MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING TARTIBGA SOLISh MEXANIZMLARI
MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING TARTIBGA SOLISh MEXANIZMLARI REJA 1. Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishning mexanizmini asosiy shakllari, usullari va vositalari 2. Mehnat shartnomalarining mehnat bozorini tartibga solishdagi o‘rni 3. Mehnat bozorini tartibga solishning mintaqaviy usullari 4. Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlari
1. Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishning mexanizmini asosiy shakllari, usullari va vositalari Mehnat bozorini tartibga soluvchi asosiy sub’ekt davlat bo‘lganligi uchun, u mehnat bozorini tartibga solishni amalga oshira olmaydigan boshqa sub’ektlarning umumiy va o‘ziga xos funksiyalarini bajaradi. Aynan davlat hamma mamlakatlarda ishsizlik darajasini ko‘zatadi va tartibga soladi. Shundan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan tartibga solish iqtiso- diy mexanizmi mehnat bozorini tartibga solishning eng muhim qismi hisoblanadi. Ushbu mexanizmni ishlab chiqish iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunda mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishni iqtisodiy mexanizmi mehnat bozorini turli hil parametrlariga davlat ta’sirini shakllantirish ijtimoiy-iqtisodiy usullari asosida mehnat munosabatlar shakllanish tizimini ifodalaydi. U mehnat bozori elementlari va omillariga, ularga ta’sir qiluvchi turli xil shakllar, usullar va vositalar yordamida ta’sir qilish yo‘llarini aks ettiradi. Davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha mehnat bozoridagi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi. Mehnat bozorini ijtimoiy- yo‘naltirilgan tartibga solish qo‘yidagi iqtisodiy va ijtimoiy davlat tadbirlari bilan tavsiflanadi: 1. Milliy mehnat bozorida u qo‘yidagilarni amalga oshiradi: ish haqining oshishiga yo‘naltirilgan raqobatni kuchsizlantirish maqsadida yuqori daromadli firmalarning daromadini ushlab turishga va nisbatan kam daromadli korxona va firmalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan soliq solishning yuqori darajasini o‘rnatilishi; kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga: ish o‘rinlari sonini kengaytirish, ya’ni mehnatga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari va kredit- lar berish; turmushni moddiy va o‘y-joy sharoitlarini yaxshilash shart- lari bilan, bo‘sh ish joylari mavjud bo‘lgan hududlarga ishchi kuchi ortiqcha bo‘lgan hududlardan oilasi bilan ko‘chib o‘tishga subsidiya va
kreditlarni berish yo‘li orqali ishchi kuchi kasbiy harakatchanligini oshirish; global moliyaviy iqtisodiy inqiroz davrida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va qayta ishlash sanoati sektorlarining asosiy mahsulotlariga davlat buyurtmasini belgilash; raqobatbardosh bo‘lmagan qishloq ishchilarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash; qishloq ishsizlarining umumta’lim darajasini oshirish, mehnat bozorida turg‘un talab mavjud bo‘lgan kasblarga o‘qitish va qayta o‘qitish. 2. Hududiy darajada qo‘yidagilardan iborat: asosan yollangan ishchilarning himoyasiz guruhlari uchun hududiy ish bilan bandlikni faollashtirish yo‘llarini izlash maqsadida jamoat ishlarini tashkillashtirish; nogironlar, yoshlar va boshqalar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan korxonalarga imtiyozlar berish; hudud iqtisodiyoti tuzilmasini hisobga olgan holda asosan ishni yangidan boshlagan tadbirkorlar, kichik korxonalar uchun soliq va kredit imtiyozlarini berish; hududiy iqtisodiyotning talablarini hisobga olgan holda inson kapitaliga qo‘yilmalarni tartibga solish. 3. Ichki mehnat bozorida qo‘yidagilar nazarda tutiladi: korxonalarning moliyaviy holatidan qat’iy nazar, teng mehnat xizmatiga teng ish haqi kafolati; ish beruvchilar va yollanma ishchilar o‘rtasida iqtisodiy rag‘batlar bo‘yicha shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish; mehnatga haq to‘lashning umumiy tarifini yaratish. Shunday qilib, mehnat bozorini ijtimoiy-yo‘naltirilgan tartibga solinishi to‘liq ish bilan bandlik va ishsizlikning imkon qadar past darajasiga erishishga yo‘naltirilgan. Yangi texnologiyalarni qo‘llanishi va ishlab chiqarishni qayta tashkillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan samarali ish bilan bandlikga erishish mehnat bozorini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda davlat va uning institutlariga ko‘maklashishga korxonalarning qiziqishi, ushbu turning davlat tomonidan tartibga solishning muhim xususiyati hisoblanadi. Ijtimoiy-yo‘naltirilgan tartibga solinish qo‘llanadigan mamlakatlarda mehnat bozorini moliyalashtirish kasbiy tayyorgarlikka (unga tartibga solish faol siyosatining o‘rtacha 24% mablag‘lari ishlatiladi), yangi ish o‘rinlarini yaratishga
(faol siyosatga ajratilgan harajatlarning 18%), subsidiyalar (7%), ish bilan bandlik xizmatlarini moliyalashtirishga (10%) va boshqa harajatlarga ajratiladi. 1 Qo‘yidagi vazifalarni bajarilishi ijtimoiy yo‘naltirilgan mehnat bozorining shakllanishiga olib keladi: ishchi kuchiga talabni oshishi va uning taklifini kamayishiga yo‘naltirilgan tadbirlarni oshirishni kuchaytirish; bandlik xizmati va uning infratuzil- masida qudratli va tez rivojlanuvchi tizimni yaratish; aholining oqilona ish bilan bandligini shakllantirish; ishsizlikni yo‘l qo‘yiladigan darajasigacha qisqartirish; ish bilan band bo‘lmagan mahalliy xodimlar- ning malakasini, raqobatbardoshligini, ijtimoiy himoyasi va eksportini oshirish; mehnat bozori, ish bilan bandlik va ishsizlikni tartibga solishning samarali tashkiliy- iqtisodiy mexanizmlarini yaratish va h. k 2 . Mehnat bozorini tartibga solishning liberal turi tartibga solishning passiv siyosatini ko‘proq darajada qo‘llashi bilan tavsiflanadi. U qo‘yidagi tadbirlar orqali amalga oshiriladi: - eng kam majburiy ish haqini o‘rnatilishi ; - ishsizlik nafaqasini to‘lash ; - hududiy va firmalar o‘rtasidagi ishchi kuchi yuqori kasbiy harakat- chanligini ta’minlashni iqtisodiy choralar bilan amalga oshirish. Ko‘pchilik iqtisodchilar tartibga solish usullarini iqtisodiy va ma’muriy turlarga ajratishadilar 3 . Biz iqtisodiy va ma’muriy deganda kengroq tushunchani nazarda tutamiz, ya’ni tartibga solish shakllari va bun- dan kelib chiqadigan bo‘lsak, Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish- ning usullarini qo‘yidagi mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin. Mehnat bozorini tartibga solishning vazifalari bo‘yicha usullar ishsizlik darajasini pasayishiga, mehnat resurslaridan samarali foydalanish, ishchi kuchiga qoniqmagan talabni bartaraf qilish, ishchi kuchiga talab va taklifning eng maqbul nisbatiga va 1 OECD Employment Outlook, Paris, (2005 ва 2008 йиллар нашри) 2 Холмўминов Ш.Р. Қишлоқ меҳнат бозорининг шаклланиши ва ривожланишини моделлаштириш // Дис. ... и.ф.д.-Т.: 1998.-258 б. 3 Чижова Л., Сергеева Г., Кулагина Н. Политика занятости в контексте макроэкономического регулирования // Человек и труд.-2000.-№8.- Б .32; Якобсон Л.И. Государственный сектор экономики: Экономическая теория и политика-М. 2001.- Б .65.
boshqalarga ta’sir qiladi. Mehnat bozorida davlat faoliyati turli hil vazifalarni amalga oshirishi mumkin, u mehnat bozori elementlari va boshqa ob’ektlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Tartibga solish vazifalari ular yo‘nalti- rilgan tartibga solish ob’ektlari bilan yaqindan bog‘liqdir. Tartibga solishning maqsadlari va vazifalariga bog‘liq holda davlat mehnat bozoriga ta’sir qilishning qolgan usullari va vositalarini tanlaydi. Mehnat bozorini tartibga solishning yo‘nalishlari bo‘yicha usullar qo‘yidagilarga ajratladi: mehnat bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi (masalan, qonunchilik) yoki unga bilvosita ta’sir qiluvchi (soliq, byudjet, pul- kredit siyosati; tashqi iqtisodiyotni tartibga solish va davlat tomonidan narx shakllanishini tartibga solish orqali daromadlarni tartibga solish siyosati). Bilvosita usullarni qo‘llagan holda, qishloq mehnat bozorini tartibga solishda ish bilan bandlikni tarmoq va hududiy tuzilmasini shakllantirish orqali davlat ahamiyatli rol o‘ynaydi. Moliyaviy rag‘batlar va davlat kapital qo‘yilmalari yordamida shakllangan, alohida qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va hududlar uchun nisbatan yaxshiroq sharoitlarni ta’minlashi mumkin. Ayirim holatlarda uzoq chuzilgan inqiroz holatida bo‘lgan hudud va xo‘jalik birliklariga yordam ko‘rsatiladi; boshqa holatda – hudud va tarmoq ichida progressiv siljishlarga olib keluvchi, ishlab chiqarish turlari va xo‘jalikning yangi tarmoqlarini rivojlantirish ma’qullanadi. Bu esa ularda ish bilan bandlikni o‘sishini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga teskari maqsadda ishlab chiqarishni haddan ziyod konsentratsiyasini pasaytirish bo‘yicha ham choralar qabul qilinishi mumkin. Mehnat bozorini tartibga solishnig ko‘lami (masshtabi) bo‘yicha usullari milliy, hududiy va ichki mehnat bozorini tartibga solishga yo‘naltirilgan. Ko‘pgina usullar mehnat bozori turlarining bir nechtasini tartibga soladi. Msalan, mamlakat miqyosida amalga oshiriladigan pul-kredit va investi- sion siyosat hududiy va ichki mehnat bozorlari konyunkturasiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan, 2009 yilda Respublikamiz miqyosida qabul qilingan umumdavlat “Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili” davlat dasturi qishloq joylarda yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yanada chuqurlashtirishga olib keladi.