logo

Elektron hukumat konsepsiyasi.Elektron hukumati tizimi joriy etilishini taqoza etuvchi omillar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

39.802734375 KB
Mavzu:Elektron hukumat konsepsiyasi.Elektron hukumati tizimi
joriy etilishini taqoza etuvchi omillar
Reja:
I qism.Kirish
II Asosiy qism
1. Elektron hukumat.
2. Elektron hukumatning muloqot maydoni.
3.   Davlat   interaktiv   xizmatlari,   elektron   hukumatning   yagona
identifikatorlari.
III qism.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Elektron   hukumat   tushunchasi   dastavval   XX   asrning   90-yillari   boshida
AQSHda   paydo   bo‘lgan.   Mazkur   tushuncha,   1991   yilda,   AQSHning   o‘sha
vaqtdagi   prezidenti   Bill   Klinton   davrida,   internet   va   umuman   axborot
kommunikatsiya   texnologiyalarining   rivojlantirishga   davlat   darajasida,   alohida
e‘tibor   qaratgan   paytda   yuzaga   kelgani   ma‘lum.   Klinton   ma‘muriyati   davrida
davlat   idoralari   hujjatlari   orqali   OAVga   tarqalgan   «Elektron   hukumat»
tushunchasi, 1999 yildan boshlab, okean orti va Yevropaning yetakchi nashrlarida
davriy   ravishda   va   tez-tez   uchray   boshladi.   Aynan   shu   davrda,   «Elektron
hukumat»   va   unga   bog‘liq   tamoyillar   tahlil   va   tadqiq   qilingan   ilmiy   ishlar   ham
paydo   bo‘ldi.   Misol   uchun:   Bellami   Teylorning   « Axborot   asrida   hukumat
boshqaruvi »   asarida   davlat   boshqaruviga   elektron   axborot   kommunikatsiya
vositalari, xususan internetni tadbiq etishning nazariy masalalari ko‘rib chiqilgan
bo‘lsa;   2002   yilda   chop   etilgan   « Elektron   hukumat   strategiyasini   baholash
mezonlari: strategik tahlil xulosasi » nomli risolada, elektron hukumatning joriy
qilishning   istiqbollari,   uning   texnik   va   ijtimoiy   talablari   asosida   tahlil   qilingan
edi.   Keyingi   davrda,   axborot   kommunikatsiya   texnologiyalari   borasida
rivojlangan,   yetakchi   davlatlar   hukumatlarining   maxsus   qarorlari   orqali   amaliy
ishga   o‘tildi.   Davlat   boshqaruvi   sohasiga   axborot   kommunikatsiya
texnologiyalarini   joriy   etishni   ko‘plab   nufuzli   xalqaro   tashkilotlar   ham   qo‘llab
quvvatlay boshlashdi.
Elektron hukumat.
Elektron   hukumat   (ingl.   e-Government)   –   bu   fuqarolar,   biznes,   davlat
hokimiyati boshqa tarmoqlari va davlat amaldorlariga axborot taqdim etish hamda avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini ko’rsatish bo’lib, bunda davlat va fuqaro
o’rtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilgan bo’ladi va axborot texnologiyalaridan
maksimal darajada foydalaniladi. Dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlarida 318 
«Elektron   hukumat»   milliy   tizimini   faol   tatbiq   qilinmoqda.   Bu   tizim   davlat
tuzilmalarini   boshqarishni,   davlat   va   tadbirkorlar   o’rtasidagi   aloqani
mustahkamlash   orqali   biznes-jarayonlarni   samarali   rivojlantirishni   ta'minlabgina
qolmay,   fuqarolarga   davlat   xizmatlarini   internet   orqali   hammabop   interaktiv
shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi.
Mamlakatimizda   ham   bir   necha   yillardan   buyon,   maqsadli   ravishda
interaktiv   davlat   xizmatlarini   aholi   va   yuridik   shaxslarga   davlat   organlari   veb-
saytlari   va   O’zbekiston   Respublikasi   Hukumat   portali   orqali   taqdim   etish   uchun
axborot-kommunikatsiya   texnologiyalari   joriy   etilmoqda.   2007   yildayoq,   49ta
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri (BIDXR) tasdiqlangandi. 2009 yilda u
94taga kengaytirilgan bo’lib, hozirda esa BIDXR 195dan ziyod ko’rinishni qamrab
oladi. 
O’zbekiston   matbuot   markazida   ―Elektron   hukumat   tizimi   va   interaktiv
davlat xizmatlarining rivojlanishi  mavzusida matbuot anjumani o’tkazildi. ‖
O’zbekiston   Respublikasi   aloqa,   axborotlashtirish   va   telekommunikatsiya
texnologiyalari   davlat   qo’mitasi   raisi   o’rinbosari   Sherzod   Shermatov   OAV
vakillariga   Elektron   hukumat   tushunchasi,   uning   mazmun   mohiyati,   amalga
oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida ma'lumot berdi. Bugungi  kunda
ushbu   yo’nalishda   Korea   Respublikasi   ekspertlari   bilan   hamkorlikda   ish   olib
borilayotganiga to’xtaldi.
Qo’mitaning   Axborot-kommunikatsiya   texnologiyalari   boshqarmasi
boshlig‗i   Olimjon   Umarov   mavzu   bo’yicha   batafsil   ma'ruza   qildi.   Ma'ruzachi
Elektron hukumat tizimining ustuvor vazifalari haqida to’xtalar ekan, davlat data- markazini,  interaktiv davlat   xizmatlarining  yagona  portali   hamda  davlat  organlari
axborot   tizimi   majmuasini   tashkil   etish   kabi   masalalar   ustida   olib   borilayotgan
ishlar haqida ma'lumot berdi. Ma'lum qilinishicha, shu yilning 1 iyulidan interaktiv
davlat xizmatlarining yagona portali ishga tushiriladi. 
Mamlakatning 2012 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2013
yilgi   iqtisodiy   dasturning   eng   muhim   ustuvor   yo’nalishlariga   bag’ishlangan   2013
yil   18   yanvardagi   Hukumat   majlisida   Prezidentimiz   Islom   Karimov   mamlakatda
319 
«Elektron   hukumat»   tizimini   shakllantirish   Konsepsiyasi   va   kompleks   dasturini
ishlab chiqish muhimligini qayd etib o’tgandi.
Davlat   organlari   rahbarlari   va   mutaxassislaridan   tuzilgan   maxsus   ishchi
guruhi   tomonidan   mazkur   yo’nalishda   dunyo   yetakchisi   bo’lmish   Korea
Respublikasi   va   boshqa   xorijiy   mamlakatlarning   «elektron   hukumat»   borasidagi
ilg’or   tajribalarini   inobatga   olinib,   «Elektron   hukumat»   tizimini   shakllantirish
bo’yicha   Konsepsiya   va   Kompleks   dasturni,   shuningdek,   2013-2017   yillarda
O’zbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish
Kompleks dasturini ishlab chiqish amalga oshirilmoqda. 
Loyihalarni   ishlab   chiqishda   koreyalik   va   boshqa   xorijiy   ekspertlar   faol
qatnashmoqdalar,   ushbu   yo’nalish   bo’yicha   O’zbekistonning   turli   vazirliklari   va
idoralari   mutaxassislari   bilan   davra   suhbatlari,   uchrashuvlar,   seminarlar   va
yig’ilishlar  o’tkazilapti. 
Ishlab   chiqilayotgan   O’zbekiston   Respublikasida   2013-2017   yillarda
«Elektron   hukumat»   tizimini   shakllantirish   bo’yicha   Konsepsiya   va   Kompleks
dastur   davlat   organlarining   o’zaro   va   aholi   hamda   tadbirkorlik   subyektlari   bilan
munosabatlarining   bugungi   holati   va   yo’nalishlarini   inobatga   olgan   holda,
«Elektron   hukumat»   tizimini   shakllantirish   va   rivojlantirish   bo’yicha   asosiy vazifalarni   belgilaydi.   «Elektron   hukumat»   tizimini   joriy   etish   bo’yicha   taklif
etilayotgan   chora-tadbirlarning   samaradorligini   baholash   uchun   davlat   organlari
interaktiv   xizmatlarining   turli   sohalari   va   yo’nalishlari   bo’yicha   maqsadli
ko’rsatkichlar va indikatorlar ishlab chiqilgan.
«Elektron hukumat» tizimi joriy etilishi natijasida to’liq tranzaksiyalangan
xizmatlarga   o’tilishi   kutilmoqda,   bu   esa,   aholi   va   biznes   vakillarining   davlat
xizmatidan   foydalanishda   turli   instansiyalarga   qatnashni   va   davlat   xizmatchilari
bilan   bevosita   muloqotda   bo’lishni   istisno   etadi.   Bu,   o’z   navbatida,   aholiga
qo’shimcha   qulayliklar   yaratishga   va   biznes   yuritish   sharoitlarini   yaxshilashga
xizmat qiladi.
Bugungi kunda, «Elektron hukumat»ning samarali unsurlari sifatida, 20dan
oshiq loyihalar amalga oshirildi.
Gov.uz   O’zbekiston   Respublikasi   Hukumat   portali,   u   tashkilotlar,
shuningdek,   yuridik   shaxslar   va   jismoniy   shaxslar   o’rtasidagi   elektron-axborot
munosabatlari   infratuzilmasining   tizim   tashkil   etuvchi   unsuri   sanaladi.   Har
qanday   fuqaro   yoki   korxona,   tashkilot,   muassasa   vakili   bu   yerdan   O’zbekiston
davlat hokimiyatining barcha unsurlari haqida to’liq ma'lumot olishi, shuningdek,
bevosita   gov.uz   portali   orqali   u   yoki   bu   hokimiyat   organiga   elektron   shaklda
rasmiy   so’rov   yuborishi   mumkin.   Bu   portalda,   shuningdek,   Bazaviy   interaktiv
davlat xizmatlari to‗liq reestri chop etilgan.
Elektron   hukumat   –   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini   keng‖
qo`llash   hisobiga   tashkilotlar   va   fuqarolar   tomonidan   davlat   xizmatlari   hamda
davlat   organlarining   faoliyati   natijalari   to`g`risida   axborot   olish   tezkorligi   va
qulayligining sifat jihatdan yangi darajasini ta`minlovchi davlat loyihasi.  Aholi farovonligini yanada oshirish, mamlakatning iqtisobiy barqarorligini
mustahkamlashning   muhim   omili   sifatida   aloqa,   axborotlashtirish   va
telekommunikatsiya   texnologiyalarini   rivojlantirish   O’zbekiston   hukumati
siyosatining   ustuvor   vazifalari   qatoriga   kiradi.   Mazkur   vazifaning   mohiyati,
maqsadi   va   istiqboldagi   rivoji   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   tomonidan
2013   yilning   27   iyunida   qabul   qilingan   O’zbekiston   Respublikasining   Milliy
axborot-kommunikatsiya   tizimini   yanada   rivojlantirish   chora-tadbirlari
to’g’risidagi   qarorida   ham   o’z   ifodasini   topdi.   Mazkur   qarorga   muvofiq,   2013-
2020   yillarda   O’zbekiston   Respublikasida   telekommunikatsiya   texnologiyalari,
tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Elektron hukumat  tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma‘lumotlar‖
bazalarini   yaratish   bo’yicha   chora-tadbirlar   hamda   loyihalar   ro’yxati   Kompleks
dasturi tasdiqlangan. 
Kompleks   dastur   –   O’zbekistonda   ―Elektron   hukumat   tizimini   joriy	
‖
etishning o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan 22 ta loyiha va 6 ta tadbirlarni o’z
ichiga oladi. 
Milliy   axborot-kommunikatsiya   tizimini   yanada   rivojlantirishning   Kompleks
dasturini   amalga   oshirishni   muvofiqlashtiruvchi   Respublika   komissiyasi   tashkil
qilingan. 
Shu   bilan   birga   Vazirlik   qoshida   2   ta   yirik   ―Elektron   hukumat   tizimini	
‖
rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazlarini tashkil 322 
etish belgilangan.
            O’zbekistonda   ―Elektron   hukumat   tizimini   joriy   etishning   o’ta   muhim	
‖
ahamiyatga   ega   bo’lgan   loyihalarni   amalga   oshirish   bo’yicha   grafiklar   ishlab
chiqilgan.   Mazkur grafiklarda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan quyidagilarni
amalga oshirish belgilangan:  Dastlabki   loyiha   oldi   tadqiqotlarni   o’tkazish,   bunda   interaktiv   xizmatlar   bo’yicha
xalqaro tajribani o’rganish, mavjud holatini o’rganish, va takliflar ishlab chiqish. 
 -Loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish. 
 -Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish. 
 -Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertizadan o’tkazish. 
 -Texnik topshiriq ishlab chiqish. 
 -Loyihani amalga oshiruvchini aniqlash bo’yicha tanlovlar o’tkazish. 
 -Loyihani amalga oshirishdan iboratdir. Elektron hukumatning muloqot maydoni.
Elektron hukumatlarda qo'llaniladigan onlayn tranzaksiya xizmatlariga misollar:
 Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma uchun ariza
 Qurilishga ruxsat olish uchun ariza berish
 Tadbirkorlik litsenziyasi uchun ariza berish
 O'lim to'g'risidagi guvohnoma uchun ariza
 Haydovchilik guvohnomasini olish uchun ariza berish
 Ekologik ruxsat olish uchun ariza berish
 Davlat bo'sh ish o'rinlariga onlayn ariza berish
 Erga egalik huquqini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza
 Nikoh guvohnomasini olish uchun ariza berish
 Shaxsiy guvohnoma olish uchun ariza berish
 Ijtimoiy himoya dasturlariga murojaat qilish
 Viza uchun ariza berish
 Politsiyaga bayonot berish
 Jarimalarni to'lash
 Kommunal to'lovlar (suv, gaz, elektr energiyasi)
 Biznesni ro'yxatdan o'tkazish
 Avtotransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish
 Erni ro'yxatga olish to'g'risidagi ma'lumotlarni qidirish
 Onlayn  telefon  ma'lumotnomasida  manzil   va  telefon  raqami  ma'lumotlarini
qidiring
 Manzil o'zgarishini yuborish
 Daromad solig'ini taqdim etish
 Qo'shilgan qiymat solig'ini topshirish
 Qarama-qarshiliklar  Elektron   hukumatning   ko'plab   afzalliklaridan   foydalanish   umidida   Daniels
Indiana   farovonlik   dasturlari   uchun   ro'yxatga   olish   xizmatini   xususiylashtirish   va
avtomatlashtirish   bo'yicha   qonun   loyihasini   imzoladi   .   Daniels   imtiyozlarni
qo'llashni   soddalashtirish,   ishlarni   xususiylashtirish   va   firibgarlikni   aniqlashni
maqsad   qilgan.   Yuzma-yuz   ish   yuritishdan   voz   kechish   va   elektron   muloqotga
o'tish   yuqorida   aytib   o'tilgan  muammolarni   hal   qiladi   va   samaradorlikni   oshiradi,
deb ishonilgan edi. 
Indianadagi   ijtimoiy   ro'yxatga   olish   muassasalari   IBM   tomonidan
boshqariladigan onlayn ilovalar va qo'ng'iroq markazlari bilan almashtirildi . Bular
deyarli darhol muammolarga duch keldi. Asosan yuzma-yuz va shaxsiylashtirilgan
amaliyot asosan bir kechada modernizatsiya qilindi va bu xususiyatlarga tayangan
ko'plab   odamlarni   ko'r   qildi.   Bitta   o'lchamda   ishlagan   avtomatlashtirilgan   tizim
barcha   yondashuvlarga   mos   keladi,   bu   esa   qabul   qiluvchiga   boshqa   hamma
narsadan   ko'ra   xatoliklarni   keltirib   chiqaradi.   Ilgari   qabul   qiluvchining   xodimi
bilan bitta telefon qo'ng'irog'i orqali hal qilinadigan muammolar xususiy qo'ng'iroq
markazi   xodimlarining   yetarli   darajada   o'qilmaganligi   sababli   tobora
murakkablashdi. 
Farovonlik   oluvchilar   to'g'ridan-to'g'ri   yordam   yo'qligi,   tizimdagi   xatolar
ularning   nazorati   ostida   bo'lmagani   yoki   jarayonni   tezlashtirish   uchun
texnologiyadan   foydalana   olmasliklari   sababli   imtiyozlardan   mahrum   bo'lishdi.
O'tish   nafaqat   oluvchilarni,   balki   xodimlarni   ham   bosib   oldi.   2009   yil   oktyabr
oyida hatto Daniels ham loyihaning nuqsonli va muammoli ekanligini tan oldi va
IBM   bilan   shartnomani   bekor   qildi.   Indiana   2010-yildan   boshlab   gibrid   tizimni
ishlab   chiqarishni   boshladi,   jumladan,   ish   bo'yicha   ishchilar   va   kerak   bo'lganda
ba'zi avtomatlashtirish.  Elektron   hukumatning   pirovard   maqsadi   fuqarolarga   ko‘paytirilgan   davlat
xizmatlari portfelini samarali va tejamkor tarzda taklif qilishdir. Elektron hukumat
hukumatning   shaffofligini   ta’minlaydi.   Hukumatning   shaffofligi   muhim
ahamiyatga   ega,   chunki   u   jamoatchilikni   hukumat   nimalar   ustida   ishlayotgani   va
ular   amalga   oshirishga   harakat   qilayotgan   siyosatlar   haqida   xabardor   qilish
imkonini beradi.
Elektron hukumatga kirish orqali oddiy vazifalarni bajarish osonroq bo'lishi
mumkin.   Oilaviy   ahvol   yoki   manzilni   o'zgartirish   kabi   ko'plab   o'zgarishlar   uzoq
jarayon bo'lib, fuqarolar uchun juda ko'p hujjatlarni talab qilishi mumkin. Elektron
hukumat   ushbu   vazifalarni   jismoniy   shaxslarga   yanada   qulaylik   bilan   samarali
bajarish imkonini beradi.
Elektron   hukumat   jamoatchilikni   siyosiy   kampaniyalarga   ko‘proq   jalb
qilishning oson yo‘lidir. Bu saylovchilarning xabardorligini  oshirishi  mumkin, bu
esa fuqarolarning saylovlardagi ishtirokini oshirishga olib kelishi mumkin.
          Bu biznes uchun qulay va tejamkor bo'lib, uni olish uchun vaqt, kuch va pul
sarflamasdan mavjud bo'lgan eng dolzarb ma'lumotlarga osonlik bilan kirish orqali
davlatga foyda keltiradi.
Elektron   hukumat   jarayonlarni   soddalashtirishga   yordam   beradi   va   davlat
sektori   idoralari   va   fuqarolar   uchun   hukumat   ma'lumotlarini   yanada   qulayroq
qiladi.   Misol   uchun,   Indiana   avtotransport   byurosi   okrug   sudida   ko'rib   chiqilishi
uchun haydovchi yozuvlarini tasdiqlash jarayonini soddalashtirdi.  Indiana elektron
pochta  markasi  texnologiyasidan  foydalangan  holda  hukumat  yozuvlarini  raqamli
imzolash, qonuniy sertifikatlash va elektron shaklda etkazib berishga ruxsat bergan
birinchi   shtat   bo'ldi.   Elektron   demokratiya   xizmatlari   soddaligidan   tashqari,
xarajatlarni   kamaytirishi   mumkin.   Alabama   tabiatni   muhofaza   qilish   va   tabiiy resurslar   departamenti,   Wal-Mart   va   NIC   litsenziyalash   jarayonini
avtomatlashtirish   uchun   mavjud   kompyuterdan   foydalangan   holda   onlayn   ov   va
baliq ovlash litsenziyasi xizmatini ishlab chiqdi. Birinchi ov mavsumida Wal-Mart
do'konlarida   140   000   dan   ortiq   litsenziyalar   sotib   olindi   va   agentlik   bu   har   yili
xizmatdan 200 000 dollar tejash imkonini beradi. 
Elektron   hukumatning   kutilayotgan   afzalliklari   samaradorlik,   xizmatlarni
yaxshilash,   davlat   xizmatlaridan   foydalanish   imkoniyatlarini   yaxshilash,
jamiyatning   barqaror   rivojlanishi   hamda   oshkoralik   va   javobgarlikni   o‘z   ichiga
oladi. 
Elektron   hukumatning   so'nggi   sinovlari   jamoatchilik   tomonidan   qabul   va
ishtiyoq   bilan   kutib   olindi   Fuqarolar   tobora   ortib   borayotgan   siyosiy   masalalar
bo yicha   onlayn   muhokamalarda   qatnashmoqda   va   an anaviy   ravishda   davlatʻ ʼ
ishlariga   minimal   qiziqish   ko rsatuvchi   yoshlar   elektron   ovoz   berish   tartib-	
ʻ
qoidalariga   jalb   qilinmoqda.Internetga   asoslangan   davlat   dasturlari   ishonchli
maxfiylik   siyosati   yo'qligi   uchun   tanqid   qilingan   bo'lsa-da,   tadqiqotlar   shuni
ko'rsatdiki,   odamlar   shaxsiy   maxfiylikdan   ko'ra   huquqbuzarlarni   jinoiy
javobgarlikka   tortishni   qadrlashadi.   Qo'shma   Shtatlardagi   katta   yoshlilarning   90
foizi   jinoyatchilarni   Internetda   kuzatish   tizimini   ma'qullaydi   va   57   foizi
jinoyatchilar yoki terrorchilarni jinoiy javobgarlikka tortishga olib keladigan bo'lsa,
shaxsiy internet maxfiyligidan voz kechishga tayyor. 
Davlat interaktiv xizmatlari, elektron hukumatning yagona identifikatorlari.
Elektron   hukumatni   rivojlantirish   indeksi   (EGDI)   quyidagi   usul   bilan
hisoblanadi:  EGDI   = 1/3  (OSI  normallashtirilgan  +  TII   normallashtirilgan  +  HCI
normallashtirilgan) Dunyo bo ylab 100 nafar onlayn ko ngilli tadqiqotchilar guruhi	
ʻ ʻ
Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   Iqtisodiy   ishlar   departamenti   (BMT   DESA) bilan   2016-yilda   BMTning   elektron   hukumat   so rovi   bo yicha   BMTga   a zo   193ʻ ʻ ʼ
davlatda o tkazilgan 386 ta tadqiqot so rovlarini qayta ishlash uchun jalb qilingan.	
ʻ ʻ
Onlayn ko'ngillilarning millatlari va tillarining xilma-xilligi   - 65 dan ortiq til, 15
millat,   ularning   yarmi   rivojlanayotgan   mamlakatlardan   -   so'rovning   vazifasini
mukammal   aks   ettiradi.So'rovda   raqamli   inklyuziya   darajasi   indeksini   o'z   ichiga
olmaslik   tanqid   qilindi.   Elektron   hukumatning   yetkazib   berish   modellari   va
faoliyati   Elektron   hukumatning   asosiy   yetkazib   berish   modellarini   quyidagilarga
bo'lish mumkin:
Hukumatdan fuqaroga yoki hukumatdan iste'molchiga (G2C) yondashuvlar,
masalan,   fuqarolar   shakllarni,   hukumat   ma'lumotlarini   va   hokazolarni   yuklab
olishlari   mumkin   bo'lgan   veb-saytlarni   o'rnatish.Ushbu   modelda   G2C   modeli
biznes   kontseptsiyasi   bilan   mijozlar   bilan   munosabatlarni   boshqarish   (CRM)
strategiyasini   qo'llaydi   .Ularning   "mijoz"   (fuqaro)   munosabatlarini   boshqarib,
korxona   (hukumat)   mijozning   (fuqaroning)   ehtiyojlarini   qondirish   uchun   zarur
bo'lgan   mahsulot   va   xizmatlarni   taqdim   etishi   mumkin.Qo'shma   Shtatlarda   NPR
(   Hukumatni   qayta   kashf   qilish   bo'yicha   Milliy   hamkorlik   )   1993   yildan   boshlab
joriy qilingan. 
 Hukumatdan biznesga (G2B)
 Hukumatdan hukumatga (G2G)
 Davlatdan xodimlarga (G2E)
Ushbu o'zaro ta'sir doiralarining har birida to'rt turdagi faoliyat amalga oshiriladi:
Internet  orqali ma'lumotlarni  uzatish,  masalan:  tartibga solish  xizmatlari, umumiy
bayramlar,   jamoat   muhokamalari   jadvallari,   brifinglar,   bildirishnomalar   va
boshqalar   agentlik   va   fuqaro,   korxona   yoki   boshqa   davlat   organi   o'rtasidagi   ikki
tomonlama   aloqa.   Ushbu   modelda   foydalanuvchilar   agentliklar   bilan   muloqot
qilishlari va agentlikka muammolar, sharhlar yoki so'rovlar yuborishlari mumkin. operatsiyalarni   amalga   oshirish,   masalan:   soliq   deklaratsiyasini   taqdim   etish,
xizmatlar va grantlar uchun ariza berish.
Boshqaruv,   masalan:   Fuqarolarga   passiv   ma'lumot   olishdan   faol   fuqarolar
ishtirokiga o'tishni ta'minlash:
 Fuqaroni xabardor qilish
 Fuqaroning vakili
 Fuqarolarni ovoz berishga undash
 Fuqaro bilan maslahatlashish
 Fuqaroni jalb qilish
Internetdan   tashqari   elektron   hukumat. Elektron   hukumat   ko'pincha
"onlayn   hukumat"   yoki   "Internetga   asoslangan   hukumat"   deb   hisoblansa-da,   bu
kontekstda   Internetdan   tashqari   ko'plab   "elektron   hukumat"   texnologiyalaridan
foydalanish   mumkin.   Internetdan   tashqari   ba'zi   shakllar   orasida   telefon   ,   faks   ,
PDA   ,   SMS   matnli   xabarlar,   MMS   ,   simsiz   tarmoqlar   va   xizmatlar,   Bluetooth   ,
CCTV   ,   kuzatuv   tizimlari   ,   RFID   ,   biometrik   identifikatsiya,   yo'l   harakati
boshqaruvi va tartibga solish, shaxsiy guvohnomalar , smart-kartalar va boshqalar
kiradi   .   dala   aloqasiilovalar;   saylov   uchastkasi   texnologiyasi   (onlayn   bo'lmagan
elektron ovoz berish ko'rib chiqilayotgan joyda), davlat xizmatlarini televidenie va
radio   orqali   taqdim   etish   (masalan,   CSMW   ),   elektron   pochta,   onlayn   jamoat
ob'ektlari,   yangiliklar   guruhlari   va   elektron   pochta   ro'yxatlari   ,   onlayn   chat   va
tezkor xabar almashish texnologiyalari .
Elektron   hukumat,   shuningdek,   e-gov,   elektron   hukumat,   Internet
boshqaruvi,   raqamli   hukumat,   onlayn   hukumat,   ulangan   hukumat   sifatida   ham
tanilgan. 2014 yildan boshlab OECD hali ham raqamli hukumat atamasini ishlatadi
va   Davlat   boshqaruvi   qo mitasining   Elektron   hukumat   tarmog i   uchun   u   yerdaʻ ʻ ishlab chiqilgan tavsiyanomada uni elektron hukumatdan ajratib turadi. Bir qancha
hukumatlar raqamli hukumat atamasidan katta ma lumotlar , avtomatlashtirish yokiʼ
bashoratli   tahlil   kabi   zamonaviy   texnologiyalarni   o z   ichiga   olgan   keng   ko lamli	
ʻ ʻ
xizmatlar uchun foydalanishni boshladilar . Xulosa:
Elektron   hukumat   tarafdorlarining   ta'kidlashicha,   onlayn   davlat   xizmatlari
qog'oz shakllarga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi.   Yaqinda atrof-muhitni muhofaza
qiluvchi guruhlar, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik tomonidan qilingan
bosimlar   tufayli   ,   ba'zi   hukumatlar   va   tashkilotlar   qog'ozdan   foydalanishni
kamaytirish   uchun   Internetga   murojaat   qilishdi.   Amerika   Qo'shma   Shtatlari
hukumati   Agentlik   tomonidan   hukumat   shakllari   veb-saytidan   foydalanadi   A   |
USAGov "federal xodimlar uchun ichki hukumat shakllarini" taqdim etadi va shu
tariqa   "qog'ozda   sezilarli   tejamkorlik   qiladi.     Shuningdek,   agar   fuqarolar   davlat
xizmatlari   yoki   ruxsatnomalar   uchun   onlayn   ariza   berishlari   mumkin   bo'lsa,   ular
davlat   idorasiga   borishlari   shart   emas.   gaz   va   dizel   yoqilg'isi   bilan   ishlaydigan
transport vositalaridan havoning kamroq ifloslanishiga olib keladi . Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2002   yil   30   maydagi
“Kompyuterlashtirishni   yanada   rivojlantirish   va   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini   joriy   etish   to‘g‘risida”gi   PF-3080-son   Farmoni   //   [Elektron
resurs]   -   Kirish   tartibi:   http://www.   .lex.uz/docs/152472   (   09.11.2021   dan
foydalanilgan)
2. O‘zbekiston   Respublikasining   “Axborotlashtirish   to‘g‘risida”gi   qonuni   //
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, 1-2-son.  
3. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuni
//   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Axborotnomasi,   2004   yil,   1-2-son,
m.   12;   O‘zbekiston   Respublikasi   Qonun   hujjatlari   to‘plami,   2015   yil,   33-son,
m.   439;   Qonun   hujjatlari   ma’lumotlari   milliy   bazasi,   2018   yil   19   aprel,
03/18/476/1087-son
4. 2004   yil   29   apreldagi   611-II-son   “Elektron   hujjat   aylanishi   to‘g‘risida”gi
Qonun.   //   O'zbekiston   Respublikasi  qonun  hujjatlari   to'plami,  2004  yil,  20-son,
m.   230).
5. «Elektron   tijorat   to'g'risida»   2004   yil   29   apreldagi   613-II-son   Qonuni//
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 20-son, m.   132.
6. O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2012-yil 21-martdagi “Zamonaviy
axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini   yanada   joriy   etish   va   rivojlantirish
chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi   PQ-1730-son  qarori)  //   [Elektron  resurs]   -  Kirish
tartibi: lex.uz / (kirish 09.11.2021)
7. O‘zbekiston   Respublikasining   “Davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari
faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Qonun
hujjatlari   to‘plami,   2014   yil,   12-son,   m.   209;   2017   yil,   37-son,   m.   978;   Qonun
hujjatlari ma lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019 y., № 03/19/559/3670)ʼ 8. Mirziyoev   Sh.M.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat
Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 29.12.2020.   //[Elektron resurs] -
Kirish rejimi: prezident.uz.   (kirish 09.11.2021)
9. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-yil   30-avgustdagi   “Sudlar
faoliyatiga   zamonaviy   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini   yanada   joriy
etish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PQ-3250-son   qarori   //[Elektron   resurs]   -
Kirish tartibi: lex.uz ( 09.11.2021 kirgan)
10. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020-yil   3-sentabrdagi   “Sud
hokimiyati   faoliyatini   raqamlashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PQ-4818-
son qarori //[Elektron resurs] - Kirish tartibi: lex.uz (kirish 09.11.2021).

Mavzu:Elektron hukumat konsepsiyasi.Elektron hukumati tizimi joriy etilishini taqoza etuvchi omillar Reja: I qism.Kirish II Asosiy qism 1. Elektron hukumat. 2. Elektron hukumatning muloqot maydoni. 3. Davlat interaktiv xizmatlari, elektron hukumatning yagona identifikatorlari. III qism.Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish Elektron hukumat tushunchasi dastavval XX asrning 90-yillari boshida AQSHda paydo bo‘lgan. Mazkur tushuncha, 1991 yilda, AQSHning o‘sha vaqtdagi prezidenti Bill Klinton davrida, internet va umuman axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirishga davlat darajasida, alohida e‘tibor qaratgan paytda yuzaga kelgani ma‘lum. Klinton ma‘muriyati davrida davlat idoralari hujjatlari orqali OAVga tarqalgan «Elektron hukumat» tushunchasi, 1999 yildan boshlab, okean orti va Yevropaning yetakchi nashrlarida davriy ravishda va tez-tez uchray boshladi. Aynan shu davrda, «Elektron hukumat» va unga bog‘liq tamoyillar tahlil va tadqiq qilingan ilmiy ishlar ham paydo bo‘ldi. Misol uchun: Bellami Teylorning « Axborot asrida hukumat boshqaruvi » asarida davlat boshqaruviga elektron axborot kommunikatsiya vositalari, xususan internetni tadbiq etishning nazariy masalalari ko‘rib chiqilgan bo‘lsa; 2002 yilda chop etilgan « Elektron hukumat strategiyasini baholash mezonlari: strategik tahlil xulosasi » nomli risolada, elektron hukumatning joriy qilishning istiqbollari, uning texnik va ijtimoiy talablari asosida tahlil qilingan edi. Keyingi davrda, axborot kommunikatsiya texnologiyalari borasida rivojlangan, yetakchi davlatlar hukumatlarining maxsus qarorlari orqali amaliy ishga o‘tildi. Davlat boshqaruvi sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ko‘plab nufuzli xalqaro tashkilotlar ham qo‘llab quvvatlay boshlashdi. Elektron hukumat. Elektron hukumat (ingl. e-Government) – bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyati boshqa tarmoqlari va davlat amaldorlariga axborot taqdim etish hamda

avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini ko’rsatish bo’lib, bunda davlat va fuqaro o’rtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilgan bo’ladi va axborot texnologiyalaridan maksimal darajada foydalaniladi. Dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlarida 318 «Elektron hukumat» milliy tizimini faol tatbiq qilinmoqda. Bu tizim davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar o’rtasidagi aloqani mustahkamlash orqali biznes-jarayonlarni samarali rivojlantirishni ta'minlabgina qolmay, fuqarolarga davlat xizmatlarini internet orqali hammabop interaktiv shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi. Mamlakatimizda ham bir necha yillardan buyon, maqsadli ravishda interaktiv davlat xizmatlarini aholi va yuridik shaxslarga davlat organlari veb- saytlari va O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali orqali taqdim etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda. 2007 yildayoq, 49ta Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri (BIDXR) tasdiqlangandi. 2009 yilda u 94taga kengaytirilgan bo’lib, hozirda esa BIDXR 195dan ziyod ko’rinishni qamrab oladi. O’zbekiston matbuot markazida ―Elektron hukumat tizimi va interaktiv davlat xizmatlarining rivojlanishi mavzusida matbuot anjumani o’tkazildi. ‖ O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi raisi o’rinbosari Sherzod Shermatov OAV vakillariga Elektron hukumat tushunchasi, uning mazmun mohiyati, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida ma'lumot berdi. Bugungi kunda ushbu yo’nalishda Korea Respublikasi ekspertlari bilan hamkorlikda ish olib borilayotganiga to’xtaldi. Qo’mitaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig‗i Olimjon Umarov mavzu bo’yicha batafsil ma'ruza qildi. Ma'ruzachi Elektron hukumat tizimining ustuvor vazifalari haqida to’xtalar ekan, davlat data-

markazini, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali hamda davlat organlari axborot tizimi majmuasini tashkil etish kabi masalalar ustida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Ma'lum qilinishicha, shu yilning 1 iyulidan interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali ishga tushiriladi. Mamlakatning 2012 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan 2013 yil 18 yanvardagi Hukumat majlisida Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatda 319 «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish Konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqish muhimligini qayd etib o’tgandi. Davlat organlari rahbarlari va mutaxassislaridan tuzilgan maxsus ishchi guruhi tomonidan mazkur yo’nalishda dunyo yetakchisi bo’lmish Korea Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlarning «elektron hukumat» borasidagi ilg’or tajribalarini inobatga olinib, «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish bo’yicha Konsepsiya va Kompleks dasturni, shuningdek, 2013-2017 yillarda O’zbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini ishlab chiqish amalga oshirilmoqda. Loyihalarni ishlab chiqishda koreyalik va boshqa xorijiy ekspertlar faol qatnashmoqdalar, ushbu yo’nalish bo’yicha O’zbekistonning turli vazirliklari va idoralari mutaxassislari bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar, seminarlar va yig’ilishlar o’tkazilapti. Ishlab chiqilayotgan O’zbekiston Respublikasida 2013-2017 yillarda «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish bo’yicha Konsepsiya va Kompleks dastur davlat organlarining o’zaro va aholi hamda tadbirkorlik subyektlari bilan munosabatlarining bugungi holati va yo’nalishlarini inobatga olgan holda, «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha asosiy

vazifalarni belgilaydi. «Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo’yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholash uchun davlat organlari interaktiv xizmatlarining turli sohalari va yo’nalishlari bo’yicha maqsadli ko’rsatkichlar va indikatorlar ishlab chiqilgan. «Elektron hukumat» tizimi joriy etilishi natijasida to’liq tranzaksiyalangan xizmatlarga o’tilishi kutilmoqda, bu esa, aholi va biznes vakillarining davlat xizmatidan foydalanishda turli instansiyalarga qatnashni va davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqotda bo’lishni istisno etadi. Bu, o’z navbatida, aholiga qo’shimcha qulayliklar yaratishga va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Bugungi kunda, «Elektron hukumat»ning samarali unsurlari sifatida, 20dan oshiq loyihalar amalga oshirildi. Gov.uz O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali, u tashkilotlar, shuningdek, yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar o’rtasidagi elektron-axborot munosabatlari infratuzilmasining tizim tashkil etuvchi unsuri sanaladi. Har qanday fuqaro yoki korxona, tashkilot, muassasa vakili bu yerdan O’zbekiston davlat hokimiyatining barcha unsurlari haqida to’liq ma'lumot olishi, shuningdek, bevosita gov.uz portali orqali u yoki bu hokimiyat organiga elektron shaklda rasmiy so’rov yuborishi mumkin. Bu portalda, shuningdek, Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari to‗liq reestri chop etilgan. Elektron hukumat – axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng‖ qo`llash hisobiga tashkilotlar va fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari hamda davlat organlarining faoliyati natijalari to`g`risida axborot olish tezkorligi va qulayligining sifat jihatdan yangi darajasini ta`minlovchi davlat loyihasi.