O‘zbekistonda ijtimoiy nazorat tarixi dolzarb muammolari fanining ob’ekti, predmeti va dolzarb muammolari.
O‘zbekistonda ijtimoiy nazorat tarixi dolzarb muammolari fanining ob’ekti, predmeti va dolzarb muammolari . Reja 1.Ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida Ijtimoiy nazorat fanining o‘rni. 2. D avlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini yanada demokratlashtirish da ijtimoiy-gumanitar fanlar ning o‘rni. 3.Nazorat faoliyatiga doir bilimni ishlab chiqish va targ‘ib qilishda oliy ta’lim tizimining o‘rni.
Bugungi kunda ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida shakllanayotgan Ijtimoiy nazorat fani zamonamiz mohiyati bo‘lgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili talablaridan kelib chiqadi. Shuning uchun ushbu fan barcha jamiyatshunos olimlarni hamkorlikdagi izlanishlarini taqozo etadigan muhim fanlardan biri deb aytishimiz mumkin. Ijtimoiy nazorat fanining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki u jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladi. Bundan tashqari ushbu fan demokratiyaning muhim sharti bo‘lgan siyosiy-huquqiy madaniyatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lgan siyosiy-huquqiy madaniyati yuksak avlodni bo‘lishini talab qiladi. Bunday avlodni tarbiyalashda Ijtimoiy nazorat fani beradigan bilim muhim ahamiyatga ega, chunki bu fan beradigan bilim ham siyosiy, ham huquqiy bilimni oshirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy nazorat fani fuqarolik jamiyati institutlariga demokratiya sharoitida yashash uchun kerak bo‘lgan bilimlarni beradigan amaliy fan hisoblanadi. Ijtimoiy nazorat fanining ob’ekti ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan davlat va jamiyat nazoratidan iborat bo‘lgan nazorat tizimi faoliyati. Fanning predmeti esa nazorat faoliyati, tizimi va mexanizmi, davlat va jamiyat sherikligidagi nazoratni tashkil qilish hamda ijtimoiy tartib bilan ijtimoiy nazorat o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalarini tahlil qilish. Har qanday fanning ahamiyati uning predmetini ahamiyati bilan belgilanadi. Ijtimoiy nazorat fanining predmeti jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartib bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ushbu fan ijtimoiy-gumanitar fanlar ichida eng muhim fan ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Umuman olganda barcha ijtimoiy- gumanitar fanlar o‘z predmetlarini belgilaganda aynan ana shu ijtimoiy tartib ya’ni ijtimoiy nazorat fanining ob’ekti bo‘lgan ijtimoiy tartib muammosi bilan bog‘lashlari lozim. Chunki ijtimoiy tartib jamiyat taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi va shuning uchun ham barcha vaqtlarda olimu ulamolar qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolni javobini topishga harakat qilishgan. Nazorat – huquq va axloq asosida qabul qilingan me’yorlar va cheklovlarga rioya qilishni ta’minlash orqali jamiyatda tartib o‘rnatadigan mexanizm
faoliyatidir. Nazoratning mazmun-mohiyati jamiyatda mustahkam adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatish. Nazorat mazmunan ichki va tashqi, shakldan quyidan va yuqoridan bo‘ladi. Nazorat tushunchasi uzoq vaqtlar davomida, aniqrog‘i sovetlar zamonida totalitar rejim hukmronlik qilganligi tufayli e’tibordan chetda qolib keldi. Nazorat asosan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari nazorati sifatida qabul qilinib kelingan. Faqat sobiq totalitar tuzum inqirozga kirishi bilan o‘tgan asrning 70 yillarini oxirlarida davlat nazorati bilan jamiyat nazorati bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida fikrlay boshlashdi. Shuning uchun 1979 yilda davlat nazorati bilan jamiyat nazoratiga amalga oshirish maqsadida xalq nazorati to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun asosida xalq nazorati tashkiloti tuzildi bu tashkilot davlat nazorati bilan jamiyat nazoratini uyg‘unlashtirishi kerak edi. Lekin, bu tashkilot jamiyat nazoratini amalga oshiradigan vositaga aylanmay, tez orada davlat nazoratini yana bir vositaga bo‘lib qoldi. Chunki jamiyat nazorati va nazorat tizimi to‘g‘risidagi tushuncha va bilimlar yetarli emas edi. Chunki sovetlar zamonasida hayot siyosiylashtirilgan bo‘lsa ham, siyosiy bilim kommunistik mafkura doirasida kerakli darajada berilgan. Nazorat to‘g‘risidagi tushuncha mukammal bo‘lmaganligi uchun nazoratni amalga oshirish shakllari ham o‘ shanga monand bo‘lib, asosan nazorat yuqoridan amalga oshirilgan. I nsoniyat jamiyatini fan faoliyat sohasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi va qaysi mamlakat ilm-fan yutuqlariga asoslansa, o‘sha mamlakat taraqqiyotga erishishi hamda gullab-yashnashi mumkinligini tarix yaqqol ko‘rsatib turibdi. Mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tishi bilan O‘zbekistonda fan faoliyatini rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratildi. Chunki mustaqillik O‘zbekiston xalqiga erkin yashash imkoniyatini berdi, erkinlik esa har qanday faoliyatni, jumladan fan faoliyatini samarali qiluvchi muhim omildir. Jamiyat taraqqiyoti ko‘p omillarga va, eng avvalo, xato qilmasdan to‘g‘ri yo‘ldan borishga bog‘liqdir. Xato qilmasdan to‘g‘ri harakat qilish uchun esa oldindan ko‘ra bilish kerak va buning uchun ilm-fan tavsiyalariga asoslanib jamiyatni boshqarish lozim. Chunki fan faoliyatining mahsuli bo‘lgan bilim oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini berib, bizni xatodan saqlanib to‘g‘ri harakat qilishimizni ta’minlaydi. Shuning uchun hadis ilmining
sultoni Imom al- Buxoriy “ Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” 1 deb yozgan yoki G‘arb sotsiologiyasining asoschisi Ogyust Kont “Bilish oldindan ko‘ra bilish uchun, oldindan ko‘ra bilish esa harakat qilish uchun” 2 deb yozib qoldirgan. Bilim alohida ongli ijtimoiy faoliyat turi bo‘lgan fan faoliyati orqali shakllanadi. Fan faoliyati tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Inson bilan tabiat o‘rtasida yuz beradigan munosabatlardagi iqtisodiy ehtiyojdan kelib chiqib tabiiy fanlar yuzaga kelgan. Ammo hayot jarayonida inson nafaqat tabiat bilan, balki o‘zaro munosabatga ham kirishadi va ana shu ijtimoiy munosabatlardagi , ya’ni siyosiy va huquqiy munosabatlardagi ehtiyojdan kelib chiqib ijtimoiy-gumanitar fanlar yuzaga keladi. Aniqroq qilib qilib aytganda, ijtimoiy fanlar jamiyatni anglashga xizmat qilsa, gumanitar fanlar insonni anglashga xizmat qiladi va, xuddi shunday, tabiiy fanlar tabiatni anglashga qaratilgandir. Demak, ijtimoiy-gumanitar fanlar insoniyat jamiyatidagi odamlararo munosabatlarni va bu munosabatlarning ijrochisi bo‘lgan insonni anglashga xizmat qiladi. Insoniyat jamiyati rivojlanib borishi bilan ijtimoiy munosabatlar ham va insonning o‘zi ham takomillashib boradi va, demak, ularni o‘rganish, anglab olish ham murakkablashib boradi. Shuning uchun ijtimoiy-gumanitar fanlarning maqsad va vazifalari zamon talablaridan kelib chiqib murakkablashib boradi, chunki tarixiy jarayonning o‘zi oddiylikning murakkablashib borishidan iboratdir. Demak , ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolarini aniqlab olish uchun zamon mohiyatidan va talabidan kelib chiqish lozim. Bugungi kunning talabi mamlakatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish asosida kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishdan iborat bo‘lib, u zamonamiz mohiyati bo‘lgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili dan kelib chiqadi. Demak, ijtimoiy-gumanitar fanlarning vazifasi ana shu tamoyil ning ijrosini ta’minlashga xizmat qiladigan ilmiy asos va shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Buning uchun ular, eng avvalo, bu borada, ya’ni mamlakatni modernizatsiyalash borasida qanday muammolar mavjudligini bilishlari lozim va o‘sha muammolarni 1 Саодат йўли. Тошкент – 2016 йил. 75-бет. 2 Мухаев Р.Т. Политология. Москва. 1998 год, стр.393.
boshqalardan ko‘ra oldinroq ilg‘ab olib, uni bartaraf qilish borasida ilmiy taklif va xulosalarni ishlab chiqishlari lozim. Shuning uchun O‘zbekistonda mustaqillik va zamon talablaridan kelib chiqib yangi ilmiy asarlar va darsliklar yaratilmoqda. Barcha vaqtlarda ijtimoiy-gumanitar fanlarning muammolari ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosi bilan bog‘liq bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, barcha vaqtlarda jamiyatshunos olimlar qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolning javobini topishga harakat qilishgan. Bugungi kunda ham ushbu savolga javob topish, oldingidek, o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Chunki, hali- hanuz dunyoning biror-bir davlati o‘z mamlakatida ijtimoiy tartib barqarorligini to‘liq ta’minlashga erisha olgani yo‘q. Zamonamiz mohiyati bo‘lgan “K uchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili ham ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki, ijtimoiy tartib o‘rnatilishi uchun faqat yuqoridan amalga oshiriladigan davlat nazorati yetarli emasligini tarix yaqqol ko‘rsatib turibdi. Buning uchun quyidan amalga oshiriladigan jamiyat nazorati ham kerak bo‘lmoqda va jamiyat o‘zining nazorat funksiyasini amalga oshirishi uchun u, albatta, kuchli bo‘lishi lozim. “ Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili asosida ishlab chiqilgan va 2010 yil 12 noyabrda Parlamentning qo‘shma majlisida bayon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarollik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” hamda 2017 yilning 7 fevralida tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” fuqarolik jamiyatini kuchli qilishning dolzarb muammolarini belgilab berdi. Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi va Harakatlar strategiyasi da belgilab berilgan muammolarni hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ijtimoiy- gumanitar fanlarning ham dolzarb muammolari hisoblanadi, chunki mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi ham, Harakatlar strategiyasi ham o‘z mazmun- mohiyatiga ko‘ra, barcha vaqtlarda donishmandlarni o‘ylantirib kelgan savolni, ya’ni qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolning javobini topish jarayoniga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shiladi. Harakatlar strategiyasi mamlakatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida yangi davrni