«IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH SHAROITIDA MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING RIVOJLANISH MEZONLARI VA KO‘RSATKICHLARI»
«IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH SHAROITIDA MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING RIVOJLANISH MEZONLARI VA KO‘RSATKICHLARI» Reja: 1. Mehnat bozori samarali shakllanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar 2. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish mezonlari 3. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish ko‘rsatkichlari
1. Mehnat bozori samarali shakllanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar Har qanday ijtimoiy-siyosiy tuzilmada aholini mehnatda bandlik muammosi murakkabdir. Hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi aholini mehnatda bandlik holati mehnat va ijtimoiy – siyosat sohasidagi ba’zi kamchiliklar bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaziyatning o‘ziga xosligi shundan iboratki, mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholining o‘sish sur’atlari ma’lum darajada bir xil emasligi, mehnat resurslari sonining o‘sishi bilan jamoat xo‘jaligidagi ish bilan bandlik dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning qattikligidir. Mehnat resurslari tarkibiga aholining tabiiy harakati o‘zgarishining ko‘payishi ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuni ta’kidlash muhimki, mehnatga qobiliyatli yoshga kirayotgan yigit va qizlarning ko‘pchiligi mehnatga qobiliyatli aholini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni emas, balki uning tabiiy yo‘q bo‘lishi o‘rnini qoplaydi, ya’ni avlodlarning jadal almashuvi sodir bo‘ladi, u mehnat resurslarining sifat tarkibi keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda kelgusida xodimlarning ommaviy ravishda bo‘shatilishi natijasida ish bilan bandlik vaziyati mehnatga qobiliyatli aholining o‘sishi sezilarli darajada ko‘payishi tufayli murakkablashuvi mumkin. Ish bilan bandlik ijtimoiy totuvlik va barqarorlikka erishuvning, jamiyat iqtisodiy rivojining muhim omilidir.O‘tish davrida bandlik sohasidagi hukumatimizning inson omiliga qaratilgan strategiyasida mehnatga qodir har bir inson o‘z qobiliyatlarini o‘stirishi va o‘z mehnat tarzini ta’minlashi uchun sharoitlar yaratishi nazarda tutiladi 1 . Ish b ilan bandlik xarakteri kishilarning mulkiy maqomiga bog‘liq bo‘ladi. O‘tish davrida mehnat resurslarining ukladlararo erkin taqsimlanishi bo‘lib tursada, turli ukladlardagi bandlik darajasi, bandlikning daromad keltirishi va qanchaga tushishi bir xil emas, albatta. Bu tabiiy ravishda ukladlardagi korxonalar salohiyatiga, ularning bozor bilan ta’minlanishiga, umumiqtisodiy vaziyatga 1 Болтабоева Л. Демографик муҳитнинг иш билан бандлик даражасига тасири. // Ўзбекистон иқтисодий ахборотномаси, -Т.: 2000. 4-сон -42 б.
bog‘liq. Bir uklad uchun bandlik sharoiti qulay bo‘lgani holda, boshqasi uchun noqulay bo‘ladi 2 . Bozor iqtisodiyoti nuqtai-nazaridan, ishchi haqi darajasi ishchi kuchining muvozanatlashgan narxidan yuqori o‘rnatilganda, taklifning talabga nisbatan ko‘pligi paydo bo‘ladi, talab oshgani sari ish haqi ham oshadi, talab kamaygan sari esa, ish haqi ham kamayadi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, respublikadagi past darajali mehnat ta’minotiga ega bo‘lgan xo‘jaliklarda mehnat natijalari erkinligining yo‘qligi past daromad olinishiga sabab bo‘ldi, bu esa ularga ishchi kuchini takror ishlab chiqarish imkoniyatini bermaydi. Ayni shu sabablarga ko‘ra, ushbu xo‘jaliklarda ishchi kuchi tanqisligi sun’iy yo‘l orqali paydo bo‘ladi. Hozirgi vaqtgacha mavjud bo‘lgan ish bilan bandlikning tarmoq tuzilishi jamiyat mehnat potensialidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks ettiradi va u tubdan o‘zgartirishga muhtojdir. Ish bilan bandlikdagi tarkibiy tanazzulning bevosita oqibatlari, aqliy mehnat kishilarining boshqa mamlakatlarga ketib qolishi – ilm-fan sohasidan va ilmiy bilimlar ko‘proq talab qilinadigan ishlab chiqarish tarmoqlaridan xodimlarning vositachilik sohalariga, shuningdek, malakasini yo‘qotib, norasmiy faoliyat sohalariga o‘tib ishlashidir. Qayd qilingan ishsizlik darajasidagi tarkibiy orqaga ketish ish bilan bandlik xizmati mijozlari orasida mutaxassislar ulushining yuqori ekanligida namoyon bo‘lmoqda. Holbuki, kadrlar potensialini, ayniqsa, oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarni shakllantirish uzoq vaqtni hamda mablag‘ni talab qiladi 3 . Iqtisodiyotni boshqarishning monetaristik usullari islohotlarning dastlabki bosqichlari uchun mos bo‘lib, davlat korxonalariga narxlarni oshirish yo‘li bilan har qanday chiqimni ham xaridorlar yelkasiga yuklashga, shuningdek ortiqcha xodimlarga ham ish haqi to‘lashga imkon berib kam samarali bo‘lib chiqdi: xodimlarni ishdan bo‘shatish jarayonlari ob’ektiv holatlarga emas, balki hukumat 2 Воҳобов А. В.Бозор муносабатларига ўтиш босқичидаги кўп укладли иқтисодиёт ва унинг такроран ҳосил бўлиши. -Т.: ”Молия” 2002. 220-221 б. 3 Абдурахмонов Қ. Х. Меҳнат иқтисодиёти (Назария ва амалиёт). -Т.: ”Меҳнат” 2004, -290 б.
va bank tuzilmalarining o‘zboshimcha hatti-harakatlariga bog‘liq bo‘lib qoladi (davlat korxonalariga imtiyozli qarzlar va subsidiyalar berilishi hatto eng samarasiz ishlaydigan korxonalarni ham bankrotlikdan saqlab qoladi). Natijada ishsizlikning o‘sishi muqarrar bo‘lib qoldi. Mehnat bozorining asosiy indikatorlaridan biri ishlovchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichidir. Shu nuqtai-nazardan olib qaraladigan bo‘lsa, ishga joylashganlar sonining ham mutlaq, ham nisbiy ko‘rsatkichlarning oshayotganligini mehnat bozoridagi ijobiy tendensiya sifatida baholash mumkin. Tajribaning ko‘rsatishicha mamlakat mehnat bozoridagi talab asosan malakasiz mehnatga yo‘naltirilgan degan fikrni qisman tasdiqlaydi. Ishlovchilar orasida ish joyini tez-tez o‘zgartiradigan, hamda uncha yuqori malakaga ega bo‘lmaganlarning ko‘pligi mehnat bozoridagi vaziyatni keskinlashtiradigan holatlardan biridir. Tahlillar shundan dalolat beradiki, bunday vaziyat asosan ichki mehnat bozorining yetarli darajada rivojlanmaganligi, xodimlar qo‘nimsizlik darajasining yuqoriligining in’ikosi sifatida yuzaga keladi. Ish beruvchilar uchun o‘z hisobidan kadr tayyorlashdan ko‘ra, mehnat idoralari orqali arzon ishchi kuchiga ega bo‘lish iqtisodiy jihatdan manfaatliroq bo‘lgani uchun ham, mehnat bo‘limlari yordamida ishga joylashganlar orasida yuqori malakaga ega bo‘lmagan shaxslarning salmog‘ini ortib borayotganlik tendensiyasi ko‘zatilmoqda. Bundan tashqari, mehnat bozori infratuzilmasi elementlarining, jumladan ijtimoiy hamkorlik mexanizmining yetarli darajada rivojlanmaganligi, mehnat bozoridagi umumiy jarayonlarga jamiyatning mos ravishda tezkorlik bilan moslasha olmasligi uning oldiga yalpi ishsizlik muammosini ko‘ndalang qo‘yishi mumkin. 2. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish mezonlari Ishchi kuchining qayta taqsimlanishi, uning mehnat bozoridagi harakatiga, binobarin, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi miqdor-sifat jihatidan muvofiqlikka erishish ko‘lamlariga bevosita ta’sir etuvchi omillar ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning yangicha sharoitlarini shakllantiradigan makroomillarga bog‘liq. Shuning uchun ham ishsizlik miqyosining haddan tashqari oshib
ketishining oldini olish va ishsizlarni ishga joylashtirishga yordam berish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim: mehnat munosabatlari sohasida ijtimoiy hamkorlikning uch tomonlama mexanizmini takomillashtirish; mamlakatning har bir hududida mehnat zahiralari va ish joylari sonining ham sifat, ham soni jihatidan o‘sish mutanosibligiga erishish; yangi taraqqiy etgan tarmoqlar va faoliyat turlarini rivojlantirish yo‘li bilan yangi ish joylarini barpo etish. Bu tadbirlarni amalga oshirishda qishloq xo‘jaligidan bo‘shayotgan xodimlarni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga, jumladan sanoat, kichik va xususiy biznes, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarga taqsimlashga ahamiyat berish kerak bo‘ladi; ish bilan bandlikning tarmoq va professional tarkibini takomillashtirish, qishlok joylarida ishsizlik miqyosining oshib ketishini oldini olish va nihoyat yalpi mahsulotning ko‘payishi uchun zamin yaratadi; iqtisodiyotda oqilona ish bilan bandlikni ta’minlash; mehnat bozorida raqobat mexanizmini yo‘lga qo‘yish samaradorligini oshirish, ishchi kuchining sifat ko‘rsatkichlarini to‘xtovsiz oshirib borish mazkur mexanizmning asosi bo‘lib hisoblanadi; samarali va “egiluvchan” mehnat bozorini shakllantirish, yangi mehnat bozori infratuzilmasining faoliyatini takomillashtirish, xodimlarning kasbiy harakatchanligini oshirish, hamda mehnat bozorining alohida segmentlariga ta’sir ko‘rsatish orqali ishsizlarda yangi kasblarga qiziqish uyg‘otish; mehnat bozorida faol siyosat olib borish borasidagi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan keng foydalanish, jamoat ishlari tarmog‘ini kengaytirish, ishsizlarni o‘qitish va qayta o‘qitish tizimini va yangi ish joylarini barpo etish; yoshlar o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish chora tadbirlarini ishlab chiqish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga bo‘lgan talabni rag‘batlantirishning birdan-bir vositasi investitsiyalar samaradorligini ta’minlashdir. Mehnatga bo‘lgan talabning navbatdagi omili o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan mehnat resurslari bilan bog‘liqdir. Agar bitta stanokni xodim boshqarsa va bu xildagi stanoklar narxi