ADABIYoTShUNOSLIK FANINING ASOSIY VA TARKIBIY QISMLARI
ADABIYoTShUNOSLIK FANINING ASOSIY VA TARKIBIY QISMLARI Reja: 1. Adabiyotshunoslik fanlari : folklorshunoslik , Adabiyotshunoslik nazariyasi , adabiyot tarixi , adabiy tanqid . 2. Adabiyotshunoslikning qo ‘ shimcha sohalari : matnshunos lik , kitobiyot , adabiyot o ‘ qitish uslubiyati , manbashunoslik .
1. Adabiyotshunoslik – keng soha , uning tarixiy rivoji davomida undan maxsus fanlar – folklorshunoslik , Adabiyotshunoslik nazariyasi , adabiy tanqid ajralib chiqqan . Ularning har biri adabiyot hodisalarini o ‘ z predmeti nuqtai - nazaridan o ‘ rganadi va barchasi so ‘ z san ’ ati xususiyatlarini tekshirgani uchun bir - biri bilan uzviy aloqada bo ‘ ladi , ya ’ ni bir - birini to ‘ ldiradi , boyitadi , bir - biriga yangilik beradi , xulosalarini asoslaydi va tasdiqlaydi . Pirovard natijada adabiyotshunoslik ilmi yaxlitlilik kasb etadi. Badiiy adabiyot ikki shakldan iborat: og‘zaki (xalq og‘zaki ijodi) adabiyot va yozma adabiyot. Ikkalasi ham hayotni badiiy tasvirlash bilan shug‘ullanadi, ya’ni bitta vazifani o‘taydi. Yozuv paydo bo‘lganiga qadar xalq og‘zaki ijodi rivojda bo‘lgan va u yozma adabiyotning yuzaga kelishiga asos sanaladi. Yozma adabiyotning hamma janrlari ibtidosini, negizini-xalq og‘zaki ijodida ko‘rish mumkin. Folklor asarlarida xalq ruhiyati, ko‘p asrlik ijtimoiy-siyosiy kurash tarixi ifodasini topgan. Xalq hayotining ko‘zgusi, ensiklopediyasi, solnomasi sifatida rang-barang boyligi bilan, o‘ta ta’sirchan va donolikka o‘rangan oddiyligi bilan hamon kishilarni maftun etadi. Xalq og‘zaki ijodi–folklor (inglizcha so‘z bo‘lib, xalq og‘zaki ijodi ma’nosini beradi)ning o‘ziga xos tabiatini, poetik xususiyatini, yozma adabiyot bilan munosabatlarini o‘rganuvchi fan – folklorshunoslik deb yuritiladi. O‘zbek folklorshunosligida – Hodi Zarif, Muzayyana Alaviya, Oxunjon Sobirov, Bahodir Sarimsoqov, To‘ra Mirzaev, G‘ayrat Jalolov, Juma Qobulniyozov kabi o‘nlab olimlarni ko‘rsatish va ularning tadqiqotlari bilan tanishish- folklorning mo‘jizaviy qudrati bilan oshna bo‘lishga yetaklashi, shubhasizdir. Adabiyotshunoslik nazariyasi – so‘z san’atining mohiyati, ijtimoiy tabiati, taraqqiyot qonunlarini, kishilik va tuzumlar rivojidagi o‘rni va ahamiyatini, o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi, badiiy asarlarning tahlil qilish mezonlari va unga baho berish me’yorini belgilaydi. Eng asosiysi,
badiiy mahoratning hamma qirralarini keng va chuqur o‘rganadi va shu asosda umriboqiy mumtoz(klassik) asarlarning qalbini, uning qa’rida yotgan poetik nurni kashf qiladi. A.Fitratning “Adabiyot qoidalari”(1926), O‘zFAning ikki tomlik “Adabiyotshunoslik nazariyasi” akademnashri (1978- 1979), I.Sultonning “Adabiyotshunoslik nazariyasi”(1980), H.Umurovning “Adabiyotshunoslik nazariyasi”(2001) va sh.k. darslik, tadqiqot, qo‘llanmalarning o‘ziyoq – Adabiyotshunoslik nazariyasi faniga qiziqishning kuchliligidan xabar beradi. Ayni paytda, ko‘plab so‘z san’atkor (A.Navoiy, Z.Bobur, B.Mashrab, A.Qodiriy, H.Olimjon, Oybek, G‘.G‘ulom, P.Qodirov, A.Oripov, O‘.Hoshimov, e.Vohidov kabi)larning ham adabiyot nazariyotchilari ekanligi – bu fanning ijodkorlar uchun ham zarur ekanligini va uni o‘zlashtirgan – badiiy ijod ustasi bo‘la olishini isbotlaydi. “Predmet tarixisiz predmetning nazariyasi bo‘lishi mumkin emas; shu bilan birga predmet nazariyasisiz adabiyotning tarixi haqida hatto fikr bo‘lishi ham mumkin emas.. ” (N.G.Chernieshevskiy) ligi adabiyot tarixi fanining zarurligini ko‘rsatadi. U so‘z san’atining vujudga kelishidan boshlab to bugungacha rivojlanish tarixini tadqiq etadi. Hayot va jamiyatlarning tarixiy taraqqiyotida badiiy adabiyotning ahamiyatini, uning tamoyillarini, davrlar adabiyotining o‘ziga xosliklarini, ular o‘rtasidagi an’ana va yangilik (novatorlik)larni, ijodkorlarning hayoti va ijodiy faoliyatlarini, davrlashtirish prinsiplarini talqin qiladi. Bugunga qadar o‘zbek adabiyotini ikkita katta davrga bo‘lib o‘rganish rasm bo‘lgan. Birinchisi, eng qadimgi davrlardan boshlab XX asrgacha bo‘lgan adabiyot – mumtoz adabiyot tarixi deb yuritiladi. Bu haqda N.Mallaev (“O‘zbek adabiyoti tarixi”, 1-jild, 1962), V.Abdullaev (“O‘zbek adabiyoti tarixi”, 2-jild, 1964), G‘.Karimov (“O‘zbek adabiyoti tarixi”, 3-jild, 1966)lar darsliklar yaratishgan. Ikkinchisi, XX asr va XXI asr boshlari adabiyoti – hozirgi zamon adabiyoti tarixidir.
Bu davr xaqida ocherklar, qo‘llanmalar ham yaratildi. I.Sulton, H.Yoqubov, S.Mamajonov, M.Yunusov, O.Sharafiddinov, U.Normatov, S.Mirvaliev, N.Shukurov, B.Qosimov, N.Karimov kabi hozirgi zamon adabiyoti tadqiqotchilarining asarlarida XX asr adabiyoti muammolari jiddiy tahlil qilindi, yangi ilmiy-nazariy xulosalar chiqarildi. Adabiy tanqid – har bir davrning adabiy hodisalari, yozuvchilari ijodi haqida o‘z vaqtida muhokama yurgizadi, ularni badiiy adabiyotning vazifalari va o‘z zamonasining ijtimoiy talablari nuqtai-nazaridan baholaydi. Davr bilan hamnafas bo‘lib, adabiy jarayonga faol aralashadi, ilg‘or ijtimoiy tamoyillar va g‘oyalarning adabiyotga kirishiga madad beradi; kitobxon ommasining badiiy saviyasi yuksalishiga oziq beradi. Eng asosiysi, ijtimoiy fikr (bugungi kunda mustaqillikning milliy mafkurasi) ning faollashuviga va rivojiga, uning qalblarda o‘sishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Adabiy tanqid ilm va san’atning dialektik o‘zaro aloqasining birligidan tashkil topgan “insonshunos”- likdir. Shu bois, V.G.Belinskiy “har ikkisining mazmuni bir, farqi faqat shakldadir”, - degan edi. Demak, tanqidiy asar- san’at asari bo‘lishi, unda ilmiylik, chuqurlik, ta’sirchanlik samimiy bo‘lishi shartdir; u, ayni paytda, hayotni badiiy o‘zlashtirish jarayonini o‘rganuvchi va shu jarayon oqimiga ta’sir ko‘rsatuvchi ilmdir. Shu sabab har bir adabiy tanqidchining talantida hayotni tadqiq qiluvchi san’atkorlik fazilati bilan badiiy ijod hodisalari haqida haqqoniy hukm chiqaruvchi olimlik xislati jamuljam bo‘lishi lozim. U “voqelikni anglash” va hayotning “hamma masalalariga aralashish” sohasida jamiyatning bugungi taraqqiyot qonunlarini aniq bilish borasida yozuvchi va shoirdan, dramaturg va publisistdan orqada qolmagandagina o‘z hunarining mukammal sohibi bo‘lishi mumkin. “Tanqidchilik talanti kam uchraydi, tanqidchining yo‘li qaltis va xatarli yo‘ldir” (V.Belinskiy). Lekin bu yo‘lni tanlab, adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgan tanqidchilar safi hozirgi o‘zbek adabiyotshunosligida ham
anchagina: Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo‘shjonov, Ibrohim G‘ofurov, Umarali Normatov, Norboy Xudoyberganov, Ibrohim Haqqul, Najmiddin Komilov, Suvon Meliev, Abdug‘afur Rasulov va sh.k. Adabiy tanqid faqatgina nazariyani amaliyotga bog‘lab qo‘yish bilan cheklanmaydi. Balki, nazariya sohasini kengaytiradi, tayyor badiiy “mahsulot”dan yangi, hayotiy, nazariy qoidalar yaratadi, san’atkorlarning g‘oyaviy fikr doirasini kengaytiradi, mahoratlarini oshiradi. U adabiyotdan o‘rganadi va adabiyotga yangiliklar kiritadi, estetikani boyitadi. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari – matnshunoslik (tekstologiya), kitobiyot (bibliografiya), adabiyot o‘qitish uslubiyati (metodikasi), manbashunoslik fanlaridir. Matnshunoslik (tekstologiya-lat.textus-asos, bog‘lanish, yunoncha logos-so‘z, fan) -badiiy asarlarning asl matnini yaratish bilan shug‘ullanadi. U turli davrlarda yaratilgan, xattotlar tomonidan ko‘chirilgan yoki bir necha bor nashr etilgan asarlarning nusxasi yoxud nashrini aniqlaydi, uning nusxa (nashr)larini o‘zaro chog‘ishtiradi, tahlil qiladi, sharhlaydi va asarning ilmiy- tanqidiy matnini (muallif yozganini) tayyorlaydi. Jumladan, Alisher Navoiyning o‘n besh jildlik asarlari matni tayyorlanib, nashr qilindi. Bu Navoiy asarlarining mukammalligini ta’min etdi, uni tekshirish, tahlil etish, to‘g‘ri xulosa va saboqlar chiqarishga asos bo‘ldi. “Xazoyin ul-maoniy”ga kiruvchi devonlarning tanqidiy matnini Hamid Sulaymon, “Xamsa”ga kiruvchi dostonlarning matnini Solih Mutallibov (“Hayrat ul-abror”), Porso Shamsiev (“Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy”), G‘ulom Karimov (“Layli va Majnun”), “Mezon ul-avzon”ni Olim Sharafiddinov va Izzat Sulton, “Majolis ul-nafois”ni Suyuma G‘anievalar nashrga tayyorladilar. Bundan tashqari Hamza Hakimzoda Niyoziy, Oybek, H.Olimjon, A.Qahhor kabi san’atkorlarning mukammal asarlari to‘plamining nashr etilgani-matnshunoslarimiz zahmatli mehnatining,