logo

MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING RIVOJLANISh HOLATI VA UNGA TA’SIR ETUVChI IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLAR

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

48.44140625 KB
MEHNAT   BOZORI   INFRATUZILMASINING   RIVOJLANISh
HOLATI VA UNGA TA’SIR ETUVChI IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLAR
Reja:
1. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish holati
2. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar 
3. Davlat ish bilan bandlik xizmati – ish bilan bandlik siyosatini amalga
oshirishning tarkibiy qismi sifatida
4. Mehnat bozori infratuzilmasida ish bilan bandlik xizmatining 
nodavlat tuzilmalari faoliyatlari 1. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish holati
Aholining     mehnatda   bandlik   darajasi   har   qanday   davlat   iqtisodiyotining
rivojlanish ko‘lamini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biridir.
Mehnat   va   aholi   ish   bilan   bandligi   sohasida   bozor   aloqalarini   rivojlantirish
yangi   va   o‘xshash   bo‘lmagan   yondashishni,   mehnat   bozori   elementlarini
o‘rganishda   muntazamlikni,   bozor   kategoriyalari   va   tushunchalarining   uslubiy
bazasini   yangilashni   talab   etadi.   Iqtisodiyotni   qayta   qurish   va   shakllantirish
bo‘yicha     chora-tadbirlarni   amalga   oshirish   kelgusida     aholini   ish   bilan   bandligi
sohasidagi   institutsional   tuzilmalar   faoliyatlarini   jadallashtirish   va   normativ-
huquqiy bazalarini rivojlantirishni talab qiladi.
Mehnat   bozori   holatining   yetarli   darajada   barqaror   ta’minlanishi   mehnat
bozori   infratuzilmasi   barcha   sub’ektlari,   shuningdek   davlat   va   nodavlat   ish   bilan
bandlik   xizmatlari   tomonidan   ko‘tilayotgan   bir   qator   joriy   masalalar   va
muammolarning muvaffaqiyatli yechimlarini hal etishni talab etadi.
Mehnat   bozori   infratuzilmasining   samarali   shakllanishi   va   rivojlanishi
sharoitida   ishsizlikni   kamaytirish   hamda   aholining   ish   bilan   bandligini   oshirish
bo‘yicha iqtisodiy asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish aniq sotsiologik
so‘rovlar o‘tkazishning asosiy maqsadi hisoblanadi. 
Sotsiologik   so‘rov   natijalari   shuni   ko‘rsatmoqdaki,   tadqiqot   Samarqnd
viloyatning   tuman   bandlikka   ko‘maklashish   markazlarida   rasman   ro‘yxatda
bo‘lgan ishsizlarning 44,7%i to‘liq, 18,0%i qisman, 12,8%i vaqtinchalik va 24,5%
mavsumiy   ishsizlik   turlariga   taalluqli.   To‘liq   ishsizlik   paydo   bo‘lishining   asosiy
sabablari   quyidagilar:   ish   haqining   past   darajasi,   iqtisodiy   nochor   koxonalarning
tugatilishi,   o‘z   xohishi   bilan   ishdan   bo‘shashi,   malaka   darajasining   ish   joylari
talabalariga mos kelmasligi va boshqalar.
Qisman ishsizlik ish haqining past darajasi, sog‘liqning yomonlashuvchi, ish
vaqtining ko‘p qismida uy xo‘jaligi bilan shug‘ullanganligi sababli   paydo bo‘ladi.
Vaqtincha ishsizlik  ko‘proq   yoshlar  o‘quv yurtini  tugatgandan so‘ng ishga
joylasha   olmasligi,   ayollarning   uch   yoshgacha   bola   tarbiyasi   bilan shug‘ullanganligi, ishlab chiqarish hajmining vaqtincha qisqarishi, yuqori maoshli
boshqa   ish   qidirishi,   malaka   darajasi   ish   joyi   talabalariga   mos   kelmasligi   kabi
sabablarga   ko‘ra   vujudga   keladi.   Qishloq   xo‘jaligi   ishlab   chiqarishi   va   qayta
ishlash   sanoat   sektorlarining   tarmoqlari   uchun   mavsumiy   mehnat   xarakterli.   Bu
esa, mavsumiy ishsizlik paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi.
Sotsiologik   tahlil   shuni   ko‘rsatadiki,   ishsizlarning   28,7   %i   yetarli,   44,5   %i
qisman yetarli, 26,8 % i past malakaga egadir. Malakasi past bo‘lgan ishsizlarning
barchasi   turli   xil   o‘quv   yurtlarida   boshqa   mutaxassislikni   o‘rganishni   istaydilar,
shu   jumladan:   davlat   oliy   (30,4   %)   va   maxsus   o‘quv   yurtlarida   (27,9   %);   xorijiy
o‘quv yurtlarida (3,7 %);   nodavlat o‘quv yurtlarida (5,6 %) va yangi ish joyidagi
maxsus   kurslarda   (8,1   %);   mehnat   bo‘limlari     yordamida   maxsus   kurslarda   (12,4
%);   kadrlar   agentligining   maxsus   kurslarida   (11,8   %).   Ammo   davlat   moliyaviy
resurslarining   yetishmasligi   sababli   barcha   xohlovchilarni   yangi   mutaxassisliklar
bo‘yicha   qayta   o‘qitish   uchun   pul   mablag‘lari   bilan   ta’minlay   olmaydi.   Shuning
uchun   respondentlarning   ko‘pchiligi   yangi   kasb   egallashni   ish   bilan   bandlikka
ko‘maklashish jamg‘armasi (29,7 %), yangi ish joylarining egalari (7,5 %), shaxsiy
(10,4   %),   homiylar   (12   %),   ota-ona   jamg‘armasi   (13   %)   va   ijtimoiy-xayriya
jamg‘armalari (9,5 %) hisobidan amalga oshirishni istaydilar.
Tajribalarga   asoslanadigan   bo‘lsak,   korxonalarda   yollanma   ishchi-
xodimlarning o‘z kasb-malakalariga mos, to‘liq ish vaqti bo‘yicha ish joylariga ega
bo‘lishlari   ularning   mehnat   natijalariga   bo‘lgan   qiziqishlari   ortishiga   va   buning
natijasi ularoq mehnat samaradorligi oshishiga olib keladi.
Respondentlarga   joylardagi   tuman   bandlikka   ko‘maklashish   markazlari
mehnat bo‘limlari orqali quyidagi xizmat turlari ko‘rsatilgan:
 yangi ish joyi  tayinlangan (12,2   %);
 ishsizlar ro‘yxatiga kiritilgan (12,8   %);
 ishsizlik nafaqasi belgilangan (10,5   %);
 jamoat ishiga taklif etilgan (17,3   %);
Respondentlarning   10,7   %i   tuman   bandlikka   ko‘maklashish   markazlari
faoliyatini   «yaxshi»   va   49   %i   «qoniqarli»   baholaydilar.   Ammo   javob beruvchilarning   9,5   %i   ularning   xizmatlaridan   asosan   quyidagi   sabablarga   ko‘ra
qanoatlanmaydilar;
 bo‘sh ish joylari haqida aniq ma’lumotlar olish imkoniyatining qiyinligi
(23,2   %);
 kasb-malakasi bo‘yicha  mos ishni topib bera olmasligi (27   %);
 ishsizlik nafaqasining pastligi (15,3   %);
 mehnat b o‘lim lari faoliyati rasmiy xarakterga e g a ekanligi (3,2   %);
 malaka oshirish yo‘nalishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi (5,5%);
 ishsizlik muddatining uzoq davom etishi (12,2   %).
M ehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishi   va   holatining   tahlili   shuni
ko‘rsatadiki,   hududiy   mehnat   bozorining   shaklanish   samaradorligi   bir   qator
muammolar   yechimini   yoritishni   nazarda   tutadi.   Bizningcha,   bu   muammolar
quyidagilardan iborat:
1. Malakali kadrlarning taqchilligi.
Iqtisodiyotda   mehnat   taqsimoti n ing   chuqurlashib   borishi,   zamonaviy   yangi
tarmoqlarning   vujudga kelishi uchun asos yaratmoqda. Buning natijasida mehnat
bozorida zamonaviy kasblardagi malakali kadrlarga bo‘lgan talab ortib bormoqda.
So‘nggi   3-4   yilda   bandlikka   ko‘maklashish   markazlarida   malakali   ishchi
kuchi oshganligi va oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarni
ish   bilan   ta’minlanganlik   darajasini   o‘sishi   kuzatilmoqda.   Lekin,   viloyat   mehnat
bozorida oliy ma’lumotli va malakali kadrlarning taklifi 7-8%ni,  ayrim hollarda 6-
7%ni   tashkil   qilmoqda.   Bizga   ma’lumki ,   mehnat   bozorining   samarali   shaklanishi
uchun malakali kadrlar jami ishchi kuchining 20-30%ini tashkil qilishi zarur.
2. Tarkibiy ishsizlik.  
I qtisodiyot   tarmoqlaridagi   texnologik   va   mulkchilik   munosabatlarining
o‘zgarishi   tarkibiy   ishsizlik     miqdorining   oshishiga   olib   kemoqda.   Shunday
bo‘lsada,   iqtisodiyot   tarmoqlarida   yangi   shi   o‘rinlarining   yaratilishi   natijasida
tarkibiy   ishsizlik   miqdori   nisbatan   keyngi   yillar   mobaynida   kamayish
tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. 3. Iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan malakali kadrlar tarkibi
va   kasbga   tayyorlash   va   yo‘naltirish   bo‘yicha   o‘quv   yurtlari   o‘rtasidagi
nomuvofiqlik.
Ta’lim   tizimi   va   markazlarida   malakali   kadrlarni   tayyorlashning   sifat
ko‘rsatkichlari bo‘lib, bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi bo‘lishi zarur.
4. Ishsizlik davomiyligining yuqoriligi,   bu ko‘rsatkich ishsizlik muddatini
o‘rtacha   6-7   oygacha   cho‘zmoqda.   Buning   natijasida,   ishlab   chiqarishda   band
bo‘lmagan   mehnat   resurslari   salmog‘ining   oshib   borishi   bir   necha   o‘n   minglab
kishilar kun ish vaqtining yo‘qolishiga olib kelmoqda.
Ishsizlikni   davomiyligining   yuqoriligi:   bo‘sh   ish     o‘rinlari   haqida
axborotlarning   yetishmasligi;   qonunchilikda  ko‘rsatilmagan   ortiqcha   hujjatlarning
ish   beruvchilar   tomonidan   talab   etilishi;   kadrlarni   tanlash   usullari   muddatining
cho‘zilib   ketishi;   ko‘pchilikning   bir   xil   kasblar   bo‘yicha   mutaxassislikka   egaligi;
kadrlarni   qayta   tayyorlashning   uzoq   muddatligi   va   boshqa   sabablar   natijasida
yuzaga kelmoqda.
5. Kadrlar qo‘nimsizligining yuqoriligi. 
Korxonalarda   kadrlar   qo‘nimsizligining   yuqori   darajada   ekanligini   asosiy
sabablari   quyidagilardan   iborat:   ish   haqini   korxona   faoliyatini   yakuniy   natijalari
bilan   bog‘lanmaganligi;   transport   vositalaridagi   chipta   haqining   oshishi;
kadrlarning   qisqarishi;   ish   joylarida   mehnat   sharoitlarining   yomonlashuvi;   ish
beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligining buzilishi va boshqalar.
6.   Ish   izlovchi   fuqarolar   uchun   bo‘sh   ish   joylariga   tanlovlar   o‘tkazish
haqida   axborotlar   olishning   qiyinligi,   ish   beruvchilarning   bo‘sh   ish   joylari
haqida axborotlarni sir tutishi.
Ko‘pchilik ish beruvchilar O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan
ta’minlash   to‘g‘risida»   Qonunning   talablariga   qaramasdan   ish   bilan   bandlik
xizmati   organlariga   bo‘sh   ish   joylari   haqida   to‘liq   axborotni   bermaydilar.   Ular
boshqa   imkoniyatlardan   foydalanish   maqsadida   qarindoshlari,   o‘zining
korxonasidagi yaqin tanishlari orqali bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni tanlaydilar. 7. Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish
doirasidagi muammolar.
Bularga:   tadbirkorlikning   boshlang‘ich   bosqichida   faoliyatini   rivojlantirish
uchun   kredit   mablag‘larining   yetishmasligi;   xom   ashyo-materiallar   yetkazish
bo‘yicha   hamda   tayyor   mahsulot   realizatsiyasi   bo‘yicha   muammolarning
mavjudligi;   zarur   bilim   va   maslahat   xizmatlaridan   foydalanish   imkoniyatlarining
chegaralanganligi va boshqalar.
2. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   barcha   sub’ektlari,   shuningdek   davlat   va
nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari 6.1-paragrafda keltirilgan mehnat bozoridagi
muhim  muammolarning yechimini  hududiy ish bilan bandlik xizmatlari  doirasida
sodir   bo‘ladigan   jarayonlarga   faol   ta’sir   ko‘rsatish   va   nazorat   qilish   asosida
quyidagi   ishlarni   amalga   oshirishlari   zarur:   ishsizlikni   ushlab   turish,   uning
davomiyligini   qisqartirish,   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   o‘rtasida   muvozanatga
erishishni   ta’minlash,   fuqarolarni   ishga   joylashtirish   samaradorligini   oshirish,
ishsizlarni,   ayniqsa,   ijtimoiy   himoyaga   muhtojlarni     ijtimoiy   jihatdan   qo‘llab-
quvvatlashni o‘z vaqtida to‘liq miqyosda amalga oshirish.
Shuningdek,   malakali   kadrlar   taqchilligi   davrida   mehnat   resurslari   sifat
ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha viloyat miqyosida dasturlarni ishlab chiqish va
amalga   oshirish;   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   faoliyati   doirasida   mehnat
resurslaridan samarali foydalanish masalalari  bo‘yicha tarkibiy bo‘lim yaratish va
bu   masalalarga   qiziquvchi   sub’ektlarni   jalb   qilish;   mutaxassislar   asosida   ekspert
komissiyasini tuzish va ularning zimmasiga ish bilan bandlik miqyosidagi siyosiy,
iqtisodiy   va   ijtimoiy   samaradorlikni   har   tomonlama   ob’ektiv   baholashni
o‘tkazishni yuklatish zarur.
Yuqoridagilarni   e’tiborga   olgan   holda,   mehnat   bozori   infratuzilmasi
rivojlanish   holatining   tahliliy   natijalari   shuni   ko‘rsatadiki,   mehnat   bozoridagi tashkiliy   tuzilmalar   samaradorligini   ta’minlashda   yuzaga   keladigan   muammolar
quyidagi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’siri bilan belgilanadi:
 tashkilotlar tomonidan to‘lovsiz ta’til berilishi, ish vaqtining 
qisqartirilishi;
 ishchilarni bo‘shatish o‘rniga maosh to‘lovlarini kechiktirilishi;
 ishsizlik nafaqalarining kamligi;
 mehnat b o‘limla ri taklif etayotgan ish joylarining ma’qul emasligi;
 iqtisodiyotning pinhoniy sektorining mavjudligi;
 ishsizlikning uzoq davom etishi;
 mehnat bozorida kam miqdordagi malakali kadrlarning taklifi;
 mehnat bozorida yuqori malakali kadrlarga talabning mos kelmasligi;
 ijtimoiy   himoyaga   muhtojlar   salmog‘ining   ishsizlar   o‘rtasida   ortib
borishi;
 korxonalarda kadrlar qo‘nimsizligining ortib borishi;
 ish   beruvchilardan   keladigan   katta   miqdordagi   qiyin   bajariladigan
talabnomalar;
 bo‘sh ish o‘rinlari haqida axborotlarni yetishmasligi;
 o‘quv  yurtlarining  iqtisodiyot  tarmoqlari   bilan   talabalar   amaliy  bilim  va
ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha  yetarli darajada aloqalarning mavjud emasligi;
 xususiylashtirish jarayonining sekinlik bilan borishi;
 nodavlat   ish   bilan   bandlik   xizmatlarining   yetarli   darajada
rivojlanmaganligi;
 iqtisodiyot   tarmoqlarida   nufuzli   bo‘lmagan   ish   o‘rinlarining   ko‘payib
borishi;
 mehnat bozori kon’yukturasining nomutanosibligi;
 ishchi   kuchi   talab   va   taklifining   son   va   sifat   ko‘rsatkichlari   bilan   mos
kelmasligi va hokazo.
Yuqorida   keltirilgan   omillar   ta’siri   natijasida   yuzaga   keladigan
muammolarning   hal   etish   yo‘llari   va   usullarini   aniqlash   hamda   bartaraf   etish mehnat bozori infratuzilmasi  rivojlanishi  uchun ijtimoiy-iqtisodiy muhitni  yuzaga
keltiradi.
Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishi uning tizimidagi barcha aholini ish
bilan   bandlikka   ko‘maklashuvchi   tuzilmalar   faoliyatlarining   samaradorligiga
bog‘liqdir.
Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiga ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi
davlat   va   nodavlat     muassasalar,   mehnat   bozorida   tijorat   va   nodavlat   mehnat
vositachiligini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi organlarni (universal mehnat
birjalari,   kadrlar   agentligi,   kasbga   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   hamda   kasbga
yo‘naltirish bo‘yicha turli xil o‘quv markazlari, ixtisoslashgan mehnat birjalari) o‘z
ichiga oladi.
Bizga   ma’lumki,   ishga   joylashtirish   notijorat   faoliyat   hisoblanadi,   agarda
bunday   faoliyat   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   xarajatlar   byudjet   mablag‘lari     yoki
byudjetdan   tashqari   jamg‘armalar   hisobiga   moliyalashtirilsa.   Haqiqatda   ishga
joylashtirish     bo‘yicha   ko‘rsatiladigan   notijorat   faoliyat     bo‘yicha     xizmatlar
nafaqat   shaxslarga,   balki   ishga   joylashtirish   bo‘yicha   buyurtmachi   korxonalarga
ham   ko‘rsatiladi.   Agarda   ish   joyiga   ega   bo‘lish   maqsadida   ish   izlovchining
xarajatlari   o‘zi   tomonidan   amalga   oshirilsa,   bu   holat   tijorat   yo‘li   bilan   ishga
joylashtirish   hisoblanadi.   O‘zbekistonning   mehnat   qonunchiligida   ishga
joylashtirish   bilan   shug‘ullanuvchi   firmalar   davlat   litsenziyasiga   ega   bo‘lsalar,
ularning faoliyati taqiqlanmaydi.
3. Davlat ish bilan bandlik xizmati – ish bilan bandlik siyosatini amalga
oshirishning tarkibiy qismi sifatida
Mehnat   bozor   infratuzilmasining   bosh   masalasi   mehnat   bozorini   tartibga
solishda   infratuzilma   sub’ektlari   o‘rtasida   aloqadorlikni   ta’minlovchi
mexanizmlarni yaratish va funksiyalarni taqsimlashni nazarda tutadi.
Shunday   qilib,   mehnat   bozori   infratuzilmasining   asosiy   sub’ektlari   hamda
mehnat bozorini tartibga soluvchi institutsion tuzulmalari sifatida asosan davlat ish
bilan   bandlik   xizmati   va   ishga   joylashtirish   bo‘yicha   nodavlat   ish   bilan   bandlik
xizmati organlari faoliyatlaridan iboratdir. Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   –   davlat   ish   bilan   bandlik   siyosatini
amalga   oshirishning   tarkibiy   qismi   bo‘lib,   uni   amalga   oshirishning   asosiy
yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   asosiy   masalalariga-   bu   mehnat
bozorini   boshqarish   va   ishsizlarga   personal   yordam   ko‘rsatish,   ularni   hal   etish
yo‘llarini   aniqlash,   mehnat   vositachiligi,   kasbiy   va   geografik   kasbiy
harakatchanlikni   rag‘batlantirish,   mehnat   bozori   haqida   axborotlar   to‘plash,
ishsizlarni   kasblarga   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   bo‘yicha   ishlarni   amalga
oshirish   kiradi.   Shunday   ekan,   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   ijtimoiy
funksiyalari va mehnat bozorini tartibga solishdagi iqtisodiy funksiyalari birga olib
borilishi nazarda tutiladi. Bu ikki funksiya davlat ish bilan bandlik xizmatining ikki
tomonlama   mohiyatini   aniqlab   beradi.   Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   ishsizlik
muammolarini   (ijtimoiy   funksiya)   va   ish   bilan   bandlik   muammolarini   (iqtisodiy
funksiya) hal etish o‘rtasida turli xil variantlarni ishlab chiqadi.
Davlatning ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishning asosiy moliyaviy
vositasi   bo‘lib,   ish   bilan   ta’minlashga   ko‘maklashish   Davlat   jamg‘armasi
hisoblanadi.   Davlat   ish   bilan   bandlik   jamg‘armasi   mablag‘lari   asosan   quyidagi
yo‘nalishlar   bo‘yicha   sarflanadi:   mehnat   organlari   faoliyatini   moliyalashtirish,
ishsizlik   nafaqasini   to‘lash,   kasbga   o‘qitish   va   qayta   o‘qitish,   jamoat   ishlarini
tashkil   etish,   ijtimoiy   muhofazaga   muhtojlarga   moddiy   yordam   berish,   yangi   ish
o‘rinlarini   yaratish,   oilaviy   tadbirkorlikni   rivojlantirish,   muddatidan   oldin
pensiyaga chiqish.
Samarqand   viloyatda   2009   yilda   ish   bilan     bandlik   jamg‘armasi
mablag‘larining   17%i   bandlikka   ko‘maklashish   markazlari   faoliyatlarini
moliyalashtirishga, 6,6 %i ishsizlik nafaqasini to‘lashga, 2,2 %i kasbga tayyorlash
va   qayta   tayyorlashga,   5,9   %i   jamoat   ishlarini   tashkil   etishga,   0,43   %i   ijtimoiy
himoyaga muhtojlarga moddiy yordam  ko‘rsatishga,  32,3 %i yangi ish o‘rinlarini
yaratishga, 3,4 %i oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga, 2,2 %i muddatidan oldin
pensiyaga   chiqqanlarga   sarflangan.   Shuningdek,   0,1   %   mablag‘lar   ta’lim   krediti
sifatida   sarflangan.   Bu   davr   mobaynida   ish   bilan   bandlik   jamg‘armasi mablag‘larining   62,0%i   faol   yo‘nalishlarga,   29,7   %i   mehnat   organlari   faoliyatini
tashkil etish va nofaol yo‘nalishlarga sarflangan.
Ma’lumki,   viloyat   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   faoliyati   joylardagi
mehnat bo‘limlari bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi.
Shahar va tumanlardagi bandlikka ko‘maklashish markazlari o‘zlarining ish
bilan   bandlikka   ko‘maklashish   sohasidagi   funksiyalaridan   tashqari,   tijorat
faoliyatlari   bilan   ham   shug‘ullanishlari   mumkin.   Masalan,   ish   beruvchilar   bilan
aloqa   o‘rnatish:   ko‘pchilik   ish   beruvchilar   o‘zlarining   xodimlari   malakasini
oshirish,   maslahat   xizmatlaridan   foydalanishga   muhtojlik   sezadilar.   Bizningcha,
viloyat   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   va   markazlari   yuqori   malakali
kadrlarni   tanlash   va   maslahatlar   berish   bilan   muvoffaqiyatli   shug‘ullanishlari
mumkin.
Mehnat   bozorining   bu   segmentida   ijtimoiy   funksiyalarni   davlat   ish   bilan
bandlik   xizmati   amalga   oshiradi.   Mehnat   resurslari   va   korxonalarga   mehnat
vositachiligi   davlat   ish   bilan   bandlik   jamg‘armasi   mablag‘lari   hisobiga
moliyalashtirish   natijasida   bepul   ko‘rsatiladi.   O‘zining   cheklangan   tashkiliy   va
moliyaviy   resurslariga   ega   bo‘lgan   davlat   ish   bilan     bandlik   xizmati   mehnat
bozorida   mono p ol   xarakterga   egadir.   Shunday   ekan,   bizningcha,   davlat   ish   bilan
bandlik   xizmati   nodavlat   tashkilotlar   tuzishda,   shuningdek,   ixtisoslashgan,
samarali   imkoniyatlarga   ega   bo‘lgan   va   qonunlar   doirasida   mehnat   vositachiligi
bilan shug‘ullanuvchilarga yordam berishi kerak.
Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   ishga   joylashtirish   bo‘yicha   yuqori
samarali   faoliyatiga   qaramasdan,   unchalik   katta   bo‘lmagan   qismga   ega   bo‘sh   ish
joylari uning yordamida to‘ldiriladi.
Yuqorida   yuzaga   kelgan   bunday   holatlar   bilan   davlat   ish   bilan       bandlik
xizmati faoliyatini quyidagicha izohlash mumkin:
1) Davlat   ish   bilan     bandlik   xizmati   o‘zining   ma’lumotlar   bankida   nufuzli
bo‘sh ish joylariga ham, kam ish haqi to‘lanadigan va kam malakali mehnat talab
qiladigan   ish   joylariga   ham   ega.   Korxonalardan   ish   bilan   bandlik   xizmatiga
beriladigan   talabnomaning   katta   qismi   nochor   tarmoqlardan,   oz   qismi   barqaror rivojlanayotgan   tarmoqlardan   tashkil   etadi.   Barqaror   rivojlanayotgan   tarmoqlarga
tez   va   sifatli   mehnat   vositachiligi   xizmatlari   asosan   xususiy   kadrlar   agentligi
tomonidan ko‘rsatiladi;
2) Bundan   tashqari   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatiga   ijtimoiy   jihatdan
himoyalangan   malakali   ishchilardan   tashqari,   ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   bo‘lgan,
ya’ni nodavlat  ish bilan bandlik organlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga
ega bo‘lmagan ishchilar ham murojaat qiladilar;
3) Foydali   bo‘sh   ish   joylariga   ega   bo‘lgan   tadbirkorlar   va   malakali
mutaxassislar   davlat   ish   bilan     bandlik   xizmatidan   kam   foydalanadilar.   Ular
xodimlarni tanlash va bo‘sh ish joylari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
qarindoshlari, tanishlari orqali muloqat o‘rnatib, ma’lumotga ega bo‘ladilar;
4) Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   o‘zining   ijtimoiy   funksiyalarini
bajarishda   ijtimoiy   ta’minot   organlariga   aynan   o‘xshash   holda   amalga   oshiradi,
qaysiki rivojlanayotgan firma ishchiga bo‘lgan talabnomani berishga shoshmaydi,
chunki   ish   bilan   bandlik   xizmati   hisobida   mehnatga   noloyiq   ishlashni
x o h lamaydiganlar bo‘lishi mumkin.
Mehnat bozorida davlat ish bilan bandlik xizmati ijtimoiy iqtisodiy 
funksiyalarini bajarishda, asosiy sub’ekt sifatida chiqishga majbur: ishsizlarga 
ijtimoiy to‘lovlar, fuqarolarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish, 
uzoq muddat ishsiz bo‘lganlarga ishsizlik maqomini berish, ishsizlarni  kasbga 
tayyorlash va qayta tayyorlashni o‘tkazish, fuqarolarni ishga joylashtirish va 
ilgarigi huquqlarini tiklash bo‘yicha turli tashkilotlar bilan  qo‘shma loyihalarni 
tashkillashtirish ishlari amalga oshiriladi.
4. Mehnat bozori infratuzilmasida ish bilan bandlik xizmatining
nodavlat tuzilmalari faoliyatlari
Mehnat   bozori   infratuzilmasida   ish   bilan   bandlik   xizmatining   nodavlat
tuzilmalariga   xodimlarni   tanlash   bo‘yicha   agentliklar   (rekrut   agentliklari),   tijorat
mehnat birjalari, internet tarmog‘idagi  birjalar kiradi.
Mehnat  bozorining holati  ish bilan bandlik sohasida  jami  ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni   aks   ettiradi.   Iqtisodiy   o‘sishda   investitsiyalarning   yuksalishi   ishchi kuchiga   bo‘lgan   talabni   oshiradi,   inqiroz   davrida   esa,   korxonalar   o‘zlarining
mavjud   shtatlarini   qisqartiradilar.   Boshqa   tomondan,   iqtisodiyotda   tarmoqlarning
rivojlanishi   ko‘pincha   shunga   bog‘liq   bo‘ladiki,   tezlik   bilan   moliyaviy   va
texnologik   imkoniyatlar   asosida   malakali   kadrlarni   ta’minlash   shart-sharoitlari
yuzaga keladi.
Mehnat   bozorida   ish   joyi   sifati   bo‘yicha   uni     ikki   xil   asosiy   segmentga
bo‘lish   mumkin:   yuqori   malakali     va   past   malakali   shi   joylari,   (mehnat   bozori
segmenti-ishchi   kuchiga   demografik   talab   va   taklif   tuzilmasi   (jinsi   va   yoshi
bo‘yicha),   kasbiy   (mutaxassisligi   va   malaka   darajasi   bo‘yicha)   va   hududiy
(mintaqalarning ishchi kuchiga talab va taklifdagi hissasi) aspektlarga bo‘linadi) 1
.
Hozirga   kunda   respublikamizning   yirik   shaharlarida,   xususan   Toshkent,
Samarqand   va   boshqa   yirik   shaharlarida   yangi   tarmoqlarning   rivojlanishi
natijasida, mehnat bozorida ma’lum darajada yuqori malakali ish joylari segmenti
shakllanmoqda.
Mehnat   bozorida   tijorat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   davlat   ish   bilan
bandlik   xizmatidan   o‘zining   ijtimoiy-iqtisodiy   faoliyatidagi   farqi   shundaki,   uning
maqsadi   foydaga   yo‘naltirilgan.   Rivojlangan   davlatlar   tajribasiga   ko‘ra,   tijorat
mehnat   vositachiligining   faoliyati   davomida   yuqori   to‘lovga   ega   ish   joylari
segmentida faol rivojlandi.
Mehnat   bozorida   ularning     faoliyati   rentabelli   korxonalarga   yoki   yuqori
kasbiy-malakaga   ega   bo‘lgan     ishchi   kuchlariga   bo‘lgan   talabga   qaratilgan.
Rivojlangan   korxonalarning   to‘lovga   layoqatligi   va   malakali   ishchilarga
vositachilik xizmatlarining ko‘rsatilishi tijorat mehnat vositachiligining rivojlanishi
uchun iqtisodiy baza yaratdi.
Kadrlar   agentligi   o‘zining   mijozlari   sifatida   unga   tashrif   buyuruvchi,   ya’ni
ariza   bilan   murojaat   qilgan   firmalarga   xodimlarni   tanlash   bo‘yicha   faoliyat
yuritadi.   Ammo   agentlikda   bo‘sh   ish   joylarini   izlovchilar   uning   asosiy   mijozlari
hisoblanmaydi.   Shunday   ekan,   kadrlar   agentligining   davlat   ish   bilan   bandlik
xizmati   bilan   tenglashtirilgandagi   farqi   shundaki,   u   ish   beruvchi   mijozlar   bilan
1
 Словарь терминов, применяемўх в деятельности служб занятости.  –  М .:  1997.  - С. 74. ishlaydi.   Tijorat   ixtisoslashgan   mehnat   birjalarining   kadrlar   agentligidan   farqi,
ularning faoliyati ham ish  beruvchilar, ham ish izlovchi kishilarga yo‘naltirilgan.
Respublikamizda   iqtisodiy   islohotlarning   amalga   oshirilishi,   tarmoqlardagi
tarkibiy   o‘zgarishlar   va   mulkchilik   munosabatlarining   sekinlik   bilan   rivojlanishi,
turli  xil   iqtisodiy  imkoniyatlarga  ega  bo‘lgan    korxonalar  sonining   oshishiga   olib
keldi.   Natijada   ishlab   chiqarishning   pasayib   ketishi   kam   miqdorda,   o‘z   vaqtida
to‘lanmaydigan  ish  haqi   beriladigan  ish  joylarining  ko‘p  miqdorda  oshishiga  olib
keldi. Bozor kam malakali ish joylari bilan yanada to‘lib bordi, qo‘layliklarga ega
bo‘lmagan, kam miqdordagi ish haqiga ega bo‘lgan ish joylari va kam miqdordagi
ish bilan bandlik kafolatlari kengayib bordi.
Mehnat   bozorining   bu   segmentida   tijorat   mehnat   vositachiligi   bo‘yicha
faoliyat   foyda   bermaydi.   Chunki   korxonalardagi   mavjud   moliyaviy
imkoniyatlarning   chegaralanganligi   mehnat   vositachiligi   uchun   mablag‘lar
ajratishni   zarurat   etmaydi.   Biroq   iqtisodiyotda   bunday   faoliyatning   amalga
oshirilishi   ijtimoiy   jihatdan   ahamiyatli   va   iqtisodiy   jihatdan   korxonalar   uchun
samaralidir.
Tajribalar   shuni   ko‘rsatadiki,   ishga   joylashtirish   bo‘yicha   tijorat
tashkilotlarining boshlang‘ich faoliyati davrida ularning faoliyati bo‘yicha turli xil
yondashuvlar   asosida   qarashlar   vujudga   kelmoqda.   Ko‘pgina   davlat   ish   bilan
bandlik xizmati organlari rahbarlari xususiy agentliklar va tijorat mehnat birjalarini
nomaqbul raqobatchilar sifatida qaramoqdalar. 
Xo‘sh ularning qarashlarini qanday baholash mumkin?
Xususiy kadrlar agentligi rivojlangan korxonalar uchun maxsus vositachilik
xizmatlarini   ko‘rsatishi   natijasida   mehnatga   eng   nufuzli   talabnomalarni   olishga
harakat qiladi.
Mehnat   vositachiligi   doirasida   kadrlar   agentligi   davlat   ish   bilan   bandlik
xizmati bilan raqobatlasha oladimi? - degan savol yuzaga keladi.
Bizning   fikrimizcha,   yo‘q.   Ish   beruvchilar   kadrlar   agentligiga   o‘zlarida
mavjud   bo‘sh   ish   o‘rinlariga   xodimlarni   tanlash   bo‘yicha   muroja a t   qilganlarida
nomzodlarga katta talablarni qo‘yadilar. Shuning uchun agentlik mehnat bozorining ma’lum segmentida faoliyat olib
boradi.   Agentlik   ko‘p   mehnat   talab   qiladigan   ish   joylariga   ishchi   kuchini   qisqa
kunlarda ishga joylashtiradi. Kadrlar agentligi o‘rtacha bir oyda 10-12 talabnomani
bajaradi,   bunda   har   bir   agentlik   fuqarolarning   aniq   kasbiy   guruhlari   va
kategoriyalari   bo‘yicha   ixtisoslashadi.   Ma’lumki,   kadrlar   agentliklari   faoliyatlari
miqdoriy   natijalar   bo‘yicha   aniq   kasb   yoki   kategoriyalari   asosida   ishga
joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha omillardan foydalanadilar.
Mehnat bozorida ish bilan bandlik sohasidagi institutsional tuzilmalar ichida
davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   mono p ol   bo‘lib,   o‘zining   faoliyatlari
samaradorligini oshirishga harakat qiladi.
Biroq,   amaliyotda   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatiga   fuqarolar   ommaviy
ravishda   murojaat   qilmaydilar,   ular   tijorat   ish   bilan   bandlik   xizmatlaridan
foydalanishdan   tashqari,   bo‘sh   ish   o‘rinlari   to‘g‘risida   ma’lumotlarni   izlashning
boshqa   kanallarini   izlaydilar.  Masalan,   gazetalar,   televideniya,   har   xil   e’lonlar   va
internet   orqali.   Shunday   bo‘lsada,   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   ijtimoiy
funksiyalarini bajarishi bo‘yicha majburiyatlari yo‘qolmaydi.
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishida   nodavlat   ish   bilan   bandlik
organlari   faoliyatlarining   barqarorligi   ahamiyatli   ravishda   o‘smoqda.   Samarqand
viloyatida   imt c &Metropolis   (Samarqand)   Kadrlar   Agentligi,   Samarqand   Kadrlar
Klubi, Beruniy nomidagi sotsiologik   ilmiy amaliy bo‘limi, Test   markazi, Trening
markazi   va   Dasturiy   ta’minot   xizmatlari     kabi   nodavlat   tashkilotlar   samarali   ish
bilan bandlik faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar.
Ular   ishsizlikni   o‘sishi   davrida   mehnat   bozorini   tartibga   solish   bo‘yicha
qo‘shimcha   tadbirlar   ishlab   chiqish,   iqtisodiy   kon’yukturaning   jonlanishi   va
ishsizlikning   kamayishi   davrida   tadbirkorlikning   boshqa   sohalarida   faoliyat   olib
borishlari   mumkin.   Mehnat   bozorida   nodavlat   ish   bilan   bandlik   organlarining
faoliyatlari moslashuvchan xususiyatlarga ega.
Nodavlat   ish   bilan   bandlik   organlari   mehnat   bozorida   xizmatlar   sifatini
oshirishlari, bu y o‘ nalish bo‘yicha xizmatlar doirasini  kengaytirishlari va ijtimoiy
kafolatlangan   minimumdan   yuqori   darajada   xizmatlar   ko‘rsatishlari   mumkin. Bunda   nodavlat   ish   bilan   bandlik   tuzilmalari   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati
faoliyati   doirasidan   alohida   holda   mehnat   bozori   segmentida   ish   yuritadilar.
Nodavlat   ish   bilan   bandlik   tuzilmalari   faoliyatlari   mehnat   bozorini   boshqarish   va
ish   bilan   bandlikni   tartibga   solish   samaradorligini   oshishida   muhim   ahamiyatga
ega.   Shu   bilan   birga   tijorat   bandlik   organlari   va   o‘quv   markazlari   byudjet
mablag‘larini   talab   etmaydi,   balki   buning   aksi   davlatga   ma’lum   miqdorda   aniq
daromadlarni keltiradi.
Shunday   qilib ,   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   asosiy   vazifasi
nodavlat   ish   bilan   bandlik   organlarini   tashkil   etish   va   mehnat   vositachiligi
bilan   samarali   shug‘ullanishlari   uchun   imkoniyatlar   yaratishga
ko‘maklashish zarur.
Mehnat   bozorida   tashkiliy   tuzilmalarni   ish   bilan   bandlik   sohasidagi
faoliyatlarining   asosiy   maqsadi   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   o‘rtasida
muvozanatni va aholining ish bilan oqilona bandligini ta’minlashdan iborat.
Qisqacha xulosalar
Mehnat   va   aholi   ish   bilan   bandligi   sohasida   bozor   aloqalarini   rivojlantirish
yangi   va   o‘xshash   bo‘lmagan   yondashishni,   mehnat   bozori   elementlarini
o‘rganishda   muntazamlikni,   bozor   kategoriyalari   va   tushunchalarining   uslubiy
bazasini   yangilashni   talab   etadi.   Iqtisodiyotni   qayta   qurish   va   shakllantirish
bo‘yicha     chora-tadbirlarni   amalga   oshirish   kelgusida     aholini   ish   bilan   bandligi
sohasidagi   institutsional   tuzilmalar   faoliyatlarini   jadallashtirish   va   normativ-
huquqiy bazalarini rivojlantirishni talab qiladi.
Mehnat   bozori   holatining   yetarli   darajada   barqaror   ta’minlanishi   mehnat
bozori   infratuzilmasi   barcha   sub’ektlari,   shuningdek   davlat   va   nodavlat   ish   bilan
bandlik   xizmatlari   tomonidan   ko‘tilayotgan   bir   qator   joriy   masalalar   va
muammolarning muvaffaqiyatli yechimlarini hal etishni talab etadi. Mehnat   bozor   infratuzilmasining   bosh   masalasi   mehnat   bozorini   tartibga
solishda   infratuzilma   sub’ektlari   o‘rtasida   aloqadorlikni   ta’minlovchi
mexanizmlarni yaratish va funksiyalarni taqsimlashni nazarda tutadi.
Shunday   qilib,   mehnat   bozori   infratuzilmasining   asosiy   sub’ektlari   hamda
mehnat bozorini tartibga soluvchi institutsion tuzulmalari sifatida asosan davlat ish
bilan   bandlik   xizmati   va   ishga   joylashtirish   bo‘yicha   nodavlat   ish   bilan   bandlik
xizmati organlari faoliyatlaridan iboratdir.
Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishi uning tizimidagi barcha aholini ish
bilan   bandligiga   ko‘maklashuvchi   tuzilmalar   faoliyatlarining   samaradorligiga
bog‘liqdir. Adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.:O‘zbekiston, 2009.  
2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.-T.:Adolat, 2007.  
3. O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash 
to‘g‘risida»gi qonuniga sharhlar, -T.: “Sharq”, 2000.
4.   Abdurahmonov   Q.X.,   Xolmo‘minov   Sh.R.   Mehnat   iqtisodiyoti   va
sotsiologiyasi   (o‘quv   qo‘llanma).   -T.:   “O‘zbekiston   yozuvchilar   uyushmasi
Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti”, 2004.-207 b. 
5. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). - T.: “Mehnat”,  2009.
6.   Arabov   N.U.   Mehnat   bozori   infratuzilmasining   rivojlanishi.   08.00.10.-
“Aholishunoslik   va   mehnat   iqtisodiyoti”   ixtisosligi   bo‘yicha   Iqtisod   fanlari
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi. – T.: 2008.
7. Vladimirova L.P. Ekonomika truda (uchebnoe posobie) -2e izd. pererab.-
M.:  Izdatels kiy dom “Dajkov i K”, 2002.
8.  Volgin N.A.Ekonomika truda: (sosialno-trudov ы e otnosheniya)/ Pod 
red.  N.L. Volgina, Yu.D.Odegova. M.: «EKZAMEN», 2009.
9. Genkin B.M. Ekonomika i sotsiologiya truda (uchebnik). -M.:  Izdatelstvo
“Norma”, 2003. 
10.Ostrovskiy A.V. Formirovanie r ы nka   rabochey sil ы   v KXR. –M.: RAN.
Institut Dalnego Vostoka, 2003.
11.   R ы nok   truda:Uchebnoe   posobie/Pod.obsh.red.Abduraxmonova   K.X.,
Odegova Yu.G. – T.: TFREA, 2009.
12.   Smirnov   S.N.,   Sidorina   T.Yu.   Sotsialnaya   politika   (uchebnik).   -   M.:
Izdatel skiy dom “GUVShE”, 2004.
13. Trenev V.N. i dr. U pravlenie chelovecheskimi resursami  pri realizatsii 
proektov. Metodika i op ы t.  -  M.: Izdatelstvo  “ PRIOR ”, 2002.
14. Xolmo‘minov Sh.R., Xomitov K.Z. Malakali agrar mehnat bozorining 
shakllanishi. - T.: “Fan”, 2003.

MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING RIVOJLANISh HOLATI VA UNGA TA’SIR ETUVChI IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLAR Reja: 1. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish holati 2. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar 3. Davlat ish bilan bandlik xizmati – ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishning tarkibiy qismi sifatida 4. Mehnat bozori infratuzilmasida ish bilan bandlik xizmatining nodavlat tuzilmalari faoliyatlari

1. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish holati Aholining mehnatda bandlik darajasi har qanday davlat iqtisodiyotining rivojlanish ko‘lamini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biridir. Mehnat va aholi ish bilan bandligi sohasida bozor aloqalarini rivojlantirish yangi va o‘xshash bo‘lmagan yondashishni, mehnat bozori elementlarini o‘rganishda muntazamlikni, bozor kategoriyalari va tushunchalarining uslubiy bazasini yangilashni talab etadi. Iqtisodiyotni qayta qurish va shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kelgusida aholini ish bilan bandligi sohasidagi institutsional tuzilmalar faoliyatlarini jadallashtirish va normativ- huquqiy bazalarini rivojlantirishni talab qiladi. Mehnat bozori holatining yetarli darajada barqaror ta’minlanishi mehnat bozori infratuzilmasi barcha sub’ektlari, shuningdek davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari tomonidan ko‘tilayotgan bir qator joriy masalalar va muammolarning muvaffaqiyatli yechimlarini hal etishni talab etadi. Mehnat bozori infratuzilmasining samarali shakllanishi va rivojlanishi sharoitida ishsizlikni kamaytirish hamda aholining ish bilan bandligini oshirish bo‘yicha iqtisodiy asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish aniq sotsiologik so‘rovlar o‘tkazishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Sotsiologik so‘rov natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, tadqiqot Samarqnd viloyatning tuman bandlikka ko‘maklashish markazlarida rasman ro‘yxatda bo‘lgan ishsizlarning 44,7%i to‘liq, 18,0%i qisman, 12,8%i vaqtinchalik va 24,5% mavsumiy ishsizlik turlariga taalluqli. To‘liq ishsizlik paydo bo‘lishining asosiy sabablari quyidagilar: ish haqining past darajasi, iqtisodiy nochor koxonalarning tugatilishi, o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shashi, malaka darajasining ish joylari talabalariga mos kelmasligi va boshqalar. Qisman ishsizlik ish haqining past darajasi, sog‘liqning yomonlashuvchi, ish vaqtining ko‘p qismida uy xo‘jaligi bilan shug‘ullanganligi sababli paydo bo‘ladi. Vaqtincha ishsizlik ko‘proq yoshlar o‘quv yurtini tugatgandan so‘ng ishga joylasha olmasligi, ayollarning uch yoshgacha bola tarbiyasi bilan

shug‘ullanganligi, ishlab chiqarish hajmining vaqtincha qisqarishi, yuqori maoshli boshqa ish qidirishi, malaka darajasi ish joyi talabalariga mos kelmasligi kabi sabablarga ko‘ra vujudga keladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va qayta ishlash sanoat sektorlarining tarmoqlari uchun mavsumiy mehnat xarakterli. Bu esa, mavsumiy ishsizlik paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi. Sotsiologik tahlil shuni ko‘rsatadiki, ishsizlarning 28,7 %i yetarli, 44,5 %i qisman yetarli, 26,8 % i past malakaga egadir. Malakasi past bo‘lgan ishsizlarning barchasi turli xil o‘quv yurtlarida boshqa mutaxassislikni o‘rganishni istaydilar, shu jumladan: davlat oliy (30,4 %) va maxsus o‘quv yurtlarida (27,9 %); xorijiy o‘quv yurtlarida (3,7 %); nodavlat o‘quv yurtlarida (5,6 %) va yangi ish joyidagi maxsus kurslarda (8,1 %); mehnat bo‘limlari yordamida maxsus kurslarda (12,4 %); kadrlar agentligining maxsus kurslarida (11,8 %). Ammo davlat moliyaviy resurslarining yetishmasligi sababli barcha xohlovchilarni yangi mutaxassisliklar bo‘yicha qayta o‘qitish uchun pul mablag‘lari bilan ta’minlay olmaydi. Shuning uchun respondentlarning ko‘pchiligi yangi kasb egallashni ish bilan bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi (29,7 %), yangi ish joylarining egalari (7,5 %), shaxsiy (10,4 %), homiylar (12 %), ota-ona jamg‘armasi (13 %) va ijtimoiy-xayriya jamg‘armalari (9,5 %) hisobidan amalga oshirishni istaydilar. Tajribalarga asoslanadigan bo‘lsak, korxonalarda yollanma ishchi- xodimlarning o‘z kasb-malakalariga mos, to‘liq ish vaqti bo‘yicha ish joylariga ega bo‘lishlari ularning mehnat natijalariga bo‘lgan qiziqishlari ortishiga va buning natijasi ularoq mehnat samaradorligi oshishiga olib keladi. Respondentlarga joylardagi tuman bandlikka ko‘maklashish markazlari mehnat bo‘limlari orqali quyidagi xizmat turlari ko‘rsatilgan:  yangi ish joyi tayinlangan (12,2 %);  ishsizlar ro‘yxatiga kiritilgan (12,8 %);  ishsizlik nafaqasi belgilangan (10,5 %);  jamoat ishiga taklif etilgan (17,3 %); Respondentlarning 10,7 %i tuman bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini «yaxshi» va 49 %i «qoniqarli» baholaydilar. Ammo javob

beruvchilarning 9,5 %i ularning xizmatlaridan asosan quyidagi sabablarga ko‘ra qanoatlanmaydilar;  bo‘sh ish joylari haqida aniq ma’lumotlar olish imkoniyatining qiyinligi (23,2 %);  kasb-malakasi bo‘yicha mos ishni topib bera olmasligi (27 %);  ishsizlik nafaqasining pastligi (15,3 %);  mehnat b o‘lim lari faoliyati rasmiy xarakterga e g a ekanligi (3,2 %);  malaka oshirish yo‘nalishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi (5,5%);  ishsizlik muddatining uzoq davom etishi (12,2 %). M ehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishi va holatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, hududiy mehnat bozorining shaklanish samaradorligi bir qator muammolar yechimini yoritishni nazarda tutadi. Bizningcha, bu muammolar quyidagilardan iborat: 1. Malakali kadrlarning taqchilligi. Iqtisodiyotda mehnat taqsimoti n ing chuqurlashib borishi, zamonaviy yangi tarmoqlarning vujudga kelishi uchun asos yaratmoqda. Buning natijasida mehnat bozorida zamonaviy kasblardagi malakali kadrlarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. So‘nggi 3-4 yilda bandlikka ko‘maklashish markazlarida malakali ishchi kuchi oshganligi va oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarni ish bilan ta’minlanganlik darajasini o‘sishi kuzatilmoqda. Lekin, viloyat mehnat bozorida oliy ma’lumotli va malakali kadrlarning taklifi 7-8%ni, ayrim hollarda 6- 7%ni tashkil qilmoqda. Bizga ma’lumki , mehnat bozorining samarali shaklanishi uchun malakali kadrlar jami ishchi kuchining 20-30%ini tashkil qilishi zarur. 2. Tarkibiy ishsizlik. I qtisodiyot tarmoqlaridagi texnologik va mulkchilik munosabatlarining o‘zgarishi tarkibiy ishsizlik miqdorining oshishiga olib kemoqda. Shunday bo‘lsada, iqtisodiyot tarmoqlarida yangi shi o‘rinlarining yaratilishi natijasida tarkibiy ishsizlik miqdori nisbatan keyngi yillar mobaynida kamayish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda.

3. Iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan malakali kadrlar tarkibi va kasbga tayyorlash va yo‘naltirish bo‘yicha o‘quv yurtlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik. Ta’lim tizimi va markazlarida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat ko‘rsatkichlari bo‘lib, bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi bo‘lishi zarur. 4. Ishsizlik davomiyligining yuqoriligi, bu ko‘rsatkich ishsizlik muddatini o‘rtacha 6-7 oygacha cho‘zmoqda. Buning natijasida, ishlab chiqarishda band bo‘lmagan mehnat resurslari salmog‘ining oshib borishi bir necha o‘n minglab kishilar kun ish vaqtining yo‘qolishiga olib kelmoqda. Ishsizlikni davomiyligining yuqoriligi: bo‘sh ish o‘rinlari haqida axborotlarning yetishmasligi; qonunchilikda ko‘rsatilmagan ortiqcha hujjatlarning ish beruvchilar tomonidan talab etilishi; kadrlarni tanlash usullari muddatining cho‘zilib ketishi; ko‘pchilikning bir xil kasblar bo‘yicha mutaxassislikka egaligi; kadrlarni qayta tayyorlashning uzoq muddatligi va boshqa sabablar natijasida yuzaga kelmoqda. 5. Kadrlar qo‘nimsizligining yuqoriligi. Korxonalarda kadrlar qo‘nimsizligining yuqori darajada ekanligini asosiy sabablari quyidagilardan iborat: ish haqini korxona faoliyatini yakuniy natijalari bilan bog‘lanmaganligi; transport vositalaridagi chipta haqining oshishi; kadrlarning qisqarishi; ish joylarida mehnat sharoitlarining yomonlashuvi; ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligining buzilishi va boshqalar. 6. Ish izlovchi fuqarolar uchun bo‘sh ish joylariga tanlovlar o‘tkazish haqida axborotlar olishning qiyinligi, ish beruvchilarning bo‘sh ish joylari haqida axborotlarni sir tutishi. Ko‘pchilik ish beruvchilar O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida» Qonunning talablariga qaramasdan ish bilan bandlik xizmati organlariga bo‘sh ish joylari haqida to‘liq axborotni bermaydilar. Ular boshqa imkoniyatlardan foydalanish maqsadida qarindoshlari, o‘zining korxonasidagi yaqin tanishlari orqali bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni tanlaydilar.