logo

«MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI» FANINING MOHIYaTI, PREDMETI VA MAZMUNI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

50.78125 KB
«MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI»  FANINING MOHIYaTI,
PREDMETI VA MAZMUNI
Reja:
1. Mehnat bozori infratuzilmasi kategoriyasining mazmuni va mohiyati
2.  « Mehnat bozori infratuzilmasi »  fanining  ma qsadi, vazifalari, 
predmeti va tamoyillari 
3.  Mehnat bozori infratuzilmasining darajaviy bo‘limlari Bozor munosabatlari tizimida mehnat bozori  muhim  o‘rinni  egallaydi. 
Mana shu bozorda mehnatga qobiliyatli kishilar va davlat  biror bir jamoa va 
xususiy tashkilotlarning  nomidan ish ko‘ruvchilar va ish beruvchilarning  manfaati
to‘qnash keladi. Mehnat bozorida  vujudga keladigan munosabatlar yaqqol 
ifodalangan ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lib, ular mamlakat aholisi 
ko‘pchiligining muhim ehtiyojlariga daxldor bo‘ladi. Mehnat bozori mexanizmi 
orqali aholining ish bilan bandligi va mehnatga haq to‘lash darajalari belgilanadi. 
Mehnat bozorida ro‘y berayotgan jarayonlarning jiddiy oqibati ishsizlik bo‘lib, u 
umuman olganda salbiy hodisa hisoblansa   ham, lekin amalda jamiyat hayotining 
muqarrar natijasidir.
Aholining     ish   bilan   bandligi   uning   takror   ishlab   chiqarilishi   uchun   zarur
shartdir, chunki  kishilarning turmush darajasi, kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta
tayyorlash   va   malakasini   oshirishga,   ularni   ishga   joylashtirishga,   ishdan   mahrum
bo‘lib   qolgan  kishilarni   moddiy  jihatdan   qo‘llab-quvvatlab  turishga   sarflanadigan
xarajatlarning barchasi ana shu aholining ish bilan bandligiga bog‘liqdir. Shuning
uchun   ham   aholining     ish   bilan   bandligi,   ishsizligi,   mehnat   faoliyati   uchun   zarur
resurslar   va   umuman   mehnat   bozori   singari   muammolar   mamlakat   iqtisodiyoti
uchun dolzarb bo‘lib, ular tarmoqlararo funksional tizim hisoblanadi. 
Respublikamizda   bozor   islohotlari   jarayonlarini   avj   oldirish   hozirgi   kunda
mehnat bozori sub’ektlarining yangi mehnat tuzilmalariga bo‘lgan qiziqishlarini va
yangi   maqsadlari  shakllanishi  jarayonlari   faol    avj  olishiga   olib  kelmoqda  hamda
ishchi   kuchiga   bo‘lgan   talab   va   taklif   shakllanishini   yuzaga   keltirmoqda.   Bir
vaqtning   o‘zida   mehnat   bozori   sub’ektlarining   o‘zaro   aloqalarini   jamoa-
shartnomaviy va normativ-huquqiy bazalarini doimiy rivojlantirish, mehnat bozori
infratuzilmalarini   kelgusida   rivojlantirishni   talab   qiladi.   Bozor   munosabatlari
sharoitida   har   qanday   iqtisodiy   munosabatning   tashkiliy-iqtisodiy   bazasiz   amalga
oshirish   samarasizdir.   Shuning   uchun   ham   mehnat   bozori   infratuzilmasidagi   ish
faoliyatini   tashkil   qilish   asoslarini   ilmiy   asosda   yoritish   samarali   mehnat   bozori
shakllanishi   va   rivojlanishining   ijtimoiy-iqtisodiy   ahamiyatini   oshiradi.   Mehnat
bozorini   to‘liq   ishlashi   uchun   rivojlangan   infratuzilmani   shakllantirish   lozim. Mehnat   bozori   faoliyat   ko‘rsatishining   sifat   ko‘rsatkichlarini   eng   muhim   mezoni
uning infratuzilmasining rivojlanish darajasidir. 
Infratuzilma   iqtisodiyotda   turli   xo‘jalik   tizimlari   va   bu   tizimlardagi   asosiy
sub’ektlar   o‘rtasida   faol   o‘zaro   aloqadorlikni   ta’minlash   uchun   shart-sharoit
yaratishi zarur. 
Mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini yoritib berishda ko‘pgina ilmiy
adabiyotlarda   mehnat   bozori   infratuzilmasi   ish   bilan   bandlikka   ko‘maklashuvchi
davlat va nodavlat muassasalar tizimini,  korxona va firmalarning kadrlarga xizmat
ko‘rsatish bo‘limlarini, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarini, mehnat bozoridagi
talab   va   taklif   o‘rtasidagi   samarali   o‘zaro   aloqadorlikni   ta’minlashni   o‘z   ichiga
oluvchi mehnat bozori tarkibiy qismi sifatida ifodalanadi. 
Ba’zi   iqtisodchi   olimlarning   qarashlarida   mehnat   bozori   infratuzilmasi
mohiyatini ifodalashda quyidagi ta’riflarni  uchratish mumkin :   «kasbga tayyorlash
va qayta tayyorlash, bandlik jamg‘armalari, reklama bilan shug‘ullanuvchi firmalar
va boshqalar» 1
. 
D.S.Cherneykoning fikricha :  «mehnat bozoridagi jami iqtisodiy, huquqiy va
boshqaruv   institutlari,   tashkilotlar   va   faoliyat   turlari   uning   funksiyalarini   amalga
oshirilishida ko‘maklashishi zarur» 2
. 
Shuningdek,   Varfolomeeva   O.A.   ta’kidlaydiki :   «Mehnat   bozori
infratuzilmasi   –   bandlikka   ko‘maklashuvchi   institutlar   tizimi   va   boshqarish
mexanizmlari   sifatida   mehnat   bozorida   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   o‘rtasidagi
iqtisodiy jihatdan foydali o‘zaro hamkorlikni ta’minlovchi tizimdir» 3
. 
Mehnat   bozori   infratuzilmasining   ijtimoiy-iqtisodiy   mohiyatini   yoritib
berishda   Abdurahmonov   Q.X.   aniq   ta’rifni   bergan.   Unga   muvofiq   mehnat   bozori
infratuzilmasi   –   davlat   muassasalarini,   ish   bilan   bandlikka   ko‘maklashuvchi
nodavlat   tuzilmalarini,   korxona   va   firmalarning   kadrlar   xizmatini,   jamoat
1
  Рофе   А.И.,   Збўшко   Б.Г.,   Ишин   В.В.   Рынок   труда,   занятость   населения,   экономика   ресурсов   для
труда.  - М. :  1994.  – С. 154.
2
 Чернейко Д.С. Формирование рынка труда: опыт, проблемы.  - СПб.: СП6ГУЭФ, 1999. – С.   122.
3
  Варфоломеева   О.А.   Становление   инфраструктурў   рўнка   труда   в   переходной   экономике.   - СПб.,
Издательство СПвУЭФ. 2001.  – С. 25. tashkilotlari   va   jamg‘armalarini,   ish   kuchini   talab   va   taklif   qilish   o‘rtasidagi   eng
samarali   o‘zaro   hamkorlikni   ta’minlovchi   normativ-huquqiy   muhitni   o‘z   ichiga
oladi,   ular   ishchi   kuchiga   ehtiyoj   bilan   taklif   o‘rtasidagi   eng   samarali   o‘zaro
hamkorlikni ta’minlaydi 4
.
Mehnat   bozori   infratuzilmasining   mohiyatini   yoritib   berishda   uning
qo‘yidagi  o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish zarur :
1. Mehnat bozori infratuzilmasi – bu ko‘p funksiyali tizim bo‘lib, aholining
ish bilan bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyalashning turli xil tashkiliy shakl
va usullaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi ;
2. Mehnat   bozori   infratuzilmasidagi   institutlar   va   tashkilotlar   mehnat
bozorini   boshqarishda   huquqiy,   moliyaviy   –   iqtisodiy   va   axborot   mexanizmlarini
yuzaga keltiradi ;
3. Infratuzilma tarkibidagi (aholining ish bilan bandligiga ko‘maklashuvchi)
ob’ektlar va mexanizmlar mehnat bozorining samarali shakllanishi  va rivojlanishi
uchun qo‘lay shart-sharoitlarni yaratilishiga qaratilmog‘i zarur.       
Mehnat   bozori   infratuzilmasining   mohiyatini   quyidagicha   talqin   etamiz :
mehnat   bozori   infratuzilmasi   –   bu   ish   bilan   bandlikka   ko‘maklashuvchi
davlat   va   nodavlat   muassasalarini,   korxona   va   firmalardagi   kadrlar
bo‘limlarini, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarini, ishchi kuchini talab va
taklif   qilish   o‘rtasidagi   nisbatlarni   bevosita   tartibga   soluvchi   va   o‘zaro
hamkorlikni   ta’minlovchi   normativ-huquqiy,   moliyaviy-iqtisodiy   va   axborot
mexanizmlari   muhitini   o‘z   ichiga   oluvchi   mehnat   bozorining   tarkibiy
qismidir.  
Mehnat bozori infratuzilmasi institutlar tizimi sifatida, davlat va nodavlat ish
bilan   bandlikka     ko‘maklashuvchi   tuzilmalar   va   mexanizmlar,   mehnat   bozori
shakllanishi va rivojlanishi uchun huquqiy, moliyaviy va iqtisodiy jihatdan tartibga
solishda qo‘lay shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
4
 Абдурахмонов  Қ .Х. Ме ҳ нат и қ тисодиёти (дарслик).   - Т.: - «Ме ҳ нат» - 2004. -145 б.   1.2. « Mehnat bozori infratuzilmasi »  fanining  ma qsadi, vazifalari,
predmeti va tamoyillari
Bozor   munosabatlari   rivojlanishi   sharoitida   har   qanday     iqtisodiy
munosabatning   tashkiliy-iqtisodiy   bazasiz   amalga   oshishi   mushkul.   Mehnat
munosabatlari   amalga   oshishining   shunday   asoslari   birinchi   navbatda   qanday
darajadagi   infratuzilmaning   mavjudligi,   infratuzilmaning   mehnat
munosabatlarining  barqaror  rivojlanishiga  ijobiy  ta’siri,  mehnat   sohasidagi   huquq
va   kafolatlarning   amalga   oshishida   ko‘mak   va   imkon   berishi   bilan   belgilanadi.
Shuning uchun ham mehnat bozorining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun uning
infratuzilmasini   rivojlantirish   kerak.   Mehnat   bozori   infratuzilmasi   –   ish   beruvchi
va yollanuvchi o‘rtasidagi eng samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydigan davlat,
nodavlat,   jamoat   tashkilotlari   va   jamg‘armalari   kabilardir.   Infratuzilma   ish
kuchining   bahosi,   mehnat   sharoiti,   xodimlarni   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash
xususida   ish   beruvchi   bilan   xodim   o‘rtasidagi   munosabatlarni   tartibga   solish,
shuningdek, mehnat bozorida ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar huquqlarini
himoya qilish jarayonlarini tashkil etishi va tartibga solishi lozim.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini boshdan kechirayotgan 
mamlakatlar singari O‘zbekistonda ham mehnat bozorini samarali boshqarish va 
uning infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq yechimini topish lozim bulgan 
bir qator muammolar mavjud. Ularning asosiylari sifatida mehnat bozori 
infratuzilmasi rivojlanishining mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlash, davlat ish 
bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini ta’minlash, nodavlat ish bilan 
bandlik xizmatlarini yaratish, mehnat bozorida hududiy axborot tizimlarini 
takomillashtirish, mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanish istiqbollarini 
belgilash kabi muammolarni alohida qayd etib o‘tish lozim. 
Fanning   maqsadi   –   bozor   munosabatlari   rivojlanishi   sharoitida
respublikamizda   mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishi   bo‘yicha   ilmiy
asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
Fanning asosiy  vazifalari  quyidagilardan iborat:  mehnat   bozori   infratuzilmasining   ijtimoiy-iqtisodiy   mohiyatini   yoritib
berish hamda uning elementlari va funksiyalarini aniqlash; 
 mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishining   ijtimoiy-iqtisodiy
tamoyillarini ishlab chiqish;
 mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibiy   qismlari   va   ularning   o‘zaro
aloqadorligini aniqlash;
 mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanish   mezonlari   va   ko‘rsatgichlarini
taklif etish;
 mehnat bozori infratuzilmasi  rivojlanish holatini  tahlil etish va unga ta’sir
etuvchi omillarni aniqlash;
 nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari faoliyatlarining asosiy yo‘nalishlarini
aniqlash;
 davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   faoliyatining   samaradorligini   baholash
usullarini ishlab chiqish;
 mehnat   bozorida   hududiy   axborot   tizimini   takomillashtirishning   asosiy
yo‘llarini aniqlash;
 mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishining   istiqbollari   bo‘yicha   xulosa
va tavsiyalar ishlab chiqish.
Fanning   predmeti   –   mehnat   bozori   infratuzilmasi   sub’ektlarining
faoliyatida amalga oshadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasi.
Mehnat bozorini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan   tashkiliy-huquqiy   va
tuzilmaviy   shart-sharoitlar   mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishining   quyidagi
asosiy   tamoyillarini   to‘liq   amalga   tadbiq   etgan   holda,   mazkur   bozorni
shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi:
 mehnat   va   ish   bilan   bandlikda   erkinlikni   ta’minlash.   Insonga   ijtimoiy
mehnatda qatnashishi yoki qatnashmaslikni tanlash ustuvor huquqi berilishi;
 ish   kuchini   talab   va   taklif   qilish   o‘rtasidagi   eng   samarali     o‘zaro
hamkorlikni ta’minlovchi normativ-huquqiy mexanizmni yaratish;
 ish  bilan   bandlik bo‘yicha  yagona davlat  siyosatini  amalga  oshirish.   Ish
bilan   b andlik   bo‘yicha   davlat   siyosatining   atrofida   hamma   darajadagi   ma’muriy hududlarning aholini ish bilan ta’minlash faoliyatidagi  mustaqilligini hisobga olib
yagona  umumdavlat  ish bilan  bandlik siyosatini yuritish;
 ish   bilan   bandlikni   ta’minlash   bo‘yicha   nazorat.   Ish   bilan   b andlikni
ta’minlash   bo‘yicha   chora-tadbirlarni   amalga   oshirishda   kasaba   uyushmasi,
tadbirkorlar   assotsiatsiyasining   boshqaruv   organlari   bilan   hamkorlikda   nazoratni
amalga oshirish;  
 ijtimoiy   mehnat   munosabatlarini   tartibga   solishda   uch   tomonlama
ijtimoiy   hamkorlik   (hukumat,   kasaba   uyushmalari   vakillari   va   tadbirkorlar
vakillari);
 ish   haqi   va   boshqa   qonuniy   daromadlar   chegarasini   O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan “kun kechirish uchun zarur miqdordan
kam bo‘lmaslik”ka rioya qilgan holda erkin belgilash 5
.
1.3. Mehnat bozori infratuzilmasining darajaviy bo‘limlari
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   iqtisodiyot   va     boshqaruv   sohasida   turli
darajalardagi sub’ektlar sifatida qo‘yidagilardan iborat:
1. Xalqaro   tashkilotlar,   masalan,   Xalqaro   Mehnat     Tashkiloti,   turli
mamlakatlar   mehnat   bozorlaridagi   faoliyatlari   bo‘yicha   koordinatsiyani   amalga
oshiradi.   Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   ijtimoiy-mehnat   munosbatlarini   boshqarish
va   tartibga   solish   ijtimoiy   jarayonlar   bilan   bog‘liq   tub   o‘zgarishlarni   yuzaga
keltiradi. 
  Xalqaro   Mehnat     Tashkilotining   asosiy   vazifalari     quyidagilardan
iborat 6
:
– ijtimoiy mehnat muammolarini hal qilishga qaratilgan xalqaro siyosat va
dasturlarni ishlab chiqish;
– mazkur   siyosatni   amalga   oshirish   maqsadida   Konvensiyalar   va
Tavsiyalar tarzida mehnat normalarini yaratish va qabul qilish;
5
  Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон, 2003.  -17 б.
6
 Устав Международной организации труда и Регламент Международной конференции труда. 
Женева. 1988. 25-26 с.  – ishtirok   etuvchi   mamlakatlarga   ijtimoiy-mehnat   muammolarini   hal
qilishda (texnikaviy va boshqa hamkorlik) yordam berish;
– inson huquqlarini himoya qilish (mehnat qilish huquqi, birlashish huquqi,
majburlovchi mehnatdan, kamsitishdan himoya qilish va boshqalar);
– mehnatkashlarning   turmush   darajasini   yaxshilash   uchun   kambag‘allikka
qarshi kurash olib borish, ijtimoiy ta’minotni rivojlantirish;
– mehnat   sharoitlarini   va   ishlab   chiqarish   muhitini   yaxshilash,   xavfsizlik
texnikasi   va   mehnat   gigienasi   dasturlarini   ishlab   chiqish,   atrof   muhitni   muhofaza
qilish va tiklash;
– mehnatkashlar   va   tadbirkorlar   tashkilotlariga   ularning   ijtimoiy   mehnat
munosabatlarini   tartibga   solish   sohasida   hukumat   bilan   birgalikda   olib   boradigan
ishlarida yordam berish;
– mehnatkashlarning   eng   nochor   guruhlarini:   xotin-qizlar,   yoshlar,
nogironlar,   keksa   kishilar,   kelgindi   (mehnat)   kishilarini   muhofaza   qilish   chora-
tadbirlarini ishlab chiqish. 
Yuqorida   keltirilgan   vazifalar   Xalqaro   Mehnat     Tashkilotining   asosiy
vazifalari hisoblanadi. 
Xalqaro   Mehnat     Tashkilotining   barcha   xalqaro   tashkilotlardan   faqat   o‘z
ishining mazmuni bilan emas, shu bilan birga uning uch tomonlama tuzilishi bilan
ham   farq   qiladi.   Bu   tashkilotning   barcha   darajalarida   mamlakatlar   nomidan
hukumatlar,   mehnatkashlar   va   tadbirkorlar   tashkilotlari,   xususan,   O‘zbekiston
vakillari   ham   ishtirok   etadilar,   ular   baravar   huquqlarga   egadirlar.   Ularning
muloqotlari,   munozaralari,   va   qarorlar   qabul   qilishi   ijtimoiy   bitimlar   tuzish
jarayonida   manfaatlarni   o‘zaro   hisobga   olishni   va   bitimlarga   erishishni   nazarda
tutadi.   Turli-tuman   ko‘pincha   esa   butunlay   qarama-qarshi   manfaatlarni   kelishib
olish   juda   murakkab   va   qiyin   ish   hisoblanadi,   bu   esa   tashkilotning   tuzilishi
xususiyatlarini belgilab beradi.               
2. Mehnat   bozori   infra tuzilmasi   sub’ekti   sifatida   davlatning   roli.   Davlat
iqtisodiyotning   davlat   sektorida   tadbirkor   sifatida   ham,   ko‘pgina   investitsion
dasturlarni   amalga   oshirish   sub’ekti   sifatida   ham   namoyon   bo‘ladi.   Davlatning qonun   chiqaruvchi   organlari   qonunlarni   ishlab   chiqadi   va   qabul   qiladi,   bozor
munosabatlarining   huquqlari   va   umumiy   tamoyillarini   o‘rnatadi.   Davlatning
sub’ekti sifatida mehnat bozoridagi siyosatni  Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish organlari  amalga oshiradi. Bu umumdavlat, hududiy va joylardagi boshqaruv
darajalari asosida amalga oshiriladi .
    Hududiy   darajada   Mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   Bosh
boshqarmasi   mehnat,   bandlik,   ijtimoiy   muhofaza,   pensiya   va   aholining   ijtimoiy
ta’minot yo‘nalishi bo‘yicha hududiy davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
   Bosh   boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi    palatalarining qarorlariga,
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   farmonlari,   qarorlari   va
farmoyishlari   ,O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari   va
farmoyishlariga,   O‘zbekiston   Respublikasi   Mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza
qilish vazirligining buyruqlari, qarorlariga amal qiladi.
    Bosh   boshqarma   o‘zining   funksiyalari   va   vazifalarini   aialga   oshirishda
boshqa   hududiy   davlat   boshqaruvi   organlari,   mahalliy   xokimliklar   va   jamoat
tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
    Bosh   boshqarma   yuridik   shaxs   hisoblanadi,   mustaqil   balansga,   bank
muassalarida    depozit    va   boshqa    hisob   raqamlariga, O‘zbekiston  Respublikasi
Davlat gerbi tasviri tushirilgan  va o‘z nomi yozilgan muxrga, shuningdek, tegishli
muxr va shtamplarga ega bo‘ladi  
    Bosh   boshqarma     tizimiga   quyidagilar   kiradi:   tuman   (shahar)   bandlikka
ko‘maklashuvchi   markazlar;   tuman   (shahar)   ijtimoiy   ta’minot   bo‘limlari;
nogironlar   va   qariyalar   uchun   “   Muruvvat”   va   “   Sahovat   uylari”;   hududiy
reabilitatsiya markazlari.
   Bosh boshqarma va uning   tuman (shahar) bo‘limlarining   moddiy texnik
ta’minoti, shuningdek xodimlarning mehnatiga xaq to‘lash ajratiladigan mablag‘lar
doirasida   davlat   byudjeti   mablag‘lari   xisobiga   hamda   Ish   bilan   ta’minlashga
ko‘maklashuvchi   davlat  jamg‘armasi,  mehnat  va  aholini  ijtimoiy muhofaza  qilish
organlari   xodimlarining   mehnatini   rag‘batlantirish   va   moddiy-texnika   bazasini mustahkamlash   jamg‘armasi   mablag‘lari,   shuningdek   qonun   hujjatlarida
ta’qiqlanmagan boshqa manbalar xisobiga amalga oshiriladi.    
Bosh  b oshqarmalarning asosiy vazifalari va funksiyalari.
    Bosh   Boshqarmaning   asosiy   vazifalari     quyidagilardan   iborat :   mintaqalar
bo‘yicha   mehnat   bozorini   shakllantirishda   samarali   siyosatni   amalga   oshirish,
demagrafik   omillarni,   iqtisodiyot   tarmoqlarini   rivojlantirish   va   tarkibiy   qayta
tashkil   etishni   istiqbolli     yo‘nalishlarni   etiborga   olgan   holda   bandlikning   yangi
shakllarini     keng   tatbiq     etish   hisobiga   aholi   bandligining   o‘sishini   ta’minlash;
demografik   o‘zgarishlar   va   kadrlarni   kasbiy   tayyorgarligi   bilan   bog‘liq   o‘zgarib
borayotgan   talablarni   hisobga   olgan   holda   mehnat   ,   ish   bilan   bandlik   va   aholini
ijtimoiy qo‘llab quvvatlash sohasidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va yanada
takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish; 
   ishga joylashishga muhtoj , ish bilan band bo‘lmagan aholiga kasbiy qayta
tayyorlash  va ishga joylashtirish bo‘yicha sifatli hizmatlar ko‘rsatish;
    aholining   extiyojmand   toifalarini   ijtimoiy   himoya   qilish   bo‘yicha   amaliy
chora   tadbirlarning   amalga   oshirilishini   taminlash,   kamxarj   oilalar,   nogironlar   va
yolg‘iz   keksalarga   yordam   ko‘rsatishdan   tabaqalashtirilgan   tarzda   va   aniq
yondashuvni ko‘chaytirish: 
    mehnat,   bandlik   va   aholini   ijtimoiy   muxofaza   qilish   sohasidagi   qonun
hujjatlari talablariga rioya etilish ustidan qattiq nazoratni amalga oshirish,  mehnat
munosabatlrini   ,   moddiy   rag‘batlantirish   va   mehnatni   muhofaza   qilish
mexanizmlari takomillashtirish chora tadbirlarini ishlab chiqish.
    Bosh   boshqarma   o‘ziga   yuklangan   vazifalariga   muvofiq   quyidagi
funksiyalarni amalga oshiradi: 
    A).   Mehnat   bozorini   shakllantirish   va   aholini   ish   bilan   ta’minlash
sohasida : 
  –   aholini   ish   bilan   bandlik   darajasi   va   tarkibini   eng   to‘liq   va   holisona
baholashni ta’minlash, ishga joylashtirishga muxtoj shaxslarni aniqlash maqsadida
mehnat bozoridagi  ahvolni monitoringini tashkil etadi:   – hududlarning demografik rivojlanish prognozlari asosida aholini ish bilan
ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi: 
–  i shsizlarni hisobga olishni tashkil qiladi:
–   o‘rta   mahsus,   kasb   xunar   ta’limi   boshqarmasi   bilan   birgalikda   o‘rta
mahsus,   kasb   xunar   ta’limi   muassasalarini   bitiruvchilarning   ish   bilan
ta’minlanishini     tadqiq   etadi,   hamda   ular   natijalari   asosida   ishchi   kadrlar   va
mutaxassislarning     tayyorlov   yo‘nalishlarini   takomillashtirish   yuzasidan   takliflar
ishlab chiqadi:
– aholini ish bilan ta’minlash, yoshlarni, ishdan bo‘shab  qolgan xodimlarni
va   aholining   boshqa   toifalarini   ishga   joylashtirish   ,   shuningdek,   bo‘sh   ish   joylari
bo‘yicha axboratlarni shakllantirishini va tahlil etilishini tashkil qiladi;
–  shaxsiy   yordamchi   va   dexqon  xo‘jaliklarida  qoramol   o‘stirish   bilan  band
bo‘lgan shaxslar xisobini amalga oshiradi;
–   yoshlarning   va   ish   bilan   band   bo‘lmagan   aholining   kasb   -   xunarga
xoxishini     va   mehnat   yo‘nalishlarini   aniqlash   uchun   sotsiologik   tadqiqotlar
o‘tkazilishini tashkil etadi;
 – ish o‘rinlarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va
amalga oshirishda qatnashadi;    
–   iqtisodiyotni   isloh   qilish   va   tarkibiy   qayta   tashkil   etish   davomida,
shuningdek   xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlarni   inkirozga   uchrashi   va   tugatilishi
natijasida   ishdan   bo‘shab   qolgan   xodimlarni   ish   bilan   ta’minlash   va   ijtimoiy
muhofaza qilishga doir maqsadli dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
–   aholini   o‘zini   o‘zi   ish   bilan     ta’minlashini   rag‘batlantirish   va   qo‘llab
quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi; 
–   davlat   va   xo‘jalik   boshqaruvi   organlariga   ,   mahalliy   xokimliklarga   va
tashkilotlarga,   korxonalar   bilan     kooperatsiyada     kasanachilikni   kengaytirish
masalalarida ko‘maklashadi;
–   ishsizlar   uchun   xaq   to‘laniladigan   jamoat   ishlari   tashkil   etilishini
ta’minlaydi,   o‘rta   maxs,   kasb   -   xunar   boshqarmasi   bilan   xamkorlikda   ishsizlarni kasbga   tayyorlashni,   qayta   tayyorlashni   va   ularning   malakasini   oshirishni   tashkil
etadi. 
B). Aholini  ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy ta’minlash sohasida: 
–   manfaatdor   idoralar   tashkilotlar   va   muassasalar   bilan   birgaalikda
pensionerlar,   nogironlar   va   yolg‘iz   keksa   fuqarolarga   qonun   hujjatlarida
belgilangan   imtiyozlar,   sanatoriya   va   kurortda   davolanishga   yo‘llanmalar   va
maxsus xarakatlanish vositalari berilishida qatnashadi;
– mahalliy davlat xokimiyati organlari uchun pensionerlar , nogironlar, ko‘p
bolali   va   kam   ta’minlangan     oilalarni   ,   aholining   davlat   tomonidan   qo‘llab-
quvvatlashga   muxtoj   bo‘lgan   boshqa   ijtimoiy   nochor   guruxlarini   ijtimoiy
muxofaza qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
–   ish   bilan   ta’minlashga     ko‘maklashuvchi       Davlat   jamg‘armasi
mablag‘larini belgilangan tartibda tasarruf etadi:
–   ish   bilan   ta’minlashga     ko‘maklashuvchi     Davlat   jamg‘armasi
mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash ishlarini tashkil
etadi;
–   ishsizlar   va   ularning   oila   a’zolarini   Ish   bilan   ta’minlashga
ko‘maklashuvchi     Davlat   jamg‘armasi     mablag‘lari   xisobiga   ijtimoiy   qo‘llab-
quvvatlashni ta’minlanishini tashkil etadi;
– eng kam  ish o‘rinlarini ajratilishi va ularning ijtimoiy muxofazaga muxtoj
shaxslar   bilan   butlanishi   masalalarini   o‘rganadi   va   taxlil   etadi;;dexqon   va   fermer
xo‘jaliklarida   ishlayotgan   fuqarolar,   shuningdek   tadbirkorlar   uchun   belgilangan
ijtimoiy  kafolatlar   va ijtimoiy muxofaza  chora-tadbirlarini   ro‘yobga  chiqarilishini
tashkil etadi. 
V).  Mehnat munosabatlarini tartibga solish mehnatni tashkil etish unga xaq
to‘lash shartlarini va uni muhofaza qilishni takomillashtirish sohasida:
–   mehnatni   moddiy   rag‘atlantirish   mexanizmlarini   va   mehnatga   xaq
to‘lashni   tartibga   solish   metodlarini   takomillashtirishga   doir   chora   -   tadbirlarini
ishlab chiqishda qatnashadi; – mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muxofaza qilish bo‘yicha
normativ-huquqiy   hujjatlarga   rioya   qilinishi   ustidan   belgilangan   tartibda   davlat
nazoratini amalga oshiradi; 
–   yoshi   bo‘yicha   imtiyozli   shartlarda   pensiyaga   chiqish   xuquqini   beruvchi
ishlab   chiqarishlar,   muassasalar,   ishlar,   kasblar,   lavozimlar   va   ko‘rsatkichlar
ro‘yxatlarini tatbiq qilish tartibi to‘g‘risida tushintirishlar beradi;
–   mehnat   sharoitlariga   ko‘ra   ishchi   joylarini   atestatsiyadan   o‘tkazishda
metodik yordam ko‘rsatad .
G).     Pensiya   xizmati   ko‘rsatish   va   davlat   ijtimoiy   sug‘urtasi   bo‘yicha
nafaqalar bilan ta’minlash sohasida :
–   pensiyalar,   nafaqalar   va   kompensatsiya   to‘lovlarini   (kompensatsiya
to‘lovlari   bo‘yicha-byudjet   tashkilotlaridan   tashqari)   o‘z   vaqtida   tayinlash   va
to‘lashni amalga oshiradi: 
–   yuridik   shaxs   bo‘lmasdan   tadbirkorlik   faoliyati   bilan   shug‘ullanayotgan
shaxslarga   ,   shuningdek,   dexqon   xo‘jaliklirining   ijtimoiy   sug‘urta   badallarini
to‘layotgan   a’zolariga   xomiladorlik   va   tug‘ruq,   chaqaloq   tug‘ilganligi   bo‘yicha
nafaqalarni   xisoblash   va   to‘lashni,   hamda   dafn   marosimi   uchun   to‘lovni   amalga
oshiradi;
–     “Fuqarolarning   davlat   pensiya   ta’minoti   to‘g‘risida“gi     O‘zbekiston
yuespublikasi   Qonunining   15-moddasiga   muvofiq   mehnatda   mayib   bo‘lganligi
yoki kasb kasalligidan nogironlik bo‘yicha tayinlangan va to‘langan   mablag‘larni
aybdor   yuridik   va   jismoniy   shaxslardan     regress   talab   va     da’volar   asosida
belgilangan tartibda undirib olishni amalga oshiradi;
–   yuridik   shaxs   bo‘lmasdan   tadbirkorlik   faoliyati   bilan   shug‘ullanayotgan,
shuningdek,   dexqon   xo‘jalik   a’zolaridan   tushayotgan   badallarini   xisobini   olib
boradi;
–   yuridik   shaxs   bo‘lmasdan     tadbirkorlik   faoliyati   bilan   shug‘ullanayotgan
shaxslarning , shuningdek shaxsiy yordamchi va dexqon xo‘jaliklarining qoramol
o‘stirish,   hamda   qishloq   xo‘jaligi   faoliyatining   boshqa   turlari   bilan shug‘ullanayotgan a’zolarining mehnat daftarchalarini yuritish va saqlashni amalga
oshiradi;
–   byudjetdan   tashqari   Pensiya   jamg‘armasi   mablag‘larining   maqsadli
sarflanishini nazorat qilish monitoringini olib boradi;
–   mahalliy   davlat   xokimiyati   organlari   bilan   pensiyalar,   nafaqalar   va
kompensatsiyalarni   o‘z   vaqtida   to‘lanishi   bo‘yicha   o‘zaro   yaqin   aloqani   amalga
oshiradi:
– yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va
dexqon xo‘jaliklari a’zolariga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalarni olish xuquqini
beruvchi hujjatlarning xaqqoniyligini tekshiradi:
–   pensiyalar,   nafaqalar   hamda   kompensatsiya   to‘lovlarinig   to‘g‘ri
tayinlanishi va to‘lanishini nazorat qiladi;
– ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan pensiyalar, hamda ijtimoiy sug‘urta
bo‘yicha nafaqalarning to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishini tekshirishga doir nazorat
–taftish ishlarini amalga oshiradi va tashkil qiladi;
–   ishlamayotgan   va   ishlayotgan   fuqarolarga   pensiyalar,   nafaqalar   hamda
kompensatsiya   to‘lovlarini   to‘lash   uchun   mablag‘larga   bo‘lgan   extiyoj   xajmini
aniqlaydi   va   har   oyda,   belgilangan   muddatlarda   mehnat   va   aholini   ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligiga buyurtmalarini  taqdim etadi: 
–   pensiyalar,   nafaqalar   hamda   boshqa   ijtimoiy   to‘lovlarni   tayinlash   va
to‘lash ishlarini tashkil etadi va ularga metodik raxbarlik qiladi:
–   imtiyozli   pensiya   ta’minoti   uchun   xuquq   beruvchi   ishlab   chiqarishlar,
ishlar,   kasblar,   lavozimlar   va   ko‘rsatkichlar   R   o‘yxatlarini   qo‘llash   masalalari
yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro xamkorlik qiladi.
D). Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida :
– ijro etuvchi viloyat , tuman , shahar xokimiyat organlari ishtirokida yolg‘iz
keksa   fuqarolar,   nogironlar   va   davlatning   qo‘llab   quvvatlashga   muxtoj   bo‘lgan
boshqa aholi guruhlariga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi:
–   ijtimoiy   ta’minot   muassasalarida   (“Muruvvat”   va   “Sahovat”   uylarida,
pansionatlarda,   sanatoriyalarda)   yashayotgan   keksa   fuqarolar   va   nogironlarga maishiy   ,   tibbiy   va   madaniy   xizmat   ko‘rsatishni   tashkil   qiladi,   ushbu
muassasalarning moddiy - texnika bazasi mustaxkamlashni ta’minlaydi;
–   yolg‘iz   keksa   fuqarolarga   ijtimoiy   yordam   ko‘rsatish   xizmatlarining
kompleks tarmoqlarini tashkil etadi va ularni ishini nazorat qiladi;
–   aholiga   ijtimoiy   yordam   berish   dasturlarini   moliyalashtirish   uchun
mablag‘lar   jalb   etish   ishlarida   nodavlat,   notijorat   tashkilotlarining   va   boshqa
tashkilotlarning o‘zaro xamkorlik qilishni ta’minlaydi:
–   yolg‘iz   keksa   fuqarolar,   pensionerlar   va   nogironlarga   ijtimoiy   yordam
ko‘rsatuvchi nodavlat xizmatlar tashkil etishga ko‘maklashadi, hamda ularning ishi
ustida nazoratni ta’minlaydi;
–   o‘ziga   qarashli     tashkilotlarning   aholiga   ijtimoiy   yordam   ko‘rsatish
dasturlarini   moliyalashtirish   extiyojlardan   kelib   chiqqan   holda   amalga
oshiriladigan  ishlarini, shu jumladan ularning tijorat faoliyatini muvofiqlashtiradi.
3. Mehnat   bozori   infratuzilmasi   sub’ektlari   sifatida,   turli   ijro   etuvchi
hokimiyat   organlari   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   bilan   o‘zaro   aloqadorlikda
faoliyat   yuritadilar,   masalan,   yoshlar   ishi   bo‘yicha   Qo‘mita,   ta’lim   bo‘yicha
Qo‘mita va hokazo.
4. Mehnat   sohasidagi   yollanma   ishchilarning   birlashmalari   -   kasba
uyushmalari.
5. Mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibiga:   nodavlat   ish   bilan   bandlik
xizmatlari, tijorat mehnat birjalari va kadrlar agentliklari; ishchi kuchini tayyorlash
va   qayta   tayyorlash   bo‘yicha   o‘quv   markazlari;   tijorat   ish   bilan   bandlik   xizmati
birlashmalari;   ish   beruvchilar   assotsiatsiyasi,   kadrlarga   maslahat   markazlari;
mehnat bozori haqida axborot tizimi va boshqalar kiradi.
6. Yangi ming yillikda mehnat bozori infratuzilmasi sub’ekti bo‘lib, internet
tarmog‘idagi   mehnat   birjalari   hisoblanadi.   Internet   tarmog‘idagi     mehnat
birjalaridan   aholining   keng   qatlami   ish   bilan   bandlikka   oid   ma’lumotlardan   keng
miqyosda foydalanishlari mumkin. Qisqacha xulosalar
Mehnat bozori infratuzilmasi ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi tashkiliy
tuzilmalarni, normativ-huquqiy muhitni o‘z ichiga oladi, ular ishchi kuchiga talab
va   taklif   o‘rtasidagi   eng   samarali   hamkorlikni   ta’minlovchi   iqtisodiy-moliyaviy
hamda   axborot     mexanizmlarni   vujudga   keltiradi   hamda   aholining   samarali   ish
bilan bandligini shakllanishi va ishsizlikni kamayishiga bevosita ta’sir etadi. 
Bozor   munosabatlari   rivojlanishi   sharoitida   har   qanday     iqtisodiy
munosabatning   tashkiliy-iqtisodiy   bazasiz   amalga   oshishi   mushkul.   Mehnat
munosabatlari   amalga   oshishining   shunday   asoslari   birinchi   navbatda   qanday
darajadagi   infratuzilmaning   mavjudligi,   infratuzilmaning   mehnat
munosabatlarining  barqaror  rivojlanishiga  ijobiy  ta’siri,  mehnat   sohasidagi   huquq
va kafolatlarning amalga oshishida ko‘mak va imkon berishi bilan belgilanadi.  
 Shuning uchun ham mehnat bozorining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun
uning   infratuzilmasini   rivojlantirish   kerak.   Mehnat   bozori   infratuzilmasi   –   ish
beruvchi   va   yollanuvchi   o‘rtasidagi   eng   samarali   o‘zaro   hamkorlikni
ta’minlaydigan   davlat,   nodavlat,   jamoat   tashkilotlari   va   jamg‘armalari   kabilardir.
Infratuzilma ish kuchining bahosi, mehnat sharoiti, xodimlarni tayyorlash va qayta
tayyorlash   xususida   ish   beruvchi   bilan   xodim   o‘rtasidagi   munosabatlarni   tartibga
solish,   shuningdek,   mehnat   bozorida   ish   beruvchilar   bilan   yollanma   xodimlar
huquqlarini himoya qilish jarayonlarini tashkil etishi va tartibga solishi lozim. Adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.:O‘zbekiston, 2003.  
2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.-T.:Adolat, 2007.  
3. O‘zbekiston Respublikasining Aholini ish bilan ta’minlash     to‘g‘risidagi
Qonuni. (yangi tahrirda). -T.: 1998.
4.   Abdurahmonov   Q.X.,   Xolmo‘minov   Sh.R.   Mehnat   iqtisodiyoti   va
sotsiologiyasi   (o‘quv   qo‘llanma).   -T.:   “O‘zbekiston   yozuvchilar   uyushmasi
Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti”, 2004.-207 b. 
5. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). - T.: “Mehnat”,  2009.
6.   Abdurahmonov   Q.X.,   Mamarasulov   F.U.   Aholining   ish   bilan   bandligini
infrastrukturasi. - T.: “TDIU”, 2000. 
7. Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. Mexnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi.
-  T.: “O‘qituvchi”, 2001.
8.   Barr   N.   R ы nok   truda   i   sotsialnaya   politika   v   Sentralnoy   i     Vostochnoy
Yevrope.  -  M. :  1997.
9.  Varfolomeeva O.A. Stanovlenie infrastruktur ы  r ы nka truda v perexodnoy
ekonomike. -  SPb., Izdatelstvo SP b UEF. 2001.
10.   Verian   X.R.   Mikroekonomika.   Promejutochn ы y   uroven.   Sovremenn ы y
podxod.  -  M.: Izdatelstvo  “ YuNITI ”,  1997. 
11.   R ы nok   truda:Uchebnoe   posobie/Pod.obsh.red.Abduraxmonova   K.X.,
Odegova Yu.G. – T.: TFREA, 2009.
12.   Vinokurov   M.A.   Trudov ы e   resurs ы   regiona   i   r ы nok   truda.   -   Irkutsk:
Izdatelstvo   “ Irkutskogo un-ta ” . 1991.

«MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI» FANINING MOHIYaTI, PREDMETI VA MAZMUNI Reja: 1. Mehnat bozori infratuzilmasi kategoriyasining mazmuni va mohiyati 2. « Mehnat bozori infratuzilmasi » fanining ma qsadi, vazifalari, predmeti va tamoyillari 3. Mehnat bozori infratuzilmasining darajaviy bo‘limlari

Bozor munosabatlari tizimida mehnat bozori muhim o‘rinni egallaydi. Mana shu bozorda mehnatga qobiliyatli kishilar va davlat biror bir jamoa va xususiy tashkilotlarning nomidan ish ko‘ruvchilar va ish beruvchilarning manfaati to‘qnash keladi. Mehnat bozorida vujudga keladigan munosabatlar yaqqol ifodalangan ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lib, ular mamlakat aholisi ko‘pchiligining muhim ehtiyojlariga daxldor bo‘ladi. Mehnat bozori mexanizmi orqali aholining ish bilan bandligi va mehnatga haq to‘lash darajalari belgilanadi. Mehnat bozorida ro‘y berayotgan jarayonlarning jiddiy oqibati ishsizlik bo‘lib, u umuman olganda salbiy hodisa hisoblansa ham, lekin amalda jamiyat hayotining muqarrar natijasidir. Aholining ish bilan bandligi uning takror ishlab chiqarilishi uchun zarur shartdir, chunki kishilarning turmush darajasi, kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga, ularni ishga joylashtirishga, ishdan mahrum bo‘lib qolgan kishilarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turishga sarflanadigan xarajatlarning barchasi ana shu aholining ish bilan bandligiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham aholining ish bilan bandligi, ishsizligi, mehnat faoliyati uchun zarur resurslar va umuman mehnat bozori singari muammolar mamlakat iqtisodiyoti uchun dolzarb bo‘lib, ular tarmoqlararo funksional tizim hisoblanadi. Respublikamizda bozor islohotlari jarayonlarini avj oldirish hozirgi kunda mehnat bozori sub’ektlarining yangi mehnat tuzilmalariga bo‘lgan qiziqishlarini va yangi maqsadlari shakllanishi jarayonlari faol avj olishiga olib kelmoqda hamda ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif shakllanishini yuzaga keltirmoqda. Bir vaqtning o‘zida mehnat bozori sub’ektlarining o‘zaro aloqalarini jamoa- shartnomaviy va normativ-huquqiy bazalarini doimiy rivojlantirish, mehnat bozori infratuzilmalarini kelgusida rivojlantirishni talab qiladi. Bozor munosabatlari sharoitida har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshirish samarasizdir. Shuning uchun ham mehnat bozori infratuzilmasidagi ish faoliyatini tashkil qilish asoslarini ilmiy asosda yoritish samarali mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini oshiradi. Mehnat bozorini to‘liq ishlashi uchun rivojlangan infratuzilmani shakllantirish lozim.

Mehnat bozori faoliyat ko‘rsatishining sifat ko‘rsatkichlarini eng muhim mezoni uning infratuzilmasining rivojlanish darajasidir. Infratuzilma iqtisodiyotda turli xo‘jalik tizimlari va bu tizimlardagi asosiy sub’ektlar o‘rtasida faol o‘zaro aloqadorlikni ta’minlash uchun shart-sharoit yaratishi zarur. Mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini yoritib berishda ko‘pgina ilmiy adabiyotlarda mehnat bozori infratuzilmasi ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi davlat va nodavlat muassasalar tizimini, korxona va firmalarning kadrlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlarini, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarini, mehnat bozoridagi talab va taklif o‘rtasidagi samarali o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashni o‘z ichiga oluvchi mehnat bozori tarkibiy qismi sifatida ifodalanadi. Ba’zi iqtisodchi olimlarning qarashlarida mehnat bozori infratuzilmasi mohiyatini ifodalashda quyidagi ta’riflarni uchratish mumkin : «kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, bandlik jamg‘armalari, reklama bilan shug‘ullanuvchi firmalar va boshqalar» 1 . D.S.Cherneykoning fikricha : «mehnat bozoridagi jami iqtisodiy, huquqiy va boshqaruv institutlari, tashkilotlar va faoliyat turlari uning funksiyalarini amalga oshirilishida ko‘maklashishi zarur» 2 . Shuningdek, Varfolomeeva O.A. ta’kidlaydiki : «Mehnat bozori infratuzilmasi – bandlikka ko‘maklashuvchi institutlar tizimi va boshqarish mexanizmlari sifatida mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi iqtisodiy jihatdan foydali o‘zaro hamkorlikni ta’minlovchi tizimdir» 3 . Mehnat bozori infratuzilmasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritib berishda Abdurahmonov Q.X. aniq ta’rifni bergan. Unga muvofiq mehnat bozori infratuzilmasi – davlat muassasalarini, ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi nodavlat tuzilmalarini, korxona va firmalarning kadrlar xizmatini, jamoat 1 Рофе А.И., Збўшко Б.Г., Ишин В.В. Рынок труда, занятость населения, экономика ресурсов для труда. - М. : 1994. – С. 154. 2 Чернейко Д.С. Формирование рынка труда: опыт, проблемы. - СПб.: СП6ГУЭФ, 1999. – С. 122. 3 Варфоломеева О.А. Становление инфраструктурў рўнка труда в переходной экономике. - СПб., Издательство СПвУЭФ. 2001. – С. 25.

tashkilotlari va jamg‘armalarini, ish kuchini talab va taklif qilish o‘rtasidagi eng samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlovchi normativ-huquqiy muhitni o‘z ichiga oladi, ular ishchi kuchiga ehtiyoj bilan taklif o‘rtasidagi eng samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi 4 . Mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini yoritib berishda uning qo‘yidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish zarur : 1. Mehnat bozori infratuzilmasi – bu ko‘p funksiyali tizim bo‘lib, aholining ish bilan bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyalashning turli xil tashkiliy shakl va usullaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi ; 2. Mehnat bozori infratuzilmasidagi institutlar va tashkilotlar mehnat bozorini boshqarishda huquqiy, moliyaviy – iqtisodiy va axborot mexanizmlarini yuzaga keltiradi ; 3. Infratuzilma tarkibidagi (aholining ish bilan bandligiga ko‘maklashuvchi) ob’ektlar va mexanizmlar mehnat bozorining samarali shakllanishi va rivojlanishi uchun qo‘lay shart-sharoitlarni yaratilishiga qaratilmog‘i zarur. Mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini quyidagicha talqin etamiz : mehnat bozori infratuzilmasi – bu ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi davlat va nodavlat muassasalarini, korxona va firmalardagi kadrlar bo‘limlarini, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarini, ishchi kuchini talab va taklif qilish o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi va o‘zaro hamkorlikni ta’minlovchi normativ-huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy va axborot mexanizmlari muhitini o‘z ichiga oluvchi mehnat bozorining tarkibiy qismidir. Mehnat bozori infratuzilmasi institutlar tizimi sifatida, davlat va nodavlat ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi tuzilmalar va mexanizmlar, mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishi uchun huquqiy, moliyaviy va iqtisodiy jihatdan tartibga solishda qo‘lay shart-sharoitlarni ta’minlaydi. 4 Абдурахмонов Қ .Х. Ме ҳ нат и қ тисодиёти (дарслик). - Т.: - «Ме ҳ нат» - 2004. -145 б.

1.2. « Mehnat bozori infratuzilmasi » fanining ma qsadi, vazifalari, predmeti va tamoyillari Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat munosabatlari amalga oshishining shunday asoslari birinchi navbatda qanday darajadagi infratuzilmaning mavjudligi, infratuzilmaning mehnat munosabatlarining barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’siri, mehnat sohasidagi huquq va kafolatlarning amalga oshishida ko‘mak va imkon berishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham mehnat bozorining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun uning infratuzilmasini rivojlantirish kerak. Mehnat bozori infratuzilmasi – ish beruvchi va yollanuvchi o‘rtasidagi eng samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydigan davlat, nodavlat, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalari kabilardir. Infratuzilma ish kuchining bahosi, mehnat sharoiti, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash xususida ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, mehnat bozorida ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar huquqlarini himoya qilish jarayonlarini tashkil etishi va tartibga solishi lozim. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini boshdan kechirayotgan mamlakatlar singari O‘zbekistonda ham mehnat bozorini samarali boshqarish va uning infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq yechimini topish lozim bulgan bir qator muammolar mavjud. Ularning asosiylari sifatida mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishining mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlash, davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini ta’minlash, nodavlat ish bilan bandlik xizmatlarini yaratish, mehnat bozorida hududiy axborot tizimlarini takomillashtirish, mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanish istiqbollarini belgilash kabi muammolarni alohida qayd etib o‘tish lozim. Fanning maqsadi – bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida respublikamizda mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishi bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: