MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING RIVOJLANIShI BO‘YIChA XORIJIY YoNDAShUVLAR
MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING RIVOJLANIShI BO‘YIChA XORIJIY YoNDAShUVLAR Reja: 1. Yevropa mamlakatlarida mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish modeli 2. AQShda mehnat munosabatlarni tartibga solish 3. Yaponiyada mehnatni boshqarish tizimi
1. Shvesiya va Avstriyada mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish modeli Respublikamiz Konstitutsiyasiga muvofiq, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakillantirishga qaratilmoqda. Ma’lumki, Yevropaning Shvesiya va Avstriya kabi mamlakatlarida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti modeli yetarli darajada to‘liq ishlab chiqilgan. Shvesiyaning har bir guberniyasida ish bilan bandlik bo‘yicha Guberniya Qo‘mitasi faoliyat yuritadi hamda quyidagi 4 ta masalalar bo‘yicha ish olib boradi: boshqaruv, nazorat, tahlil va aloqalar. Guberniya Qo‘mitasi mehnat birjalarini va mehnat birjalari qoshidagi institutlarni boshqaradi. Har bir mehnat birjasi o‘zining hududida ishsizlarga ham ish beruvchilarga ham xizmat ko‘rsatadi. Barcha birjalarda axborot tizimlari xizmat ko‘r s atadi. Har bir guberniyada kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maxsus mehnat birjalari amal qiladi. Turli sohalarda, masalan, turizmda, qurilishda, transportda, restoran tadbirkorligida ixtisoslashgan mehnat birjalari har xil turdagi va yo‘nalishlarda faoliyat yuritadilar: doimiy, vaqtinchalik, xorijiy, mavsumiy va boshqalar. Mehnat birjalari o‘quv yurtlari bilan chambarchas aloqadorlikda ish bilan bandlik sohasida faoliyat olib boradi. Mehnat birjalari qoshidagi institutlar nogironlar, jismoniy jihatdan nuqsonga ega shaxslar, ya’ni ish topishi qiyin bo‘lganlar uchun faoliyat yuritadi. Bu institutlar davlat sug‘urta kompaniyalari bilan ish bilan bandlikka ko‘maklashish sohasida hamkorlik qiladi. Mehnat birjalari qoshidagi institutlarning vazifasi – nogironlarni kasbga tiklash va ularga ish topishga yordamlashishdan iborat bo‘lib, mijozlar bu yerga boshqa davlat organlari, ijtimoiy xizmat organlaridan kelishadi. 50% mijozlar ishsizlik nafaqasini, qolganlari kasallik bo‘yicha yoki ijtimoiy nafaqalarni olishadi. Mehnat birjalari qoshidagi institutlarning bosh maqsadi – mijozlarni mehnat bozoriga chiqish imkoniyatini ta’minlashdir. Maslahatchilar har bir mijoz bilan
alohida ishlaydilar, ular mehnat bozorida mehnat vositachiligi va kasbga yo‘naltirish bilan shug‘ullanadilar. Mehnat birjalari qoshidagi institutlarning ikkinchi mutaxassislar guruhi-psixologlar, ijtimoiy maslahatchilar, fizioterapivtlar, ergonomlar hisoblanadi. O‘rtacha har oyda ushbu institutlarga 100 ta mijoz murojaat qiladi, shundan 50 nafari o‘rta hisobda 1 oydan so‘ng ishga joylashadi. Ish bilan b andlik xizmatining byudjeti hukumat Parlamentining roziligi asosida shakllantiriladi. Shvesiyada hech qanday alohida byudjetdan tashqari jamg‘armalar yo‘q. Tadbirkorlar ish haqi jamg‘armasidan 38% miqdorida yagona soliq to‘laydilar. Ishsizlik nafaqalari boshqa manbalar hisobiga to‘lanadi. Nafaqa miqdori ishsizni hisobga qo‘yish vaqtiga bog‘liq bo‘lmay, balki ishni yo‘qotishdan oldingi daromadiga bog‘liqdir va uning 80% ini tashkil etadi. Nafaqa miqdorining chegarasi – taxminan 15 ming shved kronini tashkil etadi. Agar korxona ishsizni ishga qabul qilsa, qabul qilingan kundan boshlab 36 h afta mobaynida u soliq bo‘yicha chegirmaga ega bo‘ladi 1 . Shvesiya mehnat bozoridagi siyosat bo‘sh ish o‘rinlarini ishsizlar bilan to‘ldirishga ko‘maklashish va ishsizlarga faqat nafaqalar berishdan iborat bo‘lib qolmasligi lozim deb hisoblanadi. Ish bilan to‘liq bandlikni yuzaga keltirish an’anaviy strategiyasi muqarrar ravishda inflyatsiyaninig yuqori darajasiga chiqishga va ish haqi borasida siljishlar ro‘y berishiga olib kelishi e’tirof etilgan. Shu bois mehnat bozorida faol siyosat yuritilib, u quyidagi to‘rt elementni o‘z ichiga oladi 2 : 1. Cheklovchi fiskal siyosat. Uning maqsadi tovar va xizmatlarga kam daromadli korxonalarning faoliyatni to‘xtatishga majbur qiladigan sur’atda talab va inflyatsiyaning oshishiga yo‘l qo‘ymaydigan egri soliqlar belgilanishidan iborat. Juda yuqori foyda oladigan firmalar o‘rtasida ish haqini oshirish borasida inflyatsiyaga olib keluvchi raqobatga yo‘l qo‘ymaslik uchun foydani jilovlab turish lozim. 1 Барр Н. Рўнок труда и социальная политика в Центральной и Восточной Европе. - М. : 1997. - С.145-148. 2 Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти (дарслик). – Т.: «Меҳнат», 2004. – Б. 164-165
2. Ish haqi borasida olib boradigan hamjihatlik siyosati. Buning ma’nosi shuki, barcha ishchi va xizmatchilar tadbirkorlarning moliyaviy ahvolidan yoki firmaning qaysi tarmoqqa qarashli ekanidan qat’iy nazar, teng mehnatga teng haq olishlari kerak. 3. Yangi ish o‘rinlarini, shuningdek xodimlarni tayyorlash va qayta o‘qitish markazlarini yaratishni rag‘batlantirish. 4. Selektiv (tanlanma) tarzdagi iqtisodiy yuksalish. Iqtisodiy ko‘rsatkichlari past bo‘lsada, ijtimoiy zarur xizmatlarni ta’minlaydigan sektorlarda ish bilan bandlikning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risida bormoqda. Bunday siyosat kasbiy tayyorgarlik tizimini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ya’ni mexnatkashlar nafaqat bozor talabidan kelib chiqqan holda kasbiy mahoratini oshirishga, balki ularning kelajakdagi mehnat qilishga bo‘lgan ehtiyojlari, to‘lovli ta’til muddatini uzaytirish, hududlar va tarmoqlar bo‘yicha ishchi kuchi harakatini markazlashgan holda amalga oshirishni inobatga oladi. Shvesiya mehnat bozorida faol siyosatning farqlanuvchi xususiyatlaridan yana biri, bu uning bozordagi muhitga nisbatan ilgariroq amalga oshirilishidir, ya’ni oldindan ish joylarini yaratish yoki oldindan mutaxassislarni qayta tayyorlash kabi tadbirlarni nazarda tutadi. Shvesiya ish bilan bandlik xizmati o‘quv yurtlari bilan chambarchas aloqadorlikda ish bilan bandlik sohasida faoliyat olib boradi. Xususan, uzluksiz ta’lim tizimida ishchi-xodimlarni qayta tayyorlashni ahamiyati tobora oshib bormoqda. Shuningdek xodimlarning «umri davomida malaka oshirish tamoyili» amal qilmoqdaki, oqibatda ishlovchilarning bilim darajasi, malakasi tobora oshib bormoqda. Shu bilan birga Shvesiyada to‘lanadigan o‘quv ta’tili qonunchilik yo‘li bilan tartibga solinadi. Mamlakatda ish bilan bandlikni kengaytirish uchun «umumlashgan ish vaqti siyosati» muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda haftalik ish soati 35 soatdan 30 soatgacha qisqartirilishi; ishlovchilarning mehnat haqini belgilashda turli kategoriyadagi mehnatkashlar ish vaqtini taqqoslash; oilaviy ahvoli yoki mehnat xarakteriga qarab ba’zi kategoriyadagi ishlovchilarning ish vaqtini qisqartirish;
ishlovchiga qulay bo‘lgan vaqtda mehnat ta’tilini olish; qisqa muddatli ta’til olish huquqi va boshqa tadbirlar hisobiga amalga oshiradi. Avstriya ish bilan bandlik xizmati G‘arbiy Yevropa mamlakatlari uchun an’anaviy xususiyatga egadir. Ish bilan bandlik xizmatining tepasida kuzatish kengashi turadi. U kasaba uyushmalari va federal parlament vakillari, sanoatchilar ittifoqi va ish beruvchilar hamda federal hukumat vakillari o‘rtasidagi teng munosabatlarni nazorat etadi. Hududiy va joylardagi ish bilan bandlik xizmati boshqaruv organlari tuzilmaviy darajalari deyarli bir xil. Yaqin davrlardan boshlab Avstriyada katta yoshdagi mehnatga layoqatli kishilarning muddatidan oldin pensiyaga chiqarilishi tendensiyasi kuzatildi. Bugungi kunga kelib yondashuv o‘zgarmoqda, pensiya arafasi yoshidagi fuqarolar jamiyatga arzon tushishi maqsadida, muddatidan oldin pensiyaga chiquvchilarga to‘lovlarni kamaytirish uchun ish bilan bandlik xizmati organlari orqali yollanish bo‘yicha ishga jalb qilinmoqda. Shuningdek, yuqori darajada e’tibor nogironlarga ajratilgan, mamlakatda ularning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar kam emas. Bunday korxonalarning maqsadi mehnat bozorida ularning mehnatidan to‘liq foydalanish hisobiga ularga yordam berishdir. Muvofiq ishlab chiqarishni tashkil qilishda nogiron o‘zining yarim mehnat kuchi bilan mehnat qilishi mumkin. O‘zining yarim ish haqi miqdoridagi daromadiga ega bo‘lgandan so‘ng, qolgan qismini ijtimoiy to‘lovlar sifatida davlatdan oladi. Avstriya federal bandlik xizmati organlari tomonidan ijtimoiy-mehnat sohasidagi turli tadbirlar va loyihalarning ishlab chiqilishi ma’lum hududdagi aholining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari va tarixiy an’analarini hisobga olib amalga oshiriladi. Agarda taklif etilayotgan loyiha yangi ish joylarini yaratish bo‘yicha holatlarga muvofiq kelmasa yoki qarama-qarshi sabablarni yuzaga keltirsa, albatta u rad etiladi 3 . Nogironlar bilan ishlash tajribasidan respublikamizda foydalanish, bu toifa kishilarining mehnat bozorida kasbiy harakatchanligini oshiradi. 3 Барр Н. Рўнок труда и социальная политика в Центральной и Восточной Европе. - М. : 1997. –С. 150-152.