Yangilanayotgan O’zbekiston milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari
Mavzu: Yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari Reja: 1. O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi 2. Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi 3. Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish 4. Yangi O’zbekistonda – yangi saylovlar 5. Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari. E-hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari.
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» deb nomlangan to`rtinchi jildi o`zbek va rus tillarida «O’zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqdi. Ushbu kitob tort bo`limdan iborat bolib, uning birinchi bo`limi «Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga kotarish – eng muhim vazifamiz» deb nomlangan. Unga davlatimiz rahbarining mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqyealar munosabati bilan sozlagan nutq va maruzalari kiritilgan. «El-yurtimizning mustahkam irodasi va matonatiga tayanib, sinovlardan munosib o`tamiz» deb nomlangan ikkinchi bo`limdan esa koronavirusga qarshi kurashga bag`ishlangan ma`ruza, nutq va murojaatlar joy olgan. Kitobning «Dostona amaliy hamkorlik – barqaror rivojlanish kafolati» deb nomlangan uchinchi bo`limini xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va maruzalar tashkil etadi. Kitobning to`rtinchi – «Tabrik va qutlovlar» bo`limiga esa yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo’llangan tabrik va qutlovlar kiritilgan. Bugun xalqimiz, Vatanimiz intilayotgan milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga xos asosiy xususiyatlar, maqsad va vazifalar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida ishlab chiqilgan va izchil amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi va boshqa muhim ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy hujjatlarda aniq belgilab berildi. Ularda jahondagi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat, rivojlanish tendensiyalari, istiqboldagi taraqqiyot yo’llari chuqur tahlil etilgan. O’zbekistonda ayni shu asosda inson huquq va erkinliklarini ta`minlash, jamiyat hayotining barcha sohalarini yanada liberallashtirish borasida keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekani haqidagi Konstitusiyaviy tamoyil asosida xalq bilan muloqot davlat siyosati darajasiga kotarildi.
Mamlakatni innovatsion rivojlantirish, odamlarda faol fuqaroliq pozitsiyasi va tashabbuskorlikni kuchaytirish, mustaqil dunyoqarash va fikrlash ko`nikmasini shakllantirish, jamiyatda adolat ustuvorligini ta`minlash, xuquqiy-demokratik davlat asoslarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurash, jaholatga qarshi marifat bilan kurashish bo`yicha muhim vazifalar amalga oshirildi. Jamiyat hayotining barcha bog`inlarida xalq bilan muloqotning turli shakl va vositalari, jumladan, Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonalar, Bosh vazir qabulxonasi, ma`sul va mutasaddi rahbarlarning xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi hisobotlari, sayyor qabullar, ijtimoiy muammolarni, odamlarning yashash sharoitlarini bevosita joylarga chiqib o`rganish kabi usullar keng qo`llanayotgani milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash orqali milliy g`oya tamoyillarini takomillashtirishga, pirovard natijada aholi manfaatlari va farovonligini ta`minlashga xizmat qilmoqda. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, bozor munosabatlariga to`liq o`tish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlik erkinligiga yanada keng yo’l ochish, barcha sohalarda davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini faol qo`llashga alohida e`tibor berilmoqda. Yer osti va yer usti boyliklaridan, inson resurslaridan to`la foydalanish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. O’zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichida fuqarolar qalbi va ongidagi yangi sifat o`zgarishlari hayot darajasining yuksalishi bilan uyg`un holda kechmoqda. O’zbekiston fuqarolarining xuquq va manfaatlarini ular dunyoning qaysi burchagida bo`lmasin, davlat tomonidan ishonchli himoya qilish reallikka aylanib borayotgani, bu borada barcha zarur mexanizmlar ishga solinayotgani jamiyat a`zolarining oz xalqi va Vatanidan faxrlanish tuyg`usini, davlatning adolat va qonuniy huquqlar kafolati sifatidagi salohiyatiga bo`lgan ishonchini oshirmoqda. Harakatlar strategiyasi asosida kechayotgan shiddatli islohotlar xalqning kelajakka ishonchini mustahkamlash, uni bunyodkorlik ishlariga safarbar qilish, jamiyatda uchrayotgan illatlar, xususan, loqaydlik, boqimandalik va korrupsiya kabi holatlarga qarshi faol kurashishga davat etmoqda.
«Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak». «Inson manfaatlari xamma narsadan ulug», «Xalq boy bolsa, davlat ham boy va qudratli boladi». «Xalq bizdan rozi bolsa, ishimizda unum va baraka bo`ladi», «Adolat–qonun ustuvorligida», «Ma`naviyat bo`lmagan joyda xech qachon adolat bo`lmaydi!», «Insonlarning dardu tashvishlarini o`ylab yashash–odamiylikning eng oliy mezonidir» singari tamoyillar hayotga joriy qilinmoqda. Bu esa milliy goyaning xalq irodasi sifatidagi maqomini oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, bugun O’zbekistonda amalga oshirilayotgan, jahon hamjamiyati tomonidan e`tirof etilayotgan demokratik islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani xalqimiz, ayniqsa, Yoshlarimiz ongida ertangi kunga mustahqam ishonch uyg`otmoqda. 2.Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi .Insoniyat tarixida asrlar mobaynida davlat hokimiyatining odamlar manfaati, jamiyat ravnaqi yo’lida xizmat qilishiga harakat qilindi. Biroq, legitimlik yo’li bilan dastlabki hokimiyat bo`linishi kabi siyosiy-huquqiy, zamonaviy-nazariy qarashlar amaliyotga kirib kelmaguncha faoliyat maqsadi insoniyat baxt-saodatiga qaratilgan hokimiyat tizimi kuzatilmadi. Hokimiyatni tartibga soluvchi ushbu nazariya davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida amalga oshirilgan islohotlarning eng barqarori bo`lib, unda hokimiyatlar bolinishi tamoyilini hayotga izchil tadbiq etish, ular o`rtasida o’zaro va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish kabi dolzarb chora-tadbirlarni korishga qaratilgan edi. Hokimiyatlar bolinishi klassik tamoyilining mazmun - mohiyatini «bir-birini tiyib turish va muvozanatda ushlash» mexanizmining mavjudligi bilan birga, uning real ishlashi tashkil etadi. O’zbekistonda davlat hokimiyatini tashkil etishda hokimiyatni taqsimlanishi tamoyilining konstitusiyaviy asosda qo`lanilishi bizda demokratik tuzumning o`rnatilganligidan dalolat beradi. Shu jihati bilan konsepsiya davlatning boshqaruvdagi barcha amaliy harakatlari va doirasini belgilaydi hamda mamlakatning siyosiy hayotida barqarorlik, hokimiyat organlari o`rtasida muvozanat mexanizmini yaratadi. Istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng miqyosli islohotlar evaziga tajriba
to`plandi, tizim yangilandi: totalitar rejimga barham berilib, davlatchilik usul va uslubida ratsional yondoshuvlar shakllandi. Demokratik tamoyillarga keng yo’l ochildi. Shu nuqtai nazardan qat`iy ishonch bilan aytish mumkinki, «Buyuk kelajagimizni oliyjanob va mard xalqimiz bilan birga quramiz...». Darhaqiqat, bugungi sharoitlar butunlay yangi davr davlatchiligiga asos solindi deyishimiz mumkin. Albatta, hozirgi jadal taraqqiyot jarayonining tayanchi yurtimiz O’zbekistonda, davlat boshqaruvning demokratik uslubi sifatida hokimlik organlari vakolatlarining qonuniy meyorlarini optimallashtirish, o`z xizmat vazifalarini bajarish chog`ida qonun talablari hamda mahalliy sharoitdan kelib chiqib, mustaqil qarorlar qabul qilishga yo’l ochadi. Bularning bari O’zbekiston jamiyati amaliyotda sifat jihatidan mutlaqo yangi davrni boshlaganini bildiradi. Gap, davlat rahbarining saylov oldi asosida ishlab chiqilgan va bugun hayotga tadbiq etilgan Harakatlar strategiyasining mohiyati borasida borar ekan, shuni alohida takidlaymiz, Strategiyaning bugungi kun uchun xos bolgan ma`nosi hozirgi murakkab davrda O’zbekistonning erkin va farovon davlat bo`lishiga erishish, odamlar hayotini tubdan yaxshilash, baxtli turmushini, kafolatli tinchligini ta`minlash, har bir insonning ertangi kuniga bo`lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat. Haqiqatdan ham, fuqarolarning zamonaviy tafakkuri davlat borasida o`z tushunchasi, boshqaruv xaqida shaxsiy fikri, uning rivojlanishiga alohida yondoshuvi borligi, ijtimoiy-siyosiy jarayonga munosabati kardinal o`zgarganligi bilan xarakterlanadi. Endilikda ijtimoiy xayotning barcha jabhalarini isloh qilish jarayonlari, fuqarolar ongida fundamental o`zgarishlar, jamiyatni tashkil qilishning demokratik shakllari - inson va jamiyat, fuqaro va davlat o`rtasidagi munosabatlarni soddalashtirilgan tartibi sharoitida roy bermoqda. Ijtimoiy adolat tamoyili nuqtai nazaridan islohotlarning shu zayilda borishi xalqni, demokratik ko`pchilikni davlatni xalqchil boshqarish jarayonlaridagi faol ishitirokini ta`minlaydi. Bundan davlat hokimiyati organlarining joriy vazifasi – xalqqa xizmat qilish bilan belgilangan. Bu borada Prezident Sh. Mirziyoyev shunday degan edi: «Bundan keyin vazirlik va idoralar, xojalik birlashmalari rahbarlari va hokimlarning faoliyati natijasi ularning odamlar bilan qanday muloqot olib