logo

DUNYO OKEANI VA UNING TARKIBIY QISMLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.955078125 KB
DUNYO OKEANI VA UNING TARKIBIY QISMLARI
Reja:
1.Dunyo okeani
2. Okean suvining xususiyatlari
3. Okean tagi relefi va suv osti yotqiziqlari 1. Dunyo okeani.  Okean , Dunyo okeani (yun. Okeanos — Yerni  aylanib
oqadigan   azim   daryo)   — Yerning   materik   va   orollarni   o rab   turuvchi   suvʻ
qobig i.   Gidrosferaning   katta   qismi   (96,4%)   ni,  	
ʻ Yer   yuzasining   taxminan
70,8%   ini   egallaydi.   Fizik   va   kimyoviy   xususiyatlari   hamda   suvining
kimyoviy tarkibi jihatidan Okean bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik
va geokimyoviy ko rsatkichlari xilma-xildir.	
ʻ
Yer   sharidagi   quruqlik   oltita   materikdan   iborat   bo‘lsa,   Okean   bir
butundir.   Yu.M.Shokalskiy taklifiga ko‘ra Yer sharidagi 4 okean birgalikda
Dunyo okeani deb ataladi. Uning maydoni 361 mln. km 2
.  Dunyo okeanining
bir   butunligi   suv   massalarining   erkin   almashinuviga   imkon   beradi,   shu
sababli   uni   qismlarga   bo‘lish   turli   davrlarda   o‘zgarib   turgan.     1650   yili
golland olimi Varenus Dunyo okeanini 5 qismga ajratgan; Tinch, Atlantika,
Hind,   Shimoliy   Muz   va   Janubiy     Muz.   1985   yilda   London   geografiya
jamiyari   buni   tasdiqladi.   Ammo   keyinchalik   Shimoliy   va   janubiy   okeanlar
bodhqa   okeanlarning   qismlari   degan   degan   fikr   asosida   ular   boshqa
okeanlarga   qo‘shib   yuborildi.   XX   asrning   30   yillarida   Shimoliy   Muz
okeanining   nomi   yana   qaytadan   tiklsndi.   Hozirgi   paytda   Janubiy   okean
borligi isbotlanish arafasida turibdi.
Yer   sharida   Okean   suvi   va   qurukliklarning   taqsimlanishi   turlicha.
Shimoliy   yarim   sharda   suv   sathi   yer   sharining   61%   ini   egallaydi.   Bu   yerda
Okean   suvlari   qurukdikxa   ancha   kirib   borib,   ko p   sonli   dengiz   va   qo ltiqlar	
ʻ ʻ
hosil   qiladi.   Barcha   ichki   dengizlar   Shimoliy   yarim   sharda   joylashgan.
Janubiy yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va
qo ltikdar   kam.   81°  shimoliy   kenglikdan   shimolida  Shimoliy   Muz  okeanida	
ʻ
va   janubiy   kenglikning   taxminan   56°   bilan   65°   o rtasida   Okean   suvi   yer	
ʻ
sharini   uzluk-siz   qatlam   shaklida   o rab   olgan.   Suv   yoki   kurukdikning	
ʻ
ko pligiga   qarab   yer   shari   okean   yarim   shari   va   materik   yarim   shariga	
ʻ
bo linadi.   Okean   yarim   sharining   qutbi   Yangi   Zelandiyadan   janubi-sharqda,
ʻ materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shimoli-g arbida joylashgan.ʻ
Gidrosferaning   bir   qismi   bo lgan   Okean   atmosfera   va  	
ʻ Yer   pusti   bilan
uzluksiz   o zaro   aloqador;   shuning   uchun   ham   Okeanning   ko pgina   muhim	
ʻ ʻ
xususiyatlari atmosfera va  Yer  po stiga bog liq.	
ʻ ʻ
Okeanlarni bir-biridan bunday ajratishdagi bunday o‘zgarishlarga sabab
shuki,   ularning   chegarasi   hamma   joyda   ham   materiklar   qirg‘og‘idan
o‘tavermaydi,   shuning   uchun   ko‘pincha   shartli   o‘tkaziladi.   Har   bir   okean
faqat   o‘ziga   xos   xususiyatlar   kompleksiga,   chunonchi   o‘z   oqimlari,   suv
qalqishlari,   shamollari   sistemasiga,   harorat   rejimiga,   tuzlarning   tarqalishi
qonuniyatiga,   chuqurliklari   va   suv   osti   yotqiziqlari   harakteriga   ega.     Dunyo
okeani tarkibiga okean, dengiz, qoltiq va bo‘g‘izlar kiradi. 
2. Okean suvining xususiyatlari
Dunyo   okeani   suvining   asosiy   xususiyati   ularning   sho‘rligi   va
haroratidir.   Bir   litr   suvdagi   tuzlar   miqdoriga   sho‘rlik   deb   ataladi.   Sho‘rlik
promille   yoki   grammlarda   ifodalanadi.   Okean   suvida   60   ga   yaqin   mineral
erigan,   suvning   sho‘rligi   o‘rta   hisobda   35‰.   Suvda   erigan   tuzning   77,76
foizini   NaCl,   1087   foizini     MgCl,   4,74   foizini         MgSO4   va   3,60   foizini
CaSO4   tashkil   etadi.   Okeanda   1000   metrdan   chuqurda   hamma   joyda   suv
sho‘rligi   bir   xil   –   35   promille.   Suv   yuzasida   oqimlar,   yog‘inlar,   bug‘lanish
ta’sirida   sho‘rlik   darajasi   har   xil:   ekvator   atroflarida   37   ‰,   tropiklarda   36-
38‰, mo‘tadil  mintaqada 35‰, qutbiy o‘lkalarda 35-35‰.
Suvning   harorati   quyosh   radiatsiyasiga,   shamollarga,   oqimlarga,
to‘lqinlarga   bog‘liq.  Okean  suvi  aslida  soviq  bo‘lib,  uning  faqat  yuzasi  iliq
va  chuqurga  tushgan  sayin  salqinlashadi.  Faqat  8  %  dengiz  suvi  10°C  dan
iliq, dengiz suvining yarimi esa 2,3°C dan soviq hisoblanadi 1
.
Okeanlarning   chuqur   qismlarida   harorat   katta   farq   qilmaydi:   qutbiy
o‘lkalarda -1° atrofida, ekvator atroflarida +1°, +2° bo‘ladi. Bunga okean osti
1
Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.2002.  80 -bet oqimlari   sabab   bo‘ladi.   Chuqurlik   ortgan   sayin   harorat   pasayib   boradi   va
1000 m dan boshlab hamma joyda harorat 5° dan past. 2000 m dan pastda 2-
3°C.   Okean   yuzasidagi   harorat   havo   harorati   kabi   zonal   qonuniyat   asosida
o‘zgaradi.   Ekvator   atroflarida   o‘rtacha   yillik   harorat   25-26°,   har   ikkala
yarimsharning   30-40°   kengliklarida   17-20°,   qutbiy   kengliklarda   0°   artofida
yoki manfiy bo‘ladi.  
Okean   suvi   hech   qachon   jim   turmaydi.   Asosan   3   xil   harakat   bo‘ladi;
qalqish, to‘lqinlar, oqimlar.
Suv qalqishi Yerni Oy tortishi oqibatida, uning Oyga qaragan va teskari
tomonida   ro‘y   beradi.   Ochiq   okeanda   suv   ko‘p   ko‘tarilmaydi.   Qo‘ltiq   va
bo‘g‘izlarda   ko‘proq   ro‘y   beradi.   Har   12   soat   26   daqiqada   eng   ko‘p
ko‘tarilish  bo‘ladi.  Eng  baland  ko‘tarilish  Amerikaning  Fandi  qo‘ltig‘ida  18
m gacha, Osiyoning Shelexov qo‘ltig‘ida 12 m gacha kuzatiladi.
Okean   suvi   to‘lqinlariga   shamol,   yer   qimirlash   va   havo   bosimining
o‘zgarishi, suv qalqishi sabab bo‘ladi. To‘lqin balandligi ayrim vaqtlarda  20
m gacha yetadi. Ayniqsa yer qimirlashda hosil bo‘lagn to‘lqinlar – sunamilar
katta bo‘ladi.
Suv yuzasining tebranma harakatlaridan iborat bo‘lgan to‘lqinlanishdan
tashqari   okean   hamda   dengiz   suvi   massalari   uzoq-uzoqlarga   oqib   boradi.
Bular   okean   va   dengiz   oqimlaridir.   Okean   va   dengiz   oqimlari   suvnind
vertikal   harakatlari   bilan   birgalikda   dunyo   okeani   suvlarining
sirkulyatsiyasini   vujudga   keltiradi.   Bu   sirkulyatsiya   atmosfera
sirkulyatsiyasiga o‘xshab ketadi. Atmosfera va okean suvi massasi harakatlari
bir-biriga   shu   qadar   bog‘liqki,   ular   atmogidrosferaning   bir   butun
sirkulyatsiyasini hosil qiladi.
Oqim   deb   okean   yoki   dengizning   yuza   qismidagi   juda   katta   suv
massasining chuqurligi bir necha yuz metrli keng polossalar tarzida ma’lum
bir yo‘nalishda uzoq masofalarga olib ketilishiga aytiladi. Okean   suvlari   sirkulyatsiyasi,   shu   jumladan   oqimlar   ham   bir   qancha
sabablarga ko‘ra vujudga keladi. Mana shu sabablarga qarab oqimlar zichlik,
dreyf va quyilma oqimlarga ajratiladi.
Zichlik   oqimlari   turli   dengizlarda   va   okeanlarning   turli   qismlarida
suvlarning zichligi har xil bo‘lishidan vujudga keladi.  Masalan, Qora dengiz
bilan   O‘rta   dengiz   orasida   dengizlar   suvining   zichligidagi   farq   tufaylinhosil
bo‘lgan oqim mavjud. 
Okean   oqimlarining   sayyora   iqlimiga   ta’siri   katta.   Yuqori   va   quyi
kengliklarda   issiqlik   almashinishini   ta’minlaydi   va   ekstremal   iqlimni
yumshatadi.   Atmosfera   sirkulyasiyasiga   bog‘liq   holda   doimiy   esuvchi
shamollar   yo‘nalishiga   bog‘liq   holda   oqimlar   ham   o‘zgarib   turadi.     Suv
yo‘nalishining   o‘zgarishiga   Korolis   kuchi   ham   ta’sir   ko‘rsatadi.   Okean
oqimlari   suv   zichligiga   haroratlar   farqi   ham   ta’sir   ko‘rsatadi   (12.5-rasm).
Masalan,   sovuq   suv   bilan   issiq   suvning   zichligidagi   farq   okeanning
ekvatorial   qismlari   bilan   qutbiy   qismlari   o‘rtasida   suv   massalarining
almashinuviga sabab bo‘ladi. Arktika va Antarktika da soviq va zich suvlar
okeanning   tagidagi   suv   qatlamlarida   yuqori   bosim   hosil   qiladi.   Ekvator
artoflarida   yuza   qatlamfagi   suvlar   issiq   bo‘lganidan   chuqurdagi   suvlar
zichligi   qurublardagiga   qaraganda   kamroqdir.   Shu   sababli   okean   tagidagi
suvlar   qutblardan   ekvatorga   tomon,   yuza   suvlar   esa   ekvatordan   qutblarga
tomon oqadi 2
.
Okean   oqimlarini   hosil   qiluvchi   asosiy   kuch   shamollardir.   Doimiy   va
asosiy   shamollar   dreyf   oqimlarini   vujudga   keltiradi.   Bu   oqimlar   havo   suv
yuzasiga   ishqlanishi   va   shamolning   to‘lqin   yonbag‘riga   bosimi   natijasida
hosil   bo‘ladi.   Yuza   suvlarning   harakat   energiyasi   ancha   chuqurgacha   ta’sir
etadi.
2
Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.2002. 7 5 -be t Quyilma   oqimlar   dengiz   va   okeanlarning   dreyf   oqimlari   kelishi
natijasida suv sathi ko‘tarilgan joylarda paydo bo‘ladi. Bu oqim suv sathidagi
farqning yo‘qolishiga va natijada suv yuzasining tekislanishiga sabab bo‘ladi.
 Oqimlar suvining harotati oqim paydo bo‘ladigan joyga bog‘liq.  Tropik
kengliklardan o‘rtacha va qutbiy geografik kengliklarga keluvchi oqimlar iliq
oqimlardir. Salqin suv oqimi esa qutb dengizlaridan mo‘tadil mintaqa orqali
harakat qiladi.
Okean   va   dengizlarda   turli   oqimlar   mavjud.   Ba’zi   oqimlar   juda   katta
bo‘ladi.   Masalan, Golfstrim oqimining suv sarfi o‘rtacha 75 mln. m 3
/sekund.
G‘arbiy shamollar oqimi eng     uzun   bo‘lib, Yerni aylanib chiqadi. Oqimlar
hosil   bo‘lishiga   ko‘ra   turli   xil   bo‘ladi:   shamol   oqimlari,   to‘ldiruvchi   oqim,
quyilma   oqim,   zichlik   oqimi.   Zichlik   oqimi   suv   harorati   va   sho‘rlik
darajasidagi farqqa qarab, ikki xil bo‘ladi. Okeanlarda oqimlar katta girdoblar
hosil   qiladi.   Girdoblarda   oqim   yo‘nalishi   shimoliy   yarimsharda   soat   mili
harakati yo‘nalishlarda, janubiy yarim sharda teskari yo‘nalishda bo‘ladi (1-
rasm). 
1-rasm. Okean suvi harorati 3
Dunuo   okeanida   oqimlarning   taqsimlanishida   quyidagi   qonuniuatlar
mavjud: 
1.   Barcha   okeanlarda   yekvatorning   har   tomonida   passat   oqimlari
mavjud.   Ular   doimiy   esib   turadigan   passat   shamollari   ta’sirida   vujudga
keladi.   Mazkur   oqimlar   sharqdan   g‘arbga   tomon   esadi.   Ular   koriolis   kuchi
ta’sirida shimoliy yarim sharda o‘ngga, janubiy yarimsharda chapga buriladi.
Shimoliy   va   janubiy   passat   oqimlari   oralig‘ida   g‘arbdan   sharqqa   tomon
esadigan   ekvatorial   qarshi   oqim   mavjud.   Mazkur   oqim   komrensatsion   oqim
hisoblanadi. 
3
Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.2002.  78- be t 2. Janubiy yarimsharning mo‘tadil kengliklarida g‘arbdan sharqqa tomon
oqadigan g‘arbiy shamollar oqimi mavjud.
Mazkur   oqimdan   Reru,   Vengela,   G‘arbiy   Avstraliya   sovuq   oqimlari
ajralib chiqadi. 
3.   Hind   okeanining   shimoliy   qismida   shimoliy   passat   oqimlari   yo‘q,
chunki   bu   yerda   passatlar   o’rniga   musson   shamollari   esib   turadi.   Musson
shamollari   ta’sirida   vujudga   keladigan   oqimlar   mavsumiy   bo‘ladi.   Ular
qishki va yozgi mussonlarni almashinishiga qarab o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib
turadi. 
4.   Dengiz   oqimlari   har   bir   okeanda   tegishli   halqalarni   hosil   qiladi.
Shimoliy   yarimshardagi   halqalarda   suv   soat   strelkasi   yo‘nalishida,   janubiy
yarimsharda   esa   aksinsha   harakat   qiladi.   Atlantika   okeanida   shimoliy
yarimshardagi   oqlmlar   halqasini   quyidagilar   hosil   qiladi:   shimoliy   passat,
Golfstrim,   Shimoliy   Atlantika,   Kanar;   janubiy   yarimsharda:   janubiy   passat,
Braziliya,   g‘arbiy   shamollar,   Vengela,   Tinsh   okeanning   shimoliy   yarimshar
qismida:   shimoliy   passat,   Kurosio,   Shimoliy   Tinch   okean,   Kaliforniya;
janubiy   yarimshar   qismida;   janubiy   passat,   sharqiy   Avstraliya,   g‘arbiy
shamollar,   Reru   yuqoridagi   oqimlarning   hammasi   tropik   kengliklardagi
oqimlar   hisoblanadi.   Mo‘tadil   va   qutbyoni   kengliklarida   oqimlar   soat
strelkasiga   qarshi   tomon   (shimoliy   yarimsharda)   oqadi.   Ularni   aylanishi
siklonsimon. Ular asosa. atmosfera minimumlari hududlarida vujudga keladi.
Janubiy yarimsharda yirik g‘arbiy shamollar oqimi vujudga kelgan. 
Okeanlardagi   suvning   halqasimon   harakati   okeanlardagi   dinamik
muvozanatni aks ettiradi: bir joydan suvning kamayishi bilan boshqa joydan
suv   kelib   uni   to‘ldiradi.   Masalan,   Golfstrim   Atlantika   okeanining   g‘arbiy
qismida   Braziliya   va   Gviana   oqimlari   keltirgan   suvlarini   to’rlanib   qolishi
natijasida   hosil   bo‘ladi.   Atmosferaga   o‘xshab   okeamlarda   ham   zonal
harakatlar   hukmron,   meridional   harakatlar   esa   (Golfstrim,   Kurosio,   Kanar, Kaliforniua,   Reru,   Braziliya   va   boshqalar)   ularni   bir-biri   bilan   tutashtirib
turadi. 
5.   Okeanlarda   suvlar   bo‘ylama   yo‘nalishda   ham   harakat   qiladi.   Ular
yuzalama   oqimlardan   3-5   marotaba   kam   bo‘lsa   ham   ammo   ahamiyati   juda
katta. Bo‘ylama harakatlar tufayli okean yuzasidagi va tubidagi suvlar bir-biri
bilan   almashadi.   Natijada   okeanning   chuqur   qismlari   va   yuzasi   orasida
issiqlik,   modda   va   ozuqani   almashinishi   ro‘u   beradi.   Bo‘ylama   harakatlar
ko‘proq   konvergensiya   va   divergensiya   zonalarida   sodir   bo‘ladi.
Konvergensiya   zonasida   ikkita   oqim   qo‘shiladi   va   yuza   suvlari   okean   tubi
tomon   harakatlanib,   suvlarni   pastga   tushishiga   olib   ke1adi.   Divergensiya
zonasida   oqimlarni   ikkiga   bo‘linishi   natijasida   okean   tubidagi   suvlar   yuqori
tomon harakatlanib yuzaga chiqadi. Bunday joylar apveling deb ataladi. 
Dengiz   oqimlari   iqlimga   juda   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   Suv
sovigandao‘zidan   havoga   ansha   miqdorda   issiqlik   chiqaradi,   isiganda   esa
havodan   ko‘pgina   issiqlik   oladi.   Dengiz   oqimlari   issiqlikni   bir   joydan
ikkinchi   joyga   olib   boradi.   Oqib   kelgan   suv   u   yetib   borgan   hududlardagi
suvdan   iliq   bo‘lsa,   bundau   oqimlar   iliq   oqimlar   deb   ataladi,   oqib   kelgan
suvning   harorati   bu   oqimlar   yetib   kelgan   yerlardagi   suv   haroratidan   past
bo‘lsa,   bunday   oqimlar   sovuq   oqimlar   deb   ataladi.   Quyi   geografik
kengliklardan   yuqori   geografik   kengliklar   tomon   oqadigan   oqimlar   iliq,
yuqori kengiliklardan quyi kengliklar tomon oqadigan oqimlar sovuq bo‘ladi.
Golfstrim va Shimoliy Atlantika iliq oqimi Shimoliu Atlantikaning 1 sm 2
joyiga   yiliga   80-100   k.kaloriya   issiqlik   olib   keladi,   bu   issiqlik   mazkur
hududlardagi   Quyosh   radiatsiyasiga   taxminan   to‘g‘ri   keladi.   Kurosio   oqimi
Yaron   orollari   yaqiniga   20-30   k.kaloriya   issiqlik   olib   keladi.   Sovuq
Kaliforniua   oqimi   o‘tadigan   Kaliforniua   sohili   yaqinida   20   va   40   shimoliy
kenglik   orasida   esa   okean   har   bir   kvadrat   santimerdan   yiliga   60   k.kaloriya
energiya sarf qiladi.  Okeanlar suvida yorug‘lik  ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Quyosh nuri
tik   tushganda   suvda   200   m   chuqurlikkacha   kirib   boradi.   200   m   dan   500   m
gacha   chuqurlikda   g‘ira - shira ,   500   m   dan   chuqurda   tim   qorong‘u   bo‘ladi .
Shuning   uchun   o‘simlik   dunyosi   200   m   chuqurlikkacha   bo‘ladi.   Suv
hayvonoti ham chuqurlikka qarab o‘zgaradi.  Hayvonot   dunyosiga   bosim   ham
ta’sir   etadi . 5000  m   chuqurlikda   bosim  500  atmosferaga   teng .
Okeanda   suv   o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   4   ta   qatlam     hosil
qiladi:
1.   Yuza   qatlam .   0-200   m   chuqurlikkacha .   Harorat   o‘zgarib   turadi .
To‘lqinlar   tufayli   suv   aralashib   turadi.       Organizm     eng   ko‘p   tarqalgan,
o‘simlik mavjud.
2. Oraliq qatlam 200 m dan 2000 m gacha. Yuqori qatlamdan issiqlik va
oragnik moddalar tushib turadi.
3.   Chuqur   qatlam   2000-4000   m.   Suv   va   energiya   meridian   yo‘nalishda
harakat qiladi.
4.   O‘ta   chuqur     qatlam.   4000   m   dan   chuqur.   Organizmlar   kam,   juda
o‘ziga xos.
3. Okean tagi relefi va suv osti yotqiziqlari
Okean   tagining   quyidagi   geologik   va   geomorfologik   elementlarinni
ajratish mumkin:
-materiklarning suv ostidagi chekka qismlari, oraliq polasalar;
- o‘rta okean tizmalari;
- abissal tekisliklar yoki okean tagi.
Materiklarning suv ostidagi chekka qismlari uch bosqichdan iborat:
1) materik sayozligi yoki shelfi;
2) materik yonbag‘ri;
3) materik etagi. Materiklarning   okeanlarga   tipik   ravishda   o‘tib   borishi   Yer   po‘sti
yoriqlari mintaqasida boshqacha boladi. Bu yerda materiklardan okean tagiga
keng   va   murakkab   oraliq   polasalar   orqali   o‘tib   boriladi.   Oraliq   polasalar
Sharqiy   Osiyoda  Kamchatkadan  Zond   orollarigacha  bo‘lgan   joylarda,  Karib
dengizida, janubiy Sandvich orollari yaqinida uchraydi. 
Oraliq polasalar uchun relefning murakkab ekanligi xosdir. Materikning
oraliq   oblastlarida   baland   tog‘   zanjirlari   qad   ko‘targan,   dengizlarda   esa
odatda   katta-kichik   orollar   ko‘rinishidagi   yoysimon   yosh   tog‘   burmalari
chozilib   ketgan.   Bu   orollarga   juda   katta   Yapon   Orollaridan   tortib,   Kuril   va
Aleut gryadasidagi yakka-yakka vulqon konuslari ham kiradi. Oralq polosada
Aleut   (7822   m),   Kuril-Kamchatka   (10542   m),   Filippin   (10497   m),   Mariana
(11022   m),   Kermadek   (10047   m)   kabi   chuqur   okean   boriqlari   (novlari)   han
joylashgan.
Okean   o‘rta   tizmalari   tizimi   janubiy   yarimsharning   40-60°
kengliklaridagi   yaxlit   suv   osti   tog‘lari   halqasini   o‘z   ichiga   oladi.   Bu
halqadan   har   bir   okeanda   meridional   yo‘nalgan   uchta   tizma   tarmoqlanib
ketadi, bular: Atlantika O‘rta tizmasi, Hind okean O‘rta tizmasi  va Sharqiy
Tinch okean tizmasidir 4
.
Dunyo okeani boshqa relef tiplariga qaraganda chuqur abissal tekisliklar
–   abissal   kotlovinalarning   tagi   kengroq   tarqalgan.   Ularning   ba’zilari
to‘lqinsimon   relefga   ega   bo‘lib,   undagi   balandliklar   tafovuti   1000   m   ga
yetadi,   boshqalari   esa   yassidir.   Suv   osti   kotlovinalari   bir-birlaridan   tog‘
tizmalari orqali ajralgan.
Atlantika okeanida 4 ta (Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika, Braziliya,
Angola),   Tinch   okeanida   5   ta   (Shimoli-sharqiy,   Shimoli-g‘arbiy,   Markaziy,
Janubiy   va   Chili),   Hind   okeanida   3   ta   (Somali,   Markaziy,   va   G‘arbiy
4
Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.  2002 .  5-bet. Avstraliya)   kotlovinalar   bor.   Antarktida   qirg‘oqlari   yaqinida   Afrika-
Antarktida-Avstraliya va Bellinsgauzen kotlovinalari bor.
Shimoliy   Muz   okeani   boshqa   okeanlarga   qaraganda   ancha   kichik   va
sayoz.   Bu   okean   tagi   relefining   eng   harakterli   belgisi   barcha   qirg‘oqlarini
o‘rab   turuvchi   keng   –   eni   1300   km   bo‘lgan   materik   sayozligining
mavjudligidir.
Okean   va   dengizlarning   tagi   cho‘kindilar-dengiz   keltirmalari,   yani
dengiz gruntlari bilan qoplangan. 
Ma’lumki, quruqlik jinslar nuraydigan va chaqiq jinslar olib keltiradigan
yuza,   dengiz   va   okeanlar   esa   bu   jinslar   yotqiziladigan   oblast   hisoblanadi.
Tabiiyki,   terrigen,   ya’ni   vujudga   kelishiga   ko‘ra   quruqlik   bilan   bog‘liq
cho‘kindilar  qirg‘oq  yaqinida  bo‘kadi;  okean  tagi  esa  nobud  bo‘lgan  dengiz
organizmlari   qoldiqlaridan   hosil   bo‘lgan   cho‘kindilar,   ya’ni   okean   loyqasi
bilan qoplangan. 
Terrigen   yotqiziqlar   materik   sayozligi   bilan   materik   yonbag‘riga   xos
bo‘lib,   barcha   dengizlar   tagini   qoplab   yotadi.   Ular   Dunyo   okeani
maydonining   25%   ini   qoplaydi   va   donalarining   katta-kichikligiga   hamda
mexanik tarkibiga ko‘ra bir-biridan farq farq qiladi. Qirg‘oq yaqinida g‘o‘la
toshlar,   undan   narida   shag‘al,   yirik   qum   va,   nihoyat   mayda   qumlar
yotqiziladi.   Ba’zi   joyda   chig‘anoqlar   qoplami   uchraydi.   Dengizlarning
daryolar quyiladigan joylari yaqinida turli xil allyuvial yotqiziqlar, jumladan
delta   oqiziqlari   uchraydi.   Marjon   orollari   va   riflari   yaqinida   marjon   qumlar
bilan   loyqalar   to‘plangan .
Okeanning   qirg‘ogidan   uzoqdagi   va   eng   chuqur   qismlarida   qizil   tusli
okean   gili   to‘plangan .   U   Dunyo   okeani   tagining   36%   ini   qoplab   yotadi .
Okean   gili   jigar   rangdagi   gilsimon   balchiqdan   iborat .   U   okeanning   5000   m
dan chuqur qismlarida yotqiziladi. Okeanning   o‘rta   chuqurlikdagi   qismlarida   organik   yo‘l   bilan   loyqa
yotqiziladi.   Ular   planktonning   suvda   erimaydigan   ohaktoshli   yoki   kremniyli
qoldiqlaridan   vujudga   keladi . 
Okean   cho‘kindilarining   tarqalishi   okeanlar   tagidagi   geologik,
geomorfologik   strukturalar   harakterini   aks   ettiradi.   Materiklarning   suv   osti
chekkalarida terrigen yotqiziqlar  to‘planadi.  Rift tizmalarining  ko‘p qismida
yumshoq   oqiziqlar   uchramaydi.   Botiqlardagi   chokindular   qatlami   ayniqsa
qalin bo‘ladi.
Dunyo   okeani   tagida   ham   materik  yer  po‘stigagi   kabi  bitmas-tuganmas
foydali qazilma konlari bor. Asosiy adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук К.И., Боков В.А. Черванов И.Г. Общее землеведение. -М.: Высшая
школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World   Regional   Geography   (This   text   was   adapted   by   The   Saylor   Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0   License
without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or   licensee).
www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   Geography.   
2010.
10. Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael  Trapasso. Essentials of Physical
Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson, the Star logo, and Brooks/Cole are trademarks used herein
under license.

DUNYO OKEANI VA UNING TARKIBIY QISMLARI Reja: 1.Dunyo okeani 2. Okean suvining xususiyatlari 3. Okean tagi relefi va suv osti yotqiziqlari

1. Dunyo okeani. Okean , Dunyo okeani (yun. Okeanos — Yerni aylanib oqadigan azim daryo) — Yerning materik va orollarni o rab turuvchi suvʻ qobig i. Gidrosferaning katta qismi (96,4%) ni, ʻ Yer yuzasining taxminan 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan Okean bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy ko rsatkichlari xilma-xildir. ʻ Yer sharidagi quruqlik oltita materikdan iborat bo‘lsa, Okean bir butundir. Yu.M.Shokalskiy taklifiga ko‘ra Yer sharidagi 4 okean birgalikda Dunyo okeani deb ataladi. Uning maydoni 361 mln. km 2 . Dunyo okeanining bir butunligi suv massalarining erkin almashinuviga imkon beradi, shu sababli uni qismlarga bo‘lish turli davrlarda o‘zgarib turgan. 1650 yili golland olimi Varenus Dunyo okeanini 5 qismga ajratgan; Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz va Janubiy Muz. 1985 yilda London geografiya jamiyari buni tasdiqladi. Ammo keyinchalik Shimoliy va janubiy okeanlar bodhqa okeanlarning qismlari degan degan fikr asosida ular boshqa okeanlarga qo‘shib yuborildi. XX asrning 30 yillarida Shimoliy Muz okeanining nomi yana qaytadan tiklsndi. Hozirgi paytda Janubiy okean borligi isbotlanish arafasida turibdi. Yer sharida Okean suvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shimoliy yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda Okean suvlari qurukdikxa ancha kirib borib, ko p sonli dengiz va qo ltiqlar ʻ ʻ hosil qiladi. Barcha ichki dengizlar Shimoliy yarim sharda joylashgan. Janubiy yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va qo ltikdar kam. 81° shimoliy kenglikdan shimolida Shimoliy Muz okeanida ʻ va janubiy kenglikning taxminan 56° bilan 65° o rtasida Okean suvi yer ʻ sharini uzluk-siz qatlam shaklida o rab olgan. Suv yoki kurukdikning ʻ ko pligiga qarab yer shari okean yarim shari va materik yarim shariga ʻ bo linadi. Okean yarim sharining qutbi Yangi Zelandiyadan janubi-sharqda, ʻ

materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shimoli-g arbida joylashgan.ʻ Gidrosferaning bir qismi bo lgan Okean atmosfera va ʻ Yer pusti bilan uzluksiz o zaro aloqador; shuning uchun ham Okeanning ko pgina muhim ʻ ʻ xususiyatlari atmosfera va Yer po stiga bog liq. ʻ ʻ Okeanlarni bir-biridan bunday ajratishdagi bunday o‘zgarishlarga sabab shuki, ularning chegarasi hamma joyda ham materiklar qirg‘og‘idan o‘tavermaydi, shuning uchun ko‘pincha shartli o‘tkaziladi. Har bir okean faqat o‘ziga xos xususiyatlar kompleksiga, chunonchi o‘z oqimlari, suv qalqishlari, shamollari sistemasiga, harorat rejimiga, tuzlarning tarqalishi qonuniyatiga, chuqurliklari va suv osti yotqiziqlari harakteriga ega. Dunyo okeani tarkibiga okean, dengiz, qoltiq va bo‘g‘izlar kiradi. 2. Okean suvining xususiyatlari Dunyo okeani suvining asosiy xususiyati ularning sho‘rligi va haroratidir. Bir litr suvdagi tuzlar miqdoriga sho‘rlik deb ataladi. Sho‘rlik promille yoki grammlarda ifodalanadi. Okean suvida 60 ga yaqin mineral erigan, suvning sho‘rligi o‘rta hisobda 35‰. Suvda erigan tuzning 77,76 foizini NaCl, 1087 foizini MgCl, 4,74 foizini MgSO4 va 3,60 foizini CaSO4 tashkil etadi. Okeanda 1000 metrdan chuqurda hamma joyda suv sho‘rligi bir xil – 35 promille. Suv yuzasida oqimlar, yog‘inlar, bug‘lanish ta’sirida sho‘rlik darajasi har xil: ekvator atroflarida 37 ‰, tropiklarda 36- 38‰, mo‘tadil mintaqada 35‰, qutbiy o‘lkalarda 35-35‰. Suvning harorati quyosh radiatsiyasiga, shamollarga, oqimlarga, to‘lqinlarga bog‘liq. Okean suvi aslida soviq bo‘lib, uning faqat yuzasi iliq va chuqurga tushgan sayin salqinlashadi. Faqat 8 % dengiz suvi 10°C dan iliq, dengiz suvining yarimi esa 2,3°C dan soviq hisoblanadi 1 . Okeanlarning chuqur qismlarida harorat katta farq qilmaydi: qutbiy o‘lkalarda -1° atrofida, ekvator atroflarida +1°, +2° bo‘ladi. Bunga okean osti 1 Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.2002. 80 -bet

oqimlari sabab bo‘ladi. Chuqurlik ortgan sayin harorat pasayib boradi va 1000 m dan boshlab hamma joyda harorat 5° dan past. 2000 m dan pastda 2- 3°C. Okean yuzasidagi harorat havo harorati kabi zonal qonuniyat asosida o‘zgaradi. Ekvator atroflarida o‘rtacha yillik harorat 25-26°, har ikkala yarimsharning 30-40° kengliklarida 17-20°, qutbiy kengliklarda 0° artofida yoki manfiy bo‘ladi. Okean suvi hech qachon jim turmaydi. Asosan 3 xil harakat bo‘ladi; qalqish, to‘lqinlar, oqimlar. Suv qalqishi Yerni Oy tortishi oqibatida, uning Oyga qaragan va teskari tomonida ro‘y beradi. Ochiq okeanda suv ko‘p ko‘tarilmaydi. Qo‘ltiq va bo‘g‘izlarda ko‘proq ro‘y beradi. Har 12 soat 26 daqiqada eng ko‘p ko‘tarilish bo‘ladi. Eng baland ko‘tarilish Amerikaning Fandi qo‘ltig‘ida 18 m gacha, Osiyoning Shelexov qo‘ltig‘ida 12 m gacha kuzatiladi. Okean suvi to‘lqinlariga shamol, yer qimirlash va havo bosimining o‘zgarishi, suv qalqishi sabab bo‘ladi. To‘lqin balandligi ayrim vaqtlarda 20 m gacha yetadi. Ayniqsa yer qimirlashda hosil bo‘lagn to‘lqinlar – sunamilar katta bo‘ladi. Suv yuzasining tebranma harakatlaridan iborat bo‘lgan to‘lqinlanishdan tashqari okean hamda dengiz suvi massalari uzoq-uzoqlarga oqib boradi. Bular okean va dengiz oqimlaridir. Okean va dengiz oqimlari suvnind vertikal harakatlari bilan birgalikda dunyo okeani suvlarining sirkulyatsiyasini vujudga keltiradi. Bu sirkulyatsiya atmosfera sirkulyatsiyasiga o‘xshab ketadi. Atmosfera va okean suvi massasi harakatlari bir-biriga shu qadar bog‘liqki, ular atmogidrosferaning bir butun sirkulyatsiyasini hosil qiladi. Oqim deb okean yoki dengizning yuza qismidagi juda katta suv massasining chuqurligi bir necha yuz metrli keng polossalar tarzida ma’lum bir yo‘nalishda uzoq masofalarga olib ketilishiga aytiladi.

Okean suvlari sirkulyatsiyasi, shu jumladan oqimlar ham bir qancha sabablarga ko‘ra vujudga keladi. Mana shu sabablarga qarab oqimlar zichlik, dreyf va quyilma oqimlarga ajratiladi. Zichlik oqimlari turli dengizlarda va okeanlarning turli qismlarida suvlarning zichligi har xil bo‘lishidan vujudga keladi. Masalan, Qora dengiz bilan O‘rta dengiz orasida dengizlar suvining zichligidagi farq tufaylinhosil bo‘lgan oqim mavjud. Okean oqimlarining sayyora iqlimiga ta’siri katta. Yuqori va quyi kengliklarda issiqlik almashinishini ta’minlaydi va ekstremal iqlimni yumshatadi. Atmosfera sirkulyasiyasiga bog‘liq holda doimiy esuvchi shamollar yo‘nalishiga bog‘liq holda oqimlar ham o‘zgarib turadi. Suv yo‘nalishining o‘zgarishiga Korolis kuchi ham ta’sir ko‘rsatadi. Okean oqimlari suv zichligiga haroratlar farqi ham ta’sir ko‘rsatadi (12.5-rasm). Masalan, sovuq suv bilan issiq suvning zichligidagi farq okeanning ekvatorial qismlari bilan qutbiy qismlari o‘rtasida suv massalarining almashinuviga sabab bo‘ladi. Arktika va Antarktika da soviq va zich suvlar okeanning tagidagi suv qatlamlarida yuqori bosim hosil qiladi. Ekvator artoflarida yuza qatlamfagi suvlar issiq bo‘lganidan chuqurdagi suvlar zichligi qurublardagiga qaraganda kamroqdir. Shu sababli okean tagidagi suvlar qutblardan ekvatorga tomon, yuza suvlar esa ekvatordan qutblarga tomon oqadi 2 . Okean oqimlarini hosil qiluvchi asosiy kuch shamollardir. Doimiy va asosiy shamollar dreyf oqimlarini vujudga keltiradi. Bu oqimlar havo suv yuzasiga ishqlanishi va shamolning to‘lqin yonbag‘riga bosimi natijasida hosil bo‘ladi. Yuza suvlarning harakat energiyasi ancha chuqurgacha ta’sir etadi. 2 Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.2002. 7 5 -be t