Jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lgan korrupsiya illatini bartaraf qilishda ijtimoiy nazoratning o‘rni
Jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lgan korrupsiya illatini bartaraf qilishda ijtimoiy nazoratning o‘rni Reja 1.Korrupsiya muammosi, sababi, sharoiti va oqibatlari. 2.Korrupsiyaning tarixiy ildizi va o‘ziga xos jihatlari. 3.Korrupsiya sabab va sharoitini bartaraf qilishda ijtimoiy nazoratning o‘rni.
1.Korrupsiya muammosi, sababi, sharoiti va oqibatlari. Bugungi kunda O‘zbekiston taraqqiyotiga asosiy to‘siq korrupsiya illati hisoblanadi. Ushbu xususda gapirib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng oxir illat – korrupsiya balosi...” 1 deb ta’kidladilar. Korrupsiya muammosi nazorat tizimi faoliyati zaif bo‘lgan ijtimoiy muhitda yuzaga keladi. Qachon va qaerda nazorat tizimi zaif bo‘lsa, o‘sha vaqtda va o‘sha joyda korrupsiya kelib chiqadi. Demak, korrupsiyani to‘xtatish nazorat tizimi faoliyatini kuchli va samarali qilish bilan bog‘liq. Nazorat faoliyatining kuchliligi va samaradorligi, eng avvalo, ushbu faoliyatga doir bilimga bog‘liqdir. Har qanday bilim, jumladan, nazorat faoliyatiga doir bilim ham, eng avvalo, ta’lim tizimida shakllanadi. Demak, korrupsiyani to‘xtatish uchun ta’lim tizimida nazorat faoliyatiga doir bilimni berish choralarini ko‘rish kerak ekan. Nazorat faoliyatiga doir bilim bilan qurollangan jamiyat korrupsiyani to‘xtatishga va jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga qodir bo‘ladi. Insoniyat jamiyatida mavjud bo‘lgan muammolarni bir ijtimoiy kasallik deb hisoblasak har qanday kasallikni davolashdan ko‘ra uni oldini olish muhim bo‘lgani kabi korrupsiya ijtimoiy kasalligini ham odini olish muhim hisoblanadi. Shuning uchun tabobat ilmining sultoni mashhur Ibn Sino “Kasallikni emas sababini davolash kerak” 2 deb bejizga aytmagan. Lekin buning uchun, eng avvalo, ushbu kasallikni sababini topish kerak bo‘ladi, ya’ni k orrupsiyani bartaraf qilish uchun uni ng sababini topish lozim. Xo‘sh, korrupsiyaning sababi qaerda? Korrupsiyaning sababi to‘g‘risida gapirishdan oldin ushbu so‘zning ma’nosini anglab olish lozim. Lug‘atlarda korrupsiyaga ko‘plab ta’riflar berilgan va shulardan ko‘pchilik e’tirof etgan ta’rif “ Korrupsiya – mansabdor shaxs tomonidan shaxsiy boylik ortirish maqsadida o‘z mansab vakolatlarini suiste’mol qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoiy harakat ” 3 deb berilgan ta’rifdir . 1 Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. Тошкент 2020 йил 24 январ. 9-бет. 2 Альперович В. Социальная геронтология. Ростов-на Дану. 1997 г. С.59. 3 3 Советский энциклопедический словарь. Масква 1989г., стр.633.
Mansabdor shaxs moddiy boylik ilinjida o‘z vakolatlarini suiste’mol qilishi uchun esa, ikkita holat yuz berishi lozim . Birinchisi, u o‘z nafsini quliga aylanib qolgan bo‘lishi va ikkinchisi, u qonunni chetlab o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu tushunarli bo‘lishi uchun korrupsiyani sababi bilan sharoitini farq qila bilish kerak. Insonni o‘z nafsini quliga aylanib qolishi ma’naviy qashshoqlik natijasida kelib chiqadi. Qonunni chetlab o‘tish imkoniyati esa, jazoning muqarrarligi ta’minlanmagan holda kelib chiqadi. K orrupsiya jilovlanmagan poraxo‘rlikni anglatadi, ya’ni pora olgan odam jinoyatiga yarasha jazosini olmasa, ya’ni jazoning muqarrarligi ta’minlanmasa ertami - kechmi korrupsiya kelib chiqadi. Buzuq b yurokratiya va ma’muriy buyruqbozlik tizimi poraxo‘rlik va uning jilovlanmaganligi natijasida korrupsiyaga zamin yaratadi. Korrupsiyaning sababi mansabdor shaxsning moddiy boylikka bo‘lgan ehtiyojining jilovlanmaganligi bo‘lsa, uning sharoiti mansabdor shaxsda qonunni buzish imkoniyatining mavjudligi hisoblanadi. Korrupsiyaning sababi va sharoiti tushunarli bo‘lishi uchun poraxo‘rlik va korrupsiya tushunchalarini farqini anglab olish kerak. K orrupsiya tushunchasi poraxo‘rlik tushunchasi bilan bog‘liq, ya’ni korrupsiya deganda poraxo‘rlik, poraxo‘rlik deganda korrupsiya tushuniladi. Chunki, korrupsiya so‘zining ma’nosi pul berib “sotib olish”ni, ya’ni o‘z (pul beruvchini) maqsadiga muvofiq harakatni keltirib chiqarishni anglatadi. Masalan, pul berib o‘qishga kirish, pul berib o‘qish, pul berib ishga kirish, saylov jarayonida pul berib ovozni sotib olish, pul berib jinoyatdan jazolanmay qolish, pul berib rag‘batlantirilish va hokazolar korrupsiyaga misol bo‘la oladi. Ko‘rinib turibdiki, ularning barchasi pora berish bilan bog‘liq. Lekin shunday bo‘lsa ham, poraxo‘rlik bilan korrupsiyani farq qila bilish lozim. Poraxo‘rlik deganda biror bir maqsadga erishishda ikki kishi o‘rtasida pora berish va olish holati tushunilishi lozim. Korrupsiya deganda esa poraxo‘rlik ikki kishi o‘rtasida emas, balki bir necha kishi o‘rtasida sodir bo‘ladigan va pora mansabdor shaxsga beriladigan holat tushuniladi. Poraxo‘rlikdan farq qilib k orrupsiya da mansabdor shaxs ishtirok etadi va u tizimli xarkterda bo‘ladi hamda tashabbus pora oluvchi tomonida bo‘ladi .
Masalan, agar o‘qituvchi ta’magirlik qilib talabadan pora olib kafedra mudiriga, kafedra mudiri dekanga, dekan esa rektorga, rektor esa vazir ga bersa, bu oliy ta’lim tizimining korrupsiyalashganini anglatadi. Yoki kadrlar tanlash va joy joyiga qo‘yish jarayoni da poraga asoslanish ham ushbu tizimning korrupsiyalashganini anglatadi. Jamiyat uchun eng xavflisi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimining korrupsiyalashgani hisoblanadi. Chunki , pul berib mansabga ega bo‘lgan shaxs ertaga bergan pulini ortig‘i bilan qaytarib olishga harakat qiladi. Yana shunisi bilan xavfliki, islohotlarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan kadrlar qolib ketib, nomunosib, bilim va ma’naviyati past kadrlar islohotlarni amalga oshirish bilan malakasiz ravishda shug‘ullanishlariga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ushbu tizimni korrupsiyalashuvi yoshlarning bilim va ma’naviyatga bo‘lgan i n tilishlarini pasayishiga olib keladi. Chunki korrupsiya bo‘lgan joyda bilim va ma’naviyati kuchli odam qolib ketib, puli ko‘p odam rahbarlik lavozimiga tayinlanadi. Bundan xabardor bo‘lgan yoshlar hamma narsani pul hal qiladi degan tushuncha bilan bilim va ma’naviyatga intilmay qo‘yadilar. Bunday holat bo‘lmasligi uchun kadrlar tanlash tizimida bilim va ma’naviyatning yuksaklik darajasi asosiy mezon sifatida qabul qilinishi lozim. Pul aralashgan joyda esa ushbu mezonlarga rioya qilishni ta’minlab bo‘lmaydi va natijada bilim va ma’naviyati past odamlar rahbar bo‘lishadi . Bu esa o‘z navbatida ta’lim tizimida bilim uchun emas balki diplom uchun o‘qiydigan talabalarni ko‘payishini keltirib chiqaradi. Diplom uchun o‘qiydigan talaba bor ekan ta’lim tizimida korrupsiyani to‘xtatib bo‘lmaydi . Chunki bunday talaba pora berib o‘qishni xohlaydi va bunda tashabbus pora beruvchida bo‘ladi. Pora beruvchi bor ekan pora oluvchi albatta topiladi chunki bunda talab va taklif qonuni ishlaydi. Korrupsiya, qaerda bo‘lmasin, jamiyat uchun va milliy xavfsizlik uchun o‘ta xavfli tahdid hisoblanadi. Ayniqsa, jamiyatda tartib o‘rnatishga mas’ul bo‘lgan sud-huquq tizimi korrupsiyalashgan bo‘lsa, bu jamiyat uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Agar sud hokimiyati korrupsiyalashgan bo‘lsa, nafaqat sud hokimiyatiga nisbatan balki davlatga nisbatan ishonchsizlik va norozilik kelib
chiqadi. Qonun ustuvorligi va jazoning muqarrararligini ta’minlashda sud hokimiyati hal qiluvchi rol o‘ynaydi, chunki oxir oqibatda kimni haq yoki nohaq ekanligini sud hokimiyati belgilab beradi. Sud hokimiyatida korrupsiyani to‘xtatish uchun sud hukmining adolatligi kafolati ta’minlangan bo‘lishi lozim. Shuning uchun hech qanday mubolag‘asiz sud hokimiyatida korrupsiyaga qarshi kurash eng dolzarb masala hisoblanadi. Bundan tashqari, rag‘batlantirish tizimidagi korrupsiya ham jamiyat uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Chunki rag‘batlantirish tizimidagi adolatsizlik ikki kara adolatsizlikdir. Nega deganda, munosib odam taqdirlanmaganligini o‘zi adolatsizlik va, buning ustiga, nomunosib odamni taqdirlanishi esa yana bir karra adolatsizlik bo‘lib hisoblanadi. Odatda, nomunosib odam rag‘batlantirilishi uchun pora berishga harakat qiladi va, aksincha, munosib odam pora berishdan o‘zini tiyadi. Shuning uchun korrupsiyaga qarshi kurash, eng avvalo, ana shu uch tizimda, ya’ni sud-huquq tizimida, kadrlarni tanlash hamda joy-joyiga qo‘yish tizimida va rag‘batlantirish tizimida kuchayishi lozim. Ushbu tizimlarda korrupsiyani jilovlash ijtimoiy hayotning barcha sohalarida korrupsiyani yengish imkoniyatini beradi. 2.Korrupsiyaning tarixiy ildizi va o‘ziga xos jihatlari. Korrupsiyani bartaraf qilish uchun uning tarixiy ildiziga va o‘ziga xos jihatlariga e’tibor qaratish lozim. Qaerda qonunni inkor qilish, chetlab o‘tish imkoniyati paydo bo‘lsa, o‘sha yerda korrupsiya kelib chiqadi. Shuning uchun q onunni chetlab o‘ tish amaliyotini yuzaga kelish sababini topish korrupsiyani to‘xtatishda muhim ahamiyatga ega. Ming afsuski, G‘arb mamlakatlaridan farq qilib, Sharqda huquqni chetlab o‘tish amaliyoti yuzaga kelgan. Boshqacha qilib aytganda, qadim zamonlarda Sharqda hech qanday qonun bilan cheklanmagan despotik hokimiyat shakllangan. Buning sababi sug‘orma dehqonchilik va suv taqsimoti bilan bog‘liq bo‘lgan davlatning funksiyasidir. G‘arbda esa lalmikor dehqonchilik iqtisodiyotda muhim o‘rin egallaydi va natijada davlatning suv taqsimoti funksiyasi deyarli yo‘q. Suv taqsimoti shunday murakkabki, u ma’lum