logo

PSIXOLOGIYA PREDMETI VA UNING DOLZARB VAZIFALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

31.4375 KB
PSIXOLOGIYA PREDMETI VA UNING DOLZARB VAZIFALARI 
                     REJA
 KIRISH :
1. Psixologiyaning predmeti
Asosoiy qisim:
 1. Psixologiya fanining dolzarbligi
 2. Psixologiyaning tarmoqlari
 3. Psixologiyaning asosiy metodlari 
4. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni
Xulosa: 1             Psixologiyaning   predmeti   “Psixologiya”   so’zi   ikkita   grek   so’zlaridan   –
“psyche” – jon, ruh va “logos” – ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy
ma’noda   inson   ruhiy   dunyosiga   aloqador   barcha   hodisalar   va   jarayonlar   uning
predmetini  tashkil   etadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,   psixologiyaning  predmeti   har
birimizning   tashqi   olamni   va   o’z-o’zimizni   bilishimizning   asosida   yotgan
jarayonlar,   hodisalar,   holatlar   va   shakllangan   xislatlar   tashkil   etadi.   Psixologiya
bo’yicha   adabiyotlarda   uning   predmetini   qisqacha   qilib,   psixikadir,   deb   ta’rif
berishadi.               Psixika –  bu inson  ruhiyatining shunday  holatiki,  u tashqi  olamni
(ichki   ruhiy   olamni   ham)   4   ongli   tarzda   aks   ettirishimizni,   ya’ni   bilishimiz,
anglashimizni   ta’minlaydi.   Lekin   bu   qisqa   ta’riflardan   psixikaga   aloqador
jarayonlar   ongning   aks   ettirish   shakllari   ekan,   degan   yuzaki   xulosaga   kelish
noto’g’ri   bo’ladi.   CHunki   inson   psixikasi   va   uning   ruhiy   olamiga   aloqador
hodisalar   va   jarayonlar   shu   qadar   murakkab   va   xilma-xilki,   biz   ba’zan   o’z-
o’zimizni   ham   tushunmay   qolamiz.   Psixologiya   sohasida   mukammal   darsliklar
yozila boshlagan davrga deyarli 160 yil bo’ldi. SHu davr ichida juda ko’plab ilmiy
tadqiqot   natijalarini   o’z   ichiga   olgan   monografiyalar,   darsliklar,   qo’llanmalar
yozildi. Lekin, bu bilan fanning jamiyat hayotida tutgan o’rni juda oshib ketdi, deb
bo’lmaydi.   Sababi,   psixologiya   sohasida   faoliyat   ko’rsatgan   barcha   olimlar
ko’prok   diqqatlarini   mavxum   shaxs   va   individual   psixologiyaga   qaratdilar.
Vaholanki,   inson,   uning   barkamolligi,   jamiyat   taraqqiyotiga   bevosita   ta’siri
masalasi   hozirgi   davrga   kelib,   o’ta   dolzarb   va   muhim   muammolar   qatoridan   joy
oldi.
                                     XX asrda insoniyat texnika, elektronika va boshqa shunga o’xshash
murakkab   texnologiyalarni   yaratgangani   bilan   xarakterlansa-da,   vaqti   kelganda,
shunday  xolatga   duch  kelamizki,  murakkab   elektron  texnikani   yaratgan   o’ta  aqlli
inson o’zi va o’zi atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to’g’ri baholay olmasligi
sababli, o’zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotladi. XXI asrda
juda   ko’plab   davlatlarda   bo’lgani   kabi   dunyo   xaritasida   munosib   o’rin   olgan
mustaqil                                               O’zbekistonda   ham   barcha   sohalarda   tub   islohotlar
boshlandi.   Bu   islohotlarning   barchasi   inson   omilini   har   qachongidan   ham   yuqori saviyaga   ko’tarib,   uning   kuchi,   idroki,   salohiyati,   ruhiy   hamda   ma’naviy
barkamolligini   bevosita   taraqqiyot,   rivojlanish   va   tsivilizatsiya   bilan   uzviy
bog’ladi.   Bundan   inson   va   uning   mukammalligi,   o’z   ustida   ishlashi,   o’z
mukammalligi   xususida   qayg’urishi   muammosi   har   qachongidan   ham   dolzarb
masalaga   aylandi.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimovning
ikkinchi   chaqiriq   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   to’qqizinchi
sessiyasidagi  “O’zbekistondagi  demokratik o’zgarishlarni  yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari” mavzuidagi
ma’ruzasida   yettinchi   ustuvor   yo’nalish   deb,   barcha   islohotlarning   pirovard
natijasini   belgilab   beradigan   inson   omili   va   mezoni   ekanligi   besabab   ko’rsatib
berilmagandir.   Inson psixologiyasini  bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil
etishni   bilish,   har   qanday   yosh   davrda   ham   optimal   ravishda   ishga   yaroqlilikni,
turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va
tafakkur   qilish,   ro’y   berayotgan   jarayonlarni   ob’ektiv   va   to’g’ri   idrok   qilish
qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi. SHunday qilib, yangi davr har
bir   insondan   o’z   ichki   imkoniyatlarini   adekvat   bilish,   shu   bilimlar   zahirasi   bilan
yaqinlari   va   hamkasblari   psixik   dunyosini   bilishni   talab   qilmoqda.   Buyuk   Suqrot
o’z   davrida   «O’z   -   o’zingni   bil!»   degan   shiorni   o’rtacha   tashlagan   bo’lsa,   yangi
davr «o’z yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini ham bil», degan shiorni
har   qachongidan   ham   dolzarb   qilib   qo’ydi.   Ayni   shu     Каримов   И . А .
Ўзбекистонда   демократик   ўзгаришларни   янада   чуқурлаштириш   ва   фуқаролик
жамияти   асосларини   шакллантиришнинг   асосий   йўналишлари .   –   Т .:
“ Туркистон ”,   2002   йил   31   август   5   muammoni   yechishda   hozirgi   zamon
psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir. An’anaga aylanib qolgan
hodisalardan biri shuki, psixologiya va u o’rganadigan hodisalarni faqatgina ushbu
fan bilan  bevosita shug’ullanadigan  kimsalar  o’rganib kelishgan,  zero, psixologik
hodisalar bilan har qanday inson ham tanish bo’lishi va u inson hayotining asosini
tashkil   etishi   kerak.   Yangi   davr   va   uning   o’zgarishlarga   boy   hayoti   endi   har   bir
kishining psixik hodisalar  qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va
omilkorona   ish   yuritish   zaruratini   talab   qilmoqda.   SHuning   uchun   ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan ob’ektiv hodisalar
mohiyatiga  aloqador   bilimlar   majmuiga  ega  bo’lish  bilan,  balki  hayotda  munosib
o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda
faoliyatini   oqilona   tashkil   etishning   barcha   sirlaridan   boxabar   bo’lish,   o’ziga   va
o’zgalarga   ta’sir   ko’rsatishning   usullarini   bilish   va   ulardan   o’z   o’rnida   unumli
foydalanishni nazarda tutadi.
                       Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi
narsalar   va   hodisalarning   mohiyatini   bevosita   his   qilib   bilishimiz   mumkin,   lekin
psixikaga   aloqador   bo’lgan   jarayonlarni,   o’zimizda,   miyamiz,   ongimizda   ro’y
berayotgan   narsalarning   mohiyatini   bilvosita   bilamiz.   Masalan,   o’rtoqlarimizdan
biri bizga yokadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u
yoki   bu   hatti   -   harakatlarini   bevosita   ko’rib,   baholab,   tahlil   qilolsak-da,   unga
nisbatan   his   qilayotgan   mehrimizni,   uzoq   ko’rishmay   qolganimizda   uni
sog’inayotganligimiz bilan bog’liq hisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga
ega emasmiz. Aynan shunga o’xshash holatlar psixologiya o’rganadigan hodisalar
va holatlarning o’ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ular boshqa
turli   hodisalardan   farq   qiladi.   SHunday   qilib,   psixologiya   fani   o’rganadigan
jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor:
bir   tomondan,   ularni   o’rganish   qiyin,   ikkinchi   tomondan   oson   ham.   Oxirgi   jihati
xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan,
ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan,
ular  o’zaro bir-birlari  bilan bog’liq bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga
bo’ysunadi.   Demak,   psixologiyaning   predmeti   konkret   shaxs,   uning   jamiyatdagi
xulq-atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir, deb ta’riflash mumkin.
                    2.  Psixologiya  fanining  dolzarbligi  Psixologiyaning  fan  sifatida  dunyoga
kelishi   va   rivojlanishi   tarixi   qator   olimlarning   ilmiy   izlanishlarida   bayon   etilgan.
Frantsiyalik   olim   J.Godfruaning   “CHto   takoe   psixologiya”   nomli   2-jilddan   iborat
kitobida   antik   dunyodan   boshlab   inson   psixikasi,   uning   qalbi,   hislari,   xulqi
masalalari   diqqat   markazda   bo’lgan   ekanligi,   psixologiyaning   fan   sifatida rivojlanishida   faylasuflarning   qarashlari,   tabiiy   fanlar   rivoji,   17-asrdan   boshlab
falsafa   fanidan   turli   fanlarning   ajralib   chiqishi,   18   va   19-asrlarda   Kondil ь yak,
Lokk,   Yum   yondashuvlari   asoslab   berilgan.   Psixologiyaning   Fan   sifatida
rivojlanishida   nemis   psixologi   va   fiziologi   Vil ь gel ь m   Vundt   (1832-1920)ning
xizmati,   uning   tomonidan   maxsus   tajribaviy   6   sinov   laboratoriyalarining   tashkil
etilishi   va   mohiyati   ochib   berilgandir.   Demak,   psixologiya   1879-yilda   Leyptsig
Universitetida   nemis   fiziologi   va   psixologi   Vil ь gel ь m   Vundt   tomonidan   birinchi
psixologik   laboratoriya   tashkil   etilib,   unda   ilmiy   asosda   turli   tajribalar   o’tkazish
boshlangandan   keyin   mustaqil   fan   sifatida   tan   olingan.   Psixologiyaning   paydo
bo’lishi va Fan sifatida e’tirof etilishida biologik, ijtimoiy, bixevior (xulqga ko’ra),
kognitiv,   psixoanalitik,   gumanistik,   sotsial-psixologik   yo’nalishlar   va   ularning
asoschilari bayon etilgan.  Rossiyalik psixolog olim R.S.Nemov uch jilddan iborat
“Psixologiya”   kitobida   psixologiya   atamasi   16-asrda   birinchi   marta
qo’llanilganligini,   ong   va   o’zini   kuzatish   tufayli   inson   o’zidagi   psixik   xolatlarni
o’rgana   borganligini,   keyinchalik   insonning   faoliyati   sohasida   shu   psixik
jarayonlarni   o’rganish   zarurati   yetilganligini   izohlab   bergan.   (Nemov   R.S.
Psixologiya: Uchebnik dlya stud. Vuzov., Kn. 1.: 688 s. 8-12 b.) O’zbek psixolog
olimlari   E.G’oziev,   M.Xolmuxamedov,   X.Ibrohimovlarning   “Psixologiya
metodologiyasi”   o’quv   qo’llanmasida   psixologiya   fanining   falsafa   va
tabiatshunoslik   fanlari   negizida   paydo   bo’lganligi   yetarlicha   dalillar   vositasida
ko’rsatib   berilgan.   E.G’ozievning   2   jilddan   iborat   “Umumiy   psixologiya”
darsligida   psixologiya   fanining   predmeti,   bu   fanning   vujudga   kelshi,   asosiy
sohalari   va   ularning   o’ziga   xos   xususiyatlari,   psixologiyaning   metodologiyasi   va
printsiplari, faoliyat, uning tuzilishi, shaxs va uning tuzilmasi, shaxs psixikasining
namoyon   bo’lish   shakllari,   shaxsning   psixologik   xususiyatlaridan   qobiliyat,
temperament,   xarakter   kabilar   keng   va   batafsil   yoritib   berilgan.   O’zbek
psixologiyasida   shaxsning   rivojlanishida   faoliyat,   faoliyat   tuzilmasi,   kasbiy
faoliyat  xususiyatlari  M.G.Davletshin  tomonidan o’rganilgan.  SHaxsning  ijtimoiy
ta’sirlar   mahsuli   ekanligi,   shaxs   va   jamiyat   munosabatlarining   o’ziga   xos
tomonlari,   jamiyatning   bir   bo’lagi   sifatida   oila   institutining   psixologiyasi masalalari G’.B.SHoumarov, N.A.Sog’inov, B.M.Umarov ishlarida o’rganilgandir.
Oila maskanining milliy, xududiy, an’anaviy xususiyatlarini o’zbek, tojik, qirg’iz,
qoraqalpoq, rus oilalari misolida maxsus tadqiq etish, uning motivlari, shaxslararo
munosabatlari,   nikoh   qurish   omillari   jihatidan   o’rganish   ishlarini   psixologlardan
M.Utepbergenov,   R.Dushanov,   Ye.Morshinina,   SH.Jo’raevalarning   ilmiy
ishlaridan ko’rinadi. Psixologiya fanida tafakkur xususiyatlarini maxsus o’rganish
va   tadqiq   etish   ishlari   R.I.Sunnatova,   Z.T.Nishonova   ilmiy   ishlarida   kuzatiladi.
SHu   o’quv   qo’llanmaning   mualliflaridan   biri   V.M.Karimova   o’zining   bir   qator
kitoblarida   psixologiyaning   ijtimoiy   psixologiyaga   aloqador   muammolarini,
chunonchi   rahbarlik,   liderlik,   muloqot,   samarali   ta’sir   mexanizmlari,   guruh   va
shaxs psixologiyasi  muammolarini; umumiy psixologiyaga aloqador tafakkur, uni
rivojlantirish   usullarini,   shaxsda   mustaqil   tafakkurni   namoyon   bo’lishi   va   uni
samaradorligiga   oid   masalalarni   ko’rsatib   bergan.   SHuningdek,   bu   muallifning
ilmiy   yo’nalishlari   oila,   yoshlarning   oila   to’g’risidagi   ijtimoiy   tasavvurlari
muammolariga qaratilgandir.    Годфруа Ж. Что такое психология:  В 2-х т. Т.1.
Пер.   с   франц.   –   М.:   Мир,   1992.   –   С.   57-80.   7   1.3.   Psixologiyaning   tarmoqlari
Psixologiyaning   alohida   tarmoqlarini   differentsiatsiya   qilish   eng   avvalo   ishlab
chiqarishdagi   inson   faoliyati   kechadigan   sohalar   va   ularning   vazifalaridan   kelib
chiqadi.   Hozirgi   davrga   kelib   psixologiyani   inson   shaxsi   haqidagi   eng   muhim
fanlardan   biri   sifatidagi   ahamiyatini   hamma   tan   olmoqda.   Inson   shaxsining   esa
bevosita   kirib   bormagan   sohasini   topish   qiyin.   Psixologiya   iqtisod,   pedagogika,
falsafa,   mantiq,   sotsiologiya   va   boshqa   ijtimoiy-gumanitar   fanlar   bilan   aloqador
fan   hisoblanadi.   CHunki   hamma   sohada   inson   shaxsi   faoliyat   ko’rsatar   ekan,   har
bir  sohada  ishni  samarali  tashkil  etish,  olib borish  uchun kishilar  psixologiyasini,
shaxslararo   munosabatlar   psixologiyasini,   odamlarning   turli   vaziyatlardagi
xulqatvor   normalarini   bilish   va   shunga   ko’ra   ish   olib   borish   muhimdir.   SHuning
uchun   hozirgi   davr   mutaxassislari   psixologik   bilimlardan   boxabar   bo’lishlari
lozimdir.
               3.   Psixologiyaning 300dan ortik tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi
hozirgi   kunda   psixologiyaning   fanlar   tizimida   yanada mustahkamlanayotganligidan   dalolat   beradi.   umumiy   psixologiya   –
psixologiyaning barcha masalalarining o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus
sohasi;   pedagogik   psixologiya   –   kishiga   ta’lim   va   tarbiya   berishni   psixologik
qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi; yosh davrlari psixologiyasi  –
turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish
jarayonini,   shaxsning   shakllanishi   va   o’zaro   munosabatlari   qonuniyatlarini
o’rganadi;   ijtimoiy   psixologiya   –   odamlarning   jamiyatdagi   birgalikdagi   ish
faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy
kechinmalar   va   xulq-atvorlarini   o’rganadi;   mehnat   psixologiyasi   –   kishi   mehnat
faoliyati   psixologik   xususiyatlarini,   mehnatni   ilmiy   asosda   tashkil   etishning
psixologik   jihatlarini   o’rganadi;   injenerlik   psixologiyasi   –   avtomatlashtirilgan
boshqaruv   sistemalari   operatorning   faoliyatini,   odamtexnika   o’rtasida
funktsiyalarni   taqsimlash   va   muvofiqlashtirishning   xususiyatlarini   o’rganadi;
yuridik psixologiya – huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq masalalarning
psixologik   asoslarini   o’rganadi;   harbiy   psixologiya   –   kishining   harbiy   harakatlar
sharoitida   namoyon   bo’ladigan   xulq-atvorini,   boshliqlar   bilan   ijro   etuvchilar
o’rtasidagi  munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi; savdo psixologiyasi
–   jamiyatda   tijoratning   psixologik   sharoitlari,   ehtiyojning   individual,   yoshga   oid,
jinsga   oid   xususiyatlarini,   xaridorga   xizmat   ko’rsatishning   psixologik   omillarini
aniqlaydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarini ko’radi; tibbiyot psixologiyasi –
shifokor   faoliyati   psixologiyasini,   bemor   xulq-atvorining   psixologik   jihatlarini
o’rganadi.   SHuningdek   psixologiyada   etnopsixologiya,   oilaviy   hayot
psixologiyasi,   boshqaruv   psixologiyasi,   8   iqtisodiy   psixologiya,   shaxs
psixologiyasi, rahbar psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, pedagogik psixologiya,
intellekt psixologiyasi, psixodiagnostika va boshqa ko’plab sohalari mavjud.
          
                4. Psixologiyaning asosiy metodlari Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan
har   qanday   fan   o’sha   predmetining   mohiyatini   yoritish   va   materiallar   to’plash
uchun   maxsus   usullar   va   vositalardan   foydalanadi   va   ular   fanning   metodlari   deb yuritiladi.   Fanning   salohiyati   va   obro’si   ham   birinchi   navbatda   o’sha   metodlar
yordamida   to’plangan   ma’lumotlarning   ishonchliligi   va   validliligiga   bog’liq
bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi
bu   fanda   juda   katta   ahamiyatga   molik   masala   sifatida   qaraladi.   CHunki   yuqorida
ta’kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab,
quloq   bilan   sezish   qiyin.   Lekin   juda   ko’plab   fanlar   bilan   faol   hamkorlik   shunga
olib   kelganki,   psixologiyaning   har   bir   tarmog’i   o’z   vazifalarini   yechish   va
ma’lumotlarga   ega   bo’lish   uchun   ko’plab   metodlarni   sinovlardan   o’tkazib,   eng
ishonchli   va   mukammallarini   saqlab   qolgan.   Matematik   statistika   va   ehtimollar
nazariyasining   psixologiya   sohasida   qo’llanilishi   va   unda   erishilgan
muvaffaqiyatlar   avvalo   har   bir   metodning   ishonchlilik   darajasini   aniqlash,
qolaversa,   to’plangan   ma’lumotlarning   qay   darajada   asosli   va   valid   ekanligini
isbotlashga   yordam   beradi.   Psixologiya   fanida   inson   psixikasini   tadqiqot   qilish
metodlarining   turlicha   tasnifi   mavjud.   B.G.Anan ь ev   psixikani   o’rganish
metodlarini  to’rtta guruhga ajratib bergan. Bu to’rtta guruh metodlar  M.Ulug’bek
nomli   O’zbekiston   Milliy   Universiteti,   Nizomiy   nomli   Toshkent   Davlat
Pedagogika   Universiteti,   Farg’ona   Davlat   Universiteti   kabi   psixolog   mutaxassis
tayyorlaydigan oliygohlarda mufassal o’rganiladi. Biz mazkur mavzuimizda har bir
insonning   o’zini   va   atrofidagilarni   bilib   olishiga   imkon   beradigan,   murakkab
bo’lmagan,   qo’llash   shartlari   sharoitga   mos   bo’lgan   va   umum   qabul   qilingan
metodlarni keltirdik. 
2 - jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularning turlari keltirilgan.
 
 
ASOSIY METODLAR
Asosiy metodlarning variantlari KUZATISH METODI Tashqi (ob’ektiv kuzatish)
Ichki (sub’ektiv, o’z-o’zini kuzatish)
  Erkin kuzatuv
 Standartlashtirilgan
 Guruh ichida kuzatish 
Guruh tashqarisida kuzatish
SO’ROQ
METODLARI Og’zaki so’roq 
Yozma so’roq
 Erkin so’roq (suhbat)
 Standartlashtirilgan so’roq
TESTLAR METODI Test – so’rov
 Test - topshiriq 
Proektiv test
Sotsiometrik test
EKSPERIMENT Tabiiy eksperiment
 Laboratoriya eksperimenti
MODELLASHTIRISH Matematik modellashtirish
Mantiqiy modellashtirish
 Texnik modellashtirish
 Kibernetik modellashtirish
Psixologiyaning asosiy metodlari
                                                   2-Jadvalda  keltirilgan metodlar  yordamida tadqiqotchi  yoki
qiziqkan shaxs u yoki bu psixik jarayon, holat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida
birlamchi   ma’lumotlar   to’playdi,   to’plangan   ma’lumot   yana   tahlil   qilinadi   va maxsus   tarzda   ishlatilishi   mumkin.   Kuzatish   metodi   tabiiy   metodlar   jumlasiga
kiradi.   Tashqi   kuzatuv   mohiyatan   kuzatiluvchi   xulqatvorini   bevosita   tashqaridan
turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to’plash usulidir. O’z - o’zini kuzatish esa odam
o’zida   kechayotgan   biror   o’zgarish   yoki   hodisani   o’zi   o’rganish   maqsadida
ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir. Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy
hodisa   yoki   jarayonni   o’rganish   maqsad   qilib   qo’yilganda   qo’llaniladi.   Masalan,
bayram   arafasida   aholining   qayfiyatini   bilish   maqsadida   kuzatuv   tashkil   qilinsa,
oldindan   maxsus   reja   yoki   dastur   bo’lmaydi,   kuzatuv   ob’ekti   ham   qat’iy   bo’lishi
shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy
munosabatlarini   bilish   uchun   ham   ba’zan   erkin   kuzatish   tashkil   etilishi   mumkin.
Standartlashtirilgan   kuzatuv   esa,   buning   aksi   bo’lib,   nimani,   qachon,   kim   11   va
kimni   kuzatish   qat’iy   belgilab   olinadi   va   maxsus   dastur   doirasidan   chiqmasdan,
kuzatuv   olib   boriladi.   Ijtimoiy   hamda   pedagogik   psixologiyada   guruhiy
jarayonlarning   shaxs   xulq-atvoriga   ta’sirini   o’rganish   maqsadida   bevosita
ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila
hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir
qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. SHu yo’l bilan olingan
ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo’lsa, ikkinchi
tomondan,   agar   kuzatuvchida   konformizm   xislati   kuchli   bo’lsa,   o’zi   ham   guruh
hayotiga   juda   kirishib   ketib,   undagi   ayrim   hodisalarni   sub’ektiv   ravishda   qayd
etadigan   bo’lib   qolishi   ham   mumkin.   Guruhiy   fenomenlarni   tashqaridan   kuzatish
buning   aksi   –   ya’ni   kuzatuvchi   guruhga   yoki   kuzatilayotgan   jarayonga   nisbatan
chetda   bo’ladi   va   faqat   bevosita   ko’zi   bilan   ko’rgan   va   eshitganlari   asosida
xulosalar   chiqaradi.   Umuman,   kuzatish   metodining   ijtimoiy   hayot,   professional
ko’rsatkichlarni   qayd   qilishda   so’zsiz   afzalliklari   bor,   lekin   shu   bilan   birga
kuzatuvchining   professional   mahorati,   kuzatuvchanligi,   sabrqanoatiga   bog’liq
bo’lgan   jihatlar,   yana   to’plangan   ma’lumotlarni   sub’ektiv   ravishda   tahlil   qilish
xavfi   bo’lgani   uchun   ham   biroz   noqulayliklari   ham   bor,   shuning   uchun   ham   u
boshqa   metodlar   bilan   birgalikda   ishlatiladi.   So’rov   metodi   ham   psixologiyaning
barcha   tarmoqlarida   birlamchi   ma’lumotlar   to’plashning   an’anaviy   usullaridan hisoblanadi.   Unda   tekshiriluvchi   tekshiruvchi   tomonidan   qo’yilgan   qator
savollarga muxtasar  javob  qaytarishi  kerak  bo’ladi. Og’zaki  so’roqni  yoki  ba’zan
uni   oddiygina   qilib,   suhbat   metodi   deb   ataladi,   o’tkazadigan   shaxs   unga   ma’lum
darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi. Agar mabodo uning professional
mahorati   yoki   tajribasi   bunga   yetarli   bo’lmasa,   so’rov   o’z   natijalarini   bermasligi
mumkin.   Lekin   mahoratli   so’rovchi   ushbu   metod   yordamida   inson   ruhiy
kechinmalariga   aloqador   bo’lgan   noyob   ma’lumotlarni   to’plash   imkoniga   ega
bo’ladi.   Yozma   so’roq   yoki   anketaning   afzalligi   shundaki,   uning   yordamida   bir
vaqtning   o’zida   ko’pgina   odamlar   fikrini   o’rganish   mumkin   bo’ladi.   Unga
kiritilgan   savollar,   ulardan   kutiladigan   javoblar   (yopik   anketa),   yoki   erkin   o’z
fikrini   bayon   etish   imkoniyatini   beruvchi   (ochiq   anketa)   so’rovnomalar   aniq   va
ravon   tilda   javob   beruvchilar   tushunish   darajasiga   monand   tuzilgan   bo’lsa,
shubhasiz,   qimmatli   birlamchi   materiallar   to’planadi.   So’roqning   ham   erkin   va
standartlashtirilgan   shakllari   mavjud   bo’lib,   birinchisida   oldindan   nimalar
so’ralishi   qat’iy   belgilab   olinmaydi,   ikkinchi   shaklida   esa,   hattoki,   komp’yuterda
dasturi   ishlab   chiqilib,   minglab   odamlarda   bir   xil   talablar   doirasida   so’roq
o’tkazilishi   nazarda   tutiladi.   Testlar   oxirgi   paytda   hayotimizga   dadil   kirib   kelgan
tekshiruv   usullari   sirasiga   kiradi.   Ular   yordamida   biror   o’rganilayotgan   hodisa
xususida   ham   sifat,   ham   mikdor   xarakteristiqalarini   olish,   ularni   ko’pchilikda
qayta-qayta   sinash   va   ma’lumotlarni   korrelyatsion   analiz   orqali   ishonchlilikka
tekshirish mumkin bo’ladi. Ayni testga qo’yilgan talab hech qachon o’zgarmaydi,
hattoki, shunday testlar borki, ular 12 turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda
ham   o’zgarmagan   holda   ishlatilaveradi.   Masalan,   Ravenning   aqliy   intellektni
ulchash,   Kettelning   va   Ayzenkning   shaxs   testlari   shular   jumlasidandir.   Test   -
so’rov   oldindan   qat’iy   tarzda   qabul   qilingan   savollarga   beriladigan   javoblarni
taqozo   etadi.   Masalan,   Ayzenkning   57   ta   savoldan   iborat   testi   shaxsdagi
introversiya - ekstroversiyani o’lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo’q» tarzida javob
berish   so’raladi.   Test   -   topshiriq   odam   xulqi   va   holatini   amalga   oshirgan   ishlari
asosida   baholashni   nazarda   tutadi.   Masalan,   shaxs   tafakkuridagi   kreaktivlilikni
aniqlash uchun ko’pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o’zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi.
Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o’ziga xos va betakrorligiga
qarabshaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho
berilib, mikdoriy ko’rsatgich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni
turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo’llashning qulayligi, bir guruhda natija
bermasa,   boshqa   guruhda   yana   qayta   tekshiruv   o’tkazish   imkoniyatining   borligi
bo’lsa, kamchiligi – yu ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini
bilib qolsa, sun’iy tarzda uning kechishiga ta’sir ko’rsatishi, faktlarni falsifikatsiya
qilishi mumkinligidir. Testlar ichida proektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham
borki,   testning   asl   maqsadi   tekshiriluvchiga   sir   bo’ladi.   Ya’ni   shunday   topshiriq
beriladiki,   tekshiriluvchi   topshiriqni   bajarayotib,   nimani   aniqlashi   mumkinligini
bilmaydi.   Masalan,   mashxur   Rorshaxning   «siyox   dog’lari»   testi,   yoki   TAT
(tematik appertseptsion test), tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda bir narsaning
proektsiyasidan   guyoki   ikkinchi   bir   narsaning   mohiyati   aniqlanadi.   O’sha   1921
yilda   kashf   etilgan   «siyox   dog’lari»   va   ularga   qarab   tekshiriluvchining   nimalarni
eslayotganligi, dog’lar nimalarga o’xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi
yo’nalishlari,   hayotiy   tamoyillari,   qadriyatlariga   munosabati,   ishni   bajarish
paytidagi   emotsional   holatlari   aniqlanadi.   Bu   testlar   juda   noyob,   qimmatli,   lekin
uni  faqat   professional  psixologgina  qo’llashi   va natijalarni   mohirona  tahlil  qilishi
talab   qilinadi.   Ushbu   metod   turli   yoshdagi   (chaqaloqlik,   bolalik,   o’quvchilik,
o’spirinlik, yetuklik, keksalik) odamlar psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish
metodlari   ichida   eng   muhimi   hisoblanadi.   Eksperiment   metodi   yordamida   sun’iy
tushunchalarni   shakllantirish,   nutq   o’sishini   tekshirish,   favquloddagi   holatdan
chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish, bilish jarayonlari, shaxsning his tuyg’ulari,
xarakteri   va   tipologik   xususiyatlari   o’rganiladi.   Xullas,   inson   psixikasining   nozik
ichki   bog’lanishlari,   munosabatlari,   qonuniyatlari,   qonunlari,   xossalari,   murakkab
mexanizmlari   tajriba   yordamida   tekshiriladi.   Buning   uchun   eksperiment   material
tekshiruvchi   tomonidan   sinchkovlik   bilan   tanlanishi,   ob’ektiv   tarzda   har   xil   holat
va vaziyatlar yaratilishi, sinaluvchi yoshiga, aql-idrokigsha, xarakter xususiyatiga,
his-tuyg’usiga,   qiziqish   va   saviyasiga,   turmush   tajribasiga,   ko’nikma   va malakasiga e’tibor berilishi lozim. Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki,
unda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan
shu   vaziyatda   qiziqtirayotgan   psixik   jarayon   yoki   hodisa   ajratiladi,   o’rganiladi,
ta’sir ko’rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy eksperiment o’sha qiziqtirayotgan 13
fenomen   tekshiriluvchi   uchun   tabiiy   hisoblangan   sharoitlarda   (masalan,   mehnat
jarayonida,   kaniqulda   yozgi   lagerda,   litsey   auditoriyasida   va   shunga   o’xshash)
maqsadli   tashkil   etilib,   o’rganilsa,   laboratoriya   eksperimenti   maxsus   joylarda,
maxsus asbob - uskunalar vositasida ataylab o’rganiladi. Masalan, diqqatingizning
xususiyatlarini   bilish   kerak   bo’lsa,   psixologiya   laboratoriyasida   maxsus
taxistoskop   deb   atalgan   moslama   yordamida   yoki   «Landol ь t   halqachalari»   deb
nomlangan   jadvallar   yordamida   o’rganish   mumkin   bo’ladi.   Hattoki,   ijtimoiy
munosabatlar   borasida   ham   o’zaro   hamjihatlik,   liderlik   va   konformlilik
hodisalarini   tekshirish   uchun   gruppaviy   integratorlar   va   gomeostat   deb
nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi turli xil hodisalar
o’lchangan.   Modellashtirish   metodi   kuzatish,   so’roq,   eksperiment   yoki   boshqa
usullar   yordamida   o’rganilayotgan   hodisaning   tub   mohiyati   ochilmagan
sharoitlarda   qo’llaniladi.   Bunda   o’sha   hodisaning   umumiy   xossasi   yoki   asosiy
parametrlari  modellashtirilib,  o’sha  model ь   asosida  tadqiqotchini  qiziqtirgan  jihat
o’rganiladi   va   xulosalar   chiqariladi.   Modellar   texnik,   mantiqiy,   matematik   yoki
kibernetik   bo’lishi   mumkin.   Matematik   model   asosida   o’rganilgan   hodisaga
mashxur   tadqiqotchilar   Veber   -   Fexnerlarning   sezgirlikning   kuyi   va   yuqori
chegarasini   aniqlashga   qaratilgan   matematik   formulasi   va   shu   asosda   to’plangan
ma’lumotlar   tahlilini   misol   qilish   mumkin.   Mantiqiy   modellar   yordamida
ko’pincha inson aqli va tafakkuri jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari
ish   printsiplari   bilan   kiyoslash   orqali   tuzilgan   g’oyalar   va   simvollar   ishlatiladi.
Kibernetik   modellashtirishda   esa   g’oyalar   psixologiyasini   EXM   dagi   matematik
programmalashtirish   tamoyillariga   moslashtirish   nazarda   tutiladi.   Hozir   ko’pgina
murakkab   shaxs   xususiyatlari   ham   programmalashtirilgan   bo’lib,   ular   algoritmlar
asosda   qisqa   fursatda   ko’pgina   sifatlarni   ko’plab   parametrlar   nuqtai   nazaridan
hisoblab   natijalarni   umumlashtirishga   imkon   bermoqda.   Ko’pincha   matematik o’yinlar g’oyasi odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sohasini o’rganishda ham
qo’llanilmoqda. Ma’lum  bo’lishicha, odamning fikrlash operatsiyalari  bilan EXM
larning ishlash printsiplari o’rtasida ma’lum uyg’unlik bor ekan, bu esa murakkab
psixik jarayonlarni modellashtirish orqali inson aqlu - zakovati chegarasini yanada
kengaytirish istiqbolini beradi. Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida
tarmoqlarining   o’ziga   xos   metodlari   bor.   Bu   borada   xorij,   Rossiya   va   o’zbek
psixologlari   modifikatsiyalashgan   va   modifikatsiyalashmagan   metodlarni   taklif
etadilar. Psixologiyada qo’llaniladigan metodlarni qo’llash shartlarini o’rganish va
qo’llay   olish   uchun   D.Burlachukning   “Psixodiagnostika”,   R.Nemovning
“Psixologiya”   (3-kitob),   E.G’.G’ozievning   “Psixologiya”   (2   jildli)   kitoblarini
tavsiya   etamiz.   Psixika   va   uning   namoyon   bo’lish   shakllari   1   -   Rasm
PSIXIKANING NAMOYoN BO’LISH SHAKLLARI VA ULARNING O’ZARO
BOG’LIQLIGI   14   PSIXIK   JARAYoNLAR   PSIXOLOGIK   HOLATLAR
SHAXSNING   XUSUSIYaTLARI   BILISH   JARAYoNI   HISSIY   -   IRODAVIY
INDIVIDUALLIK   Sezgilar   Emotsiyalar   Yo’nalishlar   Idrok   e’tiqodlilik
Temperament   Xotira   bardamlik   Xarakter   Tafakkur   tetiklik   Qobiliyatlar   Xayol
apatiya   Iqtidor   Nutq   qiziquvchanlik   aqliy   salohiyat   Diqqat   hayratlanish   xulq
motivatsiyasi ishonchlilik ish uslubi ijodiy ruhlanish Mas’uliyat 1 - rasmda psixik
jarayonlarning namoyon bo’lish shakllari, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklar aks
ettirilgan.   Psixikaning   turli   shakllarda   ko’rinishlari:   psixik   jarayonlar,   psixologik
xolatlar, xususiyatlar mavjud bo’lib, psixik aks ettirish bir qator xususiyatlari bilan
ajralib   turadi,   ya’ni   shaxs   individualligi   orqali   namoyon   bo’ladi;   shaxsning
faoliyati   jarayonida   yuzaga   keladi;   atrofdagi   voqelikni   to’g’ri   aks   ettirish
imkoniyatini   beradi.   Psixologiya   fanining   predmeti   masalasida   psixika   va   uning
namoyon   bo’lish   shakllari   zamonaviy   psixologiyaning   umumiy   psixologiya
sohasiga   aloqador   bo’lib,   ko’plab   olimlar   o’z   ilmiy   adabiyotlarida   bu   jihatni
muhim sifatida qaraydilar. Psixikaning namoyon bo’lish shakllarini biz (mualliflar)
tomonidan tasnifi 1-rasmda keltirilgan. 
         5. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni Psixologiya yaxlit va mustaqil
fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga   aloqadorligi   uning   shu   yo’nalishdagi   muammolarni   ma’lum   ma’noda
o’rganadigan   barcha   fanlar   bilan   bevosita   aloqasini   taqazo   etadi.   Bular   birinchi
navbatda   ijtimoiygumanitar   fan   sohalari   bo’lib,   psixologiyaning   ular   orasidagi
mavqei   o’ziga   xos   va   yetakchidir.   Falsafa   va   uning   oxirgi   paytlarda   shakllanib,
rivojlanib   borayotgan   ijtimoiy   falsafa   qismi   bilan   15   bo’lgan   aloqa   bu   ikkala
fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va uning rivojlanib borish
tendentsiyalarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat
va   inson   tafakkurining   rivojlanishiga   oid   bo’lgan   umumiy   qonuniyatlar   va
tamoyillarni   psixologiya   falsafaning   bazasidan   oladi   va   shu   bilan   birga   o’zi   ham
inson   ongi   va   tafakkuri   qonuniyatlari   sohasidagi   yutuqlari   bilan   falsafani   boy
ma’lumotlarga   ega   bo’lishiga   yordam   beradi.   SHuni   alohida   ta’kidlash   joizki,
mustaqillik   mafkurasi   va   milliy   ongning   shakllanishiga   taalluqli   umumiy   ilmiy
qonuniyatlarni   izlashda   ham   yurtimiz   sharoitida   bu   ikkala   fan   -   falsafa   va
psixologiyaning   hamkorligi   bevosita   sezilmoqda.   Bu   bog’liqlik   avvalo   yangicha
tafakkur   va   dunyoqarashni   shakllantirish   muammosi   ko’ndalang   turgan   tarixiy
davrda   milliy   mafkura   va   milliy   g’oyani   shakllantirish   kabi   dolzarb   vazifani
bajarishga xizmat qilmoqda. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar
sharoitida   o’z   taraqqiyotining   muhim   bosqichiga   o’tgan   ekan,   psixologiya   ushbu
fan   erishgan   yutuqlardan   ham   foydalanadi,   ham   ularning   ko’lami   kengayishiga
baholi   qudrat   xizmat   qiladi.   Ayniqsa,   psixologiyadan   mustaqil   ravishda   ajralib
chiqqan,   bugungi   taraqqiyot   davrimizda   alohida   ahamiyat   kasb   etgan   ijtimoiy
psixologiyaning   sotsiologiya   bilan   aloqasi   uzviy   bo’lib,   ular   jamiyatda   ijtimoiy
taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar. Qolaversa, huquqiy,
demokratik   davlat   qurish   ishini   sobitqadamlik   bilan   amalga   oshirayotgan
O’zbekiston   aholisining   huquqiy   madaniyatini   va   demoqratik   o’zgarishlarga
psixologik   jihatdan   tayyorligini   amalda   ta’minlash,   bu   sohada   muntazam   tarzda
ijtimoiy fikr va insonlar fikr va qarashlaridagi o’zgarishlarni o’z vaqtida o’rganish,
bashorat   qilish   va   taraqqiyot   mezonlarini   ishlab   chiqishda   ikkala   fanlar
metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. SHuning
uchun   joylarda   tashkil   etilgan   ijtimoiy-psixologik   xizmat   markazlari   ayni   shu vazifani   bajarishga   qaratilgandir.   Respublikamiz   miqyosida   esa   “Ijtimoiy   fikr”
markazining   turli   mavzular   bo’yicha   olib   boradigan   ijtimoiy   so’rovlari   aholining
kayfiyati,   qiziqishi,   xoxishi,   ehtiyoji,   niyatini   ifodalash   bilan   birga,   hukumat   va
davlat tomonidan qanday istiqbolli rejalar tuzish lozimligiga olib keladi. Ijtimoiy-
psixologik so’rovlarning oliygohlarda o’tkazilishi  ustoz-shogird, talaba-o’qituvchi
munosabatlarini,   ish   joylarida   o’tkazish   xodimrahbar,   xodim-xodim
munosabatlarini bilib olish imkonini yaratadi. Bu orqali nafaqat sotsiologik so’rov,
balki inson shaxsiga aloqador psixologik xususiyatlarni  aniqlash mumkin bo’ladi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy
bo’lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi
roli   va   nufuzi   o’ziga   xosdir.   Respublikamizda   amalga   oshirilayotgan   «Ta’lim
to’g’risidagi   Qonun»   hamda   «Kadrlar   tayyorlashning   Milliy   Dasturi»ni   amalga
oshirish ham ikki fan hamkorligi va o’zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb
qilib   qo’ydi.   Milliy   dasturda   e’tirof   etilgan   yangicha   modeldagi   shaxsni   kamol
toptirish,   uning   chuqur   bilimlar   sohibi   bo’lib   yetishishi,   barkamolligini
kafolatlovchi shart - sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va
tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o’z uslub va qoidalari  yetarli
bo’lmaydi.   SHuning   uchun   ham   psixologiya   u   bilan   hamkorlikda   yosh   avlod
ongining   ta’lim   olish   davrlaridagi   rivojlanish   tendentsiyalaridan   tortib,   toki
yangicha   o’qitish   texnologiyalarini   bola   16   tomonidan   o’zlashtirilishi   va   undagi
aqliy   hamda   intellektual   qobiliyatlarga   nechoglik   ta’sir   ko’rsatayotganligini
o’rganish   va   shu   asosda   ishni   tashkil   etish   psixologiyadagi   metodlarni   didaktik
metodlar   bilan   uyg’unlashtirishni   taqozo   etadi.   Ayniksa,   ma’naviy   barkamollik
tamoyillarini   maktabda   va   yangi   tipdagi   ta’lim   muassasalarida   joriy   etish   ham
shaxs   psixologiyasini   teran   bilgan   holda   o’qitishning   eng   ilg’or   va   zamonaviy
shakllarini   amaliyotga   tadbiq   etishni   nazarda   tutadi.   SHaxsga   ta’lim   va   tarbiya
berishning   alohida   emas,   birgalikda   qaralishida   pedagogika   va   psixologiya
fanlarining   o’zaro   uzviyligi   muhimdir.   Hozirgi   kunlarda   ta’lim   sifati   va
samaradorligini   oshirish   uchun   ta’lim   oluvchining   psixologik   xususiyatlarini
bilgan   holda,   unga   pedagogik   ta’sir   etish   va   uni   yangi   bilimlarga   yo’naltirish texnologiyasi   joriy   etilganligi   ham   bu   ikki   fan   bir-biriga   chmbarchas   bog’liq
ekanligini   ko’rsatadi.   Tabiiy   fanlar:   biologiya,   fiziologiya,   ximiya,   fizika   va   b.k.
psixik   hodisalar   va   jarayonlarning   tabiiy   fiziologik   mexanizmlarini   tushunish   va
shu   orqali   ularning   kechishi   qonuniyatlarini   ob’ektiv   o’rganish   uchun   material
beradi.   Ayniksa,   bosh   miyaning   hamda   markaziy   asab   sistemasining   psixik
faoliyatlarini   boshqarishda   va   ularni   muvofiklashtirishdagi   rolini   e’tirof   etgan
holda   psixologiya   fani   tabiiy   fanlar   erishgan   yutuqlar   va   ulardagi   tadqiqot
uslublaridan   omilkorona   foydalanadi.   Masalan,   shaxs   qobiliyatlarini   diagnostika
qilish   uning   tug’ma   layoqatlari   hamda   orttirilgan   sifatlarini   bir   vaqtda   bilishni
taqozo   etgani   sababli,   o’sha   tabiiy   layoqatning   xususiyatlarini   aniqlashda
psixofiziologiyaning   qator   usullaridan   (miya   assimetriyasi   qonunlari,   miya
bioritmlarini yozib olish, neyrodinamik hodisalarni aniqlash, qon aylanish va tana
haroratini   o’lchash   metodlari)   o’z   o’rnida   foydalanadi   va   biologiya,   anatomiya,
fiziologiya,   neyrofiziologiya   kabi   fanlarning   shu   kungacha   erishgan   yutuqlaridan
foydalanadi.   SHuning   uchun   tabiiy   fanlar   sohasida   erishilgan   barcha   yutuqlar
psixologiyaning predmetini mukammalroq yoritishga o’z hissasini qo’shgan holda
uni   boyitadi.   Kibernetika   fani   sohasidagi   erishilgan   yutuqlar   psixologiya   uchun
ham ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish va psixik
jarayonlarni   takomillashtirish   borasida   axborotlar   texnologiyasi   va   kibernetika
tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar  va tadqiqot  metodlari, maxsus  dasturdan o’z
o’rnida   foydalanadi.   Ayniksa,   ma’lumotlar   asri   bo’lgan   XX1   asrda   informatsion
texnologiyalar   va   modellashtirish   borasida   psixologiya   hamda   kibernetika
hamkorligining   salohiyati   yanada   ortadi.   Masalan,   oddiy   muloqot   jarayonini
yanada   takomillashtirish,   har   bir   so’zning   shaxslararo   munosabatlardagi
ta’sirchanligini oshirish maqsadida hamda ana shunday ijtimoiy faoliyat jarayonida
shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellaridan o’rinli foydalanish
zamonaviy   psixologiyaning   jamiyatdagi   o’rni   va   rolini   oshiradi,   maxsus
komp ь yuter dasturlarining keng qo’llanilishi inson miyasi va ruhiy olami sirlarini
tez va aniq o’rganishni  kafolatlaydi. Texnika fanlari bilan psixologiyaning o’zaro
aloqasi   va   hamkorligi   yaqqol   sezilmoqda.   Bir   tomondan   murakkab   texnikani boshqaruvchi   inson   ongi   muammosini   yechishda,   ikkinchi   tomondan,   psixik
hayotning   murakkab   qirralarini   ochishda   maxsus   texnik   vositalardan   foydalanish
zarurati bu ikki 17 yo’nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo’lsa, texnika taraqqiyotga
intilayotgan   bir   vaqtda   murakkab   texnika   va   mashinalar   bilan   «muloqot»
qilayotgan shaxs faoliyatini yanada mukammallashtirish va uning imkoniyatlariga
moslash masalasi ham ana shu hamkorlikda hal qilinishi lozim bo’lgan masaladir.
Ayniksa, mustaqil O’zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir - asrorlarini
biladigan, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini ta’minlash qanchalik dolzarb
bo’lsa,   ana   shu   texnikaga   har   bir   oddiy   fukaro   ongi,   tafakkuri   va   qobiliyatlarini
moslashtirish   va   «odam   -   mashina»   dialogining   eng   samarali   yo’llarini   izlab
topishi juda muhim. Texnika bilan bemalol «tillashadigan» malakali mutaxassislar
tayyorlash   borasida   ham   texnika   fanlari   pedagogika   va   psixologiya   fanlari
metodlaridan   foydalana   olsagina,   muvaffaqiyatga   erishadi.   Iqtisodiyot   bilan
psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo’lib, ayniqsa, bozor
munosabatlariga   bosqichma   -   bosqich   o’tish   sharoitida   iqtisodiy   ong   hamda
iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish qonuniyatlarini o’rganishda ikkala
fan   teng   xizmat   qiladi.   O’zbekiston   Prezidenti   I.   Karimov   mustaqillikning
dastlabki yillaridayoq fuqarolarda, birinchi navbatda, yoshlarda yangicha iqtisodiy
tafakkur   shakllanishining   jamiyat   iqtisodiy   taraqqiyotidagi   ahamiyatiga   e’tiborni
qaratgan   edilar.   Demak,   yangi   davr   shaxsini   tarbiyalash   va   uning   jamiyatga
moslashuvi   masalasida   psixologiya   iqtisodiyot   fanida   qo’lga   kiritgan   yutuqlar,
yangiliklar   va   iqtisodiy   samaraga   erishish   omillarini   hisobga   olsa,   iqtisodiyot   o’z
navbatida iqtisodiy islohotlarning ob’ekti hamda sub’ekti bo’lmish inson omilidagi
barcha   psixologik   o’zgarishlarni   aniqlash,   tahlil   qilish   va   shu   asnoda   bashorat
qilish vazifasini yechishi kerak. Yuqorida ta’kidlangan fan tarmoqlari psixologiya
bevosita   uzviy   aloqada   rivojlanadigan   fanlarning   asosiy   qismi   xolos.   Bugungi
kunda har bir fan rivoji uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya
o’sha   barcha   fanlar   bilan   aloqada   va   hamkorlikda   rivojlanadi.   SHuning   uchun bugungi   kunda   psixologiya   fanidan   alohida   bo’lib   ajralib   chiqqan   tarmoqlar
to’g’risida ham fikr yuritish mumkin
                        Xulosa:
Yangi   davr   har   bir   insondan   psixologik   bilimlarni   egallashni   talab   etadi.   Buning
uchun shaxs psixikasining namoyon bo’lish shakllari: psixik jarayonlar, psixologik
xolatlar,   shaxsning   individualpsixologik   xususiyatlarini   bilish   zarur.   Psixologiya
fan sifatida 18-asrning ikkinchi yarmida vujudga keldi. Hozirgi kunda bu fanning
300   dan   ortiq   sohasi   alohida   fan   sifatida   shakllangan.   Psixologiya   fani   barcha
fanlar bilan o’zaro bog’liqdir.
  Adabiyotlar ro’yhati :
 1. Godfrua J. CHto takoe psixologiya: V 2-x t. T.1. Per. s frants. M., Mir, 1992. -
496 s. 2. G’oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 3. Nemov
R.S. «Psixologiya». Kn.1. - M., 2003 4. Nemov R.S. «Psixologiya». -Kn.1. - M.,
1998   5.   «Psixologiya».   Pod   red.   A.A.   Kr ы lova,   -M.,   1998   6.   Nemov   R.S.
«Psixologiya».   -Kn.1.   -   M.,   1998   7.   Karimova   V.   M.   Auditoriyada   bahs-
munozarali darslarni tashkil etishning psixologik texnikasi.- T., 2000 8. Gamil ь ton.
Ya.S.   “CHto   takoe   psixologiya”.   “Piter”,   2002.   9.   Drujinina   V.   “Psixologiya   “.
Uchebnik. “Piter”, 2003.

PSIXOLOGIYA PREDMETI VA UNING DOLZARB VAZIFALARI REJA KIRISH : 1. Psixologiyaning predmeti Asosoiy qisim: 1. Psixologiya fanining dolzarbligi 2. Psixologiyaning tarmoqlari 3. Psixologiyaning asosiy metodlari 4. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni Xulosa:

1 Psixologiyaning predmeti “Psixologiya” so’zi ikkita grek so’zlaridan – “psyche” – jon, ruh va “logos” – ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmeti har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) 4 ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. CHunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o’z- o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga deyarli 160 yil bo’ldi. SHu davr ichida juda ko’plab ilmiy tadqiqot natijalarini o’z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar, qo’llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning jamiyat hayotida tutgan o’rni juda oshib ketdi, deb bo’lmaydi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko’rsatgan barcha olimlar ko’prok diqqatlarini mavxum shaxs va individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’siri masalasi hozirgi davrga kelib, o’ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi. XX asrda insoniyat texnika, elektronika va boshqa shunga o’xshash murakkab texnologiyalarni yaratgangani bilan xarakterlansa-da, vaqti kelganda, shunday xolatga duch kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o’ta aqlli inson o’zi va o’zi atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to’g’ri baholay olmasligi sababli, o’zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotladi. XXI asrda juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib o’rin olgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori

saviyaga ko’tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va tsivilizatsiya bilan uzviy bog’ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida qayg’urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi “O’zbekistondagi demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari” mavzuidagi ma’ruzasida yettinchi ustuvor yo’nalish deb, barcha islohotlarning pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezoni ekanligi besabab ko’rsatib berilmagandir. Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni ob’ektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi. SHunday qilib, yangi davr har bir insondan o’z ichki imkoniyatlarini adekvat bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o’z davrida «O’z - o’zingni bil!» degan shiorni o’rtacha tashlagan bo’lsa, yangi davr «o’z yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini ham bil», degan shiorni har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Ayni shu Каримов И . А . Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари . – Т .: “ Туркистон ”, 2002 йил 31 август 5 muammoni yechishda hozirgi zamon psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir. An’anaga aylanib qolgan hodisalardan biri shuki, psixologiya va u o’rganadigan hodisalarni faqatgina ushbu fan bilan bevosita shug’ullanadigan kimsalar o’rganib kelishgan, zero, psixologik hodisalar bilan har qanday inson ham tanish bo’lishi va u inson hayotining asosini tashkil etishi kerak. Yangi davr va uning o’zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish zaruratini talab qilmoqda. SHuning uchun ham

odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan ob’ektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixikaga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan biri bizga yokadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu hatti - harakatlarini bevosita ko’rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’rishmay qolganimizda uni sog’inayotganligimiz bilan bog’liq hisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o’xshash holatlar psixologiya o’rganadigan hodisalar va holatlarning o’ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ular boshqa turli hodisalardan farq qiladi. SHunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga bo’ysunadi. Demak, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir, deb ta’riflash mumkin. 2. Psixologiya fanining dolzarbligi Psixologiyaning fan sifatida dunyoga kelishi va rivojlanishi tarixi qator olimlarning ilmiy izlanishlarida bayon etilgan. Frantsiyalik olim J.Godfruaning “CHto takoe psixologiya” nomli 2-jilddan iborat kitobida antik dunyodan boshlab inson psixikasi, uning qalbi, hislari, xulqi masalalari diqqat markazda bo’lgan ekanligi, psixologiyaning fan sifatida

rivojlanishida faylasuflarning qarashlari, tabiiy fanlar rivoji, 17-asrdan boshlab falsafa fanidan turli fanlarning ajralib chiqishi, 18 va 19-asrlarda Kondil ь yak, Lokk, Yum yondashuvlari asoslab berilgan. Psixologiyaning Fan sifatida rivojlanishida nemis psixologi va fiziologi Vil ь gel ь m Vundt (1832-1920)ning xizmati, uning tomonidan maxsus tajribaviy 6 sinov laboratoriyalarining tashkil etilishi va mohiyati ochib berilgandir. Demak, psixologiya 1879-yilda Leyptsig Universitetida nemis fiziologi va psixologi Vil ь gel ь m Vundt tomonidan birinchi psixologik laboratoriya tashkil etilib, unda ilmiy asosda turli tajribalar o’tkazish boshlangandan keyin mustaqil fan sifatida tan olingan. Psixologiyaning paydo bo’lishi va Fan sifatida e’tirof etilishida biologik, ijtimoiy, bixevior (xulqga ko’ra), kognitiv, psixoanalitik, gumanistik, sotsial-psixologik yo’nalishlar va ularning asoschilari bayon etilgan. Rossiyalik psixolog olim R.S.Nemov uch jilddan iborat “Psixologiya” kitobida psixologiya atamasi 16-asrda birinchi marta qo’llanilganligini, ong va o’zini kuzatish tufayli inson o’zidagi psixik xolatlarni o’rgana borganligini, keyinchalik insonning faoliyati sohasida shu psixik jarayonlarni o’rganish zarurati yetilganligini izohlab bergan. (Nemov R.S. Psixologiya: Uchebnik dlya stud. Vuzov., Kn. 1.: 688 s. 8-12 b.) O’zbek psixolog olimlari E.G’oziev, M.Xolmuxamedov, X.Ibrohimovlarning “Psixologiya metodologiyasi” o’quv qo’llanmasida psixologiya fanining falsafa va tabiatshunoslik fanlari negizida paydo bo’lganligi yetarlicha dalillar vositasida ko’rsatib berilgan. E.G’ozievning 2 jilddan iborat “Umumiy psixologiya” darsligida psixologiya fanining predmeti, bu fanning vujudga kelshi, asosiy sohalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari, psixologiyaning metodologiyasi va printsiplari, faoliyat, uning tuzilishi, shaxs va uning tuzilmasi, shaxs psixikasining namoyon bo’lish shakllari, shaxsning psixologik xususiyatlaridan qobiliyat, temperament, xarakter kabilar keng va batafsil yoritib berilgan. O’zbek psixologiyasida shaxsning rivojlanishida faoliyat, faoliyat tuzilmasi, kasbiy faoliyat xususiyatlari M.G.Davletshin tomonidan o’rganilgan. SHaxsning ijtimoiy ta’sirlar mahsuli ekanligi, shaxs va jamiyat munosabatlarining o’ziga xos tomonlari, jamiyatning bir bo’lagi sifatida oila institutining psixologiyasi