Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar Reja: 1. Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar 2. Psixologik shart-sharoitlar
Shaxs shakllanishi haqida gapirar ekanmiz, albatta u yashayotgan muhit, kishilar, jamiyatning roli juda kattadir. Mana masalan, biron mahamada inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta’sir ko’rsatuvchi bez yuzta o’ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma’noni bildiradi. Bu yerda shunday bir savol tug’iladi. Tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga qanday ta’sir qiladi? Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli xrdisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib g unda chuqur iz qoldiradi. Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga odamning o’zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o’z tabiatlariga ko’ra, ilk yoshlik chog’laridan boshlab nihoyat darajada taqlidchan bo’ladilar. Bolalar katta odamlarning barcha xatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xatti-harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o’zlariga singdirib boradilar. Shuning uchun bolalar oilada, ko’cha - kuyda katta odamlarning har bir harakatlarini, o’zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar. Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muxitning roli haqida gap borara ekan, shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, ayrim gayri tabiiy hodisalar inson shaxsining
tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to’la tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday hodisalar juda siyrak bo’lsa ham har holda uchrab turadi. Masalan, Hindistonli doktor Sing Kalkutta yaqinidagi o’rmonzorda bo’ri bolalari bilan birga ikkita odam bolasining ham to’rt oyoqlab yugurib yurganini ko’rib qoladi. Keyin ularni poylab, qarorgohlarini topib bolalarni olib ketadi. Ulardan biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom quyadi. Shu narsa xarakterliki, bolalar yoshlikdan bo’ri muhitiga tushib qolganliklari tufayli, fe’l-atvorlari, xatti- harakatlari jihatidan bo’rilardan farq qilmas edilar. Nutq yo’q, demak tafakkur ham nihoyat darajada cheklangan edi. Juda katta qiyinchiliklar bilan qayta tarbiyalanilayotgan bo’ri muhitidagi bolalar shamollash natijasida o’lib qoladilar. Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng avval insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo’lishi kerakligini to’la tasdiqlaydi. Shaxs va uning psixologiyasiga ta’sir etuvchi ikkinchi omil -ta’lim - tarbiyaning ta’siridir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya inson ongini shakllantiradi, uni dunyoqarashi, e’tiqodi,
hayotta bo’lgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit bilan ta’lim tarbiyaning o’zigagina bog’liq bulganda edi, unday paytda biz bir xilda sun’iy va aynan bir xil ta’lim tarbiya sistemasini tashkil qilib, har tomondan bab -baravar tarakqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyatlarga ega kishilarni yetishtirib chiqarar edik. Baholanki, bunday bo’lishi mumkin emas. Shuni aytib o’tish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga ta’lim-tarbiyaning ta’siri deganda albatta birinchi navbatda tarbiya muassasalarida, ya’ni bogcha, maktab, internat, lisey va kollejlarda beriladigan ta’lim tarbiya tushuniladi. Biroq bundan oilada bolaga beriladigan ta’lim- tarbiya mutlaqo mustasno emas! Oiladagi umumiy ijtimmoiy muhitdan tashqari oilada beriladigan ta’lim-tarbiyaning roli kattadir. Bola tarbiyasi bilan sistemani shugullanadigan va umuman shugullanmaydigan oilalarga misollar keltirish mumkin. Yuqorida aytib o’tilgan ikkita omildan tashqari uchinchi omil ham mavjud - bu nasliy xususiyatlardir. Odamga nimalar nasliy beriladi? Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anotomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan, tana
tuzilishi, sochi va ko’zlarini rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harkatlari tugma berilishi mumkin. Lekin shunr! hyech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hyech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bogliq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan, ya’ni tugma ravishda berilmaydi. Nihoyatda nodir hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematik qobiliyatlariga nasliy yo’l bilan berilishi mumkin. Odamning ruxiy iaraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi haqida gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa ustida to’xtab o’tish kerak. Hozirgi kunda tez-tez akselerasiya terminini ishlatayapmiz. Xo’sh akselerasiya bu nima? Akselerasiya so’z bo’lib, tezlatish degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bolalarni ham jismoniy, ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan juda jadallik bilan rivojlanayotganliklarining guvohi bo’lib turibmiz. Xo’sh t buning sababi nima? - Albatta bunga turli fikrlar bor. Ayrim olimlar akselerasiyaning sababini ilmiy- texnika bilan bog’lab tushuntirishga intilmoqdalar. Ularning fikricha, ilmiy-texnikaning juda jadal temp bilan rivojlanishi