Elektron hukumat konsepsiyasi.Elektron hukumat tizimi joriy etilishini taqoza qiluvchi omillar.
Mavzu:Elektron hukumat konsepsiyasi.Elektron hukumat tizimi joriy etilishini taqoza qiluvchi omillar. Reja: 1. Elektron hukumat. 2. Davlat xizmati. 3. Elektron davlat xizmati. 4. Davlat interaktiv xizmatlari, elektron hukumatning yagona identifikatorlari. 5. Elektron hukumatning muloqot maydoni.
Kirish Elektron hukumat tushunchasi dastavval XX asrning 90-yillari boshida AQSHda paydo bo‘lgan. Mazkur tushuncha, 1991 yilda, AQSHning o‘sha vaqtdagi prezidenti Bill Klinton davrida, internet va umuman axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirishga davlat darajasida, alohida e‘tibor qaratgan paytda yuzaga kelgani ma‘lum. Klinton ma‘muriyati davrida davlat idoralari hujjatlari orqali OAVga tarqalgan «Elektron hukumat» tushunchasi, 1999 yildan boshlab, okean orti va Yevropaning yetakchi nashrlarida davriy ravishda va tez-tez uchray boshladi. Aynan shu davrda, «Elektron hukumat» va unga bog‘liq tamoyillar tahlil va tadqiq qilingan ilmiy ishlar ham paydo bo‘ldi. Misol uchun: Bellami Teylorning « Axborot asrida hukumat boshqaruvi » asarida davlat boshqaruviga elektron axborot kommunikatsiya vositalari, xususan internetni tadbiq etishning nazariy masalalari ko‘rib chiqilgan bo‘lsa; 2002 yilda chop etilgan « Elektron hukumat strategiyasini baholash mezonlari: strategik tahlil xulosasi » nomli risolada, elektron hukumatning joriy qilishning istiqbollari, uning texnik va ijtimoiy talablari asosida tahlil qilingan edi. Keyingi davrda, axborot kommunikatsiya texnologiyalari borasida rivojlangan, yetakchi davlatlar hukumatlarining maxsus qarorlari orqali amaliy ishga o‘tildi. Davlat boshqaruvi sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ko‘plab nufuzli xalqaro tashkilotlar ham qo‘llab quvvatlay boshlashdi. Elektron hukumat. Elektron hukumat (ingl. e-Government) – bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyati boshqa tarmoqlari va davlat amaldorlariga axborot taqdim etish hamda avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini ko’rsatish bo’lib, bunda davlat va fuqaro o’rtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilgan bo’ladi va axborot texnologiyalaridan maksimal darajada foydalaniladi. Dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlarida 318
«Elektron hukumat» milliy tizimini faol tatbiq qilinmoqda. Bu tizim davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar o’rtasidagi aloqani mustahkamlash orqali biznes-jarayonlarni samarali rivojlantirishni ta'minlabgina qolmay, fuqarolarga davlat xizmatlarini internet orqali hammabop interaktiv shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi. Mamlakatimizda ham bir necha yillardan buyon, maqsadli ravishda interaktiv davlat xizmatlarini aholi va yuridik shaxslarga davlat organlari veb- saytlari va O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali orqali taqdim etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda. 2007 yildayoq, 49ta Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri (BIDXR) tasdiqlangandi. 2009 yilda u 94taga kengaytirilgan bo’lib, hozirda esa BIDXR 195dan ziyod ko’rinishni qamrab oladi. O’zbekiston matbuot markazida ―Elektron hukumat tizimi va interaktiv davlat xizmatlarining rivojlanishi mavzusida matbuot anjumani o’tkazildi. ‖ O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi raisi o’rinbosari Sherzod Shermatov OAV vakillariga Elektron hukumat tushunchasi, uning mazmun mohiyati, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida ma'lumot berdi. Bugungi kunda ushbu yo’nalishda Korea Respublikasi ekspertlari bilan hamkorlikda ish olib borilayotganiga to’xtaldi. Qo’mitaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig‗i Olimjon Umarov mavzu bo’yicha batafsil ma'ruza qildi. Ma'ruzachi Elektron hukumat tizimining ustuvor vazifalari haqida to’xtalar ekan, davlat data- markazini, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali hamda davlat organlari axborot tizimi majmuasini tashkil etish kabi masalalar ustida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Ma'lum qilinishicha, shu yilning 1 iyulidan interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali ishga tushiriladi. Mamlakatning 2012 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan 2013
yil 18 yanvardagi Hukumat majlisida Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatda 319 «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish Konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqish muhimligini qayd etib o’tgandi. Davlat organlari rahbarlari va mutaxassislaridan tuzilgan maxsus ishchi guruhi tomonidan mazkur yo’nalishda dunyo yetakchisi bo’lmish Korea Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlarning «elektron hukumat» borasidagi ilg’or tajribalarini inobatga olinib, «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish bo’yicha Konsepsiya va Kompleks dasturni, shuningdek, 2013-2017 yillarda O’zbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini ishlab chiqish amalga oshirilmoqda. Loyihalarni ishlab chiqishda koreyalik va boshqa xorijiy ekspertlar faol qatnashmoqdalar, ushbu yo’nalish bo’yicha O’zbekistonning turli vazirliklari va idoralari mutaxassislari bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar, seminarlar va yig’ilishlar o’tkazilapti. Ishlab chiqilayotgan O’zbekiston Respublikasida 2013-2017 yillarda «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish bo’yicha Konsepsiya va Kompleks dastur davlat organlarining o’zaro va aholi hamda tadbirkorlik subyektlari bilan munosabatlarining bugungi holati va yo’nalishlarini inobatga olgan holda, «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha asosiy vazifalarni belgilaydi. «Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo’yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholash uchun davlat organlari interaktiv xizmatlarining turli sohalari va yo’nalishlari bo’yicha maqsadli ko’rsatkichlar va indikatorlar ishlab chiqilgan. «Elektron hukumat» tizimi joriy etilishi natijasida to’liq tranzaksiyalangan xizmatlarga o’tilishi kutilmoqda, bu esa, aholi va biznes vakillarining davlat xizmatidan foydalanishda turli instansiyalarga qatnashni va davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqotda bo’lishni istisno etadi. Bu, o’z navbatida, aholiga
qo’shimcha qulayliklar yaratishga va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Bugungi kunda, «Elektron hukumat»ning samarali unsurlari sifatida, 20dan oshiq loyihalar amalga oshirildi. Gov.uz O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali, u tashkilotlar, shuningdek, yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar o’rtasidagi elektron-axborot munosabatlari infratuzilmasining tizim tashkil etuvchi unsuri sanaladi. Har qanday fuqaro yoki korxona, tashkilot, muassasa vakili bu yerdan O’zbekiston davlat hokimiyatining barcha unsurlari haqida to’liq ma'lumot olishi, shuningdek, bevosita gov.uz portali orqali u yoki bu hokimiyat organiga elektron shaklda rasmiy so’rov yuborishi mumkin. Bu portalda, shuningdek, Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari to‗liq reestri chop etilgan. Elektron hukumat – axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng‖ qo`llash hisobiga tashkilotlar va fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari hamda davlat organlarining faoliyati natijalari to`g`risida axborot olish tezkorligi va qulayligining sifat jihatdan yangi darajasini ta`minlovchi davlat loyihasi. Aholi farovonligini yanada oshirish, mamlakatning iqtisobiy barqarorligini mustahkamlashning muhim omili sifatida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish O’zbekiston hukumati siyosatining ustuvor vazifalari qatoriga kiradi. Mazkur vazifaning mohiyati, maqsadi va istiqboldagi rivoji O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013 yilning 27 iyunida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorida ham o’z ifodasini topdi. Mazkur qarorga muvofiq, 2013- 2020 yillarda O’zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Elektron hukumat tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma‘lumotlar ‖ bazalarini yaratish bo’yicha chora-tadbirlar hamda loyihalar ro’yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan.