SEMASIOLOGIYA. SEMEMA VA UNING TARKIBIY QISMLARI.
SEMASIOLOGIYA. SEMEMA VA UNING TARKIBIY QISMLARI. LEKSEMANING IFODA VA MAZMUN TOMONI. POLISEMANTIKLIK VA KO‘P MA’NOLILIK . Reja: 1. Semasiologiya haqida tushuncha. 2. Semema, sememaning tarkibiy qismlari. 3. Sema turlari, semaning darajasiga ko ra turlari.ʻ 4. Semema va nutqiy ma’no. 5. Leksemaning ifoda va mazmun tomoni. 6. Polisemantiklik, hosila ma’noning yuzaga kelish yo llari. ʻ
So‘z tilning eng muhim nominativ birligidir, chunki u borliqdagi narsa- buyumlarni, predmet sifatida tasavvur qilinadigan mavhum tushunchalarni, harakat-holatni, rang-tus, maza-ta’m, hajm-miqdor, xislat kabi belgi-xususiyatlarni nomlaydi: daraxt (predmet nomi), ong (mavhum tushuncha nomi), ishlamoq (harakat nomi), oq (rang-tus nomi), shirin (maza-ta’m nomi), katta (hajm nomi), besh (miqdor nomi) kabi. Tilning luG‘at boyligidagi bunday so‘zlar leksik birliklar sanaladi. Tilda nomlash xususiyatiga ega bo‘lmagan, binobarin, leksik birlik sanalmaydigan so‘zlar ham bor, ular faqat grammatik yoki modal ma’nolarni ifodalaydi, shunga ko‘ra grammatik so‘zlar yoki morfema-so‘zlar hisoblanadi: yordamchi so‘zlar, modal so‘zlar, taqlidiy so‘zlar, undovlar, olmoshlar shular jumlasidandir. Bular tilshunoslikda ifodalovchi so‘zlar (undovlar, modal so‘zlar, yuklamalar), ko‘rsatuvchi so‘zlar (boG‘lovchilar, ko‘makchilar), olmoshlovchi so‘zlar (olmoshlar) va atovchi so‘zlar (atoqli otlarning ma’lum turlari) kabi guruhlarga ajratiladi. (12,50-51). Leksik mazmunli so‘zlar leksikologiyada, grammatik mazmunli so‘zlar esa grammatikada (so‘z turkumlari bilan boG‘lab) o‘rganiladi. Tilshunoslikda leksik mazmunli so‘zlarning strukturasi har xil ta’riflanmoqda: ayrim manbalarda leksik mazmunli so‘zlarning ifoda plani (tovushlardan tarkib topgan moddiy tomoni) leksema deb, mazmun plani (ifodalanuvchisi) esa semema deb ta’riflanadi. Demak, leksema va semema leksik birlikning (so‘zning) o‘zaro aloqada bo‘lgan ikki tomoni ekanligi aytiladi. 1 Boshqa manbalarda esa leksema so‘zning ifoda planigina emas, balki uning ifoda va mazmun planlari birligidan iborat yaxlit butunlik ekanligi ta’kidlanadi. Bu butunlik nominativ funksiyadagi so‘z yoki so‘z birikmasi shaklida bo‘ladi. U onomasiolologiyada tilning luG‘at tarkibidagi bir komponent ( vokabula ) sifatida, semasiologiyada esa ma’lum ma’nolar tarkibidan iborat birlik ( semantema ) sifatida o‘rganiladi. 1 O‘zbek tilshunosligida leksemaning ifoda va mazmun planlari birligidan iborat bir butun leksik birlik sifatida qaralishi keng tarqalgan, bunda uning ifoda plani (tovush tomoni) nomema (8,54-55) termini bilan, mazmun plani esa semema (12,51-b.) atamasi bilan nomlanmoqda. Mazkur darslikda ham shu an’anaga amal qilindi. 1 Толстой Н.И. Из опы тов типологическ ого исследования славянск ого словарного состава. – « Вопросы язы к ознания» , 1963, №1. Новик ов Л.А. Сем антик а ру сск ого язы к а – М:. « Вы сш ая ш к ала» , 1982, с.114. 1 1 Кодухов В.И. Введение в языкознание. – М:. «Просвещение», 1979, с.184-186.
Leksemaning ifoda jihati deganda avvalo qaysi til tovushlarining qanday tartibdagi qatori bilan ifodalanishi tushuniladi. Leksemaning (shuningdek morfemaning ham) ifoda jihati bo‘lish vazifasini bajarishi bilan til tovushi fonema mavqeiga ega bo‘ladi. Demak, til tovushi – tilning tovushlar tizimiga mansub birlik; fonema – til birligi (leksema, morfema) tarkibida birlamchi qurilish ashyosi vazifasini bajaradigan til tovushi. Fonema – til birligining ifoda jihati bo‘lib xizmat qiladigan va shu orqali til birliklarining o‘zaro farq-lanishini ham ta'minlaydigan til tovushi. IFODA JIHATI TUB VA HOSILA LEKSEMALAR. Leksemalarning ifoda jihatiga oid masalalardan biri – ularning tub yoki hosila ekanligi. Leksemani tub deb belgilash – nisbiy tushuncha. Hozirgi til nuqtayi nazaridan tub deb qaraladigan leksemalarning ko‘pi asli hosila leksema bo‘lib, ular tarkib toptiruvchi ma'noli qismlarga faqat hozirgi til nuqtayi nazaridan ajratilmaydi. Masalan, bosh- leksemasi tarixan ham, hozirgi o‘zbek tilida ham ma'noli qismlarga ajratilmaydi, shunga ko‘ra aslan tub leksema deyiladi. Boshqa- leksemasi esa hozirgi o‘zbek tili nuqtayi nazaridan tub deb qaraladi; aslida bu leksema tarixan bash- leksemasining ajralib turuvchi ma'nosidan -(ı)q qo‘shimchasi bilan yasalgan bashıq- fe'lidan -a qo‘shimchasi bilan yasal-gan sifat bo‘lib, hozirgi o‘zbek tilida bunday ma'noli qismlarga ajratilmaydi: ( bash- + ıq bashıq- ) + -a bashıqa- > bashqa- > bâshqa- (Bu leksema tarkibini bosh + qa tarzida izohlash to‘g‘ri emas). Asli qandayligidan qat'i nazar, hozirgi tilda tub deb qaraladigan leksemalarning ifoda jihati deb ular tarkibidagi tovushlar (fonemalar) ta'kidlanadi. Hosila leksemalarda esa ularning ifoda jihati deb to‘g‘ridan to‘g‘ri tovushlarni (fonemalarni) aytish o‘rinli emas. Masadan, yaxshi- leksemasi asli hosila leksema bo‘lib, hozirgi o‘zbek tilida tub deb qaraladi, shunga ko‘ra uning ifoda jihati deb to‘g‘ridan to‘g‘ri y, a, x, sh, i tovushlari (fonemalari) ko‘rsatiladi. Shu leksemadan hosil qilingan yaxshilik leksemasida uning ifoda jihati deb to‘g‘ridan to‘g‘ri tarkibidagi sakkiz tovushni (fonemani) ko‘rsatish o‘rinli emas, chunki bu leksema yaxshi- va -lik ma'noli qismlaridan tarkib topgan.
Demak, hozirgi o‘zbek tilida hosila deb qaraladigan leksik birlik dastlab ma'noli qismlarga ajratiladi, ifoda jihati deb avval shunday ma'noli qismlar ta'kidlanadi, keyin-gina har bir tub ma'noli qismning o‘ziga nisbatan ifoda jihati deb tovush (fonema) ko‘rsatiladi. 2- §. Hosila leksemalar turlicha yuzaga keladi: leksema yasaladi, leksema tuziladi, leksemaga aylanish voqe bo‘ladi. Mavjud leksemaga qo‘shimcha qo‘shib hosil qilingan leksema yasama leksema deyiladi. Bunda leksema qo‘shimchaga nisbatan leksema yasalish asosi, qo‘shimcha esa leksema yasovchi, hosila – yasalma, yasama leksema deyiladi. Masalan, hikoyachi- yasama leksemada hikoya- - leksema yasalish asosi, -chi esa – leksema yasovchi. Leksema yasash vazifasini bajaradigan qo‘shimcha leksema yasovchi affiks deyiladi (lot. affixus - biriktirilgan ). O‘zbek tilidagi leksema yasovchi affikslar yasalish asosi bo‘lib kelgan leksemaning ketiga qo‘shiladi, shunga ko‘ra leksema yasovchi suffiks deyiladi (<lot. suffixus - yoniga biriktirilgan ): ish- + -chi ishchi-, ish- + -chan ishchan-, ish- + -la ishla- kabi: ( I S H - + L A ) - leksema, ot leksema leksema yasovchi, affiks (suffiks), fe'l leksema yasovchileksema yasalish asosi yasama leksema, fe'l leksema Boshqa tildan olingan leksemalar tarkibida kirib kelib, o‘zbek tili manbaida ham leksema yasash vazifasini bajaradigan ayrim old qo‘shimchalar – prefikslar mavjud (lot. pra e fixum < pra e - oldida + fixus biriktirilgan ). Masalan , hozirgi o ‘ zbek tiliga tojik tilidan olingan leksemalar orasida ba -, be -, no -, ser - prefikslari bilan yasalgan leksemalar anchagina . Bulardan be -, no -, ser - prefikslari bir qancha o ‘ zbekcha leksemalarga ham qo ‘ shilib keladi , demak , o ‘ zbek tilida leksema yasash vazifasini bajaradi : notanish -, notinch -, noto ‘ g ‘ ri -, noo ‘ rin -, noqulay -; bebosh -,
betinim -, bechiqim -; serajin -, serildiz -, sertuk -, serunum -, serqatnov - kabi ; ba - prefiksida esa o ‘ zbekcha leksemalarga qo ‘ shilib yangi leksema yasash xususiyati deyarli yo ‘ q . 3- §. Leksemani yasama leksema deyish uchun uning tarkibida yasalish asosi bo ‘ lib kelgan leksema ham , yasovchi affiks ham hozirgi o ‘ zbek tilida aniq ajralib turishi , yasalish asosi mustaqil leksema mavqeiga ega bo ‘ lishi , boshqa yasama leksemalarga ham asos sifatida xizmat qilishi , affiks ham shunday xususiyatlarga ega bo ‘ lishi lozim . Masalan , ishchi -, ishchan -, nota - nish -, serildiz -, bechiqim - kabi leksemalar tarkibida yasalish asosi bo ‘ lib kelgan leksemaga va yasovchi affiksga ( suffiksga , prefiksga ) aniq ajralib turadi ; shunday leksemalarga qiyosan beandisha -, bearmon -, serfarzand -, sergap -, serhosil -, noumid -, noqobil - kabi yasalish asosi va yasovchi affiksi o ‘ zbekcha bo ‘ lmagan leksemalar ham ma ' noli qismlarga ajratiladi , yasama leksema deyi - ladi , demak , bunday leksemalarda ham leksema yasalish tahlili amalga oshiriladi : ( S E R - + H O S I L - ) - leksema yasovchi affiks (prefiks) leksema, ot leksema sifat yasovchi leksema yasalish asosi yasama leksema, sifat leksema 4- §. O‘zbek tilida leksema yasash vazifasini asli tojikcha fe'l asosi (ko‘pincha hozirgi zamon asosi) ham bajaradi. Ot, sifat, son leksemaga fe'l asosini qo‘shib leksema hosil qilish tojik tilida leksema tuzish (tuzma leksema) deyiladi: bog‘- + dor = bog‘dor (dor- - doshtan - ega bo‘l- fe'lining hozirgi zamon asosi), dur- - uzoq + bin- durbin (bin- - didan - ko‘r- fe'lining hozirgi zamon asosi), choryak - to‘rtdan bir + kor- ( koridan - ek- fe'lining hozirgi zamon asosi) choryakkor > chorakkor > chorakor kabi. Bunday tojikcha fe'l asoslari o‘zbek tiliga bir qancha tojikcha leksemalar tarkibida kirib kelgan; ulardan ayrimlari keyinchalik o‘zbekcha leksemalarga ham