logo

BADIIY ASARNING TARKIBIY QISMLARI MAVZU VA G‘OYA.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

39.021484375 KB
BADIIY ASARNING TARKIBIY QISMLARI: MAVZU VA
G‘OYA.
 
Reja:
1.  Oqilona   hayot   va   san’atkor
2.  Badiiy   tema   va   uning   asosiy   xususiyatlari
3. Badiiy   g‘oya   va   uning   tema   bilan   yaxlitligi Badiiy   adabiyot   –   insonshunoslik   ekan,   demak,   inson   hayoti,   uning
kechinmalari,   ehtiroslari,   munosabatlari   –   hamma   faoliyati   badiiy   asarning
“tepib   turgan   yuragi,   uning   qoni   va   joni,   uning   shu’lasi   va
quyoshi”(V.Belinskiy)dir.   “Butun   olam,   barcha   ranglar,   buyoqlar   va
ohanglar,   tabiat   va   hayotning   barcha   shakllari   poeziya   (adabiyot   –   h.U)
hodisasi   bo‘lishi   mumkin.   Lekin   u   hodisalar   zamirida   nima   yashiringan,
ularning   mavjudlik   sababi   qaerda   va   ular   bizni   nimasi   bilan   maftun   etadi   –
masalaning mohiyati shunda” 1
 ekan, uni ijodkor qanday hal qiladi? “Masalan,
qiynoqni,   qatlni,   mastlikda   yuvindi   chuqurga   yiqilib   tushgan   odamning
bebaxt   o‘limini   juda   natural   tarzda   tasvirlab   berish   mumkin,   lekin   bu
tasvirlarning   hammasi   dilni   xira   qiladigan   darajada   xunuk   va   mazmunsiz
bo‘ladi,   negaki,   ularda   hech   qanday   oqilona   fikr,   hech   qanday   oqilona
maqsad   bo‘lmaydi.   Ammo   mo‘yqalam   egasi   insonning   haqiqat   yo‘lida
kaltaklanishini   tabiiy   ko‘rsatsa,   uning   qiyofasida   bardoshning   jismoniy
iztirobi   ustidan   g‘alabasini   ifodalaydigan   bo‘lsa,   u   holda   manzaradagi
tabiiylik   kuchaygan   sayin   manzara   go‘zalroq   va   badiiyroq   bo‘ladi,   chunki
oqilona   maqsad   va   oqilona   fikr   yaqqolroq   ko‘rinadi.   Nimaiki   voqe   bo‘lsa,
oqilonadir   va   nimaiki   oqilona   bo‘lsa,   u   voqedir:   bu-ulug‘   haqiqat;   biroq
voqelikdagi   hamma   narsa   ham   oqilona   emas.   San’atkor   uchun   esa,   faqat
oqilona   voqelik   darkor.   Lekin   san’atkor   uning   quli   emas,   bunyodkori.
San’atkor   uning   izidan   bormaydi,   balki   unga   o‘z   idealini   singdiradi   va
shunga ko‘ra qayta yaratadi 2
.  Tema  (gr. thema-asosiga qo‘yilgan narsa) yoki
mavzu   (arabcha,   aynan   tema   ma’nosini   beradi;   biz   ikkalasidan   ham
foydalanamiz)-ijodkor   tomonidan   tanlab   olingan   va   hayotning   muayyan
muammolarini   umumiylashtirgan   voqealar   tasviri,   ana   shu   akslangan   hayot
(voqea)ko‘rinishlarining   mag‘zini   chaqish(fikriy   tadqiqot   va   tahlil)   va   uni
1
 В.Белинский. Адабий орзулар. Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 104-105-
бетлар.
2 2
 Шу асар, 103-бет. g‘oyaviy-yemosional   tarzda   baholashdir.   Ya’ni,   ijodkor   bir   vaqtning   o‘zida
uchta vazifani,  bir-biriga bog‘langan va chatishgan tarzdagi yaxlit maqsadni
ko‘zlab ish ko‘radi: Xalq va davrning milliy ko‘rinishlari doimo aniq, tarixan
konkretdir   va   har   bir   asarda   ana   shu   ko‘rinishlar   ichidan   tanlab   olingan
voqealar   doirasi   tasvirlanadi,   bu-tematikadir.     Jumladan,   “O‘tgan   kunlar”da
XIX asrning ikkinchi yarmidagi Turkistondagi hayot aks etgan bo‘lsa, “Uch
ildiz”   (P.Kodirov)da   O‘zbekistondagi   XX   asrning   60-   yillaridagi   talabalar
hayoti bilan bog‘liq voqealar tasvirlangan.  
2.   Badiiy   asarda   aks   etgan   ijtimoiy   xarakterlarni   yozuvchi   tomonidan
(g‘oyaviy-badiiy)   anglash   (mag‘zini   chaqish),   bu   -   problematika   (gr.
problema-oldinga   tashlangan   narsa,   hayotning   boshqa   tomonlaridan   ajratib
olingan)dir.   Jumladan,   “Sudxo‘rning   o‘limi”da   Sadriddin   Ayniy-sudxo‘rlik
va   xasislikka   ajratib   tasvirlasa,   “Qutlug‘   qon”da   o‘zbekning   o‘z-o‘zini
anglashi va erk, ozodlik uchun kurashini Oybek bo‘rttirib tasvirlaydi. Ajratib,
bo‘rttirib   tasvirlangan   qirralarda   asarning   g‘oyaviy   muammosi
mujassamlashadi.
3.   Tasvirlangan   ijtimoiy   xarakterga   yozuvchining   g‘oyaviy-yemosional
munosabati (muayyan xarakterni sevishi, ardoqlashi, e’zozlashi yoki ma’lum
xarakterni   qoralashi,   rad   etishi,   undan   g‘azablanishi;   aniq   bir   xarakterni   bir
vaqtni o‘zida ba’zida ma’qullashi, ba’zida ayblashi va h.) Jumladan, “O‘tgan
kunlar”da   Abdulla   Qodiriy     Kumushni   sevib   tasvirlasa,   Jannat   kampirni
qoralab tasvirlaydi. Zaynabni dam oqlasa, dam yomonlaydi.
G‘oyaviy   mazmunning   bu   atributlari   birlashadi   va   ayni   paytda,   asar
qismlarini butunlikka olib keladi. Chunki badiiy asrning g‘oyasi-mazmuning
turli   tomonlarining   yaxlitlashuvidan   yuzaga   keladi-bu   yozuvchining   obrazli,
emosional,   umumlashtirilgan   fikridirki,   ko‘rganingizdek,   u   xarakterlarni
tanlashdan,   anglashdan,   baholashdan   kelib   chiqadi.   Rusning   buyuk
yozuvchisi Maksim Gorkiy temaning ana shu ahamiyatidan kelib chiqib, uni adabiyotning   ikkinchi   unsuri   (elementi)   deb   ataydi   va   uni   shunday
ta’riflaydi:   “ Tema   avtor   tajribasida   bunyodga   kelgan,   hayotning   o‘zi
ko‘rsatib   bergan,   ammo   hozircha   avtor   tasavvurida   hali   to‘la-to‘kis
shakllanmagan   bir   holda   saqlanib,   obrazlarda   gavdalantirishni   talab
qilib,   avtorda   ishlashga   mayl   uyg‘otadigan   g‘oyadir ”.   Ushbu   ta’rifdan
ham   ma’lum   bo‘layaptiki,   tema   va   g‘oya   –   birbutun,   yuqorida   ko‘rganimiz
mazmun   va   shakl   kabi   (tema   g‘oyaning   ichida,   g‘oya   mazmunning   ichida
yashaydi) yaxlit hodisadir.
Adabiyotshunoslikdagi   fikrlarni   umumlashtirsak,   badiiy   asar   temalarini
uchga ajratish mumkin:
1.   Adabiy   mavzular .   Insoniyatga   xos   bo‘lgan   barcha   fazilatu
qusurlar(sevgi-muhabbat,   mehr-oqibat,   vafo-sadoqat,   shodlik   va   quvonch,
g‘am va qayg‘u, qasos, rashk, o‘lim,   saxiylik va baxillik, baxtu baxtiyorlik,
matonat   va   shijoat,   mehrli   tabassumu   yolqin   nigoh,   ehtiros,   sog‘inch,
chanqoqlik   va   jo‘shqinlik   va   h.)   adabiy   mavzulardir.   Shu   sababdan   Oskar
Uayld   “Dorion   Greyning   portreti”(“Jahon   adabiyot”,   yanvar,   2000)asarida
topib aytadi: “Fikr va so‘z san’atkor uchun san’at vositasidir. Illat va fazilat –
uning   ijodi   uchun   materialdir”.   Bu   xulosa   hamma   davr   adabiyotlari   uchun
tegishlidir.
2.   Tarixiy   mavzular .   Tarixda,   o‘tmish   (moziy)dan   tasvir   predmetiga
material   tanlash   va   shu   asosda   zamondoshlarning   diqqatini   qiziqtirgan   eng
zarur   muammolarga   javob   izlash   –   bosh   xususiyat   kasb   etadi.   Jumladan,
“Navoiy”(Oybek),   “Yulduzli   tunlar.   Bobur”(P.Qodirov),   “Ulug‘bek
xazinasi”(O.Yoqubov)   –   uzoq   tariximizni   yoritsa,   “O‘tgan
kunlar”(A.Qodiriy), “Kecha va kunduz”(Cho‘lpon), “Qutlug‘ qon”(Oybek) –
yaqin o‘tmishimizni gavdalantiradi.
3.   Zamonaviy   mavzular .   Bugungi   zamondan,   aniq   bosqich   –   istiqlol
davri   kishilarining   hayotini   tasvirlash   va   shu   orqali   hayotdan   dars   berish   – zamonaviy   mavzularga   xos   bosh   xususiyatdir.   Bugun   Istiqlol   talabiga
monand komil kishilarni – fikrlovchi, tadbirkor, el-yurt uchun kuyub, yonib
yashovchi,   adolat   va   haq   uchun   kurashuvchi   qahramonlarni   tasvirlash,
ularning   murakkab   obrazlarini   yaratish   –   zamonaviy   mavzularning
kashfiyotlari bilan bog‘liq.
Mavzular   qanday   atalishidan   qat’iy   nazar   hammasining   asosida
zamondoshlarning   ko‘nglini   band   etgan   muhim   masalalarga   javob   izlash   va
javobda insoniylashgan umumbashariy dolzarb g‘oyalar targ‘ib qilinishi talab
etiladi.  Adabiy asar hayotni keng va chuqur, barcha tomonlari bilan tasvirlar
ekan,   unda   asosiy   tema   va   yordamchi   temalar   bo‘lishini   taqoza   etadi.
Jumladan,   “O‘tgan   kunlar”   romanining   asosiy   temasi   XIX   asrning   ikkinchi
yarmidagi   hayot   ko‘rinishlarini   tasvirlash   bo‘lsa,   aynan   ana   shu   mavzuning
turli   qirralarini   ochuvchi   yordamchi   temalar   ham   ko‘p:   Otabek   va   homid
o‘rtasidagi   (yangilik   va   eskilikning)kurashi,   Kumush   va   Zaynab   orasidagi
kundoshlik, ota-ona va o‘g‘il orzulari orasidagi qarama-qarshilik, qipchoqlar
va qora- chopon(o‘zbek)lar o‘rtasidagi qirg‘in va h. Bularning hammasi bosh
temaning mohiyatini isbotlashga, bo‘rttirishga, ta’sirchanligini ta’minlashga,
birgina   so‘z   bilan   aytganda,   bosh   temani   yoritishga   bevosita   va   bilvosita
xizmat qiladilar.
7.     Badiiy   asar   muyyan   bir   mavzuni   tasvirlar   ekan,   bevosita   shu
mavzuning haqiqatini kashf qilish bilan ko‘pning diqqatini e’tibordan chetda
qolayotgan   muammoga   qaratadi   (Masalan,   “O‘tgan   kunlar”da   birinchi   bor
kundoshlikning   fojiasi   yaqqol   va   bo‘rttirib   gavdalantirilgach,   kundoshlikni
qoralovchilar   va   “oladigan   xotiningiz   sizga   muvofiq   bo‘lishi   barobarida   er
ham   xotung‘a   muvofiquttab’   (tabga   mos,   munosib)   bo‘lsin”   talabini
yoqlovchilar   keskin   ko‘payib   ketgan).   Demak,   yozuvchi   doimo   aniq
maqsadni ko‘zlab, “odilona hayotning yoqlovchisi, sudyasi bo‘lib ish ko‘radi.
Yozuvchining   maqsadi,   orzusi,   haqiqati,   adolati...   hammavaqt   asar qahramonlariga   taqsimlanadi,   ular   qalbiga   joylashtiriladi.   Va
qahramonlarning   o‘zaro   munosabatlaridan,   harakatlaridan,   qalb   tug‘yonlari
tasviridan   jonlanadi,   jilolanadi,   yaxlitlashadi   va   birbutun   go‘zalligi
(mukammalligi)   bilan   kitobxonni   harakatga   soladi.   Bu   badiiy   asar
“hujayralari”dan   sizib   chiquvchi   qon,   qon   tufayli   faoliyat
ko‘rsatayotgan jon,  jon tufayli tirik bo‘lgan ruh - badiiy g‘oyadir .
Demak,   g‘oya   ijodkorning   qalamga   olinayotgan   voqelikka
munosabatidir.   Mavzu   esa   aks   ettirilayotgan   voqea-hodisalarning
umumlashmasi,   yig‘indisi,   ya’ni   badiiy   asar   uchun   tayanch   bo‘lgan   asosiy
fikr   va   maqsad   ob’ektidir.   Yana   bir   mulohaza.   “Gap   roman   yoki   qissa
mavzuining   nechog‘li   muhimligi   yoki   dolzarbligida   emas,   balki   shu   muhim
va   dolzarb   mavzuni   yoritishda   yozuvchining   badiiy   salohiyati,   mahoratida
ekan-da?..”   degan   ritorik   tushuncha   ko‘p   gapiriladi.   Lekin   shu   salohiyat,
mahorat   qanday   qilib   voqe   bo‘lishi   yechilmaydi.   Aslida,   chiroqning
shishasini   –   mavzu   desak,   shu   mavzuni   kerakli   narsaga   aylantirayotgan,
uning   ardog‘ida   yonayotgan   pilikka   –   uning   yorug‘lik   nuriga,     shu   nurning
toza yolqiniga bog‘liq. Pilik notekis bo‘lsa, zaruriy ishlov berilmagan bo‘lsa
– uning yonishidan shisha darrov qorayadi, natijada yorug‘lik nurining ta’sir
doirasi   kamayadi,   yorug‘lik   darajasi   xiralashadi.   Xuddi   shunday,   mavzu
g‘oyani   asraganidek,   uning   yonishiga   imkon   tug‘dirganidek,   g‘oya   mavzuni
yorqin   qilib   (xiralashtirmasdan)   yoritishi   lozim.   Ana   shundagina,   ya’ni   ular
bir-biriga   jon   berib   va   jon   olib,   birlashib,   yaxlit   bir   mazmunni   ifoda
qilganlaridagina   –   poetik   ahamiyat   kasb   etadilar;   jonlanadilar,   muhitni   va
odamlarni   kerakli   nur   bilan   yoritadilar.   Ana   shu   holatni   bunyod   etish   –
salohiyatdir,   badiiy   mahoratdir.   Ijodkor   –   voqelik   –   fikr-maqsad   –
munosabat.    O‘z-o‘zidan ayonki, bular bir-biri bilan mustahkam bog‘langan
zanjirlardir.   Ma’lumki,   voqelik   haqidagi   fikr   o‘z-o‘zidan   tug‘ilmaydi,   u
kuzatish,   tahlil   qilish,   o‘rganish   asosida   paydo   bo‘ladi.   bu   jarayonda   – tabiiyki . nimadir inkor qilinadi, nimadir ma’qullanadi. Nimanidir ma’qullash
yoki   inkor   qilish   esa,   albatta,   munosabatni   taqozo   etadi.   Chunki   munosabat
bo‘lmasa   tasdiqlash,   ma’qullash   ham,   rad   qilish,   qoralash   ham     bo‘lmaydi.
Ijodkorning   oddiygina,   novdagi   bargni   tasvirlashi   yoki   unda   hosil
bo‘layotgan   kurtakni   madh   etishi   ham   o‘ziga   xos   munosabatdir.   Ya’ni   bu
tabiatning muayyan bir hodisasiga qarash va u orqali o‘quvchida ma’lum bir
kayfiyat   uyg‘otishdir.”(A.Ulug‘ov,   26-bet).     Bu   fikrlarning   yaqqol   misolini
ko‘raylik.   hamid   Olimjon   1937   yil   bahorida   Qozog‘istonda   bo‘lib,   qozoq
xalqining   hayoti   bilan   tanishadi.   hasan   Qayg‘i,   Jambul   kabi   oqinlar   ijodini
o‘rganadi,   ularning   xalq   qalbida   yashayotganini   ko‘radi.   O‘z   umrini   ham
sarhisob   qiladi.   Orzu-umidlarga,   boqiy   xayollarga   to‘lib-toshadi.   Martning
oxirlarida Toshkentga keladi va ertalab uyg‘onganida ishxona derazasi oldida
bir   to‘p   o‘rik   chaman   bo‘lib,   oppoq   gullagan.   Ko‘ngildagi   o‘y-orzulari   ham
o‘rikdan turtki olib ochila boshlaydi, uning xabari qog‘ozga to‘kiladi: 
Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...
Bu   xabarni   eshitgan   o‘quvchida   ham   turli-tuman   fikrlar   uyg‘onadi.
Lekin   shoir   nima   demoqchi?   O‘rik   gullari-hayotning   navbahori,
navbahorning ilk elchisi shoir qalbidagi qaysi kechinmalarni yuzaga chiqarar
ekan?   Bu   kechinma,   hissiyot,   fikrlar   oqimi   sizu   bizni   o‘ziga   oshno
qilarmikan?   Shoir   his-tuyg‘ulari   bizning   kechinmalarimizni   ham   uyg‘ota
olarmikan?   hayajonga   sola   bilarmikan?   hayot   ritmini   so‘z   va   obrazlarning
harakati orqali ifodalay olarmikan? Bu emosionallikni, romantikani, ularning
turfa ranglarini bo‘yi-basti bilan ko‘rsatib, qalblarimizga zarur bo‘lgan estetik
“ozuqani” bera bilarmikan?
Novdalarni bezab g‘unchalar
Tongda aytdi hayot otini.
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar Olib ketdi gulning totini.
har bahorda shu bo‘lar takror,
har bahor ham shunday o‘tadi.
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.
Ko‘rinyaptiki,   o‘rikning   gullashi   shoir   qalbidagi   kechinmalarni
uyg‘otdi:   har   bahor   o‘rik   gullarning   mazasini   shabboda   olib   ketadi.   Bu   yil
shunday   takrorlanyapti.   Inson   umri   ham   shunga   o‘xshash   emasmi?   Eng
zavqqa, kuchga, shodlikka to‘lganingda-gullaganingda hayoting rishtalari gul
kabi sochilmasmikin?..
Mayli deyman va qilmayman g‘ash
Xayolimni gulga o‘rayman
har bahorga chiqqanda yakkash
Baxtim bormi deya so‘rayman.
O‘rik novdalarini bezagan g‘unchalar-gul hayotining bahori ekan, lirik
qahramon   hayotining   bahori   nima?   Bu-baxt.   Baxtli   hayot.   Lekin   u   bormi,
mangu barqarormi?
“Ana   shu   tarzda   gulning   toti   to‘g‘risidagi   fikrlar   baxt   haqidagi   o‘ylar
bilan uyg‘unlashadi. Gulning toti, lirik qahramonning baxti-she’r g‘oyasi ana
shu   ikki   qalbning   uchrashgani   va   uchqun   sochgan   nuqtasida   ochiladi”
(N.Karimov).   “Baxtim   bormi?”   degan   so‘roq   lirik   qahramonni   o‘ylatsa,
“ikkinchidan,   o‘quvchining   ongida   qandaydir   savol   alomatini   ham,   ya’ni
“bundan   keyin   nima   bo‘ladi?”   degan   qiziqishni,   masalaga   faol   munosabatni
ham   uyg‘otadi.   Shoir   o‘z   o‘quvchisida   shunday   tuyg‘uni   uyg‘otib   olgandan
keyingina,   bu   esa   poetik   mahoratning   “sir”laridan   biridir,   baxtli   hayot
bahorini ifoda etuvchi yaxlit fikrlarni misralarga tizib tashlaydi” (S.Azimov):
Yuzlarimni silab-siypalab, Baxting bor deb esadi yellar
Yetgan kabi go‘yo bir talab
Baxting bor deb qushlar chiyillar.
hamma narsa meni qarshilar,
har bir kurtak menga so‘ylar roz
Men yurganda bog‘larga to‘lar
Faqat baxtni maqtagan ovoz:
“Mana senga olam-olam gul
Yetagingga siqqanicha ol.
Bunda tole har narsadan mo‘l,
To o‘lguncha shu o‘lkada qol.
Umrida hech gul ko‘rmay
O‘tganlarning haqqi ham senda
har bahorni yig‘lab qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda...”
Demak, lirik qahramon baxtining borligini yellar ham, qushlar ham, har
bir   kurtak   ham,   baxt   ovozi   ham   iymon   keltiradi,   tasdiqlaydi.   “Baxti   mangu
barqaror el”, “har gulistonda bahor mangu” bo‘lgan Vatan ulug‘lanadi.
O‘quvchi   qalbida   ana   shu   oliyjanob   tushunchalar,   ana   shu   bir   olam
hislar   ko‘chgandan   so‘ng,   “har   narsadan   baxt   mo‘l   o‘lka”ga   sodiq
farzandligidan sevinch to‘lgach, shoir she’rini tugatadi:
Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi... ha,   “she’r   ko‘ngillarga   nur   olib   kirgani   yaxshi,   g‘ashlik   va   najotsizlik
tuyg‘usin   emas”(E.Vohidov).   Baxt   va   baxt   haqidagi   orzu-inson   kamoloti
uchun zarur omil ekan, uni kuylagan ham mangu tirikdir.
Ko‘rinadiki,   asarning   g‘oyasi   (tema   kabi)   asar   mazmunida   –   undagi
umumlashma,   emosional,   obrazli   fikrda   ifodalanadi.   U   ham   bosh   g‘oya   va
yordamchi g‘oyalardan iborat bo‘ladi. Jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmi
“tariximizning   eng   kirlik,   qora   kunlari”   -   “O‘tgan   kunlar”ning   bosh   g‘oyasi
bo‘lsa,   Otabek-Kumush-Zaynab   o‘rtasidagi   muhabbat-kundoshlik   tufayli
fojiaga olib borishi-yana bir yordamchi g‘oyadir.
Qorachopon   va   qipchoqlar   qirg‘ini   –   feodal   jamiyatini   inqirozga   olib
borishi – yana bir yordamchi g‘oyadir.   Mamlakat markazlashgan bir davlat
tomonidan idora qilinganda, urush va qirg‘inlar, talon va tarojlarni yo‘qotish
mumkinligi ham – yordamchi g‘oyalardan biridir...
Yordamchi   g‘oyalarning   hammasi   ham   oxir-oqibat   bosh   g‘oyaga   kelib
tutashadi va bosh g‘oyaning isbotiga, daliliga, birbutunligiga, ta’sirchanligiga
xizmat qiladi. Eng asosiysi,   asar hujayralariga sochilgan fikrlarning rivojini
bir   o‘zanga   soladi,   shoshqin   va   toshqin,   zavqli   va   yaratuvchan,   betakror   va
tinimsiz   mavj   uruvchi,   o‘zigagina   xos   va   olamlarga   tegishli   bo‘lgan
insoniyatning komillik tomon harakatiga yangicha mazmun beruvchi daryoni
vujudga   keltiradi;   buning   yaratuvchisi   ham,   boshqaruvchisi   ham   yozuvchi-
san’atkordir,   yozuvchi   qalbidagi   nurdir,   aqlidagi-bilimdir,   talantidagi
qudratdir.
Adabiyotlar 1.   N.Shukurov   va   boshqalar.   Adabiyotshunoslikka   kirish,   T.,
“O‘qituvchi”, 1979,  88-92; 93-99-betlar.
2.   T.Boboev.   Adabiyotshunoslikka   kirish,   T.,   “O‘qituvchi”,   1979,   92-
106 -betlar.
3. Vvedenie v literaturovedenie, M., “V ы shaya shkola”, 1988, 180-188-
betlar.
4. Hamid Olimjon. Mukammal asarlar to‘plami, T., “Fan”, 1979.
5. Pirimqul Qodirov.  Yulduzli tunlar. Bobur, T., “O‘zbekiston”, 1999.  
6 .   A.Ulug‘ov.   Adabiyotshunoslikka   kirish.   T.,   “Universitet”,   2000,   23-
26-betlar.
7 .   H.Umurov.   Badiiy   ijod   mo‘jizalari.   S .,   “ Zarafshon ”,   1992,   152-165-
betlar .

BADIIY ASARNING TARKIBIY QISMLARI: MAVZU VA G‘OYA. Reja: 1. Oqilona hayot va san’atkor 2. Badiiy tema va uning asosiy xususiyatlari 3. Badiiy g‘oya va uning tema bilan yaxlitligi

Badiiy adabiyot – insonshunoslik ekan, demak, inson hayoti, uning kechinmalari, ehtiroslari, munosabatlari – hamma faoliyati badiiy asarning “tepib turgan yuragi, uning qoni va joni, uning shu’lasi va quyoshi”(V.Belinskiy)dir. “Butun olam, barcha ranglar, buyoqlar va ohanglar, tabiat va hayotning barcha shakllari poeziya (adabiyot – h.U) hodisasi bo‘lishi mumkin. Lekin u hodisalar zamirida nima yashiringan, ularning mavjudlik sababi qaerda va ular bizni nimasi bilan maftun etadi – masalaning mohiyati shunda” 1 ekan, uni ijodkor qanday hal qiladi? “Masalan, qiynoqni, qatlni, mastlikda yuvindi chuqurga yiqilib tushgan odamning bebaxt o‘limini juda natural tarzda tasvirlab berish mumkin, lekin bu tasvirlarning hammasi dilni xira qiladigan darajada xunuk va mazmunsiz bo‘ladi, negaki, ularda hech qanday oqilona fikr, hech qanday oqilona maqsad bo‘lmaydi. Ammo mo‘yqalam egasi insonning haqiqat yo‘lida kaltaklanishini tabiiy ko‘rsatsa, uning qiyofasida bardoshning jismoniy iztirobi ustidan g‘alabasini ifodalaydigan bo‘lsa, u holda manzaradagi tabiiylik kuchaygan sayin manzara go‘zalroq va badiiyroq bo‘ladi, chunki oqilona maqsad va oqilona fikr yaqqolroq ko‘rinadi. Nimaiki voqe bo‘lsa, oqilonadir va nimaiki oqilona bo‘lsa, u voqedir: bu-ulug‘ haqiqat; biroq voqelikdagi hamma narsa ham oqilona emas. San’atkor uchun esa, faqat oqilona voqelik darkor. Lekin san’atkor uning quli emas, bunyodkori. San’atkor uning izidan bormaydi, balki unga o‘z idealini singdiradi va shunga ko‘ra qayta yaratadi 2 . Tema (gr. thema-asosiga qo‘yilgan narsa) yoki mavzu (arabcha, aynan tema ma’nosini beradi; biz ikkalasidan ham foydalanamiz)-ijodkor tomonidan tanlab olingan va hayotning muayyan muammolarini umumiylashtirgan voqealar tasviri, ana shu akslangan hayot (voqea)ko‘rinishlarining mag‘zini chaqish(fikriy tadqiqot va tahlil) va uni 1 В.Белинский. Адабий орзулар. Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 104-105- бетлар. 2 2 Шу асар, 103-бет.

g‘oyaviy-yemosional tarzda baholashdir. Ya’ni, ijodkor bir vaqtning o‘zida uchta vazifani, bir-biriga bog‘langan va chatishgan tarzdagi yaxlit maqsadni ko‘zlab ish ko‘radi: Xalq va davrning milliy ko‘rinishlari doimo aniq, tarixan konkretdir va har bir asarda ana shu ko‘rinishlar ichidan tanlab olingan voqealar doirasi tasvirlanadi, bu-tematikadir. Jumladan, “O‘tgan kunlar”da XIX asrning ikkinchi yarmidagi Turkistondagi hayot aks etgan bo‘lsa, “Uch ildiz” (P.Kodirov)da O‘zbekistondagi XX asrning 60- yillaridagi talabalar hayoti bilan bog‘liq voqealar tasvirlangan. 2. Badiiy asarda aks etgan ijtimoiy xarakterlarni yozuvchi tomonidan (g‘oyaviy-badiiy) anglash (mag‘zini chaqish), bu - problematika (gr. problema-oldinga tashlangan narsa, hayotning boshqa tomonlaridan ajratib olingan)dir. Jumladan, “Sudxo‘rning o‘limi”da Sadriddin Ayniy-sudxo‘rlik va xasislikka ajratib tasvirlasa, “Qutlug‘ qon”da o‘zbekning o‘z-o‘zini anglashi va erk, ozodlik uchun kurashini Oybek bo‘rttirib tasvirlaydi. Ajratib, bo‘rttirib tasvirlangan qirralarda asarning g‘oyaviy muammosi mujassamlashadi. 3. Tasvirlangan ijtimoiy xarakterga yozuvchining g‘oyaviy-yemosional munosabati (muayyan xarakterni sevishi, ardoqlashi, e’zozlashi yoki ma’lum xarakterni qoralashi, rad etishi, undan g‘azablanishi; aniq bir xarakterni bir vaqtni o‘zida ba’zida ma’qullashi, ba’zida ayblashi va h.) Jumladan, “O‘tgan kunlar”da Abdulla Qodiriy Kumushni sevib tasvirlasa, Jannat kampirni qoralab tasvirlaydi. Zaynabni dam oqlasa, dam yomonlaydi. G‘oyaviy mazmunning bu atributlari birlashadi va ayni paytda, asar qismlarini butunlikka olib keladi. Chunki badiiy asrning g‘oyasi-mazmuning turli tomonlarining yaxlitlashuvidan yuzaga keladi-bu yozuvchining obrazli, emosional, umumlashtirilgan fikridirki, ko‘rganingizdek, u xarakterlarni tanlashdan, anglashdan, baholashdan kelib chiqadi. Rusning buyuk yozuvchisi Maksim Gorkiy temaning ana shu ahamiyatidan kelib chiqib, uni

adabiyotning ikkinchi unsuri (elementi) deb ataydi va uni shunday ta’riflaydi: “ Tema avtor tajribasida bunyodga kelgan, hayotning o‘zi ko‘rsatib bergan, ammo hozircha avtor tasavvurida hali to‘la-to‘kis shakllanmagan bir holda saqlanib, obrazlarda gavdalantirishni talab qilib, avtorda ishlashga mayl uyg‘otadigan g‘oyadir ”. Ushbu ta’rifdan ham ma’lum bo‘layaptiki, tema va g‘oya – birbutun, yuqorida ko‘rganimiz mazmun va shakl kabi (tema g‘oyaning ichida, g‘oya mazmunning ichida yashaydi) yaxlit hodisadir. Adabiyotshunoslikdagi fikrlarni umumlashtirsak, badiiy asar temalarini uchga ajratish mumkin: 1. Adabiy mavzular . Insoniyatga xos bo‘lgan barcha fazilatu qusurlar(sevgi-muhabbat, mehr-oqibat, vafo-sadoqat, shodlik va quvonch, g‘am va qayg‘u, qasos, rashk, o‘lim, saxiylik va baxillik, baxtu baxtiyorlik, matonat va shijoat, mehrli tabassumu yolqin nigoh, ehtiros, sog‘inch, chanqoqlik va jo‘shqinlik va h.) adabiy mavzulardir. Shu sababdan Oskar Uayld “Dorion Greyning portreti”(“Jahon adabiyot”, yanvar, 2000)asarida topib aytadi: “Fikr va so‘z san’atkor uchun san’at vositasidir. Illat va fazilat – uning ijodi uchun materialdir”. Bu xulosa hamma davr adabiyotlari uchun tegishlidir. 2. Tarixiy mavzular . Tarixda, o‘tmish (moziy)dan tasvir predmetiga material tanlash va shu asosda zamondoshlarning diqqatini qiziqtirgan eng zarur muammolarga javob izlash – bosh xususiyat kasb etadi. Jumladan, “Navoiy”(Oybek), “Yulduzli tunlar. Bobur”(P.Qodirov), “Ulug‘bek xazinasi”(O.Yoqubov) – uzoq tariximizni yoritsa, “O‘tgan kunlar”(A.Qodiriy), “Kecha va kunduz”(Cho‘lpon), “Qutlug‘ qon”(Oybek) – yaqin o‘tmishimizni gavdalantiradi. 3. Zamonaviy mavzular . Bugungi zamondan, aniq bosqich – istiqlol davri kishilarining hayotini tasvirlash va shu orqali hayotdan dars berish –

zamonaviy mavzularga xos bosh xususiyatdir. Bugun Istiqlol talabiga monand komil kishilarni – fikrlovchi, tadbirkor, el-yurt uchun kuyub, yonib yashovchi, adolat va haq uchun kurashuvchi qahramonlarni tasvirlash, ularning murakkab obrazlarini yaratish – zamonaviy mavzularning kashfiyotlari bilan bog‘liq. Mavzular qanday atalishidan qat’iy nazar hammasining asosida zamondoshlarning ko‘nglini band etgan muhim masalalarga javob izlash va javobda insoniylashgan umumbashariy dolzarb g‘oyalar targ‘ib qilinishi talab etiladi. Adabiy asar hayotni keng va chuqur, barcha tomonlari bilan tasvirlar ekan, unda asosiy tema va yordamchi temalar bo‘lishini taqoza etadi. Jumladan, “O‘tgan kunlar” romanining asosiy temasi XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayot ko‘rinishlarini tasvirlash bo‘lsa, aynan ana shu mavzuning turli qirralarini ochuvchi yordamchi temalar ham ko‘p: Otabek va homid o‘rtasidagi (yangilik va eskilikning)kurashi, Kumush va Zaynab orasidagi kundoshlik, ota-ona va o‘g‘il orzulari orasidagi qarama-qarshilik, qipchoqlar va qora- chopon(o‘zbek)lar o‘rtasidagi qirg‘in va h. Bularning hammasi bosh temaning mohiyatini isbotlashga, bo‘rttirishga, ta’sirchanligini ta’minlashga, birgina so‘z bilan aytganda, bosh temani yoritishga bevosita va bilvosita xizmat qiladilar. 7. Badiiy asar muyyan bir mavzuni tasvirlar ekan, bevosita shu mavzuning haqiqatini kashf qilish bilan ko‘pning diqqatini e’tibordan chetda qolayotgan muammoga qaratadi (Masalan, “O‘tgan kunlar”da birinchi bor kundoshlikning fojiasi yaqqol va bo‘rttirib gavdalantirilgach, kundoshlikni qoralovchilar va “oladigan xotiningiz sizga muvofiq bo‘lishi barobarida er ham xotung‘a muvofiquttab’ (tabga mos, munosib) bo‘lsin” talabini yoqlovchilar keskin ko‘payib ketgan). Demak, yozuvchi doimo aniq maqsadni ko‘zlab, “odilona hayotning yoqlovchisi, sudyasi bo‘lib ish ko‘radi. Yozuvchining maqsadi, orzusi, haqiqati, adolati... hammavaqt asar