Oilani mustahkamlashda ijtimoiy nazoratning o‘rni
Oilani mustahkamlashda ijtimoiy nazoratning o‘rni Reja 1.O‘zbekistonda oilaga nisbatan yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya tizimini shakllanishi. 2.Oila institutini mustahkamlashga xizmat qiluvchi omillar. 3.Oilani mustahkamlashga xizmat qiladigan sog‘lom ijtimoiy muhitning nazorat faoliyatiga bog‘liqligi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlari yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda ijtimoiy himoya masalasi, jumladan oila institutini himoya qilish va mustahkamlash masalasi hech qanday mubolag‘asiz bugungi kunning eng dolzarb muammolardan biri sanaladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhdagi ahaoliga, jumladan, bolalarga majmuaviy yordam ko‘rsatib ularni jamiyatga ijtimoiylashuvida oila institutini muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun oila institutining bugungi kundagi holati qanchalik sog‘lom va mustahkam ekanligini ilmiy jihatdan tahlil qilish kerak bo‘ladi. Oila muammosi bugungi kunda insoniyatni o‘ylantirib kelayotgan eng dolzarb va eng murakkab global muammo hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “2017- 2021yillarda O‘zbekiston Republikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da oila institutini mustahkamlash to‘g‘risida gapirib, oila asoslarini yanada mustahkamlash, oilani yanada sog‘lomlashtirish borasida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ustuvor vazifa sifatida belgilab bergan. 1 Insoniyat jamiyati sivilizatsiyasining kelib chiqishi oila institutining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli oila institutining barbod bo‘lishi insoniyat sivilizatsiyasining halokatini keltirib chiqarishi mumkin. Bugungi kunda inson zotini keyingi mavjud bulishini gumon qilib qo‘ygan muammolar ichida oilaning global inqirozi ham bor. Oila inqirozi muammosi xuddi yadro qirg‘in quroli taxdidi, terrorizm taxdidi va ekologik taxdid singari insoniyani keyingi mavjud bo‘lishini gumon qilib qo‘ydi. Chunki oila ming yillar davomida hayot mazmuni bo‘lgan xayotni davomiyligini ta’minlab keldi. Lekin bugungi kunga kelib oilaning o‘z funksiyasini bajarishi muammo bo‘lib qolmoqda. Oila funksiyasini bajarilmasligi insoniyatni yo‘q bulib ketishi darajasidagi depopulyatsiya jarayonini keltirib chiqarishi mumkin. Oila muammosi bugungi kunda insoniyatni o‘ylantirib kelayotgan eng dolzarb va eng murakkab muammo deb aytishimiz mumkin. Ushbu muammo nafaqat jamiyatshunos olimlarni, balki barchani, hatto oddiy odamlarni xam o‘ylantirmokda. Shuning uchun biz quyida oila muammosi masalasini tarixiy, sotsiologik tahlil qilishga harakat qilib ushbu 1 Мирзиёев Ш.М. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Тошкент. 2017 йил. 4-бет
muammoni keltirib chiqargan sabablarni topish va ularni bartaraf qilish yo‘llarini topishga harakat qilamiz. Oila muammosi to‘g‘risida gapirishdan oldin oila o‘zi nima ekanligini ya’ni uni aniq bir ilmiy ta’rifini berishimiz kerak. Jamiyatshunos olimlar oilaga shunday ta’rif berishadi: Oila nikoh asosida shakllangan, er-xotinlik, ota-onalik va qarindoshchilik rishtalari bilan bog‘langan odamlar guruhi bo‘lib u bolani dunyoga keltirish, boqish va hayotga tayyorlash funksiyalarini bajaradi. Demak oila to‘laqonli oila bo‘lishi uchun u uch elementni yaxlitligidan va uchta asosiy funksiyani bajarishi lozim ekan. Agar oilaning bu uch elementlaridan biri bo‘lmasa va uchta asosiy funksiyalardan birini bajarmasa bu oilaning inkirozini alomati bo‘lib hisoblanadi. Xo‘sh oila inqirozining qanday alomatlari namoyon bo‘lmokda? Bugungi kunda nikohsiz oilalar ko‘payib bormoqda, vaholanki, oila nikoh asosida shakllanishi lozim. Shuning uchun nikohsiz oilalarni paydo bo‘lishi oila inqirozining bir ko‘rinishi deb aytishimiz mumkin. Oiladagi ajralishlar ko‘payib bormoqda, bir bolali yoki bolasiz oilalar paydo bo‘lmoqda hatto bir jinsli nikohlar geylar va lesbiyankalar paydo bo‘lmoqda. Bularning barchasi bugungi kunda oila o‘z boshidan inqirozni kechirayotganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. To‘g‘ri oilaning global inkirozi G‘arb mamlakatlarida kuchliroq namoyon bo‘lmoqda, bizlarda esa endigina kirib kelmoqda. Lekin biz oila inqirozi bizlardan ancha uzoqlarda ro‘y berayapdi deb xotirjam bo‘lishimiz kerak emas, chunki globallashib borayotgan dunyoda oilaning inkirozi barcha mamlakatlarda osonlik bilan kirib kelmoqda. Shuning uchun dunyoning barcha malakatlari o‘z xududlarida oila inqiroziga qarshi kurash olib borishlari lozim. Buning uchun eng avvalo oila inqirozi sabablarini topishga harakat qilish kerak. Oila inqirozining sababi oilaning muqaddasligini unutib quyishda va odamlardagi egoizmning kuchayib borishida deb aytish mumkin. Buning sababi esa global miqyosda ma’naviyatning qashshoqlashuvi bilan bog‘liqdir. Umuman bugungi kunda mavjud bo‘lgan barcha muammolar oxir oqibatda ma’naviyatga
bog‘lik. Chunki inson oila oldida mas’uliyatni his qilishi uchun va oila to‘g‘risida qayg‘urishi uchun u o‘zini oila oldida tiyib tura olishi kerak. Boshqacha qilib aytganda inson oila manfaati oldida o‘z manfaatini tiya olishi kerak, oila manfaatini o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘ya olishi kerak. Buning uchun esa inson o‘z ustidan hokimiyatga ega bo‘lishi kerak va bunday hokimiyat ma’naviyat orqali ta’minlanadi, chunki ma’naviyat odamga oila oldida o‘zini tiyish imkoniyatini beradi. 2.Oila institutini mustahkamlashga xizmat qiluvchi omillar. Oilani inqirozdan olib chiqish va uni mustahkamlash uchun inson oilaning muqaddasligini anglab olishi kerak. Oila nima uchun muqaddas deyiladi? Oila shuning uchun muqaddas deyiladiki, chunki oila hayot mazmunini ifodalaydi. Hayotning mazmuni inson hayotining davomiyligini ta’minlashdan iborat va uni ta’minlash oila orqali amalga oshiriladi. Inson zoti abadiy mavjudot emas u qachonlardir paydo bo‘lgan va demak qachonlardir uni yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli bor va uni keyingi mavjud bo‘lishi oilaga bog‘lik bo‘lib kelgan. Oila insoniyatning shunday noyob evolyusion kashfiyotiki u ming yillar davomida insoniyatni keyingi mavjud bo‘lishini ta’minlab keldi, lekin bugungi kunga kelib oila o‘z funksiyalarini bajarib insoniyatni ertaga mavjud bo‘lishini ta’minlashi gumon bo‘lib qolmoqda. Oilani mustahkamlashda asosiy e’tibor nikohga jiddiy munosabat o‘rnatilishi bilan bog‘liq, chunki nikoh odamda oila oldida mas’uliyatni shakllantiradi. Nikoh ham zamon qonunlari va ham shariat qonunlari asosida amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Zamon qonunlari asosida davlat ruyxatidan o‘tish odamda davlat oldida mas’uliyatni shakllantirsa, shariat konunlari asosida nikohdan o‘tish esa Xudo oldida mas’uliyatni shakllantiradi. Odamzot shunday mavjudotki u to‘g‘ri yo‘ldan yurishi va oila manfaati oldida o‘zini tiyib turishi uchun u nimadandir qo‘rqib turishi lozim. Odam zamon qonunlarini buzmasligi uchun davlatdan qo‘rqib turishi kerak, shariat qonunlarini buzmasligi uchun esa oxirat azobidan qo‘rqishi kerak. Oila shunday noyob
evolyusion kashfiyotki uni avaylab asrash uchun zamon qonunlaridan xam, shariat qonunlaridan ham foydalanish mumkin. Oilani mustahkamlashda oilaning asosi bo‘lgan eru-xotinlik mustahkam bo‘lishi muhim ahamiyatga, chunki eru-xotinlik oilaning yadrosini tashkil qiladi. Yadro qanchalik mustahkam bo‘lsa oila shunchalik kuchli bo‘ladi. Buning uchun ya’ni oilaning asosi bo‘lgan yadro kuchli bo‘lishi eru-xotin bir birini tushunishi lozim. Ular nimani tushunishi kerak deganda ularning birini baxtli bo‘lishi ikkinchisining baxtli bo‘lishi bilan bog‘liqligini tushunishi kerak. Buni anglagan eru-xotin hayotda uchraydigan har qanday qiyinchiliklarni bartaraf qilishga qodir bo‘ladi. Va aksincha buni tushunmagan eru-xotin arzimagan bir muammoni bartaraf qila olmay oiladek bir muqaddas institutni barbod qilishi mumkin. Shuning uchun oilani mustahkamlashda eru-xotinni oila oldidagi mas’uliyatini oshirishga va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Oila oldida mas’uliyat kuchli bo‘lishi uchun inson bir oddiy haqiqatni bilishi kerak ya’ni nikoh tuzilishi bilan odam faqat o‘zini o‘ylash huquqidan mahrum bo‘lishini, endi ular bir birini o‘ylashi kerak bo‘ladi. Oilada bolaning tug‘ilishi bilan esa eru-xotin endi o‘zlarini o‘ylash huquqidan mahrum bo‘lishini anglab olish kerak, chunki endi ular bolani manfaati oldida o‘zlarini tiyib turishlari kerak bo‘ladi. Chunki farzand ularning naslini davomchisi ya’ni ularning hayotini mazmuni bo‘lib hisoblanadi. Ota-ona bolaga g‘amxo‘rlik qilib uni parvarishlab hayotga tayyorlash barobarida o‘ziga keksalikka sharoit yaratgan bo‘lishini unutmasligi kerak. Buning uchun inson yana bir oddiy haqiqatni bilishi kerak ya’ni odamning baxtli bo‘lishi eng avvalo oilaga bog‘liqligini va inson zoti bor ekan u tug‘ilib to dunyoni tark etgungacha oila doirasida himoyalangan bo‘lishi kerak. Faqat oila inson zotiga beminnat xizmat qilishi va uni baxtli bulishini ta’minalshi mumkin. Oilaning inqirozining sabablaridan yana biri bu oiladagi ayol mehnatini qadrsizlanishi bilan bog‘lik. Uzoq tarixiy jarayonda asta sekinlik bilan ayol oiladan tashqariga ijtimoiy faoliyatga jalb qilina boshlandi va ayni paytda ayolning