logo

Oliy ta’limda kadrlarni sifatini oshirishda Ijtimoiy nazorat fanining o‘rni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.572265625 KB
Oliy ta’limda kadrlarni  sifatini oshirishda Ijtimoiy nazorat
fanining o‘rni
Reja
1.Bosh   maqsadimiz   bo‘lgan   farovon   jamiyatni   qurish   adolatli   ijtimoiy   tartibga
bog‘ligi.
2.O‘zbekistonda adolaatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishning eng maqbul yo‘li sifatida
demokratik taraqqiyot yo‘lini tan olinishi.
3.Ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   demokratiya   va   uning   tarkibiy   elementi   bo‘lgan
ijtimoiy nazoratning o‘rni. 1.Bosh   maqsadimiz   bo‘lgan   farovon   jamiyatni   qurish   adolatli
ijtimoiy tartibga bog‘ligi.
Bosh   maqsadimiz   bo‘lgan   odamlarga   baxtli   hayotni   beradigan   ozod   va   obod
farovon   jamiyat     qurishning   eng   muhim   sharti   bu   adolatli   ijtimoiy   tartibning
o‘rnatilganligidir.   Ijtimoiy   tartib   muammosi   barcha   vaqtlarda   eng   murakkab,   eng
dolzarb muammo bo‘lgan va bugungi kunda ham xuddi shunday bo‘lib qolmoqda.
Chunki inson orzu qilayotgan farovon jamiyat qurish uchun kerak bo‘lgan  ijtimoiy
taraqqiyot    ijtimoiy tartibga bog‘liq.   Ijtimoiy tartib   huquq va axloq normalariga
rioya  qilish   ta’minlanganlik  holati  bo‘lib  u   nazorat   faoliyati   orqali  ta’minlanadi.
Lekin   nazorat   faoliyati   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   qodir   bo‘lishi   uchun,   eng
avvalo,   davlat   va   jamiyatning   nazoratga   doir   bilimi   kuchli   bo‘lishi   hamda   ular
o‘rtasida   nazorat   borasida     sheriklik   o‘rnatilgan       bo‘lishi   lozim.   Davlat   va
jamiyatning   sheriklikdagi   nazorati   ijtimoiy   nazorat   degan   tushuncha   bilan
ifodalanadi.   Tarix   shundan   guvohlik   bermoqdaki   agar   nazoratni   faqat   yuqoridan
davlat amalga oshirsa-yu lekin jamiyat  nazoratda ishtirok etmasa ijtimoiy tartibni
o‘rnatish   muammo   bo‘lib   qoladi.   Shuning   uchun   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   Sh.M.Mirziyoev   “Kuchli   fuqarolik  jamiyati   barpo  etishda   jamoatchilik
nazoratini   tizimli   yo‘lga   qo‘yish   eng   maqbul   yo‘ldir.   Bu   –   jahon   tajribasida
sinovdan o‘tgan yo‘ldir” 1
 deb ta’kidlagan.
Davlat   nazorati   kuchayib   borgan   sari   byurokratiya   va   korrupsiya   kuchayib
borib   ijtimoiy   tartibsizlik   kelib   chiqadi.   Ijtimoiy   tartibsizlik   esa,   har   qanday
jamiyat   uchun   halokatli   oqibatlarni   keltirib   chiqarishi   mumkin   va   shuning   uchun
ham u milliy xavfsizligimizga eng xavfli tahdid bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoev   o‘z   faoliyatida   asosiy
e’tiborni  korrupsiyaga  qarshi  kurash olib borishga qaratmoqda, chunki  aynan  ana
shu   korrupsiya illati ijtimoiy tartibni o‘rnatishga to‘siq bo‘lmoqda . Muhtaram
Prezidentimizning   tashabbuslari   bilan   2016   yilning   5   oktyabrda   “Korrupsiyaga
qarshi kurashish to‘g‘risida” gi qonun ishlab chiqish taklif qilindi va qisqa vaqtda
1
 Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтариш. 1. 
Тошкент – “Ўзбекистон” – 2018 йил, 489 бет. mazkur   ishlab   chiqildi   va   3   yanvar   2017   yilda   imzolandi.   Mazkur   qonun   va
jamoatchilik   nazorati   to‘g‘risidagi   qonun 2
  ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   muhim
ahamiyatga   ega   bo‘lgan   huquqiy   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Shu   o‘rinda   ijtimoiy
tartibdan  eng  manfaatdor   shaxs     Prezident  ekanligini   ta’kidlab  o‘tish  lozim.  Buni
oila misolida ham ko‘rish mumkin, oiladagi tartibdan eng manfaatdor odam bu ota-
ona   ekanligi   oddiy   haqiqatdir.   Mamlakatni   ham   katta   oila   deb   olsak   undagi
tartibdan eng manfaatdor odam davlat rahbari ekanligini ko‘rish mumkin. 
2.   O‘zbekistonda   adolaatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning   eng   maqbul   yo‘li
sifatida demokratik taraqqiyot yo‘lini tan olinishi.
Bugungi   kunda   butun   dunyo   singari   O‘zbekiston   mamlakati   ham     adolatli
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning   eng   maqbul   yo‘li   sifatida   demokratik   siyosiy
tartibotni   e’tirof   etmoqda.   Demokratiya   ijtimoiy   nazoratni,   ya’ni   davlat   va
jamiyatning   nazorat   borasidagi   hamkorlik   va   sherikligini   taqoza   etadi.   Ijtimoiy
nazorat   demokratiyaning   muhim   elementi   bo‘lib,   u   jamiyatning   siyosiy-huquqiy
madaniyatini   yuksakligiga   bog‘liq.   O‘zbekistonda   amalga   oshirilayotgan
isolohotlarni samarali qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan   “Mamlakatimizda
demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini
rivojlantirish   konsepsiyasida”   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyatini
rivojlantirish   masalasini   ustuvor   vazifa   sifatida   belgilab   berilgan.   O‘zbekiston
tanlagan   demokratik   taraqqiyot   yo‘li   ham,   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilish
ham, siyosiy-huquqiy madaniyatning yuksakligini talab qiladi. 
Jamiyatning   siyosiy-huquqiy   madaniyatini   oshirish,   eng   avvalo,   ta’lim
tizimida   shakllanadigan   bilim   va   ma’naviyatning   yuksaklik   darajasiga   bog‘liq
bo‘ladi.   Siyosiy-huquqiy   madaniyati   yuksak   jamiyat   o‘zini   nazorat   funksiyasini
amalga   oshirishga   qodir   bo‘ladi.   Shuning   uchun   ta’lim   tizimida   siyosiy-huquqiy
madaniyatni shakllantiradigan va nazoratga faoliyatiga doir bilimni kengroq berish
choralarini   ko‘rish   zamon   talabi   bo‘lib   hisoblanadi.   Ushbu   talabdan   kelib   chiqib
2
 Жамоатчилик назорати тўғрисида.ЎРҚ-474-сон.12.04.2018й. 2012   yildan   boshlab   SamDUda   “Ijtimoiy   nazorat”   nomli   o‘quv   kursi   ishlab
chiqilib universitetning “Ijtimoiy ish” yo‘nalishida o‘qitilib kelinmoqda.
  O‘zbekistonni   2017-2021   yillarda   rivojlantirish   Harakatlar   Strategiyasida
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmini shakllantirish ustuvor vazifa
sifatida   belgilab   berilgan.   Jamoatchilik   nazorati   mexanizmini   ishlab   turishida
nazorat   faoliyatiga   doir   bilimni   beradigan   “Ijtimoiy   nazorat”   fani   muhim   rol
o‘ynaydi.     Harakatlar   strategiyasida   belgilab   berilgan   fuqarolik   jamiyati
institutlarini   rivojlantirish   va   ijtimoiy-siyosiy   faolligini   oshirish   masalasi   siyosiy-
huquqiy   madaniyatning   yuksaklik   darajasiga   bog‘liq.   Shuning   uchun
mamlakatimizda   faoliyat   olib   borayotgan   barcha   siyosiy   partiyalarning     dasturiy
xujjatlarida   siyosiy-huquqiy   madaniyat   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning
muhim sharti sifatida belgilab qo‘yilgan.  Siyosiy-huquqiy madaniyatni oshirishda
ijtimoiy   nazoratga   doir   bilim   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lganligi   uchun     ham
yuqorida   ta’kidlaganimizdek     SamDUda   “Ijtimoiy   nazorat”   o‘quv   kursi   joriy
qilingan   edi.   Bugungi   kunga   kelib   SamDU   professor   o‘qituvchilari   tomonidan
ijtimoiy   nazorat   o‘quv   kursini   o‘qitishga   xizmat   qiladigan   “Ijtimoiy   nazorat”
monografiyasi ham ishlab chiqilgan. 
Ijtimoiy   nazorat   o‘quv   kursi   orqali   muhtaram   Prezidentimiz   Shavkat
Mirziyoevning   ma’ruzalari,   chiqishlari,   intervyulari   va   asarlarini   tizimli   ravishda
o‘rganish imkoniyati ham kengayadi. Chunki Prezident asarlarida adolatli ijtimoiy
tartibni   o‘rnatish   muammosi   va   uning   o‘rnatilishi   ijtimoiy   nazoratga   bog‘liqligi
masalasi     markaziy   o‘rinni   egallaydi,   nega   deganda   yuqorida   ta’kidlaganimizdek
nazorat   faoliyati   beradigan   ijtimoiy   tartibdan   eng   manfaatdor   shaxs   Prezident
hisoblanadi.   Barcha   vaqtlarda   davlat   rahbarlari   va   donishmandlar   qanday   qilsak
jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolni javobini qidirib kelishgan. 
3.   Ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   demokratiya   va   uning   tarkibiy   elementi
bo‘lgan ijtimoiy nazoratning o‘rni. Bugungi kunga kelib jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy
tartibni   o‘rnatishning   eng   maqbul   yo‘li   sifatida   demokratiya   va   uning   tarkibiy
elementi   bo‘lgan   ijtimoiy   nazorat   tan   olinmoqda.   Shuning   uchun   muhtaram
Prezidentimiz   asarlarida   ijtimoiy   tartib   va   ijtimoiy   nazorat   masalalari   markaziy
o‘rini   egallagan.   Umuman   barcha   vaqtlarda   ijtimoiy   tartib   va   ijtimoiy   taraqqiyot
masalalari  davlat  rahbarlarini  o‘ylantirib kelgaan eng dolzarb muammolardan biri
bo‘lib kelgan va bugungi kunda ham xuddi shunday bo‘lib qolmoqda. Chunki hali
hanuz insoniyat qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolning mukammal
javobini topa olgani yo‘q. Lekin bir narsa aniqki, ya’ni ijtimoiy tartibni o‘rnatilishi
nazorat   faoliyatining   samaradorligiga   bog‘liq   ekanligi   aniq.   Nazorat   faoliyatining
samradorligi     esa   ushbu   faoliyatga   doir   bilimga   bog‘liq   ekanligi   ham   oddiy
haqiqatdir.   Umuman   barcha   faoliyatning   samarali   amalga   oshirilishi   o‘sha
faoliyatga doir bilimga bog‘liqdir.
Yuqoridagi   fikr   mulohazalardan   kelib   chiqib   “Ijtimoiy   nazorat”   o‘quv
kursini   oliy   ta’lim   tizimiga   kiritishni   innovatsion   taklif   sifatida   berish   mumkin.
Ijtimoiy   nazoratga   doir   bilim   demokratiya   sharoitida   yashashga   qodir   bo‘lgan
avlodni   tarbiyalashda   va     fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishda   hamda     fuqarolarni
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok
etishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat  kasb etadi. Chunki Ijtimoiy nazorat fani
faqat   nazariy   fan   emas,   balki   nazariy-amaliy   fan   bo‘lib   hisoblanadi.   Nega
deganda   Ijtimoiy   nazorat   fani   beradigan   bilimlarni   insoniyatning   ijtimoiy   amaliy
faoliyatlarida   bevosita   qo‘llash   mumkin.   Masalan,   demokratik   jarayonlarda
ishtirok etish, fuqarolik jamiyatini kuchli qilish jarayonlarida ishtirok etish hamda
nazorat   faoliyatini   amalga   oshirishda   Ijtimoiy   nazorat   fani   beradigan   bilimlardan
foydalanish  mumkin. Fuqarolik jamiyatini  kuchli  qilish esa,  zamonamiz  mohiyati
bo‘lgan   “Kuchli   davlatdan-kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari”   tamoyili   asosida   ishlab
chiqilgan   Harakatlar   strategiyasi 3
  talabi   bo‘lib   hisoblanadi.   Chunki,   Harakatlar
strategiyasida   fuqarolik   jamiyati   institutlarini   kuchli   qilish   va   jamoatchilik
nazoratini takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan.
3
 Мирзиёнв Ш.М.2017-2021 йилларда Ўзбекистонни ривожлантиришнинг беш устувор йўналиши бўйича 
Ҳаракатлар стратегияси. Тошкент – “ЎЗбекистон” -2017 йил. Harakatlar   strategiyasi   talablaridan   kelib   chiqib   2017   yilning   20   aprelida
ishlab   chiqilgan   “Oliy   ta’lim   tizimini   yanada   rivojlantirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi”   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   PQ   –   2909   sonli   Qarori   Oliy
ta’lim   tizimini   tubdan   takomillashtirish,   mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning   ustuvor   vazifalaridan   kelib   chiqqan   holda,   kadrlar   tayyorlash
mazmunini   tubdan   qayta   ko‘rish,   xalqaro   standartlar   darajasiga   mos   oliy
ma’lumotli   mutaxassislar   tayyorlash   uchun   zarur   sharoitlar   yaratishni   asosiy
maqsad   sifatida   belgilab   bergan.   Mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishining
eng   muhim   sharti   ijtimoiy   tartib   hisoblanadi   va   uning   o‘rnatilishi   ijtimoiy
nazoratga   bog‘liq.   Masalan,   tadbirkorlik   faoliyatini   rivojlantirishda   qulay
investitsion   muhit   hal   qiluvchi   rol   o‘ynaydi.   Qulay   investitsion   muhit   deganda
ijtimoiy   nazorat   orqali   ta’minlanadigan   adolatli   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilgan   muhit
tushuniladi. 
Bundan   tashqari   oliy   ta’lim   tizimi   tayyorlab   bergan   mutaxassislar   xalqaro
standartlar   darajasiga   mos   bo‘lishi   uchun   ularning   siyosiy-huquqiy   madaniyati
demokratiya va fuqarolik jamiyati talablari darajasida bo‘lishi lozim. Demokratiya
esa siyosiy-huquqiy madaniyat va nazoratga doir bilimning yuqori bo‘lishini talab
etadi,   chunki   demokratiya   bu   nafaqat   hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllantirilishi
balki hokimiyat xalq tomonidan nazorat qilinishi hamdir. Xuddi shunday fuqarolik
jamiyatining   kuchliligi     ham   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimga   bog‘liq   chunki
fuqarolik jamiyatining asosiy funksiyasi nazorat faoliyati hisoblanadi.
Ijtimoiy nazorat fanini ishlab chiqilishi va o‘quv jarayoniga joriy etilishi
intellektual   boylik   yaratish   borasidagi   innovatsion   g‘oyaga   asoslangan   faol
tadbirkorlik sifatida baholanishi mumkin.  Ijtimoiy nazorat fani beradigan bilim
jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni   ta’minlab
O‘zbekiston   xalqini   hayotini   baxtli   qilishga   xizmat   qiladi.   Oliy   ta’lim   tizimida
“Ijtimoiy nazorat” fanini joriy qilinishi bosh maqsadimiz bo‘lgan  farovon jamiyat
qurishni   ta’minlaydigan   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladi.   Buni
quyidagi   konsepsiya   bilan     ifodalash   mumkin:   ijtimoiy   nazorat   ijtimoiy   tartibni ta’minlaydi,   ijtimoiy   tartib   esa   ijtimoiy   taraqqiyotni   ta’minlaydi,   ijtimoiy
taraqqiyot esa farovon jamiyatni ta’minlaydi.   Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Oliy ta’limda kadrlarni sifatini oshirishda Ijtimoiy nazorat fanining o‘rni Reja 1.Bosh maqsadimiz bo‘lgan farovon jamiyatni qurish adolatli ijtimoiy tartibga bog‘ligi. 2.O‘zbekistonda adolaatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishning eng maqbul yo‘li sifatida demokratik taraqqiyot yo‘lini tan olinishi. 3.Ijtimoiy tartibni o‘rnatishda demokratiya va uning tarkibiy elementi bo‘lgan ijtimoiy nazoratning o‘rni.

1.Bosh maqsadimiz bo‘lgan farovon jamiyatni qurish adolatli ijtimoiy tartibga bog‘ligi. Bosh maqsadimiz bo‘lgan odamlarga baxtli hayotni beradigan ozod va obod farovon jamiyat qurishning eng muhim sharti bu adolatli ijtimoiy tartibning o‘rnatilganligidir. Ijtimoiy tartib muammosi barcha vaqtlarda eng murakkab, eng dolzarb muammo bo‘lgan va bugungi kunda ham xuddi shunday bo‘lib qolmoqda. Chunki inson orzu qilayotgan farovon jamiyat qurish uchun kerak bo‘lgan ijtimoiy taraqqiyot ijtimoiy tartibga bog‘liq. Ijtimoiy tartib huquq va axloq normalariga rioya qilish ta’minlanganlik holati bo‘lib u nazorat faoliyati orqali ta’minlanadi. Lekin nazorat faoliyati ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘lishi uchun, eng avvalo, davlat va jamiyatning nazoratga doir bilimi kuchli bo‘lishi hamda ular o‘rtasida nazorat borasida sheriklik o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Davlat va jamiyatning sheriklikdagi nazorati ijtimoiy nazorat degan tushuncha bilan ifodalanadi. Tarix shundan guvohlik bermoqdaki agar nazoratni faqat yuqoridan davlat amalga oshirsa-yu lekin jamiyat nazoratda ishtirok etmasa ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammo bo‘lib qoladi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda jamoatchilik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish eng maqbul yo‘ldir. Bu – jahon tajribasida sinovdan o‘tgan yo‘ldir” 1 deb ta’kidlagan. Davlat nazorati kuchayib borgan sari byurokratiya va korrupsiya kuchayib borib ijtimoiy tartibsizlik kelib chiqadi. Ijtimoiy tartibsizlik esa, har qanday jamiyat uchun halokatli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin va shuning uchun ham u milliy xavfsizligimizga eng xavfli tahdid bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev o‘z faoliyatida asosiy e’tiborni korrupsiyaga qarshi kurash olib borishga qaratmoqda, chunki aynan ana shu korrupsiya illati ijtimoiy tartibni o‘rnatishga to‘siq bo‘lmoqda . Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan 2016 yilning 5 oktyabrda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi qonun ishlab chiqish taklif qilindi va qisqa vaqtda 1 Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтариш. 1. Тошкент – “Ўзбекистон” – 2018 йил, 489 бет.

mazkur ishlab chiqildi va 3 yanvar 2017 yilda imzolandi. Mazkur qonun va jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonun 2 ijtimoiy tartibni o‘rnatishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda ijtimoiy tartibdan eng manfaatdor shaxs Prezident ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim. Buni oila misolida ham ko‘rish mumkin, oiladagi tartibdan eng manfaatdor odam bu ota- ona ekanligi oddiy haqiqatdir. Mamlakatni ham katta oila deb olsak undagi tartibdan eng manfaatdor odam davlat rahbari ekanligini ko‘rish mumkin. 2. O‘zbekistonda adolaatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishning eng maqbul yo‘li sifatida demokratik taraqqiyot yo‘lini tan olinishi. Bugungi kunda butun dunyo singari O‘zbekiston mamlakati ham adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishning eng maqbul yo‘li sifatida demokratik siyosiy tartibotni e’tirof etmoqda. Demokratiya ijtimoiy nazoratni, ya’ni davlat va jamiyatning nazorat borasidagi hamkorlik va sherikligini taqoza etadi. Ijtimoiy nazorat demokratiyaning muhim elementi bo‘lib, u jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksakligiga bog‘liq. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan isolohotlarni samarali qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida” jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyatini rivojlantirish masalasini ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li ham, va fuqarolik jamiyatini kuchli qilish ham, siyosiy-huquqiy madaniyatning yuksakligini talab qiladi. Jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish, eng avvalo, ta’lim tizimida shakllanadigan bilim va ma’naviyatning yuksaklik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Siyosiy-huquqiy madaniyati yuksak jamiyat o‘zini nazorat funksiyasini amalga oshirishga qodir bo‘ladi. Shuning uchun ta’lim tizimida siyosiy-huquqiy madaniyatni shakllantiradigan va nazoratga faoliyatiga doir bilimni kengroq berish choralarini ko‘rish zamon talabi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu talabdan kelib chiqib 2 Жамоатчилик назорати тўғрисида.ЎРҚ-474-сон.12.04.2018й.

2012 yildan boshlab SamDUda “Ijtimoiy nazorat” nomli o‘quv kursi ishlab chiqilib universitetning “Ijtimoiy ish” yo‘nalishida o‘qitilib kelinmoqda. O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantirish Harakatlar Strategiyasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmini shakllantirish ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. Jamoatchilik nazorati mexanizmini ishlab turishida nazorat faoliyatiga doir bilimni beradigan “Ijtimoiy nazorat” fani muhim rol o‘ynaydi. Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalasi siyosiy- huquqiy madaniyatning yuksaklik darajasiga bog‘liq. Shuning uchun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan barcha siyosiy partiyalarning dasturiy xujjatlarida siyosiy-huquqiy madaniyat adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishning muhim sharti sifatida belgilab qo‘yilgan. Siyosiy-huquqiy madaniyatni oshirishda ijtimoiy nazoratga doir bilim muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun ham yuqorida ta’kidlaganimizdek SamDUda “Ijtimoiy nazorat” o‘quv kursi joriy qilingan edi. Bugungi kunga kelib SamDU professor o‘qituvchilari tomonidan ijtimoiy nazorat o‘quv kursini o‘qitishga xizmat qiladigan “Ijtimoiy nazorat” monografiyasi ham ishlab chiqilgan. Ijtimoiy nazorat o‘quv kursi orqali muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning ma’ruzalari, chiqishlari, intervyulari va asarlarini tizimli ravishda o‘rganish imkoniyati ham kengayadi. Chunki Prezident asarlarida adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosi va uning o‘rnatilishi ijtimoiy nazoratga bog‘liqligi masalasi markaziy o‘rinni egallaydi, nega deganda yuqorida ta’kidlaganimizdek nazorat faoliyati beradigan ijtimoiy tartibdan eng manfaatdor shaxs Prezident hisoblanadi. Barcha vaqtlarda davlat rahbarlari va donishmandlar qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolni javobini qidirib kelishgan. 3. Ijtimoiy tartibni o‘rnatishda demokratiya va uning tarkibiy elementi bo‘lgan ijtimoiy nazoratning o‘rni.

Bugungi kunga kelib jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatishning eng maqbul yo‘li sifatida demokratiya va uning tarkibiy elementi bo‘lgan ijtimoiy nazorat tan olinmoqda. Shuning uchun muhtaram Prezidentimiz asarlarida ijtimoiy tartib va ijtimoiy nazorat masalalari markaziy o‘rini egallagan. Umuman barcha vaqtlarda ijtimoiy tartib va ijtimoiy taraqqiyot masalalari davlat rahbarlarini o‘ylantirib kelgaan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan va bugungi kunda ham xuddi shunday bo‘lib qolmoqda. Chunki hali hanuz insoniyat qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolning mukammal javobini topa olgani yo‘q. Lekin bir narsa aniqki, ya’ni ijtimoiy tartibni o‘rnatilishi nazorat faoliyatining samaradorligiga bog‘liq ekanligi aniq. Nazorat faoliyatining samradorligi esa ushbu faoliyatga doir bilimga bog‘liq ekanligi ham oddiy haqiqatdir. Umuman barcha faoliyatning samarali amalga oshirilishi o‘sha faoliyatga doir bilimga bog‘liqdir. Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqib “Ijtimoiy nazorat” o‘quv kursini oliy ta’lim tizimiga kiritishni innovatsion taklif sifatida berish mumkin. Ijtimoiy nazoratga doir bilim demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lgan avlodni tarbiyalashda va fuqarolik jamiyatini kuchli qilishda hamda fuqarolarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Ijtimoiy nazorat fani faqat nazariy fan emas, balki nazariy-amaliy fan bo‘lib hisoblanadi. Nega deganda Ijtimoiy nazorat fani beradigan bilimlarni insoniyatning ijtimoiy amaliy faoliyatlarida bevosita qo‘llash mumkin. Masalan, demokratik jarayonlarda ishtirok etish, fuqarolik jamiyatini kuchli qilish jarayonlarida ishtirok etish hamda nazorat faoliyatini amalga oshirishda Ijtimoiy nazorat fani beradigan bilimlardan foydalanish mumkin. Fuqarolik jamiyatini kuchli qilish esa, zamonamiz mohiyati bo‘lgan “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi 3 talabi bo‘lib hisoblanadi. Chunki, Harakatlar strategiyasida fuqarolik jamiyati institutlarini kuchli qilish va jamoatchilik nazoratini takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. 3 Мирзиёнв Ш.М.2017-2021 йилларда Ўзбекистонни ривожлантиришнинг беш устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Тошкент – “ЎЗбекистон” -2017 йил.