Nazorat tizimini samarali qiluvchi omillar
Nazorat tizimini samarali qiluvchi omillar Reja 1. Nazorat tizimini samarali qilishda demokratiya va fuqarolik jamiyatining o‘rni. 2.Nazorat tizimi faoliyatini samarali qilishda fuqarolik madaniyatining o‘rni. 3.Nazorat tizimini samarali qilishda daxldorlik hissini o‘rni.
1. Nazorat tizimini samarali qilishda dmokratiya va fuqarolik jamiyatining o‘rni. Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatilishi masalasi barcha vaqtlarda dolzarb muammo bo‘lganligi kabi bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Chunki hali hanuz insoniyat qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolni mukammal javobini topa olgani yo‘q. Faqat bir narsa ma’lumki ya’ni adolatli ijtimoiy taribning o‘rnatilishi nazorat tizimini samarali ishlashiga bog‘liq ekanligi ma’lum. Shuning uchun nazorat faoliyatini samarali qilishga qaratilgan tadqiqot bugungi kunning eng dolzarb muammosi deb aytish mumkin. Nazorat faoliyatini samarali ishlashini ta’minlash uchun bu borada qanday muammolar borligini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Chunki ana shu muammolarni bartaraf qilish nazorat tizimini samarali qiluvchi omillar bo‘lib xizmat qiladi. Xo‘sh bugungi kunda nazorat faoliyatini samarali qilish borasida qanday muammolar ya’ni to‘siqlar mavjud? Bugungi kunda nazorat tizimini samarali qilishga asosiy to‘siq demokratiya va fuqarolik jamiyatining kuchsizligidir . Bundan tashqari fuqarolik madaniyatining darajasi demokratiya talablari darajasidan orqada qolayotganligi ham nazorat tizimini samarali ishlashiga to‘siq hisoblanadi. Jamiyatning nazorat faoliyatiga doir bilimining pastligi ham nazorat tizimini samarali ishlashiga jiddiy to‘siqdir. Jamiyatda aholining ayrim qismida mavjud bo‘lgan befarqlik kayfiyati ham nazorat tizimini samarali qilishga kuchli to‘siq hisoblanadi. Nazorat tizimini samarali ishlashiga bo‘lgan to‘siqlardan biri nazorat borasida ijtimoiy sheriklik amaliyotini yo‘lga qo‘yilmaganligidir. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan korrupsiya illati ham nazorat tizimini samarali qilishga to‘siq bo‘lmoqda. Nazorat tizimini samarali qiluvchi omillarni topish uchun yuqorida qayd qilingan to‘siqlarni sababini topish va ularni bartaraf qilish kerak bo‘ladi. Ularning bartaraf qilinishi nazorat tizimini samarali qiluvchi omil bo‘lib hisoblanadi, chunki sabab bartaraf qilinsa oqibat o‘z o‘zidan bartaraf bo‘ladi. Shuning uchun tabobat ilmining sultoni buyuk Ibn Sino kasallikni emas sababini davolash kerak deb
aytgan. Shunday qilib yuqorida qayd qilingan to‘siqlarning sabablarini topish va ularni bartaraf qilish nazorat tizimini samarali qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Xo‘sh birinchi to‘siq sifatida ko‘rsatilgan demokratiya va fuqarolik jamiyatining kuchsizligini sababi nimada? O‘zbekiston mamlakatida demokratiya va fuqarolik jamiyatining kuchsizligini sabablaridan yana bir sho‘rolar zamoniga borib taqaladi. Chunki sho‘rolar zamonida totalitar siyosiy tartib asosida kuchli davlat va nisbatan kuchsiz jamiyat shakllangan edi. Sho‘rolar zamonida hamma narsani davlat o‘z qo‘lida ushlab turgan va bunda odamlar gigant davlat apparatining bir murvatchasiga aylanib qolgan. Murvatchaga aylanib qolgan odam mustaqil fikrlashi kerak emas balki yuqoridan bo‘lgan topshiriqni ijrochisi bo‘lishi kerak edi. Shuning uchun o‘sha vaqtda siyosatga aralashma degan fikr kelib chiqqan edi va bu fikr hozirgacha o‘z ta’sirini saqlab qolmoqda. Qariyib 70 yil davom etgan totalitar siyosiy tartibot asosratlaridan xalos bo‘lish uchun ma’lum bir vaqt kerak bo‘ladi. Bunda shoshma shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi chunki demokratiya bo‘lishi uchun demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lgan avlod shakllanishi kerak. Bu esa faqat evolyusion tarzda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda shoshma shosharlik qilish yoki demokratiyani eksport qilish milliy xavfsizlikka tahdid keltirib chiqaradi. Agar jamiyat demokratiyaga tayyor bo‘lmasa demokratiya oxlokratiyaga aylanib qoladi va ijtimoiy tartibsizlik kelib chiqadi. Unday bo‘lsa demokratiyani kuuchli qilish uchun nima qilish kerak? Ushbu savolga javob berishdan oldin demokratiya va fuqarolik jamiyatining funksiyasidan kelib chiqib fikrlash kerak bo‘ladi. Demokratiya insoniyat jamiyatida mavjud bo‘lgan uchta siyosiy tartibotdan ya’ni totalitar, avtoritar va demokratik tartibotdan biri hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda demokratiya hokimiyatni xalq tomonidan shakllantirish va nazorat qilish orqali jamiyatda tartib o‘rnatishning siyosiy usuli hisoblanadi. Demokratiya namoyon bo‘lishi uchun eng muhim shart jamiyat demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lishi kerak. Buning uchun esa jamiyatning siyosiy madaniyati,
huquqiy madaniyati va fuqarolik pozitsiyasi demokratiya talablari darajasida bo‘lishi lozim. Bu uchta tushunchani ya’ni siyosiy madaniyat, siyosiy madaniyat va fuqarolik pozitsiyasini bitta qilib fuqarolik madaniyati deb aytish mumkin. Demak demokratiyaning kuchlilik darajasi jamiyatni fuqarolik madaniyatining yuksaklik darajasiga bog‘liq ekan. 2.Nazorat tizimi faoliyatini samarali qilishda fuqarolik madaniyatining o‘rni. Endi fuqarolik jamiyatining kuchsizligi to‘g‘risida gapirsak bunda ham sabab fuqarolik madaniyatini pastligi bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Bu tushunarli bo‘lishi uchun fuqarolik jamiyatining mohiyati va funksiyasidan kelib chiqib fikrlash kerak. Fuqarolik jamiyati fuqarolarning birlashganlik holati bo‘lib uning asosiy funksiyasi ijroiya hokimiyat ustidan nazorat amalga oshirish hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati o‘zini nazorat funksiyasini amalga oshirishga qodir bo‘lishi uchun uning fuqarolik madaniyati yuqori bo‘lishi lozimligi oddiy haqiqatdir. Fuqarolik jamiyatini kuchli qilish ham, demokratiyani kuchli qilish ham fuqarolik madaniyatining kuchliligiga bog‘liqligining sababi ularning funksiyasining umumiyligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari demokratiya va fuqarolik jamiyati bir biriga bog‘liq tushuncha bo‘lib hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda demokratiya bo‘lishi uchun fuqarolik jamiyati bo‘lishi kerak, xuddi shunday fuqarolik jamiyati bo‘lishi uchun demokratiya bo‘lishi kerak. Shuning uchun nazorat tizimini samarali qilishga to‘siq bo‘lgan demokratiya va fuqarolik jamiyatini kuchsizligini bartaraf qilish uchun fuqarolik madaniyatini yuksaltirish kerak bo‘ladi. Demak nazorat tizimini samarali qiluvchi omillardan biri fuqarolik madaniyatining yuksakligi deb aytishga barcha asos bor. Nazorat tizimini samarali qiluvchi omil bo‘lgan fuqarolik madaniyatini kuchli qilish uchun nima qilish kerak? Buning uchun eng avvalo fuqarolik madaniyati nima ekanligini anglab olish va u nimadan tashkil topishini aniqlash kerak bo‘ladi. Fuqarolik madaniyati deganda fuqarolarni o‘zaro munosabat jarayonida o‘zlarini tiyib yashashga qodir ekanliklari tushuniladi. Umuman insoniyat jamiyatida madaniy hayotni shakllanishi odamlarni o‘zlarini tiyib
yashash shakligi o‘tishlari bilan bog‘liq. Fuqarolik madaniyati shakllanishi uchun faqat siyosiy bilim, huquqiy bilim yetarli emas buning fuqarolik pozitsiyasi ham shakllangan bo‘lishi kerak. Fuqarolik pozitsiyasi deganda bir fuqaro ikkinchi bir fuqaroning taqdiriga befarq emasligi tushuniladi. Buning uchun esa fuqarolar o‘zlaridagi befarqlik kayfiyatini jilovlab daxldorlik hissi bilan yashashlari kerak. Inson o‘zida befarqlikni jilovlab daxldorlik hissini shakllantirishi uchun unda ma’naviyat yuksak bo‘lishi lozim. Demak fuqarolik madaniyatini yuksaltirish uchun jamiyatning nafaqat siyosiy-huquqiy bilimi balki ma’naviyati ham yuksalishi lozim. Ana shunda nazorat tizimini samarali qiluvchi omil bo‘lgan fuqarolik madaniyati shakllanadi. Demak, fuqarolik madaniyati bilim va ma’naviyat negizida ya’ni siyosiy-huquqiy bilim va ma’naviyat negizida shakllanar ekan. Bunda asosiy e’tibor ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilishi to‘g‘ri chunki bilim bo‘lsayu lekin ma’naviyat bo‘lmasa madaniyat shakllanmaydi. Nazorat tizimini samarali ishlashiga to‘siq bo‘lgan sabablardan biri nazorat faoliyatiga doir bilimning yetarli emasligi. Har qanday faoliyatni samarali amalga oshirish o‘sha faoliyatga doir bilimga bog‘liq bo‘lganligi kabi nazorat faoliyatining ham samaradorligi ushbu faoliyatga doir bilimga bog‘liqdir. Bu to‘siqni bartaraf qilib nazorat faoliyatini samrali qilish uchun jamiyatni nazorat faoliyatiga doir bilimini oshirish kerak bo‘ladi. Buning uchun eng avvalo ta’lim tizimida nazorat faoliyatiga doir bilimni beradigan fanni joriy qilish talab qilinadi, chunki har qanday bilim ta’lim tizimida shakllanadi. Muammo shundaki bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim tizimida biror bir fan yoshlarga nazoratga doir bilimni bermaydi. Bu borada faqat Samarqand Davlat universitetida nazorat faoliyatiga doir bilimni beradigan Ijtimoiy nazorat fani ishlab chiqilgan va talabalarga o‘qitilinib kelmoqda. Buning uchun ilmiy tadqiqotlar olib borilib 2016 yilda Ijtimoiy nazorat monografiyasi va 2020 yilda darsligi ishlab chiqilgan. Endigi muammo ushbu fanni oliy ta’lim tizimining barcha yo‘nalishlariga joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Chunki O‘zbekistonda ilmiy g‘oyalarni amaliyotga joriy etish mexanizmi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Agar bugun jamiyatga nazorat