logo

URUG’LARNING XOSILIGA VA SIFATIGA TA’SIR KO’RSATADIGAN OMILLAR

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.544921875 KB
URUG’LARNING XOSILIGA VA SIFATIGA TA’SIR K O’ RSATADIGAN
OMILLAR
Reja:
1. Ekilgan urug‘larni unib chiqqunga qadar parvarishlash
2. Nihollarni parvarishlash Urug‘larning   qiyg‘os   unib   chiqishi   va   urug‘ko‘chatning   yaxshi   o‘sib
rivojlanishi   uchun   maqbul   sharoit   yaratish   maqsadida   ishlov   berib,   parvarishning
turlicha   usullari   qo‘llaniladi.   Urug‘lar   unib   chiqqunga   qadar   parvarishlash   ishlari
bosib   tekislash,   mulchalash,   yovvoyi   o‘tlarni   chopish,   tuproqni   yumshatish   va
sug‘orishni o‘z ichiga oladi.
Yengil   strukturaga   ega   bo‘lgan   tuproqlarda   urug‘   tuproqqa   zich   o‘rnashish
uchun   va   urug‘larni   tuproq   kapillarlari   orqali   namlik   bilan   yaxshi   ta’minlash
maqsadida eni 30 sm keladigan yog‘och g‘altak yoki dastali taxtacha bilan marza
sirti bosib - tekislab chiqiladi.
Tuproqning   yuza   qismidagi   namlikni   saqlash,   unda   qatqaloq   hosil   bo‘lishi
oldini   olish,   tuproq   namligi   va   haroratini   bir   maromda   ushlab   turish   maqsadida
ekilgan   urug‘lar   mulchalanadi.   Mulchalash,   odatda,   ekish   chuqurligi   2   sm   gacha
bo‘lgan   urug‘lar   ekilganda   qo‘llaniladi.   U   iqlimi   quruq   hududlarda,   tuproqning
yuza   qismi   ekilgan   kunidayoq   qurib   qoladigan   joylarda   ko‘proq   zarur.   Bunday
joylarda   ekilgan   urug‘   qurib   qolishi   va   qiyg‘os   unib   chiqmasligi   mumkin.
Mulchalashni  og‘ir strukturasiz tez qatqaloq hosil bo‘ladigan tuproqlarda urug‘lar
bahorda   ekilganda   qo‘llash   yaxshi   natija   beradi.   Yengil   tuproqlarda   urug‘lar
belgilangan muddatlarda ekilganda mulcha qo‘llanilishi talab etilmaydi.
Mulcha sifatida torfli qipiq, kompost, chirindi, yog‘och qipig‘i
1-1,5 sm, somon, qamish 5-8 sm qalinlikda qo‘llaniladi. Kuzda ekilgan urug‘larga
bahorgiga nisbatan mulcha qalinroq to‘shaladi.
Nihollar   unib   chiqishi   bilan   ularni   quyosh   nurining   to‘g‘ri   tushish   ta’siridan
himoya   qilish,   me’yordagi   yorug‘lik   bilan   ta’minlashni   hisobga   olgan   holda
mulcha   somon   yoki   qamishli   qoplamning   bir   qismi   olib   tashlanadi.   Nihollar
yoppasiga   yorib   chiqqandan   keyin   qoplam   to‘laligicha   olib   qator   orasidagi
ariqchaga taxlanadi. Ular nihollar o‘zini to‘liq tiklab olmaguncha ariqda saqlanadi.
Tuproqning   yuza   qismini   yumshoq   va   yovvoyi   o‘tlardan   toza   holatda   saqlab
turish uchun yovvoyi va begona o‘tlar chopiladi va tuproq yumshatiladi. Urug‘lar
unib   chiqishi   va   o‘sib   rivojlanishi   uchun   maqbul   sharoit   yaratiladi.   Yovvoyi
o‘simliklar   tuproqning   namligini   va   unumdorligini   befoyda   sarflashiga   yo‘l qo‘yilmaydi. Tuproqning yuza qatlami yumshatilganda undagi kapillarlar buziladi,
aeratsiya   holati   yaxshilanadi.   Tuproqdagi   organik   va   boshqa   elementlar   o‘simlik
o‘zlashtira   oladigan   oziq   modda   shakliga   aylanadi,   tuproqning   yuza   qismi   azot
bilan boyitiladi. Mikroorganizmlar faoliyati faollashadi. Tuproqning yuza qismini
yumshatish   va   yovvoyi   o‘simliklarni   chopish   natijasida   tuproqning   yuza   qismida
urug‘ko‘chatning   yuza   tarmoqlangan   ildiz   tizimi   shakllanishi   uchun   yengil
o‘zlashtira oladigan oziqa modda miqdori to‘planadi.
Yovvoyi   o‘simliklar   ko‘chat   yetishtirishning   barcha   bosqichlarida   va
o‘rmonzorlarda daraxt va butalarga namlik, oziq element va yorug‘lik uchun kuchli
raqobatda   bo‘ladi.   Yovvoyi   o‘simliklar   mavjud   joylardagi   daraxt   ildizlarining
nafas   olish   intensivligi   va   ularning   namlik   hamda   oziq   moddalarni   o‘zlashtirish
faolligi susayadi, ildizlarning ishchi yuza hajmi kamayadi.
Kuzda   ekilgan   urug‘larda   chopish   va   yumshatish   ishlari   erta   bahorda   nihollar
unib chiqqunga qadar va tuproqda qatqaloq shakllangunga qadar bajariladi. Og‘ir
tuproqlarda urug‘lar bahorda ekilgan bo‘lsa-da, tuproq nihol unib chiqqunga qadar
yumshatiladi.   Yumshatish   va   chopish   ishlarini   yog‘ingarchilikdan   yoki
sug‘orishdan keyin bajarish tavsiya etiladi. Yumshatish chuqurligi urug‘ qadalgan
chuqurlikka nisbatan sayoz bo‘lishi kerak.
Urug‘lar   qiyg‘os   unib   chiqishida   sug‘orish   katta   ahamiyatga   ega.   Tuproq   va
urug‘lar yuvilib ketmasligi uchun bir maromda sug‘oriladi. Mayda urug‘lar (terak,
oq   qayin,   tut   va   boshqalar)   ekilganda   nihollar   unib   chiqqunga   qadar   to‘xtovsiz
sug‘ori sh talab qilinadi. Nihollarni parvarishlash
Bu   urug‘ko‘chat   o‘sib   rivojlanishi   uchun   maqbul   ekologik   sharoit   yaratish
maqsadida   bajariladi   va   yovvoyi   o‘simliklarni   chopish,   tuproqni   yumshatish,
nihollarni   soyalash,   ildizlarining   uch   qismini   qirqish,   qo‘shimcha   oziqlantirish,
urug‘ko‘chatlarni   siyraklashtirish   hamda   nihollarni   pikirovkalash   kabi   tadbirlarni
o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonning   barcha   mintaqalarida   nihollarni   sug‘orish   zarur,   suv   bilan
ta’minlangan yerlardagina sifatli ko‘chat yetishtirish mumkin. Yomg‘irlatib   va   ariqcha   usulida   oqizib   sug‘orish   sug‘orishning   asosiy
usullaridan hisoblanadi.
Notekis   relyefga   ega   bo‘lgan   joylardagi   ko‘chatzorlarda   yom-   g‘irlatib
sug‘orish   tavsiya   etiladi.   Bu   usulning   afzalligi   bilan   bir   qatorda   kamchiligi   ham
bor,   kamchiligi   sifatida   tuproqning   yuza   qismini   tez   qotirishi   va   yomg‘irlatib
sug‘orishda   qimmatbaho   jihozlardan   foydalanilishini   ko‘rsatib   o‘tish   mumkin.
Yengil va
donador   tuproqlarda   yomg‘irlatish   intensivligi   0,5   mm/min,   bo‘z-   o‘tloq   donador
bo‘lmagan tuproqlarda 0,1 - 0,2 mm/min ga teng bo‘ladi. Erta tongda va kechqurun
yoki   bulutli   quyoshsiz   vaqtlarda   nihollar   yomg‘irlatib   sug‘oriladi.   Kunning
quyoshli vaqtida nihollar yomg‘irlatib sug‘orilsa havo va tuproq harorati pasayadi,
havoning   nisbiy   namligi   ortadi.   Bu   o‘simlikdagi   biologik   jarayonning
faollashuviga   olib   keladi.   Sug‘orish   tugallanishi   bilan   namlik   tuproqdan   tez
bug‘lanadi,   o‘simlikdagi   transpiratsiya   jarayoni   jadallashuvi   natijasida   o‘simlik
plazmoliz holatiga  o‘tadi. Quyoshsiz   vaqtda  sug‘orilgan  o‘simlik  namlikni  o‘ziga
to‘liq   o‘zlashtiradi,   bu   jarayon   deyarli   o‘zgarishsiz   o‘tadi.   O‘rtacha   kattalikdagi
ko‘chatzorlarni sug‘orishda yomg‘irlatishni ta’minlaydigan shlang va purkagichlar
bilan jihozlangan motopompalardan foydalaniladi.
O‘zbekiston  sharoitidagi  donadorsiz   bo‘z  tuproqlarda   qatqaloq  hosil  bo‘lishini
va   o‘rmon   xo‘jaligidagi   ko‘chatzorlar   maydoni   kamchiligini   hisobga   olib
yomg‘irlatib sug‘orishdan kam foydalaniladi.
O‘zbekiston   sharoitida   asosan   ariqlar   bo‘yicha   sug‘orish,   ya’ni   infiltratsion
sug‘orish   qo‘llaniladi.   Bu   usulda   sug‘orilganda   urug‘   ekilgan   qismi   tuproq
kapillarlar   orqali   suv   bilan   ta’minlanadi,   shuning   uchun   tuproq   zichlashmaydi   va
qatqaloq hosil bo‘lmaydi. Urug‘lar yoppasiga to‘liq unib chiqqach o‘suv davridagi
o‘tqaziladigan   sug‘orishlar   boshlanadi.   Bu   sug‘orishlarning   miqdori   va   muddati
tuproq   xususiyatiga,   vegetatsiya   davridagi   ob-havoga   va   daraxt   turining   biologik
xususiyatiga qarab belgilanadi. Shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha sug‘orish me’yori ham
aniqlanadi.   Tuproqning   faol   yuza   qismining   namligi   ikkilamchi   maksimal gigroskopik holatga yaqinlashganda nihollar sug‘oriladi. Amalda bu holat kunning
ikkinchi yarmida o‘simlik bargining so‘lishi kuzatilgan vaqtda sodir bo‘ladi.
Sug‘orishda   urug‘ko‘chat   rivojlanishining   fenologik   fazalarining   davrlari
hisobga olinadi. Fazalarning davri o‘zgarishi bilan namlanish chuqurligi o‘zgaradi
va   o‘z   navbatida   sug‘orish   me’yori   ham   o‘zgaradi.   Birinchi   davr   urug‘
qadalgandan   boshlab   ular   yoppasiga   unib   chiqqunga   qadar   bo‘lgan   vaqt   7   -   25
kunni tashkil etadi. Bu
davrda   urug‘ning   unib   chiqish   jarayoni   ketadi.   Tuproqning   faol   qismi   qalinligi,
ya’ni ildiz ko‘p joylashgan qatlam 10 sm ni tashkil etadi.
Ikkinchi  davr  urug‘lar  yoppasiga  unib chiqqandan to‘liq mustahkamlanguncha
bo‘lgan   davrni   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   25   -   30   kun   davom   etadi.   Tuproqning   faol
qismi   qalinligi   15   -   20   sm   ni   tashkil   etadi.   Uchinchi   fenologik   davr   davomida
urug‘ko‘chat   to‘liq   shakllanadi.   Tuproq   faol   qismining   qalinligi   30   sm   va   undan
ortiqni tashkil etadi. Har bir fenologik davr uchun o‘simlik ildiz tizimining asosiy
qismi   joylashgan   tuproq   qatlami   suv   bilan   yaxshi   ta’minlanishi   hisobga   olingan
holda sug‘orish normasi belgilanadi.
Toshkent   viloyatining   bo‘z   tuproqlarida   oq   akatsiya,   eman,   maklura,
qayrag‘och,   shumtol   bargli   zarang,   katalpa   daraxt   turlarining   niholchalariga
vegetatsiya   davrida   sakkiz   -   to‘qqiz   marotaba   (mayda-   bir,   ikki,   iyunda-ikki;
iyulda-ikki; avgustda-ikki, uch) sug‘oriladi.
Mayda   bargli   jiyda,   aylant   -   sassiq   daraxt,   tikan   daraxti   kabi   qurg‘oqchilikka
chidamli   daraxtlarning   nihollari   besh-yetti   marotaba   (mayda-bir;   iyunda-bir,   ikki;
avgustda-ikki) sug‘oriladi.
Bo‘z-o‘tloq tuproqlarda nihollar olti-yetti marotaba sug‘oriladi.
Vegetatsiya davridagi sug‘orishlar yer osti suvining joylashishiga ham bog‘liq.
Yer   osti   suvi   o‘rtacha,   taxminan   0,6   m   chuqurlikda   joylashgan   o‘tloq-to‘qay
yerlarda o‘suv davridagi sug‘orish to‘rt-olti marta (mayda-bir-ikki; iyunda-bir-ikki;
iyulda-ikki;   avgustda-bir   marta)   o‘tkaziladi.   Yer   osti   suvi   o‘rtacha   1,3-1,5   m
chuqurlikda bo‘lgan joylarda nihollar o‘suv davrida besh-sakkiz marta sug‘oriladi. O‘suv   davridagi   sug‘orishlarda   har   xil,   gektariga   800   m 3
  suv   quyiladi,   ammo
o‘tloq-to‘qay yerlarda bu norma gektariga 500-600 m 3
 gacha qisqartiriladi.
Tog‘li   mintaqalardagi   ko‘chatzorlarda   nihol   o‘sish   davrida   olti-   sakkiz
marotaba (mayda-bir; iyunda-ikki; iyulda-ikki-uch; avgustda- bir) sug‘oriladi.
Qumli   mintaqalardagi   ko‘chatzorlarda  yaxshi   joy   tanlanib  ekish   muddatiga   va
agrotexnikaga amal qilinganda nihol sug‘orilmasligi mumkin, biroq imkoniyatdan
kelib   chiqib   iyun   va   avgust   oylarida   ikki-uch   marotaba   sug‘orish   yaxshi   natija
beradi.
Toshloq   yerlarda   nihollarni   sug‘orish   50%   ga   ko‘paytiriladi.   Bu   holatda
sug‘orish me’yori kamaytiriladi (gektariga 500-600 m 3
).
O‘sish davrining oxirida (avgustda) asosan ertagi sovuq tushadigan hududlarda
sug‘orish   biroz   qisqartiriladi   va   avgustning   ikkinchi   dekadasida   oxirgi   marotaba
sug‘oriladi.   Bu   bilan   urug‘ko‘chat   novdalari   erta   pishib   yetilib   qishki   sovuqlarga
tayyorgarlik ko‘rishiga imkoniyat beriladi.
Ignabargli   va   yaproqbargli   ba’zi   daraxt   turlarining   nihollari   (qarag‘ay,   Tyan-
Shan   qora   qarag‘ayi,   tilog‘och,   ayrim   hollarda   chinor,   achchiq   kashtan)   nimjon
bo‘lganliklari uchun soyalatib o‘stiriladi. Nimjon nihollarning ildiz bo‘yni quyosh
nuri   ta’sirida   kuyishi   mumkin.   Shunday   nihollar   tanasi   yog‘ochlangunga   qadar
soyalanib o‘stiriladi. Soyalatish natijasida tuproq yuza qismining harorati pasayadi,
o‘simlikdan namlik kam sarflanadi. O‘simliklarni  soyalash uchun bardon, bo‘yra,
chiy   va   chetanlardan   to‘qilgan   1x1,5   m   kattalikdagi   sun’iy   to‘siqlardan
foydalaniladi.   Bu   to‘siqlarning   yorug‘lik   o‘tqazish   darajasi   50%   ga   teng   bo‘lishi
kerak.   Nihollarni   soyalash   uchun   egatlar   g‘arbdan   sharqqa   qaratib   joylashtiriladi.
To‘siqlar egatning janub tomonidan urug‘lar yoppasiga unib chiqqandan so‘ng yer
yuza   tekisligiga   nisbatan   45°   burchak   hosil   qilinib   joylashtiriladi.   Mo‘tadil
hududlarda   nihollar   2-4   hafta   davomida,   qurg‘oqchil   rayonlarda   unga   nisbatan
ko‘proq muddat soyalanadi.
Tog‘li   mintaqalardagi   ko‘chatzorlarda   mintaqadan   ultrabinafsha   nurlarining
ko‘pligi   tufayli   ignabargli   daraxt   turlarining   urug‘ko‘chatlarini   yetishtirishda   ular
ikki yil davomida soyalatib o‘stiriladi. Urug‘ko‘chatlarning   joylashishi   me’yoridan   qalin   bo‘lganda   ular   yaxshi
rivojlanmaydi   va   nimjon   bo‘lib   o‘sadi.   Buning   oldini   olish   maqsadida
urug‘ko‘chatlar   siyraklashtiriladi.   Qiyg‘os   unib   chiqqan   nihollar   15   -   20   kundan
keyin siyraklashtiriladi. Siyraklashtirishdan  oldin ular sifatli  sug‘  oriladi. Birinchi
navbatda   zararlanganlar   va   nimj   on   rivojlanganlar   olinadi.   Siyraklashtirilgan
nihollar   tezda   sug‘oriladi.   Ignabargli   daraxt   turlarining   urug‘ko‘chatlari
siyraklashtirilganda   1   metr   qatorda   100-110   dona,   yaproqbarglilarda   esa   bu
ko‘rsatkich  40 50  donani tashkil etadi.
Ko‘chatzorda mevali daraxtlarning payvandtaglari ikki marotaba siyraklashtirib
yetishtiriladi.   Birinchisi   o‘simlikda   bir   juft   chinbarg   hosil   bo‘lganda,   ikkinchisi
birinchisidan   2-3   hafta   o‘tgandan   keyin,   birinchi   marotaba   siyraklashtirishda
o‘simlik  qatorida 2-3 sm  oraliq qoldiriladi, ikkinchisida  danak mevali  o‘simliklar
4-5 sm, urug‘ mevali o‘simliklarda esa 5-6 sm oraliq qoldiriladi.
Yaxshi tarmoqlangan, popuk ildizli ildiz tizimga, o‘simlik qismlari belgilangan
nisbatdagi   fitomassaga   ega   bo‘lgan   urug‘ko‘chat   yetishtirish   maqsadida   ularning
ildizi   qirqiladi.   Bu   usul   ildiz   tizimi   yaxshi   tarmoqlanmaydigan   daraxt   turlari
(o‘rmon   olmasi,   o‘rmon   noki,   eman,   yong‘oq,   kashtan   va   boshqalar)   uchun
qo‘llaniladi.   Urug‘ko‘chatning   ildizi   10-15   sm   chuqurlikda   qirqiladi.   Qirqishdan
oldin sug‘oriladi.
Bu maqsad uchun ildiz qirquvchi KN-1 uskunasidan  foydalanish mumkin. Bir
yil   davomida   yetishtiriladigan   urug‘ko‘chatlarning   ildizi   vegetatsiya   davrining
o‘rtasida   qirqiladi,   ikki   yillik   urug‘ko‘chatlarniki   esa   ikkinchi   yilning   bahorida
qirqiladi.
Birinchi   yilning  vegetatsiya   davri   davomida   urug‘ko‘chatlardagi   begona   o‘tlar
4-5   marotaba   chopiladi   va   qator   oralari   shuncha   marotaba   yumshatiladi.   Qator
oralari   traktor   kultivatorida  tuproqning  mexanik   tarkibiga   bog‘liq   holda   har   galgi
sug‘orishdan 2-4 kun keyin 10-15 sm chuqurlikda yumshatiladi.
Har   galgi   sug‘orishdan   oldin   traktorda   qator   oralaridan   egat   ochiladi.
Kultivatsiya bilan birgalikda yovvoyi o‘simliklarga qarshi gerbitsidlar qo‘llanilishi ham   mumkin.   Gerbitsidlarni   qo‘llashda   amaldagi   tavsiyanomalarga   qat’iy   rioya
qilish tavsiya etiladi.
Ikki-uch   yoshdagi   ignabargli   va   yaproqbargli   ko‘chatlardagi   urug‘li   o‘tlarni
yo‘qotish   uchun   simazin   va   propazin   kukunlari   qo‘llaniladi.   Qarag‘ay   va
qoraqarag‘ay   ko‘chatzorlarida   propazin,   2-4   kg/ga,   simazin   1-2   kg/ga   dozada
tavsiya etiladi. Bu tipdagi gerbitsidlar bilan ishlov berishning eng qulay vaqti erta
bahor,   barglar   chiqargunga   qadar   yoki   vegetatsiya   davri   tugagandan   keyin,   yoz
oxiri hisoblanadi.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan mintaqalaridagi tuproqlarda ko‘pchilik hollarda
organik moddalar kam bo‘lganligi uchun ularni
uch   yilda   bir   marotaba   go‘ng   yoki   kompost   bilan   gektariga   25-30   tonna   hajmda
o‘g‘itlash katta ahamiyatga ega hamda yer uchinchi yili bedapoya bilan haydalishi
mumkin.
Urug‘ko‘chatlarni qo‘shimcha oziqlantirish
Qo‘shimcha   oziqlantirish   o‘simlikning   ildizi   va   tanasi   orqali   oziqlantirish
usullariga bo‘linadi.
Urug‘ko‘chatning   ildiz   tizimi   yaxshi   rivojlangan   vaqtdan   boshlab   ular   ildiz
orqali qo‘shimcha oziqlantirilishi mumkin.
Urug‘ko‘chat   faol   o‘sish   davrida   bahor   yoki   yozning   boshlarida   qo‘shimcha
azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi, yoz oxirida urug‘ko‘chatning yog‘ochlanishini
tezlashtirish,   sovuqqa   va   qurg‘oqchilikka   chidamliligini   oshirish   maqsadida   ular
fosforli, kaliyli o‘g‘itlar bilan qo‘shimcha oziqlantiriladi.
Oziqlantirilgandan   keyin   urug‘ko‘chatlar   sug‘oriladi.   Ildiz   orqali   mineral
o‘g‘itlarni   berish   me’yori   tuproqning   mexanik   tarkibi   va   undagi   oziq   moddalar
miqdoriga bog‘liq holda aniqlanadi.
Ayrim   ignabargli   va   yaproqbargli   daraxt   turlarining   urug‘ko‘chatlariga   turli
tuproqlarda mineral o‘g‘itlar berilishi me’yori O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi ilmiy
tadqiqot instituti (Jeltikova T.A., 1983) tomonidan ishlab chiqilgan (9.2-jadval).
9.2-jadval Turli   tuproqlarda   ko‘chatzorning   urug‘ko‘chat   yetishtirish   bo‘limida   o‘simlikka
mineral o‘g‘it berishning yillik me’yori, kg/ga
Daraxt turi O‘tloq-botqoq Bo‘z tuproqlar
Azot Fosfor Azot Fosfor
Bir yillik urug‘ko‘chat bo‘limi
Eman (yozgi) 90 - 120 90 90 - 120 90
Grek yong‘og‘i 60 - 90 60 - 90 60 - 90 60 - 90
Chinor 120 - 90 90 60 - 90 90
Qayrag‘och 90 - 120 90 90 - 120 90
Shumtol 90 - 120 90 60 - 90 90
Kumushrangli
zarang 120 - 90 90 90 - 120 90
119
O‘tkirbargli
zarang 90 - 120 90 - -
Oq akatsiya 90 - 120 90 90 - 120 90
Tikan 90 - 120 90 60 - 90 90
Virgin xurmosi 90 90 - -
Sharq biotasi 90 90 120 - 90 90
Virgin archasi 60 - 90 60 - 90 - -
Qrim qarag‘ayi 90 - 120 90 90 - 120 60
Eldor qarag‘ayi 90 - 120 90 90 - 120 60
Barcha holatlarda kaliyli o‘g‘itlarni gektariga 60 kg me’yorida berish samarali
hisoblanadi.
Shox-shabbalari   va   barglari   orqali   ildiz   tizimi   yaxshi   rivojlanmagan   davrda
o‘simliklar   qo‘shimcha   oziqlantiriladi.   O‘simliklar   10   -   15   kun   oraliq   bilan   ikki-
uch   marotaba   qo‘shimcha   oziqlantiriladi.   Barcha   asosiy   ozuqa   elementlar   (azot,
fosfor,   kaliy)   eritma   tarkibiga   kiritiladi.   Eritmalar   quyidagi   konsentratsiyalarda
tayyorlanadi:   azot   0,5  -   1%,  fosfor   2   -   3%,   kaliy  0,5   -   1%.  Eritmaning  barglarga
yopishqoqligini oshirish uchun unga yuqori-faol moddalar OP-7, OP-10 ning 3% li
eritmasi qo‘shiladi. Tuproq muzlashi va erishi natijasida bir yillik urug‘ko‘chatlarning ildiz bo‘yni
siqiladi   va  ular   shikastlanadi.   Yer   bir   muzlab   bir   erishi   natijasida   ildizlar   uziladi,
oqibatda   urug‘ko‘chat   qurib   qoladi.   Urug‘ko‘chatlarni   bunday   holatdan   saqlab
qolish   uchun   tuproqqa   organik   o‘g‘itlar   berilib   ularning   fizik   xossalari
yaxshilanadi,  urug‘ko‘chat   o‘sayotgan  marza  sirti  va  bag‘ri   o‘t,  qipiq,  poxol  kabi
narsalar bilan 5 sm qalinlikda berkitiladi.
Yengil   qumoq   tuproqli   ko‘chatzorlarda   ekinlar   shamol   uchirib   ketishidan   va
qum   ko‘chkilaridan   himoyalanadi.   Bu   maqsadda   ularning   tevaragida   himoya
o‘rmon   ihotalari   barpo   etiladi.   Zarur   bo‘lgan   hollarda   ular   oralig‘i   baland   poyasi
bir   yillik   o‘simliklardan   kulisalar   har   biri   25   -   35   m   oraliqda   tashkil   etilib
to‘ldiriladi   yoki   soyalashdagi   kabi   vertikal   joylashtirilgan   mexanik   to‘siqlar
o‘rnatiladi.
Qumli   mintaqadagi   ko‘chatzorda   o‘stirilayotgan   nihollar   har   bir   kuchli
shamoldan   keyin   kuzatiladi   va   to‘g‘rilanadi.   Bu   mintaqada   ekinlarni   shamol
uchirib ketishini oldini olish maqsadida tuproqni kimyoviy moddalar bilan ishlash
istiqbolli   usul   hisoblanadi.   Bunda   tuproqning   yuza   qismida   yarimo‘tkazuvchan
qatlam hosil  bo‘ladi va yuza qismni  mustahkamlaydi.  Nerozin shunday kimyoviy
moddalardan   hisoblanadi   va   u   tuproq   yuza   qismiga   purkaladi.   Hosil   bo‘lgan
yarimo‘tkazuvchan   yuza   qatlam   qumloq   tuproqlardan   namlik   bug‘lanishini
kamaytiradi, qum zarrachalarining ko‘chishini to‘xtatadi.
Urug‘ko‘chatlarni   kasallik   va   zararkunandalardan   himoya   qi lish   profilaktik   va
faol   usullarda   amalga   oshiriladi.   Profilaktik   usullarga   noqulay   sharoitlarga
chidamli   va   tez   o‘suvchi   sog‘lom   urug‘ko‘chatlarni   yetishtirishni   ta’minlaydigan
yuqori  agrotexnika:  tuproqqa, urug‘ga, urug‘ko‘chatga kasallanishi  va hasharotlar
bilan   zararlanishining   oldini   oladigan   funksiya   va   boshqakukunlar   bilan   ishlov
berishlar profilaktik usulga kiradi.
Urug‘ko‘chatlarning   zararlangan   va   kasallangan   manbalarini   bartaraf   qilishga
qaratilgan choralar ularni himoyalashning tezkor usu- liga kiradi.
Archa urug‘ko‘chatlarida yotib qolish kasalligi ko‘p uchraydi. Urug‘ko‘chatlarning   yotib   qolish   kasalligi   aniqlangan   joy,   manba   BMK,
fundazala   yoki   TMTD   ning   0,4   %   eritmasi   bilan   namlik   5   sm   chuqurlikka
yetgunga qadar sug‘oriladi.
Ignabargli daraxt turlarining urug‘ko‘chati, asosiy qarag‘ay «Oddiy shyutte» va
«qorli   shyutte»   kabi   zamburug‘li   kasallikka   chalinadi.   Urug‘ko‘chatlarni   bu
kasalliklardan himoya qilish uchun ular BMK (0,4%), fundazalom (0,06%) 80% li
qilib 90-98% li oltingugurt kolloidi (2%) eritmalari bilan ishlanadi. Ekilgan daraxt
urug‘ko‘chatlarini   un   shudring   kasalligidan   himoya   qilish   uchun   ular   oltingurut
kolloidining   5%   li   eritmasi   bilan   purkaladi.   Yaproqbargli   daraxt   turlari
urug‘ko‘chatlarining   barglari   va   novdalari   hasharotlar   tomonidan   ko‘proq
zararlanadi.   O‘simlik   biti   tushgan   do‘lana,   nok,   jimolost,   irga,   oq   akatsiya,
smorodina, olma daraxtlarining 2 yillik urug‘ko‘chatlari erta bahorda nitrofen (3%)
yoki   DNOK   (1-2%)   eritmalari   bilan   ishlanadi.   Vegetatsiya   davri   davomida
urug‘ko‘chatlar   ikki-uch   marotaba   anabazin   sulfat   (0,15-0,2%),   metafos   (0,2%)
yoki karbafos (0,3%) eritmalari purkaladi.                            Foydalanilgan   adabiyotlar :
 
1.   Акопов И.Э.Важнейшие отечественные лекарственные растения и их  
приминение   (справочник)   Т.,   Медицина   1990. 120   б  
2.   Ahmedov   O‘.   Ergashev   A.,   Abzalov.A   Dorivor   o‘simliklar   va   ularni   o‘stirsh   tex
nologiyasi.   Ukuv   kullanma.Toshkent. 2008. 232   b  
3.   Atabaeva   X.N.   va   boshq.   O‘simlikshunoslik.   T.,   «Mehnat», 2000.  
4.   Bo‘riev X. Ch., Dusmuratova S.I. Qishloq xo‘jaligi   ekinlari       
urug‘shunosligi.   Toshkent. “Mehnat”,   2000.
5.   To‘xtaev B.Yo., Maxkamov T.X., To‘laganov A.A., Mamatkarimov A.I.,  
Mahmudov   A.V.,   Allayarov   M.O‘.   Dorivor   va   ozuqabop   o‘simliklar   plantatsiyalari
ni   tashkil etish   va   xom-ashyosini   tayyorlash   bo‘yicha   yo‘riqnoma.   –   Toshkent, 
2015.   144   b.  
6.   Атабаева Х.Н., Умарова Н.С. Лекарственные растения в ветеринарии.  
7.   Терёхин А.А. В.В. Вандышев Технология   возделывания лекарственных       
растений.   Учебное   пособие.   Москва.2008. 201стр.
8.   E.T.Berdiev,   M.X.   Xakimova,   G.B.   Maxmudova.   O‘rmon   dorivor   o‘simliklari.  
Ukuv   kullanma.   Toshkent.   UzR   FA   Minitipografiyasi, 2014.-273b.  
9.   E.T.Axmedov,   E.T.Berdiev.   Dorivor   usimliklarni yetishtirish

URUG’LARNING XOSILIGA VA SIFATIGA TA’SIR K O’ RSATADIGAN OMILLAR Reja: 1. Ekilgan urug‘larni unib chiqqunga qadar parvarishlash 2. Nihollarni parvarishlash

Urug‘larning qiyg‘os unib chiqishi va urug‘ko‘chatning yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida ishlov berib, parvarishning turlicha usullari qo‘llaniladi. Urug‘lar unib chiqqunga qadar parvarishlash ishlari bosib tekislash, mulchalash, yovvoyi o‘tlarni chopish, tuproqni yumshatish va sug‘orishni o‘z ichiga oladi. Yengil strukturaga ega bo‘lgan tuproqlarda urug‘ tuproqqa zich o‘rnashish uchun va urug‘larni tuproq kapillarlari orqali namlik bilan yaxshi ta’minlash maqsadida eni 30 sm keladigan yog‘och g‘altak yoki dastali taxtacha bilan marza sirti bosib - tekislab chiqiladi. Tuproqning yuza qismidagi namlikni saqlash, unda qatqaloq hosil bo‘lishi oldini olish, tuproq namligi va haroratini bir maromda ushlab turish maqsadida ekilgan urug‘lar mulchalanadi. Mulchalash, odatda, ekish chuqurligi 2 sm gacha bo‘lgan urug‘lar ekilganda qo‘llaniladi. U iqlimi quruq hududlarda, tuproqning yuza qismi ekilgan kunidayoq qurib qoladigan joylarda ko‘proq zarur. Bunday joylarda ekilgan urug‘ qurib qolishi va qiyg‘os unib chiqmasligi mumkin. Mulchalashni og‘ir strukturasiz tez qatqaloq hosil bo‘ladigan tuproqlarda urug‘lar bahorda ekilganda qo‘llash yaxshi natija beradi. Yengil tuproqlarda urug‘lar belgilangan muddatlarda ekilganda mulcha qo‘llanilishi talab etilmaydi. Mulcha sifatida torfli qipiq, kompost, chirindi, yog‘och qipig‘i 1-1,5 sm, somon, qamish 5-8 sm qalinlikda qo‘llaniladi. Kuzda ekilgan urug‘larga bahorgiga nisbatan mulcha qalinroq to‘shaladi. Nihollar unib chiqishi bilan ularni quyosh nurining to‘g‘ri tushish ta’siridan himoya qilish, me’yordagi yorug‘lik bilan ta’minlashni hisobga olgan holda mulcha somon yoki qamishli qoplamning bir qismi olib tashlanadi. Nihollar yoppasiga yorib chiqqandan keyin qoplam to‘laligicha olib qator orasidagi ariqchaga taxlanadi. Ular nihollar o‘zini to‘liq tiklab olmaguncha ariqda saqlanadi. Tuproqning yuza qismini yumshoq va yovvoyi o‘tlardan toza holatda saqlab turish uchun yovvoyi va begona o‘tlar chopiladi va tuproq yumshatiladi. Urug‘lar unib chiqishi va o‘sib rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratiladi. Yovvoyi o‘simliklar tuproqning namligini va unumdorligini befoyda sarflashiga yo‘l

qo‘yilmaydi. Tuproqning yuza qatlami yumshatilganda undagi kapillarlar buziladi, aeratsiya holati yaxshilanadi. Tuproqdagi organik va boshqa elementlar o‘simlik o‘zlashtira oladigan oziq modda shakliga aylanadi, tuproqning yuza qismi azot bilan boyitiladi. Mikroorganizmlar faoliyati faollashadi. Tuproqning yuza qismini yumshatish va yovvoyi o‘simliklarni chopish natijasida tuproqning yuza qismida urug‘ko‘chatning yuza tarmoqlangan ildiz tizimi shakllanishi uchun yengil o‘zlashtira oladigan oziqa modda miqdori to‘planadi. Yovvoyi o‘simliklar ko‘chat yetishtirishning barcha bosqichlarida va o‘rmonzorlarda daraxt va butalarga namlik, oziq element va yorug‘lik uchun kuchli raqobatda bo‘ladi. Yovvoyi o‘simliklar mavjud joylardagi daraxt ildizlarining nafas olish intensivligi va ularning namlik hamda oziq moddalarni o‘zlashtirish faolligi susayadi, ildizlarning ishchi yuza hajmi kamayadi. Kuzda ekilgan urug‘larda chopish va yumshatish ishlari erta bahorda nihollar unib chiqqunga qadar va tuproqda qatqaloq shakllangunga qadar bajariladi. Og‘ir tuproqlarda urug‘lar bahorda ekilgan bo‘lsa-da, tuproq nihol unib chiqqunga qadar yumshatiladi. Yumshatish va chopish ishlarini yog‘ingarchilikdan yoki sug‘orishdan keyin bajarish tavsiya etiladi. Yumshatish chuqurligi urug‘ qadalgan chuqurlikka nisbatan sayoz bo‘lishi kerak. Urug‘lar qiyg‘os unib chiqishida sug‘orish katta ahamiyatga ega. Tuproq va urug‘lar yuvilib ketmasligi uchun bir maromda sug‘oriladi. Mayda urug‘lar (terak, oq qayin, tut va boshqalar) ekilganda nihollar unib chiqqunga qadar to‘xtovsiz sug‘ori sh talab qilinadi. Nihollarni parvarishlash Bu urug‘ko‘chat o‘sib rivojlanishi uchun maqbul ekologik sharoit yaratish maqsadida bajariladi va yovvoyi o‘simliklarni chopish, tuproqni yumshatish, nihollarni soyalash, ildizlarining uch qismini qirqish, qo‘shimcha oziqlantirish, urug‘ko‘chatlarni siyraklashtirish hamda nihollarni pikirovkalash kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonning barcha mintaqalarida nihollarni sug‘orish zarur, suv bilan ta’minlangan yerlardagina sifatli ko‘chat yetishtirish mumkin.

Yomg‘irlatib va ariqcha usulida oqizib sug‘orish sug‘orishning asosiy usullaridan hisoblanadi. Notekis relyefga ega bo‘lgan joylardagi ko‘chatzorlarda yom- g‘irlatib sug‘orish tavsiya etiladi. Bu usulning afzalligi bilan bir qatorda kamchiligi ham bor, kamchiligi sifatida tuproqning yuza qismini tez qotirishi va yomg‘irlatib sug‘orishda qimmatbaho jihozlardan foydalanilishini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Yengil va donador tuproqlarda yomg‘irlatish intensivligi 0,5 mm/min, bo‘z- o‘tloq donador bo‘lmagan tuproqlarda 0,1 - 0,2 mm/min ga teng bo‘ladi. Erta tongda va kechqurun yoki bulutli quyoshsiz vaqtlarda nihollar yomg‘irlatib sug‘oriladi. Kunning quyoshli vaqtida nihollar yomg‘irlatib sug‘orilsa havo va tuproq harorati pasayadi, havoning nisbiy namligi ortadi. Bu o‘simlikdagi biologik jarayonning faollashuviga olib keladi. Sug‘orish tugallanishi bilan namlik tuproqdan tez bug‘lanadi, o‘simlikdagi transpiratsiya jarayoni jadallashuvi natijasida o‘simlik plazmoliz holatiga o‘tadi. Quyoshsiz vaqtda sug‘orilgan o‘simlik namlikni o‘ziga to‘liq o‘zlashtiradi, bu jarayon deyarli o‘zgarishsiz o‘tadi. O‘rtacha kattalikdagi ko‘chatzorlarni sug‘orishda yomg‘irlatishni ta’minlaydigan shlang va purkagichlar bilan jihozlangan motopompalardan foydalaniladi. O‘zbekiston sharoitidagi donadorsiz bo‘z tuproqlarda qatqaloq hosil bo‘lishini va o‘rmon xo‘jaligidagi ko‘chatzorlar maydoni kamchiligini hisobga olib yomg‘irlatib sug‘orishdan kam foydalaniladi. O‘zbekiston sharoitida asosan ariqlar bo‘yicha sug‘orish, ya’ni infiltratsion sug‘orish qo‘llaniladi. Bu usulda sug‘orilganda urug‘ ekilgan qismi tuproq kapillarlar orqali suv bilan ta’minlanadi, shuning uchun tuproq zichlashmaydi va qatqaloq hosil bo‘lmaydi. Urug‘lar yoppasiga to‘liq unib chiqqach o‘suv davridagi o‘tqaziladigan sug‘orishlar boshlanadi. Bu sug‘orishlarning miqdori va muddati tuproq xususiyatiga, vegetatsiya davridagi ob-havoga va daraxt turining biologik xususiyatiga qarab belgilanadi. Shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha sug‘orish me’yori ham aniqlanadi. Tuproqning faol yuza qismining namligi ikkilamchi maksimal

gigroskopik holatga yaqinlashganda nihollar sug‘oriladi. Amalda bu holat kunning ikkinchi yarmida o‘simlik bargining so‘lishi kuzatilgan vaqtda sodir bo‘ladi. Sug‘orishda urug‘ko‘chat rivojlanishining fenologik fazalarining davrlari hisobga olinadi. Fazalarning davri o‘zgarishi bilan namlanish chuqurligi o‘zgaradi va o‘z navbatida sug‘orish me’yori ham o‘zgaradi. Birinchi davr urug‘ qadalgandan boshlab ular yoppasiga unib chiqqunga qadar bo‘lgan vaqt 7 - 25 kunni tashkil etadi. Bu davrda urug‘ning unib chiqish jarayoni ketadi. Tuproqning faol qismi qalinligi, ya’ni ildiz ko‘p joylashgan qatlam 10 sm ni tashkil etadi. Ikkinchi davr urug‘lar yoppasiga unib chiqqandan to‘liq mustahkamlanguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu 25 - 30 kun davom etadi. Tuproqning faol qismi qalinligi 15 - 20 sm ni tashkil etadi. Uchinchi fenologik davr davomida urug‘ko‘chat to‘liq shakllanadi. Tuproq faol qismining qalinligi 30 sm va undan ortiqni tashkil etadi. Har bir fenologik davr uchun o‘simlik ildiz tizimining asosiy qismi joylashgan tuproq qatlami suv bilan yaxshi ta’minlanishi hisobga olingan holda sug‘orish normasi belgilanadi. Toshkent viloyatining bo‘z tuproqlarida oq akatsiya, eman, maklura, qayrag‘och, shumtol bargli zarang, katalpa daraxt turlarining niholchalariga vegetatsiya davrida sakkiz - to‘qqiz marotaba (mayda- bir, ikki, iyunda-ikki; iyulda-ikki; avgustda-ikki, uch) sug‘oriladi. Mayda bargli jiyda, aylant - sassiq daraxt, tikan daraxti kabi qurg‘oqchilikka chidamli daraxtlarning nihollari besh-yetti marotaba (mayda-bir; iyunda-bir, ikki; avgustda-ikki) sug‘oriladi. Bo‘z-o‘tloq tuproqlarda nihollar olti-yetti marotaba sug‘oriladi. Vegetatsiya davridagi sug‘orishlar yer osti suvining joylashishiga ham bog‘liq. Yer osti suvi o‘rtacha, taxminan 0,6 m chuqurlikda joylashgan o‘tloq-to‘qay yerlarda o‘suv davridagi sug‘orish to‘rt-olti marta (mayda-bir-ikki; iyunda-bir-ikki; iyulda-ikki; avgustda-bir marta) o‘tkaziladi. Yer osti suvi o‘rtacha 1,3-1,5 m chuqurlikda bo‘lgan joylarda nihollar o‘suv davrida besh-sakkiz marta sug‘oriladi.