logo

Yangi O‘zbekiston milliy tiklanishdan yuksalish sari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

44.138671875 KB
Yangi O‘zbekiston: milliy tiklanishdan yuksalish sari
Reja
1.Yangi O‘zbekistonni yaratishda Harakatlar strategiyasining ahamiyati
2.Yangi   O‘zbekistonda     demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli
qilishda Prezident murojaatnomasining ahamiyati
3.Yangi O‘zbekistonda milliy yuksalishning muhim sharti bo‘lgan  adolatli
ijtimoiy tartibni o‘rnatishda tarix faning o‘rni Insonda   ijtimoiy   ong   shakllangandan   buyon   baxtli   yashaydigan   farovon
jamiyatni   orzu  qilib   kelmoqda.  Bosh   maqsadimiz   bo‘lgan   ozod   va  obod,   farovon
jamiyat   qurish   asosida   xalqimizning   orzusi   bo‘lgan   baxtli   hayot   kechirishini
ta’minlash Yangi O‘zbekistonning  milliy  yuksalishi  bilan bog‘liq. Shuning uchun
O‘zbekistonning eng yangi tarixi milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari g‘oyasi
asosida   amalga   oshirilayotgan   islohotlar   bilan   xarakterlanadi.   Milliy   tiklanishdan
milliy   yuksalishga   o‘tib   borayotgan   Yangi   O‘zbekistonda   xalqimizni   baxtli,
hayotini   farovon   qilish   borasida   keng   ko‘lamli   islohotlar   amalga   oshirilmoqda.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoev   ushbu   xususda   gapirib,
“ Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘lib, yorug‘
kelajagimizni   o‘z   qo‘limiz   bilan   bunyod   etmoqdamiz.   Istiqlol   yillarida   erishgan
yutuqlarimizga   tayanib,   milliy   tiklanishdan-milliy   yuksalish   sari   dadil   qadam
qo‘ymoqdamiz.     Mamlakatimiz   taraqqiyotini   yanada   yuksak   bosqichga   ko‘tarish
maqsadida   Harakatlar   strategiyasini   qabul   qildik.” 1
,   –   deb   alohida
ta’kidladi.   O‘zbekiston     Prezidentining ushbu so‘zlari Yangi O‘zbekistonda milliy
yuksalish jarayonidagi ishlarimizning yanada samarali bo‘lishiga xizmat qiladigan
omillarni   topish   bugungi   kunning   eng   dolzarb   muammosi   ekanligini   ko‘rsatib
turibdi. 
Yangi   O‘zbekistonda   milliy   yuksalish   to‘g‘risida   gapirganda,   eng   avvalo,
Yangi   O‘zbekiston   tushunchasini   mazmun   mohiyatini   anglab   olish   lozim.
Ma’lumki bu yorug‘ dunyoda yashayotgan har bir inson baxtli hayot to‘g‘risidagi
orzu   umidlar   bilan   yashaydi.   Buni   jahon   xalqlari   siyosiy   lug‘atlaridagi   “Amerika
orzusi”,   “Britaniya   orzusi”,   “Rossiya   orzusi”,   “Yaponiya     orzusi”   va   “Xitoy
orzusi”   kabi   tushunchalarda   yaqqol   ko‘rish   mumkin.   O‘zbekiston   xalqi   ham   ana
shunday   orzu   umidlar   bilan   yashab   Yangi   O‘zbekitsonni   barpo   etish   va   Yangi
Uyg‘onish   davri   poydevorini   yaratish   maqsadi   yo‘lida   harakat   qilmoqda.   Bu
maqsad   yo‘lida   harakat   qilganda   eng   avvalo   Yangi   O‘zbekiston   tushunchasi
nimani   ifodalashini   chuqur   anglab   olish   kerak   bo‘ladi.   Chunki   inson   nimaga
1
 Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. 
 3-том. Тошкент – “Ўзбекистон” – 2019 й., 88-бет. intilayotganligini aniq bilgandagina uning faoliyati samarali bo‘ladi. Xo‘sh Yangi
O‘zbekiston tushunchasi nimani ifoda etadi? “Ushbu tushuncha mamlakatimizning
zamonaviy qiyofasini shakllantirish, yurtimizda demokratik davlat, erkin fuqarolik
jamiyatini   barpo   etish,   Uchinchi   Renessans   poydevorini   yaratish   borasidagi
islohotlarimizning tayanch g‘oyasini ifoda etadi.” 2
Yangi   O‘zbekistonni   yaratish   barchamizning   ezgu   orzumiz,   mehnatkash,
tinchliksevar xalqimizning orzusi hisosblanadi. Ushbu xususda gaprib O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoev   “Yangi   O‘zbekiston   tushunchasida
mujassam   bo‘lgan xalq orzusi tarixiy taraqqiyotning barcha davrlarida millatning
yetuk vakillarini uni ro‘yobga chiqarish yo‘lida amaliy harakatlarga undab keldi” 3
deb   yozadi.   Shunday     qilib   Yangi   O‘zbekiston   tushunchasida   uzoq   o‘tmishdan
hozirgi   davrgacha   milliy   tafakkurimiz   negizida   shakllanib   kelgan,   turli   g‘oya   va
amaliy   harakatlarda   o‘z   ifodasini   topgan   xalqimizning   orzu   –   umidlari   mujassam
bo‘lgan deb aytish mumkin. Xalqimizni baxtli hayot to‘g‘risidagi  orzu niyatlarini
amalga   oshirish,   yangi   hayot   qurish   yo‘lidagi     beqiyos   o‘zgarishlarni   o‘zida
mujassamlagan   Yangi   O‘zbekiston   strategiyasi   hammamizdan   fidoyilik   va
bunyodkorlikni yanada katta jonbozlikni talab qiladi.
Yangi   O‘zbekiston   barpo   etish   borasidagi   vazifalar   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoevning   Harakatlar   strategiyasida 4
  belgilab
berilgan.   Harakatlar   strategiyasi   asosida   ishlab   chiqilgan   2017   yil   22   dekabrdagi,
2018 yil 28 dekabrdagi,   2020 yil 24 yanvardagi va 2020 yil 29 dekabrdagi   Oliy
Majlisga   qilgan   murojaatnomalari   islohotlarni     amalga   oshirishda   faol   ishtirok
etishga   chaqiruv   hisoblanadi. Bu murojaatnomalarning mohiyati  shundaki  ularda
nominal   demokratiyadan   real   demokratiyaga   o‘tishga   xizmat   qiladigan   yangi
siyosiy   muhit   shakllantirish   maqsadi   yotibdi.   Boshqacha   qilib   aytganda   bugungi
kunda   mamlakatimizda   demokratiyaning   shakliga   munosib   mazmuni   shakllanib
bormoqda.     Murojaatnomaning   mazmun-mohiyatini   tushunish   uchun   Harakatlar
2
  Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент, 2021 йил,  26-бет.
3
 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент, 2021 йил,  16-бет.
4
 Мирзиёев Ш.М. 2017 – 2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг беш устувор 
йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Тошкент 2017 йил 8 феврал. strategiyasida belgilab berilgan islohotlarning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib
fikrlash   kerak.   Mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   islohotlar   O‘zbekistonni
rivojlantirish   asosida   xalqimiz   hayotini   baxtli   qilishga   qaratilgan.   Demak,
murojaatnomani   mazmun-mohiyati   O‘zbekiston   xalqini   hayotini   baxtli   qilishga
xizmat   qiladigan   yangi   siyosiy   muhitni   shakllantirishda     faol   ishtirok   etishga
chaqiriq  deb aytish mumkin .
Islohotlarning   maqsad   va     vazifalarni   samarali   amalga   oshirish   uchun,   eng
avvalo,   xalqning   dardini   bilish   va   mavjud   ijtimoiy   muammolarni   aniqlab   olish
kerak   bo‘ladi.   Shuning   uchun   islohotlarni   amalga   oshirishga   qaratilgan   2017
yilning   7   fevralida   tasdiqlangan   Harakatlar     strategiyasining   birinchi   bosqichi
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlandi. Muammolar aniqlab
olingandan   so‘ng   Harakatlar   strategiyasining   ikkinchi   bosqichiga   “Faol
tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb
nom   berildi.   Bozor   munosabatlari   sharoitida   pul   omilini   birinchi   o‘ringa   chiqishi
va   iqtisodiy   rivojlanish   investitsiyaga   bog‘liq   bo‘lishi   sababli,   Harakatlar
strategiyasining uchinchi bosqichi “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”
deb   nomlandi.   Milliy   tiklanishdan   milliy   yuksalish   g‘oyasining   talablaridan   va
taraqqiyotning   muhim   sharti   ilm-fan   yutuqlariga   asoslanish   ekanligidan   kelib
chiqib   2020   yilga   “Ilm,   ma’rifat   va   raqamli   iqtisodiyotni   rivojlantirish   yili”   deb
nom   berildi.   Keng   ko‘lamli   demokratik   islohotlar,   jumladan,   ta’lim   islohotlari
orqali   O‘zbekistonda   yangi   uyg‘onish   davri,   Uchinchi   Renessans   poydevorini
yaratish   va   COVID-19   koronavirusi   pandemiyasi   oqibatlarini   bartaraf   qilish   va
aholi   salomatligini     himoya   qilish   maqsadida   2021   yil   “Yoshlarni   qo‘llab-
quvvatlash   va   aholi   salomatligini   mustahkamlash”   deb   nom   berildi.   Harakatlar
strategiyasining   mantiqiy   ketma-ketlikda   bir   biriga   bog‘langan   bosqichlardagi
vazifalarni samarali  amalga oshirilishi   adolatli ijtimoiy tartibni   o‘rnatilganligiga
bog‘liq.  
Adolatli ijtimoiy tartibning o‘rnatilganligi Yangi O‘zbekistonni barpo etishning
muhim   sharti   hisoblanadi.   Harakatlar   strategiyasi   asosida   ishlab   chiqilgan
murojaatnomalarda adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan vazifalar belgilab   berilgan.   Murojaatnomalarda   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalariga   doir
vazifalar   belgilab   berilgan.   Har   bir   soha   vakillari   murojaatnomani   o‘rganganda
o‘zlariga   doir   vazifalarni   aniqlab   olishlari   va   uni   ijrosi   borasida   chora-tadbirlarni
ishlab chiqishlari lozim. Lekin murojaatnomada inson qaysi soha vakili bo‘lishidan
qat’iy   nazar   hamma   uchun   bir   xil   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   vazifalar   ham
mavjud.   Bularga   O‘zbekiston   tanlagan   demokratik   taraqqiyot   yo‘lidan   jadal
rivojlanish borasidagi vazifalar, zamonamiz mohiyati bo‘lgan fuqarolik jamiyatini
kuchli   qilish   borasidagi   vazifalar,   mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan
islohotlarni asosida yotgan liberallashtirish jarayonini takomillashtirish borasidagi
vazifalar,  barcha   sohadagi  rahbar   kadrlarni  o‘z  ishiga  tanqidiy  tahlil,  qat’iy  tartib
intizom va shaxsiy javobgarlik qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat olib borishi
borasidagi   vazifalar     kiradi.   Bu   vazifalarni   amalga   oshirish   hamma   uchun   daxli
bo‘lgan   korrupsiya   muammosini   bartaraf   qilib,   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatib
O‘zbekiston xalqini hayotini baxtli qilishga qaratilgan.
Baxtli   hayot   qurish   borasida   gapirganda   yana   bir   yangilikni   aytib   o‘tish
adolatdan   bo‘lar   edi.     Harakatlar   strategiyasida   muhtaram   Prezidentimiz   Shavkat
Mirziyoev   tomonidan   baxtli   hayot   to‘g‘risidagi   tushuncha   tanqidiy   tahlil   qilinib
bir yangilik kiritildi. Yangilik shundan iboratki - baxtli hayot kelajakda emas, balki
bugun   bo‘lishi   kerak   degan   fikrda.   Chunki   bizlar   baxtli   hayot   kelajakda   bo‘ladi
degan   fikrga   o‘rganib   qolib   ertangi   kunimiz   baxtli   bo‘ladi   degan   fikr   to‘g‘ri   deb
qabul   qila   boshladik.   Lekin   hech   kim,   nima   uchun   ertangi   kunimiz   baxtli   deb
yashashimiz   kerak,   biz   bugun   yashaymiz   bugungi   kunimiz   qachon   baxtli   bo‘ladi
degan   fikrni   hatto   xayoliga   ham   keltirmay   keldi.   O‘zbekiston     Prezidenti   ushbu
masalaga   tanqidiy   yondashib   odamlar   bugun   yashaydi   va   ular   bugun   baxtli
bo‘lishlari   kerak   degan   yangi   g‘oyani   ilgari   surdi.   Bu   yangi   taklifning   ahamiyati
shundaki   agar   biz   bugun   ertangi   kunimiz   baxtli   bo‘ladi   deb   yashasak,   ertaga
farzandlarimiz   ham   ertangi   kunimiz   baxtli   bo‘ladi   deb   yashaydi,   indinga
nabiralarimiz   ham   xuddi   shunday   fikr   bilan   yashaydi,   natijada   baxtli   hayot
reallikka   aylanmay   faqat   orzu   bo‘lib   qoladi.   Bunga   qariyib   80   yil   davom   etgan
sho‘rolar  zamoni yaqqol misol bo‘ladi. Sho‘rolar zamoni tarixi bizga saboq bo‘lib ushbu xatoni takrorlamasligimiz kerak va buning uchun murojaatnomani mazmun-
mohiyatini to‘g‘ri anglab olishimiz kerak.
Murojaatnomalarni asosida yotgan Harakatlar strategiyasi    baxtli hayot qurish
bilan bog‘liq ekan, eng avvalo,   baxtli hayot nima   ekanligini aniqlab olish kerak.
Baxtli   hayot   nima   ekanligini   bilgandan   keyin   murojaatnomani   tushinish   osonroq
kechadi,  chunki  biror   bir   narsaga  erishish  uchun  o‘sha  narsaga   doir   bilim   muhim
ahamiyatga ega. Bu boradagi muammo shundan iboratki baxt to‘g‘risida xilma-xil
tushunchalar mavjud, chunki har kim baxtni har xil tushunadi. Natijada, fikrlarning
tarqoqligi   va     ayrim   tushunmovchiliklar   kelib   chiqadi.   Hatto   baxt   so‘ziga   aniq
ta’rif berib bo‘lmaydi, chunki bu nisbiy tushuncha degan fikr ham mavjud. Lekin
bu fikrga to‘liq qo‘shilib bo‘lmaydi, unga  faqat qisman qo‘shilish mumkin. Nima
uchun   qisman   qo‘shilish   mumkin,   chunki   mutlaq   haqiqat,   mutlaq   adolat
bo‘lmaganidaek   mutlaq   baxt   ham   bo‘lmaydi.   Nima   uchun   to‘liq   qo‘shilib
bo‘lmaydi, chunki  insonni  millati, dini, irqi  va mafkurasidan  qat’iy nazar  hamma
uchun   bir   xil   to‘g‘ri   keladigan   baxt   ta’rifini   berish   mumkin.   Shuning   uchun   Abu
Nasr Farobiy tarbiya tajribali o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilishi va baxt nima
ekanligi   tushuntirilishi   kerak,   chunki   har   bir   odam   baxtni   va   hodisalarni   o‘zicha
bila olmaydi deb ta’kidlagan. Farobiy baxtli hayotni ta’minlaydigan jamiyat qurish
to‘g‘risida   gapirib   “Insoniyat   faqatgina   ilm   va   yuksak   axloqiylik   asosida   yaxlit
fozil jamoaga birlasha olishi mumkin” 5
 deb ta’kidlaydi.
Baxtni ta’rifni berishdan oldin, hozirgacha  baxtga berilgan ta’rifni aytib o‘tish
va   uni   kamchiligini   aniqlab   olish   kerak   bo‘ladi.   Aksariyat   lug‘atlarda   baxt
insonning   moddiy   va   ma’naviy   ehtiyojlarining   to‘liq   qondirilganlik   holati   deb
berilgan.   Bir   qarashda   mukammal   ta’rifga   o‘xshaydi,   insonga   yana   nima   kerak
qorni   to‘q,  usti   but  bo‘lsa  va kamchiligi   bo‘lmasa   baxtli   bo‘lish  uchun  yetarlidek
ko‘rinadi. Lekin bu ta’rifda bitta kamchilik bor va bu kamchilik  qo‘rquvsiz erkin
yashash hissi, xotirjamlikni    yo‘qligi hisoblanadi. Agar insonda qo‘rquvsiz erkin
yashash   hissi   bo‘lmasa   uning   qor   to‘q,   usti   but   va   ehtiyojlari   qondirilgan   bo‘lsa
ham   u   baxtli   bo‘la   olmaydi.   Hatto   qo‘rquvsiz   erkin   yashash   hissi   insonning
5
 Фаробий Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри. Тошкент. 1993 йил. 186 – бет. baxtliligining   eng   muhim   sharti   deb   aytish   mumkin.   Aslida   bunday   hissiyot
ta’minlangan   muhitda   insonning   ehtiyojlari   ham   qondirilgan   bo‘ladi,   chunki
qo‘rquvsiz   erkin   yashash   hissi   bo‘lishi   ijtimoiy   tartibga   bog‘liq   va   bu   tartib
jamiyat taraqqiyotining ham muhim sharti hisoblanadi. Shunday qilib baxt so‘ziga
–   qo‘rquvsiz   erkin   yashash   hissi,   xotirjamlik   ta’minlangan   holda   moddiy   va
ma’naviy ehtiyojlarining to‘liq qondirilganlik holati   deb ta’rif berish to‘g‘riroq
bo‘ladi.
Inson   baxtli   bo‘lishi   uchun,  u,  eng  avvalo,  qo‘rqmasdan  erkin  yashashi  kerak
ekan   va   buning   uchun   nima   kerak   degan   savol   kelib   chiqadi.     Buning   uchun
jamiyatda   adolatli   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilgan   bo‘lishi   lozim.   Ana   endi   adolatli
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   Harakatlar   strategiyasi   asosida   ishlab   chiqilgan
murojaatnomaning ahamiyati nimada degan savolni javobini berish kerak bo‘ladi.
Murojaatnoma   yuqorida   ta’kilaganimizdek   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarini,
jumladan,   siyosiy   sohani   isloh   qilish   borasidagi   vazifalarni   belgilab   beradi.
Siyosiy   islohot   deganda   demokratlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilish
bog‘liq   bo‘lgan   vazifalar   nazarda   tutiladi.   Demokratiya   deganda   hokimiyat   xalq
tomonidan   shakllantirilishi   va   nazorat   qilinishi   tushiniladi.   Halq   o‘z   nazoratini
amalga   oshirishi   demokratiya   talabi   hisoblanadi   va   buning   uchun   xalq   kuchli
bo‘lishi  kerak. Kuchli bo‘lishi uchun esa, u birlashgan bo‘lishi  lozim va xalqning
bunday birlashganlik holati fuqarolik jamiyati degan tushuncha bilan ifodalanadi. 
Fuqarolik   jamiyatining   xalqaro   miqyosda   e’tirof   etilgan   asosiy   funksiyasi
ijroiya     hokimiyat   ustidan   nazoratni   amalga   oshirish   funksiyasi   hisoblanadi.
Murojaatnomalarda   Parlament   rolini   kuchaytirish   borasidagi   vazifalarni   ya’ni
demokratlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilish   vazifalarini     amalga
oshirish   ijroiya   hokimiyat   ustidan   jamiyat   nazoratini   samarali   qilishga   xizmat
qiladi.   Demokratiyani   takomillashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilish   esa ,
adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning   muhim   sharti   hisoblanadi.   Bunday   tartib
o‘rnatilgan joyda esa, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida rivojlanishni ta’minlash
mumkin bo‘ladi, chunki, tartib   jamiyat taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi.
Shunday   qilib   murojaatnomada   belgilab   berilgan   siyosiy   islohotlar   adolatli ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   asosida   inson   baxtliligining   muhim   sharti   bo‘lgan
qo‘rquvsiz   erkin   yashash   hissini   ta’minlaydigan   Yangi   O‘zbekistonni   barpo
etadi     deb   aytish   mumkin .   Shu   bilan   birgalikda   adolatli   ijtimoiy   tartib   nafaqat
qo‘rkuvsiz erkin yashash hissini balki insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini
qondirilishini   ta’minlashga   ham   sharoit   yaratadi,   chunki   tartib   o‘rnatilgan   joyda
iqtisodiy o‘sish ham va boshqa barcha sohalarning rivojlanishi   ham ta’minlanadi.
Demak, insonning tom ma’noda baxtli bo‘lishi adolatli ijtimoiy tartibga va bunday
tartib esa demokratiya hamda fuqarolik jamiyatining kuchliligiga bog‘liq  deb
aytishga barcha asoslar bor.
2.Yangi   O‘zbekistonda     demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli
qilishda Prezident murojaatnomasining ahamiyati
Yangi   O‘zbekiston     tushunchasi   mamlakatimizning   zamonaviy   qiyofasini
shakllantirish,   yurtimizda   demokratik   davlat,   erkin   fuqarolik   jamiyatini   barpo
etish,   Uchinchi   Renessans   poydevorini   yaratish   borasidagi   islohotlarimizning
tayanch g‘oyasini ifoda etar ekan demokratiya va fuqarolik jamiyatini kuchli qilish
masalasi bugungi kunimizning eng dolzarb muammosi hisoblanadi. Shuning uchun
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoevning   asosiy   e’tibori
mamlakatmizda   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishga   qaratilgan.
Bun     Prezidentning   Oliy   Majlisga   qilgan   murojaatnomalaridan   yaqqol   ko‘rish
mumkin.   Murojaatnomalar   Parlamentni   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini
shakllantirish va kuchli qilish jarayonida faol ishtirok etishga chaqiruv hisoblanadi.
Chunki   O‘zbekiston   xalqini   hayotini   baxtli   qilish   aynan   ana   shu   demokratiya   va
fuqarolik   jamiyatining   kuchlilik   darajasiga   bog‘liq.   Bugungi   kunda   baxtlilik
darajasi   eng   yuqori   bo‘lgan   mamlakatlarda   jumladan,   Shvesiya   va   Norvegiya
mamlakatlarida demokratiya va fuqarolik jamiyati ancha ilgarilab ketgan.
Shuning   uchun   Prezidentning   murojaatnomalarida   asosiy   e’tibor   Yangi
O‘zbekistonda   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishga   qratilmoqda.
Ushbu   xususda   gapirib   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoev “Bugungi   xalqimiz   –   kechagi   xalq   esmas.   Bugungi   O‘zbekiston   –   kechagi
O‘zbekiston   esmas.   Shu   bois,   demokratik   islohotlar   yo‘li   –   biz   uchun   yakkayu
yagona   va   eng   to‘g‘ri   yo‘ldir.   Bu   borada   biz   har   kuni   izlanishdamiz,   xorijdagi
ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganib, hayotimzni, ish uslubimizni takomillashtirishga
harakat qilmoqdamiz” deb ta’kidlaydi. Demokratiya va fuqarolik jamiyatini kuchli
qilish   borasida   gapirganda   uularni   funksiyasidan   kelib   chiqib   fikrlash   lozim.
Ma’lumki   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   birlashtirib   turadigan   funksiyasi
ularning   nazorat   faoliyati   hisoblanadi.   Shuning   uchun   Prezident
murojaatnomalarida   nazorat   faoliyatini   takomillashtirishga   alohida   e’tibor
qaratilmoqda.
Demokratiya va fuqarolik jamiyatini kuchli qilish borasidagi   muammolardan
biri   nazorat   faoliyati   bilan   bog‘liq   bo‘lmoqda.   Har   qanday   faoliyat   samarali
amalga oshirilishi uchun o‘sha faoliyatga doir bilim kerak bo‘ladi. Xuddi shunday
nazorat   faoliyatining   samaradorligi   ham   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimga   bog‘liq
bo‘ladi.   Ma’lumki   bilim   ta’lim   tizimida   shakllanadi,   lekin   bugungi   kunda   ta’lim
tizimida   biror   bir   fan   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimni   bermaydi.   Vaholanki,   bu
bilim   hech   qanday   mubolag‘asiz   insoniyat   jamiyati   uchun   kerak   bo‘lgan   eng
muhim   bilim   hisoblanadi.   Chunki   bu   bilim   jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti
bo‘lgan   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   bilim   hisoblanadi.
Shuning   uchun   ta’lim   tizimida   yoshlarimizga   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimni
beradigan fanlarni joriy etish zamon talabi hisoblanadi deb aytish mumkin. 
Bu borada butun mamlakatimiz miqyosida bo‘lgani kabi Samarqand viloyatida
ham   ma’lum   bir   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Samarqand   viloyatida
respublikamizda birinchilar qatorida demokratiya va fuqarolik jamiyati talablaridan
kelib   chiqib   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimlarni   ishlab   chiqishga   qaratilgan   ilmiy
tadqiqotlarni   olib   borildi.   Xususan,   Samarqand   viloyatining   yetakchi   oliy   o‘quv
yurti   bo‘lgan  SamDUda  2010 yildan  boshlab  nazorat  faoliyatiga doir  mavzularda
ilmiy   tadqiqotlar   olib   borildi.   Ushbu   tadqiqotlar   natijasida   2015   yilda   Ijtimoiy
nazorat nomli monografiya ishlab chiqildi va nashr etildi. Nazorat faoliyatiga doir ilmiy   tadqiqotlar   olib   borish   bilan   birgalikda   SamDU   Ijtimoiy   ish   yo‘nalishida
2010-2011 o‘quv yilaridan boshlab Ijtimoiy nazorat fani o‘qitib kelinmoqda. 
O‘zbekiston     markaziy   televideniesining   “Munosabat”   ko‘rsatuvida,
“O‘zbekiston   tarixi”   telkanalida   “Mavzu”   ko‘rstuvida,   Samarqand   viloyat
televideniesi “Dolzarb mavzu”, “Kun mavzusi” va “Jarayon” ko‘rsatuvlari oraqali
nazorat   faoliyatiga   doir   bilimlar   nafaqat   talabalarga   balki     keng   jamoatchilikka
yetkazilib borildi. Samarqand Davlat universiteti olimlari tomonidan olib borilgan
ilmiy   tadqiqot   va   pedagogik   faoliyat   natijasida   2020   yilda   “Ijtimoiy   nazorat” 6
nomli   darslik   ham   ishlab   chiqildi.   Bugungi   kunda   Ijtimoiy   nazorat   fani
universitetning bir nechta yo‘nalishlarida talabalarga o‘qitilmoqda. SamDUda joriy
qilingan     “Ijtimoiy   nazorat”   nomli   fan   nafaqat   Samarqand   viloyati   balki
mamlakatimiz   yoshlarini   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   sharotida   yashashga
qodir qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.  Ijtimoiy nazorat fani beradigan
bilim Yangi O‘zbekiston  taraqqiyotining va inson baxtliligining muhim sharti
bo‘lgan   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qilishini   inobatga   olib
ushbu yangi  fanni  Oliy ta’lim  tizimiga  joriy qilish  zamon  talabi  hisoblanadi.
Bu   talabdan   kelib   chiqib       taniqli   olimlar   akademik   A.X.Saidov 7
  va   akademik
A.A.Asqarov 8
 tomonidan  Yangi O‘zbekistonda yangi darslik  nomi bilan maqola
chiqarildi.
Bugungi kungacha demokratiya va fuqarolik jamiyatini kuchli qilish borasidagi
asosiy   muammolardan   yana   biri   mamlakat   iqtisodida   qishloq   xo‘jaligining
ulushini   yuqoriligi   va   qishloq   xo‘jaligida   esa   ko‘p   suv   iste’mol   qiladigan
ekinlarning,   jumladan,   paxtaning     ulushining   ko‘pligi   sabab   bo‘lib   keldi.   Chunki
sun’iy   sug‘orishga   asoslangan   dehqonchilikda   davlat   hokimiyati   organlarini
qonunga   qat’iy   rioya   qilishini   ta’minlash   muammo   bo‘lib   qoladi.   Bunday   holat
demokratiyani   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishga   yo‘l   qo‘ymaydi   va   oxir
oqibatda   tarixdan   ma’lum   bo‘lgan   Sharqona   despotizmni   keltirib   chiqaradi.
6
  Набиев Ф.Х. Ижтимоий назорат. Дарслик.Самарқанд – 2020 йил.
7
 Саидов А.Х. Янгиланаётган Ўзбекистонда янги дарслик. Ўзбекистон овози газетаси. 2020 йил 21 сентябрь.
8
 Асқаров А. Янгиланаётган Ўзбекистонда назорат фаолиятига доир билимни берадиган янги дарслик. 
Таълим, фан ва инновация журнали. 2021 йил 3 – сон. Shuning   uchun   bugungi   kunda   mamlakatimiz   iqtisodida   qishloq   xo‘jaligini
ulushini   qisqartirish   va   sanoatni   rivojlantirishga   qaratilgan   siyosat   yuritilmoqda.
Buni   murojaatnomada   paxta   va   bug‘doyga   davlat   buyurtmasini   bekor   qilish
kerakligi   to‘g‘risidagi   fikrdan   yaqqol   ko‘rsa   bo‘ladi.       Bu   borada   turizmni
rivojlantirish   muhim   ahamiyatga   ega,   chunki   turizm   paxta   ekiniga   o‘xshab
davlatning suv taqsimoti funksiyasiga bog‘liq emas. Iqtisodiyotimizda paxta ekini
beradigan   daromadni   pasayishini   asta-sekinlik   bilan   turizm   hisobidan   qoplab
borish   demokratiyani   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishga   xizmat   qiladi   deb
aytish   mumkin.   Shuning   uchun   O‘zbekiston     Prezidenti   chiqishlarida   va
murojaatnomlarida turizmni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 
Mamlakatimizda   turizmni   rivojlantirish   imkoniyatlari   juda   yuqori,   lekin   biz
hozircha   mavjud   imkoniyatlardan   to‘liq   foydalana   olmayapmiz.   O‘zbekistonning
tarixiy yodgorliklarga boy Samarqand, Buxora va Xorazm kabi shaharlarini turistik
imkoniyatlarini rivojlantirish borasida olib borayotgan ishlar talab darajasida emas.
Birgina   Samarqand   shahrining   turistik   imkoniyatlari   to‘g‘risida   gapirganda
sho‘rolar   zamonida   Samarqand   shahri   turistlarni   qabul   qilish   bo‘yicha   sho‘rolar
mamlakatida   birinchi   o‘nlikka   kirganligini   ta’kidlash   lozim.   Lekin   hozircha
Samarqand   viloyati   va   Zarafshon   vohasining   boshqa   viloyatlari   turizmni
rivojlantirish   borasida   olib   borayotgan   ishlari   talab   darajasida   emas.   Adolat
yuzasidan   shuni   e’tirof   etish   kerakki   Samarqand   viloyatida   ziyorat   turizmini
rivojlantirish   borasida   keng   ko‘lamli   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Birgina   Imom
Buxoriy majmuasini qayta rekonstruksiya qilish ishlari hech qanday mubolag‘asiz
nafaqat   Samarqand   viloyatini   balki   mamlakatimiz   turizm   salohiyatini   oshirishda
muhim ahamiyatga ega. 
Turizm   sohasini   rivojlantirish,   eng   avvalo,   ushbu   sohaga   investitsiyani   jalb
qilishga   va   investitsiyani   jalb   qilish   esa   qulay   investitsion   muhit
shakllanganligiga   bog‘liq.   Qulay   investitsion   muhit   yaratish   borasidagi   asosiy
muammo   byurokratiya,   porxo‘rlik   va   korrupsiya   illati   bilan   bog‘liq.   Ushbu
muammoni   bartaraf   qilishning   eng   maqbul   yo‘li   demokratiyani   takomillashtirish
va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilish   bilan   bog‘liqdir.   Shuning   uchun   xalqaro miqyosda   u   yoki   bu   davlatdagi   korrupsiyaning   darajasiga   qarab   demokratiya   va
fuqarolik   jamiyatining   kuchlilik   darajasiga   baho   beriladi.   Qaerda   byurokratiya,
poraxo‘rlik   va     korrupsiya       jilovlangan   bo‘lsa,   o‘sha   yerda   demokratiya   va
fuqarolik jamiyati kuchli degan xulosa qilinadi va aksincha. Demak dunyodagi eng
daromadli   sohalardan   biri   bo‘lgan   turizm   sohasini   rivojlanishi   ham,   demokratiya
va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilish   orqali   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga
bog‘liq.
Murojaatnomaning   maqsad   va     vazifalarini   amalga   oshirish   odamlarning
hayotga   ongli   munosabatda   bo‘lishlariga   bog‘liq.   Hayotga   ongli   munosabatda
bo‘lish   deganda   befarqlik   kayfiyatini   jilovlab   daxldorlik   hissi   bilan   yashash
tushiniladi. Hayotga ongli munosabatda bo‘lish, eng avvalo, demokratlashtirish va
fuqarolik jamiyatini kuchli qilish jarayonida ishtirok etish degani. Mamlakatimizda
amalga   oshirilayotgan   keng   ko‘lamli   islohotlarda,   va   eng   avvalo,
demokratlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilish   jarayonida   ishtirok   etish
murojaatnoma   talabiga   muvofiq   harakat   qilish   hisoblanadi.   Shuning   uchun
murojaatnomani   jamiyatni   hayotga   ongli   munosabatda   bo‘lishiga   chaqiruv   deb
aytish mumkin.
Bu   boradagi   muammolardan   yana   biri   fuqarolik   pozitsiyasining   zamon
talablaridan   orqada   qolayotganligi.   Fuqarolik   pozitsiyasi   deganda   bir   fuqaroning
ikkinchi   bir   fuqaroga   va   jamiyatga   nisbatan   befarq   bo‘lmasdan   daxldorlik   hissi
bilan   yashashi   tushuniladi.   Befarqlik   kayfiyatini   jilovlab   daxldorlik   hissini
shakllantirish   fuqarolik   pozitsiyasining   muhim   sharti   hisoblanadi.   Befarqlik
kayfiyatini   jilovlash   uchun   eng   avvalo   uni   sababini   topish     kerak   bo‘ladi.
Befarqlikni   sababi   nodonlik   hisoblanadi,   nodonlikning   sababi   esa   ma’naviy
qashshoqlikdir.   Demak,   befarqlik   kayfiyatini   jilovlab   daxldorlik   hissini
shakllantirish   uchun   ma’naviyatni   yuksaltirish   kerak   ekan.   O‘zbekiston
Prezidenti   o‘z   chiqishlaridan   birida   befarqlik   dushmanlik   deb   aytganlarida   juda
katta   ma’no   bor.   Chunki   befarq   odam   -   menga   nima,   o‘lib   ketmaydimi   degan
qabilda yondashgan bo‘ladi. Befarq odamda mas’uliyat bo‘lmaydi, mas’uliyat esa
har   qanday   faoliyatni   samarali   qiluvchi   omillardan   biri   hisoblanadi.   Aslida faoliyatni   samarali   qiluvchi       ikkita   asosiy   omil:   mas’uliyat   va   kompetentlik
mavjud. Bulardan qaysi biri muhimroq desak mas’uliyat muhim deb aytish to‘g‘ri
bo‘ladi. Chunki  bilimi bo‘lsa-yu lekin befarq bo‘lsa uning bilimidan na o‘ziga va
na jamiyatga foyda bor. Befarqlikni sababi bo‘lgan ma’naviy qashshoqlikni qanday
bartaraf qilish mumkin yoki ma’naviyatni qanday yuksaltirish mumkin degan savol
kelib   chiqadi.   Bu   o‘ta   murakkab   savol,   chunki   insonni   bilimini   baholaydigan
mezonlar aniq, lekin ma’naviyatini baholaydigan mezonlar aniq emas. 
Ma’naviyatni   yuksaltirish   uchun   eng   avvalo   ma’naviyatni   yuksaltirishga
xizmat   qiladigan   g‘oyalar   ishlab   chiqilgan   bo‘lishi   va   profilaktika   jarayonida
odamlarning ongu qalbiga singdirilishi kerak. Ushbu xususda gapirib O‘zbekiston
Prezidenti   Shavkat   Mirziyoev   “Lekin   faqat   qilich   va   qamchi   bilan   ijobiy
natijalarga  erishib   bo‘ladimi?   Bu   nafaqat   –   xato  fikr,   balki   chuqur   yangilish,   deb
hisoblayman.   Bu   borada   profilaktika   ishlarini   kim   samarali   olib   boradi?” 9
  deb
savol   bilan   murojaat   qildilar.     Bu   borada   SamDU   professor   o‘qituvchilari
tomonidan   universitet   rektori   rahbarligida   qo‘llanma   funksiyasini   bajaradigan
”Baxtli   hayot   sharoitlari” 10
  nomli   monografiya   ishlab   chiqilgan.   Ushbu
monografiya beradigan bilim va g‘oyalar   ma’naviyatni yuksaltirib befarqlik
kayfiyatini   jilovlashga   xizmat   qilar   ekan   uni   oliy   ta’lim   tizimida   yangi
akademik   fan     sifatida   joriy   qilish   taklifini   berish   mumkin.   Murojaatda
korrupsiyaga   qarshi   kurashda   profilaktika   ishlarini   samarali   qilish   maqsadida
“halollik   vaksinasi”   to‘g‘risida   gapirildi.   Bunday   profilaktika   ishlarini   amalga
oshirish   uchun   oldin     “halollik   vaksinasi”   ishlab   chiqilgan   bo‘lishi   kerak.
Ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qiladigan yuqorida qayd qilingan monografiya
“halollik vaksinasi” bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Yangi   O‘zbekiston   xalqi,   jumladan   Samarqand   viloyati   aholisi   islohotlarga
befarq bo‘lmasdan daxldorlik hissi bilan yashab hayotga ongli munosabatda bo‘lib
harakat   qilmoqda.   Murojaatnomalar   har   birimizning   hayotimizni   baxtli   qilishga
qaratilgan   Yangi   O‘zbekistonni   barpo   etishda   faol   ishtirok   etishga   chaqiruv
9
 Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар 
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Тошкент – “Ўзбекистон” – 1917 йил, 31 – бет.
10
 Набиев Ф.Х. Бахтли ҳаёт шароитлари. Монография. Самарқанд -  2018 йил. hisoblanadi. Islohotlarga   befarq bo‘lmasdan daxldorlik hissi  bilan yashash davlat
va   jamiyat   o‘rtasida     sheriklikni   shakllantirib   inson   baxtliligining   muhim   sharti
bo‘lgan   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladi.   Adolatli   ijtimoiy
tartib   esa   inson   orzu   qilayotgan   baxtli   hayotni   muhim   sharti   hisoblanadi.
Murojaatda belgilab berilgan   vazifalarni amalga oshirish adolatli ijtimoiy tartibni
o‘rnatish  orqali xalqimiz hayotini baxtli qilishga qaratilgan. Bugungi kunda Yangi
O‘zbekistonda  shakllanib borayotgan ijtimoiy sharoitlar ya’ni mustaqillik, tinchlik
va adolatli ijtimoiy tartib orzu qilinayotgan baxtli hayotni ta’minlaydigan farovon
jamiyatni barpo qilishda  asos bo‘lib hizmat qiladi. 
3.Yangi O‘zbekistonda milliy yuksalishning muhim sharti bo‘lgan  adolatli
ijtimoiy tartibni o‘rnatishda tarix faning o‘rni
O‘zbekiston   Respublikasi     Prezidentining   2022   yil   28   yanvarda   qabul
qilingan   “2022-2026   yillarga   mo‘ljallangan     Yangi   O‘zbekistonning   Taraqqiyot
strategiyasi”da   belgilab   berilgan   maqsad   va   vazifalaridan   kelib   chiqib     milliy
yuksalish jarayonidagi ishlarimizning yanada samarali bo‘lishiga xizmat qiladigan
omillarni   topish   bugungi   kunning   eng   dolzarb   muammosi   ekanligini   ko‘rsatib
turibdi.   Bunday   omillarni   shakllantirish   ilmiy   yondashuvni   talab   qiladi,   chunki
yuksalish   qonuniyatlarini   topish   jamiyatshunos   olimlarning   vakolati   hisoblanadi.
Jamiyatshunos   olimlarimiz,   jumladan,   tarixchilar   jamiyat   taraqqiyotiga   xizmat
qiladigan omillarni  aniqlashga va ularni ta’minlashga qaratilgan tadqiqotlarni olib
borishmoqda.   Buning   uchun,   eng   avvalo,   jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti
nima ekanligini aniqlab olish va o‘shandan kelib chiqib fikrlash kerak. Ma’lumki,
jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lib   adolatli   ijtimoiy   tartibning
o‘rnatilganligi xizmat qiladi.
Bunday   tartibning   o‘rnatilganligi   nazorat   faoliyatiga,   aniqroq   aytganda
davlat va jamiyatning sheriklikdagi nazorat faoliyatiga bog‘liq bo‘lmoqda. Adolatli
ijtimoiy tartibni  o‘rnatishga  qodir  bo‘lgan nazorat  tizimini  shakllantirish  masalasi
jamiyatshunos   olimlarning   dolzarb   izlanish   ob’ekti   bo‘lib   kelmoqda. O‘zbekistonda   siyosiy   fanlarning   rivojlanishi   asosan   mustaqillik   yillarida
boshlanganligini va o‘tgan yillar tarix uchun uncha katta davr emasligini inobatga
olsak   siyosiy   mavzulardagi   izlanishlarni,   jumladan,   adolatli   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatishda   nazorat   faoliyatining   o‘rni       masalasi   mavzusini   yetarli   darajada
o‘rganilmaganligini   ko‘rish   mumkin.   Shunday   bo‘lishiga   qaramasdan   mustaqillik
yillarida   nazorat   faoliyatining  ilmiy-nazariy  asoslariga   va  jamoatchilik   nazoratiga
bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy izlanishlar amalga oshirildi. 11
Albatta   ushbu   asarlar,   ilmiy   ishlar   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini
kuchli qilishga xizmat qiladigan nazorat faoliyatini o‘rganishda ilmiy metodologik
asos   bo‘lib   xizmat   qilishda   va   nazorat   tizimining   muhim   elementi   bo‘lgan
jamoatchilik   nazoratining   rivojlanishi   masalasini   ilmiy   jihatdan   tadqiq   qilishda
muhim ahamiyatga ega. Lekin ular asosan nazorat tizimining u yoki bu elementiga
bag‘ishlangan   bo‘lib,   uni   tizim   sifatida     o‘rganish   va     jamoatchilik   nazoratini
samarali qilishda nazorat faoliyatiga doir bilimni ishlab chiqish   masalasi nazardan
chetda   qolib   kelgan.   Vaholanki,   nazorat   samarali   bo‘lishi   uchun   u   tizim   shaklida
11
  1.Мирзиёев   Ш.М.   Танқидий   таҳлил,   катъий   тартиб   интизом   ва   шахсий   жавобгарлик   барча   даражадаги
раҳбарларнинг кундалик ҳаёт қоидаси бўлиши керак. Тошкент. Ўзбекистон. 2017 йил.
2.   Мирзиёев   Ш.М.   2017-2021   йиллварда   Ўзбекистон   Республикасини   ривожлантиришнинг   беш   устувор
йўналиши бўйча Ҳаркатлар стратегияси. Тошкент. Ўзбекистон. 2017 йил.
3.Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент, 2021 йил.- 464 б.
4.Каримов   И.   А.   Мамлакатимизда   демократик   ислоҳотларни   янада   чуқурлаштириш   ва   фуқаролик
жамиятини ривожлантириш концепцияси. Т. Ўзбекистон. 2010 й.
5.Бафоев  Ш. Жамоатчилик  назорати демократик ҳуқуқий  давлат  ва фуқаролик жамияти қуришнинг муҳим
омили сифатида // Ижтимоий фикр. Инсон ҳуқуқлари. – 2007 № 1.
6.Мустафоев М. Жамоатчилик назорати – жамият мувозанати // Мулоқот 2004 й. № 4
7.Мухторов Н. Амнистия актларини қўлланилишида жамоатчилик назорати: давлат бошқарув органлари ва
фуқаролик  жамияти  институтларининг ҳамкорлиги  //  Фуқаролик  жамияти  – Гражданское  общество  – Civil
Society. 2010 й. № 3
8.Набиев   Т.,   Солеев   А.   Ўзини   ўзи   бошқариш   органлари   жамоатчилик   назоратининг   субъекти   сифатида   //
Фуқаролик жамияти – Гражданское общество – Civil Society. 2008 й. № 4
9.Набиев   Ф.   Обеспечение   и   совершенствование   об щ ественного   контроля   в   программн ых   документах
полит и ческих партий Узбекистана  //  Фу қаролик жамияти – Гражданское общество – Civil Society. 2010 № 3
10.Набиев Ф. Ижтимоий назорат. Самарқанд. 2016 йил.
11.Насриев   И.   Далнейшее   совершенствование   системы   общественного   контроля   //   Фу қаролик   жамияти   –
Гражданское общество – Civil Society.  2010 й. № 3
12.Чоршанбиев   Ж.   Фуқаролик   жамияти   шаклланишида   жамоатчилик   назоратининг   аҳамияти   //
Демократлаштириш ва инсон ҳуқуқлари. 2008 й. №2
13.Ҳакимов   Р.   Мамлакатни   модернизация   қилиш   ва   кучли   фуқаролик   жамиятини   барпо   этишда
жамоатчилик назоратини такомиллаштиришнинг долзарб масалалари // Фуқаролик жамияти – Гражданское
общество – Civil Society.  2010 й. № 3 
14.Ҳафизов Т. Жамоатчилик назорати ижтимоий адолат кафолатидир // Жамият. 2007 й. 9 – июн 
15.Ниёзов   М.   “Ўзбекистоннинг  демократик   ривожланиши   ва   жамоатчилик   назорати”   ўқув   қўлланмаси.   Т.:
ЮМОМ. 2012 bo‘lishi va nazorat faoliyati ushbu faoliyatga doir bilim bilan qurollangan bo‘lishi
lozim.   Agar   nazorat   tizim   shaklida   bo‘lmasa,   ya’ni   nazoratni   faqat   yuqoridan
davlat   amalga   oshirsa   va   jamiyat   nazoratda   ishtirok   etmasa   bunday   nazorat
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   qodir   bo‘lmaydi.   Bunday   holat   bo‘lmasligi   uchun
nazorat   borasida   davlat   bilan   jamiyat   o‘rtasida   ijtimoiy   sheriklik   o‘rnatilgan
bo‘lishi   kerak.   Ushbu   maqsad   yo‘lida   2014   yil   25   sentyabrda   “Ijtimoiy   sherkilik
to‘g‘risida”   qonun   qabul   qilindi.     Ijtimoiy   sheriklikka   asoslangan   nazorat
faoliyatini samarali qilish esa, uni tizim sifatida ilmiy tadqiq qilishni va uni tarixini
o‘rganishni   taqozo   etadi.   Fuqarolik   jamiyati   nazorat   tizimining   muhim   elementi
hisoblanadi   va   davlat   nazorati   bilan   birgalikda   nazorat   tizimini   tashkil   qiladi.
Nazorat   faoliyatiga   doir   bilim   bilan   qurollangan   ana   shunday   nazorat   tizimigina
adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘ladi. Nazorat faoliyatini   rivojlanishi
masalasi     kompleks tarzda o‘rganilmagan va shuning uchun ham ushbu mavzuda
tadqiqot olib borish bugungi kunning dolzarb muammosi hisoblanadi . 
Jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   adolatli   ijtimoiy   tartibning
o‘rnatilishi     nazorat   faoliyatiga,   nazorat   faoliyatining   samradorligi   esa   nazoratga
doir   bilimga   bog‘liqdir.     Jamiyat   taraqqiyoti   to‘g‘risida   gapirishdan   oldin   milliy
tiklanishdan   milliy   yuksalish   sari   tushunchasining   mazmun-mohiyatini   anglab
olish   lozim.     Milliy   tiklanish   deganda   mustamlaka   mamlakatning   milliy
davlatchiligining tiklanishi va mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tishi bilan bog‘liq
jarayon   tushuniladi .   Mustamlaka   mamlakatlar   milliy   tiklanish   partiyasini   tuzib,
yillar   davomida   kurashib,   minglab   qurbonlar   berib,   mustaqillikka   erishadi.
Mustaqillikka   erishish   bilan   milliy   davlatchilikning   tiklanish   jarayoni   boshlanadi
va bu tiklanishdan yuksalishga  o‘tish uchun faqat  mustaqillikning o‘zigina yetarli
emas.   Mustaqillik   o‘z-o‘zidan   yuksalishni   ta’minlamaydi,   balki   yuksalish   uchun
sharoit   va   imkoniyat     yaratadi,   xolos.   Mustaqillik   beradigan   ana   shunday
imkoniyatdan  foydalana   olgan  davlat   o‘z  yuksalishini   ta’minlay   oladi   va   jahonda
rivojlangan   mamlakatlar   qatoridan   munosib   o‘rin   egallaydi.   Buning   uchun,   eng
avvalo, mustaqillikning ahamiyatini  va u beradigan imkoniyatlarni chuqur  anglab
olish kerak bo‘ladi. Mustaqillikning   ahamiyati   shundan   iboratki,   mustaqil   davlat   o‘z     xalqiga
insonlar   baxtli   bo‘lishining   muhim   sharti   hisoblangan   erkinlikni   beradi.   Erkinlik
nafaqat   baxtli   hayotning,   balki   jamiyat   taraqqiyotining   ham   muhim   sharti
hisoblanadi.   Lekin   yuqorida   ta’kidlaganimizdek   mustaqillik   beradigan   erkinlik
o‘z-o‘zidan  taraqqiyotni   ta’minlamaydi   balki   unga   sharoit   yaratadi   xolos.   Buning
uchun   yana   bir   sharoit,   ya’ni     adolatli   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilgan   bo‘lishi   kerak.
Qachon   va   qaerdaki   mustaqillik     va   adolatli   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilgan
bo‘lsagina, o‘sha vaqtda va o‘sha joyda yuksalish bo‘ladi.   Demak, mustaqillik
bergan   milliy   tiklanishdan   milliy   yuksalishga   o‘tish   uchun   mamlakatda   adolatli
ijtimoiy   tartib   o‘rnatilgan   bo‘lishi   lozim.   Bunday   tartibning   o‘rnatilishi   esa
demokratik   davlat   va   fuqarolik   jamiyatining   kuchlilik   darajasiga   bog‘liq.   Chunki
demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning   eng
maqbul   yo‘li   hisoblanadi.   Shunday   qilib   milliy   yuksalish   deganda   mustaqil
mamlakatda     adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   va   ijtimoiy   taraqqiyotni
yuksak   bosqichga   ko‘tarish   asosida     xalqimiz   hayotini   baxtli   qilish   jarayoni
tushuniladi.
Mamlakatimizda   demokratik   davlat   va   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish
borasidagi   vazifalarni amalga oshirish uchun demokratiyaning mohiyatidan kelib
chiqib harakat qilish kerak. Demokratiya sharoitida xalq hokimiyatga emas, balki
hokimiyat   xalqqa   xizmat   qilishi   kerak.   Buning   uchun   esa,   eng   avvalo,   hokimiyat
xalqning   dardini   bilishi   va   mavjud   ijtimoiy   muammolarni   aniqlab   olishi   kerak
bo‘ladi.   Shuning   uchun   islohotlarni   amalga   oshirishga   qaratilgan   2017   yilning   7
fevralida   tasdiqlangan   Harakatlar     strategiyasining   birinchi   bosqichi   “Xalq   bilan
muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlandi. Muammolar  aniqlab olingandan
so‘ng   Harakatlar   strategiyasining   ikkinchi   bosqichi   bo‘lgan   2018   yilga   “Faol
tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb
nom berildi. Bozor munosabatlari sharoitida pul omilining birinchi o‘ringa chiqishi
va   iqtisodiy   rivojlanish   investitsiyaga   bog‘liq   bo‘lganligi   sababli   Harakatlar
strategiyasining uchinchi bosqichi, ya’ni 2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy
rivojlanish   yili”   deb   nomlandi.   Milliy   tiklanishdan   milliy   yuksalish   sari g‘oyasining   talablaridan   va   taraqqiyotning   muhim   sharti   ilm-fan   yutuqlariga
asoslanish   ekanligidan   kelib   chiqib,   2020   yilga   “Ilm,   ma’rifat   va   raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berildi. Mamlakat kelajagi oxir oqibatda
yoshlarga ya’ni ularni qanchalik barkamol qilib tarbiyalashga bog‘liqligidan kelib
chiqib   2021   yilga   “Yoshlarni   qo‘llab-quvvatlash   va   aholi   salomatligini
mustahkamlash yili” deb nom berildi. Harakatlar strategiyasining mantiqiy ketma-
ketlikda   bir   biriga   bog‘langan   bosqichlardagi   vazifalarning   samarali   amalga
oshirilishi  adolatli ijtimoiy tartibning  o‘rnatilganligiga bog‘liq.  
Milliy   yuksalishning   muhim   sharti   bo‘lgan   adolatli   ijtimoiy   tartib
o‘rnatilishi   demokratik   siyosiy   tartibotga   bog‘liq.   O‘zbekistonda   shakllanayotgan
demokratik   davlatning   asosiy   vazifasi   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishdan
iborat.   Shuning   uchun   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   muammosi   fan
faoliyatining   ham   eng   dolzarb   muammosi   bo‘lishi   lozim.   Chunki,   fan
muammosining   dolzarbligi   zamon   talabidan   kelib   chiqadi   va   davlat   tomonidan
belgilab   beriladi.     Tarixga   nazar   solsak,     barcha   davrlarda   ijtimoiy   tartib
muammosi   jamiyatshunos   olimlar   oldida   turgan   eng   dolzarb   va   eng   murakkab
muammo   bo‘lib   kelgan.   Masalan,   yunon   faylasufi   Platon   “Davlat”   nomli   asarida
ijtimoiy   tartib   o‘rnatilishi   uchun   jamiyatni   intellektual   elita   boshqarishi   kerak
deb yozadi. Qadimgi  dunyo faylasuflaridan yana biri Aristotel  o‘zining “Siyosat”
nomli   asarida   asosiy   e’tiborni   jamiyat   strukturasini   tahlil   qilishga   qaratgan   va
jamiyatda tartib bo‘lishi uchun “ o‘rta sinf kuchli bo‘lishi kerak” 12
, –  deb yozadi.
G‘arb   olimu   donishmandalaridan   farq   qilib,   Sharqda   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatishda   asosiy   e’tibor   ma’naviyatni   yuksaltirishga   qaratilgan.   Masalan,
qadimgi   Xitoy   mutafakkiri   Konfutsiy   ta’limotida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda
ma’naviy   yuksaklikka   alohida   e’tibor   qaratilganligini   ko‘rish   mumkin.   Konfutsiy
insoni yat  jamiyat i da  ma’naviyat ning roli yuqori ekanligini quyidagicha ko‘rsatgan:
“ Agar   jamiyat   qonunlar   yordamida   boshqarilsa   va   tartibot   jazolashlar   vositasida
12
  .Рубанов А.В. Социальн ый порядок: традиции    и современные подходы к изучению.   Журн. Белорус. Гос.  
Ун-та. Философия. Психология. 2017. №1.С. 46. amalga oshirilsa, odamlar jazolashlardan o‘zlarini olib qochishga intiladilar, lekin
ular   o‘zlarida   or-nomusni   his   qilmay   qo‘yadilar ;   agar   jamiyat   axloq   vositasida
boshqarilsa, tartibot axloqiy qadriyatlar bilan ta’minlansa, odamlar or-nomusni his
qiladilar, halol va sofdil bo‘ladilar ” 13
. Konfutsiy   ijtimoiy tartib o‘rnatishni   axloqiy
tarbiya   negizida   ma’naviyatni   yusaltirish   bilan   bog‘lagan ligini   tushunish   qiyin
emas.   Sharq   Arastusi   deb   nom     olgan   Abu   Nasr   Farobiyning   asarlarida   ham
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   ma’naviyatga   alohida   e’tibor   qaratilganligini   ko‘rish
mumkin. 
Bugungi   kunda   ham   ijtimoiy   tartib   muammosi   fan   faoliyatining   dolzarb
muammosi   bo‘lib   qolmoqda,   chunki   hali   hanuz   insoniyat   qanday   qilsak
jamiyatda tartib bo‘ladi, degan savolning mukammal javobini topa olgani yo‘q.
Ushbu muammoning yechimi fan faoliyatiga, va, eng avvalo, ijtimoiy-gumanitar
fanlarga,     jumladan,     tarix   faniga   bog‘liqdir.   Shuning   uchun   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatish maqsadida i jtimoiy-gumanitar fanlar ichida, eng avvalo, tarix fanining
rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochib berish lozim. Tarixiy bilimsiz biror-
bir   ijtimoiy   fan   rivojlana   olmaydi,   aniqroq   qilib   aytganda,   faylasuf   ham,
sotsiolog ham, politolog ham, iqt i sodchi  ham, psixolog ham faqat tarixiy bilim
negizidagini tadqiqot olib borishi mumkin.  Chunki tarixiy bilim insonga fikrlash
uchun kerak bo‘lgan materialni berada va uning tafakkurini rivojlantiradi.
Umuman,   tarixni   bilmasdan   turib   inson   s a vodli   bo‘lishi   mumkin   emas,
chunki   tarixiy   bilim ,   yuqorida   ta’kidlaganimizdek ,   tafakkurni   rivojlantirib,
barcha   ijtimoiy   fanlarning   negizini   tashkil   qiladi.   Mashhur   donishmandlardan
biri ning   tarixni  bilmagan odam  ma’lumotli bo‘la olmaydi  va o‘zini  tasodif  deb
hisoblashi  lozim ,   deb yozgani bejiz emas. Mustaqillik sharofati bilan biz da   o‘z
tariximizni   ob’ektiv   o‘rganish   imkoniyati   paydo   bo‘ldi   va   shuning   uchun   ham
b ugungi kunda O‘zbekiston tarixini o‘rganish   milliy g‘oya ruhi bilan sug‘orilgan
bo‘lishi lozim. Eng avvalo, “O‘zbekiston tarixini   xolisona, ob’ektiv o‘rganishda
mustaqillikning   ahamiyati”     va   “Milliy   davlatchiligimizning   tiklanishida
13
3 . История политических и правовых учений. Древний мир. М.: Наука, 1985. с.170. mustaqillikning   ahamiyati”   mavzu lar ida   ilmiy   tadqiqot lar   olib   borish   lozim ,
chunki   milliy   g‘oyaning   asosida   mustaqillikni   anglash   yotadi .  
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoev   2021   yil   19
yanvarda   “ Milliy   tarixni   milliy   rux   bilan   yaratish   kerak.   Aks   holda   uning
tarbiyaviy   ta’siri   bo‘lmaydi.   Biz   yoshlarimizni   tarixdan   saboq,   xulosa
chiqarishga   o‘rgatishimiz,   ularni   tarix   ilmi,   tarixiy   tafakkur   bilan
qurollantirishimiz   kerak” 14
  deb   ta’kidladilar.   Bu   esa,   bugun   milliy   tiklanishdan
milliy   yuksalishga   o‘tib   borayotgan   O‘zbekistonda   tarix   fanining   dolzarb
muammolarini aniqlab olishni talab qiladi.
Tarixiy   tadqiqotlar   milliy   g‘oya   ruhida   bo‘lishi   uchun   tarixiy   jarayon
xronologik ketma-ketlikda o‘rganilib, vatanni tashqi dushmandan himoya qilish
va   mustaqillik   uchun   olib   borilgan   kurashlar   tarixiga   alohida   e’tibor   qaratish
lozim.   Bunda   tashqi   dushmanga   qarshi   mardonavor   kurash   olib   borgan
To‘maris,Sparangiz, Shiroq, Spitamen va Jaloliddin kabi buyuk shaxslar tarixini
o‘rganish   muhim   tarbiyaviy   ahamiyatga   ega.   Aytaylik,   1916   yil   qo‘zg‘aloni
mardikorlikka bormaslik uchun kurash tarzida kelib chiqqan bo‘lsa ham, uning
mohiyatida   istiqlol   g‘oyasi   yotganligini   ochib   berish   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘lgan   tadqiqot   hisoblanadi.   Bundan   tashqari,   totalitar   sho‘rolar   zamonida
ming lab     ziyolilarning   istiqlol   g‘oyasi   uchun   qurbon   bo‘lganliklarini   ham
alohida   tadqiqot   mavzusi   sifatida   yanada   kengroq   o‘rganish   lozim.   Sho‘ro
mustabid   tuzumining   rivojlanish   imkoniyatlari   tugaganligini   yorituvchi
“Ma’muriy-buyruqbozlikka   asoslangan   totalitar   sho‘ro   tuzumidagi   xato   va
kamchiliklar”  mavzu s idagi  ilmiy tadqiqot  bozor  munosabatlari  yo‘lini   tanlagan
va   davlat ni   demokratlashtirish,   jamiyatni   liberallashtirish   yo‘lidan   borayotgan
mamlakat uchun muhim tarixiy saboq bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
Ijtimoiy-gumanitar   fanlarning   eng   dolzarb   muammosi ,     yuqorida
ta’kidlanganligidek,   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   bilan   bog‘liq   bo‘lganligi   uchun
14
  Мирзиёев Ш.М. Маънавий-маърифий ишлар тизимини  тубдан такомиллаштириш, бу борада давлат ва 
жамоат ташкилотларининг ҳамкорлигини кучайтириш масалалари бўйича видеоселектр йиғилишидаги 
маърузаси. 2021 йил 19 январь. tarixchilar   tomonidan   o‘tmishda   ijtimoiy   tartib   qanday   qilib   o‘rnatilganligini
tarixiy   tahlil   qilish   muhim   ilmiy  ahamiyat   kasb   etadi.   Shuning  uchun   tarixchi
olimlar, insoniyat tarixini ijtimoiy tartibni o‘rnatish nuqtai nazaridan o‘rganishlari
zamon talabi  hisoblanadi  deb aytish mumkin. Insoniyat  tarixining turli  davrlarida
ijtimoiy   tartib   qanday   o‘rnatilganligini   tadqiq   qilish   bugungi   kunda   tartibni
o‘rnatish borasida muhim amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini beradi.  Bu
borada   buyuk   bobokalonimiz   Amir   Temur   davrida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   va,
umuman,   o‘sha   davr   tarixiy   tajribasini   o‘rganish   va   ijodiy   qo‘llash   alohida
ahamiyatga   ega.   Chunki   Amir   Temur   bobomiz   zamonasida   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatish   “Kuch   –   adolatda”     tamoyili   asosida   amalga   oshirilgan.   Bugungi   kunda
ushbu   tamoyilni   ijodiy   qo‘llash   taraqqiyotning   o‘zbek   modeli   tamoyillaridan   biri
bo‘lgan   qonun   ustuvorligini   hamda   Taraqqiyot   strategiyasida   belgilab   berilgan
adolat tamoyilini  ta’minlashga xizmat qiladi. 
Sobiq   sho‘rolar   zamoni   va   mustaqillik   davri   tarixiga   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatish   nuqtai   nazaridan   qarash   bugungi   kunda   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish
borasida   muhim   tarixiy   saboq   bo‘lishi   mumkin.   Sobiq   sho‘rolar   davlatida
XXasrning   70-yillarga   kelib   turg‘unlik   va   inqiroz   alomatlari   namoyon   bo‘la
boshladi.   Bunday   holatning   kelib   chiqishi     mamlakatdagi   buzuq   byurokratiya   va
korrupsiya   illatida   namoyon   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibsizlik   bilan   bog‘liq   edi .
Shuning   uchun   sho‘rolar   davlati   oliy   rahbariyati   ijtimoiy   tartibni   saqlash
maqsadida  jamiyat nazoratini joriy qilishga xizmat qiladigan qonun qabul qiladi  15
.
Chunki,   faqat   davlat   nazoratining   o‘zi   bilangina   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   ilojsiz
ekanligi     yaqqol   namoyon   bo‘lgan   edi.   Ular   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   uchun
nazorat   jarayoniga   jamiyatni   ham   jalb   qilish   kerakligini   tushunib   yetishgan   va
anglab   olishgan   edi.   Lekin   ushbu   qonun   asosida   tashkil   topgan   xalq   nazorati
qo‘mitalari   ularga   yuklatilgan   vazifani,   ya’ni   jamiyat   nazoratini   tashkil   qila
olmadilar   va   buning   oqibatida     sho‘rolar   mamlakati   parokandalikka   uchrab,
barbod   bo‘ldi.   Endi   yangi   tashkil   topgan   mustaqil   mamlakatlar   bundan   tegishli
15
 “СССРда халқ назорати тўғрисида”ги қонун. 30 ноябрь 1979 йил. xulosa chiqarib, ijtimoiy tartib muammosini o‘zlari mustaqil ravishda  hal qilishlari
kerak bo‘ladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida  amalga oshirilayotgan siyosiy
islohotlar   –   demokratlashtirish   va   liberallashtirish   jarayonini   yanada
chuqurlashtirib,   mamlakatda   mukammal   nazorat   jarayonini   shakllantirishga
qaratil gan .   Buni   2010   yil   12   noyabrda   o‘tkazilgan   Parlamentning   qo‘shma
majlisida O‘zbekiston Respublikasi   Birinchi   Prezidenti Islom Karimov tomonidan
bayon qilingan   “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni  yanada chuqurlashtirish
va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   konsepsiyasi”   va   2017   yil   7   fevralda
muhtaram   Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoev   tomonidan   ishlab   chiqilgan   “2017-
2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   besh   ustuvor
yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi” da   hamda   2022   yil   28   yanvarda
tasdiqlagan     “2022-2026   yillarga   mo‘ljallangan     Yangi   O‘zbekistonning
Taraqqiyot   strategiyasi”da   nazorat   tizimini   takomillashtirish   borasidagi
vazifa lardan   yaqqol   ko‘rish   mumkin.   Ushbu   vazifalar   adolatli   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatishga qodir  bo‘lgan davlat boshqaruvi  va nazoratini  shakllantirishda muhim
ahamiyatga ega.
Mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiya si,   Harakatlar   strategiyasi   va
Taraqqiyot strategiyasi da asosiy e’tibor nazorat tizimining samarali ishlab turishini
ta’minlaydigan   mexanizm ni   shakllantirish   va   u ning   huquqiy   asosini   yaratishga
qaratilgan.   Xususan,     qabul   qilingan   2014   yil   5   mayda     qabul   qilingan   “Davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi,   2014 yil
25   sentyabrda   qabul   qilingan   “Ijtimoiy   sherikchilik   to‘g‘risida”gi ,   2017   yil   3
yanvarda qabul   qilingan “Korrupsiyaga  qarshi   kurash  to‘g‘risida”gi,     2018 yil   12
aprelda   qabul   qilingan   “O‘zbekistonda   jamoatchilik   nazorati   to‘g‘risida”gi   va
boshqa   qonunlar   nazorat   mexanizmining   huquqiy   asosi   bo‘lib   xizmat   qiladi.
Nazorat   faoliyatini   samarali   qilishda     ochiqlik   va     oshkoralik   to‘g‘risidagi   qonun
muhim   ahamiyatga   ega   ekanligini   alohida   ta’kidlash   lozim.   Chunki,   ochiqlik   va
oshkoralik ta’minlanmagan holda demokratiya ham, fuqarolik jamiyati ham kuchli
bo‘la olmaydi. Albatta, nazorat jarayonining samarali ishlashi uchun huquqiy asos muhim
ahamiyatga   ega,   lekin,   shu   bilan   birgalikda,   ushbu   qonunlarning   ishlashi   uchun
kerak   bo‘lgan   siyosiy-huquqiy   madaniyat   yanada   muhimroq   ahmiyatga   ega.
Shuning   uchun   mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasi ,   Harakatlar
strategiyasi va Taraqqiyot strategiyasi da jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyatini
oshirishga   qaratilgan   kompleks   chora-tadbirlar   ishlab   chiqish   vazifasi   belgilab
berilgan.  Ushbu vazifalarni amalga oshirishda tarixchi olimlarimiz ham o‘zlarining
munosib   o‘rinlariga   ega   bo‘lishlari   lozim.   Buning   uchun   insoniyat   tarixini
siyosiy-huquqiy   madaniyat   prizmasi   orqali   o‘rganish   maqsadga   muvofiq.   Bu
borada   asosiy   e’tibor   bilim   va   ma’naviyatning   uyg‘unlikda   rivojlanishini
ta’minlashga   qaratilmoqda.   Chunki   siyosiy-huquqiy   madaniyat   ta’lim   tizimida
shakllanadigan siyosiy-huquqiy bilim va ma’naviyat negizida shakllanadi. 
 Jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyatining yuksaklik darajasi nafaqat
nazorat   tizimi   jarayoni   ishlashini ng ,   balki ,   umuman   demokratlashtirish
jarayonining   ham   eng   muhim   sharti   hisoblanadi.   Chunki   demokratiya   o‘rnatilishi
uchun, eng avvalo, demokratiya sharoitida yashay oladigan va fuqarolik pozitsiyasi
shakllangan   shaxslar   kerak.   Agar   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyati
yetarli  bo‘lmasa,  demokratiya namoyon bo‘lmaydi  va oxlokratiyadan farq qilmay
qoladi.   Shuning   uchun   bo‘lsa   kerak ,   Aristotel   o‘zining   “Siyosat”   nomli   asarida
demokratiya   to‘g‘risida   gapirib,   unga   salbiy   baho   bergan   va   demokratiya
boshqaruvning yomon shakli   deb aytgan. Chunki Aristotel zamonida odamlarning
siyosiy-huquqiy   madaniyati   past   bo‘lgan   va ,   demak,   demokratiya   talablari
darajasida   bo‘lmagan.   Agar   bugungi   kunda   ham   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy
madaniyati zamon talablariga javob bermasa, demokratiya yuzaga kelmaydi va u,
ya’ni   demokratiya   oxlokratiyadan   farq   qilmay   qoladi.   Shuning   uchun,   bugungi
kunda   mamlakatimizda,   asosiy   e’tibor   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy
madaniyatini oshirish masalalariga qaratilmoqda.  Bugun bizlarda demokratiyaning
shakli   bor,   endi   biz   ana   shu   shaklga   munosib   mazmunni   yaratishimiz   kerak.
Mazmun   deganda   siyosiy-huquqiy   madaniyati   shakllangan   va   demokratiya
sharoitida   yashashga   qodir   bo‘lgan   jamiyat   tushuniladi.   Ana   shunday   jamiyat shakllanishi   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatining   muhim   sharti   hisoblanadi.
Buning   uchun   tarixchi   olimlarimiz   zamon   talabidan   kelib   chiqib,   keng   ko‘lamli
tadqiqotlar olib borishlari lozim.
Zamon   talabi   esa,   mamlakatimizda   demokratik   davlat   va   fuqarolik
jamiyatini   qurish   hisoblanadi.   Shuning   uchun   tarixchilar   demokratiya   va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan yangi g‘oyalarni ishlab
chiqishmoqda.   Buning   uchun   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatining   talabidan
kelib   chiqib   fikrlash   lozim.   Demokratiya   ham,   fuqarolik   jamiyati   ham   nazorat
faoliyati bilan bog‘liq. Chunki demokratiya bu nafaqat hokimiyat xalq tomonidan
shakllantirilishi,   balki   nazorat   qilinishi   hamdir.   Fuqarolik   jamiyatining   asosiy
funksiyasi   hokimiyat   tomonidan   huquq   va   axloq   normalariga   rioya   etilishini
nazorat   qilishdan   iborat.   Nazorat   faoliyati   kuchayishi   uchun   esa   jamiyatning
nazorat   faoliyatiga   doir   bilimi   kuchli   bo‘lishi   kerak.   Hozirgacha   oliy   ta’lim
tizimida   biror-bir   fan   jamiyatga   nazoratga   doir   bilimni   berayotgani   yo‘q.
Demokratik   davlat   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilish   nazorat   faoliyatiga   doir
bilimga   ehtiyojni   keltirib   chiqaradi.   Ana   shu   ehtiyojdan   kelib   chiqib,     nazorat
faoliyatiga   doir   bilimni   ishlab   chiqish,     nafaqat   tarixchilar,   balki   barcha
jamiyatshunos   olimlarning   kompleks   yondashuvini   taqozo   etadigan     zamon
talabi  hisoblanadi. 
Xulosa  qilib shuni  aytish  mumkinki, Yangi   O‘zbekistonda  milliy yuksalish
adolatli ijtimoiy tartibga, tartib esa nazorat faoliyatiga bog‘liq ekan asosiy e’tibor
nazorat   faoliyatini   takomillashtirishga   qaratilmoqda.   Nazorat   faoliyatini
takomillashtirish,   har   qanday   faoliyat   bilan   bo‘lgani   kabi,   o‘sha   faoliyatga   doir
bilimga   bog‘liq.   Insoniyat   jamiyatida   nazorat   faoliyatining   o‘rni,   uning
vujudga   kelishi   va   rivojlanishi   masalasi   tarixchi   olimlarimizning   bugungi
kundagi  eng  dolzarb  muammosi   hisoblanadi.   Ushbu  mavzuda   olib  boriladigan
tadqiqotlar   jarayonida   shakllanadigan   bilimlarni   jamiyatga   berish   demokratiya   va
fuqarolik   jamiyati   sharoitida   yashashga   qodir   bo‘lgan   avlodni   tarbiyalaydi.   Ana
shunday avlod milliy yuksalishning muhim sharti bo‘lgan adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishga   va     xalqimiz   hayotini   baxtli   qiladigan   davlatni   shakllantirishga   qodir
bo‘ladi. 
Yangi   O‘zbekistonda   milliy   yuksalishning   muhim   sharti   bo‘lgan   adolatli
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   qodir     nazorat   tizimini   shakllantirishga   xizmat
qiladigan quyidagi ilmiy – amaliy takliflarni berish mumkin: 
1.Nazorat   faoliyatiga   doir   bilimlarni   ishlab   chiqishga   qaratilgan   ilmiy
tadqiqotlarni olib borishga keng sharoit yaratish;
2.Ishlab   chiqilgan   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimlarni   talabalarga   berish
maqsadida oliy ta’lim tizimida Ijtimoiy nazorat fanini joriy etish;
3.Demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilish   maqsadida   jamiyatga
nazorat faoliyatiga doir bilimni berish asosida jamoatchilik nazoratini kuchli qilish
choralarini ko‘rish;
4.   Nazorat   faoliyatiga   doir   kompleks   bilimlarni   ishlab   chiqish   va   yoshlarni
ongiga singdirish jarayonini samarali qilish maqsadida oliy o‘quv yurtida fanlararo
jamiyatshunos olimlarni birlashtiradigan  maxsus kafedra ochish;
5.Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Milliy tarixni milliy ruh
bilan  yaratish   kerak”   degan  dono   so‘zlari   tarixchi   olimlarning  ilmiy  faoliyatining
leytmotiviga aylanishi lozim.
6.Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan maqsad  va
vazifalarni amalga oshirish borasida davlat va jamiyat o‘rtasida ijtimoiy sherikilik
amaliyotiga asoslanish zamon talabi hisoblanadi. Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Yangi O‘zbekiston: milliy tiklanishdan yuksalish sari Reja 1.Yangi O‘zbekistonni yaratishda Harakatlar strategiyasining ahamiyati 2.Yangi O‘zbekistonda demokratiya va fuqarolik jamiyatini kuchli qilishda Prezident murojaatnomasining ahamiyati 3.Yangi O‘zbekistonda milliy yuksalishning muhim sharti bo‘lgan adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishda tarix faning o‘rni

Insonda ijtimoiy ong shakllangandan buyon baxtli yashaydigan farovon jamiyatni orzu qilib kelmoqda. Bosh maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod, farovon jamiyat qurish asosida xalqimizning orzusi bo‘lgan baxtli hayot kechirishini ta’minlash Yangi O‘zbekistonning milliy yuksalishi bilan bog‘liq. Shuning uchun O‘zbekistonning eng yangi tarixi milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan xarakterlanadi. Milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tib borayotgan Yangi O‘zbekistonda xalqimizni baxtli, hayotini farovon qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ushbu xususda gapirib, “ Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘lib, yorug‘ kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz. Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari dadil qadam qo‘ymoqdamiz. Mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Harakatlar strategiyasini qabul qildik.” 1 , – deb alohida ta’kidladi. O‘zbekiston Prezidentining ushbu so‘zlari Yangi O‘zbekistonda milliy yuksalish jarayonidagi ishlarimizning yanada samarali bo‘lishiga xizmat qiladigan omillarni topish bugungi kunning eng dolzarb muammosi ekanligini ko‘rsatib turibdi. Yangi O‘zbekistonda milliy yuksalish to‘g‘risida gapirganda, eng avvalo, Yangi O‘zbekiston tushunchasini mazmun mohiyatini anglab olish lozim. Ma’lumki bu yorug‘ dunyoda yashayotgan har bir inson baxtli hayot to‘g‘risidagi orzu umidlar bilan yashaydi. Buni jahon xalqlari siyosiy lug‘atlaridagi “Amerika orzusi”, “Britaniya orzusi”, “Rossiya orzusi”, “Yaponiya orzusi” va “Xitoy orzusi” kabi tushunchalarda yaqqol ko‘rish mumkin. O‘zbekiston xalqi ham ana shunday orzu umidlar bilan yashab Yangi O‘zbekitsonni barpo etish va Yangi Uyg‘onish davri poydevorini yaratish maqsadi yo‘lida harakat qilmoqda. Bu maqsad yo‘lida harakat qilganda eng avvalo Yangi O‘zbekiston tushunchasi nimani ifodalashini chuqur anglab olish kerak bo‘ladi. Chunki inson nimaga 1 Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. 3-том. Тошкент – “Ўзбекистон” – 2019 й., 88-бет.

intilayotganligini aniq bilgandagina uning faoliyati samarali bo‘ladi. Xo‘sh Yangi O‘zbekiston tushunchasi nimani ifoda etadi? “Ushbu tushuncha mamlakatimizning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, yurtimizda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasidagi islohotlarimizning tayanch g‘oyasini ifoda etadi.” 2 Yangi O‘zbekistonni yaratish barchamizning ezgu orzumiz, mehnatkash, tinchliksevar xalqimizning orzusi hisosblanadi. Ushbu xususda gaprib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Yangi O‘zbekiston tushunchasida mujassam bo‘lgan xalq orzusi tarixiy taraqqiyotning barcha davrlarida millatning yetuk vakillarini uni ro‘yobga chiqarish yo‘lida amaliy harakatlarga undab keldi” 3 deb yozadi. Shunday qilib Yangi O‘zbekiston tushunchasida uzoq o‘tmishdan hozirgi davrgacha milliy tafakkurimiz negizida shakllanib kelgan, turli g‘oya va amaliy harakatlarda o‘z ifodasini topgan xalqimizning orzu – umidlari mujassam bo‘lgan deb aytish mumkin. Xalqimizni baxtli hayot to‘g‘risidagi orzu niyatlarini amalga oshirish, yangi hayot qurish yo‘lidagi beqiyos o‘zgarishlarni o‘zida mujassamlagan Yangi O‘zbekiston strategiyasi hammamizdan fidoyilik va bunyodkorlikni yanada katta jonbozlikni talab qiladi. Yangi O‘zbekiston barpo etish borasidagi vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Harakatlar strategiyasida 4 belgilab berilgan. Harakatlar strategiyasi asosida ishlab chiqilgan 2017 yil 22 dekabrdagi, 2018 yil 28 dekabrdagi, 2020 yil 24 yanvardagi va 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga qilgan murojaatnomalari islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga chaqiruv hisoblanadi. Bu murojaatnomalarning mohiyati shundaki ularda nominal demokratiyadan real demokratiyaga o‘tishga xizmat qiladigan yangi siyosiy muhit shakllantirish maqsadi yotibdi. Boshqacha qilib aytganda bugungi kunda mamlakatimizda demokratiyaning shakliga munosib mazmuni shakllanib bormoqda. Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini tushunish uchun Harakatlar 2 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент, 2021 йил, 26-бет. 3 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент, 2021 йил, 16-бет. 4 Мирзиёев Ш.М. 2017 – 2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг беш устувор йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Тошкент 2017 йил 8 феврал.

strategiyasida belgilab berilgan islohotlarning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib fikrlash kerak. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekistonni rivojlantirish asosida xalqimiz hayotini baxtli qilishga qaratilgan. Demak, murojaatnomani mazmun-mohiyati O‘zbekiston xalqini hayotini baxtli qilishga xizmat qiladigan yangi siyosiy muhitni shakllantirishda faol ishtirok etishga chaqiriq deb aytish mumkin . Islohotlarning maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirish uchun, eng avvalo, xalqning dardini bilish va mavjud ijtimoiy muammolarni aniqlab olish kerak bo‘ladi. Shuning uchun islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan 2017 yilning 7 fevralida tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining birinchi bosqichi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlandi. Muammolar aniqlab olingandan so‘ng Harakatlar strategiyasining ikkinchi bosqichiga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berildi. Bozor munosabatlari sharoitida pul omilini birinchi o‘ringa chiqishi va iqtisodiy rivojlanish investitsiyaga bog‘liq bo‘lishi sababli, Harakatlar strategiyasining uchinchi bosqichi “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nomlandi. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish g‘oyasining talablaridan va taraqqiyotning muhim sharti ilm-fan yutuqlariga asoslanish ekanligidan kelib chiqib 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berildi. Keng ko‘lamli demokratik islohotlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi uyg‘onish davri, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish va COVID-19 koronavirusi pandemiyasi oqibatlarini bartaraf qilish va aholi salomatligini himoya qilish maqsadida 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab- quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” deb nom berildi. Harakatlar strategiyasining mantiqiy ketma-ketlikda bir biriga bog‘langan bosqichlardagi vazifalarni samarali amalga oshirilishi adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatilganligiga bog‘liq. Adolatli ijtimoiy tartibning o‘rnatilganligi Yangi O‘zbekistonni barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Harakatlar strategiyasi asosida ishlab chiqilgan murojaatnomalarda adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan vazifalar

belgilab berilgan. Murojaatnomalarda ijtimoiy hayotning barcha sohalariga doir vazifalar belgilab berilgan. Har bir soha vakillari murojaatnomani o‘rganganda o‘zlariga doir vazifalarni aniqlab olishlari va uni ijrosi borasida chora-tadbirlarni ishlab chiqishlari lozim. Lekin murojaatnomada inson qaysi soha vakili bo‘lishidan qat’iy nazar hamma uchun bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalar ham mavjud. Bularga O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘lidan jadal rivojlanish borasidagi vazifalar, zamonamiz mohiyati bo‘lgan fuqarolik jamiyatini kuchli qilish borasidagi vazifalar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni asosida yotgan liberallashtirish jarayonini takomillashtirish borasidagi vazifalar, barcha sohadagi rahbar kadrlarni o‘z ishiga tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat olib borishi borasidagi vazifalar kiradi. Bu vazifalarni amalga oshirish hamma uchun daxli bo‘lgan korrupsiya muammosini bartaraf qilib, adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatib O‘zbekiston xalqini hayotini baxtli qilishga qaratilgan. Baxtli hayot qurish borasida gapirganda yana bir yangilikni aytib o‘tish adolatdan bo‘lar edi. Harakatlar strategiyasida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan baxtli hayot to‘g‘risidagi tushuncha tanqidiy tahlil qilinib bir yangilik kiritildi. Yangilik shundan iboratki - baxtli hayot kelajakda emas, balki bugun bo‘lishi kerak degan fikrda. Chunki bizlar baxtli hayot kelajakda bo‘ladi degan fikrga o‘rganib qolib ertangi kunimiz baxtli bo‘ladi degan fikr to‘g‘ri deb qabul qila boshladik. Lekin hech kim, nima uchun ertangi kunimiz baxtli deb yashashimiz kerak, biz bugun yashaymiz bugungi kunimiz qachon baxtli bo‘ladi degan fikrni hatto xayoliga ham keltirmay keldi. O‘zbekiston Prezidenti ushbu masalaga tanqidiy yondashib odamlar bugun yashaydi va ular bugun baxtli bo‘lishlari kerak degan yangi g‘oyani ilgari surdi. Bu yangi taklifning ahamiyati shundaki agar biz bugun ertangi kunimiz baxtli bo‘ladi deb yashasak, ertaga farzandlarimiz ham ertangi kunimiz baxtli bo‘ladi deb yashaydi, indinga nabiralarimiz ham xuddi shunday fikr bilan yashaydi, natijada baxtli hayot reallikka aylanmay faqat orzu bo‘lib qoladi. Bunga qariyib 80 yil davom etgan sho‘rolar zamoni yaqqol misol bo‘ladi. Sho‘rolar zamoni tarixi bizga saboq bo‘lib