O’ZBEKISTON REDPUBLIKASINING TA’LIM TIZIMI. KADRLAR RAYYORLASH MILLIY MODELI















O’ZBEKISTON REDPUBLIKASINING TA’LIM TIZIMI. KADRLAR RAYYORLASH MILLIY MODELI Reja: 1. Ta’lim tizimining tuzlishi va uning ish mazmuni. 2. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari. 3. Maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim. 4. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim mazmuni. 5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim va kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. 6. Maktabdan tashqari ta’lim.
Ta’lim tizimi deb muayyan mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga ta’sir ko’rsatuvchi hamda ma’lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta’lim- tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. O’zbekistonda ta’lim tizimi mamlakatning barcha fuqarolariga ta’lim, tarbiya berish kasb-hunar o’rgatishning asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Ta’lim tizimi asosida barcha fuqarolar o’zlarining xohishlariga qarab, umumiy, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim va mutaxassisliklarni egallashlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: Davlat ta’limi standartlariga muvofiq ta’lim dasturini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; Ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatishini va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalar; Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir. I. Barcha ta’lim muassasalari davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etiladi va nazorat qilinadi. Ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat muassasalari shaklida olib boriladi. Davlat muassasalari O’zbekiston xukumatining mablag’i hisobidan tashkil qilinadi ya’ni barcha amalga oshiriladigan o’quv ishlari, amaliyotlar, o’quv-moddiy baza, kadrlarga tulanadigan va boshqa mablag’lar davlat tomonidan ta’minlanadi. O’qiydigan o’quvchi talabalarga stipendiya, yotoqxona va boshqa tomondan ijtimoiy himoyalanadi. Nodavlat ta’lim muassasalari esa nodavlat tashkilotlar, xo’jaliklar, dehqon- fermer, qo’shma korxonalar, fuqaro, homiylar yoki xorijiy tashkilotlari tomonidan tashkil etaladi. Barcha o’quv-tarbiyaviy ishlar, kadrlar tayyorlash o’sha homiylarning mablag’i hisobidan tashkil qilinadi. Ammao ta’lim mazmuni davlat ta’lim standartlari talabalariga javob berishi talab etiladi.
II. Ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatish va rivojlanishni ta’minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarga esa quyidagilar: ta’lim tizimining rivojlanishini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, oliy o’quv yurtlarining ilmiy ishlarini muvofiqlovchi xodimlar, ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug’ullanuvchi pedagoglar, professorlar va boshqalar kiradi. Masalan, Pedagogika, psixologiya, kimyo, matematika, fizika va hokazo. Bu muassasalarxalq xo’jaligining qaysi sohalari bo’lishidan qat’iy nazar shu sohalar bo’yicha tadqiqot ishlari bilan shug’ullanadi. Oqibatda ta’lim tizimi rivojlanadi va davlatga, jamiyatga naf keltiradi. III. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga esa quyidagilar kiradi: Tarmoq sohalaridagi vazirliklar, viloyat xokimiyat boshqaruv organlari, tuman xalq ta’limi bo’limi, maktablarning rahbarlari, maktablar, bolalar bog’chalari, uylari, dam olish sanatoriyalar, kutubxona, texniklar, tabiatshunoslar, temiryo’l stansiyalar va hokazo. IV. O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir talabi esa O’zbekistonda ta’lim tizimi bitta, o’ziga xos, mos shuning uchun u yagona degan ma’no tushunilishi kerak. O’zbekiston ta’lim tizimi boshqa davlatlardan nusxa olmasdan, o’z tajribasi va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda ishlab chiqilgan va hayotda qo’llanilmoqda. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining uzluksizligi deyilganda barcha fuqarolarga ma’lumot ixtisoslik berilishida uzluksizlik, o’zaro bog’liklik saqlangan bo’lib u darajasiga qarab biror mutaxassislikni tayyorlashni nazarda tutadi. Barcha ta’lim muassasalari o’zaro uzviy uyg’unlikda bog’langan. Masalan, Umumiy o’rta ta’lim bilan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limning bog’lanishini ko’rsatish mumkin. O’quvchi avval umumiy o’rta ta’limni oladi, so’ng esa o’rta maxsus kasb-hunar ta’limida davom ettiradi va hokazo. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustvor deb e’lon qilinadi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo’nalishini: akademik lisey yoki kasb- hunar kollejda o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’limi standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish. O’zbekistonda ta’lim ¤zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustvor sohasi deb e’lon qilingan. Haqiqatan ham davlatning rivojlanishida ta’lim sohasi ustuvordir. Chunki O’zbekistonning jahon hamjiyatida o’z obro’li o’rnini egallash vazifasini faqat ta’lim sohasi hal etadi. Xalq xo’jaligining qaysi yo’nalishida faoliyat ko’rsatuvchi kadr ta’lim olmog’i shart. Shuning uchun u kim, qayerda, qanday sohada ishlashidan qat’iy nazar ta’lim olish orqaligina shunday mutaxassislikni egallashi mumkin. Shuning uchun hukumatimiz ta’lim tizimiga milliy daromadning 10% ni sarflamoqda. Bu haqda bobomiz M. Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga paymol bo’lur”, - deb aytgan so’zlari bag’oyat qimmatli. Ta’limning inson, jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati haqida Imom Al- Buxoriy “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmag’ay”, - deb bejiz ta’kidlamagan. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining har bir prinsipi barkamol insonni shakllantirishda ta’lim xodimlari, muassasalar oldiga oshirilgan talablar quyiladi,
oqibatda malakali kadrlar tayyorlash maqsadi uchun xizmat qiladi. Ularning har birini qisqacha tahlil qilib o’rganamiz. Birinchi prinsipda ta’lm-tarbiyada insonparvarlik ya’ni u odamning manfaati uchun tashkil qilinadi, uning huquqlarini demokratik qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshirilish nazarda tutiladi. Ikkinchi prinsipda barcha ta’lim turlarining uzluksizligi va izchil olib borilishi nazarda tutilgan. Ta’limda maqsad asosida o’zi tanlagan sohani u yoki bu darajaga erishishda bu prinsipga amal qilib erishish mumkinligi nazard tutilgan. Uchinchi prinsipda har bir fuqaroning umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb- hunar ta’limi olishda majburiyligi qonun bilan asoslangan va uni bajarishi ta’minlangan. To’rtinchi prinsipda yuqoridagi ta’limda ta’lim olishni tanlashning ixtiyoriyligi belgilangan. Hyech kim birovning qistovi bilan emas, balki o’z ixtiyori bilan tanlash huquqi kafolatlangan. Beshinchi prinsipda ta’lim tizimining dunyoviy bilimlarni o’qitish, o’rgatish g’oyasi ilgari surilgan. Faqat inson manfaati uchun kerakli dunyoviy bilimlar o’quvchilarg o’qitilishi asoslangan. Oltinchi prinsipda o’rgatiladigan ta’lim davlat standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi huquqiy kafolatlangan. Fuqarolarga foydasi tegmaydigan bilimlar o’qitish cheklangan. Yettinchi prinsipda o’quvchilarga ta’lim berishda dasturlarni tanlashga yagona yondashuv nazarda tutilgan. Masalan, umumiy o’rta ta’lim yoki oliy ta’lim dasturlari bir yagona maqsadni nazarda tutadi, ya’ni o’qish vaqti, mazmuni, soatlari, yagona tarzda belgilangan. Yana mazkur ta’limni amalga oshirishda tabaqalashtirilgan yondashuv deyilganda ba’zan o’quvchilarning xohishlari hisobga olinib kuchaytirib o’qitiladigan muassasalar faoliyati asoslanib shunday imkoniyat yaratish nazarda tutilgan. Yuqoridagi har ikki talab O’zbekistonning barcha shu tipdagi muassasalarida yagona tartibda amalga oshirishi ta’minlanadi. Sakkizinchi prinsipda ta’lim olishda qatnashuvchi o’quvchilarning bilimli bo’lishi va iste’dodini taraqqiy ettirishi, rag’batlantirishi nazarda tutilgan. Masalan,