim ,   chunki
anglash uchun fikrlash, fikrlash uchun esa qiziqish kerak.
Demak bilimni ishlab chiqish uchun ham, egallash uchun ham erkinlik kerak
ekan.   Bilim   va   erkinlik   bir   biriga   chambarchas   bog‘liq   tushuncha   hisoblanadi,
erkinlik bo‘lmagan joyda hech qachon bilim ham bo‘lmaydi. Ana shu o‘rinda   bir
savolni javobini berish mumkin. Ya’ni nima uchun dunyoga Xorazmiy, Beruniy va
Ibn Sinolar kabi buyuk allomalarni bergan yurtdan oxirgi ikki asr davomida birorta
buyuk   shaxs,   dunyo   tan   olgan   olim   yoki   birorta   Nobel   mukofotining   lauriyati
yetishib   chiqmadi   degan   savolning   javobini   berish   mumkin.   Javob   shundan
iboratki:   chunki   erkin   fikrlash   yo‘q   edi,   erkin   fikrlash   uchun   esa   odam   oldin
mustaqil   bo‘lishi   kerak.   Insonning   erkinligini   birinchi   muhim   sharti   uning
mustaqilligi   hisoblanadi.   Mana   bugun   mustaqillik   sharofati   bilan   erkin   fikrlash
imkoniyati paydo bo‘ldi. 
Lekin inson to‘liq erkin bo‘lishi uchun faqat mustaqillikning o‘zigina yetarli
emas.   Buning   uchun   adolatli   ijtimoiy   tartibning   barqarorligi   ham   ta’minlangan
bo‘lishi   lozim.   Adolat   tamoyili   buzilgan   ya’ni   adolatsizlik   hukmronlik   qilgan
muhitda   hech   kim   o‘zini   to‘liq   erkin   his   eta   olmaydi .   Insoniyat   jamiyati
shunday shakllanganki unda doimo adolat bilan razolat o‘rtasida kurash ketadi. Bu
1
  Утченко С.Л. Цицерон и его время. –Москва.: М ысл, 1972 – С.179. kurashda   kim   g‘alaba   qozonishi   jamiyatni   nima   boshqarayotganligiga   bog‘liq.
Agar   jamiyatni   bilim   boshqarsa   adolat   g‘alaba   qozonadi,   agar   jamiyatni   pul
boshqarsa   razolat   g‘alaba   qozonadi.   Pul   boshqargan   muhitda   korrupsiya   balosi
kuchayib boradi va adolatli ijtimoiy tartibga putur yetadi. 
Shuning   uchun   bugungi   kunda   adolatli   ijtimoiy   tartibni   barqarorligini
ta’minlash borasida  asosiy to‘siq korrupsiya illati  deb aytish mumkin. Korrupsiya
hukmronlik   qilgan   joyda   biror-bir   faoliyat   sohasi,   jumladan,   fan   faoliyati   ham
samarali   rivojlana   olmaydi.   Chunki   korrupsiya   sharoitida   adolatli   ijtimoiy   tartib
bo‘lmaydi,   tartib   bo‘lmagan   joyda   esa   erkin   yashash   imkoniyati   ham   bo‘lmaydi.
Shu   o‘rinda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoev   tomonidan
qilingan   tashabbus   asosida     “Korrupsiyaga   qarshi   kurash   to‘g‘risida” 2
gi   qonunni
qabul   qilinishi   naqadar   muhimligini   ta’kidlash   lozim.   Mazkur   qonunni   qabul
qilinishi     mamlakatda   adolatli   ijtimoiy   tartib   barqarorligini     ta’minlash   orqali
nafaqat   fan   faoliyatini,   balki   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarini   rivojlanishini
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
2.Fan   faoliyatini   rivojlanishida   xususiy   intellektual   mulkni
qadrlanishining o‘rni.
Fan   faoliyatini   rivojlanishi   mustaqillik   va   adolatli   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatilganligi   bilan   birgalikda   fan   faoliyatining   mahsuli   bo‘lgan   bilimning
qadrlanishiga ham bog‘liq . Chunki inson zoti tabiatan shunday mavjudotki nima
qadrlansa shunga intilib yashaydi. Fan faoliyati rivojlanishi uchun jismoniy mehnat
mahsuli   bo‘lgan   moddiy   boylik   qanday   qadrlansa,   aqliy   mehnat   mahsuli   bo‘lgan
intellektual   boylik   ham   xuddi   shunday   qadrlanishi   lozim.   Buning   uchun   xususiy
intellektual   mulk   tushunchasi   shakllangan   bo‘lishi   lozim   va   odam   mening
boyligim   mening   bilimim   deb   ayta   olishiga   erishish   kerak.   Buning   uchun   fan
faoliyati   tizimida   hususiy   mulk   munosababtlarini   shakllantirish   lozim,   chunki
hususiy   mulk   fan   faoliyatini   rivojlantirishning   muhim   sharti   bo‘lgan   qiziqish   va
mas’uliyatni kuchaytiradi.    Bu boradagi muammo shundaki, sho‘rolar    zamonida
2
 Коррпцияга  қ арши кураш иш  т ўғ рисида  Ўзбекистон Республиксининг    қ онун и. 2017 йил 3 январь davlat   xususiy   mulkni   bekor   qilishda   chegaradan   chiqib   ketgan   edi.   Ular   oldin
zavod va fabrikalarni kapitalistlardan tortib olishdi, yerni pomeshchiklardan tortib
olishdi.   Bu   o‘sha   zamonda   hukmronlik   qilgan   kommunistik   mafkura     talabi
bo‘yicha   to‘g‘ri   edi.   Lekin,   ular   keyinchalik   stanokni   ya’ni   dastgohni   ishchidan,
yerni   dehqondan,   ilmni   ziyolidan   tortib   olishdi   va   bu   chegaradin   chiqish   edi.   Bu
shunday   chegardan   chiqish   ediki   insonda   egalik   hissi   yo‘qoldi   va   natijada
mehnatga bo‘lgan qiziqish va mas’uliyat ham yo‘qqa chiqadi.
Ilm   ahli   o‘zini   bilimini   meniki   deya   olishi   uchun   intellektual   mulk
qadrlanishi   lozim.   Boshqacha   qilib   aytganda   ilm   ahli   o‘z   intellektual   boyligini
moddiylashtirish   ya’ni   tovarga   aylantirish   imkoniyatiga   ega   bo‘lishi   kerak.   Inson
o‘z bilimini meniki deya olishi bilan unda qiziqish va mas’uliyat shakllanadi va bu
hususiy   mulk   degan   tushuncha   bilan   ifodalanadi,   chunki   hususiy   mulk   egalik
hissi, qiziqish va mas’uliyatdan tashkil  topadi. Fan faoliyatida rivojlanish bo‘lishi
bilimga   nisbatan   hususiy   mulkni   shakllanishiga   bog‘liq.   Buning   uchun   xizmat
sohasida   intellektual   bozorini   shakllantirishga   keng   imkoniyat   yaratish   lozim.
Hozircha   mamlakatimizda   asosan     moddiy   boylik   yaratadigan   xizmat   sohasi
rivojlangan   bo‘lib   intellektual   boylik   beradigan   xizmat   sohasi   endigina
shakllanmoqda.   Ilm   ahli   o‘z   boyligini   hususiylashtirib   tadbirkorlik   faoliyatini
amalga   oshirish   imkoniyatiga   ega   bo‘lishi   fan   faoliyatini   rivojlanishida   muhim
omil bo‘lib xizmat qiladi.
Fan   faoliyati   rivojlanishi   uchun   adolatli   ijtimoiy   tartib   orqali
ta’minlanadigan   erkin   fikrlash   bilan   birgalikda   moddiy   jihatdan   qo‘llab-
quvvatlash   ham   kerak   bo‘ladi.   Ayniqsa,   bozor   munosabatlari   sharoitida   pul
omili birinchi o‘ringa chiqqan bir paytda fan faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlashni
kuchaytirmasdan   ilm-fanni   rivojlantirishga   erishib   bo‘lmaydi.   Quyidagi   aksioma,
ya’ni   bozor   munosabatlari   sharoitida   pul   bo‘lgan   joy   rivojlanib   boradi   va,
aksincha, pul bo‘lmagan joy qashshoqlashib boraveradi degan aksioma fikrimizni
dasdiqlaydi.   Demak   fan   faoliyatini   rivojlantirish   mablag‘   bilan   qay   darajada
ta’minlanganligiga   bog‘liq   ekan.   Bugungi   kunda   fan   faoliyatini   mablag‘   bilan ta’minlash   bozor   munosababtlari   sharoitlari   talabidan   ancha   orqada   qolmoqda.
Masalan,   ilm   ahlini   mehnatiga   haq   to‘lash   nuqtai   nazardan   tahlil   qilib   ko‘rsak,
yuqoridagi   fikr   o‘z   tasdig‘ini   topadi.   Yaqin   kunlarga   qadar   oliy   ta’lim   tizimida
faoliyat   olib   borayotgan   professorning   oylik   maoshi   a’lochi   talabaning
stipendiyasidan   taxminan   uch   barabar   ko‘p   edi   xolos.   Oldingi   sho‘rolar
zamonidagi   maosh   bilan   stipendiya   o‘rtasidagi   farq   o‘n   barabarni   tashkil   qilgan.
Bunday   holatda   qaysi   talaba   professor   bo‘lishni   orzu   qiladi?   Talaba   professor
bo‘lishni orzu qilishi va bunga erishish maqsadida yaxshi o‘qishi uchun professor
mehnatining   qadrlanishi   muhim   omil   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Bugungi   kunda
Muhtaram   Prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoevning   tashabbuslari   bilan   vaziyat   ijobiy
tomonga o‘zgarmoqda. 
Bundan tashqari fan faoliyatini rivojlanishida professor-o‘qituvchilarni oylik
maoshlari   ularning   darajasiga   qarab   biridan   keskin   farq   qilishi   ham   muhim
ahamiyatga   ega.   Boshqacha   qilib   aytganda   assistenti,   dotsent,   professor   va
akademiklarning   oylik   maoshlaridagi   farq   ularni   yuqoriga   qarab   intilishlariga
undash   darajasida   bo‘lishi   kerak.   Bugungi   kunda   oliy   ta’lim   tizimida   ilmiy
salohiyatni   pasayib   borishiga   olib   kelgan   sabablar   ichida   oylik   maoshlar   farqi
sezilarli emasligi ham bor. Sho‘rolar zamonida professor-o‘qituvchilavrning oylik
maoshi unvonlariga qarab bir-biridan keskin farq qilgan. Bunday keskin farq ularni
ilmiy   faoliyatga   undaydigan   muhim   omil   bo‘lib   xizmat   qilgan.   Bu   borada   ham
bugungi   kunda   ijobiy   o‘zgarishlar   nomoyon   bo‘lib   oylik   maoshlar   differensial
tarzda oshib bormoqda. 
Ilm   ahlining   mehnatiga   bo‘lgan   bunday   munosabatning   sabablaridan   biri   –
fan   va   madaniyat   doimo   fidoyilik   asosida   rivojlangan   degan   xato   fikrning
mavjudligidir.   Ana   shunday   fikrning   mavjudligi   va   bu   fikrni   to‘g‘ri   deb
hisoblovchilarning   mavjudligi   fan   va   ma’naviyatni   bugungi   kundagi
qashshoqlashuvini   keltirib   chiqardi.   Albatta   bilim   va   ma’naviyat   fidoyilikni   ham
talab qiladi, lekin bu fidoyilik vaqtinchalik murakkab vaziyatlarda bo‘lishi to‘g‘ri.
Agar   fidoyilik   doimiy   bo‘lsa,   u   adolatsizlikka   aylanib   qoladi.   Chunki   inson shunday   mavjudotki,   u   nima   qadrlansa   shunga   intilib   yashaydi.   Bilim   va
ma’naviyatga   intilish   uchun   u  qadrlangan   bo‘lishi   lozim.  Bugungi   kunda   moddiy
boylik yaratish borasida tadbirkorlik faoliyati rivojlanib   borayotganligi fikrimizni
tasdiqlaydi.   Chunki   moddiy   boylikka   ehtiyoj   kuchli,   va   aksincha   intellektual
boylikka   ehtiyoj   ancha   past.   Shuning   uchun   bugungi   kunda   aqliy   va   ma’naviy
boylik yaratadigan tadbirkorlik faoliyati oqsamoqda.
Bunday   holatga   e’tiborsizlik   ertaga   o‘ta   boy   va   o‘ta   kambag‘allikni   kelib
chiqishiga olib keladi. Chunki ma’naviyati qashshoq bo‘lgan odam o‘zini tiyishga
qodir   bo‘lmaydi   va o‘z  nafsini  quliga  aylanib qoladi.  Bunday  ayanchli   holat  ro‘y
bermasligi   uchun   jamiyatni,   va,   eng   avvalo,   tadbirkorlarni   ma’naviyatini
yuksaltirish   choralarini   ko‘rish   lozim.   Buning   uchun   jamiyatni   bilim   va
ma’naviyatini   rivojlantirishga   qaratilgan   tadbirkorlik   faoliyatini   yo‘lga   qo‘yish
lozim.   Bugungi   kunda   aholini   aksariyat   qismi   ma’naviy-ma’rifiy   ishlar   bilan
qamrab olingan, lekin aynan ana shu tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan
ya’ni   moddiy   boylik   yaratish   bilan   band   bo‘lgan   odamlar   ma’naviy-ma’rifiy
targ‘ibotlar   doirasi   bilan   qamrab   olingan   emas.   Ularga   ma’naviy-ma’rifiy   xizmat
ko‘rsatish   borasida   tadbirkorlik   faoliyatini   yo‘lga   qo‘yish   fan   faoliyatini
rivojlanishida   muhim   ahamiyatga   ega,   chunki   bilimga   nisbatan   egalik   hissi
shakllanadi .
3.Fan   faoliyatini   rivojlanishida   ijtimoiy   tartib   barqarorligining
ta’minlanganlik holatining o‘rni.
Fan   faoliyatini   rivojlanishi   mustaqillikka,   adolatli   ijtimoiy   tartibga   va
intellektual mulkni qadrlanishiga bog‘liq bo‘lib bu omillarning ichida  eng muhimi
ijtimoiy tartib  barqarorligining ta’minlanganlik holati hisoblanadi. Shuning uchun
ijtimoiy   tartib   muammosi   barcha   vaqtlarda   davlat   rahbarlarini   va   olimu
donishmandlarni o‘ylantirib kelgan eng murakab muammo bo‘lgan va bugun ham
shunday   bo‘lib   qolmoqda.   Bugungi   kunda   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning   eng
maqbul   yo‘li   sifatida   demokratik   taraqqiyot   yo‘li   tan   olingan.   Demokratik
siyosiy   tartibotning   o‘rnatilishi   esa,   fuqarolik   jamiyatining   rivojlanganlik darajasiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   tushunchalari   bir
biriga bog‘liq tushunchalar bo‘lib ular bir birisiz mavjud bo‘la olmaydi. Boshqacha
qilib   aytganda   demokratiya   bo‘lmasa   fuqarolik   jamiyati   bo‘lmaydi,   fuqarolik
jamiyati bo‘lmasa demokratiya bo‘lmaydi.
Ijtimoiy   tartib   o‘rnatilishi   uchun   demokratik   davlat   va   kuchli   fuqarolik
jamiyati  bo‘lishi  kerak. Zamonamiz mohiyati  bo‘lgan “Kuchli  davlatdan – kuchli
fuqarolik  jamiyati   sari”  tamoyili   mamlakatda  adolatli  ijtimoiy  o‘rnatishda   muhim
ahamiyatga   ega.   Demokratik   huquqiy   davlat   va   kuchli   fuqarolik   jamiyati   adolatli
ijtimoiy tartibni o‘rnatishning muhim sharti ekan fan faoliyati asosiy e’tiborni ana
shu   shartga   va   uni   ta’minlashga   qaratishi   lozim.   Boshqacha   qilib   aytganda   fan
faoliyatining   dolzarb   muammolari   “Kuchli   davlatdan   –   kuchli   fuqarolik   jamiyati
sari” tamoyili talabidan kelib chiqadi. Bu tamoyilning mazmun-mohiyati   ijtimoiy
tartibni   o‘rnatilishi   davlat   va   jamiyatning   sheriklikdagi   nazoratiga   bog‘liq
degan tushunchadan iborat . Fuqarolik jamiyati  o‘z nazorat funksiyasini  amalga
oshirishi uchun u kuchli bo‘lishi va nazorat faoliyatiga doir bilim bilan qurollangan
bo‘lishi   kerak.   Demak,   jamiyatning   kuchliligini   ta’minlash   masalasi   ijtimoiy-
gumanitar   fanlarning   eng   dolzarb   muammosi   deb   aytish   mumkin.   Ijtimoiy-
gumanitar   fanlar   asosiy   e’tiborini   jamiyatning   nazorat   funksiyasini   amalga
oshirishga   xizmat   qiladigan   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimlarni   ishlab   chiqishga
qaratishi   lozim.   Chunki   har   qanday   faoliyatni   samarali   amalga   oshirish   o‘sha
faoliyat turiga oid bilimga bog‘liq bo‘ladi. 
Hozircha fanlar tizimida nazorat faoliyatiga doir bilimni beradigan biror-bir
fan mavjud emas. Faqat politologiya, sotsiologiya va huquqshunoslik fanlari qisma
nazorat faoliyatiga doir bilim beradi xolos. Shuning uchun nazorat faoliyatiga doir
bilimni   kompleks   tarzda   beradigan   fanga   ehtiyoj   paydo   bo‘lmoqda.   Bunday
ehtiyojni   qondiradigan   fanni   “Ijtimoiy   nazorat”   deb   nomlash   mumkin,   chunki
ijtimoiy   nazorat   tushunchasi   davlat   va   jamiyatning   birgalikdagi   nazoratini
anglatadi. Ijtimoiy nazorat  fanini  ishlab chiqilishi  va ushbu fan faoliyati  yaratgan
bilimlarni   pedagogik   jarayonlarda   talabalarga   berilishi   o‘z   nazorat   funksiyasini amalga oshirishga qodir bo‘lgan jamiyatni shakllantirishga xizmat qiladi. “Ijtimoiy
nazoart”   fanini   oliy   ta’lim   tizimida   o‘qitilishi   talabalarga   nazoratga   doir   bilimni
berish   bilan   birgalikda   ularning   siyosiy-huquqiy   madaniyatini   oshirishda   ham
muhim   ahamiyatga   ega.   Chunki   nazorat   faoliyati   siyosat   bilan   bog‘liq   bo‘lsa,
nazoratning ob’ekti bo‘lgan qonun huquq sohasi bilan bog‘liq.
Jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyatining yuksaklik darajasi demokratiya
va   fuqarolik   jamiyatining   yuksaklik   darajasini   belgilab   beradi.   Hatto   siyosiy-
huquqiy   madaniyatsiz   demokratiya   ham,   fuqarolik   jamiyati   ham   mavjud   bo‘la
olmaydi   deb   aytish   mumkin.   Ijtimoiy   nazorat   muammosi   ijtimoiy-gumanitar   fan
namoyondalarining kompleks  yondashuvini  talab qiladigan eng dolzarb muammo
deb   aytish   mumkin.   Hozircha   faqat   SamDUda   “Ijtimoiy   nazorat”   mavzuida
tadqiqot   olib   borilib   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimlar   ishlab   chiqilmoqda.   Ushbu
mavzudagi   bilimlar   universitetning   “Ijtimoiy   ish”   yo‘nalishi   talabalari   va   tarix
fakulteti magistrlariga o‘qitilmoqda xolos . Nazorat faoliyatiga doir tadqiqotlarni
yanada   kuchaytirish   uchun   “Ijtimoiy   nazorat”   kafedrasini   ochish   zarurati
kelib   chiqmoqda.   Ushbu   kafderaning   ochilishi   nazorat   faoliyati   bilan   bog‘liq
bo‘lgan   muammolarni   tadqiq   qilishda   kompleks   yondashuvni   ta’minlab
demokratik   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishga   xizmat   qiladigan   bilimlarni
ishlab   chiqishda     va   talabalarning   ongiga   singdirishda   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘ladi.
Alohida   ongli   ijtimoiy   faoliyat   sifatida   fan   faoliyatining   vujudga   kelishi
insoniyat   jamiyatining   mavjud   bo‘lishi   va   rivojlanishini   ta’minlash   ehtiyojidan
kelib   chiqqan .   Jamiyat   mavjud   bo‘lishining   muhim   sharti   ijtimoiy   tartib   ekan,
demak,   fan   faoliyatining   ham   asosiy   muammosi   ijtimoiy   tartib   hisobolanadi.
Ijtimoiy   tartibning   o‘rnatilishi   esa   ijtimoiy   nazoratga   ya’ni   davlat   va   jamiyatning
sheriklikdagi   nazoratiga   bog‘liq   ekanligini   hayot   ko‘rsatmoqda.   Ijtimoiy   nazorat
shakllanishi uchun unga davlat ham, jamiyat ham buyurtma berishi kerak bo‘ladi.
Ushbu   fikr   mulohazalardan   kelib   chiqib,   quyidagi:   “Ijtimoiy   buyurtma   –   ijtimoiy
nazorat   –   ijtimoiy   tartib   –   ijtimoiy   taraqqiyot   –   farovon   jamiyat”   konsepsiyani taklif qilish mumkin. Yoki aksincha insonning azaliy orzusi bo‘lgan baxtli hayotni
beradigan   farovon   jamiyat   –   ijtimoiy   taraqqiyotga,   ijtimoiy   taraqqiyot   –   ijtimoiy
tartibga,   ijtimoiy   tartib   –   ijtimoiy   nazoratga,   ijtimoiy   nazorat   –   ijtimoiy
buyurtmaga bog‘liq hisoblanadi.  Ana shu konsepsiyaga asoslangan fan faoliyati
adolatli   ijtmioiy   tartibni   o‘rnatishga   va   baxtli   hayotni   ta’minlashga   qodir
bo‘ladi. Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Fan faoliyatini rivojlantirishda ijtimoiy nazorat va ijtimoiy tartibning o‘rni Reja 1.Fan faoliyatining shakllanishi, rivojlanishi va uning maqsad vazifalari. 2.Fan faoliyatini rivojlanishida xususiy intellektual mulkni qadrlanishining o‘rni. 3.Fan faoliyatini rivojlanishida ijtimoiy tartib barqarorligining ta’minlanganlik holatining o‘rni.

Fan faoliyati insoniyat jamiyatida nisbatan yangi faoliyat turi bo‘lib uning kelib chiqishi insonning dunyoni anglash ehtiyoji bilan bog‘liq . Inson dunyoni osonroq egallash maqsadida uni anglashga intiladi va bu fan faoliyati orqali amalga oshiriladi. Inson dunyoni anglashi uchun uni rivojlanish qonunlarini bilishi kerak , chunki dunyo ana shu qonunlar asosida va shu qonunga itoat qilgan holda rivojlanadi. Fan tabiiy va ijtimoiy voqeliklarni ular itoat qiladigan qonunlarni ochish orqali ularni tavsiflash va tushuntirishga qaratilgan ongli faoliyat sohasi hisoblanadi. Alohida ongli ijtimoiy faoliyat sohasi bo‘lgan fanning maqsadi tabiat, jamiyat va insonni anglashdan iborat. Fan dunyo va inson to‘g‘risidagi haqqoniy bilimlar majmuidir deb ta’riflanadi. Fan faoliyati beradigan bilimlar nafaqat jamiyat taraqqiyotiga balki jamiyatning mavjud bo‘lishiga xizmat qiladi. Jamiyat mavjud bo‘lishining muhim sharti adolatli ijtimoiy tartib hisoblanadi. Fan faoliyatining rivojlanishi boshqa barcha faoliyat turlari singari ma’lum bir sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi . Bunday sharoitlarning ichida eng muhimi yuqorida ta’kidlaganimizdek, adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilganlik holatidir. Ijtimoiy tartib o‘rnatilmagan muhitda biror-bir faoliyat sohasi, jumladan, fan faoliyati ham samarali rivojlana olmaydi. Chunki har qanday faoliyatning, jumladan, fan faoliyatining rivojlanishi ham erkinlikka bog‘liq , chunki erkin bo‘lmagan odam o‘z ichki imkoniyatlarini to‘liq namoyon eta olmaydi va biror-bir ilmiy yangilik yoki kashfiyot qila olmaydi. Bilim shunday boylikki uni faqat ixtiyoriylik asosida qiziqib erkinlik bilan ishlab chiqish mumkin. Xuddi shunday bilimni egallashda ham erkinlik muhim rol o‘ynaydi, ya’ni majbur qilib insonning miyasiga bilimni singdirib bo‘lmaydi. Demak bilimni ishlab chiqish ham, insonning ongiga singdirish ham erkinlik bilan bog‘liq ekan. Majbur qilib talabani davomatini ta’minlash mumkindir, majbur qilib o‘qitish mumkindir, majbur qilib tinglashini ta’minlash mumkindir, majbur qilib yozishini ta’minlash mumkindir, lekin majbur qilib fikrlashini ta’minlab bo‘lmaydi . Qadimgi Rim faylusufi Mark Tulliy Sitseron ushbu xususda gapirib

“Qachon biz mustaqil fikrlash qobilyatimizni saqlab qolsak, shundagina biz haqiqatdan ham erkin bo‘lamiz” 1 deb yozadi. Haqiqiy bilim esa, bu fikrlash jarayonida olingan bilimdir, fikrlash jarayonida talaba o‘qib bilgan narsasini anglab oladi. Ana shu anglab olingan bilimgina haqiqiy bilim hisoblanadi, chunki anglanmagan bilim insonning miyasida keraksiz faktlar sifatida jamlanib yotadi xolos. Obrazli qilib aytganda fikrlash jarayonida bilim inson miyasida tahlil qilinib hazm bo‘ladi . Hazm bo‘lmagan bilim xuddi hazm bo‘lmagan ovqat singari zaharga aylanib insonga ziyon keltiradi. Faqat anglab olingan bilimgina insonni yangi bilimlarni ishlab chiqishga va bu bilimlarni amaliyotda qo‘llashga qodir qiladi. Shuning uchun fan va ta’lim sifatini oshirishda asosiy e’tiborni insonda bilimga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishga qaratish lozim , chunki anglash uchun fikrlash, fikrlash uchun esa qiziqish kerak. Demak bilimni ishlab chiqish uchun ham, egallash uchun ham erkinlik kerak ekan. Bilim va erkinlik bir biriga chambarchas bog‘liq tushuncha hisoblanadi, erkinlik bo‘lmagan joyda hech qachon bilim ham bo‘lmaydi. Ana shu o‘rinda bir savolni javobini berish mumkin. Ya’ni nima uchun dunyoga Xorazmiy, Beruniy va Ibn Sinolar kabi buyuk allomalarni bergan yurtdan oxirgi ikki asr davomida birorta buyuk shaxs, dunyo tan olgan olim yoki birorta Nobel mukofotining lauriyati yetishib chiqmadi degan savolning javobini berish mumkin. Javob shundan iboratki: chunki erkin fikrlash yo‘q edi, erkin fikrlash uchun esa odam oldin mustaqil bo‘lishi kerak. Insonning erkinligini birinchi muhim sharti uning mustaqilligi hisoblanadi. Mana bugun mustaqillik sharofati bilan erkin fikrlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Lekin inson to‘liq erkin bo‘lishi uchun faqat mustaqillikning o‘zigina yetarli emas. Buning uchun adolatli ijtimoiy tartibning barqarorligi ham ta’minlangan bo‘lishi lozim. Adolat tamoyili buzilgan ya’ni adolatsizlik hukmronlik qilgan muhitda hech kim o‘zini to‘liq erkin his eta olmaydi . Insoniyat jamiyati shunday shakllanganki unda doimo adolat bilan razolat o‘rtasida kurash ketadi. Bu 1 Утченко С.Л. Цицерон и его время. –Москва.: М ысл, 1972 – С.179.

kurashda kim g‘alaba qozonishi jamiyatni nima boshqarayotganligiga bog‘liq. Agar jamiyatni bilim boshqarsa adolat g‘alaba qozonadi, agar jamiyatni pul boshqarsa razolat g‘alaba qozonadi. Pul boshqargan muhitda korrupsiya balosi kuchayib boradi va adolatli ijtimoiy tartibga putur yetadi. Shuning uchun bugungi kunda adolatli ijtimoiy tartibni barqarorligini ta’minlash borasida asosiy to‘siq korrupsiya illati deb aytish mumkin. Korrupsiya hukmronlik qilgan joyda biror-bir faoliyat sohasi, jumladan, fan faoliyati ham samarali rivojlana olmaydi. Chunki korrupsiya sharoitida adolatli ijtimoiy tartib bo‘lmaydi, tartib bo‘lmagan joyda esa erkin yashash imkoniyati ham bo‘lmaydi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan qilingan tashabbus asosida “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida” 2 gi qonunni qabul qilinishi naqadar muhimligini ta’kidlash lozim. Mazkur qonunni qabul qilinishi mamlakatda adolatli ijtimoiy tartib barqarorligini ta’minlash orqali nafaqat fan faoliyatini, balki ijtimoiy hayotning barcha sohalarini rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 2.Fan faoliyatini rivojlanishida xususiy intellektual mulkni qadrlanishining o‘rni. Fan faoliyatini rivojlanishi mustaqillik va adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatilganligi bilan birgalikda fan faoliyatining mahsuli bo‘lgan bilimning qadrlanishiga ham bog‘liq . Chunki inson zoti tabiatan shunday mavjudotki nima qadrlansa shunga intilib yashaydi. Fan faoliyati rivojlanishi uchun jismoniy mehnat mahsuli bo‘lgan moddiy boylik qanday qadrlansa, aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan intellektual boylik ham xuddi shunday qadrlanishi lozim. Buning uchun xususiy intellektual mulk tushunchasi shakllangan bo‘lishi lozim va odam mening boyligim mening bilimim deb ayta olishiga erishish kerak. Buning uchun fan faoliyati tizimida hususiy mulk munosababtlarini shakllantirish lozim, chunki hususiy mulk fan faoliyatini rivojlantirishning muhim sharti bo‘lgan qiziqish va mas’uliyatni kuchaytiradi. Bu boradagi muammo shundaki, sho‘rolar zamonida 2 Коррпцияга қ арши кураш иш т ўғ рисида Ўзбекистон Республиксининг қ онун и. 2017 йил 3 январь

davlat xususiy mulkni bekor qilishda chegaradan chiqib ketgan edi. Ular oldin zavod va fabrikalarni kapitalistlardan tortib olishdi, yerni pomeshchiklardan tortib olishdi. Bu o‘sha zamonda hukmronlik qilgan kommunistik mafkura talabi bo‘yicha to‘g‘ri edi. Lekin, ular keyinchalik stanokni ya’ni dastgohni ishchidan, yerni dehqondan, ilmni ziyolidan tortib olishdi va bu chegaradin chiqish edi. Bu shunday chegardan chiqish ediki insonda egalik hissi yo‘qoldi va natijada mehnatga bo‘lgan qiziqish va mas’uliyat ham yo‘qqa chiqadi. Ilm ahli o‘zini bilimini meniki deya olishi uchun intellektual mulk qadrlanishi lozim. Boshqacha qilib aytganda ilm ahli o‘z intellektual boyligini moddiylashtirish ya’ni tovarga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Inson o‘z bilimini meniki deya olishi bilan unda qiziqish va mas’uliyat shakllanadi va bu hususiy mulk degan tushuncha bilan ifodalanadi, chunki hususiy mulk egalik hissi, qiziqish va mas’uliyatdan tashkil topadi. Fan faoliyatida rivojlanish bo‘lishi bilimga nisbatan hususiy mulkni shakllanishiga bog‘liq. Buning uchun xizmat sohasida intellektual bozorini shakllantirishga keng imkoniyat yaratish lozim. Hozircha mamlakatimizda asosan moddiy boylik yaratadigan xizmat sohasi rivojlangan bo‘lib intellektual boylik beradigan xizmat sohasi endigina shakllanmoqda. Ilm ahli o‘z boyligini hususiylashtirib tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi fan faoliyatini rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Fan faoliyati rivojlanishi uchun adolatli ijtimoiy tartib orqali ta’minlanadigan erkin fikrlash bilan birgalikda moddiy jihatdan qo‘llab- quvvatlash ham kerak bo‘ladi. Ayniqsa, bozor munosabatlari sharoitida pul omili birinchi o‘ringa chiqqan bir paytda fan faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlashni kuchaytirmasdan ilm-fanni rivojlantirishga erishib bo‘lmaydi. Quyidagi aksioma, ya’ni bozor munosabatlari sharoitida pul bo‘lgan joy rivojlanib boradi va, aksincha, pul bo‘lmagan joy qashshoqlashib boraveradi degan aksioma fikrimizni dasdiqlaydi. Demak fan faoliyatini rivojlantirish mablag‘ bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog‘liq ekan. Bugungi kunda fan faoliyatini mablag‘ bilan