logo

BADIY ASARNING TARKIBIY QISMI MAZMUN VA ShAKL

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

40.779296875 KB
BADIY ASARNING TARKIBIY QISMI  M AZMUN VA ShAKL
Reja:
1.  Badiiy   asar  –  yaxlit   va   betakror   olam
2.  Badiiy   mazmun
3.  Adabiy  –  badiiy   shakl
4.  Mazmun   va   shaklning   o‘zaro   aloqasi Badiiy ijod jarayonini ko‘pincha ayolning boshqorong‘i bo‘lishi, homila
ko‘rishi   va   tug‘ishiga   o‘xshatishadi.   Buning   asosi   bor.   Obraz   ham   amalga
keladi,   oy-kun,   vaqti-soati   yetiladi   va   oxiri   tug‘iladi.     Shuning   uchun   ham
Mirmuhsin   “Yozuvchi   uchun   hamma   asari   ham   farzandidek   aziz...   shaxsan
men   uchun   “Degrez   o‘g‘li”...hayotimning   yaxlit   bir   bo‘lagi” 1
,   -   deb   yozadi.
S.Ahmad   “Mening   jiddiy   hikoya   yozishim   xuddi   ayol   kishining   ko‘z
yorishidek azobli bo‘ladi” 2
, - deb ta’kidlaydi va ikkinchi bir o‘rinda “Oy-kuni
yaqin ayolning ikki yo‘l o‘rtasida turipti, deyishadi. Ayol yo bola tug‘adi, yo
halok   bo‘ladi.   Ana   shunday   azoblar   bilan   bola   tuqqan   xotinlar   bor...
Yozuvchi   ham   xuddi   shu   onaga   o‘xshaydi” 1
,   -   deya   o‘z   “dahlsiz”   dunyosi
bilan   tanishtiradi.     V.G.Belinskiy   ham   o‘zining   “Evgeniy   Onegin”   tahliliga
bag‘ishlangan   5-maqolasida:   “Ona   chaqaloqni   qornida   paydo   bo‘lishidan   to
oy-kuni   yetguncha   saqlaganidek,   san’atkor   ham   o‘zida   poetik   fikrning
urug‘i(homilasi)ni   paydo   qiladi,   oy-kuni   to‘lgancha   saqlaydi;   ijod   jarayoni
bola   tug‘ish   jarayoniga   monanddir   va   bu   jismoniy   hodisaning   ma’naviy
azoblari san’atkor uchun begona  emas” 2
, - deb badiiy ijod yakuni bilan bola
tug‘ilishi   o‘rtasidagi   moslikni   alohida   qayd   etadi.     Oddiy   tug‘ish   –   bola
kindigining   kesilishi   bilan   tugaydi.   Kindikning   kesilishi   bilan   u   ona
organizmidan ajraladi va mustaqil hayotga qadam qo‘yadi. U endi garchi ota-
ona   bilan   aloqasini   uzmasa-da   (chunki   shulardan   tug‘ilgan   va   shular
tarbiyasida   bo‘ladi),   endi   u   yaxlit,   jonli   vujud,   mustaqil   va   o‘zigagina   xos
bo‘lgan   hayotning   egasidir.   Xuddi   shu   jarayon   kabi   badiiy   ijodda   ham
“Kindikni   kesish”   -   obrazni   o‘zdan   (muallifdan)   ajratish   holati   mavjud.   Bu
ijodning   mohiyatini   belgilovchi   va   ochuvchi   asosiy   nuqtadir.
Aytmoqchimizki, obraz san’atkorning ongi va qalbida tug‘ilgan bo‘lsa ham,
adabiy   asar   sahifasiga   qadam   qo‘yar   ekan,   u   mustaqillik   kasb   etadi,
1
 Қаранг: У.Норматов. Талант тарбияси, “Ёш гвардия”. 1980, 47-бет.
2 2
 Шу китоб, 82-бет.
1 1
 Шу китоб, 101-бет.
2 2
 Белинский В.Г. КПСС в 13-томах, М., 1953-1974 гг., т. 12, с.375-376. “o‘zgacha”   yashash   huquqini   qo‘lga   kiritadi.   U   yozuvchi   xayoli,   tasavvuri,
tajribasi, xotirasi, talantining mevasi (masalan, L.Tolstoy aytgan ekan: “Anna
Karenina   ham   mening   bir   bo‘lagimdan   bino   bo‘lgan”)   va   ayni   paytda,
yozuvchiga   o‘xshamaydigan,   uning   hayot   yo‘lini   takrorlamaydigan   (mas.,
L.Tostoy   –   Anna   Karenina   emas)   ob’ektiv   “o‘zgacha”   dunyoning,   ob’ektiv
“o‘zgacha” qalbning jonli egasidir, “o‘ziga biqiq bir olamdir” (V.Belinskiy).
Xuddi   shunday   olamlarning   o‘zaro   munosabatlari   tasviridan   –   bo‘lishi
mumkin bo‘lgan hayotning yaxlit, bir butun manzarasi gavdalanadi – badiiy
asar dunyoga keladi. Badiiy asar va undagi qahramonlar – barkamolligi bilan
birdaniga   ishga   kirishadi:   kuchli   hayajon   va   zavq   uyg‘otish   orqali
kitobxonning fe’l-atvorini, dunyoqarashini, xatti-harakatini – ruhiy va tashqi
olamini o‘zligi bilan boyitadi, poklaydi va ezgulikka, insoniylikka yetaklaydi.
Ushbu   jarayonning   mohiyatini   to‘liqroq   anglashning   zarurati   shundaki,   u
badiiylik   unsurlarining   barchasini   yanada   aniqlashtiradi,   oydinlashtiradi,
yaqqol   bilishga   va   amaliyotda   asosliroq   foydalanishga   imkoniyat   yaratadi.
Darhaqiqat,   badiiylikni   vujudga   keltiruvchi   –   mavzu   va   g‘oya,   obraz   va
xarakter,   syujet   va   kompozitsiya,   badiiy   til   va   uslub,   tur   va   janrlar   kabi
vositalar   har   bir   asarda   betakror   tarzda   uyg‘unlashadilar   va   har   safar   ham
jonli   bir   vujudni   –   aniq   bir   farzandni   dunyoga   keltiradilar.   Shu   sabab   ham
adabiyot(insoniyat)ni   o‘rganish   uchun,   dastavval,   asar   (farzand)ni   tahlili   –
aniqroq   saboq   va   xulosalarga   olib   keladi;   ha,   o‘zlikni   bilmasdan   turib,
insonni   bilish   mumkin   emasligini,   adabiy   jarayon   ham   tasdiqlaydi.   Shu
mulohazalarga asoslanib, badiiy asarni qismlarga bo‘lib tekshirishga o‘tamiz.
Bularning   birinchisi   –   mazmun   va   shakl   hodisasidir,   chunki   har   qanday
predmet,   hodisa,   narsa   –   o‘zining   mazmuni   va   shakli   mutanosibligida   voqe
bo‘ladi va mavjudligini, birbutunligini namoyon etadi. 
Mazmun . hayot – tabiiy borliq (tabiat) ijtimoiy borliq (jamiyat), insoniy
borliq(inson)da   mavjud   ekan,   demak,   ana   shu   shakllarning   yashash   tarzi   va munosabatlari mazmunni tashkil qiladi. Shunga asosan, hayot doimo san’at,
adabiyotning   asosi   va   mazmuni   bo‘lib   kelgan.   Aniq   bir   asarda   tasvirlangan
hayot   parchasi   –   shu   asarni   mazmuni   sanalgan.   Jumladan,   “O‘tgan   kunlar”
romanining   mazmuni   deganda,   biz   XIX-asrning   ikkinchi   yarmidagi   o‘zbek
xalqi hayotini tasavvur qilamiz. Otabek, Kumush, Zaynab taqdirlarida sevgi-
muhabbatni, kundoshlikning fojeali oqibatini, homid, Musulmonqul cho‘loq,
Aziz   bachcha,   O‘tabboy   qushbegi,   hudoyorxon   kabilar   taqdirida   feodal
tuzum   siyosati   va   kirdikorlarini,   Yusufbek   hoji,   O‘zbekoyim,   Mirzakarim
qutidor,   Oftoboyimda   farzandlarga   mehr-oqibatni,   orzu-armonlarni   va
hokazo   jonli   voqealarning   barchasini   ko‘z   o‘ngimizga   keltiramiz.   Badiiy
asarda   hayot   parchasi   yozuvchi   dunyoqarashi   va   salohiyatiga   muvofiq
anglashilgan,   baholangan,   to‘ldirilgan,   ta’sirchanlashtirilgan   voqelik   sifatida
tasvirlanadi.   Demak,   uning   mazmunida   muallifning   hayotni   qanday
tushunishi,   uni   qanday   baholayotgani   ham   muhrini   bosadi:   mazmun   fikr
bilan,   to‘g‘rirog‘i   yozuvchi  g‘oyasi  bilan   chambarchas  bog‘lanadi;  g‘oyaviy
mazmun   (bir   butun   va   hal   qiluvchi   kuch)   obrazlar   qismati   orqali   tiriladi.
“O‘tkan kunlar”dagi XIX asrning ikkinchi yarmi – “tariximizning eng kirlik,
qora   kunlari   bo‘lg‘an   keyingi   “xon   zamonlari”   tarzida   Abdulla   Qodiriyning
bahosini   oladi   va   romandagi   Otabek,   Yusufbek   hoji,   O‘zbekoyim,   hasanali,
Kumush, Mirzakarim qutidor, Oftoboyim, Zaynab, homid, usta Alim, Saodat
va shu kabi o‘nlab taqdirlar qismatida isbotini topadi. Ana shu g‘oya asosida
obrazlarning   tartiblashtirilgan,   yaxlitlashtirilgan   o‘zaro   munosabatlari
(kompozision   qurilish   -   “asarning   tashkilotchi   intizom   kuchi”)dan   syujet
yaratiladi, voqealar xarakter mantig‘iga, xarakterlar voqealar mantig‘iga mos
harakatlanadi. Bularning barchasiga so‘z jon ato etadi... Ana shu xususiyatiga
binoan   obraz   (xarakter)   alohida   qudratga   ega   bo‘ladi,   ya’ni   u   g‘oyaviy
mazmunga   nisbatan   shakl   va   ayni   paytda,   boshqa   unsurlar   (kompozitsiya,
syujet,   so‘z   va   sh.k.)ga   nisbatan   mazmun   (adabiy   asarning   bosh   vazifasi xarakter yaratish) hodisasi hamdir. Xarakter (obraz) bir vaqtning o‘zida ham
shakllanadi,   ham   mazmunlashadi:   u   mazmun   va   shaklni   jon   va   jasad   kabi
yaxlitlashtiradi,   birbutunlikda   tiriltiradi.   Biri-birisiz   keraksiz   matohga
aylanishini   yaqqol   namoyon   etadi.   Shuning   uchun   ham   V.Belinskiy   asosli
ta’kidlagandi: “Mazmunni ifodalovchi shakl bir-biri bilan shunday bog‘liqki,
shaklni   mazmundan   ajratish-mazmunni   yo‘q   qilish,   mazmunni   shakldan
ajratish-demak, shaklni vayron qilishdir” 1 [1]
Shakl.  Bu qonuniyatga tayansak, shakl badiiy asarning qobig‘idir, u ham
eng kichik zarralarigacha yaratilishini nazarda tutsak, badiiy asarning go‘zal
va   betakror   “libosi”dir,   degan   xulosa   haqqoniydir.   Shu   nuqtai   nazardan
“O‘tkan   kunlar”ga   yondoshsak,   XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   “tariximizning
eng   kirlik,   eng   qora”   kunlari   “g‘oyaviy   mazmuni”ni   yuzaga   chiqaruvchi
barcha   vositalar   (obrazlar   tizimi,   kompozitsiya,   syujet,   konflikt,   mavzu,
badiiy nutq, janr, uslub va h.) romanning badiiy shakli sanaladi.
Shuni   doimo   yodda   tutish   lozim:   mazmunga   nisbatan   shakl
ikkilamchidir, mazmundan kelib chiquvchidir, ayni paytda, judayam faoldir.
Faolligi   shundaki,   u   mazmunni,   o‘zida   voqelik   mohiyatini   kashf   etgan
mazmunni   go‘zallashtiradi,   tiniq   va   betakrorligi   bilan   maftunkor   qiladi,
yoniqligi, ohanraboligi bilan zavqu shavqqa ko‘madi.
Ana shunday vobastalik hayotni chuqur tahlil qilishni, uning mohiyatini
ifodalashni, ifodalaganda ham kuyib va yonib, yoqlab va rad etib, quvonib va
g‘amga   botib   (qo‘yingki,   mazmun   talabiga,   hattoki   mazmun   ohangiga   mos
tarzda),   boyitib   va   mubolag‘ali   qilib   tasvirlashi   lozim,   ana   shundagina
haqiqiy badiiy asar tug‘iladi. Bu talabga rioya qilinmaganda, hayotdan nusxa
ko‘chirish   (fotografik   obraz)   naturlizm   (lat.   Naturra-tabiat)   dunyoga   keladi:
mohiyatdan   ko‘ra   sirtqi   ko‘rinish,   tiniqlik   o‘rniga   hayotiy   materialni   aynan
tasvirlsh yetakchilik qaladi.
1 [1]
 Белинский. Собр. Соч. в трёх томах, Т  II . , М., ГИХЛ, 1948 стр. 188 Jumladan, Faxriyorning:
“oy
bolta” -
nomli   bitigini,   hozirgi   she’riyatimizda   “ikkigina   so‘zdan   iborat   butun
boshli   bir   she’r”,   u   tugal   asar 1
,   deb   baholash   noo‘rindir,   chunki   unda   eng
asosiy narsa shoir tomonidan anglangan va uni aynan o‘quvchida ham xuddi
shunday idrok qilishni yuzaga keltiradigan poetik mazmun yo‘q...   “oy”ning
ham, “bolta”ning ham va ular o‘rtasidagi bog‘lanishning ichki mohiyati ham
kashf etilmagan.   Shodlik   va   baxt   kuychisi   h.Olimjoning   “Xayolimda
bo‘lding   uzun   kun...”   she’rida   esa   bu   mulohazalarning   tamoman   aksini   –
poetik   kashfiyotni   ko‘ramiz,   uning   mutanosibligini,   qalb   torlarini   sehrli
tebratishidan   hayajonga   tushamiz,   “hiylagar   oy,   sehrgar   dilbar   kimnidir
yodimizga solib qo‘yganidan” huzur va sog‘inch tuyamiz: 
Xayolimda bo‘lding uzun kun,
Seni izlab qirg‘oqqa bordim.
Och to‘lqinlar pishqirgan tunda,
Topib ber, deb oyga yolvordim.
Ishon bunga, seni doimo
Yesga solur chiroyli tunlar.
Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,
Yesga solur baxtiyor kunlar.
To‘leimning oshinosi sen,
Sen sevgimninng ko‘kargan bog‘i.
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo tog‘i.
Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
1
Қар анг:Шарқ юлдузи,биринчи фасл, 2001 йил, 7-бет. Shunda qancha-qancha gaplarni
 esga solib oy ham to‘ladi.
Kecha jimjit, yolg‘iz to‘lqinlar,
Pishqiradi bilmay tinimni.
hiylagar oy, sehrgar dilbar
Solib qo‘yding yodimga kimni?.. 1
Ushbu she’rninng shaklini yuzaga chiqaruvchi vositalar: she’rning ritmi,
turoqlanishi,   vazni,   qofiyalanish   tartibi,   ohangi,   poetik   sintaksisi,   fonetikasi,
badiiy-tasviriy   vositalari   kabilar   tushuniladi.   Bu   shakliy   vositalarning
barchasi   birvarakayiga   lirik   qahramonning   sevgilisiga   bo‘lgan   muhabbatini,
bu muhabbat uyg‘otgan sog‘inchni ochib berishga xizmat qiladilar. Mazmun
va shakldagi ana shunday yaxlitlik – poetik asarni jo‘shqin, ta’sirchan qilgan.
Mazmun   sayoz   bo‘lganda-chi?   Shakl   yasama   bo‘lmaydimi?   Shu   nuqtai-
nazardan hozirgi jarayonga bir nazar tashlaylik.   San’at – serzavq go‘zallik,
o‘ta   nafislik,   to‘kis   uyg‘unlik,   huzurbaxsh   oromijonlik   xislatlari   –   mazmun
shaklning yaxlitligi bilan maftun etadi, ezgulikka yetaklaydi, ayniqsa, ishqni
kuylaganda   ko‘ngilga   olov   tashlaydi:   musiqa,   so‘z   va   ovoz   bir-birlarining
taniga,   yo‘q,   yo‘q,   jon-jonlariga   singishib   ketganda,   uchchalasidan   yorqin
jonbaxsh   bir   olam   yaralganda   oh   deysan,   yoqangni   yirtasan,   ko‘z   yoshi
to‘kasan,   joning   o‘rtanadi,   qalbingda   har   qanday   tuyg‘ung   yonadi   va   shu
olovda pishib, toblanib, yangilanib ezgulik ruhini socha boshlaydi.
Tinglang-a:
Umr o‘tar, vaqt o‘tar,
Xonlar o‘tar, taxt o‘tar.
Omad o‘tar, baxt o‘tar,
Lekin hech chiqmas yodimdan
1 1
 Ҳ.Олимжон. МАТ,   I -том, Т., “Фан”, 1979, 198-бет. Sening yurishlaring, sening kulishlaring?..   Bu   oshiq-sadoqat
timsoli,   ishqning   jahoni;   u   yori   uchun   shunchalik   kuyub-yonadiki,   Sizning
aqlingizni   eritib   yubora   oladi,   qalbingizda   g‘ulg‘ula   solib,   uni   jo‘nbushga
keltirib qaynatadi, har qanday g‘ubordan ozod etadi.  Ana   shunday   haqiqiy
oshiqqa   sal-pal   o‘xshashga   intilayotgan,   klipdan   ayyorona   (o‘zini   ko‘z-ko‘z
qilishda) foydalanayotgan, ko‘ziga tupuk surtib irg‘ishlayotgan, o‘zini bo‘lar-
bo‘lmasga   dam   choptirayotgan,   dam   dumalayotgan,   dam   cho‘ziltirayotgan,
dam   yig‘latayotgan,   dam   kuldirayotgan...   “Zohiri   sadoqat   bilan   burkangan
ichi esa fisqi-fasod bilan bulg‘angan” qalbaki oshiqlarning urchiganiga, “Ohu
zoriga” nima deyishni bilmaysan?  Bu   oshiqlar,   Alisher   Navoiy
bobokalonimiz   “hayrat   ul-abror”   dostonlarida   aytganlaridek,   “Yoridan   o‘z
hohishining   ushalishini   talab   qiladi:   gap-so‘zidan   esa   adabsizligi   bilinib
turadi. Goh yorining la’l labidan jon ta’ma etadi, bitta jon emas, imkoni bor
hamma narsani so‘raydi. Goh u yorning gul hidli badanini, taninigina emas,
tanasining   har   bir   a’zosini   vasf   qiladi.   Jimjimador   xatlari   hazil   kitobiga
o‘xshaydi,   uning   mazmuni   fahsh,   yolg‘on   va   firibdan   iborat.
Ko‘zbo‘yamachining shishasini usti sofu lekin zimniga yuz xil makru-hiylasi,
yolg‘on   joylashgan.   Shu   ham   oshiq   hisoblanadigan   bo‘lsa,   uni   o‘ldirish,
boshdan-oyoq vujudini ko‘ydirish kerak”.
Bu oshiqlarning biri (radioda):
“Men seni yuragimda sevaman
Sen meni qaering-la  sevasan?”
desa, ikkinchisi:
“Yondiradi voy-voy, diling kuyar
Voy-voy yuzlaringni ko‘ydiradi
Seni sehrlab oladi”, -
deb ko‘ylaydi.         Uchunchisi (televizorda):
“Buloqdek qaynab yotsam
Sochingni o‘ynab yotsam”, -
deya orzusini ashula qilsa, to‘rtinchisi undan oshib tushadi:  
“Achom-achom qilasiz,
Yuzlarimdan o‘pasiz.
Sevib turib goh-gohida
Xiyonat ham qilasizh..”
Yopirayh Bu Istiqlol ma’naviyatining mohiyatiga o‘t qo‘yish emasmi?
Yoshlarni   beodoblikka,   fahshga   chaqiriqdek   tuyulmayaptimi?   Zamonamiz
oshig‘i shunchalik bema’nimi? Uning qalbida nahot shunaqa shavqlar-pafos,
bosh ohang bo‘lsa?..  Nahot   shu   so‘zlar   ko‘ngildan   chiqqan   bo‘lsa?
Teskarisi   bo‘lgani   uchun   ham   so‘zlar   bemaza,   mazmuni   sayoz   va   oddiy,
ta’siri shaytoniy.  holbuki,   “haqiqiy   oshiq   deb   sen   shuni   bilki,   u   dard   bilan
yashaydi;   uning   tili   ham,   dili   ham,   ko‘zi   ham   pok   bo‘ladi,   ishq   uni   o‘z
“men”idan pok qilib, hatto fano o‘tiga xashak qilgan bo‘ladi”: 
Oshiq ani bilki, erur dardnok,
ham tilu ham ko‘ziyu ham ko‘ngli pok.
O‘zlugidin ishq ani pok etib,
Balki fano o‘tiga xoshok etib.
  Mazmun   sayoz   bo‘lsa,   uni   shakl   umriboqiy   qila   olmaydi.   Shakl
“rostlikdan-xaloslik”   topsagina,   u   mazmunni   ezgulikka,   go‘zallikka,
uyg‘oqlikka   uraydi.   Demak,   voqelik   ichidagi   haqiqat   kashf   etilgandagina   –
mazmun   o‘z   shakl-shamoyili   bilan,   xuddi   farzanddek,   birdaniga   dunyoga
keladi.  Xullas, badiiy asarda mazmun shaklga, shakl mazmunga judayam
tabiiy   (yasama   emas)   monand   bo‘ladi,   vobastalik   va   birbutunlik   yuzaga
keladi.   Garchi,   shartli   ravishda   mazmun-g‘oyaga,   shakl-badiiylikka
bo‘ysinsa-da,   ikkalasi   yaxlitlashgandagina   (badiiylik   g‘oyalashganda,   g‘oya badiiylashganda,   ya’ni   biri-birining   ichiga   kirganda,   biri-birining   ichidan
chiqqanida)   –   badiiy   asar   kashf   etiladi.   Shuning   uchun   ham   nazariyotchi
alloma   Izzat   Otaxonovich   Sultonov   haqlar:   “Badiiy   asar   go‘yo   bir   jonla
organizmdir:  organizm  jonsiz  yashay  olmaginidek,  “jon”  ham  tanasiz  o‘zini
namoyon   qilolmaydi.   Jonli   organizmning   eng   kichik   hujayrasi   ham   unda
aylanib turgan iliq qon tufayli yashagani kabi, kichik qismi ham unga hayot
baxsh   etib   turgan   mazmun   tufayli   yashaydi   va   shu   mazmunning   tashqi
ifodasi, nishonasi bo‘lib xizmat qiladi”. Mazmun va shakl  davr va zamonlar
taraqqiyoti   bilan,   inson,   tabiat,   jamiyat   haqidagi   bilimlar   o‘sgani   sayin   –
ularning talabiga monand o‘zgarib boradi. Jumladan, talabalik hayoti kechagi
o‘quvchini   o‘zgartiradi;   yangi   va   chuqurlashtirilgan   bilimlar   uning   ongi,
tushunchasini   boyitadi.   Shahar   hayoti   uning   ma’naviyatiga,   madaniyatiga
ta’sir   qiladi;   uning   tashqi   ko‘rinishi   (kiyinishi,   soch   turmaklashi   va   h)
o‘zgaradi. Mazmun tashqi ko‘rinishga ta’sir ko‘rsatganidek, shakl mazmunni
chuqurlashtirishga   olib   keladi.   Ma’lumki,   Pirimqul   Qodirovning   “Yulduzli
tunlar” romani 1972 yilda yozib tamomlangan va 1979 yilda bosilib chiqqan
edi. Oradan 20 yil o‘tdi. Shu davr ichida Bobur istiqlol tufayli qaytadan kashf
qilindi,   Zokirjon   Mashrabov   boshliq   Bobur   ekspedisiyasi   jahonni   kezib,
yangi-yangi   tarixiy   faktlarni   kashf   etdi.   Ana   shu   haqiqatlar   yozuvchi
tomonidan     dilda   pishitilgandan   so‘ng,   “Yulduzli   tunlar”ning   syujet
chiziqlariga   uzviy   bog‘landi,   “Amir   Temur   va   Bobur   Mirzo   orasidagi
vorisiylikka,   irsiy   va   ijodiy   yaqinlikka   bag‘ishlangan   boblar   va   lavhalar”
(P.Qodirov. Yulduzli tunlar. Bobur, T., “O‘zbekiston”, 1999, 4-bet) romanga
kiritildi va u mukammal asarga aylandi. 1999 yilda “Yulduzli tunlar Bobur”
nomi   bilan   nashr   etildi.     “O‘rni   kelganda   yosh   shoir   ukalarimga   bir   gapni
aytib o‘tay, zinhor bitta she’rni bir o‘tirishda yozdim deb maqtanib yurmang,
she’r,   ya’ni   so‘z   ayrim   unli   va   undoshlariga   qadar   tinimsiz   sayqal
topgandagina   va   ayni   chog‘da,   birinchi   yozilishdagi   ruhiy   quvvat   va sehrini   yo‘qotmagan   taqdirdagina   mukammal   asarga   aylanishi
mumkin ” (Ko‘rgan-bilganlarim, O‘zAS, 23 fevral 2001 yil), - deydi Abdulla
Oripov.   Demak,   yozuvchi-san’atkor  bir  necha  bor   asar   qo‘lyozmalari   ustida
ishlar ekan,  uning  tuzatishlari  faqatgina til  va  uslubga  doir  bo‘lmaydi, balki
har   gal   “birinchi   yozilishdagi   ruhiy   quvvat   va   sehrini”   -   mazmunni
bekamiko‘st bo‘lishi ustida ishlaydi.   Badiiy adabiyot – insonshunoslik ekan,
demak, inson hayoti, uning kechinmalari, ehtiroslari, munosabatlari – hamma
faoliyati   badiiy   asarning   “tepib   turgan   yuragi,   uning   qoni   va   joni,   uning
shu’lasi va quyoshi”(V.Belinskiy)dir. “Butun olam, barcha ranglar, buyoqlar
va   ohanglar,   tabiat   va   hayotning   barcha   shakllari   poeziya   (adabiyot   –   h.U)
hodisasi   bo‘lishi   mumkin.   Lekin   u   hodisalar   zamirida   nima   yashiringan,
ularning   mavjudlik   sababi   qaerda   va   ular   bizni   nimasi   bilan   maftun   etadi   –
masalaning mohiyati shunda” 1
 ekan, uni ijodkor qanday hal qiladi? “Masalan,
qiynoqni,   qatlni,   mastlikda   yuvindi   chuqurga   yiqilib   tushgan   odamning
bebaxt   o‘limini   juda   natural   tarzda   tasvirlab   berish   mumkin,   lekin   bu
tasvirlarning   hammasi   dilni   xira   qiladigan   darajada   xunuk   va   mazmunsiz
bo‘ladi,   negaki,   ularda   hech   qanday   oqilona   fikr,   hech   qanday   oqilona
maqsad   bo‘lmaydi.   Ammo   mo‘yqalam   egasi   insonning   haqiqat   yo‘lida
kaltaklanishini   tabiiy   ko‘rsatsa,   uning   qiyofasida   bardoshning   jismoniy
iztirobi   ustidan   g‘alabasini   ifodalaydigan   bo‘lsa,   u   holda   manzaradagi
tabiiylik   kuchaygan   sayin   manzara   go‘zalroq   va   badiiyroq   bo‘ladi,   chunki
oqilona   maqsad   va   oqilona   fikr   yaqqolroq   ko‘rinadi.   Nimaiki   voqe   bo‘lsa,
oqilonadir   va   nimaiki   oqilona   bo‘lsa,   u   voqedir:   bu-ulug‘   haqiqat;   biroq
voqelikdagi   hamma   narsa   ham   oqilona   emas.   San’atkor   uchun   esa,   faqat
oqilona   voqelik   darkor.   Lekin   san’atkor   uning   quli   emas,   bunyodkori.
1 1
 В.Белинский. Адабий орзулар. Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 104-105-
бетлар. San’atkor   uning   izidan   bormaydi,   balki   unga   o‘z   idealini   singdiradi   va
shunga ko‘ra qayta yaratadi 2
.
 
Adabiyotlar
2 2
 Шу асар, 103-бет. 1.   N.Shukurov   va   boshqalar.   Adabiyotshunoslikka   kirish,   T.,
“O‘qituvchi”, 1979,  88-92; 93-99-betlar.
2.   T.Boboev.   Adabiyotshunoslikka   kirish,   T.,   “O‘qituvchi”,   1979,   92-
106 -betlar.
3. Vvedenie v literaturovedenie, M., “V ы shaya shkola”, 1988, 180-188-
betlar.
4. Hamid Olimjon. Mukammal asarlar to‘plami, T., “Fan”, 1979.
5. Pirimqul Qodirov.  Yulduzli tunlar. Bobur, T., “O‘zbekiston”, 1999.  
6 .   A.Ulug‘ov.   Adabiyotshunoslikka   kirish.   T.,   “Universitet”,   2000,   23-
26-betlar.
7 .   H.Umurov.   Badiiy   ijod   mo‘jizalari.   S.,   “Zarafshon”,   1992,   152-165-
betlar.

BADIY ASARNING TARKIBIY QISMI M AZMUN VA ShAKL Reja: 1. Badiiy asar – yaxlit va betakror olam 2. Badiiy mazmun 3. Adabiy – badiiy shakl 4. Mazmun va shaklning o‘zaro aloqasi

Badiiy ijod jarayonini ko‘pincha ayolning boshqorong‘i bo‘lishi, homila ko‘rishi va tug‘ishiga o‘xshatishadi. Buning asosi bor. Obraz ham amalga keladi, oy-kun, vaqti-soati yetiladi va oxiri tug‘iladi. Shuning uchun ham Mirmuhsin “Yozuvchi uchun hamma asari ham farzandidek aziz... shaxsan men uchun “Degrez o‘g‘li”...hayotimning yaxlit bir bo‘lagi” 1 , - deb yozadi. S.Ahmad “Mening jiddiy hikoya yozishim xuddi ayol kishining ko‘z yorishidek azobli bo‘ladi” 2 , - deb ta’kidlaydi va ikkinchi bir o‘rinda “Oy-kuni yaqin ayolning ikki yo‘l o‘rtasida turipti, deyishadi. Ayol yo bola tug‘adi, yo halok bo‘ladi. Ana shunday azoblar bilan bola tuqqan xotinlar bor... Yozuvchi ham xuddi shu onaga o‘xshaydi” 1 , - deya o‘z “dahlsiz” dunyosi bilan tanishtiradi. V.G.Belinskiy ham o‘zining “Evgeniy Onegin” tahliliga bag‘ishlangan 5-maqolasida: “Ona chaqaloqni qornida paydo bo‘lishidan to oy-kuni yetguncha saqlaganidek, san’atkor ham o‘zida poetik fikrning urug‘i(homilasi)ni paydo qiladi, oy-kuni to‘lgancha saqlaydi; ijod jarayoni bola tug‘ish jarayoniga monanddir va bu jismoniy hodisaning ma’naviy azoblari san’atkor uchun begona emas” 2 , - deb badiiy ijod yakuni bilan bola tug‘ilishi o‘rtasidagi moslikni alohida qayd etadi. Oddiy tug‘ish – bola kindigining kesilishi bilan tugaydi. Kindikning kesilishi bilan u ona organizmidan ajraladi va mustaqil hayotga qadam qo‘yadi. U endi garchi ota- ona bilan aloqasini uzmasa-da (chunki shulardan tug‘ilgan va shular tarbiyasida bo‘ladi), endi u yaxlit, jonli vujud, mustaqil va o‘zigagina xos bo‘lgan hayotning egasidir. Xuddi shu jarayon kabi badiiy ijodda ham “Kindikni kesish” - obrazni o‘zdan (muallifdan) ajratish holati mavjud. Bu ijodning mohiyatini belgilovchi va ochuvchi asosiy nuqtadir. Aytmoqchimizki, obraz san’atkorning ongi va qalbida tug‘ilgan bo‘lsa ham, adabiy asar sahifasiga qadam qo‘yar ekan, u mustaqillik kasb etadi, 1 Қаранг: У.Норматов. Талант тарбияси, “Ёш гвардия”. 1980, 47-бет. 2 2 Шу китоб, 82-бет. 1 1 Шу китоб, 101-бет. 2 2 Белинский В.Г. КПСС в 13-томах, М., 1953-1974 гг., т. 12, с.375-376.

“o‘zgacha” yashash huquqini qo‘lga kiritadi. U yozuvchi xayoli, tasavvuri, tajribasi, xotirasi, talantining mevasi (masalan, L.Tolstoy aytgan ekan: “Anna Karenina ham mening bir bo‘lagimdan bino bo‘lgan”) va ayni paytda, yozuvchiga o‘xshamaydigan, uning hayot yo‘lini takrorlamaydigan (mas., L.Tostoy – Anna Karenina emas) ob’ektiv “o‘zgacha” dunyoning, ob’ektiv “o‘zgacha” qalbning jonli egasidir, “o‘ziga biqiq bir olamdir” (V.Belinskiy). Xuddi shunday olamlarning o‘zaro munosabatlari tasviridan – bo‘lishi mumkin bo‘lgan hayotning yaxlit, bir butun manzarasi gavdalanadi – badiiy asar dunyoga keladi. Badiiy asar va undagi qahramonlar – barkamolligi bilan birdaniga ishga kirishadi: kuchli hayajon va zavq uyg‘otish orqali kitobxonning fe’l-atvorini, dunyoqarashini, xatti-harakatini – ruhiy va tashqi olamini o‘zligi bilan boyitadi, poklaydi va ezgulikka, insoniylikka yetaklaydi. Ushbu jarayonning mohiyatini to‘liqroq anglashning zarurati shundaki, u badiiylik unsurlarining barchasini yanada aniqlashtiradi, oydinlashtiradi, yaqqol bilishga va amaliyotda asosliroq foydalanishga imkoniyat yaratadi. Darhaqiqat, badiiylikni vujudga keltiruvchi – mavzu va g‘oya, obraz va xarakter, syujet va kompozitsiya, badiiy til va uslub, tur va janrlar kabi vositalar har bir asarda betakror tarzda uyg‘unlashadilar va har safar ham jonli bir vujudni – aniq bir farzandni dunyoga keltiradilar. Shu sabab ham adabiyot(insoniyat)ni o‘rganish uchun, dastavval, asar (farzand)ni tahlili – aniqroq saboq va xulosalarga olib keladi; ha, o‘zlikni bilmasdan turib, insonni bilish mumkin emasligini, adabiy jarayon ham tasdiqlaydi. Shu mulohazalarga asoslanib, badiiy asarni qismlarga bo‘lib tekshirishga o‘tamiz. Bularning birinchisi – mazmun va shakl hodisasidir, chunki har qanday predmet, hodisa, narsa – o‘zining mazmuni va shakli mutanosibligida voqe bo‘ladi va mavjudligini, birbutunligini namoyon etadi. Mazmun . hayot – tabiiy borliq (tabiat) ijtimoiy borliq (jamiyat), insoniy borliq(inson)da mavjud ekan, demak, ana shu shakllarning yashash tarzi va

munosabatlari mazmunni tashkil qiladi. Shunga asosan, hayot doimo san’at, adabiyotning asosi va mazmuni bo‘lib kelgan. Aniq bir asarda tasvirlangan hayot parchasi – shu asarni mazmuni sanalgan. Jumladan, “O‘tgan kunlar” romanining mazmuni deganda, biz XIX-asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek xalqi hayotini tasavvur qilamiz. Otabek, Kumush, Zaynab taqdirlarida sevgi- muhabbatni, kundoshlikning fojeali oqibatini, homid, Musulmonqul cho‘loq, Aziz bachcha, O‘tabboy qushbegi, hudoyorxon kabilar taqdirida feodal tuzum siyosati va kirdikorlarini, Yusufbek hoji, O‘zbekoyim, Mirzakarim qutidor, Oftoboyimda farzandlarga mehr-oqibatni, orzu-armonlarni va hokazo jonli voqealarning barchasini ko‘z o‘ngimizga keltiramiz. Badiiy asarda hayot parchasi yozuvchi dunyoqarashi va salohiyatiga muvofiq anglashilgan, baholangan, to‘ldirilgan, ta’sirchanlashtirilgan voqelik sifatida tasvirlanadi. Demak, uning mazmunida muallifning hayotni qanday tushunishi, uni qanday baholayotgani ham muhrini bosadi: mazmun fikr bilan, to‘g‘rirog‘i yozuvchi g‘oyasi bilan chambarchas bog‘lanadi; g‘oyaviy mazmun (bir butun va hal qiluvchi kuch) obrazlar qismati orqali tiriladi. “O‘tkan kunlar”dagi XIX asrning ikkinchi yarmi – “tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi “xon zamonlari” tarzida Abdulla Qodiriyning bahosini oladi va romandagi Otabek, Yusufbek hoji, O‘zbekoyim, hasanali, Kumush, Mirzakarim qutidor, Oftoboyim, Zaynab, homid, usta Alim, Saodat va shu kabi o‘nlab taqdirlar qismatida isbotini topadi. Ana shu g‘oya asosida obrazlarning tartiblashtirilgan, yaxlitlashtirilgan o‘zaro munosabatlari (kompozision qurilish - “asarning tashkilotchi intizom kuchi”)dan syujet yaratiladi, voqealar xarakter mantig‘iga, xarakterlar voqealar mantig‘iga mos harakatlanadi. Bularning barchasiga so‘z jon ato etadi... Ana shu xususiyatiga binoan obraz (xarakter) alohida qudratga ega bo‘ladi, ya’ni u g‘oyaviy mazmunga nisbatan shakl va ayni paytda, boshqa unsurlar (kompozitsiya, syujet, so‘z va sh.k.)ga nisbatan mazmun (adabiy asarning bosh vazifasi

xarakter yaratish) hodisasi hamdir. Xarakter (obraz) bir vaqtning o‘zida ham shakllanadi, ham mazmunlashadi: u mazmun va shaklni jon va jasad kabi yaxlitlashtiradi, birbutunlikda tiriltiradi. Biri-birisiz keraksiz matohga aylanishini yaqqol namoyon etadi. Shuning uchun ham V.Belinskiy asosli ta’kidlagandi: “Mazmunni ifodalovchi shakl bir-biri bilan shunday bog‘liqki, shaklni mazmundan ajratish-mazmunni yo‘q qilish, mazmunni shakldan ajratish-demak, shaklni vayron qilishdir” 1 [1] Shakl. Bu qonuniyatga tayansak, shakl badiiy asarning qobig‘idir, u ham eng kichik zarralarigacha yaratilishini nazarda tutsak, badiiy asarning go‘zal va betakror “libosi”dir, degan xulosa haqqoniydir. Shu nuqtai nazardan “O‘tkan kunlar”ga yondoshsak, XIX asrning ikkinchi yarmi “tariximizning eng kirlik, eng qora” kunlari “g‘oyaviy mazmuni”ni yuzaga chiqaruvchi barcha vositalar (obrazlar tizimi, kompozitsiya, syujet, konflikt, mavzu, badiiy nutq, janr, uslub va h.) romanning badiiy shakli sanaladi. Shuni doimo yodda tutish lozim: mazmunga nisbatan shakl ikkilamchidir, mazmundan kelib chiquvchidir, ayni paytda, judayam faoldir. Faolligi shundaki, u mazmunni, o‘zida voqelik mohiyatini kashf etgan mazmunni go‘zallashtiradi, tiniq va betakrorligi bilan maftunkor qiladi, yoniqligi, ohanraboligi bilan zavqu shavqqa ko‘madi. Ana shunday vobastalik hayotni chuqur tahlil qilishni, uning mohiyatini ifodalashni, ifodalaganda ham kuyib va yonib, yoqlab va rad etib, quvonib va g‘amga botib (qo‘yingki, mazmun talabiga, hattoki mazmun ohangiga mos tarzda), boyitib va mubolag‘ali qilib tasvirlashi lozim, ana shundagina haqiqiy badiiy asar tug‘iladi. Bu talabga rioya qilinmaganda, hayotdan nusxa ko‘chirish (fotografik obraz) naturlizm (lat. Naturra-tabiat) dunyoga keladi: mohiyatdan ko‘ra sirtqi ko‘rinish, tiniqlik o‘rniga hayotiy materialni aynan tasvirlsh yetakchilik qaladi. 1 [1] Белинский. Собр. Соч. в трёх томах, Т II . , М., ГИХЛ, 1948 стр. 188