Yangi O‘zbekistonda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tish jarayonida tarix fanining dolzarb muammolari
Yangi O‘zbekistonda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tish jarayonida tarix fanining dolzarb muammolari Reja 1. Mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko‘tarishda milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasining o‘rni. 2.Milliy yuksalishda adolatli ijtimoiy tartibning o‘rni 3. O‘ tmishda ijtimoiy tartib o‘rnatili sh i masalasining tarixiy tahlil i.
1. Mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko‘tarishda milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasining o‘rni. Bosh maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod, farovon jamiyat qurish asosida xalqimizning baxtli hayot kechirishini ta’minlash uning milliy yuksalishi bilan bog‘liq. Shuning uchun O‘zbekistonning eng yangi tarixi milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan xarakterlanadi. Milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tib borayotgan davlatimizda xalqimizni baxtli, hayotini farovon qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ushbu xususda gapirib, “ Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘lib, yorug‘ kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz. Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari dadil qadam qo‘ymoqdamiz. Mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Harakatlar strategiyasini qabul qildik.” 1 , – deb alohida ta’kidladi. Muhtaram Prezidentimizning ushbu so‘zlari milliy yuksalish jarayonidagi ishlarimizning yanada samarali bo‘lishiga xizmat qiladigan omillarni topish bugungi kunning eng dolzarb muammosi ekanligini ko‘rsatib turibdi. Bunday omillarni shakllantirish ilmiy yondashuvni talab qiladi, chunki yuksalish qonuniyatlarini topish jamiyatshunos olimlarning vakolati hisoblanadi. Buning uchun jamiyatshunos olimlarimiz, jumladan, tarixchilar jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan omillarni aniqlashga va ularni ta’minlashga qaratilgan tadqiqotlarni olib borishlari kerak bo‘ladi. Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risida gapirishdan oldin milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari tushunchasining mazmun-mohiyatini anglab olish lozim. Milliy tiklanish deganda mustamlaka mamlakatlarning milliy davlatchiligining tiklanishi va mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tishi bilan bog‘liq jarayon tushuniladi . Mustamlaka mamlakatlar milliy tiklanish partiyasini tuzib, yillar 1 Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. 3-том. Тошкент – “Ўзбекистон” – 1919 й., 88-бет.
davomida kurashib, minglab qurbonlar berib, mustaqillikka erishadi. Mustaqillikka erishish bilan milliy davlatchilikning tiklanish jarayoni boshlanadi va bu tiklanishdan yuksalishga o‘tish uchun faqat mustaqillikning o‘zigina yetarli emas. Mustaqillik o‘z-o‘zidan yuksalishni ta’minlamaydi, balki yuksalish uchun sharoit va imkoniyat yaratadi, xolos. Mustaqillik beradigan ana shunday imkoniyatdan foydalana olgan davlat o‘z yuksalishini ta’minlay oladi va jahonda rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallaydi. Buning uchun, eng avvalo, mustaqillikning ahamiyatini va u beradigan imkoniyatlarni chuqur anglab olish kerak bo‘ladi. Mustaqillikning ahamiyati shundan iboratki, mustaqil davlat o‘z xalqiga insonlar baxtli bo‘lishining muhim sharti hisoblangan erkinlikni beradi. Erkinlik nafaqat baxtli hayotning, balki jamiyat taraqqiyotining ham muhim sharti hisoblanadi. Lekin yuqorida ta’kidlaganimizdek mustaqillik beradigan erkinlik o‘z-o‘zidan taraqqiyotni ta’minlamaydi balki unga sharoit yaratadi xolos. Buning uchun yana bir sharoit, ya’ni adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Qachon va qaerdaki mustaqillik va adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilgan bo‘lsagina, o‘sha vaqtda va o‘sha joyda yuksalish bo‘ladi. Demak, mustaqillik bergan milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tish uchun mamlakatda adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Bunday tartibning o‘rnatilishi esa demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining kuchlilik darajasiga bog‘liq. Chunki demokratiya va fuqarolik jamiyati adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishning eng maqbul yo‘li hisoblanadi. Mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi vazifalarini amalga oshirish uchun demokratiyaning mohiyatidan kelib chiqib harakat qilish kerak. Demokratiya sharoitida xalq hokimiyatga emas, balki hokimiyat xalqqa xizmat qilishi kerak. Buning uchun esa, eng avvalo, hokimiyat xalqning dardini bilishi va mavjud ijtimoiy muammolarni aniqlab olishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan 2017 yilning 7 fevralida tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining birinchi bosqichi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlandi. Muammolar aniqlab olingandan so‘ng Harakatlar strategiyasining
ikkinchi bosqichiga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berildi. Bozor munosabatlari sharoitida pul omilining birinchi o‘ringa chiqishi va iqtisodiy rivojlanish investitsiyaga bog‘liq bo‘lganligi sababli Harakatlar strategiyasining uchinchi bosqichi, ya’ni 2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nomlandi. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasining talablaridan va taraqqiyotning muhim sharti ilm- fan yutuqlariga asoslanish ekanligidan kelib chiqib, 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berildi. Harakatlar strategiyasining mantiqiy ketma-ketlikda bir biriga bog‘langan bosqichlardagi vazifalarning samarali amalga oshirilishi adolatli ijtimoiy tartibning o‘rnatilganligiga bog‘liq. 2.Milliy yuksalishda adolatli ijtimoiy tartibning o‘rni Milliy yuksalishning muhim sharti bo‘lgan adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilishi masalasi demokratik davlatning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shuning uchun adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosi fan faoliyatining ham eng dolzarb muammosi bo‘lishi lozim. Chunki, fan muammosining dolzarbligi zamon talabidan kelib chiqib, davlat tomonidan belgilab beriladi. Tarixga nazar solsak, barcha davrlarda ijtimoiy tartib muammosi jamiyatshunos olimlar oldida turgan eng dolzarb va eng murakkab muammo bo‘lib kelgan. Masalan, yunon faylasufi Platon “Davlat” nomli asarida ijtimoiy tartib o‘rnatilishi uchun jamiyatni intellektual elita boshqarishi kerak deb yozadi. Qadimgi dunyo faylasuflaridan yana biri Aristotel o‘zining “Siyosat” nomli asarida asosiy e’tiborni jamiyat strukturasini tahlil qilishga qaratgan va jamiyatda tartib bo‘lishi uchun “ o‘rta sinf kuchli bo‘lishi kerak” 2 , – deb yozadi. G‘arb olimu donishmandalaridan farq qilib, Sharqda ijtimoiy tartibni o‘rnatishda asosiy e’tibor ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan. Masalan, qadimgi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy ta’limotida ijtimoiy tartibni o‘rnatishda ma’naviy yuksaklikka alohida e’tibor qaratilganligini ko‘rish mumkin. Konfutsiy 2 .Рубанов А.В. Социальн ый порядок: традиции и современные подходы к изучению. Журн. Белорус. Гос. Ун-та. Философия. Психология. 2017. №1.С. 46.
insoni yat jamiyat i da ma’naviyat ning roli yuqori ekanligini quyidagicha ko‘rsatgan: “ Agar jamiyat qonunlar yordamida boshqarilsa va tartibot jazolashlar vositasida amalga oshirilsa, odamlar jazolashlardan o‘zlarini olib qochishga intiladilar, lekin ular o‘zlarida or-nomusni his qilmay qo‘yadilar ; agar jamiyat axloq vositasida boshqarilsa, tartibot axloqiy qadriyatlar bilan ta’minlansa, odamlar or-nomusni his qiladilar, halol va sofdil bo‘ladilar ” 3 . Konfutsiy ijtimoiy tartib o‘rnatishni axloqiy tarbiya negizida ma’naviyatni yusaltirish bilan bog‘lagan ligini tushunish qiyin emas. Sharq Arastusi deb nom olgan Abu Nasr Farobiyning asarlarida ham ijtimoiy tartibni o‘rnatishda ma’naviyatga alohida e’tibor qaratilganligini ko‘rish mumkin. Bugungi kunda ham ijtimoiy tartib muammosi fan faoliyatining dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda, chunki hali hanuz insoniyat qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi, degan savolning mukammal javobini topa olgani yo‘q. Ushbu muammoning yechimi fan faoliyatiga, va, eng avvalo, ijtimoiy-gumanitar fanlarga, jumladan, tarix faniga bog‘liqdir. Shuning uchun ijtimoiy tartibni o‘rnatish maqsadida i jtimoiy-gumanitar fanlar ichida, eng avvalo, tarix fanining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochib berish lozim. Tarixiy bilimsiz biror-bir ijtimoiy fan rivojlana olmaydi, aniqroq qilib aytganda, faylasuf ham, sotsiolog ham, politolog ham, iqt i sodchi ham, psixolog ham faqat tarixiy bilim negizidagini tadqiqot olib borishi mumkin. Chunki tarixiy bilim insonga fikrlash uchun kerak bo‘lgan materialni berada va uning tafakkurini rivojlantiradi. Umuman, tarixni bilmasdan turib inson s a vodli bo‘lishi mumkin emas, chunki tarixiy bilim , yuqorida ta’kidlaganimizdek , tafakkurni rivojlantirib, barcha ijtimoiy fanlarning negizini tashkil qiladi. Mashhur donishmandlardan biri ning tarixni bilmagan odam ma’lumotli bo‘la olmaydi va o‘zini tasodif deb hisoblashi lozim , deb yozgani bejiz emas. Mustaqillik sharofati bilan biz da o‘z tariximizni ob’ektiv o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi va shuning uchun ham b ugungi kunda 3 3 . История политических и правовых учений. Древний мир. М.: Наука, 1985. с.170.