MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI TARKIBIY QISMLARI VA ULARNING O‘ZARO ALOQADORLIGI
MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI TARKIBIY QISMLARI VA ULARNING O‘ZARO ALOQADORLIGI Reja 1. Mehnat bozori infratuzilmasi mehnat sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida 2. Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liqligi 3. Ishga joylashtirish bo‘yicha xususiy vositachi agentliklar va firmalar
1. Mehnat bozori infratuzilmasi mehnat sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida Keyingi vaqtlarda bir qancha mualliflar mehnat bozorini tizimli tarzda qarab chiqishga yaqindan yondoshmoqdalar. Masalan, S.A.Kuzmin mehnat bozori institutini o‘rganishning muhimligini ta’kidlar ekan, mehnat bozori tizimining tuzilishini belgilab berdi 1 . Tizimli uslubiyot nuqtai nazaridan M.A. Vinokurovning fikri ancha o‘rinlidir. Uning nazarida «Mehnat bozori – bu ish kuchini shakllantirish, iste’mol q ilish, taqsimlash va qayta taqsimlash, uni yollash va haq to‘lash xususida vujudga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi bo‘lib, bu munosabatlar huquqiy normalar bilan tartibga solinadi va mehnat resurslarini boshqarish usuli sifatida namoyon bo‘ladi» 2 . Mehnat bozorining boshqarilishi insonni mehnat qilish qobiliyatini taklif qiluvchi xodimlarni, ish kuchiga bo‘lgan talabni belgilovchi ish beruvchilarni, shuningdek, ularning manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi va qondiruvchilarni, hamda ish kuchiga bo‘lgan taklifning hajmini, tuzilishini belgilab beruvchi yo‘nalish va mexanizmlarni ham o‘z ichiga oladi. Ana shu yo‘nalishlar majmuasi, vatanimizda amalga oshirilayotgan bozor shart-sharoitlariga mos holda tadbiq etilgan bo‘lib, ular ish bilan bandlik va ishsizlikni davlat yo‘li bilan boshqarishda muhim o‘rin egallaydi. Mehnat bozori ham har qanday tizim singari o‘z rivojlanish darajasi, tashqi va ichki muhitning ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq ravishda muayyan aniq maqsadli yo‘l – yo‘riqlarga ega bo‘lishi lozim. Mehnat bozori – mehnat bozori sub’ektlari va ularning muayyan tuzilmaga ta’sir ko‘rsatishining (axborot, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sir ko‘rsatishining) ijtimoiy-iqtisodiy tizimidir. Mazkur tizim ko‘p o‘lchovlidir. Undan turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, chunonchi kasbiy tayyorgarlik, kasbiy tanlash, moddiy rag‘batlantirish va natijalarga baho berish, qayta o‘qitish va yollash, chora belgilash va marketing singari jarayonlar o‘z ifodasini topadi. Bundan tashqari, mehnat bozori tizimi o‘zaro bog‘langan ko‘pgina kichik 1 Кузьмин С.А. Рўночная экономика и труд. - М.: “ Наука ” . - 1993. -С . 144. 2 Винокуров М.А. Трудовўе ресурсў региона и рўнок труда. -Иркутск: “Иркутского ун-та”. 1991. – С.248.
tizimlardan (natijadorlik va unumdorlik, mehnatga haq to‘lash va uni normalash kabilardan) iborat bo‘ladi va ularning har biri bir qator vazifalarni ado etadi 3 . Mehnat bozorida barcha qatnashchilarning iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi rivojlangan tuzilmaviy tarkiblarning mavjudligi jamiyatda xodimlar uchun kon’yunktura o‘zgarishlarining ta’sirini yumshatish, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish va foydani ko‘paytirish imkonini beradigan shart- sharoitlar yaratishga qodir bo‘ladigan mehnat bozorini shakllantirish imkonini beradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri sharoitlarida mehnat bozorini “mehnatga qobiliyatli” ishchi kuchini xarid qilish – sotishni amalga oshiruvchi tizim sifatida ko‘rib chiqish o‘rinli emas. Shuning uchun u ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy mehnat sohasining ochiq, murakkab, ko‘p aspektli va o‘suvchi tizimchasi bo‘lib, ishchi kuchiga talab-taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantiruvchidir. Mazkur bozor ishchi kuchi talab va taklifini tartibga solishda bevosita ishtirok etadi va aholining oqilona ish bilan bandligini shakllanishi hamda ishsizlikni kamaytirishga ko‘maklashadi. Mehnat bozori infratuzilmasining tarkibiy qismi asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: davlat muassasalari, ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi nodavlat tuzilmalar, korxonalar va firmalarga kadrlar bilan xizmat ko‘rsatish, xususiy vositachi firmalar, samarali ish bilan bandlikni ta’minlaydigan jamoat tashkilotlari va jamg‘armalar kabilar. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni Respublika hududida doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolarning mehnatga bo‘lgan huquqini amalga oshirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart- sharoitlarini, shuningdek bu huquqni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha davlat kafolatini belgilab berdi. Ana shu qonunga muvofiq rivojlangan mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlari elementlari 1.1-rasmda keltirilgan. Ishlab chiqarish moddiy bazasining jiddiy tarkibiy qayta qurilishi va uni uzliksiz yangilab borilishi, uning o‘sish sur’atlarining pasayishi jonli mehnatni 3 Абдурахмонов Қ.Х., Муртазоев Б.Ч. Меҳнат бозори. (ўқув қўлланма), Тошкент. 1999. -12 б.
siqib chiqarish jarayonini muqarrar qilib qo‘yadi va ish bilan bandlik muammosini keskinlashtiradi. Rivojlangan mamlakatlarda 80-yillarda shu narsa yaqqol ko‘zga tashlandiki, aholini ish bilan bandligini bevosita rag‘batlantirish (milliy bo‘limni, davlat idorasini, jamoat ishlarini kengaytirish) chora–tadbirlari ham, shuningdek ish bilan bandlikni bilvosita rag‘batlantirish (investitsiyalarni rag‘batlantirish, davlat xaridlarini ko‘paytirish va shu kabilar) chora-tadbirlari ham o‘zini oqlamadi. Xo‘jalik yuritishning o‘zgarib borayotgan shart-sharoitlari ishga joylashish va ish kuchidan foydalanishning tobora ko‘proq moslashuvchan shakllarini talab qilmoqda. Moslashuvchan mehnat bozorining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘ziga quyidagilarni qamrab oladi: moslashuvchan ish bilan bandlik (mehnat faoliyati va yollash tashkiliy shakllarining harakatchanligi va o‘zgaruvchanligi); ish bilan bandlikning funksional moslashuvchanligi (keng malaka va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xodimlarning o‘zaro harakati); moslashuvchan ish tartiblari. Bu holat aholini mehnatda bandlikka nisbatan yangicha yondashuvlar shakllanishi hamda keng qamrovli bandlikning yangi konsepsiyasida o‘z ifodasini topadi. Mehnat bozorida moslashuvchan munosabatlarning shakllanib borishi mazkur bozor infratuzilmasi rivojlanishida egiluvchanlikni mustahkamlaydi. Har bir mamlakatda mehnat, aholini ish bilan bandlik va ijtimoiy siyosat masalalari yuzasidan davlat va mintaqaviy idoralar tizimi mavjuddir. Bu idoralarning tuzilishi o‘zgarishi mumkin, lekin har qanday ma’rifatli davlat sohalari bo‘yicha normativ hujjatlar ishlab chiqadi: barcha korxonalardagi mehnat sharoitlari bo‘yicha; davlat korxonalarida va davlat muassalarida (byudjet sohasidagi) mehnatga haq to‘lashdagi nisbatlar bo‘yicha; aholining ish bilan bandligini boshqarish bo‘yicha; nafaqa ta’minoti bo‘yicha; ishsizlarga, nogironlarga, aholini kam ta’minlangan qatlamlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha; ish beruvchilar va ish oluvchilar vakillarining o‘zaro munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha.
Mintaqalardagi mehnatni boshqarish idoralari asosiy diqqat e’tiborini ish bilan bandlik, ijtimoiy siyosat, ish beruvchilar bilan ish oluvchilar o‘zaro munosabatlarini tartibga solish masalalariga qaratadilar 4 . Mehnat bozori infratuzilmasining takomillashganligi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanish darajasini ko‘rsatadi. Rivojlangan mamlakatlarda mehnat bozori infratuzilmasiga mehnat sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida qaraladi. Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismi elementlarining mehnat munosabatlarini tartibga solish va mehnat bozorini boshqarishdagi ahamiyati mazkur bozordagi davlat siyosatining maqsadidan kelib chiqadi. Mehnat bozoridagi davlat siyosatining maqsadi bo‘shab qolgan potensial ishchilarning samarali ish bilan bandligini shakllantirish, yoppasiga ishsiz bo‘lib qolishga yo‘l qo‘ymaslik va ochiq ishsizlikning o‘sishini to‘xtatib turish sifatida ta’riflanishi mumkin. 4 Абдурахмонов Қ.Х., Муртазоев Б.Ч. Меҳнат бозори. (ўқув қўлланма), Т.: 1999. - 41 б.