logo

DORIVOR O’SIMLIKLARNI GENERATIV KO’PAYTIRISH USULLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.7666015625 KB
DORIVOR O’SIMLIKLARNI GENERATIV K O’ PAYTIRISH USULLARI
Reja:
1. Urug’larini  yi g’ ib  olish va qayta ishlash
2. Urug’larning sifatini aniqlash va ularni saqlash
3. Urug’larni  ekishga tayyorlash Urug’larini   yi g’ ib   olish   va   qayta   ishlash.   O’simik   turli   va   daraxt   turlarining
urug’lari   etilishi   ularning   biologik   xususiyatiga   urug’   pishib   etilish   davridagi   ob-
havo bog’liq holda yilning turli vaqtiga to’g’ri keladi. Past xarorat ularning pishib
etilishini susaytiradi. Urug’ ashyosini tayyorlashni ma’lum bir muddatlarda amalga
oshirish  zarur.  Urug’lar  pishib  etilgandan  keyin yig’ib terib olinadi.  Urug’larning
pishib etilishi  fiziologik va texnik  etilishga bo’linadi 1
:
Fiziologik   etuklik   davrida   urug’   zarodishi   o’sish   qobiliyatiga   ega   bo’ladi,
lekin   urug’   (meva)   daraxtda   qolib   o’sib-rivojlanishni   davom   ettiradi.   Bu   davrda
urug’da   suv   miqdori   kamayib   quruq   moddalar   ortib   boradi.   Keyinchalik   urug’
texnik   (hosil)   etuklikga   o’tadi,   unda   urug’dagi   oziq   moddalar   saxaroza,
Uraminokislotlar   va   yog’   kislotalari   shaklida   bo’ladi.   Oddiy   shakldagi   moddalar
shakliga   o’tadi   fermentlar   ishqorligigining   intensivligi   susayib   boradi.   Tashqi
qoplami   suv   va   havo   o’tkazmaydigan   zich   qoplamga   aylanadi.Urug’da   biologik
jarayonlar to’xtaydi va ular chuqur turg’unlik xolatiga o’tadi. Urug’larning   pishib
etilishi mevalarning tashqi belgilariga xarakterli bo’lgan bir necha fazani o’tadi.
Urug’   va   mevalarni   yig’ib   terib   olish   muddati   o’simliklarning   biologik
xususiyatiga,   urug’larning   etuklik   holatiga   va   ularning   uzulib   tushish   muddatiga
bog’liq texnik etuklikka kirishi bilan urug’lar uzulib erga tushadi va hosilning bir
qismi yo’qotiladi. Shuning uchun bunday hususiyatga ega bo’lgan o’stimliklardan
urug’lar fiziologik etuklik davrida yig’ib terib olish tavsiya etiladi.
Urug’larni yig’ib terib olish muddatlari. Fiziologik etuklik davrida yig’ib terib
olingan   urug’lar   yaxshi   shamollantiriladigan   xonada   pishib   etilishi   uchun
saqlanadi, keyin mevasidan urug’ ajratiladi.
O’simliklar   pishib   etilgan   davrida   ham   mevasi   saqlanib   qoladigan   daraxt
turlaridan urug’ ashyosi texnik etuklik davrida yig’ib terib olinadi va urug’ qishda
saqlanishi mumkin. Agarda jo’ka, oddiy shumtol donaklilarning urug’larini yozda
stratifikastiyalansa   yoki   erta   kuzda   ekilsa,   ularning   mevasini   yozda   fiziologik
etuklik davrida yig’ib terib olinishi kerak.
1
  Gerard   Bodeker,   K.K.S.   Bhat,   Jeffrey   Burley,   Paul   Vantomme.   Medicinal   plants   for   forest   conservation   and   health   care.
Rome, 1997 . 13-17  p Texnik  etuklik daavrida yig’ib-terib olingan mevalardan olingan urug’lar uzoq
muddat   turg’unlik   holatiga  ega   bo’ladi   va   bahorda  ekilgan   urug’,   keyingi   yilning
bahorda unib chiqadi, unuvchanlik darajasi juda past bo’ladi.
O’zbekistonda   o’sadigan   ko’pchilik   o’simliklarda   texnik   etuk   urug’   (meva)
sentyabr-oktyabr   oylarida   shakllanadi   va   uzoq   muddatga   (bahorgacha)   daraxt
shoxlarida saqlanadi. Ularning urug’larini yuqorida aytilgan ya’ni martgacha yig’ib
terib olish mumkin.
Urug’lar   uzoq   muddat   saqlanishi   mo’ljallangan   hollarda   ular   daraxtlardan
texnik etukli, ya’ni to’liq pishib etilgandan keyin yig’ib terib olinadi.
O’simliklarni oldindan o’rganish . Urug’ hom ashyosini yoppasiga yig’ib terib
olishdan oldin urug’li daraxtzorlar (O’UP, DO’UU, VO’UU va boshqalar) o’rganib
chiqiladi.   Maqsadi   urug’   hosilini   oldindan   aniqlash,   ularning   ekish   sifatini   va
kasallanganlik, zararlanganlik darajasini o’rganishdir.
Meva   va   urug’lar   o’simliklar dan   yig’ib   -   terib   olinadi.   Ular   oldindan
o’rganilganda urug’idan foydalanish yaroqli deb topilgan bo’lishi kerak.
Daraxt turlariga bog’liq holda urug’lar homashyosi erdan (to’kilgan urug’lar),
o’sib turgan yoki kesilgan daraxtlardan yig’ib terib olinadi.
O’simlik  urug’lar homashyosini qayta ishlash. Tayyorlangan meva va urug’lar
qayta ishlanmasdan tug’ridan tug’ri ekish uchun foydalanib bo’lmaydi.
Urug’   hom-ashyosi   qayta ishlashga   urug’larni   meva va  qubbalardan ajratish,
ularni qanotsizlashtirish, qo’shilmalardan tozalash va standart namlikgacha quritish
ishlari kiradi. 2
Urug’larni   ekish   sifati   va   saqlash   samarasi   asosan   ularni   qayta-ishlashga
bog’liq. Urug’ hom-ashyosini qayta ishlash va saqlash rejimini belgilashda urug’ga
ikki qismdan, zarodish va zapas oziq moddalardan, iborat biologik sistema sifatida
qaralishi   zarur.   Urug’ni   yig’ib   terib   olinishi   davrida   ulardagi   biologik   sistema
turg’unlik   holatida   bo’ladi.   Bu   urug’larni   ekishga   bo’lgan   davr   ichida   yaxshi
saqlash   imkonini   beradi.   Ularni   tashishda   ham   biologik   sistema   turg’unligi
buzilmaydigan optimal sharoit yaratiladi.
2
Gerard Bodeker, K.K.S. Bhat, Jeffrey Burley, Paul Vantomme.  Medicinal plants for forest conservation and health 
care. Rome, 1997  87-96 р Turg’unlikdagi   urug’ning   biologik   sistemasini   harakatga   keltirish   ya’ni
turg’unlikni buzish, ularga yuqori harorat, yorug’lik energiyasi va shu kabi boshqa
omillarni ta’sir ettirish bilan amalga oshiriladi.
Urug’larni   meva   va   qubbalardan   ajratish .   Qubbalardan   urug’ni   ajratish
ochiladigan   qubbalardan   urug’   ajratish.Ochilmaydiganlardan   urug’   ajratish   va
archa mevalardan urug’ ajratish usullariga bo’linadi.
Archa   mevasidan   urug’   ajratish   fiziologik   etuklik   va   texnik   etuklik
mevalardan ajratish usullariga bo’linadi. Quruq va xo’l mevalardan urug’ ajratish.
Quruq   mevalardan   urug’   ajratishda   ular   yanada   ko’rsatiladi,   urug’   tozalash
mashinasida (SOM-1, SUM-1) maydalanadi va qo’shilmalardan tozalanadi.
M eva   qobig’idan   O’zO’XITI   kashf   etgan   konstrukstiyasi   bo’yicha   FOK   -1
Krutinkova mashinasida ajratiladi.
Xo’l mevalar va rezovor mevalar imkoniyat darajada yig’ib terib olinishi bilan
yoki qisqa muddat ichida (1-3 kun) qayta ishlanishi tavsiya etiladi, aks holda ular
ochib,   o’z-o’zidan   qizib   urug’larning   hayot   qobiliyati   pasayib   ketadi.   Xo’l
mevalardan   urug’larni   sharbatlar,   murabbo   va   qiyomlar   uchun   homashyo
tayyorlashlar   bilan   birgalikda   amalga   oshirilishi   mumkin.   U   holda   urug’lar
shikastlanmasligi va yuqori haroratga uchramasligi zarur yirik xo’l mevalar uchun
mevani   maydonlash,   kesish   va   surkash   (terka)   usullaridan   foydalaniladi.
Yo ng’o qlar   uchun   MOO-1   mashinasidan   foydalaniladi.Donaklilarning   urug’i
mevasidan   donak   ajratish   mashinalarida   amalga   oshiriladi.   Ayrim   mevali   daraxt
urug’lari   mevalaridan   ezib   keyinchalik   sovuq   suvda   etidan   yuvib   ajratish   usulida
olinadi.
Keyinchalik urug’lar tegishli qalinliklarda quritiladi, tozalanadi va saralanadi.
Mevasining   yig’ib-terib   olish   mexanizastiyalashtirilgan,   qo’lda   yig’ib   terib
olinadi.   2-3   yillik   shoxlarini   sindirmaslik   tavsiya   etiladi,   aks   holda   keyingi   yilgi
hosili  nobud bo’ladi. Shamolsiz  ob-havoda mevasini  ularni  silkitib yoki  tayoqcha
bilan urib oldindan tozalangan erga yoki to’shalgan tentga tushiriladi.
Meva   turlariga   qarab   ular     qo’lda     va   mexanizastiyalar   yordamida   yig’ib
olinadi. MTZ-52, T-74, DT-75 traktorlariga tirkaladi. Ish unimini oshiradi. Urug’larning sifatini aniqlash va ularni saqlash. 
Ekish   maqsadida   tayyorlangan   bir   xil   urug’lar   tozalangandan   va
saralangandan keyin partiyalarga shakllantiriladi, ularga pasport tuziladi va maxsus
kitobda registrastiya qilinadi.   Urug’lardan namuna olish, ularning ekish sifatlarini
aniqlash   va   sifati   haqida   xujjatlar   berish   maxsus   standartlar   asosida   amalga
oshiriladi.   Bir   xil   urug’lar   deb   bir   xil   turda   kelib   chiqgan,   bir   xil   sharoitda
o’sayotgan daraxtzorlardan yig’ib-terib olish vaqti va usuli, qayta ishlash, saqlash
sharoiti   o’rmonchilik   qimmatbaholigi,   rangi,   xidi,   namlik   darajasi   va
shikastlanganlik   darajasi   bir   xil   bo’lgan   urug’lar   partiyasi   hisoblanadi.   Urug’lar
partiyasining   har   biriga   pasport   va   etiketka   tuziladi.   Urug’lar   partiyasining
maksimal   og’irligi   turli   daraxtlar   uchun   turlicha   va   30   kg   dan   500   kg   gacha
bo’ladi.   Urug’larning   ekish   sifati   ular   partiyasidan   o’rtacha   namuna   olib
aniqlanadi.   O’rtacha   namunani   o’rmonchilar   ,   o’rmon   yordamchisi,   muxandislar,
agronomlar   va   boshqa   xo’jalik   mutaxassislari,   namuna   olish   uchun   tayinlangan
vakillar   o’rmon   urug’lari   stanstiyasida   tegishli   yo’riqnomadan   o’tgandan   keyin
ajratib oladi. O’rtacha namuna urug’lar partiyasi shakllantirilgandan keyin 10 kun
muddat   ichida   ajratib   olinadi.   O’rtacha   namuna   olish   partiya   urug’lardan   kichik
miqdordagi   urug’larni   o’tib   olish   bilan   boshlanadi.   Urug’larning   birlamchi
namunalardan bir qismi. Ya’ni laboratoriya taxlili uchun ajratilgan qismi o’rtacha
namuna   hisoblanadi.   Ajratib   olingan   o’rtacha   namuna   mustahkam   gazmaldan
tikilgan   toza   haltaga   joylashtiriladi.   Xalta   oldinda   suvda   qaynatib
dezinfekiyalanadi. O’rtacha namuna joylashtirilgan halta etiketkasi bilan bog’lanib
o’rmon   urug’lari   stanstiyasiga   tozaligini,   1000   dona   urug’   og’irligini,   o’sish
quvvatini,   unuvchanligini   (hayot   qobiliyatini,   sifatliligini)   aniqlash   uchun
yuboriladi.
O’rtacha namuna ajratib olish belgilangan shaklda uch nusxadagi dalolatnoma
bilan   rasmiylashtiriladi.   Dalolatnomaning   bir   nushasi   xo’jalikda   qoldiriladi.
Ikkinchisi   o’rtacha   namuna   bilan   urug’lar   stanstiyasiga   jo’natiladi.   Uchinchisi
urug’ sarfini hisobdan chiqarish uchun buhgalteriyaga beriladi. Urug’larning   sifat   ko’rsatkichlari   va   ularni   aniqlash   usullari   O’zbekistonda
daraxt   va   butalarning   urug’larini   ekish   sifatiga   davlat   tizimining   nazorati   tashkil
etilgan va amalga oshiriladi. Bu ishni o’rmon urug’lari stanstiyasi amalga oshiradi.
Bu   stanstiya   o’rmon   xo’jaligi   korxonalariga   hamda   ekish   uchun   urug’
tayyorlaydigan boshqa xo’jaliklarga xizmat qiladi.
O’rmon   urug’lari   stanstiyasining   asosiy   vazifasi   ekish   uchun   urug’
tayyorlaydigan   barcha   xo’jaliklar   uchun   urug’larning   ekish   sifatini   o’rganish,
o’rmon  urug’chiligini   va  urug’chilik  xo’jaliklarini   to’g’ri   tashkil   etish   va  yuritish
ni   nazorat   qilish   va   o’rmon   urug’lar   bazasini   tashkil   etishda   yordam   ko’rsatish;
urug’larni   ekish   sifatini   taxlil   qilish   usullarini   ishlab   chiqish   va   takomillashtirish;
urug’larni   ekish   sifati   norma   va   usullariga   davlat   standartlarini   ishlab   chiqish   va
boshqalar hisoblanadi.
Urug’lar sifat  ko’rsatgichlari  amaldagi standartlar  asosida  o’rtacha namunani
tahlil   qilish   usuli   bilan   aniqlanadi.   Urug’lar   tozaligi,   unuvchanligi   (hayot
qobiliyati, sifatliligi), o’sish quvvati, 1000 dona urug’ og’irligi aniqlanadi. Zarurat
tug’ilganda urug’lar namligi va ularning entomo-fito zararlanganligi aniqlanadi.
Urug’lar tozaligi va foydalanilmagan daraxt turi urug’lardan toza urug’larning
foiz   miqdoridir.   Toza   urug’larning   tahlil   uchu   olingan   ulchamning   birlamchi
og’irligiga nisbatan aniqlanadi.
Urug’lar   unuvchanligi   -   bu   urug’larning   belgilangan   muddatda   aniq   bir
sharoitda normal o’simta berish qobiliyati.
Ittifoqda   urug’lar   unuvchanligi   urug’lar   -   kontrol   tahlili   qoshidagi   davlat
urug’lar inspekstiyasi tomonidan davlat standartiga asoslanib aniqlanadi.
Normal   unib   chiqqan   urug’lar   soni   tahlil   uchun   olingan   urug’lar   umumiy
soniga nisbati hisobida ifoda etiladi.
Urug’lar unuvchanligi - bu urug’larni ekishga yaroqligini aniqlaydigan birdan
bir asosiy ekish sifati ko’rsatkichi  hisoblanadi, chunki bu ishlab chiqarishda katta
ahamiyatga ega. Sinovda yuqori unuvchanlikga ega bo’lgan urug’lar barvaqt va bir
tekis unib chiqish xususiyatiga ega bo’ladi. Bular tegishli agrotexnik ishlov berish
natijasida yuqori sifatli ko’chat olish va sifatli o’rmon barpo etishni ta’minlaydi. Unuvchanlikni   aniqlash   bilan   birgalikda   yana   bir   urug’lar   ekish   sifatini
aniqlash ko’rsatgichi - urug’lar o’sish quvvati aniqlanadi.
O’sish   quvvati   -   bu   urug’larning   unuvchanligini   aniqlashga   qaraganda
qisqaroq vaqt ichida urug’larning normal o’simta berish qobiliyati.
Urug’larning   o’sish   quvvati   o’sib   chiqqan   urug’lar   sonining   tahlil   uchun
olingan urug’lar umumiy soniga nisbati, % hisobida ifodalanadi.
Yuqori o’sish quvvatiga ega bo’lgan urug’lar bir tekis sifatli o’simtalar beradi,
bular   saqlashda   o’z   sifatini   o’zoq   muddatgacha   yo’qotmaydi.   Shuning   uchun
urug’lar   rezerv   fondiga   unuvchanlik   ko’rsatgichiga   yaqin   bo’lgan   yuqori   o’sish
ko’rsatgichli urug’lar tavsiya etiladi.
Hayot qobiliyati - taxlil uchun olingan urug’larga nisbatan foizda ifodalangan
tirik urug’lar miqdori. Bu uzoq muddat unib chiqish qobiliyatiga ega bo’lgan yoki
zudlik   bilan   ekish   zarurati   tug’ilgan   daraxt   va   butalarning   urug’larida   aniqlanadi.
Bu jarayon davlat standartida belgilangan uslublarda amalga oshiriladi.
Sifatligi   -   bu   to’la   mag’izli,   belgilangan   daraxt   va   buta   uchun   xarakterli
rangda   bo’lgan   zarodishli   va   endospermli   urug’lar   miqdorining   tahlil   uchun
olingan urug’larga nisbatan foizda ifodalanishidir.
1000 dona urug’lar og’irligi o’rmon barpo etishda katta ahamiyatga ega. Yirik
va   og’ir   urug’lar   yuqori   ekish   sifatiga   ega   bo’ladi.   Urug’lar   og’irligini   ekish
normalarini belgilash uchun bilish zarur.
Tahlil o’tkazish uchun urug’lardan 13056,1-67 sonli davlat standarti bo’yicha
namuna   tanlab   olinadi   1000   dona   urug’lar   og’irligi   kondistion   (toza)   urug’larda
aniqlanadi.
Urug’lar namligi - urug’larda namlik miqdorining %da ifodalanish. Bu namlik
miqdori birlamchi o’lcham og’irligiga nisbatan olinadi.
Tahlil   uchun   13056-67   sonli   davlat   standartiga   asoslanib   namuna   tanlab
olinadi.
Urug’lar   namligi   urug’lar   stanstiyasiga   namuna   kelib   tushgandan   keyin   2
sutka ichida aniqlanadi.
Urug’lar namligi quritgich shkafda quritish usuli bilan aniqlanadi. Laboratoriya   analizlariga   asosan   o’rmon   urug’lar   stanstiyasi   tomonidan
urug’larga   «Urug’larning   kondistionligi   haqida   guvohnomga»,   «Urug’lar
analizining natijalari» yoki ma’lumotnoma beriladi.
Daraxt  va butalar  har  yili  meva hosil  bermaydi. Terib olingan  urug’larni  har
doim   ham   shu   zahoti   ekilmaydi.   Shuning   uchun   o’rmon   urug’lari   zahirasini
yaratish   zarur   Urug’larni   yig’ib   terib   olish   bilan   ekish   oralig’idagi   muddat   bir
necha   ko’n,   oy   va   yillarga   ham   cho’zilishi   mumkin.   Yaproq   bargli   daraxtlar
urug’larni   saqlash   -   birinchi   bahorgacha,   ignabarglilar   birinchi   yili   kuzigacha
saqlanishi   qisqa   muddatli   saqlanish   hisoblanadi.   O’rmon   urug’lari   mahsus   urug’
saqlash omborlarida uzoq muddat saqlanadi.
O’rmon   xo’jaligi   korxonalarini   kam   hosilli   va   hosilsiz   yillari   urug’   bilan
ta’minlash maqsadida rezerv fondi tashkil etiladi. Rezerv fondga I-II sifat klassiga
ega bo’lgan urug’lar ajratiladi. Bunday urug’lar sifati va namligini laboratoriyada
aniqlash mumkin bo’lgan mahsus omborlarda saqlanadi. Rezerv fond har uch yilda
almashtiriladi.
Urug’larni saqlashda ulardagi hayot faoliyatini to’xtatishga qaratilgan sharoit
yaratilishi zarur.
Urug’lar   doimiy   o’zgarmas   belgilangan   harorat   va   namlik   ta’minlangan
omborlarda saqlanishi tavsiya etiladi.
Yaproq   bargli   va   igna   bargli   daraxt   turlarining   urug’larni   saqlash   sharoiti
turlichadir.
U rug’larni ekishga tayyorlash .  Urug’lar   turg’unligi.   Bu   nisbiy
tushuncha   bo’lib,   urug’lardagi   modda   almashinuvi   holatining   susayishini   va
alohida hollarda genetik programma hisobining tuxtashini aks ettiradi. Urug’larda
o’sib—rivojlanish jarayoni to’xtaydi. Urug’larning turg’unlik holati keng ma’noda
ularning   o’sishdan   to’xtashi,   ma’lum   bir   miqdorda   unuvchanligining   pasayishi,
yoki   ma’lum   bir   sharoit   yaratilganda   unib   chiqish   qobiliyatini   saqlab   qolishi
tushuniladi. Urug’lar   turg’unini   shakl   asosiy   shaklga   ajratiladi:   -   majburiy   va   organik
majburiy   (qisqa   va   sayoz)   va   organik   yoki   chuqur   turg’unlik   holatiga   daraxt   va
buta urug’larining pishib etilganidan keyin o’tiladi.
Majburiy   turg’unlik   holati   tashqi   muhit   bilan   bog’liq,   urug’larning
hususiyatiga   bog’liq   bo’lmaydi.   Majburiy   turg’unlik   holatidan   zarur   sharoit
yaratilishi bilan tezda chiqadi.
Organik   turg’unlik   -   bu   urug’larning   xususiyatiga   bog’liq   bo’lgan   holda
ularning o’sishini yoki unib chiqishini ma’lum bir muddatga cho’zishdir.
Organik turg’unlikdagi urug’lar bahorda ekishdan oldin maxsus tayyorlanadi.
Urug’larning   o’sishi   -   zarodishni   turug’ulikdan   qo’zg’alib   urug’ning
rivojlanib   gipometabodizmdan   optimal   modda   olmashinuv   holatiga   o’tishi   va
o’sishga kirishishi, ya’ni zarodishda o’sish jarayonining qayta davom etishi.
Urug’larning   o’sishi   uch   fazaga   ajratiladi:   bo’kish;   stimulyastiya,
differenstiastiya.
Urug’larning   bo’kish   fazasi   suvni   o’ziga   singdirishi   bilan   bog’liq,   ularning
tezligi esa urug’ning biologik xususiyatiga va haroratga bog’liq. Qalin qobiqqa ega
bo’lgan urug’lar suvni ko’p qabul qiladi, yupqa qobiqlilari esa kam.
Stimulyastiya   fazasida   urug’larda   fiziologo-biokimyoviy   o’zgarishlar   sodir
bo’lib   ularning   o’sishga   tayyorlashda   o’z   ta’sirini   o’tkazadi.   Bu   fazada   zarodish
qobig’iga tashqi muhitning ta’siri katta ahamiyatga ega va zarurdir. Ular ta’sirida
o’sish jarayoni boshlanadi.
Differenstiastiya va o’sish fazasi urug’ qobig’ining yorilishi bilan boshlanadi.
Natijada ug’ug’larga suv va havoning kirishi  engillashadi, zarodish tezda optimal
suv va havo bilan ta’minlanadi. Endospermda zapas oziq moddalar gidrolizlanadi.
Fermentlar   aktivligi   susayadi,   nafas   olish   jarayoni   kuchayadi,   oziq   moddalar
parchalanib   o’suvchi   to’qimalarga   xarakati   kuchayadi.   Xo’jayralar   bo’linishi
ko’payib,   ular   bo’yicha   o’sishi   kuchayadi   va   to’qimalarda   differenstiastiya
boshlanadi.   Keyinchalik   assimilyastiyalovchi   to’qimalarning   ko’payishi   bilan
o’simta avtotrof oziqlanishga o’tib urug’ ko’chatga aylanadi. O’sishni   stimullash   usullarini   asoslash   xo’jalik   jihatidan   ko’pchilik   xollarda
daraxt   va   butalarning   urug’lari   yig’ib   terib   olinishi   bilan   ekilmaydi,   bahorgacha
belgilangan   muddatda   va   sharoitda   ekish   uchun   saqlanadi.   Shu   munosabat   bilan
urug’larning   o’sib   chiqishga   tayyorlanishi   va   unib   chiqishining   tabiiy   holati
buziladi.   Turg’unlik   shakli   va   muddatiga   bog’liq   holda   bahorda   maxsus
tayyorlamasdan   ekilgan   daraxt   va   buta   turlarning   urug’lari,   ayrimlari   ekilgan   yil
unib chiqadi, ayrimlari unib chiqmaydi.
Urug’larning   o’sish   davri   davomiyligi   ulardan   tashqari   tashqi   muhit,
urug’larni   terish   muddati   va   sharoiti,   ularni   saqlash   davomiyligi   bilan   uzviy
bog’liqdir. Shuning uchun o’rmon xo’jaligi tajribasida ularni saqlash davomida va
undan keyin ekishga tayyorlanadi.
Urug’larni   turg’unlikdan   chiqarish   va   ulardan   fiziologik   aktivlikni   qayta
qo’zgatishda   ularga   kompleks,   tashqi   omillarni   ma’lum   bir   navbatlilikda   va
davomiylikda   ta’sir   etishi   lozim.   Shu   holatdagina   qator   manbalar   (suv,   havo,
issiqlik)   ta’sirida   (modda   olmashinuvida   ularni   o’suvga   tayyorlovchi   aktiv   sifatli
o’zgarishlar kuzatiladi.
Urug’larni   ekishga   tayyorlash   usullari.   Urug’larni   ekishga   tayyorlashning
fizik,   kimyoviy,   fiziologik   usullarga   mavjud.   Ularni   amalda   qo’llash   esa
belgilangan urug’lar turlaridagi turg’unlik shakliga bog’liq.
Fizik   usul   -   bu   urug’   qobig’ini   to’liq   olib   tashlash   va   unga   mexanik   ta’sir
ko’rsatishi   (skorifikastiya,   impakstiya)   turlicha   termik   ishlov   berishlar   va
yuvishdir.
Kimyoviy   usul   -   meva   yoki   urug’larni   kuchli   ta’sir   etuvchi   kislotalar,
ishqorlar   va   boshqa   moddalar   (mikroelementlar,   stimulyatorlar)   bilan   urug’lar
qobig’ining o’tkazuvchanlikni oshirishdir.
Fiziologik   usul   -   bu   zarodish   holatiga   ta’sir   etish.   Bu   usul   biologik   aktiv
diapozondan   xarorat,   yorug’lik,   havo   tartibining   uzoq   muddat   tayyorlash,   hamda
o’sish stimulyatorlari bilan ishlov berishga asoslangan 3
.
3
  Gerard   Bodeker,   K.K.S.   Bhat,   Jeffrey   Burley,   Paul   Vantomme.   Medicinal   plants   for   forest   conservation   and   health   care.
Rome, 1997 . 17-23.  p Madaniy   o’rmonlar   ishi   tajribasida   qattiq   qobiqli   urug’lar   ekishdan   oldin
skarifikastiyalanadi,   konstentrastiyalangan   kislota   bilan   ishlanadi.
Sparofikastiyalash uchun maxsus mashina - skarifikatorlar qo’llaniladi.
Impakstiya   -   bu   urug’larni   bir   birlari   yoki   idish   devoriga   uriltirib   ular
qobig’ini shikastlashdir. Bu holatda urug’ shikastlanmaslik kerak.
Qobig’i   qalin   va   qattiq   bo’lgan   urug’lar   issiq   suvda   (Q60 o
S)   suv   to’liq
sovuguncha   ivitiladi   yoki   qaynoq   suvga   2-3   marotaba   (1-2 o
)   xaltagacha   solib
bajariladi.   Urug’larni   konstentrastiyalangan   sulfat   kislotasiga   bilan   tayyorlash
mumkin.
Chuqur   turg’unlikda   bo’ladigan   daraxt   va   butalarning   urug’larini   fiziologik
usulda tayyorlashning ananaviy turi bu urug’larni stratifikastiyalashdir.
Stratifikastiyaning   ma’nosi   urug’larni   qum   yoki   torf   bilan   qatlamlab
joylashtirilib qishda maxsus inshoatlarda Q1Q5 o
S haroratda tayyorlanishidir.
«Stratifikastiya»   termini   hozirgi   davrda   ham   o’rmon   xo’jaligi   tajribasida
qo’llaniladi.
Stratifikastiyalash muddati daraxt va buta turi urug’ining xususiyatiga bog’liq
xolda   1-10   oygacha   davom   etadi.   Stratifikastiya   davrida   undagi   harorat   ham
urug’ning tuzilishiga, biologik xususiyatiga bog’liq holda o’zgartirilib turiladi.
Urug’larni   ekishga   tayyorlash   muddatiga   ekologik   omillar,   terib   olish
muddati, saqlash sharoiti va boshqalar ham ta’sir etadi.
Urug’lar maxsus yahiklarda yoki transheyalarda stratifikastiyalanadi. Alohida
hollarda urug’lar qalin bo’lmagan gazmollardan tayyorlangan xaltalarda qor tagida
yoki polietilen xoltalarda xonalarda xolodilniklarda stratifikastiyalanadi.
Stratifikastiyaning samarasi optimal xarorat rejimini ta’minlanishiga bog’liq.
Stratifikastiyalash   uchun   substrat   sifatida   diametri   3-4   mm   bo’lgan   toza   va
quruq torf yoki yirik (0,25 mm dan yuqori) zarrachasi qumdan faydalaniladi.
Yahiklarda   urug’lar   stratifikastiyalanganda   yahiklarni   ko’chirib   qo’yish   va
havo   almashini   uchun   qulay   qilib   tayyorlanadi.   Yahiklar   balandligi   30-35   sm
bo’ladi.   Oldindan   ivitilgan   urug’lar   torf   yoki   qum   zarrachalari   bilan   1:3   nisbatda
aralashtiriladi (bir qismi urug’ va 3 qismi qum yoki torf) va yahiklarga joylanadi, 2-3   kun   davomida   suv   sepib   turiladi.   Keyinchalik   qayta   aralashtiriladi   va   suvga
sergitiladi. Yaxshi aerastiya uchun optimal namlik 60% da ushlab turiladi.
Uzoq   muddat   stratifikastiyalanadigan   urug’lar   2-3   oyda   bir   marotaba   qayta
aralashtiriladi, zarurat bo’lganda suv sepiladi.
Urug’larni   bahorda   ekishga   stratifikastiyalanganda,   unda   urug’larni   kish
urishgacha   ushlanadi.   Oldindan   yoki   ekish   muddatidan   oldin   undan   urug’lar   qor
tagiga joylanadi.
Stratifikastiyadagi urug’lar ekishdan oldin substratdan ajratiladi.
Urug’larni odatdagi stratifikastiyalardan tashqari tezkor stratifikastiya usullari
mavjud: oldin issiq suvda ivitish, haroratiga qo’tarish, yuqori va past harorat bilan
almashlab ishlash, mexanik va kimyoviy ta’sir etish, urug’larni stimulyatorlar bilan
ishlash va boshqalar.                            Foydalanilgan   adabiyotlar :
 
1.   Акопов И.Э.Важнейшие отечественные лекарственные растения и их  
приминение   (справочник)   Т.,   Медицина   1990. 120   б  
2.   Ahmedov   O‘.   Ergashev   A.,   Abzalov.A   Dorivor   o‘simliklar   va   ularni   o‘stirsh   tex
nologiyasi.   Ukuv   kullanma.Toshkent. 2008. 232   b  
3.   Atabaeva   X.N.   va   boshq.   O‘simlikshunoslik.   T.,   «Mehnat», 2000.  
4.   Bo‘riev X. Ch., Dusmuratova S.I. Qishloq xo‘jaligi   ekinlari       
urug‘shunosligi.   Toshkent. “Mehnat”,   2000.
5.   To‘xtaev B.Yo., Maxkamov T.X., To‘laganov A.A., Mamatkarimov A.I.,  
Mahmudov   A.V.,   Allayarov   M.O‘.   Dorivor   va   ozuqabop   o‘simliklar   plantatsiyalari
ni   tashkil etish   va   xom-ashyosini   tayyorlash   bo‘yicha   yo‘riqnoma.   –   Toshkent, 
2015.   144   b.  
6.   Атабаева Х.Н., Умарова Н.С. Лекарственные растения в ветеринарии.  
7.   Терёхин А.А. В.В. Вандышев Технология   возделывания лекарственных       
растений.   Учебное   пособие.   Москва.2008. 201стр.
8.   E.T.Berdiev,   M.X.   Xakimova,   G.B.   Maxmudova.   O‘rmon   dorivor   o‘simliklari.  
Ukuv   kullanma.   Toshkent.   UzR   FA   Minitipografiyasi, 2014.-273b.  
9.   E.T.Axmedov,   E.T.Berdiev.   Dorivor   usimliklarni yetishtirish

DORIVOR O’SIMLIKLARNI GENERATIV K O’ PAYTIRISH USULLARI Reja: 1. Urug’larini yi g’ ib olish va qayta ishlash 2. Urug’larning sifatini aniqlash va ularni saqlash 3. Urug’larni ekishga tayyorlash

Urug’larini yi g’ ib olish va qayta ishlash. O’simik turli va daraxt turlarining urug’lari etilishi ularning biologik xususiyatiga urug’ pishib etilish davridagi ob- havo bog’liq holda yilning turli vaqtiga to’g’ri keladi. Past xarorat ularning pishib etilishini susaytiradi. Urug’ ashyosini tayyorlashni ma’lum bir muddatlarda amalga oshirish zarur. Urug’lar pishib etilgandan keyin yig’ib terib olinadi. Urug’larning pishib etilishi fiziologik va texnik etilishga bo’linadi 1 : Fiziologik etuklik davrida urug’ zarodishi o’sish qobiliyatiga ega bo’ladi, lekin urug’ (meva) daraxtda qolib o’sib-rivojlanishni davom ettiradi. Bu davrda urug’da suv miqdori kamayib quruq moddalar ortib boradi. Keyinchalik urug’ texnik (hosil) etuklikga o’tadi, unda urug’dagi oziq moddalar saxaroza, Uraminokislotlar va yog’ kislotalari shaklida bo’ladi. Oddiy shakldagi moddalar shakliga o’tadi fermentlar ishqorligigining intensivligi susayib boradi. Tashqi qoplami suv va havo o’tkazmaydigan zich qoplamga aylanadi.Urug’da biologik jarayonlar to’xtaydi va ular chuqur turg’unlik xolatiga o’tadi. Urug’larning pishib etilishi mevalarning tashqi belgilariga xarakterli bo’lgan bir necha fazani o’tadi. Urug’ va mevalarni yig’ib terib olish muddati o’simliklarning biologik xususiyatiga, urug’larning etuklik holatiga va ularning uzulib tushish muddatiga bog’liq texnik etuklikka kirishi bilan urug’lar uzulib erga tushadi va hosilning bir qismi yo’qotiladi. Shuning uchun bunday hususiyatga ega bo’lgan o’stimliklardan urug’lar fiziologik etuklik davrida yig’ib terib olish tavsiya etiladi. Urug’larni yig’ib terib olish muddatlari. Fiziologik etuklik davrida yig’ib terib olingan urug’lar yaxshi shamollantiriladigan xonada pishib etilishi uchun saqlanadi, keyin mevasidan urug’ ajratiladi. O’simliklar pishib etilgan davrida ham mevasi saqlanib qoladigan daraxt turlaridan urug’ ashyosi texnik etuklik davrida yig’ib terib olinadi va urug’ qishda saqlanishi mumkin. Agarda jo’ka, oddiy shumtol donaklilarning urug’larini yozda stratifikastiyalansa yoki erta kuzda ekilsa, ularning mevasini yozda fiziologik etuklik davrida yig’ib terib olinishi kerak. 1 Gerard Bodeker, K.K.S. Bhat, Jeffrey Burley, Paul Vantomme. Medicinal plants for forest conservation and health care. Rome, 1997 . 13-17 p

Texnik etuklik daavrida yig’ib-terib olingan mevalardan olingan urug’lar uzoq muddat turg’unlik holatiga ega bo’ladi va bahorda ekilgan urug’, keyingi yilning bahorda unib chiqadi, unuvchanlik darajasi juda past bo’ladi. O’zbekistonda o’sadigan ko’pchilik o’simliklarda texnik etuk urug’ (meva) sentyabr-oktyabr oylarida shakllanadi va uzoq muddatga (bahorgacha) daraxt shoxlarida saqlanadi. Ularning urug’larini yuqorida aytilgan ya’ni martgacha yig’ib terib olish mumkin. Urug’lar uzoq muddat saqlanishi mo’ljallangan hollarda ular daraxtlardan texnik etukli, ya’ni to’liq pishib etilgandan keyin yig’ib terib olinadi. O’simliklarni oldindan o’rganish . Urug’ hom ashyosini yoppasiga yig’ib terib olishdan oldin urug’li daraxtzorlar (O’UP, DO’UU, VO’UU va boshqalar) o’rganib chiqiladi. Maqsadi urug’ hosilini oldindan aniqlash, ularning ekish sifatini va kasallanganlik, zararlanganlik darajasini o’rganishdir. Meva va urug’lar o’simliklar dan yig’ib - terib olinadi. Ular oldindan o’rganilganda urug’idan foydalanish yaroqli deb topilgan bo’lishi kerak. Daraxt turlariga bog’liq holda urug’lar homashyosi erdan (to’kilgan urug’lar), o’sib turgan yoki kesilgan daraxtlardan yig’ib terib olinadi. O’simlik urug’lar homashyosini qayta ishlash. Tayyorlangan meva va urug’lar qayta ishlanmasdan tug’ridan tug’ri ekish uchun foydalanib bo’lmaydi. Urug’ hom-ashyosi qayta ishlashga urug’larni meva va qubbalardan ajratish, ularni qanotsizlashtirish, qo’shilmalardan tozalash va standart namlikgacha quritish ishlari kiradi. 2 Urug’larni ekish sifati va saqlash samarasi asosan ularni qayta-ishlashga bog’liq. Urug’ hom-ashyosini qayta ishlash va saqlash rejimini belgilashda urug’ga ikki qismdan, zarodish va zapas oziq moddalardan, iborat biologik sistema sifatida qaralishi zarur. Urug’ni yig’ib terib olinishi davrida ulardagi biologik sistema turg’unlik holatida bo’ladi. Bu urug’larni ekishga bo’lgan davr ichida yaxshi saqlash imkonini beradi. Ularni tashishda ham biologik sistema turg’unligi buzilmaydigan optimal sharoit yaratiladi. 2 Gerard Bodeker, K.K.S. Bhat, Jeffrey Burley, Paul Vantomme. Medicinal plants for forest conservation and health care. Rome, 1997 87-96 р

Turg’unlikdagi urug’ning biologik sistemasini harakatga keltirish ya’ni turg’unlikni buzish, ularga yuqori harorat, yorug’lik energiyasi va shu kabi boshqa omillarni ta’sir ettirish bilan amalga oshiriladi. Urug’larni meva va qubbalardan ajratish . Qubbalardan urug’ni ajratish ochiladigan qubbalardan urug’ ajratish.Ochilmaydiganlardan urug’ ajratish va archa mevalardan urug’ ajratish usullariga bo’linadi. Archa mevasidan urug’ ajratish fiziologik etuklik va texnik etuklik mevalardan ajratish usullariga bo’linadi. Quruq va xo’l mevalardan urug’ ajratish. Quruq mevalardan urug’ ajratishda ular yanada ko’rsatiladi, urug’ tozalash mashinasida (SOM-1, SUM-1) maydalanadi va qo’shilmalardan tozalanadi. M eva qobig’idan O’zO’XITI kashf etgan konstrukstiyasi bo’yicha FOK -1 Krutinkova mashinasida ajratiladi. Xo’l mevalar va rezovor mevalar imkoniyat darajada yig’ib terib olinishi bilan yoki qisqa muddat ichida (1-3 kun) qayta ishlanishi tavsiya etiladi, aks holda ular ochib, o’z-o’zidan qizib urug’larning hayot qobiliyati pasayib ketadi. Xo’l mevalardan urug’larni sharbatlar, murabbo va qiyomlar uchun homashyo tayyorlashlar bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin. U holda urug’lar shikastlanmasligi va yuqori haroratga uchramasligi zarur yirik xo’l mevalar uchun mevani maydonlash, kesish va surkash (terka) usullaridan foydalaniladi. Yo ng’o qlar uchun MOO-1 mashinasidan foydalaniladi.Donaklilarning urug’i mevasidan donak ajratish mashinalarida amalga oshiriladi. Ayrim mevali daraxt urug’lari mevalaridan ezib keyinchalik sovuq suvda etidan yuvib ajratish usulida olinadi. Keyinchalik urug’lar tegishli qalinliklarda quritiladi, tozalanadi va saralanadi. Mevasining yig’ib-terib olish mexanizastiyalashtirilgan, qo’lda yig’ib terib olinadi. 2-3 yillik shoxlarini sindirmaslik tavsiya etiladi, aks holda keyingi yilgi hosili nobud bo’ladi. Shamolsiz ob-havoda mevasini ularni silkitib yoki tayoqcha bilan urib oldindan tozalangan erga yoki to’shalgan tentga tushiriladi. Meva turlariga qarab ular qo’lda va mexanizastiyalar yordamida yig’ib olinadi. MTZ-52, T-74, DT-75 traktorlariga tirkaladi. Ish unimini oshiradi.

Urug’larning sifatini aniqlash va ularni saqlash. Ekish maqsadida tayyorlangan bir xil urug’lar tozalangandan va saralangandan keyin partiyalarga shakllantiriladi, ularga pasport tuziladi va maxsus kitobda registrastiya qilinadi. Urug’lardan namuna olish, ularning ekish sifatlarini aniqlash va sifati haqida xujjatlar berish maxsus standartlar asosida amalga oshiriladi. Bir xil urug’lar deb bir xil turda kelib chiqgan, bir xil sharoitda o’sayotgan daraxtzorlardan yig’ib-terib olish vaqti va usuli, qayta ishlash, saqlash sharoiti o’rmonchilik qimmatbaholigi, rangi, xidi, namlik darajasi va shikastlanganlik darajasi bir xil bo’lgan urug’lar partiyasi hisoblanadi. Urug’lar partiyasining har biriga pasport va etiketka tuziladi. Urug’lar partiyasining maksimal og’irligi turli daraxtlar uchun turlicha va 30 kg dan 500 kg gacha bo’ladi. Urug’larning ekish sifati ular partiyasidan o’rtacha namuna olib aniqlanadi. O’rtacha namunani o’rmonchilar , o’rmon yordamchisi, muxandislar, agronomlar va boshqa xo’jalik mutaxassislari, namuna olish uchun tayinlangan vakillar o’rmon urug’lari stanstiyasida tegishli yo’riqnomadan o’tgandan keyin ajratib oladi. O’rtacha namuna urug’lar partiyasi shakllantirilgandan keyin 10 kun muddat ichida ajratib olinadi. O’rtacha namuna olish partiya urug’lardan kichik miqdordagi urug’larni o’tib olish bilan boshlanadi. Urug’larning birlamchi namunalardan bir qismi. Ya’ni laboratoriya taxlili uchun ajratilgan qismi o’rtacha namuna hisoblanadi. Ajratib olingan o’rtacha namuna mustahkam gazmaldan tikilgan toza haltaga joylashtiriladi. Xalta oldinda suvda qaynatib dezinfekiyalanadi. O’rtacha namuna joylashtirilgan halta etiketkasi bilan bog’lanib o’rmon urug’lari stanstiyasiga tozaligini, 1000 dona urug’ og’irligini, o’sish quvvatini, unuvchanligini (hayot qobiliyatini, sifatliligini) aniqlash uchun yuboriladi. O’rtacha namuna ajratib olish belgilangan shaklda uch nusxadagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaning bir nushasi xo’jalikda qoldiriladi. Ikkinchisi o’rtacha namuna bilan urug’lar stanstiyasiga jo’natiladi. Uchinchisi urug’ sarfini hisobdan chiqarish uchun buhgalteriyaga beriladi.