logo

MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI TAShKILIY TARKIBLARI FAOLIYaTLARINING ISTIQBOLLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

234.98828125 KB
MEHNAT BOZORI  INFRATUZILMASI TAShKILIY TARKIBLARI
FAOLIYaTLARINING ISTIQBOLLARI
REJA
1.   I sh   bilan   bandlik   xizmati   shakllanishining   zamonaviy   tashkiliy
tuzilmasi
2.   Ish bilan   bandlik xizmati organlari faoliyatlarining turli darajalarini
o‘z ichiga oluvchi funksional tuzilmalar
1 1.   I sh bilan bandlik xizmati shakllanishining zamonaviy tashkiliy 
tuzilmasi
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining eng keskin va muhim muammolaridan
biri bu – aholining oqilona ish bilan bandligini ta’minlash hisoblanadi. 
Mehnat     bozorini   tartibga   solish   bu   boradagi   tashkiliy-huquqiy   negizlarni
shakllantirish   O‘zbekistonda   iqtisodiy   islohotlarning   birinchi   bosqichidan   amalga
oshirildi.
Iqtisodiy   islohotlarning   ikkinchi   bosqichi   vazifalaridan   biri   esa,   aholini
kichik   va   xususiy   biznesga   ko‘proq   jalb   etish,   mamlakatda   tadbirkorlar   va
mulkdorlar qatlamini shakllantirish hamda shu orqali aholining ish bilan bandligini
ta’minlashga erishishdan iborat bo‘ldi.
Mehnat bozorini rivojlantirishning uchinchi bosqichida                                   (2001-
2005y.y.)   quyidagi   vazifalarni   amalga   oshirish   ko‘zda   tutildi;   ishchi   kuchiga
talabni   oshishi   va   uning   taklifini   kamayishiga   yo‘naltirilgan   tadbirlarni   amalga
oshirishni ko‘paytirish; ish bilan bandlik xizmati va uning infratuzilmasida qudratli
va   tez   rivojlanuvchi   tizimni   yaratish;   aholining   oqilona   ish   bilan   bandligini
shakllantirish;   ishsizlikni   yo‘l   qo‘yiladigan   darajasigacha   qisqartirish;   ish   bilan
band   bo‘lmagan   mahalliy   xodimlarning   malakasi,   raqobatbardoshligi,   ijtimoiy
himoyasi va eksportini oshirish, mehnat   bozorida ish bilan bandlik va ishsizlikni
tartibga   solishning   samarali   tashkiliy   –   iqtisodiy   va   huquqiy   mexanizmlarini
yaratish va h.k. 1
.
Mehnat bozorini rivojlanishining uchinchi bosqichida yuqorida qayd etilgan
vazifalarni   bajarish   ijtimoiy   yo‘naltirilgan   mehnat   bozorining   shakllanishiga   olib
keldi.
O‘zbekistonda ishchi  kuchining yillik o‘sish darajasi ancha yuqoridir, ya’ni
2,2 – 2,3% atrofidadir.   Bu esa ,   har yili kamida 4-5 foiz darajada yangi ish joylari
yaratishni talab qiladi. Shunga     qaramasdan, mehnat bozorida ish bilan bandlikka
ko‘maklashuvchi   tashkiliy   va   institutsional   tuzilmalar   vositachiligida   faol   davlat
1
 Холмўминов Ш.Р. Меҳнат бозори иқтисодиёти (ўқув қўлланма). -Т.: 2004. 62-63 б.
2 siyosatining   yuritilishi   mehnatga   layoqatli   aholini     yuqori   darajada   ish   bilan
bandligini ta’minlashga qaratilgandir.
Ish bilan b andlik xizmatining yillar davomida rivojlanishi davrida qonunlar,
talablar   hamda   ijtimoiy-iqtisodiy   holatlar   o‘zgarmoqda,   shunga   mos   ravishda
faoliyat   yo‘nalishlari   o‘zgarishiga   batafsil   va   aniq   tuzatishlar   kiritilmoqda.   Biroq
davlat ish bilan bandlik xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi shakllanib borishi
va   rivojlanishi   ko‘p   yillar   davomida   deyarli   o‘zgarishsiz   qolmoqda.   Hududiy
darajada   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   shakllanishining   zamonaviy   tashkiliy
tuzilmasi   ish   bilan   bandlikka   ko‘maklashish   bo‘yicha   bir   qator   yangi   bo‘limlar
tashkil etilishini talab etadi (13.1-rasm).
O‘zbekistonda   mehnat   bozorida   yuzaga   kelayotgan   ijtimoiy-iqtisodiy   va
demografak holatlar hamda ularning o‘zgarishi ish bilan bandlikka ko‘maklashish
sohasidagi tashkiliy tuzilmalar faoliyatiga sezilarli ta’sir etmoqda.
Mehnat salohiyatini tez sur’atlar bilan o‘sishi ish bilan bandlikni ta’minlash
muammosini   ko‘ndalang   qilib   qo‘ymoqda.   Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati
organlarida   bo‘sh   ish   joylari   mavjud.   Ayrim   davrlarda   ishchi   kuchiga   bo‘lgan
talabning qoniqtirilmaganlik darajasi rasmiy ishsizlar sonidan 1,3-1,5 marta ortadi.
Bu   asosan,   ishchi   kuchiga   talab   va   taklifning   sifat   ko‘rsatkichlari   bilan   mos
tushmaganligi sabablidir. 
Keyngi   yillarda   bo‘sh   joylar   soni   nisbatan   kamaydi,   biroq   talab   va   taklifni
sifat nuqtai-nazaridan  muvofiqlashtirish muammosi saqlanib qolmoqda, bandlikka
ko‘maklashish   markazlariga   malakali   ishchilar   oqimining   ortishini   hisobga
oladigan   bo‘lsa,   bu   muammo   kuchayishi   mumkin.   O‘zbekiston   Respublikasi
Mehnat   va   aholini     ijtimoiy   muhofaza   qilish   Vazirligi   hisob-kitoblariga   ko‘ra,
O‘zbekistonda   ishsizlikning   real   darajasi   iqtisodiy   faol   aholi   sonining   3,8-5   %ni
tashkil etadi. Jahon amaliyotida ishsizlikning chegaraviy yuqori darajasi etib, 10%
hisoblanadi 1
.
Hozirgi   vaqtda   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   faoliyatining   samaradorligi
chegaralangan   doiradagi   ko‘rsatkichlar   bilan   baholanmoqda.   Bunda   gap   qoida
1
 Ўзбекистон иқтисодиёти. –Т.: 2005. -14 б.
3 sifatida   ish   bilan   band   bo‘lganlar   haqida   emas,   balki   ish   bilan   band   bo‘lmagan
aholi   haqida   borayapti.   Ish   bilan   bandlikni   ta’minlash   holatini   baholashning
mezoni ishsizlik  darajasining o‘zgarishi  hisoblanib, agarda u kamaysa – ish bilan
bandlik   xizmatining   faoliyati   samarali,   agarda   u   oshsa   –   samarasiz   hisoblanadi.
Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   faoliyatining   samaradorligini   baholashda   asosiy
ko‘rsatkichlar ishsizlik darajasining o‘zgarishi va ishsizlikning davomiyligi bo‘lib
hisoblangan. 
4 5 Ishsizlik darajasi va uning davomiyligini pasayishi ish bilan bandlik xizmati
faoliyatining   muvoffaqiyatli   ekanligini,   ishsizlik   darajasi   va   davomiyligini
turg‘unligi   yoki   o‘sishi   uning   faoliyat   samaradorligi   pasayishini   va   salbiy   xulosa
chiqarish zarurligini ifodalaydi.
Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   va   uning   tumanlardagi   bandlikka
ko‘maklashish markazlari xodimlari bilan mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishi
bo‘yicha   sotsiologik   so‘rovlar   asosida   tadqiqotlar   o‘tkazish   uning   kelgusida
rivojlanishi uchun tegishli xulosalar chiqarish imkonini beradi. 
Sotsiologik so‘rovning maqsadi ish bilan bandlikka ko‘maklashish tashkiliy
tuzilmalari   faoliyatlarini       takomillashtirish   va   kelgusida   rivojlantirish   istiqbollari
haqida ularning fikrlarini aniqlash hisoblanadi. 
Sotsiologik   so‘rov   natijalariga   asosan   ish   beruvchilarga   malakali   kadrlar
zarur  bo‘lganda ko‘proq malakali  kadrlarning o‘ziga (32%), oliy o‘quv yurtlariga
(27%)   va   mehnat   bo‘limlarida   (17,5%)   murojaat   qilishlarini   bildirganlar.
Ko‘pchilik   respondentlarning   Samarqand   Kadrlar   Agentligi   haqida   to‘liq
axborotga   ega   bo‘lmaganliklari   sababli   respondentlarning   2   %i   ushbu   agentlikka
malakali kadrlarga zarurat yuzasidan murojaat qilishlarini bildirganlar. 
Shuning bilan birga mazkur ish beruvchilarning fikricha, yangi ish joylarini
tashkil   qilish,   ishlab   chiqarish   va   xizmatlar   hajmini   kengaytirishga   to‘sqinlik
qiluvchi   quyidagi   asosiy   sabablar   mavjud:   kredit   olishning   murakkabligi   (15%),
ma’muriy   buyruqbozlikning   mavjudligi   (19,5%),   asosiy   ishlab   chiqarish
vositalarining   qimmatligi   (10%),   xom   ashyoning   yetishmasligi   (13,5%),   bank
kreditlari   foiz   stavkalarining   yuqoriligi   (24%)   va   boshqalar.   Ma’lumki,   mehnat
bozori   infratuzilmasining   rivojlanishi   iqtisodiyot   tarmoqlari   rivojlanishi   bilan
chambarchas   bog‘liqdir.   Iqtisodiyot   tarmoqlari   rivojlanishida   to‘sqinlik   qiluvchi
yuqorida   keltirilgan   sabablar   muqarrar   ravishda   ishsizlik   sonini   oshishiga   olib
keldi. 
Tadqiqotlarning   ko‘rsatishicha,   ishsizlik   nafaqasining   kamligi   (8,5%),
ishsizlarning   kasbi   va   malakasi   bo‘yicha   ish   joyining   qoniqtirmasligi   (29%),
ishsizlikning uzoq davom etishi (9%), bo‘sh ish joyi haqida aniq ma’lumotlarning
6 yetarli emasligi (13,5%), taklif etilgan ish joyida ish haqining pastligi (36,5%) kabi
sabablarga   ko‘ra,   ishsizlar   ish   topish   maqsadida   mehnat   bozori   infratuzilmasi
tashkilotlari xizmatidan foydalanishni xohamaydilar. 
Respublikamizda   ko‘p   ukladli   iqtisodiyotning   shakllanib   borishi   ish   bilan
bandlikka ko‘maklashish sohasida nodavlat ish bilan bandlik xizmati rivojlanishiga
zamin yaratmoqda. 
Rivojlangan   mamlakatlar   tajribasidan   ma’lumki,   turli   yo‘nalishlarda
ixtisoslashgan   mehnat   birjalarining   shakllanishi   va   rivojlanishi   oqilona   ish   bilan
bandlikni ta’minlashning muhim asosi hisoblanadi. 
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishida   quyidagi   tadbirlarni   amalga
oshirish eng dolzarb hisoblandi: ish bilan bandlik xizmati qoshida hududiy axborot
tizimini yaratish (18%), axborot almashtirishning qulay shart-sharoitlarini vujudga
keltirish   (5,5%),   bo‘sh   ish   joylari   yagona   axborotlar   bankini   yaratish   (18,5%),
rivojlangan   mamlakatlar   tajribasidan   foydalanish   (23,5%),   ish   bilan   bandlik
xizmati rivojlanish mezonlari va ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
kiritish (18,5%), rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish (14%) va boshqalar.
Mehnat   bozori   infratuzilmasining   samarali   shakllanishi   va   rivojlanishida
quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni alohida ahamiyatga ega: 
1.   O‘zbekiston   Respublikasi   «Aholini   ish   bilan   ta’minlash   to‘g‘risida»
Qonunda   ko‘rsatilgan   maqsadlardan   kelib   chiqqan   holda   ish   bilan   bandlik
xizmati organlari faoliyatining strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha: 
1.1. Ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   tomonidan   ish   bilan   bandlik
dasturini   strategik   rejalashtirish   jarayonida   kelajakdagi   potensial   ishchi   kuchi
taklifi   (korxonalardan   ozod   etilayotganlar,   o‘quv   yurtlarini   bitiruvchilar,   harbiy
qismdagilar, maktab bitiruvchilari va boshqalar) haqida aniq va to‘liq ma’lumotlar
asosida xulosa berish zarur.
1.2.   Malakali   mutaxassislarning   rezyuma   bo‘yicha   ma’lumotlar   bankini
yaratish va ularning individual sifat tarkibining turli xilligini ta’minlash.
1.3. Korxonalarning buyurtmasiga ko‘ra maqsadli kasbga o‘qitish va qayta
o‘qitishni tashkil etish.
7 1.4. Korxona   va   firmalarda   xodim   ish   joyining   ish   haqi   bo‘yicha   uni
qanoatlantirish darajasini ishlab chiqish.
1.5. Ish   haqi     va   boshqa   qonuniy   daromadlar   chegarasini   kun   kechirish
uchun zarur bo‘lgan miqdordan kam bo‘lmasligini ta’minlash.
1.6. Yoshlarni   mehnatga   o‘rgatish   bo‘yicha   harakatlarni   faollashtirish,
ularni yoppasiga kasbga yo‘naltirish siyosatini ishlab chiqish.
1.7. Ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   bo‘lgan   fuqarolarni   ishga   joylashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar yaratish.
2.   Ish   bilan   b andlik   xizmati   organlari   faoliyatining   yo‘nalishlarini
takomillashtirish bo‘yicha:
2.1.   Ish   bilan   b andlik   xizmati   organlari   xodimlari   tomonidan   mijozlarning
quyidagi guruhlari bilan ishlashda  tabaqalashtirilgan tarzda va individual  jihatdan
yondashish:   maktab  o‘quvchilari;  harbiy  xizmatdan  ozod  etilgan  fuqarolar;  o‘quv
yurtlari  bitiruvchilari va boshqalar.
2.2.   Ish   bilan   b andlik   xizmati   organlari   ishini   ish   bilan   band   bo‘lgan
fuqarolar, haqiqatda ish izlayotganlar va ishsizlar bilan ishlashga bo‘lish.
2.3. Ish beruvchilar bilan ishlashda korxonada ish bilan bandlik masalalariga
tegishli   turli   xil   jarayonlarni   istiqbollashtirishdan   tortib,   korxonani
modernizatsiyalash,   rivojlantirishda   maxsus   buyurtmalarni   bajarish   uchun
xodimlarni   maqsadli   tayyorlashgacha   bo‘lgan   jarayonlar   bo‘yicha   samarali
metodikani ishlab chiqish.
2.4.   Ish   bilan   b andlik   xizmati   organlarining   eng   faol   yo‘nalishlardagi
faoliyatlari bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytirish uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj
bo‘lgan   fuqarolar,   ya’ni   nogironlar       va   pensiya   oldidagi   yoshda   bo‘lganlarni
kamaytirish orqali ularga sarflanadigan moliyaviy mablag‘larni tejash.
Ish bilan b andlik xizmati organlari faoliyatining asosiy maqsadi-fuqarolarni
ishga   joylashtirishga   ko‘maklashish,   ishlashni   x o h laydigan   va   tezda   unga
kirishmoqchi   bo‘lganlarga   qaratilgandir.   Yuqorida   keltirilgan     kategoriyadagi
fuqarolarni,   kam   ta’minlanganlarni   moddiy   jihatdan   qo‘llab-quvvatlash   ijtimoiy
ta’minot   xizmatiga   muvofiq   moddiy   qo‘llab-quvvatlash   ob’ekti   bo‘lishi   zarur.
8 Aholini   ish   bilan   ta’minlashga   ko‘maklashish   Davlat   jamg‘armasi   mablag‘lari
mehnatga   layoqatli   fuqarolarni   ish   bilan   bandligiga   ko‘maklashish   bo‘yicha   faol
ish bilan  bandlik siyosati o‘tkazishga taqsimlanishi zarur.
2.5.   Ish bilan b andlik xizmati  organlarining mijozlar  bilan  ishlash   doirasi ni
kengaytirish,   masalan,   nafaqa   tayinlashda   kishini   puxta   tekshirish   yoki   aldov
yo‘llari bilan nafaqa olayotganlarni muntazam nazorat qilish.
3.   Ish   bilan   b andlik   xizmati   organlari   faoliyat   samaradorliklarining
ko‘rsatkichlariga baho berish bo‘yicha: 
3.1.   Barcha bo‘limlar uchun axborotga ega bo‘lishni ta’minlash.
3.2. Bo‘limlar   o‘rtasida   hamda   tuman   mehnat     bo‘limlari   o‘rtasida   tajriba
almashish jarayonini tashkillashtirish.
3.3.  Tuman   mehnat   bo‘limlari   faoliyatlarining   samaradorligini   baholash   va
muntazam nazorat etish.
4.   Mehnat   bozori   holatiga   baho   berishda   uning   mezonlari   va
ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha:
4.1. Ish joylarining soni va holatini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish
zarur. Iqtisodiyot taromoqlarida yuzaga kelayotgan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida
korxonalardagi   mavjud   ish   joylarining   hammasi   ham   sharoiti   va   ish   haqi   to‘lovi
bo‘yicha maqbul hisoblanmaydi.
4.2.   Ishchining   mehnat   unumdorligini   oshirish   bo‘yicha   uning   ish   joyi
xarakteriga muvofiqligini aniqlash uchun metodika ishlab chiqish.
4.3.   Korxonalarda   kadrlar   ko‘nimsizligini   kamaytirish   bo‘yicha   chora-
tadbirlarni ishlab chiqish.
5.   Davlat   va   nodavlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari
faoliyatlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha: 
5.1. Viloyat davlat ish bilan bandlik xizmati organlari va Samarqand  K adrlar
A gentligi o‘rtasida tajriba almashishni tashkil etish.
5.2. Davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmati organlari o‘rtasida yagona
bo‘sh ish o‘rinlari bankini  vujudga keltirish hamda axborotlar  almashishni  yo‘lga
qo‘yish.
9 5.3.   Yuqori   malakali   (eksklyuziv)   kadrlar   bo‘yicha   ikki   tomonlama
ma’lumotlar bankini tuzish.
5.4.   Ish   bilan   bandlikka   ko‘maklashish   sohasida   faol   ish   bilan   bandlik
siyosatini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni ta’minlash.
5.5.   Aholini   ish   bilan   ta’minlashda   tarmoqlardagi   kasbiy   malaka   bo‘yicha
ixtisoslashish.
Yuqorida  keltirilgan fikr-mulohazalar  bo‘yicha quyidagicha xulosa chiqarish
mumkin;   ish   bilan   bandlik   xizmati   tizimida   yangicha   strategiya   ishlab   chiqish
zarur,   shunday   ekan,   yangi   masalalarni   bajarishni   ta’minlashda   yangi   ish   bilan
bandlik   xizmatining   tashkiliy   tuzilmasini   yaratishga   ehtiyoj   seziladi.   Shuning
uchun   bugungi   iqtisodiy   o‘zgarishlar   qat’iy   ravishda   zarur   bo‘lgan   eng   muhim
islohotlarni   o‘tkazish   kerakligini   va   ish   bilan   bandlik   xizmatining   tez   sur’atlar
bilan rivojlanishini talab etmoqda.
2.   Ish bilan  bandlik xizmati organlari faoliyatlarining turli darajalarini 
o‘z ichiga oluvchi funksional tuzilmalar
Ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   faoliyatlarining   turli   darajalarini   o‘z
ichiga   oluvchi   va   belgilangan,   bir-biriga   yaqin   masalalarni   bajarilishini
ta’minlovchi   funksional   tuzilmalar   tuzish   zarur.   Bu   funksional   tuzilmalarning
yaratilishi   mehnat   bozorida   samarali   davlat   siyosatini   yuritishning   tashkiliy   asosi
bo‘lib   hisoblanadi.   Shuningdek,   funksional   tuzilmalar   faoliyatining   belgilangan
masalalar bo‘yicha maqsadidan kelib chiqqan holda o‘zaro birikishi ular o‘rtasida
aloqadorlikni   mustahkamlaydi   va   funksiyalar   takrorlanishini   minimumgacha
tushirishni ta’minlaydi.
Shunday   qilib,   aniq   belgilari   bo‘yicha   bir   qancha   tashkiliy   bloklarning
o‘zaro   aloqadorligini   o‘z   ichiga   oluvchi   tashkiliy   tizimlar   quyidagilardan   iborat
bo‘lishi kerak:
10 - ishga   joylashtirish   imkoniyatlarini   rivojlantirish,   ish   bilan
bandlik dasturi hamda ishga joylashtirishga kumaklashish bo‘yicha tashkiliy
tizim;
- statistik   tadqiqotlar   o‘tkazish,   mehnat   bozorini   tahlil   qilish   va
istiqbollashtirish va sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy tizim;
- ish   bilan   bandlik       xizmatining   rivojlanishi,   personalni
boshqarish,   ish   bilan   bandlikka   ko‘maklashni   moliyalashtirish   bo‘yicha
tashkiliy tizim;
- ixtisoslashgan   ish   bilan   bandlik   (adminstrativ   –   boshqaruv
xodimlarini   ishga   joylashtirish   masalalari,   migrantlar,   nogironlar,   qishloq
aholisi,  jamoat ishlari, vaqtinchalik ishga joylashtirish).
Yuqorida   keltirilgan   tuzilmaviy   tizimlar,   bir   tomondan   –   funksiyalar
bajarilishining   bir   xilligi   bo‘yicha,   ikkinchi   tomondan   –   aloqa   turi   bo‘yicha   turli
darajalardagi aloqalarni yuzaga keltiradi.
Hududiy   darajadagi   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlarining   ierarxik
(pog‘anali)   tuzilishi   viloyat   Mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   Bosh
boshqarmasi va uning joylardagi mehnat bo‘limlaridan iboratdir. 
Hududiy   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   alohida   yo‘nalishlar   bo‘yicha
ixtisoslashgan   bo‘limlar   ko‘rinishidagi   tashkiliy   tuzilmalar   safatida     iborat
bo‘lmasligi kerak. Chunki, alohida funksional yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashgan
bo‘limlarning   mavjudligi     ular   o‘rtasida   tajriba   va   axborot   almashish
samaradorligini pasaytiradi.
Shunday ekan, ish bilan bandlik xizmati organlari bir qancha yo‘nalishlarni
birlashtiruvchi alohida bloklardan iborat bo‘lishi zarur (3.3-rasm).
Hududiy   ish   bilan   bandlik   xizmati   va   uning   joylardagi   mehnat   bo‘limlari
o‘rtasida   samarali   munosabatlarni   ta’minlash   hamda   mehnat   bo‘limlari
mutaxassislari   ishlarining   samaradorligini   oshirish   uchun   joylardagi     mehnat
bo‘limlari ish faoliyatlarini qayta qurish zarur.
Tuman   bandlikka   ko‘maklashish   markazlarining   ishsizlar   bilan   ishlashi
alohida   funksional   qismlari   faoliyati   yakka   tartibda   va   aniq   izchillikda   olib
11 boriladi.   Ishsizlar   bilan   ishlashning   birinchi   bosqichida   bandlikka   ko‘maklashish
markazlariga   murojaat   qilgan   kishi   ishsiz   sifatida   ro‘yxatga   olingandan   keyin,
ishga   joylashtirish   bo‘yicha   inspektor   mos   ish   joyini   izlaydi.   Inspektorning   bu
faoliyati   1-1,5   oyni   tashkil   etadi.   Keyingi   bosqichda   mijozning   ish   bilan   band
bo‘lmaganlik   (agarda   u   ishlayotgan   bo‘lmasa)   sabablari   aniqlanadi.   Bunda   ishsiz
fuqaro kasbga yo‘naltirilishi yoki qayta o‘qitishga yuborilishi mumkin. Bu jarayon
1   haftadan   1   oygacha   muddatni   olishi   mumkin.   Ishsiz   bilan   ishlashning   keyingi
davriga 1,5 dan 2 oygacha vaqt ketishi mumkin. Demak, mijozning ishsiz sifatida
ro‘yxatda bo‘lish davri o‘rtacha 5 oy chegarasida tebranib turadi 1
.
1
 Муаллиф томонидан ўтказилган тадқиқотлар натижасида ҳисобланган.
12 13 Tuman   mehnat   bo‘limlarida   ham   ishsiz   sifatida   ro‘yxatdan   o‘tgan
fuqarolarning           ishsizligining           davomiyligini             qisqartirish   maqsadida,   bir
necha mutaxassislarni birlashtiruvchi alohida bloklardan iborat bo‘lishi kerak.
Tuman  mehnat   bo‘limlarida  turli   yo‘nalishlardagi  ishlar   bo‘yicha  bir  necha
mutaxassislarni o‘z ichiga oluvchi komanda yoki qism ko‘rinishidagi tuzilmalarni
tashkil etish zarur. Masalan: 
1) Ishga   joylashtirish   bo‘yicha   xodim   (yoki     xodimlar),   ular   ishsizlarning
hujjatlarini   dastlabki   tekshiruvini   o‘tkazish,   bo‘sh   ish   o‘rinlari   bo‘yicha   har
tomonlama   (ish   haqi   to‘g‘risida,   mehnat   xarakteri   to‘g‘risida)   axborotlar   to‘plash
kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanishlari mumkin; 
2)   Ish beruvchilar bilan ishsizlarning uchrashuvlarini tashkillashtiruvchi va
ish beruvchilar bilan ish uchun javobgar xodim; 
3) Kasbga   yo‘naltirish   bo‘yicha   maslahatchi   xodim   va   qayta   o‘qitish
bo‘yicha   mutaxassis.   Bunday   komandalarning   funksional   majburiyatiga   ishchi
kuchiga   talab   haqida   axborotlarni   to‘plash,   korxonalar   uchun   xodimlar   tanlash,
mehnatni   tashkil   etish   masalalari   bo‘yicha   tadbirkorlarga   maslahatlar   berish   va
boshqalar kiradi.
Bunda   komandalarning   samarali     ishlashi   uchun   tuman   mehnat   bozori
segmentlari   bo‘yicha   ajratish   mumkin   (hududiy   belgilari   bo‘yicha,   iqtisodiy
belgilari   bo‘yicha   va   boshqalar).   Mehnat   bozorida   tarmoq   belgilari   bo‘yicha
segmentlarga   ajratilishi   natijasida   har   bir   tarmoqda   mutaxassis   –   xodimlarning
ixtisoslashishi  tarmoq xususiyatlaridan          kelib chiqqan holda, ularning ish bilan
bandlikka   ko‘maklashish   sohasidagi   faoliyatlarining   samaradorligini   oshiradi.
Mehnat   bozorida   ish   bilan   bandlik   masalalarini   yechishning   bunday   shaxsiy
yondashuvi   tuman   ish   bilan   bandlik   xizmati   mutaxassislarining   javobgarligini
oshiradi   hamda   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlarining   yo‘llanmasi   bilan
ishsizlarni ishga qabul qilishda ish beruvchilarning rad etishini kamaytiradi. 
Shuningdek, eng birinchi – ishsizlarga xizmat ko‘rsatish vaqti qisqaradi, bu
esa, ishsizlikning o‘rtacha davri qisqarishiga olib keladi. 
14 Qisqacha xulosalar
Ish bilan bandlik xizmatining yillar davomida rivojlanishi davrida qonunlar,
talablar   hamda   ijtimoiy-iqtisodiy   holatlar   o‘zgarmoqda,   shunga   mos   ravishda
faoliyat   yo‘nalishlari   o‘zgarishiga   batafsil   va   aniq   tuzatishlar   kiritilmoqda.   Biroq
davlat ish bilan bandlik xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi shakllanib borishi
va   rivojlanishi   ko‘p   yillar   davomida   deyarli   o‘zgarishsiz   qolmoqda.   Hududiy
darajada   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   shakllanishining   zamonaviy   tashkiliy
tuzilmasi   ish   bilan   bandlikka   ko‘maklashish   bo‘yicha   bir   qator   yangi   bo‘limlar
tashkil etilishini talab etadi. Ishsizlik darajasi va uning davomiyligini pasayishi ish
bilan bandlik xizmati faoliyatining muvoffaqiyatli ekanligini, ishsizlik darajasi  va
davomiyligini  turg‘unligi  yoki  o‘sishi  uning faoliyat  samaradorligi  pasayishini  va
salbiy xulosa chiqarish zarurligini ifodalaydi.
Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   va   uning   tumanlardagi   bandlikka
ko‘maklashish markazlari xodimlari bilan mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishi
bo‘yicha   sotsiologik   so‘rovlar   asosida   tadqiqotlar   o‘tkazish   uning   kelgusida
rivojlanishi uchun tegishli xulosalar chiqarish imkonini beradi. 
Tuman   mehnat   bo‘limlarida   ham   ishsiz   sifatida   ro‘yxatdan   o‘tgan
fuqarolarning           ishsizligining           davomiyligini             qisqartirish   maqsadida,   bir
necha mutaxassislarni birlashtiruvchi alohida bloklardan iborat bo‘lishi kerak.
Tuman  mehnat   bo‘limlarida  turli   yo‘nalishlardagi  ishlar   bo‘yicha  bir  necha
mutaxassislarni o‘z ichiga oluvchi komanda yoki qism ko‘rinishidagi tuzilmalarni
tashkil etish zarur.
15 Adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.:O‘zbekiston, 2009.  
2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.-T.:Adolat, 2007.  
3. O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi 
qonuniga sharhlar, -T.: “Sharq”, 2000.
4. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). - T.: “Mehnat”,  2009.  
5.   Arabov   N.U.   Mehnat   bozori   infratuzilmasining   rivojlanishi.   08.00.10.-
“Aholishunoslik   va   mehnat   iqtisodiyoti”   ixtisosligi   bo‘yicha   Iqtisod   fanlari
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi. – T.: 2008.
6.  Volgin N.A.Ekonomika truda: (sosialno-trudov ы e otnosheniya)/ Pod red. 
N.L. Volgina, Yu.D.Odegova. M.: «EKZAMEN», 2009.
7.   R ы nok   truda:Uchebnoe   posobie/Pod.obsh.red.Abduraxmonova   K.X.,   Odegova
Yu.G. – T.: TFREA, 2009.
8. Xolmo‘minov Sh.R., Xomitov K. Malakali agrar mehnatbozorining 
shakllanishi. - T.: “Fan”, 2003.
16

MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI TAShKILIY TARKIBLARI FAOLIYaTLARINING ISTIQBOLLARI REJA 1. I sh bilan bandlik xizmati shakllanishining zamonaviy tashkiliy tuzilmasi 2. Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining turli darajalarini o‘z ichiga oluvchi funksional tuzilmalar 1

1. I sh bilan bandlik xizmati shakllanishining zamonaviy tashkiliy tuzilmasi Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining eng keskin va muhim muammolaridan biri bu – aholining oqilona ish bilan bandligini ta’minlash hisoblanadi. Mehnat bozorini tartibga solish bu boradagi tashkiliy-huquqiy negizlarni shakllantirish O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidan amalga oshirildi. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichi vazifalaridan biri esa, aholini kichik va xususiy biznesga ko‘proq jalb etish, mamlakatda tadbirkorlar va mulkdorlar qatlamini shakllantirish hamda shu orqali aholining ish bilan bandligini ta’minlashga erishishdan iborat bo‘ldi. Mehnat bozorini rivojlantirishning uchinchi bosqichida (2001- 2005y.y.) quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutildi; ishchi kuchiga talabni oshishi va uning taklifini kamayishiga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishni ko‘paytirish; ish bilan bandlik xizmati va uning infratuzilmasida qudratli va tez rivojlanuvchi tizimni yaratish; aholining oqilona ish bilan bandligini shakllantirish; ishsizlikni yo‘l qo‘yiladigan darajasigacha qisqartirish; ish bilan band bo‘lmagan mahalliy xodimlarning malakasi, raqobatbardoshligi, ijtimoiy himoyasi va eksportini oshirish, mehnat bozorida ish bilan bandlik va ishsizlikni tartibga solishning samarali tashkiliy – iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini yaratish va h.k. 1 . Mehnat bozorini rivojlanishining uchinchi bosqichida yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarish ijtimoiy yo‘naltirilgan mehnat bozorining shakllanishiga olib keldi. O‘zbekistonda ishchi kuchining yillik o‘sish darajasi ancha yuqoridir, ya’ni 2,2 – 2,3% atrofidadir. Bu esa , har yili kamida 4-5 foiz darajada yangi ish joylari yaratishni talab qiladi. Shunga qaramasdan, mehnat bozorida ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi tashkiliy va institutsional tuzilmalar vositachiligida faol davlat 1 Холмўминов Ш.Р. Меҳнат бозори иқтисодиёти (ўқув қўлланма). -Т.: 2004. 62-63 б. 2

siyosatining yuritilishi mehnatga layoqatli aholini yuqori darajada ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgandir. Ish bilan b andlik xizmatining yillar davomida rivojlanishi davrida qonunlar, talablar hamda ijtimoiy-iqtisodiy holatlar o‘zgarmoqda, shunga mos ravishda faoliyat yo‘nalishlari o‘zgarishiga batafsil va aniq tuzatishlar kiritilmoqda. Biroq davlat ish bilan bandlik xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi shakllanib borishi va rivojlanishi ko‘p yillar davomida deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda. Hududiy darajada davlat ish bilan bandlik xizmati shakllanishining zamonaviy tashkiliy tuzilmasi ish bilan bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha bir qator yangi bo‘limlar tashkil etilishini talab etadi (13.1-rasm). O‘zbekistonda mehnat bozorida yuzaga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va demografak holatlar hamda ularning o‘zgarishi ish bilan bandlikka ko‘maklashish sohasidagi tashkiliy tuzilmalar faoliyatiga sezilarli ta’sir etmoqda. Mehnat salohiyatini tez sur’atlar bilan o‘sishi ish bilan bandlikni ta’minlash muammosini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Davlat ish bilan bandlik xizmati organlarida bo‘sh ish joylari mavjud. Ayrim davrlarda ishchi kuchiga bo‘lgan talabning qoniqtirilmaganlik darajasi rasmiy ishsizlar sonidan 1,3-1,5 marta ortadi. Bu asosan, ishchi kuchiga talab va taklifning sifat ko‘rsatkichlari bilan mos tushmaganligi sabablidir. Keyngi yillarda bo‘sh joylar soni nisbatan kamaydi, biroq talab va taklifni sifat nuqtai-nazaridan muvofiqlashtirish muammosi saqlanib qolmoqda, bandlikka ko‘maklashish markazlariga malakali ishchilar oqimining ortishini hisobga oladigan bo‘lsa, bu muammo kuchayishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda ishsizlikning real darajasi iqtisodiy faol aholi sonining 3,8-5 %ni tashkil etadi. Jahon amaliyotida ishsizlikning chegaraviy yuqori darajasi etib, 10% hisoblanadi 1 . Hozirgi vaqtda davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligi chegaralangan doiradagi ko‘rsatkichlar bilan baholanmoqda. Bunda gap qoida 1 Ўзбекистон иқтисодиёти. –Т.: 2005. -14 б. 3

sifatida ish bilan band bo‘lganlar haqida emas, balki ish bilan band bo‘lmagan aholi haqida borayapti. Ish bilan bandlikni ta’minlash holatini baholashning mezoni ishsizlik darajasining o‘zgarishi hisoblanib, agarda u kamaysa – ish bilan bandlik xizmatining faoliyati samarali, agarda u oshsa – samarasiz hisoblanadi. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholashda asosiy ko‘rsatkichlar ishsizlik darajasining o‘zgarishi va ishsizlikning davomiyligi bo‘lib hisoblangan. 4

5