DORIVOR O’SIMLIKLAR VEGETETIV KO’PAYTIRISH USULLaRI
DORIVOR O’SIMLIKLAR VEGETETIV KO’PAYTIRISH USULLaRI Reja: 1. Daraxt turlari va butalar ko‘chatini yetishtirish 2. Ko‘kalamzorlashtirish uchun ko‘chat yetishtirish 3. Dorivor buta ko‘chatlarini yetishtirish
Ildizi yaxshi rivojlangan yirik, baquvvat ko‘chat yetishtirish uchun ko‘chatzorda urug‘ko‘chatlarni ekib o‘stirib olinadigan ko‘chat (sajenes) bo‘limi bo‘ladi. Bu bo‘limda o‘rmon barpo etish, himoya o‘rmonzorlari yaratish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uchun ko‘chat yetishtiriladi. Bu ko‘chatlardan o‘rmon barpo etishda foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Yirik ko‘chatlardan foydalanib barpo yetilgan sun’iy o‘rmonzorlarni yetishtirish muddati ko‘chatzordagi parvarishlash ishlari hisobiga qisqaradi. Ko‘chatzorda yirik ko‘chatlarni yetishtirish agrotexnikasidagi texnik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish sun’iy o‘rmonzorlarni birinchi yillarida parvarishlashdagi ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishga nisba tan yengil va kam sarf-xarajatli bo‘ladi. Yuqori agrotexnik ishlov berib yetishtirilgan ko‘chatlar doimiy o‘sish joyiga ko‘chirib o‘tkazilganda yaxshi tutib qoladi va o‘sib-rivojlanadi. Urug‘ko‘chatlarga nisbatan ko‘chatga tutib qolishi uchun kam vaqt talab qilinadi, qisqa vaqt ichida o‘sib- rivojlanish fazasiga o‘tadi hamda begona va yovvoyi o‘simliklarga qarshilik ko‘rsatib o‘sadi. Ko‘chatlardan foydalanib barpo etilgan o‘rmonlarning afzalligi ularning urug‘ko‘chatlarga nisbatan yaxshi rivojlanganligidadir. O‘simlikning yer ustki qismi bilan ildiz tizimining hamda assimila- tsiya apparati va oziqlantiruvchi ildizlarning optimal nisbatiga ega bo‘lishi ko‘chatlar sifatini ta’minlaydi. Ko‘chat yetishtirish uchun belgilangan maydonga nimjon urug‘ko‘chatlar ko‘chirib o‘tqaziladi. Ildizi qisman qirqilgandan keyin regeneratsiya bo‘lishi ularning ildiz tizimini bir xil yoshdagi urug‘ko‘chatlarga nisbatan tarmoqlanib ixcham shakllanishiga olib keladi. Bu ko‘chirib, doimiy joyga o‘tqazilganda yaxshi tutib qolishini ta’minlaydi. Ko‘chatzorda ko‘chatlarni o‘stirish doimiyligi ularni kelajakda foydalanish maqsadi bilan belgilanadi. O‘rmon barpo etish uchun ko‘chatlar 2-4 yil davomida o‘stiriladi, ko‘kalamzorlashtirish maqsadida foydalanish uchun esa daraxtlar ko‘chati 6-12 yil, butalar ko‘chati 2-3 yil o‘stiriladi. Ko‘chatlarni o‘stirish davomida ularning oziqlanish maydonini kengaytirib borish bilan uch marotabagacha ko‘chirib o‘tqaziladi. Bu maqsadda birinchi,
ikkinchi va uchinchi dalalar tashkil etiladi. Birinchi dalaga 1-2 yoshli urug‘ko‘chatlar 0,9x0,3 m sxemada ko‘chat qilinadi. Ikkinchi dalaga 3-4 yoshli ko‘chatlar 1x1 m yoki 1,5x1,5 m sxemada ko‘chirib o‘tqaziladi. Uchinchi dalaga esa 6-8 yoshli ko‘chatlar 3x2 m sxemada o‘tqazilib parvarishlanadi. Dalalarga o‘tqazilishidan oldin ko‘chat materiallari saralanadi, shikastlangan ildizlar qirqiladi. Sernam tuproqli hududlar uchun ildiz tizimi 15-25 sm gacha, namlik tanqis bo‘lgan hududlar uchun 20-30 sm gacha qisqartirilib qirqiladi. Qirqilgan ildizlar chirindi yoki torf bilan tuproqning suvli eritmasiga botiriladi. Bu eritmaga geteroausin yoki boshqa o‘stiruvchi moddalar qo‘ shilishi mumkin. Ko‘chat yetishtiriladigan dalalardagi tuproq urug‘ko‘chat yetishtirish bo‘limidagiga nisbatan chuqur ishlanadi, almashlab ekish dalalardagi tuproqqa ishlov berish tizimi esa urug‘ko‘chat yetishtirish bo‘limidagi kabi qo‘llaniladi. Ko‘chat o‘stirish dalalarida tuproqqa ishlov berish chuqurligi o‘stiriladigan ko‘chatning ildiz tizimining kattaligiga bog‘liq. Birin chi daladagi asosiy haydash, o‘rmon va o‘rmon cho‘l mintaqalarida 30-35 sm, dasht mintaqalarida esa 35-40 sm chuqurlikda bajariladi. Ikkinchi dalada mos holda 35-40 sm va 40-50 sm, uchinchi dalada esa 45-50 sm va 55-60 sm chuqurlikda ishlanadi. Haydash chuqurligi qanday bo‘lishidan qat’i nazar tuproqning 20-30 sm qatlamiga o‘g‘it beriladi, ya’ni ko‘chat ildizlarining asosiy qismi joylashgan tuproq hajmi o‘g‘itlanadi. Tuproqqa ekish oldidan ishlov berish urug‘ko‘chat yoki ko‘chatni o‘tqazish chuqurligida qatlam ag‘darilmasdan bajariladi. Birinchi dalada urug‘ko‘chat yoki ildiz olgan qalamchalarni o‘tqazish uchun tuproq 25-30 sm chuqurlikda PLN-4-35 (ag‘dargich) yordamida yumshatiladi, keyin boronalanadi. Ikkinchi va uchinchi dalalarda ko‘chat o‘tqazish uchun tuproq 45-50 sm chuqurlikda ag‘dargichsiz plantajli plug yordamida yumshatish bilan birga boronalanadi. Bulardan tashqari tuproqqa ekishdan oldin ishlov berishlar joyni tekislash va frezalar (FP-2, FPSh- 1,3) yordamida yumshatish ishlarini o‘z ichiga oladi. Ko‘chat o‘stirish dalalariga yaproqbargli daraxt turlarining ko‘chatlari bahorda va kuzda, ignabarglilar, odatda, bahorda o‘tqaziladi. Bahorda o‘tqazilganda barg chiqarmasdan oldin, kuzda esa
barglar to‘kilgandan keyin o‘tqaziladi. O‘tqazish muddatlari belgilangan iqlim sharoitidan va o‘simlikning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Daraxt va butalarning ko‘chatlarini dalalarda tartibli aralashtirilgan holatda joylashtirib o‘stirish mumkin. Bu yerda uzoq muddat 4-12 yil davomida o‘stiriladigan daraxt ko‘chatining qatorlar oralig‘i 2,1-3,0 m masofada joylashtirilib o‘stiriladi. Ularning qator oralariga 2-3 yil o‘stiriladigan buta turining ko‘chati o‘tqaziladi. Natijada daraxt turi ko‘chatini o‘stirishning bir rotatsiyasi davomida buta ko‘chati ikki va undan ortiq rotatsiyani o‘taydi. Butalar ko‘chatlarining bir necha marotaba qazib olinishi oqibatida asosiy daraxt turi ko‘chatining ildizchalari qirqiladi tarmoqlanib shakllanadi. Ko‘chat o‘stirish dalalarida ko‘chatlar o‘rmon barpo etish maqsadida o‘stirish natijasida quyidagi sxemada joylashtiriladi: - bir yillik ko‘chatlar uchun 0,6-0,7 m x 0,2 m; - ikki yillik urug‘ko‘chatlar uchun 0,3 x 0,3 m; - butalar va qalamchalash bo‘limi uchun 0,6-0,12 m. Ko‘chat o‘stirish dalalariga ko‘chatlar SShN-3 ko‘chat o‘tqazish mashinalari yoki LPA agregati yordamida o‘tqaziladi. Ko‘chat o‘tqazish bilan birga ariq olish uchun SShN-3 mashinasiga qo‘shimcha tarzda soshnik o‘rnatiladi. Ekish oldidan urug‘ko‘chatlar saralanadi. O‘tqazish uchun ajratilgan ko‘chatlarning singan va shikastlangan ildizlari bog‘ qaychisi yordamida kesiladi. Urug‘ko‘chatning ildiz tizimi ekish chuqurligidan katta bo‘lgan holda ular qisqartiriladi. Ildiz uzunligi 25 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ildizlar o‘tqazishdan oldin chirindining suvli eritmasi botiriladi. O‘simlik yaxshi tutib qolishi va o‘sib rivojlanishi uchun chirindi eritma geteroauksinning 0,002% li eritmasida tayyorlanadi. Urug‘ko‘chat o‘tqazilgandan keyin uning ildizlari joylashgan tuproq zichlashtiriladi. Urug‘ko‘chatlar ildiz bo‘yni tuproq keyinchalik zichlashishini hisobga olib tuproq yuzasidan 2-3 sm chuqurlikda joylashtiriladi. Yaproqbargli daraxtlarning urug‘ko‘chatlarini o‘tqazish bilan birga shox- shabbalari qisqartirilib qirqiladi. Yer ustki qismini sovuq urgan holda ular shtambidan qirqiladi.
O‘tqazilgan o‘simlik yuqori darajada tutib qolishiga erishish uchun ko‘chatlarni o‘tqazish davrida ildizning qurib qolishini oldini olish, ildiz tizimi to‘g‘ri joylashtirilib atrofidagi tuproqlarning zichlanish, ekish chuqurligiga amal qilinishi zarur. Dalalarga ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash ishlari sug‘orishni, tuproqni vaqti- vaqti bilan yumshatishni, yovvoyi o‘tlardan tozalashni, qo‘shimcha oziqlantirishni, shtamb va shoxlarni shakllantirishni hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishni o‘z ichiga oladi. Urug‘ko‘chatlar o‘tqazilishi bilan sug‘oriladi. O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida sug‘orishga katta ahamiyat beriladi. Ko‘chat- ning ildiz tizimi egallagan chuqurlikkacha tuproqni zaxlatadigan birinchi sug‘orish ko‘chatning suvga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga ildiz tizimi atrofidagi tuproqlarning zichlashishini ta’minlaydi. Ushbu davrda tuproqda namlikning yetishmasligi ko‘chatlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Bir yoshli ko‘chat dalalari o‘sish davrida 8-10 marotaba; aprel oyida bir-ikki, may, iyun va iyul oylarida ikki marotabadan, avgust oyida bir-ikki marotaba sug‘oriladi. Ikki yoshli ko‘chat dalalari o‘sish davrida besh-olti marotaba, uchinchi- to‘rtinchi yillari to‘rt-besh marotaba sug‘oriladi. Har bir sug‘orishdan ikki-uch kun keyin qator oralari yumshatiladi va yovvoyi o‘tlardan tozalanadi. Qatordagi ko‘chatlar atrofi qo‘l mehnati bilan o‘sish davrida uch-to‘rt marotaba yumshatiladi. Ko‘chatlar yaxshi tutib olgandan keyin qo‘shimcha oziqlantiriladi. Vegetatsiya davridagi intensiv o‘sish vaqtida ko‘chatlar ikki-uch marotaba qo‘shimcha oziqlantiriladi. Qo‘shimcha oziqlantirish me’yori ko‘chatlarning unga bo‘lgan ehtiyojidan, tuproqdagi oziq moddalar tarkibidagi hamda tuproqqa berilgan asosiy o‘g‘it miq- doridan kelib chiqib aniqlanadi. Ko‘kalamzorlashtirish uchun ko‘chat yetishtirish Ko‘kalamzorlashtirish maqsadida o‘stirilgan ko‘chatlarning shox- shabbalari to‘g‘ri shakllangan, to‘g‘ri shtambli va ildiz tizimi yaxshi tarmoqlangan bo‘lishi